Edu - Taʼlim yangiliklari @eduuz_dtmuzb_abituriyent_mandat Channel on Telegram

Edu - Taʼlim yangiliklari

@eduuz_dtmuzb_abituriyent_mandat


🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Edu - Taʼlim yangiliklari (Uzbek)

Edu - Taʼlim yangiliklari kanali Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi eng soʻngi va eng dolzarb yangiliklarni topishi bilan taniladi. Kanalda oʻqilayotgan muhim maqolalar, texnologiyalar, oʻquv dasturlarining oʻzgarishlari va boshqa taʼlim sohasiga oid yangiliklar mavjud. Edu kanali eng yangi maʼlumotlarga toʻlaq oʻzlashtirilgan boʻlib, har bir obroga oid maqolalari bilan foydali boʻlib hisoblanadi. Kanalda tegishli mavzular boʻyicha qiziqarli vebinarlar, darslar va treninglar ham oʻtkazilishi mumkin. Edu - Taʼlim yangiliklari kanalida qaysi boʻlimlarga oid malumotlar paydo boʻlishi mumkin? Kanalda taʼlim sohasidagi soʻngi yangiliklar, pedagogika, texnologiyalar va oʻquv dasturlariga oid maqolalar mavjud. Kanalga obuna boʻlgan foydalanuvchilar eng soʻngi taʼlim yangiliklaridan xabardor boʻladi va taʼlim sohasida olib borilayotgan oʻzgarishlardan habardor boʻladi. Edu - Taʼlim yangiliklari kanaliga obuna boʻling va taʼlim sohasida eng soʻngi yangiliklardan xabardor boʻling!

Edu - Taʼlim yangiliklari

07 Jan, 10:01


Garvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan o‘zbekistonlik o‘quvchi

17 yoshli Azizbek Cambridge o‘quv markazida tahsil olgan. U harakatlari va olgan bilimlari natijasida Harvard University'ga 360 ming dollarlik grant yuta oldi.

Umuman olganda, Cambridge o’quv markazi o’quvchilari nafaqat yuqori IELTS natijalar, balki nufuzli universitetlar talabasi bo’lib ham barchani xursand qilmoqda.

Sizda ham 2025-yil davomida ingliz tilini sifatli o’rganib, yuqori natijalarni amalga oshirish imkoni bor. Kurslar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Murojaat uchun telefon: 78 777 77 74

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

06 Jan, 09:01


O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada rasmiy ishga joylashing !

🇺🇿🇯🇵 Toshkentdagi Japan Digital University ilk bitiruvchilarini qutlaydi.

Bitiruvchilar universitetda o'qish davomida quyidagi natijalarga erishishdi :

-Yuqori darajadagi yapon tili bilimlari
-IT bilimlari
-Yaponiyada ishlash ko'nikmasini shakllantirish uchun o'qish davrida Yaponiyada amaliyot
-O'qishni bitirmay turib Yaponiya kompaniyalaridan ishga taklif

🎚️ Siz ham O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ishga joylashmoqchi bo'lsangiz JDU da qabul boshlandi !

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Edu - Taʼlim yangiliklari

24 Dec, 14:47


⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

24 Dec, 14:47


⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari yanvar, mart va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatma:

‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

16 Dec, 17:46


​​Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi?

Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?


Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham. Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul:

1.  Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing.

2.  Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring.

3.  Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz. 

4.  Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo. 

5.  Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz. 

6.  Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin.

7.  Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi. 

8.  Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

15 Dec, 08:55


​​⚡️ 1-BOSQICH BOSHLANDI

🇺🇿
Respublika miqyosida tashkil etilgan “Registon IELTS Granti" tanlovining 1-bosqichi boshlandi.

Ushbu bosqichda nomzodlar Imtihonlar.uz platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.

👉 1-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

⚡️ Respublika miqyosida 38 ta filialga ega Eng yirik markazlardan biri bo'lgan Registon o'quv markazi tomonidan tashkil etilgan "IELTS Granti" tanlovida siz ham ishtirok eting!

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📄 Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

👨‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Registan_IELTS_bot  
👉 @Registan_IELTS_bot

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Dec, 16:04


⚡️ ERTAGA 1-BOSQICH BO'LIB O'TADI

🇺🇿 Ertaga Respublika miqyosida tashkil etilgan “Registon IELTS Granti" tanlovining 1-bosqichi bo'lib o'tadi.

🚀 Ushbu loyiha orqali Registon ta'lim loyihasi Respublika miqyosida 1000 nafar yoshlarga IELTS o‘qish uchun Grant ajratgan. Grantning umumiy miqdori 3.1 milliard so'mni tashkil etadi!

Tanlovda SIZ ham ishtirok etishingiz va Grant sovrindori bo'lishingiz mumkin.

👉 ISHTIROK ETISH

👨‍🎓 IELTS Granti tanlovi Respublika miqyosida tashkil etilgan yirik ijtimoiy loyiha bo'lib, ushbu loyihada xalqaro IELTS sertifikatiga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

🏆
Gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

📄 Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

👨‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Registan_IELTS_bot  
👉 @Registan_IELTS_bot

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Dec, 12:32


Hurmatli abituriyentlar!

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2024-25 o'quv yili uchun qishki qabul boshlanganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi!

‼️ Ushbu taklif faqat birinchi kursga kirishni istagan to'liq o'rta ma'lumotli abituriyentlar uchun mavjud

📆 Onlayn ro'yxatdan o'tish muddati:
2024-yil 11-noyabrdan - 2024-yil 25-dekabrgacha


📋 Onlayn ro'yxatdan o'tish uchun abituriyentlar quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini yuklashlari talab etiladi:

• Pasport / ID karta (pasportda doimiy ro'yxatdan o'tgan sahifasi ham);
• Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS) 5.5 va undan yuqori / CEFR B2 yoki MDIS English test 5.5 va undan yuqori
• Jpeg formatida 3,5x4,5 o'lchamdagi fotosurat;
• Tegishli malaka bo'yicha diplom va ilova (ingliz tiliga tarjima qilingan holda), o'rta maktab (11 yillik majburiy ta'lim) yoki akademik litsey / kasb-hunar kolleji diplomi (12 yillik majburiy ta'lim);

Qabul haqida ma'lumot olish uchun aloqalar:
📞 +998712717702 (Axborot markazi)
📨 Elektron pochta: [email protected]
📱 Telegram: +998888307006

🔗 Iltimos, onlayn ariza yuborish uchun havola ustiga bosing:
https://admission.mdis.uz

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Dec, 09:39


⚡️ 2 ta turdagi badiiy adabiyotlar ro'yxati bor. Adashtirib yubormang!

1️⃣ Kirish imtihonlarida testda tushadigan badiiy adabiyotlar — 10 talik;

2️⃣ Milliy sertifikat imtihonida tushadigan badiiy kitoblar — 40 talik.

⭐️ Yuklab oling va abituriyent tanishingizga yuboring.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Dec, 09:00


Bizda qabul boshlandi !

🇯🇵 O'z kelajagini Yaponiya bilan bog'lamoqchi bo'lgan yoshlar, Japan Digital Universityda   2025-2026-o'quv yili uchun qabul boshlanganida xabaringiz bormi ?
Biz sizga taklif etamiz :

-O'zbekistonda turib Yaponiya universitetlari diplomini qo'lga kiritish
-Universitetni bitirgandan so'ng Yaponiyada IT sohasida ish bilan ta'minlashda ko'mak
-O'qish davrida Yaponiyada amaliyot qilish
-Yapon tili va IT bilimlari

📚 JDUda siz quyidagi soha yo'nalishlari bo'yicha tahsil olish imkoniyatiga egasiz :

"IT menejment" fakulteti :
     IT menejment
     Muhandis dasturchi
     Grafik dizayn
     Sun'iy intellekt
     Kiberxavfsizlik

"Turizm va ijtimoiy fanlar" fakulteti :

     Turizm va mehmondo'stlik
     Filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Edu - Taʼlim yangiliklari

13 Dec, 15:34


⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

12 Dec, 13:39


⚡️ Endilikda IELTS'ni BEPUL o'qishingiz mumkin.

🚀 IELTS o‘qish uchun yoshlarga 1000 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 3.1 milliard so'm!

Ushbu tanlovda SIZ ham ishtirok eting va maxsus mukofotlarga ega bo'ling!

👉 Batafsil ma'lumot

🏆 Grant g'oliblari "IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Registan_IELTS_bot
👉 @Registan_IELTS_bot

Edu - Taʼlim yangiliklari

08 Dec, 04:38


#Qorli_multfilm🌨
Qor yogʻganda mazza qilib tomosha qilar edik shu multfilmni 🤗

- Roʻmolingni olib keldingmi...?

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

05 Dec, 05:59


⚡️Rasman: Qishki ta’tili 25-dekabrdan 7-yanvargacha davom etadi!

O‘zbekistonda OTM talabalari, texnikum, kollej va akademik lisey o‘quvchilari uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi va 2025-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

01 Dec, 05:56


⚡️ 10 ta hayot hikmati!

1️⃣ Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi!

2️⃣ Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki  baxtqushi ham egik boshlarga qo'nmaydi!

3️⃣ Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!

4️⃣ Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang!

5️⃣ Alloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi!

6️⃣ Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!

7️⃣ Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!

8️⃣ Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir!

9️⃣ Rostgo'y inson - hammaga dushman!

🔟 Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang!

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

30 Nov, 15:44


⚡️CEFR ga tayyorlanayotganlar uchun maslahatlar!

🟣 CEFR imtihonida yuqori ball olishning eng samarali usullari qanday?
🟣 Mustaqil o‘qish uchun qaysi materiallar eng foydali?
🟣 45 kun ichida motivatsiyani yo‘qotmasdan CEFRdan B2+ darajasini qanday olish mumkin?

🔥 Ushbu savollarning barchasiga javobni 1-dekabr, soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan BEPUL darsda orqali bilib olasiz!

👉 Ro'yxatdan o'tish

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

28 Nov, 09:26


🎉 EVOS’dan 1 000 000 ta sovg‘a! 🎉

Bloger @umidvinees aksiyamizni ko‘rib hayajonda, chunki bu aksiya haqiqatdan ham juda ajoyib!

Qanday ishtirok etish mumkin?
🌯 EVOS ilovasi, Telegram-bot, veb-sayt yoki EVOS restoranlaridan 89 000 so‘mdan boshlangan buyurtma bering.
🎫 Skretch-karta oling:
EVOS’dan sovg‘alar yoki qimmatbaho sovrinlar yutib olish imkoniyatini beruvchi promokod.
📲 Promokodni SMS orqali 5580 raqamiga yoki Telegram-bot @evospromo_bot orqali ro‘yxatdan o‘tkazing.

🎁 Sizni qanday sovrinlar kutmoqda?
🏠 Darkhan Residence turar joy majmuasidan yangi xonadon
🚗 Kia Sonet avtomobili
✈️ Uchar Bek hamkoridan Dubayga 6 ta sayohat
💝 idea do‘konlaridan 100 dan ortiq sovg‘alar
🔥 Uzum, TerraPro, Mark Formelle, AllPlay, Skillbox, Megogo va boshqa hamkorlardan ko‘plab sovg‘alar.

Keyingi o‘yinimiz 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, soat 15:30 da YouTube kanalimizda @evos-official unda idea do‘konlar tarmog‘idan sovg‘alar yoki Uchar Bek’dan Dubayga chipta yutib olishingiz mumkin!

Edu - Taʼlim yangiliklari

26 Nov, 14:01


⚡️ Endilikda IELTS'ni BEPUL o'qishingiz mumkin.

IELTS o‘qish uchun yoshlarga 1000 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 3.1 milliard so'm!

Ushbu tanlovda SIZ ham ishtirok eting va maxsus mukofotlarga ega bo'ling!

👉 Batafsil ma'lumot

🏆 Grant g'oliblari "IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Registan_IELTS_bot
👉 @Registan_IELTS_bot

Edu - Taʼlim yangiliklari

26 Nov, 07:57


📌 Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

✔️ Kimlarga ruxsat bor

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❗️Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

Edu - ta'lim yangiliklari
👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

25 Nov, 14:23


#maslahat #IELTS

IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

💭 Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Xulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

✌️Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

📚 Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

💪 Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

24 Nov, 12:24


⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

Siz ham IELTS o‘qish uchun Grant yutishingiz mumkin!

🇺🇿 Respublika bo‘ylab 1000 ta GRANT ajratildi. Grantning umumiy miqdori 3.1 milliard soʻm!

Ushbu tanlovda SIZ ham ishtirok eting va maxsus mukofotlarga ega bo'ling!

Hujjatlar shu yilning 30-noyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

👉 Batafsil maʼlumot

🏆 Grant g'oliblari “IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

📄 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

👨‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Registan_IELTS_bot
👉 @Registan_IELTS_bot

Edu - Taʼlim yangiliklari

21 Nov, 06:38


Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

👮‍♀️Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

1️⃣ Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

2️⃣ Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

3️⃣ Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

4️⃣ Va nihoyat, test.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

20 Nov, 13:04


⚡️ O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi

🛡 Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Majlisda yig‘ilganlar bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

20 Nov, 09:58


⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.1 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

Kvota miqdori: 1000 ta

🇺🇿 Respublika miqyosida 1000 nafar yoshlar mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

👉 Batafsil maʼlumot

— Hujjatlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

© Manba

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

19 Nov, 02:01


Hamma ham orzu qila oladi. Lekin, hamma ham uni maqsadga aylantira olmaydi...

Maqsad uchun harakat qilish kerak!

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

18 Nov, 11:30


Rus va xorijiy tillardan abituriyentlarga qanday savollar tushadi?

◾️ Rus va xorijiy tillardan imtihon topshirishingiz kerak bo'lsa, yuqoridagi dasturlarni yuklab oling.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

18 Nov, 11:00


Generativ modellar haqida: Yandex Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan Computer Vision Week onlayn-intensivi

2024 yilning 25 noyabridan Yandex Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan Computer Vision Week bepul onlayn-intensivi boshlanadi. Ma’lumotlarni tahlillash maktabi mutaxassislari va Yandex loyihalarida ishlovchi professionallar generativ modellar, ular asosidagi xizmatlar va ularni yaratish tajribasi haqida ma’lumot berishadi.

👓Intensiv dasturi kompyuter ko‘rish (Computer Vision) bo‘yicha asosiy bilimlarga ega ML-tadqiqotchilari va talabalari uchun moslashtirilgan bo‘lib, ularni diffuzion modellar hamda zamonaviy tasvirlar yaratish usullari bilan tanishtiradi.

5 kun davomida ishtirokchilar 7 ta taqdimot va 4 ta vorkshopda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taqdimotlar har kuni 20:00 da efirga uzatiladi. Translyatsiyalar vaqtida chatda savollar berish va real vaqtda javoblar olish mumkin bo‘ladi.

👩‍💻Barcha ishtirokchilar taqdimotlar va vorkshoplar yozuvlarini olishadi – ularga intensiv tugaganidan keyin ham kirish imkoniyati qoladi. Onlayn-intensivga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://cvweek.yandex.com/uz. Ro‘yxatdan o‘tish 24 noyabrgacha davom etadi.

*ta’lim dasturi hisoblanmaydi.

Edu - Taʼlim yangiliklari

18 Nov, 09:16


Abituriyentlarga kirish imtihonida nechta savol tushadi?

Amaldagi tartibga ko'ra, abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi. Maksimal ball – 189 ball

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹Matematika x 10 ta;
♦️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berildi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

17 Nov, 01:59


​#tonggi #motivatsiya

💪O‘rningdan tur!

Shogird donishmand ustozidan so‘radi:

- Ustoz, yiqilganimni bilsangiz nima derdingiz ?
- Tur !

- Yana yiqilsamchi ?
- Qayta tur !

- Bu "yiqil-tur" qancha davom etadi ?
- Tirik ekansan yiqil va qayta o‘rningdan tur. Yiqilib turmagan, o‘likdir!

Ha, hayot yiqilish va qayta turishdan iborat. "Yiqil-tur" lar soni qancha ko‘pligi Sizning muvaffaqiyat darajangizni belgilaydi. Xatolar qilishga o‘zingizga ruxsat bering. Ularni tuzating ! Muvaffaqiyatga shunday erishiladi.

Umuman yiqilmay yashasa ham bo‘ladi, ammo, bu qo‘rquv ostidagi ushalmas orzular yo‘li. Yiqilib turmaslik bu, o‘lim...

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

16 Nov, 09:01


"Yoshlar daftari"ga kimlar kiritiladi?

🧑‍💻 "Yoshlar daftari"ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha 14-30 yoshdagi quyidagi toifadagi:

oila a’zosi "Temir daftar", "Ayollar daftari" yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;
o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;
zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;
«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;
davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;
psixologik maslahatga muhtoj;
nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh oila;
dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;
yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

➡️ "Yoshlar daftari"dagilarning "prava"ga o‘qish pullari to‘lanadi;
➡️ "Yoshlar daftari"ga kirganlarning o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

15 Nov, 08:00


⚡️ Endi faqat oliy ma'lumotli psixologlar psixologlik qila oladi

◾️ Yangi qabul qilingan qonunga ko'ra, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida psixologik yordam ko‘rsatish tashkil etiladi.

📖Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

❗️Shaxsning psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.

⚖️Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

15 Nov, 07:21


Generativ modellar ichida nima bor: Yandex Uzbekistan tomonidan Computer Vision Week onlayn-intensivi

2024-yil 25-noyabrda Yandex Uzbekistan tomonidan oʻtkaziladigan Computer Vision Week bepul onlayn-intensivi* boshlanadi. Yandex mutaxassislari koʻplab vizual xizmatlarning asosini tashkil etuvchi generativ modellar haqida soʻzlab beradilar va ularni yaratish boʻyicha tajribalari bilan boʻlishadilar.

Intensiv dasturi maxsus ravishda kompyuter koʻrish boʻyicha bazaviy bilimlarga ega ML-ishlab chiquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqilgan boʻlib, ular diffuzion modellar va zamonaviy tasvirlar generatsiyasiga yondashuvlar haqida bilishni xohlaydilar.

5 kun davomida ishtirokchilar 7 ta prezentatsiya va 4 ta vorkshopda qatnashish imkoniga ega boʻladilar. Prezentatsiyalar efirlari ish kunlari soat 20:00 da boʻlib oʻtadi. Efir davomida chat orqali savol berish imkoni bor — savollarga real vaqtda javob beriladi. Intensiv rus tilida oʻtkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga prezentatsiyalar va vorkshoplar yozuvlari taqdim etiladi va intensiv tugaganidan soʻng ularga kirish imkoni qoladi. Onlayn-intensivga roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://cvweek.yandex.com/uz. Roʻyxatdan oʻtish 25-noyabrda soat 01:59 da yopiladi.

*taʼlim dasturi emas.

Edu - Taʼlim yangiliklari

15 Nov, 01:59


Butun umringizni quyosh nurlari ostida o'tkaza olmaysiz. Soya ham hayotning bir qismidir.

©️ Denzel Vashington

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Nov, 14:01


⚡️Keyingi yil qaysi badiiy kitoblardan abituriyentlarga test tushadi?

◾️Bu ro'yxat — Bilimlarni baholash agentligi tomonidan yaqinda e'lon qilindi.

2025-yilda imtihon topshiradigan abituriyentlar to'liq o'qib chiqishlari zarur.

✉️ Abituriyent tanishlaringizga yuboring.

Edu - ta'lim yangiliklari
👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Nov, 13:11


⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.1 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

Kvota miqdori: 1000 ta

🇺🇿 Respublika miqyosida 1000 nafar yoshlar mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

— Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

👉 Batafsil maʼlumot

© Manba

Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Registan_IELTS_bot

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Nov, 04:59


Milliy sertifikat imtihonida abituriyent qachon imtihondan chetlatilishi mumkin?

Milliy sertifikat test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga va auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi.

Test sinovini o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishda davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi. Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor sinovdan dalolatma bilan chetlatiladi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

14 Nov, 01:59


🌟 Samarali o‘qish uchun 5 ta maslahat! 💪📚

1️⃣ Aniq maqsadlar qo‘yish: Har bir o‘quv sessiyasi uchun aniq maqsad qo‘ying. Vazifalarni kichik qismlarga ajratish diqqatni jamlashga yordam beradi.

2️⃣ Qulay o‘quv joyi toping: Tinch, tartibli joylar diqqatni oshiradi. O‘zingiz uchun eng yaxshi joyni topishga harakat qiling!

3️⃣ Tanaffuslar qiling: Pomodoro usulidan foydalaning — 25 daqiqa o‘qib, 5 daqiqa dam oling. Bu miya faoliyatini oshiradi!

4️⃣ Faol qayta eslash texnikasi: Faqat o‘qish emas, o‘zingizni tez-tez sinab ko‘ring. Bu samarali o‘rganish usuli.

5️⃣ Suv ichish va ovqatlanishni unutmang: Suv va foydali yeguliklar miya faoliyatini yaxshilaydi! 💧🍎

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

13 Nov, 08:00


📌 Qishda o‘quvchi qizlar maktabga shimda borishi mumkin

◼️ Bu qonunchilikda belgilangan.

Tegishli tartibga ko‘ra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.

Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

13 Nov, 07:28


#Job

Yirik Amerika autsorsing kompaniyasi nemis tilida so‘zlashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish agentlarini qidirmoqda: Uydan turib ishlang va yuqori daromad oling!

Boshlang‘ich maosh: 10 million so‘mdan yuqori!
Joylashuv: Masofaviy (O‘zbekistonning istalgan joyida)

Nega aynan bu lavozim?

Moslashuvchan ish jadvali
Avvalgi tajriba talab qilinmaydi
Martabani oshirish uchun treninglar va o‘sish imkoniyatlari
Raqobatbardosh ish haqi va eng yaxshi xodimlar uchun bonuslar

Talablar:
Nemis tilini bilish — C1

Bevosita O‘zbekistondan global brendlar bilan ishlash uchun noyob imkoniyat!

Hoziroq ariza topshiring

Edu - Taʼlim yangiliklari

13 Nov, 05:40


📚 Milliy sertifikat imtihoni uchun qaysi badiiy kitoblarni o'qish kerak?

◾️ Bilimni baholash agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bu badiiy kitoblarni ona tili va adabiyotdan milliy sertifikat uchun imtihon topshiradiganlar o'qishi kerak.

📄 Saqlab qo'ying

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

12 Nov, 13:00


C1 darajali talabalar o'quvchilarga dars berishi mumkin

◾️ Prezident qaroriga ko'ra, 2024–2026-yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

12 Nov, 08:34


⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

11 Nov, 06:01


🎓 Kirish imtihonlarida abituriyentlarga nechta savol tushadi?

▪️ Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

11 Nov, 02:00


Me’yorda hamma narsaning foydasi ko‘proq bo‘ladi​​

◼️ Bir donishmanddan "zahar nima?" deb so‘rashibdi.
Donishmand shunaqa javob beribdi:

"Ehtiyojimizdan ortiqcha bo‘lgan hamma narsa zahardir. Ortiqcha mehnat, ortiqcha hordiq, ortiqcha qo‘rquv, ortiqcha sokinlik, g‘azab, ortiqcha quvonch, nafrat va hatto yaxshi gumon"

Hayotning mohiyati va shifosi muvozanatni, xotirjamlikni saqlay olishdir.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

09 Nov, 10:55


Yuridik yo'nalishga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar nimalar o'qishi kerak?

◾️Huquqshunoslik fanidan e'lon qilingan qonunchilik hujjatlari ro'yxatiga bir qator qonun, kodeks va protsessual kodekslar kiritilgan.

Edu - ta'lim yangiliklari
👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

08 Nov, 14:00


⚡️ Milliy sertifikat 2-qism: 2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga qanday ball beriladi?

❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

08 Nov, 02:02


🎓 Imtihon nima uchun kerak?

Har bir talaba uchun imtihon - bu bilimini sinovdan o'tkazish va o'z ustida ishlashining mahsuli.

Imtihonga mas'uliyat bilan tayyorlanish, nafaqat o'qish davomida, balki kelajakdagi faoliyat uchun ham muhimdir.

Puxta tayyorgarlik ko'rish natijalaringizni yaxshilaydi va o'z bilimingizga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi. Shu sababli, maqsad sari intilayotgan insonlar har doim puxta tayyorgarlik ko'rishga e'tibor berishlari darkor.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

07 Nov, 06:01


🔥 Abituriyentlarga motivatsiya: imtihongacha maksimal ball yig'ishga harakat qiling

Buning iloji bor. Bilimni baholash agentligining bu haqida yozgandi: 2024-yilgi imtihondan oldin navoiylik o‘quvchi Munavvara Cho‘liyeva sertifikat imtihonlarini topshirib, 189 ball to'plagan. U imtihon topshirib o'tirmay, faqat yo'nalish tanlagandi xolos. Mazzami?

Siz ham bunaqa imkoniyatlardan maksimal foydalaning.

💬 Kim imtihongacha maksimal ball olishni reja qilgan?


Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

06 Nov, 09:54


⚡️ Endi faqat oliy ma'lumotli psixologlar psixologlik qila oladi

◾️ Yangi qabul qilingan qonunga ko'ra, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida psixologik yordam ko‘rsatish tashkil etiladi.

📖Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

❗️Shaxsning psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.

⚖️Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

05 Nov, 10:31


Doktoranturaga qabul muddati uzaytirildi

⚡️2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

❗️Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirish imkoni mavjud.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

05 Nov, 02:02


Har narsa o'z vaqtini kutadi.
Na gul vaqtidan oldin ochiladi,
Na quyosh vaqtidan oldin chiqadi.
Kutgin! Seniki bo'lgan narsa albatta senga keladi...

©Jaloliddin Rumiy

Edu - ta'lim yangiliklari
✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

04 Nov, 14:02


💵 Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha to‘lash kerak?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.

📌 Bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 75 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

💻 Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyati mavjud.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

04 Nov, 08:28


📌 Germaniyada bepul oliy ta’lim olsa bo‘ladi. Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Germaniyada davlat OTMlari xorijlik talabalar uchun ham bepul. Lekin o‘qishga kirish uchun har bir OTMning o‘ziga xos talablari va til bilish darajasi bor.

Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?
Ingliz tili minimum 6,5 daraja (IELTS);
Nemis tili esa kamida B2 darajada bo‘lishi kerak.

Germaniyada o‘qish uchun nemis tilini bilish shartmi?

Agar Germaniyadagi davlat universitetlarida bakalavr darajasi uchun o‘qishni xohlasangiz, nemis tili zarur bo‘ladi. Sababi ko‘plab davlat universitetlarida bakalavriat ta’limi nemis tilida. Xususiy universitetlarda ingliz tilidagi dasturlarni istalgancha topish mumkin, biroq ularda kontrakt bor.

Bakalavriatdan keyingi darajalarda esa ingliz tilining o‘zi bilan ham o‘qish mumkin. Bu bosqichdagi talabalar uchun ingliz tilidagi xalqaro dasturlar yetarlicha. Til bilish darajasi Germaniyada o‘qish uchun talab qilinadigan asosiy talablardan biri. Talabgor akademik ma’lumotlarni yozma va og‘zaki darajada tushuna olishi tekshiriladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

03 Nov, 06:10


⚡️ Davlat OTMlarida kontraklar narxi qancha?

◾️Qabul komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Edu - ta'lim yangiliklari
👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

01 Nov, 04:59


📊 O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari tahsil olmoqda?

🏢 Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarining davlatlar kesimida taqsimlanishi:

Hindiston – 5733 nafar;

Pokiston – 1358 nafar;

Turkmaniston – 904 nafar;


Rossiya Federatsiyasi – 750 nafar;

Qozog‘iston – 537 nafar;

Tojikiston – 285 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 285 nafar;

Afg‘oniston – 196 nafar;

Xitoy – 182 nafar;

Koreya Respublikasi – 176 nafar;

Kanada – 124 nafar;

Boshqalar – 315 nafar.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

31 Oct, 05:00


⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabulga ruxsat berilgan. Kimga murojaat qilish kerak?

