Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi boshlig‘i M.Rametov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining To‘rtko‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i U.Saburov hamda To‘rtko‘l tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudaynazarov ishtirok etishdi.
Qabul davomida jami 14 nafar fuqarolar murojaat qilib, ulardan 5 nafari ishga joylashish, 2 nafari kasbga o‘qitish va qayta tayyoorlash, 4 nafari subsidiya ajratish va 3 nafari horijda ishlash bo‘yicha murojaat qilishdi. Natijada jami 14 ta murojaatlardan 9 nafari shu joyda hal qilinib, 5 nafariga tegishli tartibda huquqiy maslahat berildi.
Ushbu qabul doirasida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 nafar ishsizlarga tikuv mashinalari, 1 nafariga noutbuk hamda 1 nafariga elektr pechkasi subsidiya tarzida topshirildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️TG