Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

@titu_uz


Murojaat uchun:
+998990402236
+998990402238
+998990402239
+998990402243

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

23 Oct, 12:44


“Zakovat” g‘oliblari aniqlandi!

🏢Universitet sirtqi ta’lim yo‘nalish talabalari o'rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida g‘olib jamoalar aniqlandi. O‘yin natijalariga ko‘ra:

🥇 Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 23/6 guruhining “Zukkolar” jamoasi;
🥇 Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 23/5 guruhining “Yosh psixologlar” jamoasi;
🥈 Iqtisodiyot yo’nalishi 23/13 guruhining “Everest” jamoasi;
🥈 Iqtisodiyot yo’nalishi 23/11 guruhining “Liderlar” jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

🏆🏆🏆 G'olib bo'lgan jamoalarni TABRIKLAYMIZ!

bizni kuzating :

📲
telegram     📲instagram   📲 you tube       📲 facebook

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

23 Oct, 12:35


#Ijara

Ijarada yashovchi talabalar yashash sharoiti o‘rganilmoqda

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilar tomonidan ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olinmoqda.

Moliyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalari fakulteti o‘qituvchilari S.Bo‘taeva va S.Salohitdinovlar tomonidan Buxgalteriy hisobi va audit kunduzgi ta'lim yo‘nalishi talabalari Chilonzor tumani, Do’mbirobod mahalla, 7-uy, 22-honadonda yashovchi Rōziqulova Ismigul Mamarasul qizi va Turdialiyeva Mohichehralarning ijarada yashash manziliga borib o‘rgandilar. Talabaga gigiena qoidalari, texnika xavfsizligi, gazdan va elektr energiyasidan foydalanishi haqida tavsiyalar berdilar.

bizni kuzating :

📲
telegram     📲instagram   📲 you tube       📲 facebook

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

23 Oct, 11:51


#Universitetda "ZAKOVAT" intelektual o'yinlari davom etmoqda...

🏢Toshkent Iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti sirtqi talim yonalish talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining 2-MAVSUM 2-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

🌟 Unda barcha akadem guruh jamoalardan to‘rt jamoa keyingi final bosqichiga yo‘l oldi.

❇️ Barcha ishtirok etayotgan jamoalarga omad tilaymiz!

bizni kuzating :

📲
telegram     📲instagram   📲 you tube       📲 facebook

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

23 Oct, 10:54


#Sport

🏢Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalari o'rtasida “Talabalar ligasi” musobaqalari doirasida sportning "Kurash" turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tadi.

Kurash universitet “Green zonesi”da 24-oktyabr soat 12:00 da boshlanadi.

📆 Taroziga chiqish 24-oktyabr soat 11:00 da universitet “Green zonesi”da boshlanadi.

Kurash quyidagi vaznlarda bo‘lib o‘tadi:
1.Engil vazn – 70 kg gacha;
2.O‘rta vazn – 70-90 kg gacha;
3.Og‘ir vazn – 90 va undan yuqori.

Barcha talabalarni taklif etamiz!

bizni kuzating :

📲
telegram     📲instagram   📲 you tube       📲 facebook

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

23 Oct, 05:15


#Kun xikmati

🔷Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil.

✍️Alisher Navoiy

bizni kuzating :

📲
telegram     📲instagram   📲 you tube       📲 facebook

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

22 Oct, 13:19


#Talabalar Adiblar xiyobonida

Adabiyot har bir xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi ta’sir kuchiga ega muhim vositadir. Unda millatning madaniyati, urf-odati, dunyoqarashi, ma’naviyati aks etadi. Demak, adabiyot yashasa millat yashaydi, uning sha’ni ulug‘lanadi, qadriyatlari qadr topadi.

Shu munosabat bilan Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Moliyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar.

Adiblar xiyobonida Moliyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalari fakulteti o'qituvchisi A.Xurramov tomonidan sayyor dars tashkil etildi va A.Qaxxor hayoti, ijodi haqida ma’lumotlar berildi.

bizni kuzating :

📲
telegram     📲instagram   📲 you tube       📲 facebook

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

22 Oct, 12:39


Ijarada yashovchi talabalar yashash sharoiti o‘rganilmoqda

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilar tomonidan ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olinmoqda.

"Ijtimoiy fanlar" fakulteti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.N.Muratova, o'qituvchilar N.B.Quvvatova va A.Abdurasulovlar Pedagogigika va psixologiya yo‘nalishi 23/1-gurux talabasi N.Yo‘ldoshboeva, G.Mamajonova, M.Anvarova, L.Fayzieva va M.Axmedovaoarning Uchtepa tumani 31-kvartal, 11-uy, 40-xonadondagi ijarada yashash manziliga borib o‘rgandilar. Talabaga gigiena qoidalari, texnika xavfsizligi, gazdan va elektr energiyasidan foydalanishi haqida tavsiyalar berdilar.

bizni kuzating :

📲
telegram     📲instagram   📲 you tube       📲 facebook