Nodavlat oliy ta'lim muassasalari @nodavlattalim Channel on Telegram

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

@nodavlattalim


— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.

Murojaat: @nodavlatbot

Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot

03.09.2022

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari (Uzbek)

Salom! Sizni 'Nodavlat oliy ta'lim muassasalari' telegram kanaliga taklif qilamiz. Bu kanalda Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda siz bilan bulishadi. Bu kanal orqali oliy ta'lim sohasida yangiliklardan va so'nggi yangi yechimlaridan xabardor bo'lib qoling. Agar savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, @nodavlatbot orqali murojaat qilishingiz mumkin. Ayni paytda, kanallarimiz bilan hamkorlik qilish uchun @nodavlattalimbot ga murojaat qilishingiz mumkin. Sizni yangiliklar va foydali ma'lumotlar bilan ta'minlovchi 'Nodavlat oliy ta'lim muassasalari' kanaliga obuna bo'ling va oliy ta'lim sohasinda so'nggi o'zgarishlar haqida xabardor bo'ling. 03.09.2022

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Feb, 23:06


⚡️OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Mehnat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Yangi tahrirga ko’ra, 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda o’zgartirilishi belgilandi:

Oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida o‘n kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida o‘ttiz kalendar kun;

uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yetti kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida qirq kalendar kun muddatga haq to‘lanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Feb, 13:39


⚡️Eng ishonchli ta'limga oid TOP-7 kanallar

Feyk ma'lumotlar ommalashib borayotgan bir vaqtda telegramda ta'limga oid ishonchli va sifatli ma'lumotlar beruvchi kanallarni topish qiyin. Biz esa siz uchun bu ishni osonlashtirdik — o'z yo'nalishida mutaxassis hisoblagan telegram kanallarini jamladik.

Ishonchli ma'lumotlar berib boruvchi, sodda - tushunarli tilda yangiliklar yorituvchi va foydali ma’lumot beruvchi kanallar ro‘yxati siz uchun tayyor.

Biz eng yaxshilarini sizga ilindik — siz esa yaqinlaringizga ulashing!

Ushbu link ustiga bosing va top kanallarga ulaning:👇
https://t.me/addlist/NhnfWTQptNZlNWIy

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Feb, 13:04


🗣Tanishing, bu qiz - talaba Dilbar. O’qishdan tashqari ta’lim sohasida ishlab oyiga 5-7 mln daromad qilmoqda.

O’zi pedagogika sohasida o’qiyotgani uchun hozirgi ishi tajriba ham oshirish imkonini beradi. Siz ham Dilbardek mental arifmetikani o’rganing, bolalarga metnal arifmetikadan dars berib, o’qishdan tashqari vaqtda 3-10 mln so’m ishlab toping!

30 kunlik onlayn kurslarimizni bitirib, 5 000dan ortiq joyda ishlash imkoniyatingiz bo’ladi. Bitiruvchilarimizni ish bilan ta’minlaymiz!

21ta bo’sh o’rin bor, ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling:
👉 bu yerga bosing
👉 bu yerga bosing
👉 bu yerga bosing

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Feb, 04:48


⚡️Yana bir xususiy oliygoh sudga berildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent tumanlararo sudiga "University of science and technology" MCHJ litsenziyasini bekor qilish bo'yicha da'vo arizasini kiritgan. Sud majlisi 25-fevral kuniga belgilangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, vazirlik yana bir nechta oliygohlar litsenziyasini bekor qilish bo'yicha sudga murojaat qilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Feb, 09:32


⚡️Homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo'shatishga taqiq joriy etildi

Qonun (O'RQ-1030-son, 13.02.2025 y.) bilan Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

⚡️ Qonun bilan Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta'til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o'rtacha ish haqini hisoblash tartibini o'zgartirishni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.

📜 Shuningdek “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta'lim shaklida o'qishi mumkin bo'lgan ta'lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

🚫 Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo'shatishga taqiq joriy etilmoqda.

🌐 Kiritilayotgan o'zgartirishlarga ko'ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma'lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so'rab oladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Feb, 09:02


O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada rasmiy ishga joylashing !

🇺🇿🇯🇵 Toshkentdagi Japan Digital University ilk bitiruvchilarini qutlaydi

🤩 Bitiruvchilar universitetda o'qish davomida quyidagi natijalarga erishishdi :

  - O'qishni bitirmay turib Yaponiya kompaniyalaridan ishga taklif
  - Yuqori darajadagi yapon tili bilimlari
  - Yaponiya IT kompaniyalarida ishlash uchun zaruriy IT bilimlari

🎚️ Siz ham O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ishga joylashmoqchi bo'lsangiz JDU da qabul boshlandi !

👇HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 👇

   Veb sayt orqali   |   Telegram bot orqali

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Feb, 02:15


⚡️Xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib va sovrindor boʻlganlar uchun pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi

Dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qoʻmondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.

Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million soʻmgacha grantlar ajratiladi. — Prezident

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Feb, 19:20


⚡️Nodavlat universitet ta'sischisi suiqasd ishtirokchisi deb topildi

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi K.Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga sud hukmi eʼlon qildi.

Sud hukmiga muvofiq, Toshkent shahridagi "nodavlat universitet" muassislaridan biri sifatida 50 foiz ulushga egalik qilgan Javlon Yunusovga 18 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Feb, 12:07


⚡️Ayrim yoshlarga foizsiz ta'lim krediti ajratiladi

Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi. — Prezident

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Feb, 10:49


⚡️O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi

Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi.

Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Feb, 09:02


🇺🇿🇺🇸 Xalqaro aloqalar kengaymoqda: Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasining AQShga rasmiy tashrifi!

Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich va OXU Xorijiy talabalar dekani Dr. Kishan Bhandari AQShga rasmiy tashrif
doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda!

🎯 New York shahrida World Monuments Fund (WMF) vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Buxoro tarixiy yodgorliklarini saqlash, ularni restavratsiya qilish va ushbu yo‘nalishda xalqaro investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

⚡️ Shuningdek, AQShning yetakchi universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda yangi ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar rejalashtirilgan.

🚀 Mazkur tashrif yurtimizdagi yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ta’lim tizimini global standartlar asosida rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | YouTube

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Feb, 07:49


Diqqat, tanlov!

Oliy ta’lim vazirligi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish tugashiga 6 kun qolganini eslatdi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

12 Feb, 15:17


⚡️Har yili "qishki perevod" natijalari qaysi sanalarda e'lon qilingan?

25-fevral 2021-yil (qonun buzilishi)
19-fevral 2022-yil (qonun buzilishi)
16-fevral 2023-yil (qonun buzilishi)
13-fevral 2024-yil (qonuniy)
..... -fevral 2025-yil (???????)

🔰 "Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi. Qarorda ko'rsatilgan muddatda natijalarni e'lon qilmaslik qonun buzilishi hisoblanadi.

📆 Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanib, vazirliklar ixtiyorida 3 kun muxlat qoldi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Feb, 06:23


⚡️Talabalar kontraktining 35 foizi to’lab beriladi

— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan;
— Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan;
— O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to’lov-kontrakt miqdorining 35% O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

Arizalar 15-fevralga qadar universitet Yoshlar yetakchisi tomonidan qabul qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Feb, 04:32


❗️DIQQA FIRIBGARLAR!

Davlat universiteti talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali "Kontraktdan qarzdorligingiz bor", mazmunidagi feyk "ilovalar" yuborilmoqda.

Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham shu mazmundagi xabarlar yuborilgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Feb, 04:01


🇺🇸Amerikada o‘qishni xohlaysizmi?

🇺🇸AQShning Rovan universiteti hamda 🇺🇿 Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda taqdim etilgan 2+2 dasturi orqali Toshkentda boshlagan ta’limingizni Amerikada davom ettirish imkoniyati endi Sizda bor!

📒 Tayyorlov fanlari:
➡️ Ingliz tili
➡️ Matematika

Darslar - LMS platformasida onlayn tashkil etiladi. Ingliz tili darslari to‘liq amerikalik pedagog-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

🎓 Bitiruvchilarga qo‘shma Sertifikat taqdim etiladi va Nordik universitetida Rovan universiteti bilan tashkil etilgan qo‘shma taʼlim dasturiga imtihonsiz kirish imkoniyati beriladi.

