Nodavlat oliygohlar @nodavlat_oliygohlar Channel on Telegram

Nodavlat oliygohlar

@nodavlat_oliygohlar


Nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumot berib boruvchi telegram kanali

Nodavlat oliygohlar (Uzbek)

Salom, sevgan obro'lar! Sizni "Nodavlat oliygohlar" telegram kanaliga qarshilik qilishdan hursandlik duymoqdamiz. Bu kanal oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumotlar bilan to'ldirilgan va o'quvchilar uchun foydali bo'lishi maqsad qilingan

"Nodavlat oliygohlar" kanalida O'zbekistondagi eng yaxshi oliy ta'lim muassasalari haqida so'nggi yangiliklar, qabul shartlari, takliflar, va ko'rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda oliy ta'lim sohasida o'quvchi bo'lib o'tmoqchi bo'lganlar uchun foydali ma'lumotlar, tajriba va qiziqarli materiallar mavjud

Agar siz ham oliy ta'limda o'qishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, yoki bu soha haqida ko'proq ma'lumot olishni istasangiz, "Nodavlat oliygohlar" kanali siz uchun to'liq mos keladi. Sizni bu foydali va ko'rsatuvchan kanalga obuna bo'lishni unutmang

Bu kanal oliy ta'lim sohasi bo'yicha qiziqarli materiallar bilan to'ldirilgan, shuningdek, o'quv jarayonining mustaqil ravishi va takliflarini ham taqdim etadi. O'quv bilimini oshirish, yangi imkoniyatlardan foydalanish, va oliy ta'limda muvaffaqiyatga erishish o'rtasidagi qatnashuvchi muhokama va fikrlar sizni bu kanalda kutmoqda

Iltimos, "Nodavlat oliygohlar" kanaliga a'zo bo'lib, oliy ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling va o'quv jarayonida o'z bilimingizni oshiring. Sizni bu foydali kanalga xush kelib qarshi ko'rishni unutmang!

Nodavlat oliygohlar

13 Jan, 11:21


❗️DIQQAT FIRIBGARLAR!

Ayrim nodavlat universitetlar talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram va raqamlar orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda ekam.

Hurmatli talabalar, bunday xabarlarga ishonib qolmang! Firibgarlarga aldanmang! Hech bir oliygohda kontakt uchun pul kartaga o‘tkazilmaydi.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

06 Jan, 15:38


⚡️Endi nodavlat oliygohlar oʻz axborot tizimiga ega boʻlishi hamda HEMIS ga ma'lumotlarni kiritishi shart

Yuridik fanlari doktori, professor Axtam Yakubov Prezident bilan boʻlgan uchrashuvda xususiy universitet ochish uchun litsenziya olishdan oldin oʻqituvchilarni ishga olish tartibini bekor qilish taklifini bergan va buni Prezident ma'qullangan edi.

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi 913-son qarori bilan bu tartib bekor qilinmoqda.

Bundan tashqari yana boshqa o‘zgartirish ham kiritilgan bo‘lin unga ko‘ra:

litsenziat tomonidan nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan soʻng bir oy muddat ichida taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish.

oliy taʼlim tashkiloti oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarini boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi oʻz axborot tizimiga ega boʻlishi hamda uni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan talablar boʻyicha vazirlikning Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) integratsiya qilishi shart.

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

27 Dec, 23:10


#rasmiy_munosabat

Respublika oliy ta’lim kengashi majlisining bayoni bo‘yicha rasmiy munosabat


Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi hamda faqat tavsiyaviy xarakterga ega takliflar ishlab chiqadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni nodavlat notijorat tashkilotning ichki ishi sifatida baholaydi.

Shuningdek, vazirlik har qanday moliyaviy harakatlar yoki manfaatlar poymol etilishi holatlari bo‘yicha murojaatlar qabul qilishga va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga tayyorligini bildiradi. Barcha murojaatlar asosida tegishli choralar ko‘rilib, qonuniy manfaatlar himoya qilinishi ta’minlanadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/31606

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

27 Dec, 07:50


❗️O‘qituvchilarning maoshidan qo‘lingizni torting, iltimos

Respublika Oliy ta’lim kengashining hozircha rasman e’lon qilinmagan 29-noyabrdagi bayonnomasiga ko‘ra, oliy ta’limdagi o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqini ushlab qolish haqida ham band bor ekan.

Unda aytilishicha, 2025-yil yurtimizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili" deb e’lon qilingani munosabati bilan ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga oliy ta’lim tizimidagi rahbar hamda professor-o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqini "Yashil makon" umummilliy loyihasiga yo‘naltirish tashabbusi ma’qullanibdi.

Bu tashabbusni kim bergan deysizmi? Albatta, yana o‘sha oliygoh rektorlari bergan emish. Qaysi rektorlar bu tashabbusni bildirgani ma’lum emas. Lekin agar shunaqa rektorlar rostdan bor bo‘lsa, unda nomard ekan. Agar o‘sha rektorlarni ko‘rib qolsam "Xohlasangiz o‘zingizning ish haqingizni 100 foizini o‘tkazib beravering, bu sizning ishingiz, lekin o‘qituvchilarning oyligiga ko‘z olaytirmang va birovning puliga xo‘jayinchilik qilmang" degan bo‘lardim.

PROFESSOR-O‘QITUVCHILARGA ESLATMA:

❗️Agar xodim o‘zi rozi bo‘lmasa, ko‘chat ekish yoki obodonlashtirish uchun ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas!!!

Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlarining jamoasi nomidan bitta umumiy bayonnoma qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin aksariyat xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish NOQONUNIY! Har bir xodim o‘zi shaxsan 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi SHART!

Agar qaysidir oliygohning buxgalterlari Respublika Oliy ta’lim kengashining bayonnomasini pesha qilib, har bir professor-o‘qituvchining alohida yozma roziligini olmasdan, yoppasiga hammaning 1 kunlik ish haqini "Yashil makon" loyihasiga o‘tkazib yuborsa, o‘sha buxgalterga nisbatan jinoiy ish ochish kerak, deb hisoblayman.

Hurmatli ustozlar,

Ko‘chat ekin, obodonlashtirish — bu xayrli o‘zbekona urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, bunaqa ishlarda albatta qatnashing, atrofimizni yashillashtirishda faol bo‘ling. Dinimizda ko‘chat ekishning savobi ham katta.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni qayergadir o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni peshona teringiz bilan halol ishlab topgansiz, ko‘chadan supurib olayotganingiz yo‘q. O‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishiga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi. Haq olinur, berilmas!

Gap pulning qanchaligida ham emas, shunchaki o‘qituvchining va o‘zi umuman istalgan kasb egasining qadri bo‘lishi kerak. Uning puliga hech kim tegmasligi shart! Bu juda muhim, prinsipial masala.

Imkoni bo‘lsa, tashkilotingiz buxgalterini oldindan ogohlantirib qo‘ying, sizning yozma roziligingizni olmasdan ish haqingizning 1 tiyiniga ham teginmasin.

©Xushnudbek Xudayberdiyev

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

26 Dec, 17:42


☁️ Aytishlaricha, HEMIS dasturi o'rniga muqobil boshqa sayt ko'rib chiqilmoqda.

U hemis o'rniga joriy qilinib, tizimdagi menyular biroz ortishi hamda hemis kabi nodavlat oliygohlar uchun ham majburiy bo'lishi aytilmoqda.

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

25 Dec, 13:05


⚡️Nodavlat oliygohlar uchun qo'shimcha 4%lik "yig'im" joriy etilishi mumkin

Iqtisodchi-ekspert Yuliy Yusupovning yozishicha, nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan moliya yili yakunida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘ning mazkur mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiriga qoldig‘ining 4% qismini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilish to‘g‘rida nodavlat OTM rahbarlari “taklif kiritibdi”. Ekspertning fikricha, ushbu protokol bilan “ixtiyoriy-majburiy” soliq joriy qilinmoqda.

Agar bu tartib amalda joriy qilinsa, nodavlat oliygohlarda kontrakt summasining oshishiga olib kelishi mumkin.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

20 Dec, 09:04


⚡️Abituriyentlarni 2-3 kursdan qabul qilayotgan oliygohlar diqqatiga!

Ayrim xususiy oliygohlar tomonidan "yo'lini" qilib, abituriyentlarni 2-3 kursdan o'qishga qabul qilish holatlari kuzatilmoqda. Vaqti kelib ushbu talabalarga diplom ham beriladi.

Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, kun kelib hammasi oshkor bo'lganida siz bergan diplom bekor qilinadi va soxta diplom sifatida siz ham o'qishni tamomlagan talaba ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunga 100% kafolat beramiz.

Bir necha yil avval davlat oliygohlari tomonidan berilgan ana shunday minglab diplomlar bekor qilingan va diplom egalari jinoiy javobgarlikka tortilganiga shaxsan guvoh bo'lganmiz.

Shunday ekan qonuniy faoliyat olib borishni unutmang!

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

19 Dec, 10:44


⚡️Osiyo xalqaro universiteti XALQARO ALOQALAR bo'limiga vakansiyalar e'lon qiladi!

TALABLAR:
➡️ Oliy ma'lumotga ega bo'lishi
➡️ Ingliz tilini mukammal bilishi
➡️Xalqaro loyihalar va dasturlarni tayyorlab bilishi
➡️ Bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi
➡️ Xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo'lishi
➡️ Mas'uliyat hissi

Hujjatlaringizni (obyektivka, diplom, passport) https://vacancy.oxu.uz sayti yoki @gulnozaklicheva ssilkasi orqali topshirishingiz mumkin!

💰Ish haqqi:
💵5 000 000 – 7 000 000 + bonus

📅 Ish rejimi:
6 kunlik soat 9⁰⁰dan 18⁰⁰gacha, yakshanba dam olish kuni.

Murojaat uchun:
📞+998934710001
📍Buxoro shahar, G'ijduvon ko'chasi 74 uy

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

18 Dec, 12:28


⚡️Britaniyaning nufuzli universiteti Oʻzbekistonda oʻz filialini ochmoqchi

Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Esseks universitetining xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektori Vanessa Potter bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Esseks universiteti 1964-yilda tashkil etilgan. Taʼlim muassasasi Britaniya hukumatiga tegishli. Hozirgi kunda mazkur oliy taʼlim muassasasida salkam 17 ming talaba tahsil olmoqda.

Muassasada 2562 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Bu yerda talabalarga muhandislik va fizika sohalaridan tashqari biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar va IT yoʻnalishlarida saboq beriladi.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

12 Dec, 15:04


⚡️Bir nechta nodavlat oliygoh talabalari prezident va nomdor davlat stipendiyalari sohibiga aylanishdi

■ Prezident stipendiyasi g'oliblari - 4 nafar;
■ Navoiy stipendiyasi g'oliblari - 34 nafar;
■ I.Karimov nomli davlat stipendiyasi g'oliblari - 26 nafar;
■ Beruniy nomli davlat stipendiyasi g'oliblari - 2 nafar;
■ To'lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi g'oliblari - 2 nafar;
■ Bobur nomli davlat stipendiyasi g'oliblari - 4 nafar;
■ Pahlavom Mahmud nomli davlat stipendiyasi g'oliblari - 1 nafar;

👉 Batafsil ro'yxat bilan tanishish 👈

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

05 Dec, 16:16


⚡️Nodavlat ta'lim muassasalarining ham talaba va o‘quvchilari uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

02 Dec, 11:36


Davlat oliygohlari aytilganichalik zo'r, nodavlat oliygohlar esa ta'riflanganichalik yomon bo'lmasligi mumkin.

Eshitganlaringizga emas, ko'rganlaringizga ishoning....

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

30 Nov, 03:59


“Xususiy oliygohlar qisqa vaqt ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi” — Bektosh Hotamov

“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz hisoblanadi. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”, dedi tadbirkor Bektosh Hotamov.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

29 Nov, 15:25


⚡️Digital universiteti apelyatsiya shikoyati qanoatlantirildi

Bugun Toshkent shahar sudi “Digital university” MCHJ kiritgan appelyatsiya shikoyatini ko'rib chiqdi. Sud javobgar MCHJ foydasiga qaror chiqarib, birinchi instansiya qarorini bekor qildi.

Avvalroq Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi instansiyada yutib, litsenziya bekor qilingani haqida bayonot bergan edi.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

19 Nov, 15:06


O'qituvchi kech qolgan talabani darsga kirtimaslikka haqlimi?

✏️ O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan.

📔 O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.

💭 Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki tartib-qoidalarni va dars vaqtlarini oliy ta’lim muassasalarining o‘zi belgilaydi. Demak darsga kiritish yoki kiritmaslik, davomat masalalari har bir oliy ta’lim muassasalarida ichki qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

04 Nov, 08:52


📚 Imtiyozli Ta’lim Kreditlari: Talabalar uchun Imkoniyatlar!

🏦 Kredit olish mumkin bo‘lgan banklar:


🏦 Turonbank batafsil ma'lumot;
🏦 Xalq banki – batafsil ma'lumot;
🏦 Agrobank – batafsil ma'lumot;
🏦 O‘zSQB – batafsil ma'lumot;
🏦 O‘zmilliybank – batafsil ma'lumot;
🏦 Hamkorbank – batafsil ma'lumot;
🏦 MKBank – batafsil ma'lumot;
🏦 BRB – batafsil ma'lumot.

📱 "Хazna" yoki "Quant" mobil ilovalari orqali uydan chiqmay kredit rasmiylashtirish mumkin!

Sirtqi va Super-Kontraktlar uchun:

🏦 O'zmilliybank;
🏦 Biznesni rivojlantirish banki.

Kontrakt to‘lash muddati 1 dekabrgacha uzaytirilgan!

Batafsil ma’lumot olish uchun yuqorida yozilgan bank nomlari ustiga bosing.

☎️ Banklarning telefon raqamlari

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

03 Nov, 19:13


⚡️Ta'lim krediti xususiy oliygoh talabalari uchun ham ajratiladi

Prezidentning 2022-yildagi 323-sonli qaroriga muvofiq, ta'lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga imtiyozli ta'lim krediti ajratiladi.

☝️E'tibor qilamiz, xususiy va xorijiy ta'lim tashkilotlari uchun ham IMTIYOZLI ta'lim krediti ajratilishi ko'rsatib o'tilgan.

🔰Bundan tashqari, PF-87-son Farmoniga binoan, xotin-qizlar uchun 0%, yigitlarga markaziy bankning asosiy (13,5%) stavkasiga ko'ra ajratiladi.

Demak-ki, qaysidir bank tomonidan xususiy oliygohlar uchun ta'lim krediti ajratishni rad etish yoki imtiyozli bo'lmagan shartlarda ta'lim krediti ajratamiz deyish mutlaqo qonun buzilishi hisoblanadi.

Agarda sizda yuqoridek holat kuzatilsa, Bosh Prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

20 Oct, 11:26


So‘nggi 2 yilda 2 ta OTMga litsenziya berilgan, 7 tasining litsenziyasi bekor qilinganvazirlik

2023-yilda 6 ta, 2024-yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Sud jarayonlarida 2023-yilda jami 6 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilindi. 2024-yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli Sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan.

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

18 Oct, 02:23


#rasmiy_bayonot

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan litsenziya talab va shartlariga amal qilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

10 Oct, 09:54


⚡️Imtiyozli ta’lim krediti ajratayotgan banklar

Ayni paytda quyidagi banklar talabalarga imtiyozli ta’lim kreditini ajratmoqda:

• MKBank - 1285
• BRB bank - 1254
• SQB bank - 1180
• Agrobank - 1216
• Xalq banki - 1106
• Milliy bank - 1344
• Hamkorbank - 1256

Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi.

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

04 Oct, 19:47


Agarda shu holatda xususiy OTMda bo'lsa bormi, litsenziyasi bekor qilinishi mumkin.

Xushnudbek aytganidek, vazirlik davlat oliygohlariga o'z farzandidek, xususiy oliygohlarga esa o'gay farzandek qarayapti....

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

03 Oct, 19:57


⚡️Aytishlaricha, o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalarini HEMIS axborot tizimiga 2024-yilning 31-dekabr kuniga qadar kiritishga ruxsat berilgan.

Bu haqida vazirlik nodavlat oliy ta’lim muassasalarini xabardor qilgan.

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

03 Oct, 19:31


⚡️Rasman: HEMIS dasturiga talabalar kiritish to'xtatildi!

✉️PQ-279-sonli qarorga binoan nodavlat oliy ta'lim muassasalarida ham qabul jarayonlari iyun-sentabr oylarida bo'lishi va undan keyin qabul jarayonlari mumkin emasligi belgilangan edi.

🗂Ushbu tartibga binoan 1-oktabr sanasidan boshlab HEMIS dasturiga talabalarni kiritish to'xtatildi. Bu degani nodavlat oliygohlar endi boshqa talabalarni dasturga kirita olmaydilar. Bu qancha muddatgacha ekani noma'lum.

Xo'sh kontrakt to'lab o'qishga kirgan (yoki ko'chirgan), lekin Hemisga kiritilishga ulgurmagan talabalar taqdiri nima kechadi?

💭 Bu muammo bo'yicha mas'uliyat oliygoh zimmasida bo'ladi va mutasaddilar bilan qandaydir qonuniy yo'l bilan hal etishga urinib ko'rishlari mumkin.

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

30 Sep, 10:21


⚡️Sirtqi taʼlim va super-kontraktdagilar uchun taʼlim krediti ajratilmoqda!

Oʻzmilliybank oʻz mablagʻlari hisobidan kechki va sirtqi ta'lim shakli hamda superkontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun tijoriy ta'lim kreditini taklif qilmoqda.

Kredit shartlari:

👉 bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun
36 oygacha yillik 22%;
60 oygacha yillik 24%;
imtiyozli davr – 12 oy;

🧑‍🎓Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun
muddati – 36 oygacha;
foiz stavkasi – 22%;
kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida.

☎️ Call-markazi raqami: 1344


☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

28 Sep, 12:47


#Bilasizmi?

O'qituvchi kech qolgan talabani darsga kirtimaslikka haqlimi?

✏️ O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan.

📔 O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.

💭 Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki tartib-qoidalarni va dars vaqtlarini oliy ta’lim muassasalarining o‘zi belgilaydi. Demak darsga kiritish yoki kiritmaslik, davomat masalalari har bir oliy ta’lim muassasalarida ichki qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

23 Sep, 14:54


Qo'qon davlat pedagogika instituti o'zi joriy qilgan formani majburlab sotayotgani aytilmoqda

Aytishlarivcha, QDPI o'zi tomonidan na'muna sifatida joriy qilgan formani o'qituvchi va talabalar uchun majburlab sotmoqda ekan.

Batafsil: https://t.me/OTM_Minbari/49481

P.S. Nodavlat oliygohlarda bu kabi "siyosat"ning yo'qligi ham ularga bo'lgan hurmatni yana bir karra oshiradi.😁

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

22 Sep, 15:26


⚡️Farg'ona davlat universitetida ham forma mojarosi boshlanibdi!

☁️ Aytishlaricha, oliygoh talabalar kiyadigan kiyishi lozim bo'lgan koftaning razmer va rangi, qanday xoshiyalari bo'lmasligi, qanday turdagi shim kiyishi bo'yicha norma belgilan bergan va tartibga amal qilmaganlar oliygohga kirishi ham ta'qiqlangan.

🔔 Eslatib o'tamiz, oldinroq Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalardan bir xil na'munadagi forma kiyishni talab qilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun: nodavlat oliygohlarida talabalar uchun forma masalasi erkin bo'lib, odob-axloq doirasiga mos tushishi so'raladi xolos😊

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

22 Sep, 06:58


⚡️Toshkentda xususiy oliygoh ochish mumkinu, viloyatlarda mumkinmas!

Xususiy oliygohlarga litsenziya berish vaqtincha to'xtatilganiga qaramay, vazirlik tomonidan faqat Toshkent shahri uchun litsenziyalar berilmoqda.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 14.09.2024 yilda Sarbon universiteti uchun N397374-sonli litsenziya berildi.

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

21 Sep, 15:35


⚡️Davlat oliygohlarida talabalar bir xil forma kiyishga majburlanyapti

Xususiy oliygohlarda forma masalasi erkin bo'layotgan bir vaqtda davlat oliygohlarida talabalarga bir xil forma kiyishga majburlanmoqda.

Toshkent davlat pedagogika universiteti bunga yaqqol milsol: 👉https://t.me/kunuz/79676

Vazirlik xususiy oliygohlar bilan sudlashavermay shaxsiy erkinlikni buzayotgan tasarrufidagi davlat OTMlari bilan shug'ullansa bo'lardi.

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

20 Sep, 04:31


⚡️Vazirlik va xususiy universitetlar o'rtasida jang avjida ketyapti – sizlaram sezyapsizlarmi😁

☑️@Nodavlat_oliygohlar

Nodavlat oliygohlar

18 Sep, 05:47


⚡️Sun'iy intellekt xususiy ta'lim sohasigacha kirib bordi

🤖 Sun'iy intellekt shu qadar tez rivojlanmoqda-ki, ba'zan qo'rqasan kishi. Ayniqsa undan so'nggi vaqtda call center va sotuv menedjeri sifatida foydalanish ancha ommalashmoqda.

🤖 Tasavvur qiling, siz bir xususiy universitetga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olmoqchisiz. Call center hodimasi sizga javob berib, sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi va xatto sizda universitetda o'qish uchun katta qiziqish uyg'otdi. Bu shirali ovoz va shirinsiz hodimning mijoz bilan muloqoti professional shaklda. Xatto sizga kelajak rejalaringiz bo'yicha ham tavsiyalar beryapti.

💭 Siz uning xizmatidan mamnunsiz va o'qishga kirdingiz. Lekin siz bilmaysiz-ki, sizga oliygoh haqida professional ma'lumot berib sotuv qilishga erishgan "hodim" aslida sun'iy intellekt.

🖥 Ha azizlar, bu haqiqat! Ayni vaqtda siz bilan gaplashayotgan call center hodimlari yoki telegram orqali shaxsiy profildan ma'lumot berayotgan menedjerlar aslida sun'iy intellekt bo'lishi mumkin. Biz allaqachon bu jarayonga yetib keldik va buni siz sezmadingiz ham.

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

Nodavlat oliygohlar

15 Sep, 10:26


⚡️Nodavlat oliygohlar rahbariyatlari diqqatiga!

Mana shu vaziyatda sizlar qanday yo'l tutyapsiz? Bakalavr hujjatini to'g'ridan-to'g'ri qabul qilyapsizmi yoki akkreditatsiya hujjatini ham talab qilyapsizlarmi?

☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi