Nodirjon Khoshimov @nodirjonkhoshimov Channel on Telegram

Nodirjon Khoshimov

@nodirjonkhoshimov


👨‍👩‍👦 Happy dad
👨‍💼 CEO in Profi University
👨‍🔬 Chemistry teacher
✈️ Traveller
🌍 Blogger

@ximrus

Nodirjon Khoshimov (English)

Are you looking for a channel that offers a diverse range of content from a happy dad, a CEO, a chemistry teacher, a traveler, and a blogger? Look no further than the Nodirjon Khoshimov Telegram channel! This channel is managed by Nodirjon Khoshimov, a multi-talented individual who wears many hats. He shares his experiences as a father, insights as a CEO at Profi University, knowledge as a chemistry teacher, adventures as a traveler, and stories as a blogger. Whether you're looking for parenting tips, business advice, science knowledge, travel inspiration, or simply enjoy reading blogs, this channel has something for everyone. Join Nodirjon Khoshimov on Telegram and be a part of a community that values learning, sharing, and connecting with others on a variety of topics. Don't miss out on the opportunity to follow this dynamic individual's journey through life! Follow @nodirjonkhoshimov on Telegram today.

Nodirjon Khoshimov

30 Oct, 17:12


Нега лицензия берилмаяпти?

Тўғриси айтганда, охирги марта тиббиёт ва юридик йўналишлар учун лицензияга рад жавоби берилганда жамоам билан ҳам, ўзим ҳам нимани хато қилдик, бу далолатномада кўрсатилган камчиликлар шунчалик катта хатомидики, бизга лицензия олишни рад қилишса, масалан, диншунослик ва энг янги Ўзбекистон тарихи фанидан адабиётлар етишмайди ёки тиббиёт йўналиши учун ўқув дастурда диншунослик фанининг биринчи семестр эмас, иккинчи семестрга қўйилиши тиббиёт йўналишини битириб чиққан талабанинг бирор одамнинг ўлдиришига олиб келадиган ҳолатми, деб ўйлаб қолдим.

Кейин бундан 10 ой олдин Отабек ака Бакиров билан қилган мана бу подкастимдан бир парча чиқиб қолди. Ростан ҳам таълимда бундай шахсий муносабатлар ва садоқат деган тушунчаларга қурилган муносабатларда биз қандайдир таълимда ислоҳот қиламиз, зўр таълим берамиз дейишимиз жуда ғалати туюлса керак. Ахир биз улар айтган рамкага тушмаганимиздан кейин бизга лицензия бермайди ҳам, чунки таълим менежментида Отабек ака айтганидек таълимда ҳеч нарса қўлидан келмаган одамлар йиғилиб қолган экан.

Жуда зўр фикрлар айтилган ва бу фикрлар ҳозир ҳам актуал, бундан ўн йил, йигирма йил, агар таълимда фақат шунга ўхшаш “лаббайчилар” ишласа, бундан юз йилдан кейин ҳам бу фикрлар актуал бўлиб қолаверади.

@bektoshkhatamov

Nodirjon Khoshimov

29 Oct, 07:15


❗️Magistraturaga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga ko‘ra:

2024/2025 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish uchun talab etilgan darajada chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan, lekin kvota doirasida qabul qilinmagan nomzodlarga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan bazaviy kontrakt summasining ikki barobaridan oshmagan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishlariga ruxsat beriladi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirishni xohlayotgan nomzodlar bevosita oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga murojaat qilishlari kerak.

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

28 Oct, 14:33


🗓️O‘zbekistonda maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

‼️Ta'kidlash joizki, maktab ta'tillari odatda 6 kun davom etardi, ammo bu yil 3 va 10-noyabr yakshanba kunlari tufayli o'quvchilar ketma-ket 8 kun dam olishlari mumkin.

📖Darslar 11-noyabrdan boshlanadi

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

28 Oct, 09:25


#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 12-oktabr kuni o‘tkazilgan matematika, fizika, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

27 Oct, 13:01


🫰UzBMB (DTM) pullaringizni qaytarib beradi

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!

📄 Portalda ushbu xizmatdan foydalanish uchun qo'shimcha xujjatlar talab etilmagan
Ushbu xizmatlardan foydalanishning huquqiy asoslari:
1. VM-646 qarori
2. VM-73 qarori

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

27 Oct, 09:01


📕 Tarix fanidan milliy sertifikat test savollari qaysi bo'limlardan tushadi?

🇺🇿Milliy sertifikat testlari quyidagi bo‘limlarni qamrab oladi: (faylga qarang)

I. Qadimgi davr.
II. O‘rta asrlar davri.
III. Yangi davr.
IV. Eng yangi davr.

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

27 Oct, 06:00


Как подготовиться к экзамену национальной сертификации по русскому языку и литературе

Сегодня поделюсь советами, как эффективно подготовиться к экзамену по русскому языку и литературе, чтобы вы могли не только успешно сдать экзамены национальной сертификации по Русскому языку и литературе, но и получить удовольствие от изучения этого богатого предмета исходя из специфики предмета.

1️⃣ Основы грамматики и орфографии

Уделите время повторению правил написания сложных слов, приставок и суффиксов. Практикуйтесь в распознавании и использовании фонетических и морфологических норм русского языка.

2️⃣ Лексика и стилистика

Расширяйте свой словарный запас: читайте как классические, так и современные тексты. Научитесь определять и использовать антонимы, синонимы и однокоренные слова, чтобы точно выражать свои мысли.

3️⃣ Анализ текста

Учитесь анализировать тексты: определяйте основную идею, тему и основные мотивы. Практикуйтесь в выявлении стилистических и речевых ошибок, а также стилистических фигур, таких как метафоры, сравнения и антитезы.

4️⃣ Литературоведение

Изучите литературные направления и жанры, а также биографии значимых авторов. Подготовьте краткие анализы ключевых произведений русской литературы, обращая внимание на их жанровые и стилистические особенности.

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

25 Oct, 08:40


⚡️Asosiy blok “Huquq” fanidan abituriyentlarni tayyorlashning xususiyatlari

🎓 Asosiy blok “Huquq” fanidan imtihonlarga tayyorlanmoqchi boʻlgan abituriyentlar quyidagilarni eʼtiborga olishlari kerak:

“Huquq” fanidan test topshiriqlari varianti 30 ta test topshiriqlaridan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javobga 3,1 balldan beriladi.

☄️ Test savollari quyidagi mavzulardan tuziladi va quyidagi tarzda tarqatiladi:

1️⃣ O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari – 8 ta savol – 24,8 ball

2️⃣ Konstitutsiyaviy huquq asoslari – 7 ta savol – 21,7 ball

3️⃣ Huquq (sohalari bo'yicha) – 15 ta savol – 46,5 ball

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

25 Oct, 03:51


⚡️Asosiy blok "Ingliz tili" faniga abituriyentlar qanday tayyorlanishlari kerak?

🎓 Asosiy blokdan "Ingliz tili" fanidan imtihonlarga tayyorlanmoqchi bo'lgan abituriyentlar quyidagi asosiy mavzularni ko'rib chiqishlari kerak:

1. Grammatika (22 savol)
2. So’z boyligi (lug’at) (4 ta savol)
3. Matn (4 savol)

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

24 Oct, 11:26


Biologiya fanidan milliy attestatsiya imtihoniga qanday tayyorlanish kerak?

🌿 Biologiya fanidan milliy attestatsiya imtihoniga muvaffaqiyatli tayyorlanish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim.

1️⃣ Biologik jarayonlar: Organlar qanday ishlashini, fotosintez jarayonlarini, energiya almashinuvini va turli dajadagi organizmlarning urug'lanish paytidan boshlab rivojlanishini bilib oling.

2️⃣ Evolyutsiya va seleksiya: Tanlanish turlari (tabiiy va sun'iy), evolyutsiya va tanlanish usullarini tushuning. Topshiriqlar nazariy bilimlarni ham, amaliy misollarni ham qamrab olishi mumkin.

3️⃣ Genetika: nasldan naslga o'tish qonunlari, genotip va fenotiplar, mitoz va meyoz jarayonlari juda muhim!

4️⃣ Klassifikatsiya: Vazifalar ko'pincha o'simliklar va hayvonlarning klassifikatsiyasini o'z ichiga oladi. Turlarning (nav, zot) farqlovchi xususiyatlarini bilish muhimdir.

5️⃣ Fiziologiya: Asab tizimi, yurak qon-tomir tizimi, ovqat hazm qilish - imtihon paytida odam va hayvon organizmining faoliyatiga oid savollar bo'ladi.

6️⃣ Biokimyo: Hujayra jarayonlari - fotosintezdan tortib moddalar almashinuvigacha bo'lgan savollar ham testlarga kiritiladi.

💡 Tayyorgarlik bo'yicha maslahatlar:

Imtihon formatini tushunishingiz uchun fanga doir testlarni yeching.
Diagrammalar va chizmalarni o'rganish - ular imtihon paytida albatta yordam beradi.
Genetika haqida unutmang - sizga genetikaga oid masalalar albatta tushadi!
Hamma narsani o'z vaqtida bajarish uchun taymer bilan mashq qiling.

Imtihonda omad! 🚀

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

23 Oct, 18:26


🇺🇸 AQSHning Toshkentdagi elchixonasi, moliyaviy boshqaruv markaziga BUDJET TAHLILCHISI/BUXGALTER lavozimiga munosib va ​​malakali nomzodlarni taklif etadi.

📝 Hoziroq murojaat qiling!

📆 Tugash muddati: 2024-yil, 1-noyabr

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

23 Oct, 04:15


Bugun Profi University adminstrativ hodimlari Sharm El-Sheyhga uchib ketishdi

Yaxshi dam olib qaytinglar.

Profi School maktabining direktori Xurshid Shavkatbekovich aytganlaridek «Отдыхайте так, чтобы было приятно вспомнить и стыдно рассказывать» 😉

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

22 Oct, 20:08


Nima uchun xususiy oliygohlarda o’qish qimmat?

Oliy ta’lim xizmatlarini tashkil qilish uchun vazirlar mahkamasining 80-sonli qaroriga muvofiq ariza yuboriladi va litsenziya olinadi
Shu talablarning bittasini o’rganib chiqaylik

Universitetdagi talabalar soni, o’rinlar sonidan 2 marttadan ortib ketmasligi kerak

Masalan: 1000 o’rinli universitetda uzog’i bilan 2000 ta talaba o’qita olasiz
Bu mantiqsiz talab

Tasavvur qiling 1000 o’rinli universitetda, birinchi smenada 1000 ta kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalarni o’qitasiz
Ikkinchi smenada esa, yilda faqat ikki martta keladigan sirtqi ta’lim shaklidagi talabalarni o’qitasiz. Qolgan vaqt bino bo’sh bo’lib yotaveradi

Sizda faqatgina kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalar o’qigan taqdirda ham, birinchi smenada va ikkinchi smenada 1000 tadan talaba o’qitasiz. Kechki talabalaringiz bo’lsachi?
Ularni o’qitishga haqqingiz yo’q. Chunki limitingiz to’lgan. Ya’ni resurslarni optimal ishlata olmaysiz. Kechki yoki sirtqi talabalarni o’qitish uchun yana yangi bino qurasiz, yoki ikaraga olishga majbursiz. Bu esa ortiqcha va kerakmas harajat. Bu harajatlarni siz nimani hisobiga qoplaysiz? Albatta kontrakrtni qimmatroq qilasiz.

Mayli. Kechki va sirtqilar umuman yo’q ham deylik. Tasavvur qilamiz sizda faqat kunduzgi talabalar o’qiydi. 2 ta smenada o’qish tashkil qildingiz. Agar tibbiyot yo’nalishi bo’lsa, 3-4-kursdan boshlab klinik fanlar boshlanadi. Ya’ni darslar universitetda bo’lmaydi. Turli klinikalarda yurishadi talabalar. 6yilning yarmidan ko’pi universitet binosida emas klinikada o’tadi. Shunda binolaringiz bo’sh turadi. Talaba olishga haqqingiz bormi? Albatta yo’q. Klinikada yurgan talabalar uchun bo’m bo’sh bo’lib yotadigan binoni olib ijara to’laysiz

Tadbirkorlarga qo’yiladigan har qanday qiyin talablar aslida oddiy xalqning bo’yniga tushaveradi. Talablar qanchalik mantiqsiz va qiyin bo’lsa, buni badalini oddiy xalq to’layveradi. Chunki buni qoplash uchun, xususiy universitet kontraktni karrasiga qimmat qilaveradi

Qarorning mantiqsiz qismlarini hali yana birgalikda taxlil qilib boramiz azizlar

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

21 Oct, 04:37


Bugun Onajonimning tug’ilgan kunlari
Men hayotda erishgan barcha yutuqlarimga onajonim sababchilar
Meni o’qitgan, oyoqqa turishimga sababchi bo’lgan inson onajonim bo’ladilar

Onajonim, umringiz uzoq bo’lsin. Siz dunyodagi eng yaxshi onasiz. Sizga boshim yerga tekkuncha ta’zim qilaman

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

17 Oct, 16:52


Bu aslida yomon alomat. Universitet xalqqa xizmat qilyaptimi, demak uni yopilishining asosiy sababi xalqning o’zi bo’lishi lozim
Deylik, ayrim sabablar bilan sud, universitet litsenziyasini bekor qildi. Aynan shu sabablar aslida pul to’lovchi talabalarning istaklarini qanoatlamtirmasa va ular pul to’lamay qo’ysagina universitet o’z-o’zidan yopilib ketishi lozim

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

17 Oct, 16:44


2022-yil tashkil qilingan International Digital University litsenziyasi bekor qilindi
Ishni negadir ma’muriy sud emas, balki iqtisodiy sud ko’rib chiqibti

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

17 Oct, 04:24


😂😂😂😂😂😂🤣🤣🤣🤣

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

16 Oct, 13:11


1000 kkal energiyamdan kechdim 👟

@NodirjonKhoshimov

Nodirjon Khoshimov

12 Oct, 14:27


Ҳуқуқшунос кадрлар тайёрлашдаги сунъий монополия кимга, нима учун керак?

Юрист, жамоатчилик фаоли Бектош Хатамов Ўзбекистонда ҳуқуқшунос кадрлар тайёрлашга доир монополия масаласини кўтармоқда.

Дарҳақиқат, Ўзбекистонда ҳар соҳада ижобий ўсишларга эришилишига қарамай ҳуқуқшунослик борасида сунъий монополия сақланиб қолмоқда.

Ҳуқуқшунос кам бўлиши мамлакатда қонун устуворлигини таъминлаш, жиноятчиликни камайтириш ва инсон ҳуқуқларини таъминлашда оқсоқликка олиб келади.

Тўғриси бу борада оқсоқлик кимга, нима учун кераклигини ҳеч тушуниб бўлмаяпти.

Бу сунъий монополия ҳақида ёзаркан Бектош Хотамов @profiuniversity ҳуқуқшунослик йўналишига лицензия олиш учун ариза топширишганини билдирган.

Биринчи аризага кўра Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги Адлия вазирлигидан мутахассис хулосасини сўраган. Бироқ лицензия талабида ҳуқуқшунослик йўналишига ўқитиш учун Адлиядан хулоса олиш кўрсатилмаган.

Шунга қарамай экспертлар чала чулпа ва тирноқ тагидан кир қидиришдан иборат хулоса беришган. Ва мана шу ҳуқуқий асоси йўқ хулоса билан лицензия бериш рад этилган.

Бироқ шунга қарамай талабгорлар Ҳукуматнинг 80-сонли қарорига мувофиқ 15 иш кунидан кечиктирмай Ахборот порталидан қайта ариза юборишган.

☝️Биз хусусий ОТМларга ҳуқуқшунослик йўналишида лицензия олишда қўйилган тўсиқларни бир қатор сабабларга кўра асоссиз деб ҳисоблаймиз.

Биринчидан, бирорта қонунчилик ҳужжатида юридик йўналишга лицензия олишда Адлия вазирлигининг хулосаси кўзда тутилмаган. Ва адлия хулосаси рад этиш учун асос ҳисобланмайди.

Иккинчидан, хулоса олиш талаби қўйилган Адлия вазирлигининг ўзи бундай хулоса беришда холис орган эмас. Боиси, унинг ўзига қарашли юридик уриверситети бор. Ва бу ўз ўрнида вазирлик янги юридик йўналишдаги рақобатчи пайдо бўлишини истамайди.

Учинчидан, Ўзбекистонда юридик кадрларга бўлган талаб юқори эканлиги инобатга олинса, ҳуқуқшунос кадрлар ҳисобига мамлакатда ўн минг ва балки юз минглаб аҳоли бандлиги таъминланиши мумкин. Бу борадаги сунъий тўсиқ, бандликни таъминлашдаги захира имкониятларни ҳам йўққа чиқаради.

Тўртинчидан, аҳолининг ҳуқуқий саводхонлигини ошириш борасида олдимизга қўйилган стратегик мақсадларга эришишда ҳам ҳуқуқшунослар сув ва ҳаводек зарур. Ҳуқуқшуносларнинг етишмовчилиги ушбу стратегик мақсадлар ҳам амалга ошмаслигига олиб келади.

Шу боис, биз холислик нуқтаи назаридан @profiuniversity жамоаси қайта топширган ариза бўйича Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги томонидан олиб бориладиган ўрганишларда кузатувчи сифатида иштирок этмоқчимиз. Албатта бунга вазирликда ҳам ҳеч қандай эътироз бўлмаса керак.

Истагимиз - қонун устуворлигини таъминлаш ва тенг таълим бозори яратилишига кўмаклашиш!

Расул Кушербаев,
"Yosh ziyokor" НТТ уюшмаси раиси.


👉 @yoshziyokor

3,674

subscribers

438

photos

107

videos