🧑‍💻 Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test topshiring!

🔥 Tayyorlov kursimizda o‘qing va bakalavriat bosqichi talabasiga aylaning!

📞Batafsil ma'lumot olish:
+998555084400 / @rowan_edu

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

05 Feb, 15:32


⚡️Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

05 Feb, 14:05


📌FINAL: YILNING ENG NA’MUNALI REKTORI VA DIREKTORIGA OVOZ BERING

🎁 G'olib OTM rektori va direktoriga statuetka, Diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

🔊 Ovoz berish jarayonlari 8-fevral 23:59ga qadar davom etadi va ushbu nominatsiya bo'yicha eng ko'p ovoz to'plagan nomzod g'olib deb topiladi.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.

🔊🔊 Ovoz berish

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

05 Feb, 10:36


⚡️Nodavlat oliygohning filial manzili litsenziyada koʻrsatilishi shart!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari tasdiqlangan.

Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq koʻrsatilgan boʻladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

Litsenziyada faoliyat manzili aniq koʻrsatib oʻtilishining sababi litsenziya berishdan avval aynan ushbu manzildagi bino va hududning qarorda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi. Qonuniy filiali mavjud universitetlarning litsenziyasida filial manzili ham koʻrsatib oʻtilgan boʻladi.

Ayrim nodavlat oliygohlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida boshqa viloyatda ham qabul ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyishi mumkin. Biroq bu holat universitet oʻsha viloyatda ham oʻqitadi, degan maʼnoni anglatmaydi.

Agar qaysidir nodavlat universitetning vakillari Sizga boshqa manzilda filiali borligini maʼlum qilsa, litsenziyadagi faoliyat manzili qismida oʻsha manzil ham koʻrsatib oʻtilganligini tekshirib koʻring.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Feb, 05:06


⚡️Toshkentda hokim yordamchisi 20 kishi nomiga 427 mln. so‘m kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi.

Poytaxtda hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Feb, 04:40


⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

PDF ro'yxatni yuklab olish

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

03 Feb, 05:45


#Qabul2025

Javoblar varaqasi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi.

PDF shaklini yuklab olish

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

31 Jan, 11:02


Gazsiz yashash mumkin, Qodirov bilan uzoq yashab bo'lmaydi - manba

Avvalroq "gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi" - deya
post qoldirgandi Alisher Qodirov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

31 Jan, 08:24


⚡️Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo’ldi

Sirdaryolik o’qituvchi 20 yildan buyon bir maktabda ishlab, kasb kasalligi “surunkali laringit” ga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo’lishicha, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi kasb kasalligi tufayli nafaqaga chiqqan pedagogning pullarini o‘z vaqtida to‘lab bermagan. Shu sababdan u O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi esa sudga da’vo arizasi kiritgan.

Shuningdek, bu bo’yicha javobgar kasaba uyushmasi tomonidan tegishli ko’rsatma xatlari kelib tushgan lekin bajarilmagan. Sud yakuniga ko‘ra, o‘qituvchining manfaati qondirilib, 70 million so’m zarar va tovon pullari undirib beriladigan bo‘ldi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

30 Jan, 07:57


⚡️Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

29 Jan, 17:39


⚡️Yuridik texnikum o'qituvchilari 1,5 mln. so'm atrofida oylik ish haqqi olishlariga to'g'ri kelmoqda

Yurist Saidali Muxtoraliyevning yozishicha, oʻqituvchilarga 0,5 stavkalik hajm boʻyicha ish haqi toʻlashga toʻgʻri kelmoqda. Bu taxminan 1,5 mln. soʻm atrofidagi oylik ish haqi degani.

Yuridik texnikumlarning oliy yuridik maʼlumotli va malakali pedagoglarini toʻliq yoʻqotish arafasida turibmiz. - deydi huquq faoli.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

23 Jan, 08:21


⚡️Rossiyada oliy o‘quv yurtining litsenziyasi bekor qilindi

Ta’lim sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati “Yakutsk gumanitar instituti”ning litsenziyasini bekor qildi.

Yana beshta universitetga ogohlantirish berildi:

1. Sankt-Peterburg milliy tadqiqot akademik universiteti
2. Ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti “Astra-Sfera”
3. MGIMO-MED tibbiyot universiteti
4. “Reaviz” tibbiyot universiteti
5. Shimoliy Kavkaz xalqlar do‘stligi instituti


Ogohlantirishlar, ta’lim sohasidagi majburiy talablarni buzmaslik bo‘yicha nazorat tekshiruvlari natijasida berilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

22 Jan, 14:20


⚡️Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.

Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.

So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oshgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.

Shu bois doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

20 Jan, 17:34


❗️Rasmiy munosabat!

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish masalasi yana muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy ta’lim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, vazirlik davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalardan biri deb bilishini, eslatib o‘tamiz.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

19 Jan, 19:11


❗️Talabalar shaxsiy ma'lumotlarini firibgarlar qanday qo'lga kiritmoqda?

Xususiy OTM talabalari ma'lumoti ichkaridagi "xoin"lar tomonidan sotilgan bo'lishi mumkinligi haqidagi versiya o'rtaga tashlangan edi. Endi ma'lum bo'lishicha, davlat OTM talabalari ma'lumotlari ham firibgarlar qo'lida mavjud ekan.

Demak, talabalar shaxsiy ma'lumotlari tarqalishida davlat va nodavlatga ajratish noto'g'ri taxmin bo'lib chiqmoqda, ma'lumotlar bitta manbadan olingan ko'rinadi. Davlat va nodavlat OTM talabalari ma'lumotlarini umumlashtiruvchi yagona tizim bu - HEMIS!

Katta ehtimol bilan hemis tizimi biz o'ylaganchalik xavfsiz emas, yoki tizim ijodkorlari....!

Vazirlik ushbu masalada jiddiy bosh qotirishi kerak. Bir shaxsning ism familiyasi, ta'lim dargohi, yo'nalishi, o'quv bosqichini faqat universitetning o'zi yoki hemisdan olish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

19 Jan, 17:37


❗️DIQQA FIRIBGARLAR!

Davlat universitet talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali "Kontraktdan qarzdorligingiz bor", mazmunidagi feyk "ilovalar" yuborilmoqda.

Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham shu mazmundagi xabarlar yuborilgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

19 Jan, 11:36


⚡️"O'lpon mavzusida shovqin ko'targan OTMlar jazoga tortiladi, litsenziyasi bekor qilinadi" - Respublika oliy ta'lim kengashi ochiqchasiga tahdid qilgani aytilmoqda

2024-yil dekabr oyida Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy universitetlarga 4 foizlik to‘lov joriy etganida, masala parlament darajasida ham muhokama qilindi. Oliy Majlis deputatlari rasmiy so‘rov yuborib, bu qarorning qonuniy asosini ko‘rsatishni va mazkur to‘lovdan voz kechishni talab qildi. Ammo bu so‘rov natijasiz qoldi.

Iqtisodchi Yuliy Yusupovga ko‘ra, Respublika oliy ta’lim kengashi tomonidan kiritilgan bu majburiyat o‘zining qonuniy asosi yo‘qligiga qaramay, kuch bilan majburiy ijro etilmoqda. Universitetlar, agar shartnomani imzolamasa, turli tekshiruvlar va ruxsatnomalardan mahrum bo‘lish bilan tahdid qilinmoqda.

Respublika oliy ta’lim kengashi kuni kecha xususiy universitetlarning rahbarlarini yig‘ib, tashqariga chiqib shovqin ko‘tarsangiz ham, deputatlarni yordamga chaqirsangiz ham, bu hech narsani o‘zgartirmaydi — biz belgilagan “soliq”ni baribir to‘laysizlar, aks holda, jazoga tortilasizlar, deb ochiqchasiga tahdid qilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

18 Jan, 18:20


⚡️Respublika OTMlari ichida samarali faoliyati yuzasidan yetakchilardan boʼlgan NamDU birinchi prorektori oʼz xohishiga koʼra lavozimidan ozod etilibdi.

Hozirgi vaqtda (@nodavlatbot) botimizga universitet prorektori N.Dexkanovning ishdan ketganligi yuzasidan murojaatlar kelmoqda. Murojaatlar mazmunidan to'satdan ixtiyoriy ishdan bo'shash shubha ostiga olinganini anglash mumkin.

Universitet maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport sohasida respublika darajasida oʼz oʼrniga ega hamda yutuqlari ham bisyor. Tinimsiz kelayotgan murojaatlardan N.Dexkanovning universitet jamoasi va ko'plab talabalar mehrini qozongani anglash qiyin emas. Vazirlik bunday kadr faoliyati yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko'rib chiqishi kerak.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

18 Jan, 10:07


#Abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

18 Jan, 06:01


⚡️Joriy yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Jan, 09:30


⚡️Endi moliyaviy mustaqil bo'lgan OTMlar open budjetda ishtirok etaolmaydi

“Tashabbusli byudjet” jarayoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senati Kengashining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:

Endilikda moliyaviy mustaqil bo‘lgan OTMlarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;

Mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga ko‘proq e'tibor qaratish maqsadida tashkilotlar tomonidan bаrсhа turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini ta'minlashga oid jihozlar (rаdаr, jamoat joylaridagi kuzatuv kаmеrаlаri, “svetofor”) rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Jan, 07:34


⚡️Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi

Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

o'zingiz uchun;
farzandlaringiz uchun;
26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

➡️ To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

➡️ Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

Deklaratsiya topshirib 12% qaytarib olish bo'yicha videoqo‘llanma: https://t.me/nodavlattalim/2559

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Jan, 05:57


⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi.

2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.

3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.

7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.

9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi

10. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.

11. Imtiyozli ta'lim krediti haqida eng so'nggi ma'lumotlarni @nodavlattalim sahifasidan topishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Jan, 09:21


⚡️Nogironligi bor shaxslarga magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud. Biroq bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori 4-bandiga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

13 Jan, 11:49


❗️DIQQAT FIRIBGARLAR!

Xususiy universitet talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram va raqamlar orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda ekan.

Hurmatli talabalar, bunday xabarlarga ishonib qolmang! Firibgarlarga aldanmang! Hech bir oliygohda kontrakt uchun pul kartaga o‘tkazilmaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

13 Jan, 11:00


⚡️"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga "prava"ga o‘qish puli to‘lab beriladi

Qonunchilikka asosan, daftardagi yoshlarning avtomaktabda o‘qish harajatlari qoplanadi. Bu miqdor — BHMning 4 baravarigacha, 1 mln 320 ming so‘mni tashkil qiladi.

Buning uchun avtomaktabda o‘qishni istagan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi. Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, STIR, o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va umumiy muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

O‘qish pulini qoplab berish bo'yicha arizaga o‘rtacha 8 kun ichida javob beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

12 Jan, 17:48


⚡️Kontrakt to‘loviga yo‘naltirilgan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin

Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida "Ortiqcha to‘lovni qaytarish" xizmati orqali ariza yuboriladi.

Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang. Bu haqda batafsil videoqo‘llanmada.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

12 Jan, 11:18


⚡️Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Kasb bo'yicha faoliyat:
➡️ maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va professional ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish;
➡️ sport maktablari, ixtisoslashgan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish;
➡️ sport maktablari, ixtisoslashgan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda sport turlari bo‘yicha federatsiyalarda tashkiliy-uslubiy faoliyat olib borish;
➡️ sport jamoalari, sport kulublarida sport mashg‘ulotlarini olib borish va sport musobaqalarini tashkil etish;
➡️ ishlab chiqarish korxonalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish;
➡️ ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlaydilar.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ Tanlagan sport turi bo'yicha murabbiy;
➡️ Jismoniy tarbiya o'qituvchisi;
➡️ direktor:
➡️ Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha yo'riqchi-uslubchi;
➡️ kabinet mudiri.

Boshqa yo'nalishlar: https://t.me/nodavlattalim/2536

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

12 Jan, 06:47


⚡️Oʻzavtosanoat Hukumat topshirigʻini rad qilmagani haqida bayonot berdi. Lekin mashinalarni boʻlib toʻlashga emas, kreditga berilishini aytgan.

Bu rad qilishga kirmaydimi shunda?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

11 Jan, 20:02


⚡️Qaysi nodavlat oliygohlarning filiallari mavjud?

Bugungi kunda Respublika miqyosida 100 ga yaqin nodavlat oliygohlar qonuniy faoliyat olib bormoqda. Tahririyatimiz o'rganishlari bo'yicha bugungi kunda 12 ta oliygohning boshqa hududda filiallari mavjud. Bular,

1. Qo'qon universiteti Andijonda;
2. Kimyo xalqaro universiteti Samarqand va Namanganda;
3. Profi universiteti Navoiyda;
4. Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Farg'onada;
5. Zarmed universiteti - Samarqandda;
6. ISFT Instituti Samarqand va Andijonda;
7. Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namanganda;
8. Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqandda;
9. Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryoda;
10. University of Business and Science Toshkentda;
11. Oriental universiteti Samarqandda;
12. Toshkent gumanitar fanlar universiteti filiali Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda.

Siz yana qaysi filiallarni bilasiz?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

11 Jan, 10:30


⚡️Aytishlaricha, oʻqituvchilarga 5 yilga mashinalarni foizsiz "rassrochka"kaga berishga oid taklifni UzAuto rad qilibdi.

Xursandchilik uzoqqa choʻzilmadi))

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

11 Jan, 05:17


⚡️Oʻqituvchilarga Malibu, Tracker, Onix, Equinox, Captiva 5T avtomobillarini 5 yilga boʻlib toʻlashga beriladi.

Bu haqida Bosh vazir A.Aripov tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.Umarovaning xatiga qoʻyilgan FISHKAda topshiriq berilgan.

Avtomobillar "Muallim eʼzozda" aksiyasi doirasida tijorat banklari orqali boshlangʻich badali 30 foizdan oshmagan holda imtiyozli ravishda 60 oylik (5 yil) muddatli toʻlov asosida beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

08 Jan, 12:02


#ogohlik

❗️Taqiqlangan telegram kanallar va saytlar ro'yxati.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati.

Yaqinlarga yuboring, ushbu sahifalarga kirish, layk bosish, tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Ogoh bo'ling!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

07 Jan, 14:47


⚡️Vazirlik xususiy va xorijiy OTM filiallarining rasmiy telegram sahifalarini davlat OTMlari kabi e'lon qildi.

Siz ham oliy ta’lim muassasalarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

👉 Xususiy oliy ta'lim muassasalari;
👉 Xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari;
👉 Davlat oliy ta'lim muassasalari.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Jan, 16:18


⚡️Litsenziya olishdan oldin oʻqituvchilarni ishga olish tartibi bekor qilinmoqda

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022-yildagi 80-sonli qaroriga o'zgartirish kiritilmoqda.

Litsenziat tomonidan nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan soʻng bir oy muddat ichida taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish.

Oliy taʼlim tashkiloti oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarini boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi oʻz axborot tizimiga ega boʻlishi hamda uni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan talablar boʻyicha vazirlikning Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) integratsiya qilishi shart.

Avvalroq, Yuridik fanlari doktori Axtam Yakubov Prezident bilan boʻlgan uchrashuvda xususiy maktab ochish uchun litsenziya olishdan oldin oʻqituvchilarni ishga olish tartibini bekor qilish taklifini bergan va buni Prezident maʼqullagan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Jan, 11:44


⚡️Akademik ta’til olish tartibi haqida

00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?
01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?
01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?
03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?
03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?
05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?
06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Jan, 09:40


⚡️2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Jan, 09:00


O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada rasmiy ishga joylashing !

🇺🇿🇯🇵 Toshkentdagi Japan Digital University ilk bitiruvchilarini qutlaydi.

Bitiruvchilar universitetda o'qish davomida quyidagi natijalarga erishishdi :

-Yuqori darajadagi yapon tili bilimlari
-IT bilimlari
-Yaponiyada ishlash ko'nikmasini shakllantirish uchun o'qish davrida Yaponiyada amaliyot
-O'qishni bitirmay turib Yaponiya kompaniyalaridan ishga taklif

🎚️ Siz ham O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ishga joylashmoqchi bo'lsangiz JDU da qabul boshlandi !

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

05 Jan, 18:32


⚡️Endi magistraturaga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga kirgan talabalarga taʼlim krediti berilmaydi

Hukumatning 2021 yil 18 avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3-bandi 4-xatboshisiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, «taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi».

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

05 Jan, 11:12


⚡️Ona tili va tarix oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi

📑 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama toʻlash toʻgʻrisida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTBlarga koʻrsatma xati yuborgan.

❗️Eslatib oʻtamiz, ustama B+, A va A+ va eski baholash asosida 80 va undan yuqori balga ega sertifikatlar uchun qoʻllaniladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Jan, 11:38


#Vakansiya

⚡️Respublika bo'ylab 300 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari ro'yxati.

Do‘stlaringizga ham ulashing, ajabmas, siz tufayli ish topib ketsa.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Jan, 04:37


⚡️2025 yil 1-apreldan boshlab kommunal toʻlovlar quyidagicha oshadi:

👉 Bir kVt/soat uchun elektr energiyasi uchun - 600 soʻm;

👉 Bir kub metr tabiiy gaz uchun - 1000 soʻm etib belgilandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

03 Jan, 13:11


#Perevod_2025

⚡️Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

01 Jan, 09:15


⚡️1-yanvardan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

Ayrim ta'lim tashkilotlari kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

Bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;

Tazyiq va zo'ravonlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi;

“subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga beriladigan qo'llab-quvvatlashlarning reyestri yuritiladi;

Jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi;

Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshiriladi;

Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi;

Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta'minlanadi;

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig'i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

Ayrim yer uchastkalari bo'yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan bog'chalar rahbar va pedagoglari rag'batlantiriladi;

Bog'chalarda inklyuziv ta'lim guruhlari ochiladi;

“Ishga marhamat” monomarkazlarida ish beruvchilar talabiga asosan tezkor kurslar tashkil qilinadi;

Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlarga uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko'rsatiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

01 Jan, 06:29


🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e'lon qildi!

Shuningdek, barcha yillar nomi bilan quyida tanishish mumkin:

1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili
1995-yil — Ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020-yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
2024-yil — Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili
2025-yil — Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

31 Dec, 19:00


🇺🇿 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

29 Dec, 16:17


⚡️Qaysi yo'nalishni bitirib qanday kasblarda ishlash mumkin?

Quyidagi yo'nalishlardan istalgan birining ustiga bossangiz, o'qish tamomlagandan so'ng ishlash mumkin bo'lgan kasb va sohalar haqida ma'lumotlar berilgan:

➡️ Tarix
➡️ Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
➡️ Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Psixologiya
➡️ Pedagogika
➡️ Musiqa ta’limi
➡️ Texnologik ta'lim
➡️ Dasturiy injiniring
➡️ Boshlang’ich ta'lim
➡️ Maktabgacha ta'lim
➡️ Maxsus pedagogika
➡️ Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi
➡️ Kimyo
➡️ Bilogiya
➡️ Pedagogika va psixologiya
➡️ Matematika va informatika
➡️ Fizika va astronomiya
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)
➡️ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
➡️ O‘zbek tili va adabiyoti
➡️ Rus tili va adabiyoti
➡️ Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

29 Dec, 04:30


⚡️Rasman: 2025/2026-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

28 Dec, 13:28


Yoshlar daftariga kirgan yoshlarga qanday yordam beriladi?

👉 tadbirkorlik, kasb-hunar, haydovchilik va kasbga qayta tayyorlov kurslarida o‘qitiladi (yoshlar ishlari agentligi hisobidan);

👉 tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mikrokreditlar va subsidiyalar ajratiladi;

👉 ish bilan bandligi ta’minlanadi;

👉 yetakchi tadbirkorlar va usta hunarmandlarga biriktiriladi;

👉 ikkilamchi ijara huquqi asosida dehqonchilik faoliyati uchun 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi;

👉Yoshlar daftari” jamg‘armasi tomonidan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi;

👉 tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

28 Dec, 12:12


Yoshlar daftari nima oʻzi?

Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, texnikaviy qoʻllab-quvvatlash, bilim va kasb oʻrganishga moʻljallangani va ishtiyoqi boʻlgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

27 Dec, 20:18


#rasmiy_munosabat

⚡️Respublika oliy ta’lim kengashi majlisining bayoni bo‘yicha rasmiy munosabat


Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi hamda faqat tavsiyaviy xarakterga ega takliflar ishlab chiqadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni nodavlat notijorat tashkilotning ichki ishi sifatida baholaydi.

Shuningdek, vazirlik har qanday moliyaviy harakatlar yoki manfaatlar poymol etilishi holatlari bo‘yicha murojaatlar qabul qilishga va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga tayyorligini bildiradi. Barcha murojaatlar asosida tegishli choralar ko‘rilib, qonuniy manfaatlar himoya qilinishi ta’minlanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

27 Dec, 15:40


⚡️Qishki o'qishni ko'chirish uchun arizalar qayerda olinyapti?

✔️ Ariza oluvchi ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kunigacha har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) ishlaydi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

27 Dec, 15:00


🎉 Yangi yilni yangi imkoniyatlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan kutib oling!

Space Academy va DoBuy hamkorligida o‘tkazilayotgan eksklyuziv qishki aksiyada ishtirok eting!

📚 Sizni nima kutmoqda?

- Kasb o‘rganish bo‘yicha innovatsion kurslar
- Bilim va mahoratni oshirish imkoniyati
- MacBook, iPhone, iPad kabi super sovg‘alar

💡 Qanday ishtirok etasiz?

1️⃣ Space Academy’da qish mavsumidagi kurslarga yoziling
2️⃣ Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, o‘z natijalaringizni ko‘rsating
3️⃣ Qimmatbaho sovg‘alardan birini yutib oling!

Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish muddati cheklangan!

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/Govzky52M7Q9LQyi8

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

27 Dec, 11:54


✈️ TelegramStat xizmati "Nodavlat oliy ta'lim muassasalari" (@nodavlattalim) kanalining 2024-yil uchun statistikasini taqdim etdi!

🔝 Unga koʻra:

✈️ Yil davomida 1 400 ta post qoldirilgan;

🔍 Ulashishlar soni 406 800 ta;

✈️ 97 400 ta sharh (izoh) qoldirilgan;

✈️ Kanaldagi postlar 42 mln marta koʻrilgan;

🔍 486 ta kanal bizdan iqtibos olgan;

✈️ 1 300 ta kanal bizni eslagan, repostlar soni 393 tani tashkil etgan.

🔍 Yil davomida 32 800 ta obunachi kanalga qo‘shilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

27 Dec, 07:31


⚡️2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:

👉 1-yanvar – Yangi yil;
👉 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉 21-mart – Navro‘z bayrami;
👉 31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉 7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉 1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉 8-dekabr – Konstitutsiya kuni.

❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

26 Dec, 19:39


⚡️Aytishlaricha, HEMIS dasturi o'rniga muqobil boshqa sayt ko'rib chiqilmoqda.

U HEMIS o'rniga yangi o'quv yilidan joriy qilinib, tizimdagi menyular biroz ortishi hamda hemis kabi xususiy oliygohlar uchun ham majburiy bo'lishi aytilmoqda.

Yangi tizimda talabalar uchun baholash va o'qitish fuksiyalarida o'zgarishlar kutilmayapti. Asosiy kutilmalar saytdagi o'zgarishlar hamda har bir talabalar uchun oliygohlarga pullik obuna joriy etilishida demoqda vaziyatdan xabardor manbalar. (Obunalar talaba tomonidan to'lanmaydi)

Ushbu sayt hozirgi HEMIS asoschilariga aloqador hisoblanmaydi hamda HEMIS-2 nomi bilan joriy qilinishi mumkin.

Manba

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

26 Dec, 13:03


⚡️Qirgʻizistonda davlat tilida xizmat koʻrsatmagan muassasalar jarimaga tortilishi mumkin

Fuqarolar kafe, restoran va boshqa muassasalarda mijozlarga faqat rus tilida xizmat koʻrsatayotganidan shikoyat qilgan. Davlat tili boʻyicha milliy komissiya huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritish, bunday muassasalarni javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

25 Dec, 08:44


⚡️O'zLiDeP deputati 4 foizlik "o'lpon" yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Bosh prokurorga "Deputat soʻrovi" yubordi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Artikov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri va bosh prokurordan Respublika oliy taʼlim Kengashining nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 4 foizini oʻtkazish boʻyicha chiqarilgan bayonnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan qayta koʻrib chiqish boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish berishni soʻradi.

Deputat tadbirkorlik faoliyati erkinligi qonunlarga muvofiq kafolatlanganini taʼkidlagan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

24 Dec, 17:06


Kim ekan o'sha tashabbuskor rektorlar?

Respublika oliy ta'lim kengashi (nodavlat notijorat tashkilot)ning rasman e'lon qilinmagan bayonnomasiga ko'ra,

2025-yil atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun professor-oʻqituvchilarning bir kunlik ish haqqini ushlab qolish tashabbusi ma’qullanibdi.

O'sha tashabbuskor rektorlar ro'yxati hujjatda nega ko'rsatilmadi? Xalq qahramonlarini tanib olsin baraka topkurlar.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

24 Dec, 14:53


❗️Kontrakt narxlari oshishiga tayyor turing

Nodavlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻning 4% qismini Respublika oliy taʼlim kengashiga yoʻnaltirish amaliyoti joriy qilinmoqda.

Qo'shimcha 4% o'lpon joriy etilgach nodavlat oliygohlar ham o‘qitish harajatlaridan kelib chiqib kontrakt narxlarini oshirish ehtimoli yuroqi, balki aniq.

Iqtisodchi-ekspert Yuliy Yusupovning yozishicha, ushbu protokol bilan “ixtiyoriy-majburiy” soliq joriy qilinmoqda. Bektosh Xotamov esa buni noqonuniy qaror demoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

24 Dec, 08:51


⚡️Bogʻcha toʻlovlarining yangi narxlari belgilandi

2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi yangi miqdorlari belgilandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

20 Dec, 08:20


⚡️Rasman: Bugun o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi

Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

Ruxsat kimlarga beriladi?

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
20-dekabrdan 20-yanvargacha.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

19 Dec, 09:48


⚡️Ertadan o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi

Qishki perevod haqida batafsil mana bu postlar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

1. https://t.me/nodavlattalim/2499
2. https://t.me/nodavlattalim/2502

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

18 Dec, 15:54


⚡️Maktab direktori maktabda qimor o'yini tashkil qilganligi aniqlandi

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 17-dekabr kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd natijasida 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

17 Dec, 09:53


Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi?

“Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:

oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan;
boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan;
oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz;
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan;
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan;
zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan;
“Mehribonlik”
uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan;
davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan;
psixologik maslahatga muhtoj;
nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
dehqonchilik yoki tomorqa
xoʻjaligini yuritayotgan;
yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi.

📑 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

17 Dec, 09:01


O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada rasmiy ishga joylashing !

🇺🇿🇯🇵 Toshkentdagi Japan Digital University ilk bitiruvchilarini qutlaydi.

Bitiruvchilar universitetda o'qish davomida quyidagi natijalarga erishishdi :

-Yuqori darajadagi yapon tili bilimlari
-IT bilimlari
-Yaponiyada ishlash ko'nikmasini shakllantirish uchun o'qish davrida Yaponiyada amaliyot
-O'qishni bitirmay turib Yaponiya kompaniyalaridan ishga taklif

🎚️ Siz ham O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ishga joylashmoqchi bo'lsangiz JDU da qabul boshlandi !

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Dec, 14:35


⚡️Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Dec, 05:01


Universitetda o’qish uchun mablag’ yo’qmi?

Ha endi Poytaxt mikromoliya tashkiloti orqali nafaqat kunduzgi balki sirtqi ta’lim shaklida ham 10 daqiqada ta’lim kreditini rasmiylashtira olasiz.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

📞 78-113-72-10

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

12 Dec, 16:24


⚡️Nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari talabalari ham Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari qatoridan joy oldi

2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

E'tiborlisi, bir qator nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari talabalari ham Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari munosib deb topilgan.

Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

07 Dec, 13:05


⚡️Work and Travel kabi dasturlar doirasida talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi

Prezident topshirigʻiga koʻra, Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda oʻqish va malaka oshirish, zamonaviy korxonalarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga yengillik boʻlishi uchun viza tartibini soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻradi.

Kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Work and Travel” kabi dasturlar doirasida talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

07 Dec, 05:13


#MUROJAAT

⚡️2454 nafar xorijiy til sertifikatga ega talabgorlar doktoranturaga o'qishga kira olmagan – yana bir qancha kvotalar bo'sh qolgan!

2025-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshirgan talabgorlarning 2454 nafari xorijiy til sertifikatiga ega bo'lsada, ammo mutaxassislik imtihonidan yetarli ball to'play olmay, o'qishga kira olmagan.

Bu yil doktorantura uchun talabgorlarning soni kvotaga nisbatan yuqoriligi sababli ayrim yo'nalishlarda o'qishga qabul qilinmaganlar bo'lgan. Yana ayrim yo'nalishlarda esa yetarli arizalar mavjud emasligi sababli kvotalar to'lmay qolgan.

📈 Umumiy hisobda respublika bo'yicha jami yo'nalishlar kesimida 2454 nafar xorijiy sertifikatga ega talabgorlar o'qishga qabul qilinmay qolib ketgan.

Avvalgi yillarda doktorantura va tayanch doktorantura uchun ajratilgan kvotalar sertifikatga ega bo'lgan talabgorlarning soni yetarli bo'lmagani sababli to'lmay kelayotgan edi. Bu yil esa aksincha talabgorlar soni ortgan.

Bu albatta talabgorlarni bir necha yillardan beri sertifikati mavjud bo'lmagani sababli hujjat topshira olmay, xorijiy til o'rganishga majbur qilgan. Ammo, lekin, biroq... Adolatli yoki "adolatsiz" imtihon o'tkazilishi yoxud taqdirning hazili bilan mana shunday kadrlar o'qishga qabul qilinmay qolgan.

O'qishga qabul qilinganlarning hammasi ham salohiyatli yoxud aksincha qabul qilinmaganlarning hammasi ham salohiyatsiz kadr bo'lishi mumkin emas.

Shu sababli doktorantura va tayanch doktorantura uchun hujjat topshirgan, biroq yetarli ball to'play olmagan tegishli xorijiy til bilish sertifikatiga ega talabgorlarning barchasini shuncha yillik mehnatlarini inobatga olib, ularni qo'llab-quvvatlagan holda hamda bir necha yildan beri bo'sh qolgan kvotalar o'rnini qoplash maqsadida o'qishga qabul qilishlarini so'raymiz!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

07 Dec, 02:55


“Ta’lim sohasidagi dasturlarimiz doirasida yaqin yillarda oliygohlarda qamrov 50 foizga yetkaziladi. Birgina 2025-yilda bog‘cha va maktablarni ta’mirlash va yangilarini qurish uchun davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.”

Prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigidan

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Dec, 13:41


⚡️Guruh nazoratchiligiga tanlov

‼️ Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.

👍 Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.

🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

06 Dec, 04:30


⚡️Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

05 Dec, 06:16


⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Dec, 02:01


⚡️Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish bo'yicha to'liq videoqo'llanma

Nodavlat oliy ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish huquqiga ega.

🔰 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.

Buning uchun soliq organi yoki qaysidir tashkilotga borish shart emas, uyda o'tirib ham buni bajarish mumkin)

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

03 Dec, 18:54


⚡️Suiqasd ayblanuvchilaridan biri nodavlat universitetning ta'sischisi ekanligi aytilmoqda

Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd tashkilotchilaridan biri sifatida ko‘rilayotgan Javlon Yunusov O‘zbekistonda o‘nlab biznes loyihalarda ishtirok etib kelgan. Kun.uz ma'lum qilishicha, Yunusov Toshkent shahridagi "EMU-UNIVERSITY" MCHJ muassislaridan biri sifatida 50 foiz ulushga egalik qilmoqda.

Orginfo.uz saytida ham bu shaxs mazkur MCHJ muassisi sifatida ko'rsatilgan.

Bir necha kun avval Bosh prokuratura qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edi.

Kun.uz surishtiruvida "U ta’sis etgan firmalar qurayotgan ko‘p qavatli turar-joy majmualari mijozlarga kelishilgan muddatda topshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Mijozlarga va’da qilingan kvartiralar qurilmagan, ular to‘lagan “pulni qaytarishni va’da berayotgan” sotuv ofislari ayni paytda yopiq." deyiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

03 Dec, 12:25


#qabul2025
#akademik_litsey

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

1-fan — 3.1*20=62;
2-fan — 3.1*20=62;
IQ — 1.1*20 =22.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

03 Dec, 06:43


#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

02 Dec, 11:23


⚡️Sud qarorlari yashirilyaptimi?

Xabaringiz bor oxirgi vaqtlar bir nechta xususiy OTMlar va vazirlik o'rtasi sud mojarolari bo'lib o'tdi. Oliy sudning ochiq manbalaridan sud natijalarini bilish mumkin, lekin qarorlarni topib bo'lmaydi.

Masalan, "Digital university" MCHJning ikki marta ishi ko'rib chiqilsa ham-ki qaror yuklanmagan. Mayli oxirgi sudga 3 kun bo'ldi endi yuklasa kerak dersiz, ammo birinchi sud 10-oktabrda bo'lib o'tgandi, qaror hech qaysi manbaga yuklamagan.

Sud qarorlari yashirilyaptimi yoki loqaydlik sabab manbalarga yuklamay qo'yildimi? Axr avval sudga berilgan xususiy oliygoh qarorlari ochiq e'lon qilib borilayotgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

02 Dec, 07:05


Chin shoirlar bari otilgan,
Qolganlari bari sotilgan.
Mard so‘zim shu - hammasi qo‘rqoq!
O‘zim kimman? So‘ramang biroq.
Men ismimni aytmasman zinhor,
Zamon nozik, bola-chaqam bor.

© Erkin Vohidov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

02 Dec, 06:29


Ikki talaba bilan suhbatlashdim, biri darsga faqat oraliq nazoratlarni yozib berish uchun borishini aytdi, ikkinchisi o'zi talaba emasligini, ayrim zarur (tekshiruv) vaqtlarda akasi o'rniga odam soniga auditoriyada o'tirishini aytdi, bundan o'qituvchilar ham xabardor ekan.

So'nggi paytlar xususiy oliygohlar ichidagi ba'zi (noo'rin) ishlarni ko'rib ko'ngil g'ijir edi, ammo davlat OTMlari ham qolishmayotgan ekan, aniqrog'i ancha oldinda ekan (tizimning qulashi bo'yicha).

Aslida davlatmi nodavlatmi o'zimizning xalqni o'qityapti. Jamiyat isloh bo'lmas ekan, islohsiz rahbarlar kelaveradi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

29 Nov, 18:23


“Xususiy oliygohlar qisqa vaqt ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi” — Bektosh Hotamov

“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz hisoblanadi. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”, dedi tadbirkor Bektosh Hotamov.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

29 Nov, 14:57


⚡️Digital universiteti apelyatsiya shikoyati qanoatlantirildi

Bugun Toshkent shahar sudi “Digital university” MCHJ kiritgan appelyatsiya shikoyatini ko'rib chiqdi. Sud javobgar MCHJ foydasiga qaror chiqarib, birinchi instansiya qarorini bekor qildi.

Avvalroq Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi instansiyada yutib, litsenziya bekor qilingani haqida bayonot bergan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

25 Nov, 08:40


Litsenziyasi taxnik nosozlik sababli shakllangan "Abu Rayhon Beruniy universiteti" MCHJning faoliyatini cheklash bo'yicha kiritilgan vazirlik da'vo arizasi rad etildi.

O'zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib tamoyillari to'g'risida”gi Qonunining 28-moddasiga asosan vakolatli organ tomonidan ariza belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilmagan taqdirda tizim tomonidan ijobiy xulosa avtomatik ravishda shakllanadi va talabgor belgilangan davlat bojini yoki yig'imini to'laganidan keyin maxsus elektron tizim vositasida unga litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyat bilan shug'illanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda vakolatli organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo'lishi belgilangan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

25 Nov, 07:46


⚡️Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-396-son, 18.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

2025/2026-oʻquv yilidan boshlab:

energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;
talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;
bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazish belgilandi.

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi.

Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

21 Nov, 18:51


⚡️"Qishki perevod"da nima mumkin-u, nimalar mumkin emas?

Quyidagilar mumkin:

Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli o'sha hududga o'qishini ko'chirishi (o'zining yo'nalishiga yoki mos va turdosh yo'nalishga ko'chirishi, xoxlasa ta'lim shaklini ham o'zgartirib ko'chirishi ham mumkin);
Ota-onasi yoki turmush o'rtog'i davlat xizmatchisi bo'lib, ularning doimiy ish koyi boshqa viloyatga ko'chirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda perevod qilish mumkin);
Faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga ko'ra tegishli tartibda ko'chira olish.

Quyidagilar mumkin emas:

Ichki perevod (bir oliygoh ichida ta'lim yo'nalishini yoki ta'lim shaklini o'zgartirish);
Bir hudud doirasida boshqa oliygohga ko'chirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga o'qishni ko'chirish);
Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan o'qishni ko'chirish;
Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish;
Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish;
Xususiy oliygohlar o'rtasida o'zaro o'qishni ko'chirish harakatlari;
Xususiy oliygoh bilan bog'liq har qanday o'qishni ko'chirish jarayonlari;
Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish.

❗️IZOH: Qishki qabul jarayonlarida o'qishni ko'chirish hech qanday maxsus imtihonlariz o'tkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar vazirlik komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, shunga asosan xulosa beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

21 Nov, 12:23


⚡️Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqdilar.

Xususan, Hilola Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga, Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga ma’qullandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

21 Nov, 10:47


Talabalar odam safidan chiqarilmoqda.

Foto: O'zJOKU

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

21 Nov, 06:07


Kafillardan daromad manbai talab etilmaydigan ta’lim krediti bor desam ishonasizmi?

Ha endi Poytaxt consulting orqali nafaqat kunduzgi balki sirtqi ta’lim shaklida ham 10 daqiqada ta’lim kreditini rasmiylashtira olasiz.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

📞 78-113-72-10

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

20 Nov, 09:15


2025 yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

20 Nov, 06:11


⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich lavozimidan ozod etildi.

Jami 21 ta vazir, jumladan, sobiq oliy ta'lim vaziri Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

19 Nov, 10:21


🎓 Sirtqi ta’limda ta’lim krediti olish imkoniyati!

Endi siz sirtqi ta’lim shaklida ham ta’lim kreditidan foydalanib o‘qishingiz mumkin!

Muddat: 5 yilgacha

Jarayon: Atigi 10 daqiqa, ortiqcha qog‘ozbozliksiz!

Batafsil ma’lumot olish uchun ro’yxatdan o’ting: https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

19 Nov, 06:01


Yana bir xususiy universitet - Nordik Prezident e'tirofida

Yaqinda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bugun mutlaqo yangilangani, maktablarimizda fin ta'lim tajribalari keng qo‘llanilayotgani, Nordik universiteti ochilgani va unda 7500 nafar talaba ta'lim olayotganini faxr bilan tilga olganida janob Stubb juda quvondi.

Shaxsan Prezident xususiy Nordik universitetini e'tirof etishi juda ham quvonarli holat va nodavlat ta'lim muassasalariga farvater sifatida katta ishonch belgisidir.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

16 Nov, 15:36


20-noyabrga qoldirilibdi.

Bo'larkanu, vaqtida yangilab qo'ysa.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Nov, 10:28


Sud qarori ustidan apelyatsiya shikoyati kiritgan "Digital university" ishi 13-noyabrda ko'rib chiqilishi haqida xabar bergandik.

Ochiq manbalarga apelyatsiya najitasi yuklanmagan, odatda bir necha soatdan so'ng ish natijasi ko'rsatilar edi. Ikki kun o'tsa ham ma'lumot yangilanmagani biroz g'alati-dek.

Nimadir ustida kelisha olishmayaptimi yoki boshqa.. savollar ko'p!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Nov, 10:13


"Abu Rayhon Beruniy universiteti" MCHJ ishi 19-noyabrga qoldirildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

15 Nov, 09:15


⚡️Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar qanday nomlanishini bilasizmi?

bakalavr va magistr – bu akademik daraja;
PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;
dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Nov, 17:46


Qora qo'ng'iz o'z bolasin oppog'im der, tipratikan yumshog'im der!

Xususiy oliygoh vakillari bizga bildirishlaricha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimlari nodavlat sektorda navbatdagi o'rganish (tekshiruv) ishlarini olib borishmoqda.

Mas'ullar arzimagan kichik detallardan ham kamchiliklar topib sudga berish bilan qo'rqitmoqda ekan. Maqsad litsenziya talablarini bajartirishmi yoki «sizdan ugina, bizdan bugina» deganimi?

Bir tomondan xususiy oliygohlar tekshiriladi, sudga beriladi, yopiladi, boshqa tomondan ikki talabasi bir stulda o'tirgan davlat oliygohlari oppoq?

Agar mas'ul departament xolis va halol bo'lsa vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovning institutini ham bir tekshirib ko'rsin. Hech kim litsenziya ololmagan davrda qanday qilib vazirning o'g'li litsenziya oldi Abduvali aka?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

13 Nov, 13:15


"Talabalar rag'batlantirish jamg'armasi" hisobidan talabalar rag'batlantirilyaptimi ?

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 59-sonli qarorida tegishli moliya yilida oliy ta’lim muassasalarida stipendiya to‘lovlari uchun rejalashtirilgan budjet mablag‘lariga nisbatan 10 foiz hamda to‘lov-kontrakt bo‘yicha rejalashtirilgan tushumlarning 2 foiz miqdoridagi mablag‘lar hisobiga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish belgilangan.

Biroq, bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra, ko'plab oliy ta'lim muassasalarida bu rag'bat puli berilmayotgan va ishlatilmaganligi haqida murojaatlar kelmoqda. Yil tugashiga ham 1 oydan ko'proq vaqt qolyapti. Iqtidorli talabalarni ushbu jamg'arma hisobidan rag'batlantirish lozim.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

13 Nov, 12:38


Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Mamatkarimov Odiljon Oxundadayevich senatorlikka saylanibdi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

12 Nov, 15:40


Kun.uz xabar berishicha, Saneg (sobiq Jizzax Petroleum) kompaniyasiga qarashli Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti professor-o'qituvchilari oylik maoshlari bir necha oydan beri to'lab berilmayotgan ekan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

09 Nov, 09:18


Litsenziyasi taxnik nosozlik sababli shakllangan "Abu Rayhon Beruniy universiteti" MCHJning faoliyatini cheklash bo'yicha kiritilgan vazirlik da'vo arizasi 12-noyabr sanasida ko'rib chiqiladi.

Avvalgi sud majlisi 8-noyabr edi, ma'lum sabablarga ko'ra 12-noyabrga ko'chirildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

08 Nov, 07:02


Litsenziyasi bekor qilindi deb bayonot berilgan "Digital university" sud qarori ustidan apelyatsiya shikoyati kiritibdi.

Sud majlisi 13-noyabr sanasida ko'rib chiqiladi

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

08 Nov, 06:54


Munosabat

Hemis dasturi bo'yicha e'lon qilingan murojaat ijobiy hal bo'libdi, bizga bildirishlaricha biroz tushunmovchilik ham bo'lgan.

Nima bo‘lgan taqdirda ham muammo yechimini topgani yaxshi albatta!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Nov, 09:10


📚 Imtiyozli Ta’lim Kreditlari: Talabalar uchun Imkoniyatlar!

🏦 Kredit olish mumkin bo‘lgan banklar:


🏦 Turonbank batafsil ma'lumot;
🏦 Xalq banki – batafsil ma'lumot;
🏦 Agrobank – batafsil ma'lumot;
🏦 O‘zSQB – batafsil ma'lumot;
🏦 O‘zmilliybank – batafsil ma'lumot;
🏦 Hamkorbank – batafsil ma'lumot;
🏦 MKBank – batafsil ma'lumot;
🏦 BRB – batafsil ma'lumot.

📱 "Хazna" yoki "Quant" mobil ilovalari orqali uydan chiqmay kredit rasmiylashtirish mumkin!

☑️ Sirtqi va Super-Kontraktlar uchun:

🏦 O'zmilliybank;
🏦 Biznesni rivojlantirish banki.

Kontrakt to‘lash muddati 1 dekabrgacha uzaytirilgan!

Batafsil ma’lumot olish uchun yuqorida yozilgan bank nomlari ustiga bosing.

☎️ Banklarning telefon raqamlari

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Nov, 05:50


⚡️Sirtqi taʼlim va super-kontraktdagilar uchun taʼlim krediti ajratilmoqda!

Oʻzmilliybank oʻz mablagʻlari hisobidan kechki va sirtqi ta'lim shakli hamda superkontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun tijoriy ta'lim kreditini taklif qilmoqda.

Kredit shartlari:

👉 bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun
36 oygacha yillik 22%;
60 oygacha yillik 24%;
imtiyozli davr – 12 oy;

🧑‍🎓Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun
muddati – 36 oygacha;
foiz stavkasi – 22%;
kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida.

☎️ Call-markazi raqami: 1344

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Nov, 04:46


⚡️Imtiyozli ta’lim krediti ajratayotgan banklar

Ayni paytda quyidagi banklar talabalarga imtiyozli ta’lim kreditini ajratmoqda:

• MKBank - 1285
• BRB bank - 1254
• SQB bank - 1180
• Agrobank - 1216
• Xalq banki - 1106
• Milliy bank - 1344
• Hamkorbank - 1256

Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi. «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu video-yoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz.

Taʼlim krediti haqida batafsil mana bu postda ma'lumot olishimgiz mumkin: https://t.me/nodavlattalim/2210

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Nov, 03:33


⚡️Yosh bolali xotin-qizlar OTMda onlayn tahsil olishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 – yildagi 344 – son qarorining 11 – bandiga ko‘ra talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Bunda Oliy ta’lim muassasasida ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga onlayn ta’lim shakliga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 – yildagi 344 – son qarorining talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, o‘zi, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan OTM rektori nomiga akademik ta’til olish uchun ham ariza bilan murojaat etishi lozim.

Ushbu qarorga ko‘ra quyidagi hollarda talaba akademik ta’til olishi mumkin.

salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
va boshqa holatlarda.

Demak, yuqoridagi asoslar bo‘lganda va OTMda masofaviy ta’lim shakli bo‘lganda o‘qishni onlayn shaklga o‘zgartirilishi mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

04 Nov, 03:00


🔥 NIU'ga qo‘shiling va orzungizdagi karyerani qurishni boshlang

Innovatsion dasturlar, yetakchi o‘qituvchilar va yorqin talabalik hayoti sizni kutmoqda!

Navoiy innovatsiyalar universitetida bilim cho‘qqilari sari o'z yo‘lingizni boshlang!

📞 Bog‘lanish uchun telefon: +998(55)500-00-43

📲 havola: https://niuedu.uz/uz/cv/2

📄 Litsenziya (№432755)

✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web-sayt

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

31 Oct, 13:00


AQSHda ish 🇺🇸
Buyuk Britaniyada ish 🇬🇧


https://t.me/xushnudbek/26218

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda AQSH va Buyuk Britaniya yo'nalishida 3 ta loyiha faoliyat yuritmoqda. Loyihalarda qatnashish talabi va imkoniyatlar to'g'risida quyida qisqa ma'lumot berilgan:


Hamshiralik (Buyuk Britaniya)

Hamshiralik (AQSH)

Tibbiyotda IT (AQSH)

OET nima?


Muvaffaqiyatli bitiruvchilar AQSH va Buyuk Britaniyada tibbiyot va IT sohasida ish bailan ta'minlanadi.

👉 Ro'yxatdan o'tish


Batafsil ma'lumot uchun:

☎️ 88-800-80-80 | 55-707-70-70

Instagram | Web | Telegram | YouTube

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

28 Oct, 13:23


⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

24 Oct, 13:01


⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi.

2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.

3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.

7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.

9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi

10. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.

11. Imtiyozli ta'lim krediti haqida eng so'nggi ma'lumotlarni @nodavlattalim sahifasidan topishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

23 Oct, 04:35


#diqqat #saylov_2024

🌀Qirg'iziston Respublikasidagi barcha vatandoshlarimiz diqqatiga❗️

O'zbekiston Respublikasining Qirg'iziston Respublikasidagi Elchixonasi hamda O‘sh shahrida joylashgan bosh konsulxonasida tashkil etilgan saylov uchastkalariga 27-oktabr yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasi Parlament saylovida siz aziz vatandoshlarimizni qatnashib faol bo'lishga chaqiramiz. Ovoz berish jarayonlari 27-oktabr kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha bo'lib o'tadi. Bemalol talabalar va fuqarolarimiz kelib o'z munosib nomzodlariga ovoz berishlari mumkin! Sizning ovozingiz - kelajak poydevori bo'lishini unutmang!



📍Elchixona lokatsiyasi: Embassy of Uzbekistan 0312 662 065
https://maps.app.goo.gl/6sVa81aACf35qGM38

📍Bosh Konsulxona lokatsiyasi:
https://maps.app.goo.gl/it2bGjYD27W6xmR3A

Murojaat qilish: @wayu_shikoyat

Hurmat ila O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'iziston vakilligi.

@uzbyoshlar_kg

🇺🇿O'zbekiston yoshlari Qirg'izistonda🇰🇬

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

21 Oct, 07:56


"Tilni buzib gapirish millatni mensimaslikdir" - Ozod Sharafiddinov

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Tahririyatimiz barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan qutlaydi!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

21 Oct, 05:46


⚡️Surxondaryo viloyatida nodavlat oliygohlar soni bittaga ko'paydi

Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida filialini tashkil etdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi.

Oliygoh viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, o'n oltita yo'nalish bo'yicha bakalavr va uch yo'nalish bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.

Bungacha viloyatda bitta nodavlat oliygoh faoliyat yuritganligi sababli Surxondaryo xalqida tanlov imkoniyati cheklangan edi. Endilikda viloyat ahli sog'lom raqobat ostida sifatli ta'limga ega bo'lishadi.

📞 +998(55)500-00-43

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

20 Oct, 11:11


⚡️So‘nggi 2 yilda 7 ta OTM litsenziyasi bekor qilinganvazirlik

2023-yilda 6 ta, 2024-yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Sud jarayonlarida 2023-yilda jami 6 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilindi. 2024-yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli Sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

19 Oct, 07:23


⚡️Xususiy maktablar uchun imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-yanvardagi PQ-49-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi;

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

17 Oct, 15:34


Yopilgan xususiy universitetlarni diplom pechat qilishda ayblagan tadbirkorning o'zini universiteti yopildi

Digital universiteti asoschisi Ibrohim Hurramov avval yopilgan universitetlarga jiddiy ayblov qo'ygan edi, bugun o'zi asos solgan universitet litsenziyasi bekor bo'lgani e'lon qilindi.

Yopilgan universitetlar sud ishi bilan tahririyatimiz yaqindan tanishib chiqqan bo'lib, yuqoridagi ayblovlar asossiz edi.

Digital universiteti sud ishi bilan tanishib chiqib, nechta xonasi (00:20) borligini xabar qilamiz.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

17 Oct, 14:23


#rasmiy_bayonot

⚡️Yana bir xususiy universitet litsenziyasi bekor qilindi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan lisenziya talab va shartlariga amal kilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

17 Oct, 12:43


⚡️O‘quv dasturlari e'lon qilindi

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

14 Oct, 07:44


⚡️BRB oʻzining Quant ilovasi yordamida taʼlim kreditini onlayn rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻydi

Kredit shartlari:
• yillik stavka – 13,5% (ayollar uchun 0 foiz);
• miqdori:
• muddati – oʻqish davri + 7,5 yil muddatga;
• asosiy qarz – oʻqish tugaganidan soʻng yettinchi oydan boshlab toʻlanadi.

Avvalroq, Xalq banki tomonidan xazna ilovasida taʼlim kreditini onlayn olish joriy etilgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

11 Oct, 18:49


⚡️"Markaziy Osiyo" endi "Turkiston"ga aylandi

Turkiyaning milliy taʼlim vazirligi yangi oʻquv dasturida «Tarix» taʼlimiga tub oʻzgarishlar kiritib, «Markaziy Osiyo» oʻrniga «Turkiston» tushunchasini kiritdi.

Taʼkidlanishicha, bunda kelajak avlodlar turkiylik, milliy ong, vatanparvarlik ruxida tarbiyalanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

10 Oct, 18:37


⚡️Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi

Joriy yilgi kirish imtihonlarida huquqshunoslik fani bo‘yicha tuzilgan savollar abituriyentlar hamda keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Advokat Muhriddin Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, ushbu holatdan norozi bo‘lgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi.

Rasmiy saytda ayrim universitetlar o'zgacha reklama qilinganini raqobat qo'mitasi ham ko'rib chiqsa bo'lardi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

10 Oct, 06:01


⚡️ Nukus innovatsion instituti «World University Rankings — 2025» (Jahon universitetlari reytingi — 2025)ga kirmoqda

◾️Bugun "Times Higher Education" xalqaro reyting agentligining «World University Rankings — 2025» (Jahon universitetlari reytingi — 2025) reytingi e'lon qilindi.

◾️Ushbu nufuzli jahon reytingida Qoraqalpog'iston Respublikasida birinchilardan bo'lib faoliyat boshlagan xususiy oliy ta'lim muassasi — Nukus innovatsion instituti "Reporter" maqomiga ega bo'ldi.

Reporter statusi TOP-1000talikka kirish uchun nomzod degan maqomni anglatadi.

◾️Nukus innovatsion institutidan tashqari Qoraqalpog'iston Respublikasidan «World University Rankings — 2025» jahon reytingiga kirish uchun nomzodlar qatorida Qoraqalpoq davlat universteti va Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutlari ham bor.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

09 Oct, 15:15


⚡️Imtiyozli ta’lim krediti ajratayotgan banklar

Ayni paytda quyidagi banklar talabalarga imtiyozli ta’lim kreditini ajratmoqda:

• MKBank - 1285
• BRB bank - 1254
• SQB bank - 1180
• Agrobank - 1216
• Xalq banki - 1106
• Milliy bank - 1344
• Hamkorbank - 1256

Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi. «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu video-yoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz.

Taʼlim krediti haqida batafsil mana bu postda ma'lumot olishimgiz mumkin: https://t.me/nodavlattalim/2210

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

09 Oct, 14:15


🥺Talaba ham odam (mi)?

Ish topishda sizda ham yuqoridagi kabi muammolar bormi?👆

🔥 Unda siz uchun ajoyib yangilik

13-14-oktyabr kunlari "Mental arifmetika orqali oyiga qoʻshimcha 10 mln daromad" nomli BEPUL vebinar oʻtkazyapman.

Bepul vebinarda siz bilan birgalikda:

Muvaffaqiyatli ish boshlashni;

Oʻzimiz uchun oʻquvchilar yigʻishni;

Va qanday qilib yuqori daromad qilishni oʻrganamiz.

Pastdagi tugmani bosing va bepul vebinar kanalida hammasini bilib oling👇

Kanal👉 https://t.me/+NMEJqpkIAbQzZDRi

Koʻrishguncha 🔥

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

09 Oct, 08:20


⚡️Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi

Joriy yilning 10-oktyabr kuni 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

09 Oct, 07:50


⚡️Rasman: Endilikda sirtqida oʻqiydiganlarga ham imtiyozli Taʼlim krediti beriladi

Faqatgina Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti uchun 5 yillik past stavkali taʼlim krediti institut bilan hamkor boʻlgan bank tomonidan berilmoqda.

📞Ta'lim krediti bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:
+998912333321 | +998914359775
+998917703927 | +998999387572

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

08 Oct, 12:02


Dekan o'rinbosariga salom bermagan talaba tushuntirish xati yozib, uzr so'radi.

Milliy universiteti tomonidan olib borilayotgan jadal islohotlar mevasini qachon ko'ramiz endi?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

07 Oct, 16:40


⚡️Sud yana bir xususiy oliygoh litsenziyasini bekor qilishni rad etdi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti litsenziyasini bekor qilish bo'yicha kiritgan da'vo arizasi rad etildi.

Quvonarlisi, oxirgi vaqtda sudlar tomonidan litsenziyani bekor qilish bo'yicha barcha da'volar rad etilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!