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

31 Oct, 02:01


💡Qanday qilib yaxshiroq o'rganish mumkin?

Biror narsani o’rganayotganda, bitta o’tirishda hamma narsani o’rganishga urinmang.

⌛️ Agar biron bir narsani o’rganish, jarayonni kichik intervallarga, masalan, 40-50 daqiqaga ajratsangiz, yanada samaraliroq bo’ladi. Uzluksiz ishlash miyaning charchashiga ta’sir qilishi ilmiy jihatdan isbotlangan va agar siz unga dam bermasangiz, shunchaki ma’lumotni qabul qilishni to’xtatadi. Va bu charchashga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun har soatda 10-15 daqiqa tanaffus qiling va shundan so’ng mashg’ulotlarni davom ettiring. Qisqa tanaffusdan keyin samaradorlik va konsentratsiya ancha yuqori bo’ladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

30 Oct, 02:00


👀 Qanday qilib dars qilayotganda diqqatni yo‘qotib qo‘ymaslik mumkin?

Biroz dars tayyorlab telefonga chalg‘ish yoki xayol surib qolish holati hammada ham bo‘lsa kerak. Lekin bu o‘zlashtirish sifati tushishiga, vaqt yo‘qotishga olib keladi. Yaxshisi, chalg‘imaslik kerak.

Qanday qilib?

📚 Diqqatingizni bo‘lmaydigan atmosfera toping. Kimdir o‘ta tinch xonada, kimdir odamlar ko‘p kutubxonada yaxshiroq dars tayyorlaydi.

📱Xalaqit beruvchi narsalarni uzoqroq qo‘ying. Agar sizni telefon chalg‘itsa, uni dars qilayotgan payti yoningizga emas, o‘zingizga ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.

Reja qilib oling. Qancha narsani tugatishingiz kerakligini, necha daqiqa tanaffus sizga foydali ekanini belgilab chiqing.

🗓 Kun tartibini shakllantiring. Doimiy bir vaqtda dars tayyorlash ortiqcha narsalarga xayol bo‘linmasligi uchun yaxshi yordam beradi.

🔖 Tanaffus qilib turishni unutmang. Ozgina toza havo olish yoki boshqa usulda dam olish o‘qishingizni yana qolgan joyidan sifatli davom ettirishga yordam beradi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

29 Oct, 11:10


⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

29 Oct, 02:00


🍀 Barakali ish qilish uchun tavsiyalar

🍀 Har kuni bir vaqtda yotib, bir vaqtda uyqudan turing.
😊 Har kuni bir vaqtda nonushta, tushlik va kechki ovqatni tanavvul qiling.
😊 8 soatdan kam uxlamang.
😊 Uyqudan oldin toza havoga sayrga chiqing va to’yib nafas oling. Bu uyqungizni tinch bo’lishini ta’minlaydi.
😊 Kuniga 1500 ml suv iching.
😊 Har kuni meva va sabzavotlar yeyishga harakat qiling.
😊 Uyqudan oldin 1 stakan qatiq ichib yoting.
😊 Internetda kuniga 2 soatdan oshiq o’tirmang.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

28 Oct, 11:04


Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr, dushanba kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.

II chorak darslari 11-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

28 Oct, 02:03


#tonggi_motivatsiya

VAQT QADRI HAQIDA 8 FAKT

1️⃣ Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra.

2️⃣ Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra.

3️⃣ Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra.

4️⃣ Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra.

5️⃣ Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dexqondan soʻra.

6️⃣ Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra.

7️⃣ 5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra.

8️⃣ Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan haydovchidan soʻra.

🚪 Barchaga ulashing

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

27 Oct, 10:31


⚡️Keyingi yil qaysi badiiy kitoblardan abituriyentlarga test tushadi?

◾️Bu ro'yxat — Bilimlarni baholash agentligi tomonidan yaqinda e'lon qilindi.

2025-yilda imtihon topshiradigan abituriyentlar to'liq o'qib chiqishlari zarur.

✉️ Abituriyent tanishlaringizga yuboring.

Edu - ta'lim yangiliklari
👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

26 Oct, 02:44


🤓 Qanday holatda kitob o'qish qulay va barakali bo'ladi?

▪️ Yaxshi tanasi pozitsiyasi o'qish paytida ham qulaylik, ham sog'liq uchun muhimdir. To'g'ri pozitsiya mushaklarning taranglashishi, charchoq va boshqa noqulayliklarning oldini olishga yordam beradi.

O'qish paytida yaxshi tanasi pozitsiyasini saqlash bo'yicha qisqacha qo'llanma:

😀 To'g'ri o'tirish — to'g'ri suyanib o'tirish qulay;
😅Oyoqlar yerga tegib turishi;
Kitobni to'g'ri ushlash;
🥰 Xonaning yorug'ligi;
😇 Tanaffuslar qilib turish;
😇 Ko'z mashqlari qilib turish;
🥰 Yotib o'qimaslik;
🥰O'tirish uchun qulay mebel tanlash.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

25 Oct, 02:00


Bugun urunib ko'ring​​

Bir kun keladi. Erta tongda uyg'onasiz.
Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz.
"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o'sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.

• Bugun boshlang !
• Bugun urinib ko'ring!
• Bugun qadam tashlang!

Ertaga kech bo'lishi mumkin.

© Paulo Koelo

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

24 Oct, 02:00


😴To‘g‘ri uxlang va samarali bo'ling!

Kuniga 8 soatdan kam uxlash
inson miyasining faolligiga, uning samaradorligiga ta’sir qiladi.

Kam dam olib kun bo‘yi karaxt bo‘lib yurmang, belgilangan soatlarni to‘yib uxlab oling va yaxshi dars qiling.

🧠 Miyangiz uyquga to‘ysa, u yaxshi ishlaydi.

Edu - ta'lim yangiliklari
✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

23 Oct, 05:55


🤓 Siz ham universitetingizda shunday yozuvni ko'rganmisiz?

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

22 Oct, 13:01


⚡️ Rasman: o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

◼️ Bu haqida Maktab vazirligining o'zi ma'lum qilgan.

Milliy sertifikat olgan uchinchi kursdan yuqori talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.

Demak, sertifikat abituriyentlardan tashqari ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

22 Oct, 02:00


🧐 Dangasalikdan qanday qochish mumkin?

🔥 Aniq maqsadlar qo'yish: Faoliyatlaringiz uchun yo'nalish beradigan aniq va erishish mumkin bo'lgan maqsadlarni belgilang. Aniq maqsad sizni harakat qilishga unday oladi va kechiktirishning oldini olishga yordam beradi.

📄 Muntazam jadval yaratish: Ish, jismoniy mashqlar va hordiq chiqarish vaqtini o'z ichiga olgan kunlik jadvalni ishlab chiqing. Muntazam jadval ijobiy odatlarni shakllantirishga va dangasalikka berilishni kamaytirishga yordam beradi.

✏️ Vazifalarni kichik qismlarga bo'lish: Katta vazifalar qiyin va dangasalikka olib kelishi mumkin. Ularni boshqariladigan qismlarga bo'lish orqali nazoratni his qilasiz va boshlashga ko'proq moyillik sezishingiz mumkin.

Chalg'ituvchilardan qochish: Odatda sizni nima chalg'itishini aniqlang va bu uzilishlarni kamaytirish yo'llarini toping. Bu telefoningizdagi bildirishnomalarni o'chirish yoki maxsus ish maydoni yaratishni anglatishi mumkin.

🏃‍♂️ Jismoniy faol bo'lish: Muntazam mashqlar energiya darajasini oshiradi va kayfiyatni yaxshilaydi, bu sizni dangasalikka kamroq moyil qiladi. Qisqa yurish yoki bir necha daqiqalik cho'zilish ham katta farq qilishi mumkin.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

21 Oct, 07:01


Huquqdan imtihon topshiradigan abituriyentlar nima o'qishi kerak?

◾️ Huquq fanidan imtihon topshirishingiz kerak bo'lsa, yuqoridagi dasturlarni yuklab oling.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

21 Oct, 02:00


Dunyo asli 3 kundir:

1. Kecha, biz uni yashab boʻldik, qaytib kelmaydi.
2. Bugun yashayapmiz, bizda faqat bori shu.
3. Ertaga bilmaymiz qanday boʻlishini.

Bizda faqat hozir va shu vaqt bor. Undan samarali foydalanib qolishimiz, mazmunli oʻtkazishimiz zarur.

Boshlagan kuningiz xayrli bo'lsin!

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

20 Oct, 11:32


Tarixdan imtihon topshiradigan abituriyentlar nima o'qishi kerak?

◾️ Tarix fanidan imtihon topshirishingiz kerak bo'lsa, yuqoridagi dasturlarni yuklab oling.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

20 Oct, 11:32


Tarixdan imtihon topshiradigan abituriyentlar nima o'qishi kerak?

◾️ Tarix fanidan imtihon topshirishingiz kerak bo'lsa, yuqoridagi dasturlarni yuklab oling.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Edu - Taʼlim yangiliklari

20 Oct, 10:00


Rus va xorijiy tillardan abituriyentlarga qanday savollar tushadi?

◾️ Rus va xorijiy tillardan imtihon topshirishingiz kerak bo'lsa, yuqoridagi dasturlarni yuklab oling.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy