RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI @renessansedu_uz Channel on Telegram

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

@renessansedu_uz


RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI
40 ga yaqin yo’nalish
Davlat diplomi

☎️(55) 506 80 08 ☎️(55) 506 70 07

Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI (Uzbek)

Sizga yangi imkoniyatlar ochilmoqda! RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI Telegram kanalida siz o'zingiz uchun eng yaxshi talabalik programmalarini topishingiz mumkin. Bu universitet bilan 40 ga yaqin yo'nalishda o'qish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Davlat diplomi olish uchun bu yerda yagona imkoniyatdir.

Agar siz talaba bo'lishni istasangiz, bu yerda qo'ng'iroq qilishingiz mumkin: ☎️(55) 506 80 08 yoki (55) 506 70 07

Renessans Ta'lim Universiteti Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani joylashgan. Sizning kelajagingizga tayyormiz! Sizni RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI Telegram kanalida kutib olishimizni unutmang!

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

17 Feb, 14:32


📜 Bobur izdoshlari 📜

🕌 Zahiriddin Muhammad Bobur – shoir, sarkarda va adolatparvar davlat arbobi. U qoldirgan boy ma’naviy meros bugungi kunda ham yoshlar uchun tuganmas manbaa bo‘lib xizmat qilmoqda.

🎉 Boburning 542 yilligi munosabati bilan Renessans ta’lim universitetida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida uning hayoti va ijodi, bosib oʼtgan mashaqqatli yoʼli talabalar tomonidan yana bir bor yodga olindi.

Talabalarimiz ijro etgan sahna ko‘rinishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar va diltortar g‘azallar barchada unutilmas taassurot qoldirdi.

📹 Sizga ushbu tadbirdan videolavhalarni taqdim etamiz.

Bobur izdoshlari uning merosini munosib davom ettiradi!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

17 Feb, 05:32


Renessans ta’lim universiteti va Ma’mun universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

Ma’mun universitetida Renessans ta’lim universiteti professori To‘lqin Alimardanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda tarix yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda professor T.Alimardanov “O‘zbekistonda Sh.Rashidov rahbarlik qilgan davr va uning siyosiy-iqtisodiy xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruza tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otib, qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida Renessans ta’lim universiteti va Ma’mun universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Shuningdek, Urganch davlat universiteti bilan ham hamkorlik kelishuviga erishildi. Bu esa ushbu oliygohlar o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

15 Feb, 08:38


RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI pinned «»

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

15 Feb, 07:23


Bobur – benazir siymo

14-fevral – buyuk shoir va adolatparvar davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Bu yil shoirning 542 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Renessans ta’lim universitetida “Bobur – benazir siymo” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Boburning hayoti va ijodi, uning xalq ma’naviyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Kecha milliy kuy-qo‘shiqlar va go‘zal raqslar bilan boshlangandi.

Talabalarimiz tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ular tomonidan ifodali tarzda o‘qilgan Boburning diltortar g‘azallari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Boburning nafaqat shoir, balki dono davlat arbobi sifatidagi faoliyati, bilimga bo‘lgan intilishi, Vatan va adolat yo‘lidagi xizmatlari bugungi avlod uchun katta ahamiyatga ega.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

10 Feb, 06:36


“Universiada-2024” finali: Mohirabonu Eshchanova, g‘alaba muborak!

“Universiada – 2024” sport musobaqalarining badminton bo‘yicha final bahslari yakuniga yetdi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 120 nafar talabalar yakkalik, juftlik va aralash yo‘nalishlarda g‘oliblik uchun bellashdilar.

Quvonarlisi, Renessans ta’lim universitetining 2-bosqich talabasi Mohirabonu Eshchanova final bosqichida ajoyib o‘yin namoyish etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga medallar, diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Mohirabonuni yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

09 Feb, 11:51


Alisher Navoiy

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘ayu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek ondin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘anda qorang‘u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam
Yo‘lg‘akim avval qadam, ma’shuqi o‘tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

#AlisherNavoiy584

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

07 Feb, 04:52


📜NAVOIYGA EHTIROM: ADABIY- IJODIY KECHA

Buyuk shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” mavzusida badiiy-ijodiy kecha tashkil etilmoqda!

Tadbir 2025-yil 7-fevral kuni, soat 14:00 da Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqa teatrida boshlanadi.

Sizni buyuk mutafakkir merosining bebaho durdonalari, ilhom baxsh etuvchi she’riy satrlar va ma’rifat kechasida ishtirok etishga chorlaymiz!

📢 Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari – barchangizni badiiy-ijodiy kechada kutib qolamiz!

Kelajak avlodni komillikka yetaklagan Navoiyning so‘z marvaridlarini birgalikda anglaylik! 🌿

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

27 Jan, 15:26


🏛 “Renessans ta’lim universiteti yuksak marralarni ko‘zlagan”

“Hurriyat” gazetasining 2025-yil 22-yanvar sonida Renessans ta’lim universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Nusratilla Barakayevning shu nomdagi maqolasi e’lon qilindi.

Unda universitetimizning erishgan yutuqlari, ilm-fan sohasidagi faoliyati va kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berilgan.

Barchangizga maqolani o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.

Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu 📰 havola orqali tanishishingiz mumkin.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

22 Jan, 06:42


🎓Akademik grant imtihonlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi!

Hurmatli talabalar, xabaringiz bor, joriy yilning 11-12 – yanvar kunlari Renessans ta’lim universitetida Akademik grant uchun tanlov bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Akademik grant imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

📍Natijalar bo‘yicha ma’lumotlarni universitetning asosiy bino, birinchi qavatida joylashtirilgan axborot stendidan olishingiz mumkin.

🎉 Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz va grant sohiblarini tabriklaymiz!

Imkoniyatingizni boy bermang, natijalaringizni tekshiring!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

22 Jan, 05:24


RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI pinned «»

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

21 Jan, 06:32


RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI pinned Deleted message

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

17 Jan, 14:41


📚 Renessans ta’lim universitetida Akademik grant imtihonlarining nazariy bosqichi yakunlandi

🎓 Renessans ta’lim universitetida Akademik grant imtihonlari yuqori saviyada tashkil etilib, namunali tarzda o‘tkazildi.

📌 Avvalroq sinovlarning amaliy bosqichi shaffof va adolatli tarzda o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Endilikda nazariy bosqich ham xuddi shu tamoyillarga asoslangan holda o‘tkazilib, ishtirokchilar bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar.

Testlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim qilindi.

🕒 Nazariy bosqich natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring.

🌟 RTU – kelajagingiz uchun poydevor yaratishni bugundan boshlang!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

15 Jan, 06:20


Renessans taʼlim universitetida milliy iftixor va vatanparvarlik tantanasi

Bugun, 14-yanvar kuni, Renessans taʼlim universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan oʻziga xos bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bayram davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Tadbir davomida Vatan himoyachilariga boʻlgan hurmat va ehtirom chuqur ifoda etildi. Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari Vatan himoyachilari kunining mazmun-mohiyatini his qilar ekan, oʻz ona yurtiga boʻlgan faxr va mehrini soʻz va amalda namoyon etdi.

Universitetimiz rektori, professor Nusratilla Barakayev barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Bir guruh fidoyi professor-oʻqituvchilar universitetning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Batafsil👈

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

14 Jan, 17:32


Vatan himoyachilariga yoshlardan tabrik!

Bugun yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarini qadrlash kuni! Shu munosabat bilan Renessans ta’lim universitetining talaba-yoshlari ona yurtimiz posbonlariga samimiy tabriklar yoʼlladi.

Dildan aytilgan har bir tabrik yurtimiz himoyachilariga chuqur hurmatning ifodasidir.

Aziz, Vatanimiz himoyachilari, Sizlar yurtimiz kelajagining mustahkam qalqonisiz. Barchangizga mustahkam sogʼlik, kuch-quvvat va omad tilaymiz!

Yana bir bor bayramingiz bilan tabriklaymiz!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

30 Dec, 19:15


❄️RTU❄️
🎁YANGI YILINGIZ MUBORAK BOʻLSIN ! ❄️ 🎄

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

30 Dec, 13:09


Hurmatli talabalar, qadrli professor-o‘qituvchilar va aziz hamkasblar!

Yana bir yil tarixga muhrlanib, biz yangi yutuqlar, yangi marralar sari intilmoqdamiz.

📚 Renessans ta’lim universiteti 2024-yilda jamoamizning tinimsiz mehnati va fidoyiligi sababli ko‘plab yutuqlarga erishdi. Bu yil biz kelajakni yaratish yo‘lida katta qadamlar tashladik.

📌 2024-yildagi asosiy yutuqlarimizga nazar solsak, universitetimiz professor oʻqituvchilarining ilmiy salohiyati avvalgi yilga nisbatan sezilarli darajada ko‘tarilib, qariyb 50 foizni tashkil etdi. Oʻtgan davr mobaynida 8 nafar o‘qituvchilarimiz oʻz dissertatsiyalarini himoya qildi, 15 nafar o‘qituvchilarimiz ilmiy unvonga ega bo‘ldi.

🎯 2027-yilga qadar bu boradagi ishlarni jadallashtirib, ilmiy salohiyatni 70 foizdan oshirishni maqsad qilganmiz.

📚Bundan tashqari, 200 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, 500 dan ortiq o‘quv adabiyotlar yaratildi. Shuningdek, Turkiyaning Anqara davlat universiteti hamda Karabuk universitetlari bilan hamkorlikda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar nashr etildi.

🏆 Talabalarimizning 3 nafari matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada, 12 nafari  respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 5 nafar talabalarimiz nomli Davlat stipendiyalariga sazovor boʻldi.

🌍 Bugun universitetimiz nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Yaqinda universitetimiz Indoneziyaning “UI Green Metric World University Rankings” xalqaro agentligi reytingidan joy olib, dastlabki yuqori natijalarni ko‘rsata boshladi. Bu, albatta, barchamiz uchun quvonarli yangilik!

🎯 Yangi 2025-yilda ham biz ulkan maqsadlarni ko‘zlaymiz, ko‘rsatkichlarni yanada oshirishga universitetimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Jamoamiz bilan birgalikda universitetimizni bundan-da yuqori marralarga olib chiqishimizga ishonaman.

Xalqimizni, universitetimiz professor-o‘qituvchilarini,  talabalar va ularning ota-onalarini hamda barcha xodimlarimizni yangi – 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.

🎁 Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Nusratilla Barakayev,
Renessans ta’lim universiteti rektori

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

29 Dec, 11:53


🎄 Renessans taʼlim universitetida Yangi yil shukuhi! 🎅

❄️Ayni paytda Renessans ta'lim universiteti talabalari, professor-oʼqituvchilari va xodimlari qalbida bayramona kayfiyat hukm surmoqda! Yangi yil archasi bezatilgan, iliq tilaklar va do'stlik muhiti barcha uchun haqiqiy mo'jiza hissini hadya etmoqda.

🎁Talabalarimiz o‘z ijodiy g‘oyalari bilan archani bezash jarayonida qatnashib, yangi yil sehrini yaratishdi. Har bir bezakda ularning iliq hissiyoti va yangi yilga bo‘lgan umidi mujassam.

Keling, gʼoyibona boʼlsa-da bayramni birgalikda nishonlaylik!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

24 Dec, 13:39


Channel photo updated

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

24 Dec, 13:34


RTU 🎁

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

23 Dec, 05:04


📢 DIQQAT! HAMKORLIK DARSI 📢

Sizni Karabük universiteti turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent Selçuk Atay bilan hamkorlik darsiga taklif qilamiz.

📝 Mavzu: "Osmanli modernleşmesi ve 19 asir"

📅 Sana: 2024-yil 23-dekabr
🕰 Vaqt: soat 12:30

📍 Manzil: Renessans ta'lim universiteti, 401-xona

19-asr Osmanli modernizatsiyasi bo‘yicha ilmiy yondashuvdan bahramand bo‘lishni istaysizmi? Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Keling, yangi bilimlar sari birga intilaylik! 🌟

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

08 Dec, 09:28


Ta’lim hamkorligi: Xalqaro Nordik universiteti va Renessans ta'lim universitetlari maqsadlari mushtarak!

Xalqaro Nordik universiteti va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu kelishuv ikki universitet o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi aloqalarni yangi darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

Ta’lim mazmunini yangilash:
Universitetlar ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalarini takomillashtirib, fan dasturlarini zamonaviy talablar asosida boyitadi.

Batafsil👈

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

08 Dec, 05:17


🌟Hurmatli vatandoshlar!

🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan Renessans ta’lim universiteti jamoasi chin dildan muborakbod etadi!

📜 Konstitutsiyamiz – erkinlik, adolat va taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib, yangi O‘zbekistonni barpo etishda xalqimizga ruhiy madad va ishonch bag‘ishlaydi.

🤝 Millatimizning birdamligi, bilim va ma’rifat sari intilishlari orqali biz ulug‘vor maqsadlarga erishamiz.

Bosh qomusimiz asosida bugun Yangi O‘zbekiston g‘oyasi xalqimizning buyuk intilish va irodasi bilan umumxalq harakatiga aylanganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

🕊 Yurtimiz taraqqiyot yo‘lida bardavom bo‘lsin!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

06 Dec, 06:04


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya oyligi” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilning 4-dekabr kuni Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, Renessans ta’lim universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida talabalar Senat kutubxonasi, matbuot xizmati bo‘limlari, katta majlislar zali va boshqa muhim bo‘limlar bilan tanishib, xodimlardan batafsil ma’lumot olishdi. Ushbu tashrif nafaqat bilimlar ulashish, balki talabalarni qonunchilik jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.

Ekskursiyaning eng muhim qismi – Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev va senator Gulnora Marufova bilan o‘tkazilgan jonli muloqot bo‘ldi. Talabalar senatorlardan mamlakatimizdagi islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va jamiyat oldidagi muhim vazifalar haqida ko‘plab savollarga javob oldilar

Batafsil👈

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

04 Dec, 13:03


O‘zbekiston Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati: “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”

Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligini yuksak darajada nishonlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy g‘oyasi, ya’ni Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi ekanligi, mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, kelgusi rivojlanish strategiyalari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda Shayxontohur tumani sudi sudyasi Sanjar Nishonov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi rais o‘rinbosari Jasurbek Mamayusupov, “Mirzayeva Law Partners” advokati Lola Mirzayeva va “Haqiqat Maskani” advokatlik byurosi advokati Amrullo Axmedovlar ishtirok etdilar.

Batafsil👈

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

03 Dec, 13:00


Renessans ta’lim universitetida ilm va ijod uchrashuvi: Psixologiyaning dolzarb muammolari va adabiy muhitning sirli manzarasi

Universitetimizda “Zamonaviy psixologiyaning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirning asosiy mehmoni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, psixologiya fanlari doktori, professor G‘ayrat Bahromovich Shoumarov bo‘ldi.

O‘z sohasining yetakchi olimi psixologiyaning bugungi kun muammolarini hayotiy va ta’sirchan misollar orqali tushuntirib berdi.

Shu bilan birga, adabiyot va ijod ishqibozlari uchun chinakam ma’naviy bayram bo‘ldi. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari – iste’dodli yozuvchi Botirjon Ergashev, adabiyot faxri Ma’mura Zohidova va shoir, tarjimon Muhiddin Omon talabalar bilan ijodiy muloqot qildi.

Ilm va ijod kuchi yangi avlodga ilhom bag‘ishlamoqda!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

03 Dec, 08:22


Renessans ta’lim universiteti va Karabük universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

•O‘tgan hafta davomida Renessans ta’lim universiteti vakillari Turkiyaga muhim tashrifni amalga oshirib, qator universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. Ana shunday qadamlardan biri Karabük universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi bo‘ldi.

•Mazkur memorandum ta’lim va tadqiqot sohalarida ikki davlat universitetlari o‘rtasida yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Tashrif chog‘ida Renessans ta’lim universiteti rektori, professor N.Barakayev tomonidan muhandislikka oid ilmiy nashrlar Karabük universiteti rektori, professor Fotih Kirisikka taqdim etildi.

Batafsil 👈

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

19 Nov, 14:17


🇺🇿Bayrog‘imiz – g‘ururimiz va birligimiz ramzi

🇺🇿Renessans ta’lim universitetida “Bayrog‘im – g‘ururim, iftixorim” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Tadbir madhiyamiz sadosi ostida boshlandi. Universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Nusratilla Barakayev barchani bayram bilan samimiy tabriklab, davlat bayrog‘imizning tarixiy ahamiyati, uning xalqimiz milliy-madaniy an’analari bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidladi.

⚡️Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Saodat” jurnali bosh muharriri, shoira Munavvara Usmonova mehmon sifatida ishtirok etdi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar tadbirni yanada boyitdi. Bayramona kayfiyat har bir ishtirokchining qalbiga faxr va iftixor tuyg‘usini olib kirdi.

🌟Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, birligimiz, kelajagimiz!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

19 Nov, 06:14


🎁YUTUQLARIMIZ DAVOM ETADI!

Renessans ta'lim universiteti talabalari "Besh tashabbus olimpiadasi"ning Stritbol yo‘nalishida Toshkent shahar hududlararo final bosqichida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 💪

🏆 92 ta oliy o‘quv yurti orasida munosib ishtirok etgan talabalarimiz universitetimiz nomidan munosib ishtirok etdilar!

Ularga keyingi musobaqalarda ham omad tilaymiz! 🥇

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

17 Nov, 21:18


🇺🇿 #Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi

O‘zbekiston bayrog‘i har birimizni yagona Vatan va mushtarak orzu-maqsadlar, umumiy kelajak yo‘lida  birlashtirib kelayotgan muqaddas timsoldir. 🌟

⚡️U buyuk o‘tmishimizga ehtirom, bugungi kunimiz uchun shukronalik va yorqin istiqbolga katta ishonch ramzidir. 🙌

🌟Renessans ta’lim universiteti jamoasi ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbor etadi. 🇺🇿💙

🔥Bayrog'imiz doimo yuksaklarda hilpirayversin!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

16 Nov, 16:46


💫Yorqin kelajak sari qadam: IELTS bilan!

⚡️Renessans ta’lim universitetida yoshlar uchun muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir mavzusi – “Yorqin kelajak sari qadam: IELTS bilan”.

Tadbirni Renessans ta'lim univesiteti professori, pedagogika fanlari doktori M.Vaxobov ochib berdi, u universitetning asosiy maqsadi – talabalarni IELTS imtihonida muvaffaqiyat qozonishga tayyorlash va kelajakda ularga ishonchli qadam tashlashga yordam berish ekanini ta’kidladi.

🔗Kechada maxsus mehmon sifatida Germaniyaning “Bonn” universiteti magistratura talabasi, IELTS 8.0, CEFR C1 va CELTA sertifikatlari sohibi Sirojiddin Rahmatullayev ishtirok etdi. U talabalar bilan:

IELTS testining tuzilishi.

Muvaffaqiyatli tayyorgarlik usullari.

Yuqori ball olish sirlari haqida amaliy maslahatlar bilan bo‘lishdi.

🎓Talabalar uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va IELTSga ishonch bilan tayyorlanish uchun yangi motivatsiyaga ega bo'ldilar.

📣Siz ham IELTS bo‘yicha bilimlaringizni oshirishni xohlaysizmi? Keyingi uchrashuvlarni kuzatib boring!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

14 Nov, 06:02


🤝 Renessans talim universiteti vakillari Qozon Federal universitetida: Hamkorlik sari yana bir qadam

Ayni paytda Renessans talim universiteti rektori N.R.Barakayev boshchiligidagi vakillarimiz Qozon Federal universitetida bo‘lib turibdi.

✍️ Tashrif davomida Qozon Federal universitetining yutuqlarini oʻrganish, taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishish, oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzish koʻzda tutilgan.

⚡️ Shu maqsadda tashrifning birinchi kunida QFU prorektori T.Alishev, Psixologiya va taʼlim instituti direktori A.Kalimulin hamda Filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti direktori oʻrinbosari E.G‘afiyatova bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shundan soʻng, alohida mavzularda ishchi holatda mutaxassislar bilan muhokamalar boʻlib oʻtdi.

🔖 Tashrif davom etmoqda.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

13 Nov, 14:52


🇺🇿🏴󠁧󠁢󠁷󠁬󠁳󠁿Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi: Yangi Janubiy Uyels universiteti va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida kelishuv rejalari

⚡️Yangi Janubiy Uyels universiteti vakillari Feras Sallan va Lau Najari Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurishdi.

Maqsad – ta’lim sohasida strategik hamkorlikni rivojlantirish.

🤝 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari.

Qo‘shma ta’lim dasturlari va grant imkoniyatlari.

Ilmiy tadqiqotlarni birgalikda o‘tkazish.

O‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish.

🎗Kutilayotgan loyihalar: – Sun’iy intellekt yo‘nalishida zamonaviy tajribalarni o‘rganish. Renessans ta'lim universiteti professorlari uchun qisqa muddatli xalqaro kurslar va konferensiyalar tashkil etish.

🌟Uchrashuvning o‘ziga xosligi: Tashrif davomida Yangi Janubiy Uyels universiteti vakillari Renessans ta'lim universitetining erishgan yutuqlari bilan ham tanishtirildi.

🎁Tadbir so'ngida mehmonlarga universitetimiz rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔑Bu hamkorlik ta’lim va ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi va o‘zaro almashinuvlar tufayli talabalarga xalqaro bilim olishga ko'maklashadi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

12 Nov, 08:55


📚 "Elning buyuk farzandi" xotira kechasi

🔖Renessans ta’lim universiteti va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, davlat va jamoat arbobi, adib va xalqparvar inson Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Elning buyuk farzandi” mavzusidagi xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli adiblar, adabiyotshunoslar, universitet rahbariyati, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

💫Ular Sharof Rashidovning o‘z millatining qahramoniga aylanish yo‘lidagi jasoratli va mashaqqatli hayot yo‘lini eslab, uning fidokorona mehnati haqida so‘z yuritishdi.

📔 Kitob taqdimoti

💥Kecha davomida uzoq yillar Sharof Rashidov hayotini o‘rganib kelayotgan professor To‘lqin Alimardonovning “Sharof Rashidov” nomli yangi kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

✍️ O‘rganish va o‘rnak olishga undovchi kecha

✍️Xotira kechasida ishtirokchilarga Sharof Rashidovning ibratli hayot yo‘li, xalqi uchun qilgan xizmatlari va g‘alabalari haqida yana bir bor eslatilib, yoshlar uchun chinakam o‘rnak va faxr manbai ekanligini ta’kidlandi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

08 Nov, 15:09


⚡️Endilikda Renessans ta'lim universiteti talabalari kontrakt toʻlovlarini "xazna" ilovasi orqali onlayn amalga oshirishlari mumkin!

💫Ushbu videorolik orqali toʻlovni qanday amalga oshirish haqida qisqacha ma'lumot berilgan.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

08 Nov, 09:52


💫Renessans ta’lim universiteti hamda Xitoyning Shinjon universiteti bilan xorijda ta'lim olish imkoniyatlari sari ochilgan yo‘l!

O‘zingizni yangi madaniyat, til va bilimlar bilan boyitishni xohlaysizmi?

🔥Endi buning uchun ajoyib imkoniyat mavjud!

⚡️Renessans ta’lim universiteti hamda Shinjon universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan talabalar almashinuvi dasturi asosida xorijda o'qish uchun ariza topshirishga shoshiling!

⁉️Qayerda o‘qiladi? Xitoyning Shinjon universiteti.

❗️Dastur davomiyligi: 2 hafta.

Sarf-xarajatlar haqida o‘ylashga hojat yo‘q!
Barcha xarajatlar Renessans ta’lim universiteti va Shinjon universiteti tomonidan to‘liq qoplanadi.

📝Talab qilinadi: HSK1 darajasidagi xitoy tilini bilish sertifikati.

📥Arizalar qabul qilish muddati: 11.11.2024, soat 12:00 gacha.

💎Shoshiling, orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🎖Renessans ta’lim universiteti bilan dunyo sari birinchi qadamni tashlang!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

06 Nov, 12:51


‼️Siz ham ulkan muvaffaqiyat sari qadam tashlamoqchimisiz?!

📆 Sana: 7-noyabr, 2024
Vaqt: 12:00
📍Joy: 7-qavat, Majlislar zali

💫Sizni xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini o‘rganishga chorlaymiz!

🔥"Global muvaffaqiyat sari qadam – xorijda ta’lim olish imkoniyati" mavzusida bo‘lib o‘tadigan davra suhbatida ishtirok eting va yangi imkoniyatlarga yo‘l oching!

Tadbirda kimlar bilan uchrashasiz?

AQShning Syracuse universitety Maxwell school, Davlat boshqaruvi va Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi magistratura dasturini tamomlagan va hozirda “El-yurt umidi” jamg‘armasida Ta’lim dasturlari bo‘yicha stipendiya tanlovlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan Isroilov Jaloliddin Nodirjon o‘g‘li sizlarga o‘zining tajribalari va imkoniyatlari haqida so‘zlab beradi.

Shuningdek, jamg‘arma vakillari bilan uchrashib, ular taqdim etayotgan stipendiyalar haqida ko‘proq bilib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

⚡️Tadbirda qatnashib, kelajakdagi ta’lim va karyerangizga yo‘l oching!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

05 Nov, 06:44


❗️Sirtqi ta’lim shakli talabalari diqqatiga!

⚡️Renessans ta’lim universitetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 1,2,3,4 va 5-bosqich talabalarining 2024-2025 o‘quv yili uchun kuzgi va qishki semestr o‘quv jarayonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📝O‘quv jarayonlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlar bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

04 Nov, 17:51


🏆Talabalarimiz jahon chempioni va sovrindori

📆Joriy yilning 1-4 noyabr kunlari Toshkent shahrida yoshlar, o'smirlar va kattalar o'rtasida sportning O'zbek jang san'ati turi bo‘yicha Jahon chempionati o'tkazildi.

🏅Chempionatda Renessans ta'lim universiteti "Sport faoliyati" kafedrasining birinchi bosqich talabalari ham faol ishtirok etib, shoxsupadan munosib o‘rin egalladi.

🥉Jumladan,  Zaylobiddinova Sevinch 48 kg vazn toifasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

❗️Yana bir quvonchli natijani Ehsonboyev Barkamol tuhfa etdi.

🥇U 65 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag'lub etib, Jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.

💫Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va ularga yanada yuksak marralar tilaymiz! Sizlar bilan faxrlanamiz!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

31 Oct, 15:42


💫Renessans ta’lim universitetida iqtidorli yoshlar uchun “Xorijiy tillar” hamda “Kriptologiya” sohasi bo‘yicha fan olimpiadasi tashkil qilinadi

💢“Xorijiy tillar” bellashuvida talabalarning quyidagi tillar  bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkaziladi:

Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Rus tili
Koreys tili
Xitoy tili

📎“Kriptologiya” sohasi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada talabalarning aqliy ko‘nikmalari hamda kodlar va shifrlar sirini qanchalik darajada mukammal egallagani tekshiriladi.

🪄Olipmiada shartlari quyidagicha:

Nazariy savollar (yozma);
Kriptologiya fanidan umumiy savollarga izoh va tushuntirishlar berish;
Amaliy topshiriqlar (yozma)
masala yechish.

✔️Ushbu musobaqada barcha talabalar kursidan va ta’lim shaklidan qat’i nazar ishtirok etishlari mumkin.

❗️Eslatma: G‘oliblar diplom, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

👉Batafsil👈

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

29 Oct, 16:13


🇮🇩🇺🇿Indoneziyaning (UNIDA) universiteti bilan memorandum imzolandi

💫Renessans ta’lim universiteti va Indoneziyaning Darussalom Gontor (UNIDA) universiteti o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Unda ikkala taraf ham taqdimot va videorolik orqali bir-birlariga universitet to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

✏️Jarayon so‘ngida, ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlovchi memorandum imzolandi.

🎁Shuningdek, tomonlar bir-birlariga do‘stlik ramzi sifatida sovg‘alar ulashishdi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

23 Oct, 17:13


⚡️RTUda O‘zbek tili bayrami kuni tantanali tarzda nishonlandi

💫“Til - millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirga mehmon sifatida  atoqli shaxslar: tilshunos, akademik, shoir, adabiyotshunos hamda san’atkorlar taklif etildi.

🔥Bayramning ikkinchi qismida ”O‘zbek rasmiy hujjatlarini xorijiy tillarga tarjima qilish“ bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

🧠Unda zukko talabalar o‘z bilimlari, qat’iyati va tezkor fikrlashi bilan bellashishdi.

🎤Jarayon qo‘shiq va raqslarga ulanib o‘zgacha kayfiyat bilan yakunlandi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

23 Oct, 16:19


‼️E’lon!

⚡️Grant uchun ichki imtihonda qatnashishni xohlovchi 1-kurs kunduzgi va kechgi ta’lim shakli talabalari diqqatiga!

⌛️Talabgorlardan 26-oktabr kuni soat 18:00 gacha o‘zlariga tegishli bo‘lgan barcha hujjat va ma’lumotlarni fekulteti boʻyicha dekanatga topshirishlarini so‘raymiz.

Fursatni boy bermang! Kelajagingizni yaratish uchun birinchi qadamingizni bugun tashlang va oʻz bilimingizni namoyon qiling!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

23 Oct, 09:16


❗️RTU talaba qizlari diqqatiga!

📚Renessans ta’lim universitetida ARM tomonidan “Mening sevimli kitobim” shiori ostida qizlar uchun ko‘rik-tanlov e’lon qilinadi.

🔍Tanlov quyidagi shartlar asosida bo‘lib o‘tadi:

1.Men yoqtirgan asar
2.Badiiy asar bilimdoni

Qatnashish istagida bo‘lgan barcha qizlarni taklif qilamiz.

O‘tkazilish sanasi: 25-oktyabr

Murojaat uchun: @Axmedov_Baxtiyor

Batafsil

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

22 Oct, 13:53




#saylov2024
#Chellenj
#Saylovga_tayyorman

💫Renessans ta’lim universiteti barcha talabalarni va jamoamiz a’zolarini yaqinlashib kelayotgan saylovlarda faol ishtirok etishga chorlaydi!

⚡️Har bir ovoz – mamlakatimiz kelajagini shakllantirishda muhim qadamdir. Sizning ovozingiz – bu kelajak uchun tanlovdir. Shu sababli, o‘z fuqarolik burchingizni ado eting va saylovlarda faol qatnashing!

💢Ma’lumot uchun: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

21 Oct, 15:40


🏆RTUda professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi

⚡️Bellashuv sportning: voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha olib borildi.

🔥O‘ta qizg‘in va murosasiz kechgan turnirda munosib ishtirokchilar g‘alaba qozonishdi.

🎁G‘oliblar maxsus sovrin va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

21 Oct, 07:23


📆21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

🌿Ona tilimiz – millatimiz ruhi. U bizning borliq va boyligimiz. U ko‘nglimiz mulki, davlatimiz ulug‘ timsolidir. 

Bugun milliy g‘ururimiz bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. 

💫Renessans ta’lim universiteti jamoasi yurtdoshlarimizni o‘zligimizni anglatuvchi—qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etadi!

🔥Milliy ozodligimiz ramzi — boy va betimsol ona tilimiz mangu yashasin!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

16 Oct, 06:41


🏆RTU’da “Rektor kubogi” sport musobaqalari professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida o‘tkazildi

Renessans taʼlim universitetida professor-oʻqituvchilar va xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

⚡️Turnirda ishtirokchilar sportning: voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari boʻyicha bellashishdi.

🔥Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

👉Batafsil

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

14 Oct, 15:40


💫Renessans ta’lim universitetida dars jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

🔖Xususan, mahalliy hamda xorijiy
professor-o‘qituvchilarning yangicha dars metodikasi talabalarning fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshishiga sabab bo‘lmoqda.

⚡️Shuningdek, talabalarning ilm olishga bo‘lgan intilishlari darslarning yanada sifatli kechishini ta’minlamoqda.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
📌Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

11 Oct, 16:28


‼️Renessans ta’lim universitetining 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari diqqatiga!

💢“Filologiya va tarix” fakulteti yangi kampusga ko‘chib o‘tganligi sababli,
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek
tili), Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili), Tarix, Milliy gʻoya, maʻnaviyat asoslari va huquq talimi, shuningdek, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning dars jarayonlari ushbu binoda tashkil etiladi.

📆Dars mashg‘ulotlari 14-oktyabr soat 13:20 dan start oladi.

📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy

📁Ma’lumot uchun: yuqorida ko‘rsatilgan manzil universitet asosiy binosidan 10 daqiqalik masofa bilan farqlanadi.

Eslatma! Boshqa yo‘nalishlarda o‘qiyotgan qolgan barcha 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun darslar, har doimgidek asosiy binoda olib boriladi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

11 Oct, 15:01


❗️E’lon
Universitet futbol komandasi uchun nomzodlar qidirilmoqda !

🏆Renessans ta’lim universiteti Sport faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan futbolga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyish etish maqsadida jamoa tashkil qilinyabdi.

👟Talabgorlar ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar murojaat qilish huquqiga ega.

💪Ularga qo‘yiladigan asosiy talab: kuchli iroda, qiziqish va malaka.

💫Imkoniyatingizni sinab ko‘ring!

👉Murojaat uchun: @Rtu_futbol

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

08 Oct, 15:57


🇺🇿🇨🇳Pekin elektr texnologiyalar kasb-hunar instituti bilan og‘zaki kelishuv amalga oshirildi

🏛Renessans ta’lim universiteti va Pekin elektr texnologiyalar kasb-hunar instituti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda rektor Nusratilla Barakayev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ma Cuiling, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Askarov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shakarov Qulmat hamda Pekin elektr texnologiyalar kasb-hunar instituti vakillari ishtirok etishdi.

⚡️Uchrashuv mobaynida tomonlar hamkorlikning turli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.

Batafsil👈

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt