KOMPYUTER AKADEMIYASI @kompyuter_akademiyasi Channel on Telegram

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@kompyuter_akademiyasi


Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95

KOMPYUTER AKADEMIYASI (Uzbek)

KOMPYUTER AKADEMIYASI Telegram kanali Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga yordam berish uchun yaratilgan. Bizning oliy maqsadimiz - kompyuter bilimlarini o'rganayotgan yurtdoshlarimizning bilim darajasini oshirish va ularni sohasida rivojlantirish. Kanalda siz savollaringizni @k_a_chat orqali berishingiz mumkin. Bizning loyihalarimiz va jamoamiz to'g'risida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish uchun https://t.me/ka_projects/63 ga o'ting. Reklama va boshqa savollaringiz uchun t.me/techno_ads/16 ga murojaat qiling. Bizning asoschi @wmteam95. Sizni ham kanalimizga qo'shilishga taklif qilamiz, kompyuter bilimlarida yangi ma'lumotlar bilan tanishib, o'z bilim darajangizni oshiring!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Feb, 14:08


👉 @k_a_chat guruhimizni ochilganiga ham 5 yilcha bo'lib qolibdi. Yaqinda guruhimizni kanaldan ajratib, bir qancha alohida mavzularga bo'ldik (sababi Excel bo'yicha savolga javob bermoqchi bo'lgan odam Excel mavzusini kuzatadi).

Siz ham savollaringizni guruhimizga yozishingiz mumkin, lekin iltimos qilardik tegishli mavzuga yozing. Agar sizga kerakli mavzu bo'lmasa yoki savolingiz qaysi joyga to'g'ri kelishini bilmasangiz Umumiy bo'limga yozing.

Savol berish yoki biror nimani so'rashdan oldin kanalimizdan bir izlab ko'ring (muammoni to'liq yozib emas, asosiy kalit so'zni izlang: "ofis dasturim aktivatsiya so'rayapti" deb emas aktivatsiya deb izlash). Google va ChatGPT ham sizga tezroq va to'liq javob berishi mumkinligini eslatib o'tmoqchiman.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Feb, 13:03


👩‍💻 Windows 11 PRO.
📱Rasmiy mahsulot kaliti.

💸 Windows 10 PRO retail (online) 9️⃣9️⃣.0️⃣0️⃣0️⃣so'm. (kafolat 30kun)
💸 Windows 10 PRO OEM (online) 1️⃣2️⃣9️⃣.0️⃣0️⃣0️⃣so'm. (kafolat 90kun)

🗝Windows kalitlari 32 va 64 bitli tizimlar uchun mos. Biz CD, Fleshka va hokazolarni ta'minlamaymiz. Obuna va vaqt chegarasi yo'q.
1 ta kalit 1 ta kompyuter uchun bir umrlik obuna (Life-time)
Bizning yordamimiz orqali bepul faollashtirish va o'rnatish yordami.


📞 +998 333 555 776
Adminga yozish!
🌐 Batafsil bizning saytimiz orqali ma'lumot olishiz mumkin!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Feb, 07:37


Windows 11 Classic Menu
#dastur

ℹ️ Ushbu usul foyda bermagan bo'lsa mana shu dastur yordamida Windows 11'ning kontekst menyusini Windows 10'nikiga o'xshatishingiz mumkin.

🎯 O'zim hozir sinab ko'rdim.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Feb, 06:57


UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va shaxsiy rivojlanish hamda o'z biznes g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan foydalaning: t.me/uenteruz

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Feb, 16:23


"Aвтозагрузка" nima? "Aвтозагрузка"ga dastur qo'shish yoki olib tashlash!
#videodars / #windows

ℹ️ Aвтозагрузка - kompyuter ishga tushishi bilan ma'lum dasturlarni birga ishga tushiruvchi funksiya. Kompyuterimizda avtozagruzka bo'limi mavjud bo'lib, bu bo'limda belgilangan dasturlar kompyuter yonishi bilan birgalikda ishga tushadi.

Biror dasturni avtozagruzkaga qo'shish:
1. Win + R ga shell:startup buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz.
2. Chiqgan papkaga avtozagruskaga kiritmoqchi bo'lgan dasturlarimizning yorliqlarini tashlaymiz.

Keraksiz dasturlarni olib tashlash:
1. Win + R ga msconfig buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz.
2. "Автозагрузка" joyidagi keraksiz dasturlardan belgilash (✔️) ni olib tashlaymiz va OK ni bosamiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 06:31 💾: 19.4 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz!
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Feb, 14:05


Eski yilda ochilgan Telegram Guruh sotib olamiz!

💰2022yil - 50ming so'm
💰2021yil - 50ming so'm
💰2020yil - 55ming so'm
💰2019yil - 60ming so'm
💰2023yil - 20ming so'm


📌Guruhda eski yilda joylangan kamida 10ta xabar bo'lishi kerak.Obunachisi kerak emas.

Guruhizni sotish uchun bizga yozing
👉 @oyligimuz_admin👈

Kanalimizga qo'shilib Pul yutib oling
https://t.me/Guruh_Sotib_Olaman

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Feb, 13:22


ЕСЛИОШИБКА (IFERROR) potentsial hisoblash xatolarini hal qilishda foydalidir. Agar hisoblash xatolikka sabab bo'lsa, bu funksiya belgilangan qiymatni ko’rsatadi, aks holda formulaning natijasini ko’rsatadi.

Misol uchun, agar siz 0 ga bo'layotgan bo'lsangiz, siz maxraj hali hisoblanmagan yozuvni ko'rsatishingiz mumkin.

=ЕСЛИОШИБКА(qiymat; xato_agar_qiymat_xato_bo’lsa)

Qiymat (zarur argument) – xatolik uchun tekshirilgan argument;

Xatolik qiymati (zarur argument) - formula bo'yicha hisoblashda xatolik yuz bergan bo'lsa, ko’rsatiladigan qiymat.

Quyidagi xato turlari namoyish qilinishi mumkin: Н/Д, ЗНАЧ!, ССЫЛКА!, ДЕЛ/0!, ЧИСЛО!, ИМЯ? va ПУСТО!. ©Excel24bot

@ExcelDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Feb, 13:22


IT-kasblar, frilans va startaplar: Buxoroda IT Roadshow bo‘lib o‘tadi

23-fevral kuni Buxoro innovatsion universitetida (Alpomish ko‘chasi, mo‘ljal — Chinar Mall savdo markazi) IT Community of Uzbekistan tomonidan IT Roadshow bo‘lib o‘tadi — bu talabalar, boshlang‘ich mutaxassislar va texnologiya sohasida rivojlanishni istaganlar uchun keng ko‘lamli tadbir.

Yetakchi IT-kompaniyalar ekspertlari karyeraning asosiy jihatlari haqida so‘zlab berishadi:
- IT sohasida birinchi ishni qanday topish va professional brendni qanday yaratish mumkin
- Frilansga chiqish va daromadni oshirish uchun nimalar kerak
- Ish unumdorligini qanday oshirish mumkin

Ta’lim sessiyalaridan tashqari, ishtirokchilarni netvorking, interaktiv viktorinalar va sovg‘alar kutmoqda. Bu nafaqat foydali bilim olish, balki hamfikrlar va potensial ish beruvchilar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Sana: 23-fevral (yakshanba)
Vaqt: 10:00–17:00
Manzil: Buxoro innovatsiyalar universiteti (Alpomish ko‘chasi, mo‘ljal - Chinar Mall savdo markazi)

Ishtirok etish bepul! Telegram-botda ro‘yxatdan o‘tish mumkin: t.me/itcomuzbot
IT Community Roadshow IT Community of Uzbekistan, Uzum, UZINFOCOM, Huawei, School 21 ko‘magida o‘tkazilmoqda.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Feb, 04:04


🚀 Kompyuteringizni tezlashtiramiz – oddiy va tezkor usullar! 🖥🔥

Agar Windows sekin ishlayotgan bo‘lsa, uni bir necha daqiqa ichida tezlashtirish mumkin! Quyidagi oddiy usullar kompyuteringizning ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

👽 Keraksiz fayllarni tozalaymiz
📌 "Рекомендации по очистке" orqali
🔹 Пуск → Настройки → Система → Память
🔹 "Рекомендации по очистке" bo‘limiga kiring
🔹 Keraksiz fayllarni tanlab, "Удалить" tugmasini bosing

🎃 Diskni tozalaymiz
🔹 Windows qidiruviga “Очистка диска” yozing va utilitani oching
🔹 Кеш, временные файлы, логи belgilang
🔹 "ОК" tugmasini bosib, barcha keraksiz fayllarni o‘chiring

😽 Geolokatsiya keshini tozalaymiz
🔹 Пуск → Настройки → Конфиденциальность и защита → Расположение
🔹 "Журнал сведений о расположении" bo‘limiga pastga tushing va "Очистить" tugmasini bosing

🙀 DNS-keshni tozalaymiz va internet tezligini oshiramiz
🔹 Win + R tugmalarini bosing, cmd yozib Enter tugmasini bosing
🔹 Ochilgan oynaga quyidagilarni yozing:
ipconfig /flushdns
🔹 Enter tugmasini bosing va kesh tozalanadi

Tayyor! Endi kompyuteringiz yengil va tez ishlaydi! 🚀

@kunuzai #Windows #Kompyuter #Tezlashtirish #LifeHack

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Feb, 04:34


Eye Defender v1.09
#dastur / #salomatlik

👀 Kompyuter bilan ishlashda dam olishingiz kerakligini eslatib turuvchi eng yoqqan dastur shu, hozir ham shuni ishlatib boshladim.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

15 Feb, 06:53


PDF Gear v2.1.12 - PDF'lar bilan ishlash uchun bepul dastur
#dastur / #pdf

ℹ️ PDF hujjatlar bilan amalga oshirish mumkin bo'lgan quyidagi vazifalarni ushbu bepul dastur imkon qadar bajara oladi:
- PDF konvertatsiya (Word -> PDF va h.k.)
- PDF hajmini kichraytirish
- PDF'larni birlashtirish/ajratish
- To'ldiriluvchi PDF tayyorlash

🔄 Dasturni ko'rinishini ushbu rasmda ko'rishingiz mumkin. Dasturni boshqa operatsion tizimlar uchun yoki Windows uchun yangi versiyasilarini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

14 Feb, 10:14


"Qiz bolani o'qitish, millatni o'qitishdir" — degan dono xalqimiz so'zlari haqiqatdir. Bilimli oilalarda tarbiyalangan farzandlar kelajakda ilm olish jarayonida kamroq qiyinchiliklarga duch keladi.

⚠️ Bugungi kunda internet va sun'iy intellektning tez rivojlanayotgan davrida, qiz va ayollarni raqamli texnologiyalar sohasida yetuk tarzda tarbiyalash nihoyatda muhim. Ular o'z oilalarida farzandlarga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatish, internetdan oqilona foydalanish kabi qimmatli ko'nikmalarni shakllantirishda bebaho rol o'ynaydi.

Hozirda o'qiyotgan o'quvchilarimizning faqatgina 27% ini ayollar tashkil etishi odamni biroz xafa qiladi 😔. Bu nomutanosiblikni to'g'irlash va yuqoridagi tashabbusga imkon qadar hissa qo'shish maqsadida Kompyuter Savodxonligi kursimizni bugundan boshlab barcha qiz va ayollarimiz uchun 20% chegirma qilib beramiz (kurs narxini 0.8 ga ko'paytirasiz). Nasib qilsa chegirma uzoq vaqtlar amalda bo'ladi.

👉 Kursimiz narxi (to'lov bir marotaba qilinadi, kurs esa ancha yillar sizda bo'ladi)

💻 Kompyuterni professionallardan oʻrganing!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

14 Feb, 03:56


LibreOffice v25.2.0 (x86/x64)
#dastur / #ofis / #word / #excel / #powerpoint

ℹ️ Microsoft Office dasturini aktivatsiya qilishdan charchagan, lekin pulini to'lab Microsoft 365 ishlatishni istamaydigan foydalanuvchilar uchun LibreOffice dasturini tavsiya qilamiz. Ushbu dastur Microsoft'ning dasturlarida tayyorlangan fayllar bilan bemalol ishlay oladi. Dastur mutlaqo bepul hisoblanadi.

⬇️ x86 - 330.3 MB (.msi)
⬇️ x64 - 347.3 MB (.msi)

🖼 Dasturlarni ichki ko'rinishini ushbu rasmlardan ko'rib olishingiz mumkin.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

13 Feb, 11:51


ImageGlass v9.2.0.1208 (x64)
#dastur / #media

ℹ️ Odatiy rasm ochadigan dasturlardan bezor bo'lganlar uchun rasm ochuvchi bepul dasturni taklif qilamiz. Dasturni ichiki ko'rinishini ushbu rasmdan ko'rishingiz mumkin. Aktivatsiya talab etilmaydi!

⬇️ 63.2 MB (.msi)

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

12 Feb, 06:12


Excel dasturidagi 201 mohirlik

ℹ️ Excel dasturida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan 201 mohirliklarni 21 bo'limga bo'lgan holatda, oddiylikdan murakkablikga tartibida, rasmlar bilan terib chiqilgan kitob. 2017-yil e'lon qilingan bo'lsa ham haligacha deyarli barcha mohirliklardan foydalanish mumkin.

📇 @OfisDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

12 Feb, 05:01


🚀 UI/UX Dizaynni o‘rganishni xohlaysizmi?

🎨 Kreativ bo‘lishni, jahon darajasidagi dizaynlarni yaratishni va yaxshi maoshli ish topishni istaysizmi?

🔹 Boshlang‘ichdan professionalgacha – UI/UX dizaynni noldan boshlab o‘rganasiz!
🔹 Real loyihalar ustida ishlash – Nazariya emas, amaliyot!
🔹 Mentor yordami – Savollaringizga tajribali dizayner javob beradi!

📌 Kurs onlayn o‘tadi, istalgan joydan qatnashishingiz mumkin !

💸 Kurs narxlari : UI/UX kursi kanalida bilib olishingiz mumkin !

👉 Kursga yozilish uchun : Shaxsiyda ma'lumot beraman !

🚀 Kurslar 1-martdan start oladi !

✉️Digital Jobs 💻Product-dsgn ⚡️Flash Jobs

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Feb, 18:49


Word 6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar.
#videodars / #word

ℹ️ Havola - bu biror manzilga bizni olib boradigan yozuv. Internetdagi resurslar havolalar orqali bir-biri bilan bog'langan. Bugungi darsimizda Word dasturida havolalar bilan ishlashni ko'rib chiqdik. Ichki va tashqi havolalar bilan bir qancha amallarni bajarishni amaliy o'rganishga harakat qildik. Dars 9 qismga bo'lingan bo'lib, nasib qilsa videoni to'liq ko'rish orqali Word dasturida havolalar bilan qiyinchiliksiz ishlashni o'rganasiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 14:20 💾: 36.5 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Feb, 15:24


Siz dasturlashni o’rganib, oyiga $500-$3000 daromad qilishga ishonasizmi? Mening yuzlab shogirdlarim buni uddaladi!

Men, 6 yillik tajribaga ega sinior dasturchi Berdiyev Javohir, sizga buni qadam-baqadam TEKINga o’rgatmoqchiman.

Bugun 16-17-fevral kunlari o’tkaziladigan “Dasturlashda 0 dan 1000$ gacha” deb nomlagan ochiq darsimga qo’shiling va barcha sirlarni bilib oling.

🎁 Hozir kanalimizga obuna bo’lganlarga $200 lik chek-list va darslar to’plamini bepul taqdim etamiz. ilk kod yozish va 2025 - yil roodmap darsliklani tekinga olasiz 🥳

👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Feb, 15:00


25 daqiqada 41 funksiyani o'rganamiz!

Excel dasturida ko'p kerak bo'ladigan 41 funksiyani qisqa vaqt ichida o'rganib chiqamiz.

📕 Excel fayllar:
Kitob va qo'llanmalar ➡️ Excel ➡️ 41 funksiya

: 26:07 💾: 101 MB (1080p)

📇 @OfisDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Feb, 13:55


💻 Arabiy kitoblarni xuddi kod yozgandek o‘qing!

📊 - Arab tilidagi matnlarni Excel formulalaridek aniq va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganing!

🎙 - Harflarni tovush sifatlari bilan ChatGPT kabi mukammal talaffuz qiling!

💡 - Nazariya va amaliyotni Word va PowerPoint kabi parallel olib boring!

🔍 - Ustozlik darajasiga yeting va bilimlaringizni “export” qiling!

📍 Online va offline darslar (Toshkent, Chorsu)

👩‍🏫/👨‍🏫 Ayollar va erkaklar uchun alohida guruhlar mavjud

🎁 SUPER BONUS ham mavjud!

⌛️ Kurs davomiyligi: 4 oy

🔥 FAQAT shu kanaldan kelganlarga – 2 oyga 10% chegirma! (akademiyadan keldik deysiz) 🔥

📌 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va bilimingizni “upgrade” qiling!

📞 +998 78 113-12-23
@haris_operator

😎 Valijon Maxmudov: O'zim shu dargohda o'qiyman va shu sababli sizlarga ham qo'rqmay tavsiya qilyapman!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Feb, 11:40


🚀 Excel o‘rganish endi SHART EMAS! ChatGPT hamma ishni bajarib beradi

Endi jadval bilan ishlash juda oson – ChatGPT uchun maxsus kengaytma Excel’dagi barcha vazifalarni bir necha klikda bajaradi!

🔹 Avtomatik tartib – jadvaldagi ma’lumotlarni tartibga soladi.
🔹 Matndan ma’lumot chiqaradi – kerakli raqam va faktlarni ajratib oladi.
🔹 Formulalarni o‘zi yaratadi – murakkab hisob-kitoblarni tez hal qiladi.
🔹 Mutlaqo bepul!

💡 ChatGPT’ni Excel’ga qanday o‘rnatish mumkin?
1️⃣ «Вставка» tugmasini bosing.
2️⃣ «Надстройка» bo‘limiga o‘ting.
3️⃣ Qidiruvga «ChatGPT for Excel» deb yozing.
4️⃣ O‘rnating – va tayyor!

📊 Excel bilan qiynalish tugadi, endi vaqtni boshqa narsalarga sarflash mumkin! 🕵️‍♂️ @kunuzai

KOMPYUTER AKADEMIYASI

10 Feb, 06:25


Windows o'rnatish bo'yicha 1-dars. Windows o'rnatishga oid savol javoblar
#videodars / #windows

ℹ️ Bu darsda windows o'rnatish bo'yicha uchraydigan savol va muammolar haqida gaplashamiz!
📌 Agar Siz windows urishni to'liq o'rganmoqchi bo'lsangiz videoni oxirigacha ko'rishni tavsiya etaman.

▶️ YouTube da ko'rish

: 07:39 💾: 14.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

10 Feb, 06:24


Uzum va Alyona Vladimirskayaning yangi ta’lim loyihasi

Uzum ekotizimi karyera bo‘yicha ekspert Alyona Vladimirskaya bilan birgalikda Uzum Ustoz ta’lim loyihasini ishga tushirmoqda. Bu yosh mutaxassislar va oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari uchun uch oylik karyera boshlash dasturidir. Ishtirokchilar mahsulotlarni boshqarish, biznesni rivojlantirish, sotish va toifaviy menejment bo‘yicha ta’lim olishadi.

💡 Sizni nimalar kutmoqda
— Uzum menejerlaridan ma’ruzalar.
— Ekspertlar bilan birgalikda haqiqiy biznes-keyslar ustida ishlash.
— O‘zbekistonning birinchi IT-yakkashoxi jamoasining bir qismi bo‘lish imkoniyati.

📅 Qachon
Arizalar 10-fevraldan 22-fevralgacha qabul qilinadi.
Oflayn darslar 2-martdan boshlanadi va har hafta yakshanba kuni oflayn formatda o‘tkaziladi.

📝 Qanday qilib a’zo bo‘lish mumkin
Saytda ariza qoldiring, biz siz bilan bog‘lanib, uchrashuvga taklif qilamiz.

🚀 Uzum Ustoz'ga qo‘shiling va O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining kelajagini qurayotgan jamoaning bir qismiga aylaning!

📍 Dastur haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish: sahifa

KOMPYUTER AKADEMIYASI

09 Feb, 15:10


10 daqiqadan soʻng boshlaymiz

Videochat @ks_kursi kanalida boʻlib oʻtadi.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

08 Feb, 15:53


🚀 Kompyuterni o‘rganishda yo‘l qo‘yiladigan TOP xatolar! 🚀

Siz ham kompyuter bilan ishlashda qiyinchilikka duch kelyapsizmi? Harakat qilyapsiz, lekin rivojlanish sekin ketyaptimi? Sababi – ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolar bo‘lishi mumkin!

📌 Ertaga, 20:20 da @ks_kursi kanalida ochiq dars bo‘lib o‘tadi!

💡Unda Siz:
🟣Kompyuterni o‘rganishda yo'l qo'yiladigan xatolarni va ularni yechimlarini ochib beramiz;
🟣Kompyuter va o'zingiz uchun kerakli dasturlarni samarali o'rganish yo'llarini o'rgatamiz;
🟣Dars oxirida esa kompyuterni o'rganish bo'yicha savollaringizga javob beramiz!

📍 Dars manzili: @ks_kursi
📅 Sana: 09.02.2025, soat 20:20

Savolingiz bormi? Ochiq darsda javobini oling!

💻 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

08 Feb, 14:22


2025 yil qaysi dasturlash tilini o'rganish kerak?

1. Dasturlashda qanday yo'nalishlar bor?
2. O'zbekistonda qaysi dasturchilarga ish o'rinlari ko'p va ular qancha maosh olishadi?
3. Qanday o'rganish kerak?
4. Time management va muvaffaqiyatga erishish formulasi
5. Nimadan boshlash kerak?

To'liq videoni quyidagi xavola orqali ko'ring 👇
👉 https://www.youtube.com/watch?v=DNER5Eh2PKM

@QudratAbdurahimov - kanali

Telegram | Instagram | Youtube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

06 Feb, 15:03


Google Sheets. 1-dars. Dastur bilan tanishuv. Excel yaxshimi yoki Sheets?
#videokurs / #videodars / #sheets

ℹ️ Google Sheets'ni internetdagi Excel dasturining alternativi deyishimiz mumkin. Ular o'zaro o'xshash bo'lishsa ham ba'zi joylarida farqlar mavjud va ushbu farqlar har ikki dasturga o'ziga hoslik taqdim etadi.

Ushbu darsimizda sayt bilan tanishamiz va undan nega foydalanishimiz kerakligi haqida ma'lumotlar olamiz!

🎞 YouTube'da ko'rish (FHD)

05:36 💽 19.6MB (1080p)

🎞 Gmail'dan pochta ochish bo'yicha qo'llanma

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

06 Feb, 14:04


IT’shniklar, dasturchilar va raqamli kasb egalari uchun:

👉 Shu telegram kanallarni maslahat beraman.

💰Bu kanallarda o’rtacha o’ylik ish haqi 18,700,000 so’m.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

05 Feb, 15:22


ABBYY FineReader PDF v16

ℹ️ ABBYY FineReader - PDF hujjatlarni boshqa formatlarga tez va sifatli o'tkazishga xizmat qiluvchi alohida dastur. Foydalanish bo'yicha qo'llanma PDF bo'limida mavjud.

Dastur aktivatsiya qilingan, tayyor holatda.

💾: 572.1 MB (.exe)

📇 @OfisDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

05 Feb, 04:04


Assalomu alaykum akademiklar!

Oxirgi paytlar faolligi tushib qolgan, nazoratimizda bo'lgan loyihalarni jonlantirish niyatida edik. Shu loyihalarimiz bo'yicha takliflaringiz bo'lsa eshitishdan xursand bo'lar edik.

⚡️Jonlantirish maqsad qilingan loyihalarimiz:
1. @kompyuter_akademiyasi
2. @ExcelDarsBot
3. @OfisDarsBot
4. si-saytlar.uz

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

04 Feb, 10:56


Microsoft 365'ning oylik to'lovi oshirilibdi. Oshirilishiga sabab qilib ofis dasturlariga Copilot'ni integratsiya qilingani aytilgan.

Keyingi oydan oyiga 72 ming so'mni o'rniga 102 ming to'lab boshlayman.

Microsoft Office'larni alternativlarini izlab ko'ramiz shekilli...

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

03 Feb, 11:21


ЕСЛИМН (IFS) bir yoki bir nechta shartlarni sinab ko'radi va birinchi ИСТИНА (rost) sharti uchun qiymatni aniqlaydi. Ushbu funksiyadan bir nechta ЕСЛИ funksiyasi bilan foydalanilishi mumkin.

=ЕСЛИМН(mantiqiy_ifoda1; qiymat_rost_bo’lsa1; [mantiqiy_ifoda2; qiymat_rost_bo’lsa2;] ... [mantiqiy_ifoda127; qiymat_rost_bo’lsa127;])

Mantiqiy ifoda1 (zarur argument) - ИСТИНА yoki ЛОЖЬ (yolg’on) qiymatini qabul qiluvchi shart;

Qiymat rost bo’lsa1 (zarur argument) - tegishli shart rost bo'lsa, natija ko’rsatiladi;

Mantiqiy ifoda2 ... Mantiqiy ifoda127 (ixtiyoriy argument) - ИСТИНА yoki ЛОЖЬ qiymatini qabul qiluvchi shart;

Qiymat rost bo’lsa1 ... Qiymat rost bo’lsa127 (ixtiyoriy argument) - tegishli shart rost bo'lsa, natija ko’rsatiladi, agar har bir qiymat “Qiymat rost bo’lsa” argumenti “Mantiqiy ifoda” shartiga mos kelsa.

Formulaning qanday ishlashiga misol yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan. ©Excel24bot

@ExcelDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

01 Feb, 13:51


Nomzodlardan nimalarni soʻrar edingiz?

Bir kuni hayolimga "men biror kompaniyani HR yoki rahbari bo'lsam va meni kompaniyamga ishga kirmoqchi bo'lganlar bilan suhbat qilish paytida ularning qanday xodim ekanligini qanday aniqlasam bo'lar ekan?" deb o'ylab qoldim. Ishga kirmoqchi bo'lganlarni 2 guruhga bo'ladigan bo'lsak: oldin ishlagan (tajribasi borlar) va o'qishni endi bitirganlar (hali hech qayerda ishlamagan). Ularni ichidan ishlaganlarni qilgan ishlari va tajribasi asosida oson filtrlash mumkin deb o'yladim va ishga kirishga talabalar kelsa qanday savol-javob qilishim kerak deb o'yladim.

O'zim ham 6 yil OTM'da o'qiganim uchun o'zim va kursdoshlarim ichida vaqtidan unumli foydalangan, o'z ustida ishlagan va umuman aytganda borayotgan ishiga tez kirishib, o'rganib ketish ehtimoli bo'lgan insonlarni bir qancha omillar orqali ajratib olish mumkin deb o'yladim.

Agar men kompaniya ochsam yoki qaysidir kompaniyaga talabalarni ishga olishda suhbat qilishim kerak bo'lsa quyidagi savollarni berib, ular haqida imkon qadar to'g'ri va to'liqroq xulosa chiqarishga harakat qilardim:

1. Suhbatga kelgan talabani diplomini chekkaga qo'yib (qizil, tilla rangda bo'lsa ham), o'qishda nimalarni o'rganganlarini qisqacha aytib berishini so'rar edim. Shu orqali haqiqatdan o'qish payti sohasini o'qigani haqida tushuncha hosil qilardim.

2. OTM'dan tashqari qayerlarda va nimalarni o'qiganini so'rar edim. Udemy, YouTube'da o'zini sohasi yoki boshqa qiziqqan sohasi bo'yicha biror kursni mustaqil o'qiganmi? Kurslarga qatnashganmi? Umuman bekor vaqtini qanday o'tkazganiga qiziqar edim. Bu jihat men uchun qiziq, chunki ish payti ham bo'sh vaqt bo'lganda yangi ishchi instagram ko'rib o'tirganidan ko'ra ish yoki kelajakda o'ziga kerak bo'ladigan biror nima bilan shug'ullanishi ancha foydaliroq.

Hozircha hayolimga kelgan savollar shular, balki kompaniya ochgunimcha yana savollarim paydo bo'lar )

Siz kelgan nomzodlardan nimalarni so'ragan bo'lar edingiz?

@Maxmudovning_tajribasi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

30 Jan, 13:43


O‘zingizga zarur hujjatni toping va xatolarsiz to‘ldiring!
#manba / #e_gov

🆘 YurXizmat - kerakli hujjatlarni saytni o'zida tayyorlab, yuklab olishingiz mumkin.

🌐 Havola: https://yurxizmat.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

28 Jan, 02:07


Talabalarga tajribali talabadan tavsiyalar!
#tavsiya

🎓 2015-yil Toshkentdagi Irrigatsiyaga grant asosida oʻqishga kirganman va 2021-yil magistraturani ham grant asosida oʻqib tugatgandim. 6 yil talaba boʻlish baxtiga erishgan talabalardan biri sifatida oʻzimni tajriba va xulosalarimdan hozirda talaba boʻlib yurgan akademiklarga ulashmoqchi edim.

• "Ishga kimdir olib kirib qoʻyadi" deb bemalol boʻlmang, hozir zamon juda tez oʻzgaryapti, sizga ish beraman degan odam siz oʻqishni bitirgunizcha oʻzi ishsiz qolishi mumkin.

Baho uchun oʻqimang! Ishga kirishda yoki hayotda oʻz oʻrniningizni topishingizda diplomingizni rangi qizil yoki tillarang ekanligini ahamiyati yoʻq.

• Faqat oʻqish bilan cheklanib qolmang. Oʻqishdan tashqari oʻqiyotgan sohangizga oid ishda tekinga boʻlsa ham ishlang, tajriba olasiz. Yoki IT va shunga oʻxshash sohada qoʻshimcha biror hunarni egallang, zarar qilmaydi.

• Biror xorijiy tilni oʻrganing. Uyingizdan farqli ravishda oʻqish joyingiz shahar markazida boʻladi. Shaharlarda esa oʻquv markazlari yetarlicha. Hech boʻlmaganda ingliz tilini oʻrganib qoʻyavering, qachondir albatta foydasi tegadi.

• Talaba boʻldim deb koʻnglingizga kelgan narsalarni qilib, turli rasvo ishlarga aralashib qolmang. Qilayotgan ishingizni yaxshi yoki yomonligini osonlik bilan aniqlashni imkoni bor: "Qilayotgan ishim haqida ota-onamga bemalol, maqtanib aytib berolamanmi?" deb oʻzizga savol bering.

• Hech boʻlmasa talabalik paytida kompyuterni oʻrganib qoʻying. Bu yogʻiga endi hamma narsa kompyuter orqali boʻladi. Katta tashkilotlarda ishlovchilar ham hozirda Excel'ni bilishmasligi uyat deb oʻylayman. Oʻzim ham oʻqishga kirgandan keyin kompyuterni oʻrganishni boshlagandim, hali ham oʻrganyapman ).

• 4 yil ichida qandaydir ijobiy oʻzgarishga erishing. Oʻqishga ketgan paytingiz ota-onangiz hammaga "Oʻgʻlim yoki qizim oʻqishga kirdi. 4-5 yildan keyin zoʻr boʻlib qaytadi" deb maqtanishadi. Siz esa oʻqishdan qoʻlizda karton qogʻozi bilan, miya esa eski holatda kelishdan uyaling. Hech boʻlmasa oilangiz uchun ijobiy oʻzgarishga harakat qiling!

Sizni chalgʻituvchi har qanday narsa va insonlardan keching! Instagram katta ehtimol bilan faqat bekorchilik uchun kerak (agar tirikchilik shundan boʻlsa tushunsa boʻladi), bekorchi doʻstlar ham kerak emas, ular sizni oldinga emas orqaga ketishingizga "ko'maklashadi".

• Talabalik paytida xato qilish, oʻrganish mumkin. Ertaga ishga kirganda xato qilishingiz "o'z xohishingiz bilan ariza" yozishingiz bilan tugashi mumkin. Shunday ekan talabalik davridan maksimal foydalaning.

• Kunduzgi, kechki yoki sirtqi oʻqishingizdan qatʼiy nazar yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling!

Bunday tavsiyalarni minglab yozishim mumkin, lekin dono insonga 2 ta gap ham yetarli boʻladi. Avvalo bir oʻtirib oʻzingiz bilan gaplashib oling: Nega dunyoga keldingiz? Nima missiyangiz bor? Oʻqishga kirib, kelajakda qaysi kasb egasi boʻlmoqchisiz? Yana qanday qoʻshimcha kasblar (aytaylik IT'dan) ni egallasangiz boʻladi? va h.k

🚪 Agar mendan qandaydir maslahat kerak boʻlsa eshigim doimo ochiq: @wmteam95

👉 Tajribalarimni ulashadigan kanalim: @Maxmudovning_tajribasi

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

27 Jan, 14:19


🚀 [BEPUL] Dasturlash sohasida 1000$ daromadga chiqishni istaganlar diqqatiga!

Men Senior dasturchi Azizbek Khabibullaev hozirda Amerikaning Luxiomer va Yevropaning Widemind kompaniyalarida ishlab kelaman.

30-31-yanvar soat 20:30'da "Dasturlashda 1000$ daromadgacha" nomli mutloq BEPUL onlayn dars tashkil qilyapman.

Havolani bosib yopiq kanalga ulanishga ulguring chunki atigi 31% BEPUL joylar qoldi

👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish

KOMPYUTER AKADEMIYASI

27 Jan, 07:28


Kursimizga Makroslar bo'yicha mini-kurs qo'shildi!

Ushbu videoda makroslar bo'yicha nazariya, tayyor makroslarni ishlatish, makroslarni yozish orqali tayyorlash va ChatGPT'ga 0 dan makros yozdirish kabi jihatlar ko'rsatilgan.

🔜 Endi yozadigan darslarimiz:
• AppSheet'da ilk dasturni yozish
• Google Forms bo'yicha to'liq qo'llanma

💻 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

26 Jan, 11:44


Tayyor makroslar mavjud 6 sayt
#manba / #excel / #makros

ℹ️ Makros - bu Excelda vazifalarni avtomatlashtirish va takroriy amallarni bajarish uchun ishlatiladigan Visual Basic for Applications (VBA) dasturlash tilida yozilgan ko'rsatmalar va buyruqlar to'plamidir.

🌐 Quyidagi saytlardan tayyor makroslarni topishingiz mumkin:
• akademia-excel.ru
• excel-vba.ru
• planetaexcel.ru
• excelvba.ru
• vremya-ne-zhdet.ru
• savodxon.uz (kirill 🟡 lotin)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
💬Telegram I📺YouTube I📱Insta I📹TikTok

KOMPYUTER AKADEMIYASI

26 Jan, 10:59


🔴 Янги гурух учун 0 дан дарслар бошланади

🥇 𝐓𝐑𝐀𝐃𝐈𝐍𝐆 сохасига қизиқганлар учун!

𝐎𝐧𝐥𝐢𝐧𝐞
𝐎𝐟𝐟𝐥𝐢𝐧𝐞
𝐈𝐧𝐝𝐢𝐯𝐢𝐝𝐮𝐚𝐥

🗓Курс давомийлиги: 1-1.5 ой
📚16 та дарс + стратегиялар
🌐 Стратегиялар китоби совға

Дарс йўқ кунлари амалиёт қилишлари мумкин офисда.

Ўқиш даврини ўзида хам, даромадга олиб киришга ёрдам берамиз.

🍇 Муддатли тўлов мавжуд

😀Энг яхши ўқувчимизга ноутбук совға қилинади.

✈️@Abdurauf_0690 телеграм✍️
📞+998946228899
📞+998950548899

🟠 Бизнинг ижтимоий тармоқлар 🟠

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Jan, 03:54


Excel dasturini o'rganib, ko'proq funksiyalarni o'rganishni maqsad qilganlar uchun ancha oldin chiqarilgan bepul kursimizni tavsiya qilmoqchiman:
👉 "Excel - formula ustasi" bepul kursi

Agar kompyuterni to'liq o'rganishni niyat qilgan bo'lsangiz Kompyuter Savodxonligi kursimizni o'qishingizni tavsiya qilaman.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Jan, 03:10


Kerakli ma'lumotni oson ajratib olamiz!
#excel / #yechim

ℹ️ Ushbu videoda JSHSHIR'dan tug'ilgan sanani osonlik bilan ajratib olishni ko'rib chiqamiz.

Ushbu funksiyani boshqa vaziyatlarda ham ishlatishingiz mumkin.

🎞 Videoni ko'rish

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Jan, 16:59


Bepul dasturlarning katta jamlanmasi
#dastur / ©️@pcTeapot

ℹ️ Axoraks jamoasi Windows, macOS va Linux uchun bepul dasturlar ro'yxatini tayyorladi. Dasturlar tavsiflari va yuklab olish havolalari bilan toifalarga bo'lingan.

Bu roʻyxat audio va grafiklardan tortib, ishlab chiqish va xavfsizlikka qadar turli xil vositalarini oʻz ichiga oladi. Barcha ilovalar xavfsiz va viruslar haqida qayg'urishga hojat yo'q.

Ro'yxat GitHub da mavjud va muntazam yangilanadi: yangi ilovalar qo'shiladi va eskirganlari o'chiriladi.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Jan, 10:50


Microsoft yangi fon rasmlarini chiqardi!

ℹ️ Microsoft yumshoq gul naqshlari va organik shakllardan ilhomlangan Windows uchun Fluid Textures (suyuq tekstura) deb nomlangan yangi fon rasmlari to'plamini chiqardi.

3D-rassom Georgiy Stoyanov bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu fon rasmi qorong'u va yengil mavzuli versiyalarda mavjud. To'plam 2025 yilda ish stolini yangilashni maqsad qilgan.

➡️ Rasmlarni yuklash (arxiv) 89.8 MB

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

16 Jan, 05:30


Kompyuter Savodxonligi kursimizda PDF va boshqa hujjatlar bilan ishlash bo'yicha darslarimiz borligini ham eslatib qo'yay 😉.

👉 @ks_kursi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

15 Jan, 13:59


🎟 Talab yuqori bo‘lgan kasb olamiga bepul chipta

Kiberxavfsizlik — bu nafaqat ma’lumotlarni himoya qilish, balki eng yuqori maoshli sohalardan birida barqaror daromaddir.

🗓 Qachon: 18-yanvar (shanba)
🕚 Vaqt: 11:00
📍 Qaerda: DiHunter oquv markazi, Bozbozor ko‘chasi, 48


Bepul darsda bilib olasiz:
🚀 Kiberxavfsizlik yo‘lini nimadan boshlash kerak
🛡 Talab yuqori bo‘lgan mutaxassis bo‘lish uchun qanday ko‘nikmalar zarur
🍀 Munosib daromadga tezroq erishish yo‘llari

💬 Joylar cheklangan! Ro‘yxatdan o‘tish uchun DiHunter kanalda "+" qoldiring

KOMPYUTER AKADEMIYASI

13 Jan, 14:24


👋 Assalomu alaykum hammaga!

Ertangi bayram munosabati bilan kurslarimizni istalgan tarifini 14% chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Chegirma faqat 14-yanvar kuni amal qiladi.

🛍 Chegirma bilan narxlar:
Mustaqil 150 ming soʻm 129 ming soʻm
Sinov+ 200 ming soʻm 172 ming soʻm
Ustoz+ 300 ming soʻm 258 ming soʻm

😉 Bir marotaba toʻlang, yillar davomida foydalaning!

⚠️ Eslatma: 15-yanvardan narxlar oshiriladi.

👨‍🏫 Murojaat uchun @wmteam95 ga yozing.

💻 Kompyuterni professionallardan oʻrganing!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

13 Jan, 10:55


Excel dasturida qaysi tugmalar kombinatsiyasi orqali Лист'lar orasida oson harakatlanish mumkin?

KOMPYUTER AKADEMIYASI

12 Jan, 06:03


Ish yoki o'qishdagi ishlar uchun qulay infografika yasashga ko'mak beruvchi sayt
#manba / ©️@javascriptv

ℹ️ Bugun tanishadigan saytimizning o'ziga hos hususiyatlari:
- Intuitiv interfeys: shunchaki ma'lumotlaringizni yuklang va tizim siz uchun barcha ishni bajaradi.
- Shablonlarning ulkan kutubxonasi: ro'yxatlardan tortib mind xaritalari, savol-javoblar diagrammasi va oilaviy daraxtlargacha.
- Kompyuter va planshetlarda brauzer orqali onlayn rejimda mavjud.
- Tayyor grafiklarni osongina JPEG, PDF, PNG yoki SVG sifatida eksport qilish yoki havola orqali ulashish mumkin.
- To'liq bepul!

👉 https://infografix.app/app/

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Jan, 15:22


Toʻgʻri javob: 042

Sababini mana bu videoda tushuntirilgan. Video rus tilida.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Jan, 09:09


⌨️ Python dasturlash tilini o'rganmoqchilar uchun kitob

Akademiklar ichida Python dasturlash tilini o'rganish niyatida bo'lganlar bo'lsa o'zim ancha vaqt oldin olgan va deyarli ochib ham qaramagan kitobimni sotmoqchiman. Kitob ustoz Anvar aka tomonidan tayyorlangan. Hozirda o'zim Full Stack Python kursini o'qiyotganim uchun ham bu qo'llanmadan foydalanmasam kerak deb sotishga qaror qildim.

🚫 Kitob sotildi!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

10 Jan, 12:17


Mantiqiy fikrlash uchun mashq
#mantiqiy_mashq / ©️Manba

⚠️ Mustaqil (biror joydan izlamay) ishlab ko'ring. Javobingizni izohda yozib qoldiring.

Shunday mashqlar ko'proq bo'lishini istasangiz izohda + qoldiring.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

10 Jan, 03:45


Aqlli odam bo'sh vaqtidan unumli foydalanadi!
#tavsiya / ©️ Manba

• Talaba bo'lsa "bir amallab 3 para darsimni tugatdim, endi borib mazza qilib uxlayman" demaydi, kutubxonaga kirib kelajakda o'ziga kerak bo'ladigan soha bo'yicha izlanadi, bir nimalar o'rganadi (yoshlikda mehnat qilib, qarilikda rohat ko'rishga intiladi);

• Ishlaydigan insonlarning ishida bo'shroq vaqti bo'lsa intsgram titibo'tirmaydi, ishi yoki keyinchalik o'zi uchun kerak bo'ladigan ko'nikmalarni o'rganish bilan band bo'ladi (masalan, kompyuterni yaxshiroq o'rganadi);

Qaysidir soha vakili yoki vaqtincha ishsiz (uy bekasi) bo'lsa ham aqlli odam bo'sh vaqtini shunchaki ishlatib yubormaydi. U biladi bo'sh vaqt bu sizga berilgan bir ne'mat, chunki qaysidir insonlarni umuman bo'sh vaqti bo'lmaydi.

O'zingizni bekorchilik va bekorchi narsalardan saqlang, qiladigan ishlaringiz ko'pligini o'zingiz bilasiz. Agar aniq maqsadingiz bo'lmasa bilingki siz shunchaki "o'lib qolmaslik uchun yashayotgan hayvon" kabisiz. Chunki faqat hayvonlarni dardi ovqat yeyish va uxlashdir. Inson esa bu dunyoga shunchaki yashab ketishi uchun kelmagan. Ayyom muborak bo'lsin!

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

09 Jan, 04:26


Guruhimiz yangi ko'rinishda!

ℹ️ Kanal va guruhimizni ajratganimizdan so'ng @k_a_chat guruhimizni bir qancha mavzularga ajratdik. Bundan maqsad savol beruvchi mos joyga savolini yozishi, javob beruvchi ham o'zi istagan mavzu bo'yicha savollarga javob berish imkoniyatini yaratish edi.

👉 Guruhimiz havolasi: @k_a_chat

⚠️ Diqqat!
Savollarni kanalga ulangan guruhga yozmang! Kanalga ulangan guruh kanalga tegishli postlar bo'yicha fikr bildirish uchunligini unutmang.

• @k_a_chat ga savol yozishdan oldin savolingiz bo'yicha kanaldan bir izlanib ko'ring, aytaylik, sizga word 2016 kerak bo'lsa kanaldan office yoki 2016 deb izlab ko'ring. Katta ehtimol bilan sizga kerak narsa kanalda allaqachon mavjud, bo'lmasa guruhga bemalol yozavering.

• Guruhda ham savollaringizga adminlar yoki boshqa kimdir javob berishga majbur emasligini unutmang! Adminlarni asosiy vazifasi tartibga qarashdir. Juda shoshilinch javob kerak bo'lsa ChatGPT.com ga yozing (rasmlarni ham so'rasangiz javob beradi, o'zbekcha ham biladi).

• @k_a_chat'ga savol yozishda mos joyga yozing (word'ga tegishli savolni Windows o'rnatish joyiga yozish noto'g'ri). Agar qaysi mavzuga mos ekanligini bilmasangiz yoki sizga kerakli mavzu bo'lmasa General'ga yozavering.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

07 Jan, 07:36


👨🏻‍💻 Kompyuter qarshisida ko'p o'tiradiganlar diqqatiga!

🌞 Kunduzi yorug' va quyosh nurlari bo'lgani uchun kompyuterdan chiqayotgan zararli "ko'k nur" ko'zlarimizga unchalik yomon ta'sir o'tkaza olmaydi, lekin tunda quyosh bo'lmaydi va bu kompyuterda tunda ham ishlovchilar ko'zlari uchun yaxshi emas.

🛡 f.lux dasturi kompyuterdan chiqayotgan zararli "ko'k nur"dan ko'zingizni himoya qiladigan foydali dastur bo'lib, u ekraningizni tunda iliq holatga keltiradi va hatto, uxlashingizni yaxshilashga ham xizmat qiladi.

🌐 Dastur sayti: yuklab olish

👉 Bizning barcha loyihalar | #foydali

KOMPYUTER AKADEMIYASI

07 Jan, 06:59


📢 UEnter 3D texnologiyalardan foydalanish bo'yicha intensiv treningga navbatdagi qabulni e'lon qiladi.

💡Trening 3D ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha dasturlarni qo‘llash bo‘yicha nazariy qismni va 3D-printerlar, 3D-skanerlar, 3D-ruchkalar va boshqa innovatsion vositalarni ishlatish bo'yicha amaliy qismni o‘z ichiga oladi.

Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan.

Dastur bilan tanishish.

Ishtirok etish uchun ariza yuborish.

🗓 Sana: 2024-yil 11-yanvar
⏱️ Vaqt: 14:00-16:00
🌐 Til: o'zbek
📍 Manzil: UEnter

@uenteruz

Telegram | Instagram | Facebook | Website

KOMPYUTER AKADEMIYASI

06 Jan, 06:51


IT sohasiga endi kirib kelayotganlar hamma narsani Google, YouTube va ChatGPT'dan olishlari mumkin, lekin bir narsani internetdan topish qiyin. Bu esa tajribadir!

2020-yildan beri o'zining loyihalari orqali ko'pchilikka ilm ulashishga intilayotgan Valijon Maxmudovning kanalida esa shu kunga qadar olingan tajribalarni kuzatib borishingiz mumkin.

Birovning xatosidan ibrat olish dononi ishi: @Maxmudovning_tajribasi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

04 Jan, 11:33


Anchadan beri ishlatayotgan bepul dasturlarim
#dastur / #nocrack

🛒 Ilgari torrent fayllarini uTorrent ning crack versiyasidan yuklar edim, keyin ba'zi sabablarga ko'ra undan voz kechdim. Anchadan beri qBittorrent'dan foydalanyapman.

🛡 Anchadan beri antivirus ishlatmayman, lekin ishlatish kerak bo'lsa Windows Defender yetadi. O'zi antivirusni crack versiyasini "qo'ylarni bo'riga ishonib tashlab ketishdek" gap. Free antiviruslar esa yoki yaxshi emas, yoki juda kam.

📚 Arxiv fayllar bilan ishlash uchun azaldan WinRAR'ni ishlatar edim, u paytlar crack ishlatar edim. Yaqindan boshlab rasmiy versiyasini ishlatib boshladim. Bitta yoqimsiz joyi har safar dasturni ochganda "Sotib ol" degan xabar chiqishi, agar bu yoqmasa 7zip'dan foydalansa ham bo'ladi.

💿 Fleshkaga Windows'ni UltraISO'da yozmaganimga ham ancha bo'lib qoldi. Rufus bilan MBR, GPT kabi muammolarga uchrash ehtimoli juda kamaydi.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

02 Jan, 17:08


Shuncha makroslar bilan qilolmagan ishim Microsoft 365'ni Excel'ida tayyor turibdi ekan 😳.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

02 Jan, 15:31


Xayr Aktivatsiya! Endi Microsoft 365 ishlatamiz!
#dastur / #ofis / #nocrack

ℹ️ Guruhimizdagi top savollardan biri ofis dasturini aktivatsiya qilish haqida. Aslini olganda ofis qimmat dastur emas va bir qancha qulayliklari mavjud.

😎 Bugun Microsoft 365 ga oylik obunani sotib oldim, oyiga 72 ming so'm to'layman va barcha ofis dasturlari (tepada rasmda hammasi berilgan) bilan birgalikda montaj uchun dasturga ham ega bo'laman. Eng asosiysi crack dasturlardan qutulishga ilk qadam tashladim. Sizlarga ham tavsiya qilaman. Agar 72 ming/oyiga qiyinlik qilsa bir nechta kishi birgalikda oila uchun tarifidan ham olib ko'rilsa bo'ladi.

🎞 Microsoft 365'ni o'rnatish va obuna xarid qilish bo'yicha mini kursni kursimizga qo'shib qo'ydik. Endi navbatdagi mavzular bo'yicha videolar yozishga harakat qilamiz:
• Microsoft 365 xarid qilish
• AppSheet bo'yicha ilk dastur
• Makroslar
• Google Forms bo'yicha to'liq qo'llanma

📌 Xa aytgancha crack dasturlardan qutulish bo'yicha qilingan ishlarni #nocrack deb belgilab ketaman, ko'ramiz yil oxirigacha qanchasidan qutular ekanmiz 😉.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

31 Dec, 12:17


Yil sarhisobi va kelajakdagi rejalar

• 2024-yil KA uchun juda passiv yillardan biri boʻldi. Olamshumul kontentlar bilan sizlarni xursand qilolmadik 😔;

Kompyuter savodxonligi boʻyicha kursimizni toʻliq tugatib, kurs haqida anchagina ijobiy fikrlar eshitishga ham ulgurdik;

2025-yil uchun rejalar:
• Yangi, katta YouTube kanal ochish va oʻzim shu kungacha oʻrgangan va oʻrganadigan ilmlarni ulashish (AutoCAD, AppSheet va h.k.);

• Kompyuter savodxonligi kursimizni yanada jonlantirish, Ustoz+ tarifidagi oʻquvchilarni natijaga chiqishlariga koʻmaklashish. Musobaqalar oʻtkazishimiz ham kerak.

Crack dasturlardan qutulishni oʻrganamiz. Buning uchun pul toʻlab ishlatish yoki bepul alternativlaridan foydalanishni birgalikda oʻrganamiz.

Bu kanalimizga oid jihatlar edi, oʻzimga tegishli sarhisobni @Maxmudovning_tajribasi kanalida keyinroq yozamiz.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

31 Dec, 02:34


2024-yil yakuni... (2023-yil yakuni)

😎 Barchangizga rahmat akademiklar!

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

27 Dec, 05:09


Windows uchun Google'dan rasmiy Android emulatori
#dastur / ©️@pcTeapot

⭐️ Google Play Games - bu kompyuter uchun Google kompaniyasining rasmiy emulyatori boʻlib, u Windows-da Android oʻyinlarini ishlatish imkonini beradi.

Uni o'rnatish uchun sizda virtualizatsiya yoqilgan bo'lishi, Windows 10 2004 yoki undan yuqori versiyalari o'rnatilgan va kamida 8 GB operativ xotira bo'lishi kerak. Virtual mashina platformasini yoqishingiz ham kerak bo'lishi mumkin. Buning uchun WIN + R tugmalarini bosib, appwiz.cpl ni bajaring. Chapda Включение или отключение компонентов Windows ni tanlang va Virtual Machine Platform ni belgilang.

Emulyatorni o'rnatish va ishga tushirgandan so'ng, sizdan USB orqali nosozliklarni tuzatishga ruxsat berish so'raladi. Bundan tashqari, Google pochtangizga kirishingiz kerak bo'ladi. O'yinlarni o'rnatish Play Market yordamida smartfonda bo'lgani kabi amalga oshiriladi.

😎 V.M.: O'zim o'rnatib ko'rdim. Play market kabi ochilyapti, lekin hozirda faqat o'yinlarni yuklash mumkin ekan. Dastur ishlashi davomida CPU'ni qiynayapti. Menimcha dastur rivojlanib olgunicha biroz kutganimiz yaxshi. Istasangiz o'zingiz ham bir ishlatib ko'ring.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

26 Dec, 13:57


Rasmga qarang va quyidagi testni yeching 👇

KOMPYUTER AKADEMIYASI

26 Dec, 09:56


Ilk mikrofonimni sotaman: HyperX Solocast

Ushbu mikrofonni 2022-yil 10-iyunda sotib olgan edim. Shu paytga qadar birorta kamchilik kuzatilmagan, faqatgina o'zini kabelini (Type-C & USB edi) yo'qotganim sababli alohida kabel (Type-C & Type-C) olganman. Videosini izohga joylayman.

Sotishimga sabab esa yaqinda buni akasini olganim. Podkast, strim va boshqa sohalarda ishlatsangiz bo'ladi.

🚫 Sotildi!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

25 Dec, 16:40


Word va PDF hujjatlarni kitobcha shaklida chop etish
#videodars / #print

ℹ️ Istalgan turdagi hujjatlarni kitobcha shaklida chiqarish uchun Kitob Print degan dasturdan foydalanish juda qulay hisoblanadi. Dasturning asosiy vazifasi kitobcha holatda kelishi uchun qaysi ketma-ketlikda hujjat sahifalarini chop etishni hisoblab berish. Bugungi darsimizda Word va Pdf hujjatlarni kitobcha shaklida chop etish, chop etishda kuzatiladigan muammolar haqida gaplashamiz.

Kerakli dastur va darslar:
Kitob Print I Foxit PDF Reader

• PDF ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali)
• PDF sahifalarni birlashtirish

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 11:20 💾: 29.5 mb (360p)

📌 Mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar:
• Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli!
• Kompyuterga istalgan printerni ulash/o'rnatishni o'rganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh

KOMPYUTER AKADEMIYASI

25 Dec, 15:21


🔈 Eski yilda ochilgan guruhlar sotib olaman guruhni odamlari bo'lishi shart emas 💯.

2023 = 20 ming soʻm

2022 = 35 ming soʻm

2021 = 40 ming soʻm

2020 = 50 ming soʻm

2019 = 55 ming soʻm


⭐️ADMIN: @dima29599

Agar sizda guruh boʻsa yozing

KOMPYUTER AKADEMIYASI

24 Dec, 13:01


Mana shu iltimos bilan kursimizni xarid qilgan insonlarni bezovta qildik va barchalaridan kursimiz haqida iliq fikrlar va biz uchun foydali takliflarni eshitdik.

Bizga ishonch bildirganlarga tashakkur aytamiz va biz uchun eng asosiy maqsad sizning ishonchingizni oqlash ekanligini aytib qo'ymoqchiman.

🗯 Kursimizni xarid qilishga ikkilanayotganlar yoki savollari borlar bemalol tekinga konsultatsiyani ustozdan olishingiz mumkin: @wmteam95

O'quvchilarimizni fikrlarini izohga joylab ketaman, bemalol ko'rib chiqishingiz mumkin 😉.

💻 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

24 Dec, 03:19


Kompyuter xarid qilish va narxlari bo'yicha eʼlon qilingan postlar!
#xarid

📔 Umumiy maʼlumotlar:

• Kompyuter sotib olish bo'yicha to'liq qo'llanma!

• Kompyuter (noutbuk) narxlari

🎯 Soha va yo'nalishlar bo'yicha:

• O'qituvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar

• Talaba va o'quvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar

• “Игровой” kompyuter qanday tanlanadi? “Игровой” kompyuter narxlari. “Игровой” kompyuter yoki noutbuk?

• Dasturlash uchun qanday kompyuter kerak? Dasturchilar uchun kompyuter tanlaymiz!

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

❗️Vaqt o'tgan bo'lsa ham kompyuter tanlash metodi o'zgarmagan, keltirilgan narxlar hozirda qimmatroq yoki arzonroq bo'lishi mumkin. Lekin siz o'zingizga nima kerakligini bilsangiz qolgani oson kechadi!

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Dec, 08:04


Doimo osonroq yechimni izlang
#tavsiya

ℹ️ Qaysidir aka kompaniyamga dangasalarni olaman, chunki ular innovatsiyaga sababchi bo'lishadi degan edi. Men ham shu fikrga qo'shilaman. Aytilgan vazifani soatlar indamay qiladigan ishchidan ko'ra, bir xillikdan zerikib, natijaga erishishni qandaydir osonroq yo'li bo'lishi kerak deb izlanadigan ishchini kompaniyaga foydasi ko'proq tegadi. Shu sababli ham yerni hozirda ketmonda emas ekskavatorlarni qaziyapmiz!

Biror ishni qilishingizda sizning ko'p vaqtingizni olsa yoki monaton (doimiy takrorlanuvchi) vazifalar bo'lsa ularni osonlashtirish uchun yechimlar izlashdan qo'rqmang. Bundan zerikarli ishlar Excel'da bo'lsa makroslar, Sheets'da bo'lsa AppScript, dasturlashni bilmasangiz no-code yoki kontruksiya saytlar yordam beradi. Muammoni yechimini esa ChatGPT'ga aytib oson yo'lini topishingiz mumkin.

⚠️ Istalgan davr va korxonalarda aytilgan vazifalarni qullardek qiladiganlar emas, Alloh bergan miyasini ishlatadiganlar qadrlangan. Sizning imkoniyatlaringiz cheksiz, o'zingizga past baho bermang!

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

22 Dec, 16:37


Valijon Maxmudovning bloglari:

💼 @KA_Projects - shu kunga qadar yuritayotgan loyihalarimiz haqida ma'lumotlar va tajribalar.

👨‍🏫 @VMBlogi - KA asoschisi Maxmudov Valijonning shaxsiy blogi.

⭐️ @Maxmudovning_tajribasi - IT sohasidagi va hayotiy tajribalarimni ulashib boraman.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Dec, 18:48


Hamma narsa tayyor!

Alhamdulillah ancha vaqtdan beri niyat qilib yurgan mikrofonga erishdik, endi esa bitta katta YouTube kanal ochib Sizlar uchun foydali bo'ladigan bilimlarni ulashishga ko'proq kuch sarflashga harakat qilamiz. Siz duolaringizda bizni eslab tursangiz bo'lgani.

Mikrofonni Radius Qorasuv'dan 1 140 000 so'mga oldim. O'zi 1.8 mln sarflasam kerak deb yurgan joyimda Alloh nasib qilib osonroq erishtirdi.

@ka_rasmiy

KOMPYUTER AKADEMIYASI

20 Dec, 14:16


Internet Download Manager va Download Master dasturlarini o'rnatish
#gif / #internet

ℹ️ Internetdan fayl yuklashni osonlashtirish va tezlashtirish uchun mo'ljallangan dasturlarni o'rnatishni o'rganamiz. Bu dasturlar yordamida turli saytlardan videolarni yuklashimiz, yuklash jarayonini tartibli va tezlashtirishimiz mumkin.

🔰Dasturlarni yuklash:
• Internet Download Manager
• Download Master

Sizga qaysi biri yoqadi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

20 Dec, 09:59


🚀 IT sohasida yuqori maoshli ish topish uchun @itcloz kanalni tavsiya qilaman.

Kanaldagi o'rtacha oylik 37,700,000 so'm.

Yuqori maoshli ishlarni o'tkazib yubormay desangiz @itcloz 'ga obuna bo'ling

KOMPYUTER AKADEMIYASI

20 Dec, 07:42


Kompyuterni yoqdim nima qilay endi?

♻️ Raqamli asrning talabasi, ota-onasi, rahbari va o'qituvchisi bo'lib turib bu savolni berish uyatda endi.

''Kompyuter savodxonligi'' kursimizdagi Mustaqil, Sinov+, Ustoz+ ta'riflari asosida 4 yillik tajribaga ega ustoz bilan qanday qilib
— Kompyuterda,
— Microsoft Wordda,
— Microsoft Excelda,
— Google doc, sheet'da,
— Media,
— PDF, taqdimot va elektron hujjatlarda ishlashni, xullas ''Men kompyuterni to'liq bilaman'' degan vaqtingizgacha o'rganing. Sizning bo'sh vaqtingizni inobatga olib darsliklarni uzoq muddatgacha saqlaymiz.

💥 Ha aytgancha, to'lagan pulingizni chiqarib olishingiz uchun amaliy, pul mukofoti beriladigan musobaqalar oʻtkaziladi.

🎁 Juma kuni 10% chegirma mavjud!

📲 Kursga yozilish uchun @wmteam95
➡️ Ta'riflar haqida batafsil ma'lumot

🖥 kompyuter-savodxonligi.uz

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Dec, 06:04


PDF hujjatni himoyalash

ℹ️ PDF hujjatlarni ochish, nusxalash, tahrirlash va chop etishlardan himoyalash juda katta bilim talab etmaydi. Buning uchun onlayn, servis saytlardan foydalansak ham bo'ladi.

🌐 Ishlatilgan sayt: Protect PDF

📇 @OfisDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

16 Dec, 12:26


Nima deysizlar ushbu loyihaga kuch beramizmi yoki befoyda deb oʻylaysizmi?

KOMPYUTER AKADEMIYASI

16 Dec, 06:00


Telegramda loyiha yuritishga qiziquvchilar uchun ajoyib imkoniyat!

🤖 @ExcelDarsBot loyihamizni sotuvga qo'ymoqchiman, loyiha yuritish va daromad olish niyatida bo'lganlar uchun tayyor loyiha. Arzimas pulga tayyor loyihaga ega bo'lish imkoniyatingiz mavjud.

📊 Hozirga qadar 51 mingdan oshiq inson botga a'zo bo'lgan bo'lsa, ulardan 17 mingdan oshiqrog'i bilan aloqa qilsa (faol) bo'ladi.

💰 Narxini 4 mln deyapman yana ham kelishamiz, balki bo'lib berishga ham berarman. Baribir botga yangilik qo'sholmayapman 😔.

☎️ Murojaat uchun @wmteam95 ga yozing.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

05 Dec, 14:27


🆕 Kompyuterga dastur yuklash uchun manbalar (+ishonchli)
#manba / #internet / #dastur

ℹ️ Ko'pchilik guruhda kompyuter uchun dasturlarni qaysi saytdan yuklashni so'rashsa Google degan javobni berishadi. Bu albatta eng qisqa va to'g'ri javob, lekin Google orqali topilgan saytdan dastur yuklashda muammolar kuzatilishi mumkin:
Fayl yuklashga bosganda sayt bizni "adashtirib keladi" (keraksiz saytlarga o'tkazib yuboradi);
Virusli dastur yuklash ehtimoli mavjud;
Kerakli dasturni eski (yoki ishlamaydigan) versiyasini berishi mumkin.

🤗 Shu sababli o'zim foydalanadigan, sinovdan o'tgan saytlar ro'yxatini taqdim etaman! (Tah.: 15.09.2024)

Telegramda:
• Kanalimizda ham dasturlar ko'p (ularni #dastur deb izlash orqali ham topsangiz bo'ladi.
• @windowsuzprogramm
• @portablik
• @ultrasoft_uz
• @itsoftwareuz

Crack dasturlar mavjud saytlar:
• rsload.net
• kichkas.biz
• relizua.com
• vsetop.com
• 1progs.ru

Maxsus resurslar:
• @UsefulOS_bot - Windows, Linux, MacOS va Android OS larni turli versiyalarini topishingiz mumkin. OS larni originallari bilan birgalikda mashhur сборка'larini ham topasiz.
• @Adobe_Master_Collections_bot - Adobe, Autodesk (AutoCAD), CorelDraw, JetBrain va Microsoft ga tegishli dasturlarning turli yilgi versiyalarini yuklashingiz mumkin.

Yana boshqa foydali saytlar:
• softomania.net
• vipmolik.net
• softload.su
• softslot.com
• pcprogs.net
• softhome.ru
• filehorse.com
• igetintopc.com
• freesoftwarefiles.com
• softportal.com
• soft.mydiv.net/win
• besplatnyeprogrammy.ru
• windowsobraz.com (windows lar yuklash uchun);
• ru.giveawayoftheday.com (har kuni pullik dasturlardan birini bepul beradi);

Katalog saytlar:
• Softobase.com
• softcatalog.info

📌 Mavzuga qo'shimcha postlar:
• Original Windows'ni yuklashni o'rganamiz! Nega faqat original Windows faylidan foydalanish kerak?
• Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

04 Dec, 09:16


Videoda muallif ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash bilan boʻgʻliq boʻlgan yana bir jihat: mualliflik huquqi (©) haqida fikrlarni ajoyib shaklda ifodalagan ekan.

Bu haqida ham aytadigan gaplarim anchagina...

@Maxmudovning_tajribasi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

04 Dec, 08:39


“Digital Startups Week” doirasida UEnter'da “Startup Bootcamp: Product Market Fit & Scaling” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.

Tadbir IT Park Uzbekistan tomonidan Plug and Play va UEnter bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda va samarali mahsulotlar ishlab chiqish hamda bozor strategiyasini shakllantirish orqali muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirishga bag‘ishlangan.

Bozor talablariga javob beradigan mahsulotlarni qanday yaratishni o'rganing, o'sish imkoniyatlarini aniqlang va biznesingizni kengaytirish rejasini ishlab chiqing.

🎤 Spikerlar:
Piotr Servin – AMA International hamkor direktori
Pavel Sikachev – Mahsulotlarni boshqarish bo‘yicha direktor, startap ekspert

Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish.

📅 Sana: 6-dekabr (juma)
🕒 Vaqt: 14:00 – 16:15
🌐 Til: rus / ingliz tillari
📍 Manzil: UEnter
___

В рамках «Digital Startups Week» в UEnter пройдет воркшоп на тему «Startup Bootcamp: Product Market Fit & Scaling».

Мероприятие организуется IT Park Uzbekistan в партнерстве с Plug and Play и UEnter и посвящено запуску успешных стартапов через эффективную разработку продуктов и построение рыночной стратегии.

Узнайте, как создавать продукты, которые соответствуют рыночным требованиям, находить возможности для роста и разрабатывать план масштабирования вашего бизнеса.

🎤 Спикеры:
Петр Сервин – Ассоциированный директор AMA International
Павел Сикачев – Директор по управлению продуктами, стартап эдвайзер

Зарегистрироваться на мероприятие.

📅 Дата: 6 декабря (пятница)
🕒 Время: 14:00 – 16:15
🌐 Язык: русcкий / английский
📍 Локация: UEnter

@uenteruz

Telegram | Instagram | Facebook | Website

KOMPYUTER AKADEMIYASI

03 Dec, 04:29


👋 Assalomu alaykum akademiklar!

YouTubedagi asosiy kanalimiz oʻchib ketganidan keyin birorta tayinli kanal yuritayotganimizni bizni anchadan beri kuzativchi akademiklarimiz bilishadi. Toʻgʻrisi oʻsha kanalimiz o'chganidan keyin yana katta kanal yuritishga hech hafsala boʻlmadi.

Lekin baribir YouTube'da kattaroq kanal yuritish va IT boʻyicha koʻproq videodarslar tayyorlash istagi hali ham mavjud, faqat bu istakni amalga oshirish uchun oldingiga nisbatan "upgrade" boʻlishimiz kerak deb oʻylayapman. Shu yaxshilanishladan biri yangi va professional mikrofon olish deb oʻylayman.

Shu istak bilan anchadan beri HyperX Quadcast mikrofonini olishni niyat qilib yurgandim, lekin hech pulni yo'naltirolmaganim sababli mikrofon olishga va yangi kanal ochishga ham eʼtibor qaratolmayapman.

Shu sababli ijodimizni yanada yaxshilanishi va natijada koʻproq va foydaliroq videolar chiqishini istaganlarga mikrofonni olishga koʻmak berishlarini soʻraymiz.

Albatta, nasib qilsa keyinroq oʻzimiz ham olarmiz, lekin bu ishda sizni ham sababchi boʻlishingiz uchun imkon berish kerak deb oʻyladim.

Begʻaraz koʻmak berish niyatidagilar boʻlsa shu postni izohiga kartam maʼlumotlarini joylayman, qolgani himmatingiz )

Yangi mikrofon olganimizdan soʻng eskisini kanal yuritish bilan shugʻullanayotgan biror ijodkorga sovgʻa qilish niyatimiz bor.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

01 Dec, 15:46


⌨️ Kompyuter Savodxonligi videokursimizdagi tariflar haqida

Kompyuterni to'liq o'rganishingizga ko'mak beruvchi kursimizni xarid qilishga o'ylanayotganlar uchun kursimizni xarid qilsa nimalarga ega bo'lishini ko'rsatib bermoqchimiz.

🌐 Ko'proq ma'lumotni saytimizdan ham olishingiz mumkin:
https://www.kompyuter-savodxonligi.uz/

@ks_kursi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

29 Nov, 19:49


Video apk formatida boʻlmaydi. Ehtiyot boʻling

KOMPYUTER AKADEMIYASI

27 Nov, 09:30


Kursimiz haqida ma'lumot beruvchi saytimiz biroz o'zgartirildi. Endilikda u Craftum konstruktorida emas, o'zi alohida.

👉 kompyuter-savodxonligi.uz

🗯 Fikrlaringizni kutib qolaman.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

26 Nov, 06:57


🎬 Kinolar ro'yxati
#kino

• Tarmoqdagi tuzoq
• Snouden (o'zbek tilida)
• Ijtimoiy tarmoq
• Qalbaki soxta o'yin (The Imitation Game)
• Internet
• Spektral (o'zbek tilida)
• Toklar urushi
• Super 30
• Imtihon o'yinlari
• Kremniy Vodiysi - dunyoning IT poytaxti
• Tafakkur o'yinlari (2019)
• Stiven Hoking koinoti
• Doktor Strenj
• Mo'jiza
• Bladshot
• Teleport
• PiKey
• Maymunlar sayyorasi 1
• Shamolni bo'ysundirgan bola
• Xavfli tomoshalar
• Oq uyga hujum
• Lyusi
• Muqaddima | Ibtido
• Interstellar (oʻzbek tilida)
• Asosiy bosh qahramon

Ilgari @kompyuter_akademiyasi kanaliga joylangan, oʻzim yaxshi deb bilgan kinolar!

Ushbu kanalga yangi kinolar joylanmaydi, shunchaki eski joylangan kinolarni vaqtincha saqlab turibdi.

👉 @ka_kinolar

KOMPYUTER AKADEMIYASI

25 Nov, 13:39


Guruhimiz va kanal ajratildi!

Hozirga qadar ushbu kanalimizda chiqqan har bir postning izohiga biror fikr yozsangiz u fikr to'g'ridan-to'g'ri @k_a_chat guruhida yozilar edi.

⚠️ Endilikda kanalga yozilgan fikrlar o'zining guruhiga yoziladi, u guruhda adminlar bo'lmaydi (nazorat uchun o'zim yoki bir qancha botlar ishlatarmiz). Va yangi ulangan guruhda faqatgina kanalda chiqqan postlar bo'yicha muhokama qilinadi (boshqa fikrlar e'tiborsiz qoldiriladi). Bu qarorga kelishga sabab: biror ma'lumot bersak unga beriladigan fikr bir chekkada qolib, boshqa narsalarni muhokamasi post izohini to'ldirishi kanal adminini post haqidagi fikrlarni o'qishiga halaqit berishidir.

👉 Alohida savollaringizni esa @k_a_chat guruhida muhokama qilishda davom etishingiz mumkin.

KOMPYUTER AKADEMIYASI

25 Nov, 05:35


Kursimizni xarid qilish bo'yicha ikkilanayotgan insonlarga ular nimalardan quruq qolayotgani haqida qisqa ma'lumot beramiz )

🤔 Bir marotaba 300 ming to'lab nimalarga ega bo'lasiz? (Ustoz+ tarifida)

• bizni kursni o'qigandan so'ng "kompyuterni o'rganishim kerak" deb boshqa kurs izlamaysiz;
puxta tuzilgan o'quv rejasiga asoslangan 70 dan ortiq videodarslar (hammasi o'zbek tilida);
• har bir videodars bo'yicha test va topshiriqlar (javobingizni ustoz tekshirib beradi);
• o'rganish davomida savollarga ustozdan javob olish imkoniyati;
• o'rganilgan narsalar bo'yicha musobaqalarda qatnashish va pul yutuqlarini yutib olish imkoniyati.

🌐 Internetdan o'rgansam ham bo'ladiku kompyuterni, to'g'rimi?
Albatta, internetdan deyarli hamma narsani o'rganish mumkin, lekin shu paytga qadar nega o'rganmadingiz? Yoki o'rganganingizdan ko'nglingiz to'lmayaptimi?

Internetga joylangan narsalarni "sut" deydigan bo'lsak, biz sizga "qaymoq" ni taklif qilyapmiz. Siz nimani tanlaysiz?

🎁 Bonus: Har Juma kuni bayram munosabati bilan 10% li chegirma asosida kursimizni xarid qilishingiz mumkin.

👨‍🏫 Ustoz: @wmteam95

🎞 Video kursimiz haqida batafsil ma'lumot: @ks_kursi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

24 Nov, 14:29


Arzimas mehnatimizni qoʻllab-quvvatlayotganlarga tashakkur izhor qilamiz!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Nov, 12:19


Obyektlarga avtomatik tartib raqam berish
#mohirlik / #word

ℹ️ Katta hujjatlarni tayyorlashda undagi obyektlar (rasm, jadval) ga tartib raqamini berishni ko'pchilik qo'lda amalga oshiradi. Vaholanki buni Word'ni o'zidagi funksiya orqali avtomatik tarzda amalga oshirsa ham bo'ladi.

Buning uchun rasm yoki jadvalni tanlab Ссылки -> Вставить название joyida kichik sozlamalarni amalga oshirsak yetarli. Ruscha videodan o'rgansangiz ham bo'ladi.

😎 Kompyuter Savodxonligi kursida bu imkoniyatni videomizda ko'rsatganmiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Nov, 05:10


Videoni koʻrish (instagram)

➡️ kompyuter-savodxonligi.uz

KOMPYUTER AKADEMIYASI

22 Nov, 15:51


🫵 Qo'shiqchilarni to'yga chiqishiga siz sababchisiz! Yohud donat o'zi nimaga kerak?

KOMPYUTER AKADEMIYASI

22 Nov, 05:11


PDF hujjatlari bilan ishlashda kerak bo'ladigan bir qancha yechimlar
#mohirlik / #pdf / ©️

ℹ️ PDF formatida juda ko'p hujjatlarni aylanmasini ko'rishimiz mumkin, masalan, oddiygina cheklarni ham pdf formatida saqlashni juda ko'pchilik dasturlar taklif qiladi. Shundan kelib chiqib PDF hujjatlari bilan bir qancha amaliyotlarni o'rganib qo'yishimiz zarar qilmaydi.

😎 Kompyuter Savodxonligi kursimizda PDF hujjatlari bilan ishlash bo'yicha alohida bir bo'limimiz mavjud.

• PDF faylini tayyorlash
Buning uchun alohida dastur kerak emas, istalgan dasturda Ctrl + P ni tanlab Microsoft Print to PDF ni tanlasak ham PDF qilib saqlab beradi. Word'da ham Сохранить как joyidan PDF ni tanlasa bo'ladi. Boshqa formatlardan ham Google'ga jpg to pdf shaklida izlash orqali bemalol konvertatsiya qilishingiz mumkin.

• PDF konvertatsiya (bir formatdan boshqasiga o'tkazish)
Buning uchun bir qancha dasturlar mavjud. Lekin sizda katta hujjat bo'lmasa onlayn saytlardan ishni oson bitirganingiz ma'qul, buning uchun PDF to Word yoki aksincha qilib kerakli formatni bersangiz yetarli. Kattaroq hujjatni konvertatsiya qilish uchun ABBYY Finereader dasturini tavsiya qilaman.

• PDF hujjatini tarjima qilish
PDF hujjatini Google Translate orqali tarjima qilishni tavsiya qilaman. Xato joylarini esa PDF tahrirlovchi dasturlar bilan tahrirlagan ma'qul.

• PDF fayllarni birlashtirish
Buning uchun Google'dan pdf merge deb izlang yoki buni ko'ring.

• PDF hujjatlarni ajratish
Buning uchun Chrome'dan foydalansa ham bo'ladi, bo'lmasam pdf split deb izlang.

• PDF hujjatlaridagi himoyani olib tashlash
Buning uchun pdf unlock deb izlash kerak

• PDF hujjatlarni tahrirlash
Ish jiddiy bo'lmasa pdf editor online deb izlang, jiddiy ishlar bo'lsa mana bu videoni ko'ring.

• PDF hajmini kichraytirish
Google'ga pdf compressor deb izlaymiz yoki dastur yordamida hajmini kichraytiramiz.

💪 PDF'ga oid yana qanday masalalar sizni qiynayapti? Yozib qoldiring, "разбор" qilamiz.

📌 PDF hujjatlar bilan ishlash bo'yicha postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Nov, 10:53


ChatGPT'ni kompyuter uchun dasturi chiqdi!
#dastur / #AI / ©️@pcTeapot

ℹ️ Hammamizga tanish va meni sevimli yordamchim bo'lmish ChatGPT'ning kompyuter uchun versiyasi barcha uchun (sal oldin faqat Plus foydalanuvchilar uchun edi) taqdim etildi.

👉 ChatGPT'ni yuklash (Microsoft Store)

🤖 Botni ALT + Probel tugmasi yordamida ishga tushirishingiz ham mumkin. Ilova Internetga ulanish, fayllarni yuklab olish, tasvirlarni yaratish va veb-versiyaning boshqa xususiyatlarini qo'llab-quvvatlaydi.

Kompyuter versiyasi hatto kengaytirilgan ovozli rejimiga ham ega (bepul foydalanuvchilar uchun oyiga bir necha daqiqa bo'lsa ham).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Nov, 06:41


Telegramdan chiqmasdan kursimiz uchun tayyorlangan saytni ko'rishingiz mumkin:

👉 Kompyuter Savodxonligi kursi veb-dasturi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

20 Nov, 08:15


D diskni hisobiga C disk hajmini oshirish
#yechim / ©️remontka.pro

ℹ️ C diskingizda joy kam bo'lsa yana qo'shimcha joyni D diskdan olishni bir qancha usullari bor, shulardan 2 tasi videoda ko'rsatilgan (video rus tilida). Lekin, videoda D diskda hech nimasi yo'qligi sababli bemalol o'chirib tashlagan joylari ham bor, shu joyiga e'tibor bering.

😎 Men o'zim C disk hajmini windows urishda oshirar edim, unda D diskimda hech nima bo'lmagani sababli bemalol hamma disklarni o'chirib tashlab, C va D ga kerakli hajmlarni belgilab, windows o'rnatgandim.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Nov, 16:38


ВПР funksiyasini endi bemalol ishlatasiz!
#videodars / #excel

ℹ️ Juda ko'p muammolarga yechim bo'ladigan ВПР funksiyasini bugun sodda tilda tushuntirishga harakat qildik.

🎞 Videodarsni ko'rish

📄 Videoda ishlatilgan fayl

📌 Mavzuga oid qo'shimcha darslar:
• 1-dars. Havolalar (nisbiy, mutlaq,aralash) va ular bilan ishlash. Ko'paytirish jadvalini yaratamiz! (qolgan darslarini @ofisdarsbot dan olsangiz boʻladi)
• 25 daqiqada 41 funksiyani o'rganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Nov, 06:47


CV'ni mehnat.uz saytidan olish
#manba / #CV

ℹ️ Kanalimizda CV tayyorlash bo'yicha bir qancha ma'lumotlar berilgan. Lekin tayyor CV'ni yuklab olish haqida bugun gaplashamiz.

Buning uchun my.mehnat.uz saytiga ONE ID orqali kirib obyektivkani yuklab olishni bosasiz. Tayyor CV .pdf holatida bo'ladi. ©️Doston Mahkamov

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Nov, 05:40


Microsoft Surface Go
⚙️ Характеристики
-Дисплей: 10" TOUCH SCREEN PixelSense
-Процессор: Intel Pentium 4415Y 2х1.6ГГц
-RAM: 8GB
-SSD: M.2 128GB (есть свободный слот для флэш карты)
-Видеокарта: HD 615
-Аккумулятор: до 7ч
-Интерфейсы: USB Type C, 3.5 мм
———————————-
🖥 Сенсорный экран
⌨️ Подсветка клавиатуры
📸 Face ID
💻 Операционная система:  Windows 10 Pro
———————————-
💰Цена: 160$
🎁 В комплекте: Зарядка, чехол, наклейки с русскими буквами
———————————-
ТЕЛ: 941525223
ТГ: @ReaIMartian

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Nov, 16:30


Uzum Team'da ma’ruza: fintex, innovatsiyalar va jamoaviy ish haqida gaplashamiz

20-noyabr kuni Uzum Team lektoriyasi doirasida Uzum Bank Transfers&Services Team Lead Zulfiya Maqsudxonova, tomonidan o‘zbek tilida ma’ruza bo‘lib o‘tadi. U texnologiya taraqqiyoti moliyaviy xizmatlarni qanday o‘zgartirishi va fintexda ishlab chiqish jamoasi ishini qanday tashkil etish haqida gapirib beradi.

Nimalarni muhokama qilamiz:
• Moliya sohasida innovatsiyalarning paydo bo‘lishiga qanday omillar ta’sir qiladi: texnologiya va qonunchilikdagi o‘zgarishlardan tortib, mijozlar talablari va tashqi sharoitlargacha.
• Yangi funksiyalarni yaratish va joriy etishda qanday omillar muvaffaqiyatni belgilaydi
• Ishlab chiqish jamoasi ishini qanday to‘g‘ri tashkil etish va rollarni taqsimlash
• Qanday qilib jamoa ichida sifat va innovatsiyalar madaniyatini shakllantirish mumkin

Ma’ruza fintech va IT-jamoalarni boshqarishga qiziquvchilar uchun foydali bo‘ladi.
Ma’ruza tili: o‘zbek
Qachon: 20-noyabr soat 19:00 da
Qayerda: Fidokor ko‘chasi, 30
uzum.team saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tib ishtirok etish bepul

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Nov, 16:14


Telegramdagi loyihalarimdan qancha pul topaman?

Oldinroq Telegramda pul topish bo'yicha yangi metodlar chiqqani va ular haqidagi xulosalarimni yozgan edim. Bugun 2023-yil loyihalarim orqali jami topgan summam haqida gapirib bermoqchiman.

👉 To'liq maqolani o'qish

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Nov, 14:02


🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

ASSALAMU ALAYKUM HURMATLI KANALIMIZ A'ZOLARI

KIMDA ISHLATILMAYOTGAN
2022 2021 2020 2019 YILLARDA OCHILGAN TELEGRAM GURUHLAR BO'LSA SOTIB OLAMIZ.

#ESLATMA GURUHLARNI OBUNACHISI BOʻLISHI SHARTMAS.
OCHILGAN YILI KORINSA BOLDI

NARXLAR 💲


💸2022 = 50 ming so'm

💸2021= 55 ming so'm

💸2020= 60 ming so'm

💸2019= 65 ming so'm


Agar sizda ko'proq guruhlar bolsa qimmatroqga olinadi


AGAR KIMDA BO'LSA
👇👇👇👇
MUROJAAT UCHUN

@ESKI_GRUPPA_OLAMIZ

@ESKI_GRUPPA_OLAMIZ

👆👆👆👆

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Nov, 05:17


Printer va skaner uchun drayver yuklash va o'rnatish
#info

Drayver nima ekanligi haqida gaplashgan edik. Printer va skaner uchun drayverni quyidagi ketma-ketlikda topamiz:

1️⃣ Google.com ga kiramiz va printer/skaner nomi, markasini kiritib qidiruv beramiz. Masalan, Canon 3010 драйвер скачать;

2️⃣ Drayverni kompyuteringizga mos keluvchi razryad va operatsion tizimi tanlaysiz. Buning uchun kompyuter xarakteristikasini bilishimiz kerak;

3️⃣ O'zimizga keraklisini topib yuklab olamiz va o'rnatishni boshlaymiz!

🖨 Printer/skaner uchun drayver o'rnatish:

1️⃣ Demak kerakli drayverni yuklab olganimizdan so'ng kerakli qurilma (printer yoki skaner) ni kabelini kompyuterga ulaymiz;

2️⃣ Drayverni o'rnatishni boshlaymiz (turli qurilmalarni drayveri turlicha o'rnatilishi mumkin, o'rnatish bo'yicha qo'llanma drayver joylashgan arxiv ichida bo'ladi yoki oddiy o'rnatish orqali ham amalga oshiriladi);

3️⃣ O'rnatib bo'lganimizdan so'ng kompyuterni o'chirib yoqamiz (perezagruzka beramiz) va kerakli qurilmani ishlatib ko'ramiz.

📌 Skanerni ishlatish uchun kanalimizdagi ABBYY Finereader dasturidan foydalanishingiz mumkin.

📌 Printerdan biror nimani kitob shaklida chop etish uchun esa Print Kitob dasturidan foydalaning.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Nov, 12:55


TunnelBear kompyuter uchun bepul VPN dasturi
#dastur / #vpn

ℹ️ VPN (tarjimasi: virtual xususiy tarmoq) dasturlari internet-trafikni shifrlash, maxfiylikni himoya qilish va geo-cheklovlarni chetlab o'tish imkoniyatini beradi. Kompyuter uchun aslida bepul VPN dasturlari deyarli yo'q, lekin ushbu dasturni 2 GB tugagunga qadar ishlatsangiz bo'ladi.

Aslida VPN ni o'zingiz ishlatadigan brauzerga o'rnatib ishlatishni tavsiya qilaman, chunki deyarli hamma saytga brauzerdan kirasiz va brauzer uchun VPN'lar ko'pincha tekin bo'ladi. Chrome uchun VPN'larni bu havoladan topasiz.

⚠️ Windows 10 va 11 uchun mos keladi! Aktivatsiya qilish shart emas, limit tugaguncha bepul dastur :)

💽: 178.2 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Nov, 12:55


Kompyuter uchun bepul VPN dasturi
#dastur / #vpn

ℹ️ VPN (tarjimasi: virtual xususiy tarmoq) dasturlari internet-trafikni shifrlash, maxfiylikni himoya qilish va geo-cheklovlarni chetlab o'tish imkoniyatini beradi. Kompyuter uchun aslida bepul VPN dasturlari deyarli yo'q, lekin ushbu dasturni 2 GB tugagunga qadar ishlatsangiz bo'ladi.

Aslida VPN ni o'zingiz ishlatadigan brauzerga o'rnatib ishlatishni tavsiya qilaman, chunki deyarli hamma saytga brauzerdan kirasiz va brauzer uchun VPN'lar ko'pincha tekin bo'ladi. Chrome uchun VPN'larni bu havoladan topasiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Nov, 07:15


Shtamp yasash
#media

ℹ️ Shtamp yasashni oson yo'llaridan biri Canva saytida yasashdir. Bu xulosaga bir qancha sayt va dasturlarni ishlatib ko'rganimdan so'ng keldim.

🎁 Yaxshisi Canva'ni premium versiyasini oling va saytiga kirib o'zingizga yoqqan shtampni yasab ko'ring.

👉 canva.com

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

15 Nov, 11:21


Rasmlarni jonlantirish
#manba / #media

👇 Quyida berilgan saytlar yordamida videodagidek rasmlarni "jonlantirish"ingiz mumkin.

👉 https://arphoto.ru/

👉 https://stories-ar.com/

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

12 Nov, 15:48


🎞 Videoni koʻrish

KOMPYUTER AKADEMIYASI

12 Nov, 06:51


Kursda faqat Excel o'rgatiladimi? degan savolga javob sifatida Sheets bo'yicha amaliy darsimizda tayyorlagan bir faylimizni ko'rsatmoqchiman.

Ushbu darsimizda Excel'da yo'q yoki ishlatish qiyin bo'lgan funksiya va imkoniyatlardan foydalanib loyihamiz bo'yicha ma'lumotnoma jadvalini tuzgan edik. Ushbu listda loyihalarni kiritib ketaverasiz, Foydali loyihalar joyida esa eng ko'p daromad keltirgan loyihalar top reyting holatida avtomatik yangilab boriladi.

Ushbu qilingan ish qiyin ko'rinishi mumkin, lekin bunday hujjatlarni siz ham tayyorlay olasiz 😉

💽 Faylni o'zini ushbu havoladan yuklab olsangiz bo'ladi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

12 Nov, 03:44


Sotib olsak qanchaga tushadi?
#dastur / #info

ℹ️ Har kuni ishlatadigan dasturlarimizning ko'pchiligi crack hisoblandi, crack dasturini ishlatish esa dastur yaratuvchilarining haqqiga hiyonat qilish deganidir. O'zi biz ishlatadigan (crack) dasturlar aslida qancha turadi?

Bu bo'yicha kichik izlanishim natijasini sizga taqdim etaman:
• Windows 11 Pro - $199
• Microsoft Office 2021 - $249.99
• Adobe Photoshop - $22.99/oy
• Movavi Video Editor - $44.93
• AutoCAD 2025 - $2030/yil
• Bandicam - $44.96
• Adobe Acrobat Pro - $19.99/oy
• ABBYY Finereader - $16/oy
• 3DS MAX 2025 - $1875/yil
• WinRAR - $29
• NOD32 - 395 802 so'm/yil

💰 Bu rasmiy saytidan olingan narxlar, boshqa do'konlardan arzonroqqa ham topish mumkin. Bundan tashqari ba'zi dasturlarni "оптом" olish qulayroq narxga xarid qilishga sabab bo'lishi mumkin, masalan, Adobe oilasiga tegishli bir qancha dasturlarni birdaniga olish ancha arzonroqqa tushadi.

🤔 Ushbu ro'yxatga qaysi dasturlarni qo'shilishini istaysiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

10 Nov, 12:34


Bepul wi-fi lardan foydalanish xavflimi?
#tavsiya / #xavfsizlik

ℹ️ Ishxonalar, turli kafe va odam gavjud joylarda ko'pincha bepul wi-fi bo'ladi, ya'ni hech qanday parol termasdan tarmoqdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Biroq bunday tarmoqlarda turli xavflar mavjudligi bo'yicha mutaxassislar doimo ogohlantirishadi, bugun shu mavzuga batafsil to'xtalamiz.

Bepul Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish ayrim xavflarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tarmoqlar odatda himoyasiz bo‘ladi va ular orqali yuborilayotgan ma’lumotlar hujumchilar tomonidan oson kuzatilishi yoki o‘g‘irlanishi mumkin. Quyida bepul Wi-Fi tarmoqlarining asosiy xavflari va himoyalanish choralariga qisqacha to‘xtalgan.

Bepul wi-fi tarmoqlaridagi xavflar:
1. Ma’lumotlarni o‘g‘irlash (Sniffing): Hujumchilar Wi-Fi tarmog‘iga ulanish jarayonida foydalanuvchi yuborayotgan yoki qabul qilayotgan ma’lumotlarni maxsus dasturlar yordamida kuzatishi mumkin. Bu orqali ular login, parol va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

2. Soxta tarmoqlar (Evil Twin): Ba’zi hollarda hujumchilar haqiqiy Wi-Fi tarmoqlarining nomiga o‘xshash soxta tarmoqlar yaratadilar. Foydalanuvchi bu tarmoqqa ulanishi bilan uning barcha ma’lumotlari hujumchi qo‘liga o‘tadi.

3. Zararli dasturlarni tarqatish: Ba’zi bepul Wi-Fi tarmoqlar orqali zararli dasturlarni tarqatish ham mumkin. Agar foydalanuvchi ushbu tarmoq orqali dasturlarni yuklab oladigan bo‘lsa, tizimiga zararli kodlar tushishi ehtimoli bor.

4. O‘rtadagi hujumlar (Man-in-the-Middle): Hujumchi bepul Wi-Fi tarmog‘i orqali foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlab yoki o‘zgartirib, foydalanuvchi xabardor bo‘lmagan holda ular bilan o‘zaro bog‘lanadi.

Bepul wi-fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish yo'llari:
1. VPN dasturlaridan foydalanish: Virtual Xususiy Tarmoq (VPN) orqali Wi-Fi ulanishlarni shifrlash va hujumchilardan ma’lumotlarni himoya qilish mumkin. VPN ulanish orqali yuborilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlar shifrlanadi va bu kuzatuv yoki o‘g‘irlik xavfini kamaytiradi.

2. HTTPS protokoliga e’tibor qaratish: Internetdagi har qanday saytga kirganda uning manzili "HTTPS" bilan boshlanishiga e’tibor qaratish kerak. HTTPS shifrlangan aloqa o‘rnatishni ta’minlaydi va ma’lumotlarning himoyalangan holda uzatilishiga yordam beradi.

3. Shaxsiy ma’lumotlarni yuborishdan saqlanish: Bepul Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanganda, login, parol yoki bank ma’lumotlarini yubormaslik tavsiya etiladi. Bu kabi ma’lumotlar faqat ishonchli va shifrlangan tarmoqlarda yuborilishi kerak.

4. Avtomatik ulanishni o‘chirish: Ko‘plab qurilmalarda mavjud bo‘lgan avtomatik ulanib olish funksiyasini o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Bu qurilmaning noma’lum yoki xavfli tarmoqlarga ulanish ehtimolini kamaytiradi.

5. Antivirus dasturlaridan foydalanish: Qurilmangizni antivirus dasturlari bilan himoyalang. Antiviruslar zararli dasturlarni aniqlab, tizimni himoya qiladi va zararli faoliyatlarni kuzatib boradi.

😎 Mening tavsiyam esa imkon qadar bunday tarmoqlardan foydalanmang: "Och qornim, tinch qulog'im"

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

10 Nov, 04:46


Offline Explorer Ent. (x86/x64) v8.6.0.4984 - saytni to'liq yuklaymiz!
#dastur / #internet

ℹ️ MetaProducts Offline Explorer Enterprise - bu dastur sizga alohida fayllarni va butun veb-saytlarni (HTTP, FTP va HTTPS) qattiq diskingizga yuklab olish imkonini beradi va ularni keyinchalik alohida kompyuterda ham, oflayn rejimda ham ko'rish imkonini beradi.

⚠️ Crack papkasidagi faylni dastur o'rnatilgan joyga tashlash orqali dastur aktivatsiya qilinadi. Yuklash va o'rnatish payti antivirus o'chiq bo'lishi shart!

💾: 98.9 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

09 Nov, 14:25


Shu dasturlardan kechaylik...
#dastur / #tavsiya

ℹ️ Shu kunga qadar kanalga 500 dan ortiq dastur yuklanibdi. Hozirgi kunga ulardan baʼzilarini umuman ishlatmaslik kerak, bunga sabab esa ular kerakli natijani bermayotgani deyish mumkin.

Oldinroq ham bir qancha dasturlardan kechishni tavsiya qilgandik. Quyidagi dasturlardan kechishni va oʻrniga boshqasini ishlatishni tavsiya qilaman:

🚫 DriverPack Solution Online - oldin ham shu dasturni ishlatmaylar degandim. Sababi drayverlarni yangilash davomida kompyuteringizga bir qancha keraksiz dasturlarni o'rnatadi. Uning o'rniga esa DriverHub yoki DriverBooster'lardan birortasini ishlatishingiz mumkin. Umuman olib qaraganda drayverlarda muammo bo'lsagina o'rnating, unda ham rasmiy saytidan olgan ma'qul.

🚫 Translit - Word dasturi uchun kirill 🔄 lotinga aylantirish vazifasini bajarar edi, lekin ko'pchilikda (o'zimda ham) izohda keltirilgan muammoni chiqarishi va dastur to'liq ishlamasligi sababli bu dasturdan ham kechishni tavsiya qilaman. Uning o'rniga savodxon.uz ga tegishli dasturlarni ishlatishingiz mumkin.

Kanalga biror dasturni yuklashda imkon qadar tekshirib, keyin yuklayman. Kanaldan olingan dasturni o'rnatishda muammo kelib chiqsa katta ehtimol bilan antivirusni o'chirmaganingiz sababchi bo'ladi.

🤔 Ancha mashhur, lekin ishlatmasligimizni tavsiya qiladigan dasturlarni bilasizmi? Tajribangizni biz bilan bo'lishing.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

09 Nov, 02:29


Klaviaturadagi FN tugmasi bilan tanishamiz
#klaviatura

⌨️ FN “Function” (Funksiya) degan so'zning qisqartmasi bo‘lib, ko‘pchilik noutbuk va ba’zi klaviaturalarda topiladi. Uning asosiy vazifasi – klaviaturadagi boshqa tugmalar bilan birgalikda turli funksiyalarni bajarishdir. FN tugmasi turli qisqa yo‘llar va klaviatura mohirliklarini amalga oshirish imkonini beradi. Bunday kombinatsiyalar ko‘pincha multimedia va tizim sozlamalariga kirish, noutbuk ekran yorqinligini sozlash, ovozni boshqarish va boshqa foydali funksiyalar uchun qo‘llanadi.

🎯 FN tugmasining asosiy kombinatsiyalari
FN tugmasi ko‘pincha yuqori qator tugmalari bilan (F1–F12) yoki boshqa maxsus tugmalar bilan ishlaydi. Quyida ayrim umumiy kombinatsiyalar va ularning amaliy vazifalari keltirilgan:

👇 FN + F1–F12: Noutbuk modeliga qarab, bu kombinatsiyalar quyidagilarni bajarishi mumkin:
- F1: Yordam oynasini ochish
- F2: Fayl nomini o‘zgartirish
- F3: Qidiruv funksiyasini ishga tushirish
- F4: Joriy oynani yopish
- F5: Brauzer yoki faylni yangilash
- F6: Kursorni manzil satriga ko‘chirish (brauzerda)
- F7–F12: Multimediya boshqaruvi (muzika, ovoz, video)

2. FN + Yorqinlik tugmalari: Ekran yorqinligini sozlashga xizmat qiladi. Masalan, FN + F5/F6 yorqinlikni pasaytiradi yoki oshiradi.

3. FN + Ovoz boshqarish tugmalari: Ovoz balandligini boshqarish yoki ovozni o‘chirish mumkin. Odatda FN + F2/F3 bilan amalga oshiriladi.

4. FN + Touchpadni o‘chirish: Ba’zi noutbuklarda touchpadni vaqtincha o‘chirish imkoniyati mavjud. Bu imkoniyat asosan matn yozayotgan vaqtda tasodifiy kursor harakatini oldini olish uchun qo‘llaniladi.

5. FN + Uyqu rejimi: Noutbukni tezkor uyqu rejimiga o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, FN + F4 bu rejimga o‘tishga yordam beradi.

😢 Sizda Fn tugmasi ishlamayaptimi?
Agar Fn tugmasi ishlamasa yoki kombinatsiyalar to‘liq funksiya bermasa, bu muammo drayverlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda quyidagi choralarni amalga oshirish foydali bo‘ladi:
- Drayverlarni yangilash: FN tugmasi ko‘pincha drayver dasturlariga bog‘liq. Ishlab chiqaruvchi rasmiy saytidan drayverni yangilash FN tugmasini qayta ishlashga yordam berishi mumkin.
- BIOS sozlamalarini tekshirish: Ba’zi noutbuklarda FN tugmasining ishlashi BIOS yoki UEFI menyusida boshqarilishi mumkin. Agar FN tugmasi noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, BIOSni qayta sozlash yoki tekshirish kerak bo‘ladi.

🤔 Menimcha Fn funksiyasi bilan to'liq tanishib oldik, hammada har xil kompyuter bo'lgani sababli Fn tugmasini boshqa tugmalar bilan kombinatsiyasi turlicha natija berishi mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

07 Nov, 08:59


Real vaqtda rasm yaratish
#manba / #AI

👉 krea.ai - saytiga kirib pastdagi promt (buyruq) qismiga o'zingiz xohlayotgan rasmni tarifini ingliz tilida yozasiz, sayt esa sizga ayni vaqt oralig'ida rasmlarni chizib turadi. Oxirida natijani yuklab olishda ham muammo bo'lmaydi.

😁 Rasmdagi qiz bizni kursimiz e'lonini ko'rib xursand bo'lib ketibdi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

04 Nov, 11:42


Excelchilar uchun kerakli ko'nikmalar (1-dars)

ℹ️ Ushbu darsimizda quyidagi mohirliklarni oʻrgandik:
• Tepadagi qatorni "qotirib qoʻyish";
• Bir nechta variantlarni beruvchi menyu tayyorlashni;
• Kerakli belgi yoki soʻzlarni sanash funksiyasi: countif (счётесли).

: 05:26 💾: 21.7MB (1080p)

📇 @OfisDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

04 Nov, 08:50


Oxford Read and Discover
#English

🇬🇧 Ingliz tilini o'rganishda o'qishni ahamiyati kuda katta hisoblanadi. Sizlarga taqdim etayotgan kitoblarni ingliz tilini endi boshlaganlar va birozgina o'rganib qo'yganlar o'qib chiqishlari mumkin.

Juda sodda va mazmunli kitoblar. Bitta namunasini ko'rish uchun kanalga joylayapman. Qolganlarini quyidagi havolalardan yuklab olasiz:

👉 Level 1

👉 Level 2

👉 Level 3

👉 Level 4

👉 Level 5

👉 Level 6

😉 Fayllar arxiv holatda, koʻpini ichida audiosi ham bor. Level kattaygani sari qiyinroq boʻlib borgan.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

03 Nov, 15:05


Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz!
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Kompyuterni sekin ishlashiga yoki qotishiga bir qator sabablar bo'lishi mumkin. Har bir kompyuter uchun tezlashtirish metodi turlicha bo'ladi.
📌 Lekin bugungi darsda barcha kompyuterlarni tezlashtirishi mumkin bo'lgan 3 usulni qo'llashni o'rganamiz!

🛠 Bu usullardan foydalanishda hech qanday qo'shimcha dastur kerak emas. Ular quyidagilar:
1⃣ "Рабочий стол" ni tozalash
2⃣ Keraksiz dasturlarni o'chirish
3⃣ Avtozagruskadan ortiqcha dasturlarni olib tashlash

Natijani aytishni unutmang, shunga qarab darsni keyingi qismlarini tashkil etamiz 😉

▶️ YouTube da ko'rish

: 07:10 💾: 14.3 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

03 Nov, 07:33


Assalomu alaykum akademiklar!

Kecha uyga qaytishda probkada ancha turib qoldik va bir narsani o'ylab tezda kanal ochishga qaror qildim. Har kuni ish yoki loyihalarim sababli bir nimalar o'rganaman yoki tajriba olaman. O'zi ishim quyosh panellariga bog'liq bo'lishiga qaramasdan ishda ham IT ga oid juda ko'p narsalar bilan shug'ullanaman, undan tashqari kanal va loyihalarim uchun turli maqola, videolar ko'rib turaman. Qisqa qilib aytganda Alloh vaqtimga baraka bergan kuni zerikishga vaqt qolmaydi, zerikarli kunlar ham kam kuzatiladi.

Shunday ilm yoki tajribalarimni "issig'ida" sizlar bilan ulashish maqsadida bir kanal ochdim, kirib ko'riylar, yoqsa kuzatib borarsiz. Nasib qilsa men olgan tajribalardan hayotingizda qo'llaysiz, xatolarimdan ehtiyot bo'lasiz.

👉 @Maxmudovning_tajribasi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

02 Nov, 08:01


🎁 Word dasturida ishimizni osonlashtiradigan 40 mohirlik

😎 Word dasturida ishlashimizda bizga ko'mak beradigan 40 ta mohirlikni o'rganishimiz uchun qo'llanma. Videosini tez kunlarda botga yuklaymiz.

🎯 Ushbu qo'llanma va videodarsni sotish maqsadida tayyorlayotgan edim, lekin tekinga tarqatishim kerak deb o'ylab qoldim.

📇 @OfisDarsBot

KOMPYUTER AKADEMIYASI

01 Nov, 09:57


Kompyuter Savodxonligi kursi ustozlar uchun kerakmi?
#tavsiya

ℹ️ Yaqinda e'lon qilgan kursimizni xarid qilish bo'yicha bir qancha informatika yoki kompyuter bo'yicha dars beruvchi ustozlar aloqaga chiqishgandi. Ularning asosiy maqsadi kompyuterni o'rganish emas (chunki kursda berilgan ko'p narsani ular allaqachon bilishsa kerak), o'zining dars o'tishi uchun o'quv rejasini boyitish edi. Men esa ularga kurs o'zlari uchun zerikarli bo'lishini aytib, "bu yo'ldan qaytardim".

👨‍🏫 Informatika yoki kompyuter bo'yicha dars beruvchi ustozlarga va boshqa barchaga kompyuter savodxonligi bo'yicha o'quv dasturimni hamma uchun ochiqligini eslatib qo'ymoqchiman. Uni yuklab olib, kerali jihatlarini o'zingizni ta'lim berishingizda bemalol qo'llashingiz mumkin. Faqat mavzularni tanlashda dars beriladigan auditoriya va o'quvchilarga nima kerakligini unutmang (masalan, ustozlarni malakasini oshirish uchun dars o'tsangiz ularga ko'proq internet va ofis dasturlari bilan ishlashni o'rgatgan ma'qul; maktab o'quvchilariga esa ofis dasturlarini yengilroq, boshqa qiziq sohalardan ko'proq ma'lumot berish kerak va h.k).

📄 Kompyuter Savodxonligi kursimizning o'quv rejasi: Onlayn I PDF holatida yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

31 Oct, 10:01


E’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:

💻 Kompyuter dasturlari:

1️⃣. Straighforward Macmillan Beginner;
2️⃣. Straighforward Macmillan Elementary;
3️⃣. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;
4️⃣. Straighforward Macmillan Intermediate;
5️⃣. Straighforward Macmillan Upper Intermediate;
6️⃣. Straighforward Macmillan Advanced;
7️⃣. Basic Grammar in Use, Third Edition;
8️⃣. Cambridge Advanced Learners Dictionary;
9️⃣. ABBYY Lingvo x5 Pro / x6 Pro;
🔟. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.

📱Mobil ilovalar:

1️⃣. Duolingo;
2️⃣. Drops;
3️⃣. Memrise;
4️⃣. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar.

💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:

• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
🔖 IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?.

🤝 Hamkor kanal: @itspecuz

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

29 Oct, 12:43


PDF hujjatlarni istalgancha o'zgartiramiz!
#videodars / #pdf

ℹ️ PDF hujjatlarni butunlay o'zgartirishni xohlaysizmi? Unda ushbu darsni to'liq ko'ring.
📌 Pdf ni o'zgartirish uchun Adobe Acrobat DC Pro dasturidan foydalanildi.

▶️ YouTube da ko'rish

: 06:22 💾: 14.6 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

28 Oct, 13:26


Ko'p kerak bo'ladigan 5 ta hotkeys
#hotkeys / #windows

1️⃣ F2 => Kerakli papka/faylni belgilagan holda F2 ni bosilsa nomini o'zgartiradi (переименовать);

2️⃣ Win + L => Kompyuterni bloklaydi / boshqa foydalanuvchiga o'tkazish mumkin;

3️⃣ Win + D => Ishchi stol (рабочий стол) dagi barcha oynalarni pastga yig'adi;

4️⃣ Win + Tab => Faol oynalar bo'yicha ko'chish;

5️⃣ Win + Shift + Tab => Faol oynalar bo'yicha ko'chish (boshqacha ko'rinishda);

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh

KOMPYUTER AKADEMIYASI

28 Oct, 09:47


"Рабочий стол" ni bezatamiz! Tema, oboy o'rnatish va oddiy papkalar ikonkalarini o'zgartirish
#videodars / #windows / #wallpaper

ℹ️ Ushbu darsimizda kompyuterimizning Рабочий стол ni kompyuterni qotirmaydigan uslubda bezashni o'rganamiz.

Buning uchun bajaradigan ishlarimiz:
1. Tema o'rnatish
2. Oboy yuklash va o'rnatish
3. Рабочий стол dagi dasturlar va papkalarni pastki panelga joylash (kompyuter tez ishlashiga xizmat qiladi)

📦 Ikonkalar (arxiv)

Oboy yuklagan saytimiz:
https://wallpapershome.ru/

▶️ YouTube da ko'rish

: 07:58 💾: 23.8 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
• "Предупреждение системы безопасности" yoxud "Security warning" (xavfsizlik tizimini ogohlantirishi) ni o'chirish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

27 Oct, 16:31


🆕 Kompyuter Savodxonligi kursimizga Media bo'limi bo'yicha darslar to'liq yuklandi.

✈️ Ayni paytdagi reja bo'yicha kurs doirasida 70 ta darsni o'quvchilarga topshirish reja qilingan. Shulardan yana 13 tachasini tez kunlarda yakunlab kursimizga qo'shib qo'yamiz.

Qara Karl, 150 ming so'mga 70 ta videodars berishyapti 🤔

KOMPYUTER AKADEMIYASI

26 Oct, 08:14


Wondershare Filmora 14.0.7
#dastur / #media / #videomontaj

ℹ️ Filmora funksional video muharriri bo'lib, hatto yangi boshlovchi ham osonlikcha bajara oladigan ajoyib videolarni yaratish uchun vositalarning to'liq to'plamini taqdim etadi.

O'rnatish paytida antivirusni o'chirib turing. Dastur to'liq ishlashi uchun КЛЮЧ.7z arxivini arxivdan chiqarib, ichidagi fayllarni dastur o'rnatilgan joyga tashlash kerak (papka ichida videosi ham bor).

💾: 723.1 MB

❗️Dasturni to'liq ishlashi uchun aktivatsiya qilish kerak!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

24 Oct, 12:56


Ofis dasturiga kirganingizda shu chiqsa aktivatsiya qiling:

👉 Video + KMSTools dasturi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Oct, 08:43


Xakerlar ishini osonlashtiradigan 10 ta xato
#tavsiya / #xavfsizlik

ℹ️ Ba'zi sabablarga ko'ra ko'plab foydalanuvchilar tomonidan e'tibordan chetda qoladigan asosiy qoidalar:

Tushunarsiz saytlarga maxfiy ma'lumotlarni kiritmang!

Shaxsiy ma'lumotlarga ega fotosuratlarni internetga joylashtirmang!

Geografik joylashuvingizni omma bilan baham ko'rmang!

Shubhali saytlarga kirmang!

Hamma saytlarda bir xil paroldan foydalanmang!

Umumiy yoki bepul Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanmang!

Plastik karta ma'lumotlarini veb-saytlarda saqlamang!

Parollarni brauzer xotirasida saqlamang!

Noma'lum jo'natuvchilarning elektron pochtasidagi qo'shimchalarini ochmang!

Pirat manbalardan (crack) dasturiy ta'minotni o'rnatmang!

Bu yerda har bir element haqida ko'proq o'qishingiz mumkin. ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Oct, 06:31


Qanday qilib dasturchi bo'lish mumkin?

👨‍💻 Agar sizda ushbu sohaga qiziqish bo'lsa va qanday boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz, PDP Akademiyasi bu borada sizga eng kerakli ustozdir!

💬 Ushbu dasturlash akademiyasida siz:

- Ayni paytdagi eng ommabop dasturlash tillarini professional va tez o'rganish;
- o'z sohasida yetakchi dasturchi ustozlardan ham nazariy ham amaliy ta'lim olish;
- real loyihalarda ishtirok etish orqali tajriba orttirish imkoniyatlarini
qo'lga kiritishingiz mumkin.

🤝 Darslarni to'liq o'zlashtirgan bitiruvchilarimizning katta qismi, kurslarni bitirmasdanoq nufuzli kompaniyalardan ishga taklifnomalar olishi mumkin!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

Murojaat uchun:

📞 78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Oct, 05:49


🧑‍🎓 Kursimiz haqida ma'lumot beruvchi saytimizni ham ishga tushirdik. Sayt craftum konstruktorida tuzildi. Muallif yana o'zim :)

👉 http://kompyuter-savodxonligi.uz/

KOMPYUTER AKADEMIYASI

23 Oct, 05:10


$500 - $1000 emas oyiga $20.000 gacha topish imkoniyatini beradigan soha bu "zapusklar"

Men Suhrob Abduaxatov hozirda marketing, sotuv va boshqaruv bilimlarim orqali jamoa qurib $400.000 dan ortiq onlayn kurslar sotuvini amalga oshirganmiz.

🚀Aynan "zapusk"
- Marketing
- Sotuv bo'limi
- Jamoa boshqarish
- Shaxsiy rivojlanish bilimlarimni BEPUL o'rgatish maqsadida kanal ochganman.

👉 Kanalimga hoziroq qo'shiling

🔴Chunki bu imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

22 Oct, 12:18


Taqdimotlar uchun mos shriftlar
#tavsiya / #powerpoint

😅 Menda ham haligacha taqdimotlarga chiroyli va o'qilishi oson bo'lgan shriftlarni tanlashda muammolar bo'lib turadi. Shu sababli agar siz ham professional dizayner bo'lmasangiz, oddiy va o'qilishi oson bo'lgan quyidagi shriflardan taqdimotlaringizda foydalanishingiz mumkin:
• Arial;
• Arial Narrow;
• Arial Black (sarlavhalar uchun);
• Bebas (sarlavhalar uchun);
• Calibri;
• Futura;
• Gill Sans;
• Helvetica;
• Helvetica;
• Lucida Console;
• Myriad Pro;
• Open Sans;
• Roboto.

Bitta taqdimotda bitta shrift guruhidan foydalanish va faqat kerak joylarda shrift holatini (qalin, kursiv va h.k) o'zgartirish yaxshiroqdir.

😉 Yuqorida berilgan shriftlardan foydalnish majburiy emas, taqdimotingizni mazmuni va auditoriyasidan kelib chiqib boshqa shriftlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

22 Oct, 08:04


Animatsiyaning 12 tamoyili
#AT

Animatsiya sohasiga qiziquvchilar uchun animatsiya tayyorlashda kerak bo'ladigan 12 tamoyillar taqdim etgan edik:

ℹ️ Tamoyillar haqida qisqacha ma'lumot

1️⃣ Zichlash va kengaytirish

2️⃣ Tayyorlanish yoki oldindan mo‘ljalni olish

3️⃣ Ketma-ketlikda sahnalashtirish

4️⃣ Komponovkalardan foydalanish

5️⃣ Harakat ichidagi harakat

6️⃣ Sekinlashish va sekin harakatdan chiqish

7️⃣ Yoy

8️⃣ Ikkilamchi harakat

9️⃣ Vaqtni belgilash

🔟 Oshirib, bo’rttirib ko’rsatish

1️⃣1️⃣ Yaxlit chizma

1️⃣2️⃣ Jozibadorlik

Bundan tashqari barcha tamoyillar jamlangan ushbu videoni ham ko'rishingiz mumkin:
▶️ Animatsiyaning 12 tamoyili

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

22 Oct, 08:03


Искусственный интеллект в управлении проектами: новая лекция от Uzum Team

24 октября в 19:00, в рамках открытого лектория Uzum Team, выступит приглашенный спикер — Иван Доронин, AI Project-менеджер в компании G24 (Абу-Даби), карьерный консультант и эксперт поиску работы через Linkedin.

Иван расскажет о том, как эффективно использовать искусственный интеллект в управлении проектами, а также поделится секретами продвижения резюме в Linkedin и развития нетворкинга для успешного поиска работы.

Количество мест ограничено. Участие бесплатное по предварительной регистрации: https://uzum.team/

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Oct, 14:43


Keraksiz dasturni kompyuter yonganda avtomatik ishga tushishini o'chirish!
#yechim

ℹ️ Shu sozlamani sozlab qo'ysangiz kompyuter yonganida faqat siz istagan dasturlar avtomatik ishga tushadi.

Bu esa kompyuterni tezroq ishlashiga ham ta'sir ko'rsatadi.

💻 + 🅰 ga msconfig deb yozdik.

👨‍🏫 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Oct, 13:32


Matnlar bilan ishlash uchun 4 ta funksiya
#shorts / #excel

Excel dasturida matnlar bilan ishlasangiz ushbu funksiyalar koʻp kerak boʻlishi mumkin.

Bugun ushbu funksiyalarni oʻrgandik:
• СЖПРОБЕЛЫ (TRIM)
• ПРОПНАЧ (PROPER)
• ПРОПИСН (UPPER)
• СТРОЧН (LOWER)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Oct, 13:32


Эксперты из узбекистанских и зарубежных компаний проведут для молодых специалистов в 19 городах страны лекции и мастер-классы о том, как построить карьеру в IT.

Эксперты расскажут о том, как найти первую работу или стать фрилансером, быстро осваивать новые навыки, развивать свой профиль в LinkedIn, использовать AI-инструменты для карьерного роста и запускать стартапы в IT.

Все лекции, мастер-классы, воркшопы и Q&A-сессии бесплатные и пройдут на трех языках: узбекском, английском и русском.

IT Community Roadshow стартует 26 октября в 10.00 в Ташкенте и продлится до конца марта. За 6 месяцев эксперты посетят города: Ташкент, Сырдарья, Бекабад, Алмалык, Коканд, Андижан, Наманган, Фергана, Джизак, Самарканд, Карши, Термез, Денау, Бухара, Навои, Зарафшан, Ургенч, Хива, Нукус.

В программе открытия Roadshow, помимо мастер-классов о построении карьеры и личной продуктивности, прожарка резюме, нетворкинг-сессии, викторина с призами для активных участников. Зарегистрироваться можно по ссылке: https://t.me/itcomuzbot.

Roadshow пройдет при поддержке IT Community of Uzbekistan, экосистемы Uzum, UZINFOCOM, School 21, IT Park, Министерство цифровых технологий, международной ассоциации Women in Tech, AIM Lab.

Подробнее

KOMPYUTER AKADEMIYASI

21 Oct, 06:12


Biror dasturni to'liq o'chirish!
#yechim / #dastur

ℹ️ Sizga yoqmayotgan dasturni ushbu havolada berilgan dasturlar yordamida o'chirishingiz tavsiya qilinadi.

Shunda keraksiz dasturdan to'liq qutulasiz 😎.

👨‍🏫 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

20 Oct, 11:17


Antivirusni vaqtincha o'chirib turish!
#yechim / #antivirus

ℹ️ Biror dasturni o'rnatishingizda muammolar yuzaga kelsa ko'pincha bunga antivirus sababchi bo'ladi.

🎞 Ushbu videoda Windows'ning o'zining Defender antivirusini vaqtincha o'chirib turishni ko'rib chiqdik.

👨‍🏫 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

20 Oct, 06:51


Aktivatsiya qilish kerak!
#yechim / #aktivatsiya

ℹ️ Biror dastur to'liq ishlashi uchun uni ko'pincha aktivatsiya qilish kerak bo'ladi.

👉 Aktivatsiya mavzusiga oid postlar

👨‍🏫 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

20 Oct, 06:03


SI endi o'zbek tilida ham taqdimot tayyorlab beroladi!
#AI / #powerpoint

ℹ️ Instagramda n1zamoff men yaxshi ko'rgan, SI asosida taqdimot tayyorlovchi Gamma.app saytiga o'zbek tili qo'shilganini aytgan ekan. Tekshirib ko'rsam rostdan ham o'zbek tili mavjud. Bosib ishlating 😉.

📌 Mavzuga oid postlar:
• Taqdimot tayyorlovchi AI
• Sun'iy intellekt yordamida taqdimot tayyorlab beruvchi bepul saytlar
• 3-dars. SI yordamida taqdimot tayyorlaymiz!

👨‍🏫 Kompyuterni professionallardan o'rganing!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

19 Oct, 14:02


💸 150 ming so'mga kompyuterni oʻzingizga qulay vaqt va muddatda to'liq o'rganishni istaysizmi?

👨‍💻 Videokurs kompyuter boʻyicha dars berishda 4 yillik tajribaga ega ustoz tomonidan tayyorlangan.

Kursda o'qish va ish davomida kerak bo'ladigan barcha amaliy ko'nikmalar berib o'tilgan.

📃O'tiladigan darslar ro'yxati I PDF

ℹ️ Batafsil ma'lumot: @ks_kursi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

18 Oct, 10:43


Sheets yoki Docs'da tayyorlangan hujjatni tezkor pdf qilib yuklash
#mohirlik / #docs / #sheets

⬇️ Google Sheets yoki Docs da tayyorlangan hujjatlarni onlayn ko'rish imkoniyati mavjud, lekin ba'zi telefonlarda ushbu saytlarda tayyorlangan hujjatlarni ko'rishda qiyinchilik bo'lishi mumkin. Bunday holatda hujjatga kirmasdan turib uni PDF holatida yuklashni tavsiya qilamiz.

Buning uchun hujjat havolasiga /export?format=pdf qo'shib brauzerdan kirasiz, shunda hujjatning ayni vaqtdagi holati PDF shaklida yuklanib boshlaydi, masalan:

🔗 Hujjatimiz havolasi (onlayn ko'rish): https://docs.google.com/spreadsheets/d/1GzCdUFfKIgn2TJCYXEuNyBtYlg3BGoz2yS_-RnOIytI

📄 Uni .PDF holatida yuklash: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1GzCdUFfKIgn2TJCYXEuNyBtYlg3BGoz2yS_-RnOIytI/export?format=pdf

😉 Kompyuter Savodxonligi kursimizda Sheets va Docs'ni o'rganish bo'yicha darslar yetarlicha amaliyotlar bilan berilgan: Kompyuterni professionallardan o'rganing!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Oct, 15:22


Faylni tezda o'zimizga yuborish uchun 5 ta tasdiqlangan usul!
#dastur / #mohirlik

ℹ️ Ko'pincha faylni telefoningizdan shaxsiy kompyuteringizga yoki planshetingizga yoki boshqa joyga o'tkazish kerak bo'ladi. Buni qilishning ko'plab usullari mavjud, ammo ushbu maqolada biz tez, oson va minimal kuch talab qiladiganlarga e'tibor qaratamiz.

1️⃣ Telegramdagi "Избранное" orqali faylni yuborish.

2️⃣ AirDrop orqali faylni yuborish.

3️⃣ Nearby Share orqali faylni yuborish.

4️⃣ Snapdrop orqali faylni yuborish.

5️⃣ ShareIt orqali faylni yuborish.

📰 To'liq maqolani o'qish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Oct, 12:20


👉 Русскую версию можно найти на нашем канале.

K-Lab AKToʻquv markazi Koreyaning Milliy IT-sanoatni rivojlantirish agentligi (NIPA) koʻmagida bepul kurslar oʻtkazadi.

K-Lab yangi kurs sifatida oson va qiziqarli amaliy ishlab chiqarish boʻyicha kurslar uchun o’quvchilar qabuli boshlanmoqda.

Kurslar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
– Doimiy kurs: Boshlang’ich Arduino (ultratovush va chiziqli sensorlar yordamida AI avtonom haydash)
– Bir kunlik kurs:
- 3D qalam
- Lazer o'ymakorligi
- Vinil kesish

Kurslar haqida ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olishingiz mumkin.

👉 Basic Arduino

👉 3D Pen

👉 Laser Engraving

👉 Vinyl Cutting

Ariza yuborish uchun bizning Telegram kanalga obuna bo'lib, kanaldagi postning past qismidagi havolalar orqali ariza to'ldirib yuboring
t.me/KLABUZ

Manzil: UEnter binosining pastgi qavatida (B1) K-Lab AKT ta'lim markazi

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Oct, 05:21


Playbill shrifti

🔽 Videoda ishlatilgan shrift. Ushbu shrifni bu saytdan ham yuklab olishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Oct, 05:21


O'sishni qulay shaklda ko'rsatish
#shorts / #excel

ℹ️ Kerakli progres (o'sish) ni qulay ko'rinishda taqdim etishimizda kerak bo'ladigan mohirlik.

🔽 Videoda ishlatilgan shriftni ushbu saytdan yoki kanalimizni o'zidan yuklab olishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

17 Oct, 04:16


🎮 Geymerlar uchun eng yaxshi so'vg'a 🤩

👕 GameDev Goethe 2024 kompyuter oʻyinlari koʻrgazmasida sizda NVIDIA dan rasmiy futbolkalar yutib olish imkoniyati bo'ladi!

Ko'rgazmaga kirish bepul, ro'yxatdan o'tish lozim

📅 Sana: 19 oktyabr. shanba
🕑 Vaqt: 15:00 dan 21:00 gacha
📍 Manzil: Goethe-Institut Toshkent

Barcha tafsilotlar @GameDevGoethe kanalida!🎉

KOMPYUTER AKADEMIYASI

16 Oct, 10:41


Internet Download Manager v6.42.22

Internetdan ko'rgan videosini yuklashga yordam beruvchi dastur (crack, aktivatsiya talab qilinmaydi, faqat o'rnatish paytida antivirusni o'chirib turing).

KOMPYUTER AKADEMIYASI

15 Oct, 07:41


"Aвтозагрузка" nima? "Aвтозагрузка"ga dastur qo'shish yoki olib tashlash!
#videodars / #windows

ℹ️ Aвтозагрузка - kompyuter ishga tushishi bilan ma'lum dasturlarni birga ishga tushiruvchi funksiya. Kompyuterimizda avtozagruzka bo'limi mavjud bo'lib, bu bo'limda belgilangan dasturlar kompyuter yonishi bilan birgalikda ishga tushadi.

Biror dasturni avtozagruzkaga qo'shish:
1. Win + R ga shell:startup buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz.
2. Chiqgan papkaga avtozagruskaga kiritmoqchi bo'lgan dasturlarimizning yorliqlarini tashlaymiz.

Keraksiz dasturlarni olib tashlash:
1. Win + R ga msconfig buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz.
2. "Автозагрузка" joyidagi keraksiz dasturlardan belgilash (✔️) ni olib tashlaymiz va OK ni bosamiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 06:31 💾: 19.4 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz!
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

14 Oct, 11:32


Adobe dasturlarining bepul alternativlari (oʻrnini bosuvchi dasturlar)
#manba

ℹ️ Bilamizki Adobe brendining mahsulotlari sifatli boʻlishi bilan bir qatorda anchagina qimmatdir.

😉 Siz Adobe'ning dasturlarini crack versiyasini emas, uni oʻrnini bosuvchi dasturlardan foydalanmoqchi boʻlsangiz ushbu rasm sizga kerakli dasturni topishga yordam beradi. ©@the_windows

📌 Kanalimizdan Adobe soʻzini qidirish orqali koʻplab dastur va maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

14 Oct, 09:26


Biror dasturni to'liq o'chirib beruvchi dasturlar
#dastur

ℹ️ Kompyuterdagi biror dasturni to'liq o'chirish va o'sha dasturdan hech qanday iz qolishini istamasangiz ushbu dasturlar yordamida keraksiz dasturni o'chirishingizni tavsiya qilaman. O'rnatish va ishlatish juda oson.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Oct, 11:19


HEU KMS Activator v24.6.3 (x64/x86)
#dastur / #aktivatsiya

ℹ️ HEU KMS Activator – bu Windows 10, 11 va MS Office 2021 ni bir marta bosishda faollashtirishi mumkin bo‘lgan Windows va Office faollashtirish dasturi (aktivator).

Dastur barcha Microsoft mahsulotlarini faollashtirishning eng yaxshi usulini tanlaydi. Siz faollashtirishni 4 ta rejimidan birini tanlashingiz: raqamli litsenziya, KMS38, OEM va KMS.

🔽 Yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

11 Oct, 11:19


HEU KMS Activator v24.6.3 (x64/x86)
#dastur / #aktivatsiya

ℹ️ HEU KMS Activator – bu Windows 10, 11 va MS Office 2021 ni bir marta bosishda faollashtirishi mumkin bo‘lgan Windows va Office faollashtirish dasturi (aktivator).

Dastur barcha Microsoft mahsulotlarini faollashtirishning eng yaxshi usulini tanlaydi. Siz faollashtirishni 4 ta rejimidan birini tanlashingiz: raqamli litsenziya, KMS38, OEM va KMS.

💾: 7.8 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

09 Oct, 14:17


Jadvalni avtomatik ixchamlash
#shorts / #word

Word dasturida jadvallar bilan ishlashda kerak bo'ladigan mohirlikni o'rganib olamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube