TECHNOFLY @technoflyuz Channel on Telegram

TECHNOFLY

@technoflyuz


Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!!

Foydali postlar ✔️
Internet lifehacklar✔️
Texno yangiliklar✔️
Qiziqarli ma'lumotlar✔️

📈 Reklama: @technoflyadmin

TECHNOFLY (Uzbek)

TECHNOFLY kanali siz uchun internet dunyosidagi eng so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlar bilan eng muhim texnologiyalar haqida xabardor bo'ladi. Bu kanalda sizga foydali postlar, internetda ishlatiladigan lifehacklar, texno yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar taqdim etiladi. Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!! Agar siz internet dunyosidan yangi narsalarni o'rganishni istasangiz, TECHNOFLY kanali siz uchun eng yaxshi manzil. Sizga foydali bo'lgan har bir ma'lumotni to'g'ri va samarali ko'rinishda taqdim etamiz. Buning bilan birga, siz eng so'nggi texnologiyalar bilan birgalikda dunyo bilan aloqada bo'lasiz. Join TECHNOFLY kanaliga bugun ham qo'shiling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! 📈 Reklama: @technoflyadmin

TECHNOFLY

05 Dec, 08:04


#dolzarb

⚡️Bitkoin o'zining tarixiy rekordini yangiladi va narxi 101.500 dollarni tashkil etdi va yuqoriga qarab uchishda davom etmoqda.

Bitkoin o’zining narxi va kriptovalyutalar ichida tarixda birinchi bor 100.000 dollardan oshdi.

@technoflyuz

TECHNOFLY

04 Dec, 16:26


#yangilik

Samsung o‘zining sun’iy intellekt bilan ishlaydigan XR ko‘zoynaklarini 2025-yil yanvar oyida Galaxy S25 bilan birga chiqaradi.

Biroq, ko'zoynaklarning to'liq sotuvga chiqarilishi faqat yilning uchinchi choragida rejalashtirilgan.

@technoflyuz

TECHNOFLY

04 Dec, 10:50


#foydali

💻 Yangi dasturchi bo‘lishni xohlayotgan bo’lsangiz, quyidagi manbalar sizga yordam beradi:

🌟Yangi boshlovchilar uchun ilova va saytlar:

freeCodeCamp — python, JavaScript va Web Development kurslari.

Sololearn — yangi o‘rganuvchilar uchun mobil ilova.

🌟Amaliy tajriba uchun:

LeetCode va HackerRank — kod yozishni mukammallashtirish uchun mashqlar.

🌟Kurslar:

Udemy va Coursera — sertifikatga ega sifatli kurslar.

@technoflyuz

TECHNOFLY

04 Dec, 08:57


😍 Infinix HOT 50 Pro+
Zamonaviy ultra ingichka dizayni (6,8 mm) bilan hayratga soluvchi smartfon


🔥Qurilma 120 Hz chastotali AMOLED-displey bilan jihozlangan bo‘lib, video va o‘yinlarda tasvir ravonligini ta’minlaydi. Qurilmaning yuragi — Helio G100, kuchli protsessor, samaradorlikni yangi darajaga ko‘taradi. TÜV Fluency sertifikati esa qurilmaning 5 yil davomida barqaror ishlashini kafolatlaydi.

💥 O'zingiz uchun Infinix HOT 50 Pro+ modelini bugunoq kashf eting!

📲 Batafsil ma'lumot va xarid qilish uchun havolaga o'ting.

TECHNOFLY

02 Dec, 15:51


#dolzarb

iPhone 17 Air juda ham yupqa korpusga ega bo’lgani uchun ayrim qismlar kamaytiriladi.

Bo'sh joy yo'qligi sababli smartfon SIM-karta sloti va pastki dinamikni yo'qotadi.

Korpusning qalinligi nisbatan 5-6 mm bo'ladi, misol uchun hozirgi iPhone modellari qalinligi 7.8-8.3 mm. Batareya ancha kichikroq bo'ladi va orqa tomonda bitta 48 megapikselli kamera bo'ladi.

Taxminiy narxi esa 1300 dollardan boshlanishi mumkin.

@technoflyuz

TECHNOFLY

29 Nov, 11:01


#qiziqarli

Chili sahrosida insoniyat tarixidagi eng katta teleskop qurilmoqda.

Qurilish 2014-yildan beri davom etmoqda va uni 2028-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan va loyiha xarajatlari 1,5 milliard dollardan oshishi mumkin.

Uning asosiy linzasi har qanday teleskopdan taxminan 4 baravar katta bo'lib, u orbitadagi Hubble teleskopiga qaraganda 15 barobar ko'proq yorug'lik va 16 barobar ko'proq tafsilotlarni olish imkonini beradi.

@technoflyuz

TECHNOFLY

25 Nov, 15:06


#dolzarb

OpenAI ChatGPT bilan ishlaydigan va Chrome bilan raqobatlashadigan brauzerni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, kompaniya brauzer va qidiruv bozorining asosiy ulushini nazorat qiluvchi Google bilan raqobatlashishga harakat qilishi mumkin.

Kompaniya allaqachon ChatGPT qidiruv tizimini taqdim etdi, u chatbot asosida ishlamoqda.

@technoflyuz

TECHNOFLY

21 Nov, 07:30


#yangilik

Endilikda PS Portal orqali sizda PlayStation 5 bo’lmasa ham o’ynashingiz mumkin bo’ladi, ushbu funksiyaga ega yangilanishini sinovdan o‘tkazilmoqda.

Streaming 1080p gacha boʻladi va 60 kadr/sekundgacha kadr tezligini, shuningdek DualSense kontroller funksiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi.

PlayStation Plus Premium foydalanuvchilari bulutli xizmat orqali katalogdagi o‘yinlarni o‘ynashlari mumkin bo‘ladi. O'yinlar ro'yxati 120 dan ortiq o'yinlarni o'z ichiga oladi va doimiy ravishda yangilanib turadi.

@technoflyuz

TECHNOFLY

18 Nov, 14:46


#foydali

Valve kompaniyasi afsonaviy Half Life 2’ni 20 yoshga to’lgani munosabati bilan Steam platformasida bepul tarqatmoqda.

LINK

@technoflyuz

TECHNOFLY

18 Nov, 07:48


#yangilik

Android 15 beta versiyasida ular Linux uchun dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi terminalni topdildi. Shuningdek, ushbu yangilanish 2025-yil bahorida chiqariladi.

Terminalni Sozlamalardagi "Developer Options" bo’limidan faollashtirishingiz mumkin.

@technoflyuz

TECHNOFLY

17 Nov, 19:07


#dolzarb

Ilon Mask insoniyatga samalyotlar o’rniga Starship raketalarini taklif qilmoqda.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi parvozlar uchun yo‘lovchi samolyotlarini o’rniga 27 ming km/soat tezlikka ega Starship raketalariga almashtirishni rejalashtirmoqda.

SpaceX muhandislarining ta'kidlashicha, Nyu-Yorkdan Shanxayga raketa parvozi 39 daqiqa davom etadi. Chipta narxi 10 ming dollargacha bo’lishi mumkin.

@technoflyuz

TECHNOFLY

15 Nov, 15:32


#yangilik

ChatGPT endi Windows operatsion tizimida mavjud.

GPT kompyuteringizdagi dasturlar bilan birga ishlag oladi va ular bilan o'zaro aloqada bo'lishi mumkin.

Mac uchun ChatGPT mavjud edi shuning uchun yangilanishlar taqdim etildi va endi boshqa ilovalar bilan ishlash funksiyasi qo’shilgan.

LINK

@technoflyuz

TECHNOFLY

12 Nov, 07:43


#yangilik

Tesla AQShda Cybertruck elektro pikaplarini oyiga 907 dollarga ijaraga berishni boshladi. Avtomobilni 2-3 yilga ijaraga olish mumkin. Ijaraga olgandan so’ng elektro pikapni sotib olish mumkin emas

Tesla Cybertruck yilning uchinchi choragida AQShda Model 3 va Model Y dan keyin eng ko'p sotilgan to'liq elektr avtomobil uchinchi o'rinni egallaganini e'lon qildi.

@technoflyuz

TECHNOFLY

11 Nov, 05:57


#dolzarb

Audi Xitoyning SAIC kompaniyasi bilan hamkorlikda logotipini yo‘qotgan va katta harflar bilan yozilgan yangi AUDI brendini taqdim etdi.

Birinchi model AUDI E elektromobili bo’ldi, kapot ostida 775 ot kuchi va 700 km quvvat zaxirasi mavjud. 100 km/soat tezlikka 3,6 soniyada chiqadi.

@technoflyuz

TECHNOFLY

08 Nov, 16:21


#qiziqarli

Olimlar dunyoda birinchi bo‘lib kalamush miyasini sun’iy intellektga ulashdi.

Pifiya ismli kalamushga neyron interfeysi implantatsiya qilindi, buning yordamida u panjalari bilan tugmachalarni bosib har qanday savollarga javob bera oladi.

U fizika, tarix va matematika bo‘yicha savollarga javob bera oladi va hatto Eynshteynning tug‘ilgan sanasini ham biladi. Neyron interfeysining ishlash prinsipi oddiy: elektrodlar kemiruvchilarning miyasining maxsus joylarini rag'batlantiradi, kerakli joylarda his-tuyg'ularni yaratadi va to'g'ri javobni miyyaga taklif qiladi.

@technoflyuz

TECHNOFLY

05 Nov, 16:13


#foydali

Microsoft Windows 10/11 tizimini tozalash va optimallashtirish uchun PC Manager dasturini yangiladi. Bu CCleaner dasturining yanada samarali va sodda analogidir.

Vazifalar panelida Internet tezligini nazorat qilish qobiliyati va foydalanilmagan fayllardan diskni bo'shatish uchun yangi algoritm qo'shildi, yordamchi dastur vaqtinchalik fayllarni ham, keraksiz fayllarni ham yaxshiroq aniqlab, tezda yo'q qiladi

LINK

@technoflyuz

TECHNOFLY

31 Oct, 14:30


#qiziqarli

Agar haydovchi hushini yo'qotsa, Volkswagen avtomobillarida bunday holat uchun xavfsizlik funksiyasi bor.

Mashina bir necha marta signal beradi va uch marta tormozlash orqali e'tiborni jalb qilishga harakat qiladi.

Agar javob bo‘lmasa, avariya chiroqlari yonadi, mashina asta-sekin yo‘l chetiga o’tadi, eshiklar qulfini ochadi va odamlarning e’tiborini jalb qilish uchun signal chala boshlaydi.

@technoflyuz