SUBYEKTIV @subyektivuz Channel on Telegram

SUBYEKTIV

@subyektivuz


Fikrlar subyektiv, xulosa o‘zingizdan!

📞 Reklama: 90 044-66-81

Taklif va gʻoyalar uchun: @subyektivuzbot

Bosh homiy: kun.uz sayti

Materiallarimizdan foydalanganda manba qoldirishni unutmang❗️

SUBYEKTIV (Uzbek)

SUBYEKTIV Telegram kanalining oxirgi ma'lumotlari va yangiliklari bilan yana bir marta sizni ta'qib qilishga chaqiramiz! Klassifikatsiyasiz, subjektiv fikrlarni o'rganish va o'z fikrlaringizni boshqalarga aytib bering. Kanalda reklama berish uchun 90 044-66-81 raqamiga telefon qilishingiz mumkin. Takliflar va gʻoyalar uchun @subyektivuzbot profiliga murojaat qila olasiz. Hozirgi vaqtda hamma uchun muhim bo'lib qolgan yangiliklar bosh homiyda kun.uz saytida. SUBYEKTIV materiallaridan foydalanganda manba qoldirishni unutmang! Sizni kanalimizga xush kelib qolishni umid qilamiz.

SUBYEKTIV

18 Feb, 15:20


Ilon Mask: “Baxtlilar sirli yashaydi”

Ijtimoiy tarmoqlarda eng baxtli ko‘rinadigan insonlar, aslida eng baxtsiz odamlardir. Ilon Mask va Jo Roganning dunyoga mashhur podkastini endi o‘zbek tilida ko‘rishingiz mumkin.

📹👉VIDЕONI KO‘RISH

SUBYEKTIV

18 Feb, 12:12


Mutaxassis-ekspertlar 🥷 vs Tarmoq faollari 🦸🏻‍♂️

Chizib-oʻchiravering. Qashshoqlashib qolmaymiz!

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

14 Feb, 13:16


Gazni ovqatga sarflab yuborayotganimiz uchunmas, jamiyatda oʻqituvchilarning hurmatini oshirolmayotganimiz uchun KOSAMIZ OQARMAYAPTI aslida.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

13 Feb, 14:59


“Ayting, piyoda ham odammi? Bu yoʻllar bobomdan qolgan. Faqat meniki!”

SUBYEKTIV

11 Feb, 10:18


Seul Moon’ning davomi, Novza koʻchasidagi Boʻrijar soyining boʻyidagi qolgan daraxtlar ham kesilishi haqida gaplar yoʻq emas.

Tasavvur qilishingiz uchun 300-400 metrli bu hududda yuzlab koʻp yillik daraxtlar, minglab kichik nihollar oʻsgan. Ularni ham kesib tashlab, oʻrniga “Toza havo”mi, “Ona tabiat”mi degan yana boshqa binolar mutlaqo kerak emas.

Chilonzor tumani, Toshkent shahar hokimlari qolgan hududlar qatori bu yerda ham daraxtlar kesilmasligiga qat’iy va’da berishlari shart! Kerak boʻlsa talab qilamiz.

Bu hudud ham bir kechada tekislanmasidan, daraxtlar kasallantirilmasidan darhol oldini olish kerak. Eslab qoling, hozir barcha daraxtlar sogʻlom va tegilmagan!

SUBYEKTIV

08 Feb, 13:40


Yaqin kunlarda…


@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

04 Feb, 16:02


Doʻstlik haqida)))

SUBYEKTIV

04 Feb, 16:01


Shaxsiyga yozayotganlarga!

Video adashib ham tashlanmadi, tasodifan ham. Oʻzi u Alisher doʻstim haqida ham emas))

SUBYEKTIV

04 Feb, 07:26


Meni doim bitta savol oʻylantiradi: vokzallarimiz nega panjara bilan toʻsib qoʻyilgan?

Xavfsizlik masalasi desang, Oʻzbekiston – dunyodagi eng xavfsiz mamlakat. Hatto aeroport terminallarigacha mashina kirib boradi. Hokimiyat, prokuraturalarniki ham olib tashlangan. Vokzallar atrofida esa “toʻxtash taqiqlanadi” belgilari va PANJARA!

Mantiqmi, jumboqmi – hech shuni yecholmaganman. Boshqa davlatlarda, hatto Turkmanistonda ham vokzallarida toʻsiqlar yoʻq ekan. Shimoliy Koreyani bilmadim.

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

03 Feb, 11:33


Samimiy post: mitti maktab

Xatirchi tumanida 20 nafar oʻquvchisi, ikki oʻqituvchisi bor boshlangʻich maktabni uchratib qoldik. Hammasidan qizigʻi – oʻqituvchilar Hasan va Husanlar ekan)

Videodagi savolimizga javobingizni Instagramimizning huddi shu postida qoldirsangiz boʻladi. 😊

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

01 Feb, 08:57


Deputatlar odamlarni kamsitmasin. Odamlar deputatlarni soʻkmasin. Chunki…

Qolgani videoda.

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

30 Jan, 14:18


Videoni bir koʻring-da…

Keyin shunga mos reaksiya qoldiring, mayli.

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

29 Jan, 13:39


Yaqinda qilinayotgan ishlarni koʻrsatish maqsadida Toshkent shahar hokimligiga chaqirishgandi.

Biz qilinmayotgan ishlarni olib chiqishimizni aytdik. Keyin arazlab, Instagramimizdan ham “unfollow” qilishdi. Bormay toʻgʻri qilibmiz.

Rasm hokimlik bugun joylagan videodan olindi.

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

29 Jan, 07:20


Surxondaryoliklar va uyoqqa borganlarga tanish muammo

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

20 Jan, 05:47


Oʻzbeklar nega bir-biriga oʻxshamaydi?

Genetika haqidagi katta koʻrsatuvimizda shu haqda ham gapirgandik. Koʻrmaganlarga bir eslatib qoʻyaylik, dedik))

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

16 Jan, 10:29


Uzr, oxirgisi 4 mln soʻmdan ortiq edi 😅

SUBYEKTIV

15 Jan, 13:33


Birdan “eski”larni ayblab tashlamaylik. Hammasi xalqning hisobidan koʻpayyapti)

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

15 Jan, 10:37


Yana bir ogʻriqli mavzu – bekatlar…

Butun dunyoda ular shunchaki bekat. Bizda esa hamma narsa.

Eh… Sen shuncha yozib hal qilolmagan ishlarni metrodagi amaki bir yozilib hal qivordi)

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

12 Jan, 10:00


Antiqa koʻchamizdagi keyingi sarguzashtlarimiz orqali koʻrishganda koʻrishguncha)

@subyektivuz

SUBYEKTIV

11 Jan, 09:50


Klip ham ovordik mana)

@subyektivuz

SUBYEKTIV

06 Jan, 09:36


Oxirgi 3 ta postimizdan keyin oʻsha mashhur postda layklar soni 4,1 mingta qilib qoʻyildi. Kirib koʻringda bir)))

Eng qizigʻi, sal teparoqqa chiqsangiz, boshqa birorta postlarida bunaqa “reaksiyalar” yoʻq. Guruhlarga tarqatilib, layklar soʻralgani aniq. Skrinshotlar ham chiqib qolsa kerak tez orada)

Ha, mayli. Oʻzi boshqa narsa haqida yozishga kirgandim: 1 fevraldan “Afrosiyob” poyezdlarining chipta narxlari 20-25 foizga, qolgan eski-tuski vagonli poyezdlar chiptalari 30 foizga osharkan.

Sahifamizni kuzatib boring. Yaxshi gaplar haqida yozishni biz ham xohlaymiz. Boʻpqolar…

SUBYEKTIV

04 Jan, 11:12


Sal ishontirib aldash kerak-ey. Miyamda formulalar aylanib qoldi. Bu reaksiyalar soni matematik proporsiyalar va ehtimollar nazariyasigayam toʻgʻri kelmayapti-ku? 😂😂😂

SUBYEKTIV

04 Jan, 11:05


Shuniyam “nakrutka” qilsa boʻladimi? 😳

Kechagina faqat 1,5 mingta soʻkish stikerlari bilan bezalgan va faqat shungagina arziydigan tanish post 3,1 mindan ortiq layk, olovlarga toʻlib ketibdi. Qiziq, juda qiziq. Taajubdaman. Hayronman. Hayratdaman. Lekin soxtalik bilan hech qachon mehr qozonolmasligimizni ham bilaman.

SUBYEKTIV

03 Jan, 16:49


Gʻayrat Doʻstov ozod qilindi. Lekin deputat sifatida kafil boʻlishi kerak yerda uni “metan bola” deb kamsitgan Alisher Qodirov odamlarning koʻziga yana bir bor yomon koʻringani qoldi.

“Metan bola” emas, hech boʻlmasa “metin bola” deganingizda yarashardi, janob Qodirov.

SUBYEKTIV

02 Jan, 15:24


Doʻstlar, bitta narsani esimizdan chiqarmaylik!

Shaxsiy hayotimizda hammamizning xatolarimiz boʻladi. Bu ayblar faqat oʻzimizniki. Keyin “shaxsiy daxlsizlik” degan tushunchalar bor.

Istalgan millat qahramonlarining hayotini oling – hammasida kamchiliklar, barmoq bilan koʻrsatgulik qilmishlari bor. Lekin ular avomning dardini ayta olganliklari uchun ham qahramon. Sazoyidan esa muammolarimizga yechim yoʻq.

Birovni ayblayotganda yoqamizni bir hidlab qoʻyamiz…

SUBYEKTIV

02 Jan, 10:34


Turli izohlarda akaning shaxsiyatiga “farishtalar” tomonidan teginishlar boshlanibdi. Tanish senariy))

Bu odam oilasining emas, butun oʻzbekistonliklar dardini gapirdi. Oilasi toʻkis ham, baxtlisi ham, gunohi kami ham metanda navbatda turibdi, baraka topgurlar))

SUBYEKTIV

01 Jan, 13:45


Ayrim faollar G’ayrat Do‘stovning himoyasi va oilasini moddiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida xayriya boshlashibdi.
Shunday xayriya boshida turgan faollardan biri Abduvohid Atametov Do‘stovning oilasiga yordam berish uchun inson huquqlari faoli, "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov vakil qilinganini ma’lum qildi.

"Nega Tashanov? G‘ayratni yaqinlari yo‘qmi? G‘ayratni yaqinlari qattiq qo‘rqib qolishibdi. Bizni ham qamab qo‘ysa-chi?- deyishmoqda. Shu sabab oramizdan ishonchli vakil deb Abdurahmon akani tanladik", bu tanlov sababini tushuntirgan Atametov.

Faolga ko’ra, tushgan pul hisobotlari jamoatchilikka e’lon qilib boriladi:

5614681620408629

Abdurahmon T.

@haqiqatdaIlyos

SUBYEKTIV

01 Jan, 13:28


Aytgancha, mana oʻsha pullik koʻprik.

Oʻsha koʻrsatuv esa MANA

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

01 Jan, 04:24


Kechadan beri shu xabardan oʻzimga kelolmadim. Yozmasam boʻlmadi…(

Shu odam oilasida nogiron, qarilari borligi, oilaning yagona boquvchisi ekanligini aytib, butun Oʻzbekiston ovozi boʻlib chiqdi. Nooʻrin gapirmadi, nohaq gapirmadi. Kamera qarshisida nima deyish-demaslikni biladigan darajada aqlli inson boʻlgani uchun me’yor darajasida nolidi.

“Zapravka” xodimlarini soʻkkan ekan – 15 sutkaga qamashibdi. Qonunlarimizda kechirim yoʻqmi? Sudlarimizda adolat-chi? Soʻkongʻich hokimlar-u, boshqa rahbarlar nega 5 sutkayam oʻtirib chiqishmaydi? Har majlisda qanchalab xodimning izzat-nafsini bir tiyin qilishadi.

Bu odamning izida qolganlari 15 kun nima yeb-ichishadi endi? Sudya opamiz bu hukmni chiqarib, uyida yangi yil kutgan bir paytda akamiz 2025-yilni qamoqda kutib oladigan boʻpti. Ming afsuslar boʻlsin…

Yangi “saylangan” deputatlarimiz yilni qonunlarga oʻzgartirish kiritib, qonunchilikka “birinchi safar kechirish”, “imkoniyat berish” bandlarini qoʻshish haqida bosh qotirishsa, ishlashayotganini sezarmidik.

SUBYEKTIV

29 Dec, 17:14


Ularda ayb yoʻq, hamma gap shu buyruqni berayotganlarda

SUBYEKTIVning yangi sonini koʻrmaganlar shu yerga bosib, tomosha qilishlari mumkin.

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

27 Dec, 13:09


“YAMA”larga to‘la tizim | SUBYEKTIV

Barcha uchun tanish, og‘riqli mavzu! Uyidan ko‘chaga chiqqan har bir kishi yo‘lda yuradi, transportga ehtiyoj sezadi va harakat ishtirokchisiga aylanadi. Tizimdagi kamchiliklarni yopish esa taksichilar zimmasida qolgan.

SUBYEKTIV O‘zbekiston bo‘ylab 5000 km masofa bosib, 15 kun davomida yo‘llar, avtovokzal va bekatlar holatini o‘rgandi. Bundan tashqari ko‘rsatuvda aviaqatnovlar monopoliyasi, temiryo‘llar xizmat sifati va jamoat transportlari holati tahlillariga ham to‘xtalamiz.

KO‘RSATUVNI HOZIROQ KO‘RISH

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

07 Dec, 08:55


Endi gap bunday)

Flesh-xotira yoki telefonga musiqa yozdirib, eshitib yurishni endi oʻtmishga qoldiraversak ham boʻladi.

Doimiy, bir xil qoʻshiqlar roʻyxati odamni bezdirib qoʻyadi. Ba’zan kayfiyatga mos musiqalar eshitging keladi. Ularni qidirib, yigʻib chiqish – ortiqcha ish. Neyrotarmoq mana shu istak-xohishlarni birlashtiribdi (qolganini videoni koʻrib, tushunib olsangiz boʻladi).

Xullas, shunday xulosaga keldimki, Yandeks Musiqa doim kayfiyatingizga qararkan))

Reklama, oʻzbekchasiga “qora qozon” huquqi asosida))

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook

SUBYEKTIV

06 Nov, 06:25


Nukusdan Termiz, Andijongacha!

SUBYEKTIV jamoasi yangi hujjatli film tayyorgarligi uchun respublika boʻylab safarini boshladi.

Xudo xohlasa, hammayoqni aylanib chiqish niyatidamiz. Bizni kuzatib boring! 😊

@subyektivuz

SUBYEKTIV

04 Nov, 10:38


🚏Shahringizda bekatlarning ahvoli qanday?

Keling, navbatdagi koʻrsatuvni birga tayyorlaymiz!

Siz shahringizdagi bekat, avtovokzal, avtostansiya suratini shu post izohida qoldiring. Qayer ekanligini ham yozing.


Siz yuborayotgan suratlarda ular ajabtovur, nostandart, kulguli, yigʻlaguli yoki umuman oʻrnida yoʻq boʻlishi mumkin. Biz hammasini jamlab, yangi koʻrsatuvda koʻrsatishga harakat qilamiz.

Izoh faqat gap emas, surati bilan boʻlgani ma’qul. Kutamiz! 😊

@subyektivuz

SUBYEKTIV

02 Nov, 16:14


🌏 Agar turgan yeringizdan yer qa’riga tushib ketsangiz (aslida bu imkonsiz), dunyoning qaysi nuqtasidan chiqib kelasiz?

“Antipod nuqtasi” deyiladigan bu manzilni shunchaki qoʻnim (lokatsiya) kiritish orqali aniqlash mumkin.

Dam olish kunlari zerikib oʻtirganlar (👉shu havolaga kirib👈) oʻzlarining antipod nuqtasini aniqlashlari mumkin.

AQSh taraflardan chiqib qolsa, shartta yer kovlashga tushib ketmang tagʻin. Aslida bu imkonsizligini yana bir bor eslatib oʻtamiz. 😅

@subyektivuz

SUBYEKTIV

30 Oct, 14:14


❗️SUBYEKTIV navbatdagi mavzuga kirishdi!

Transport infratuzilmasi:
👉 respublika boʻylab A dan B nuqtaga borishdagi noqulaylik yo qiyinchiliklar;
👉 jamoat transportlari holati;
👉 shahar, tumaningizdagi avtovokzallar;
👉 temir yoʻl, avto va havo yoʻllari haqida savollaringizni manzillari bilan aniq qilib, izohda yozib qoldiring. Imkon qadar oʻrganamiz.

Mavzuni hududlarga chiqib tahlil qilib, oʻz koʻzimiz bilan koʻrib, yechimlar bera oladigan hujjatli film tayyorlashni reja qilganmiz. Bu katta mehnat talab qiladi. Keling, shu filmni birgalashib tayyorlaymiz! 😊

@subyektivuz

SUBYEKTIV

30 Oct, 06:34


SUBYEKTIV ustidan shikoyat qilishmoqchi

Yangi koʻrsatuvimizda xususiy bandlik agentliklari (XBA) ish topib bergani uchun oldindan pul olishi qonunan toʻgʻri emasligi aytilgan. Tegishli qonun hujjati va moddasi ham keltirilgan.

Qanchalab yurtdoshlarimiz pul toʻlab sarson yurganini ham hammamiz bilamiz, koʻryapmiz. Va koʻrsatuvda aynan birorta XBA obroʻsizlantirilmagan.

Shunday boʻlsa-da, ayrim XBAlar ustimizdan arz qilishmoqchi ekan. Endi odamlar qonunni roʻkach qilib borishadi-da ularning oldiga.

Mayli, boshga tushganni koʻz koʻrar. Muhimi yurtdoshlarimiz boshqa aldanishmasin. Maqsadimiz shu!

@subyektivuz

SUBYEKTIV

29 Oct, 05:48


❗️Endi shaharlarimizda shunday doʻngalaklar koʻpayadi

Yoʻllar eng avvalo piyodalarniki. Haydovchi ham mashinadan tushganda – piyoda. Ularning farzandlari, ota-ona, doʻstlari – piyodalar. 🚶‍♂️🚶🏻‍♀️👩‍🦯🧑🏻‍🦯👩‍🦽👨‍🦽

Yoʻllarda oʻlimning oldini olish boʻyicha har qanday oʻrinli tashabbus qoʻllab-quvvatlanishi kerak. Tezlik esa hech kimga doʻst emas.🤕🚗

Manba

@subyektivuz

SUBYEKTIV

27 Oct, 11:11


Ishonch uchun rahmat, doʻstlar!

SUBYEKTIV allaqachon keyingi mavzu harakatini boshlagan. Bu safar yana ogʻriqli mavzulardan biri koʻtariladi.

Bu har biringiz uchun qiziq, har bir oʻzbekistonlik hayotiga aloqador, katta mehnatli navbatdagi hujjatli filmimiz boʻladi.❗️

Sahifalarimizni kuzatib, bizni qoʻllab-quvvatlab tursangiz boʻlgani. Boshqalarga tavsiya qilsangiz ham mayli. Sizdan soʻraydiganimiz shu xolos. 😊

SUBYEKTIV mavzularni doimgidek boshqacha rakursdan olib chiqishda davom etadi.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

26 Oct, 14:48


🇨🇦🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Kanada va Angliyadan mustaqil ish izlash

Mavzuni tushunib olish uchun avval (👉bu yerga kirib👈) SUBYEKTIVning yangi sonini ko‘rib chiqing.

Kanadada sifatli immigratsiya ustuvor. Til bilish, kasbiy mahorat ancha ustunlik beradi. Uyoqdan “ish topib beraman” deb pul so‘rayotganlardan ehtiyot bo‘lavering.

Bu ular aytganichalik oson ish emas. Viza shartlari va “Kanadaga yo‘l” haqida quyidagi saytlar orqali tanishsangiz bo‘ladi:
Canada.ca, jobbank.gc.ca, indeed.ca, educanada.ca, wes.org

Angliyadan mavsumiy ish izlayotgan, migratsiya tashkilotlarida navbat kutayotganlarning o‘zlari ham mustaqil ish qidirishsa bo‘ladi. Bunday platformalar ko‘p. Ulardan ba’zilari quyidagilar:
agri-hr.com, concordia.org.uk/seasonal-work, www.rerecruitment.com/seasonal-poultry-worker-scheme, osrodek-hr.com

SUBYEKTIV xorijdan ish topishingizga kafolat bermaydi. Bu post tavsiyaviy xarakterga ega.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

26 Oct, 14:43


🇩🇪 Germaniyadan bepul va mustaqil ish topish

Mavzuni tushunib olish uchun avval (👉bu yerga kirib👈) SUBYEKTIVning yangi sonini ko‘rib chiqing.

Aslida o‘zingiz ham xorijiy ish beruvchi saytlarda ariza qoldirib, ijobiy javob olgach, keyin elchixonaga borishingiz mumkin. Sizni ishga chaqiruvchilar aniq bo‘lsa, viza olishingiz ancha osonlashadi.

Germaniyadan ish topish uchun quyidagi saytlarda ariza qoldirib, o‘zingizni sinab ko‘rsangiz bo‘ladi:
StepStone.de, Indeed.de, Monster.de, Xing.com, LinkedIn.com, Jobware.de, Glassdoor.de, Jobboerse.arbeitsagentur.de, Kimeta.de, Karriere.de, Stellenanzeigen.de, Experteer.de, Gigajob.com, Joblift.de, Absolventa.de, Jobrapido.de, BerlinStartupJobs.com, Jobstairs.de, Taleo.net.

Kimda-kim sizdan ish topib bergani uchun PUL SOʻRASA - BERMANG! Ular firibgarlar boʻlishadi.

Germaniyaga borish uchun kasbiy malakangizdan tashqari til bilish talabi ham borligini hisobga oling.

SUBYEKTIV xorijdan ish topishingizga kafolat bermaydi. Bu post tavsiyaviy xarakterga ega.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

26 Oct, 14:03


“Osmondan pul yog‘adigan” davlatni izlab... | SUBYEKTIV

Ko‘chib borganlarga pul, qizlariga uylanganlarga fuqarolik va’da qilayotgan davlatlarning shartlari qanday? O‘zbekistonliklar uchun 60 dan ortiq vizasiz mamlakatlar, ular orasida Amerika qit’asidagi davlatlarning ham borligi, Yevropa va Kanadadan mustaqil ish topish yo‘llari, O‘zbekistonda 50 mln so‘mgacha oylik maoshlar egasini kutayotgani bugun afsona emas.

SUBYEKTIV bu safar yangicha formatda chiqish qiladi. Yangi mavzu – migratsiya.

🎞️ HOZIROQ KOʻRISHNI TAVSIYA QILAMIZ

SUBYEKTIV

26 Oct, 10:43


⚡️Yaqin soatlarda katta koʻrsatuv chiqadi

SUBYEKTIVda yangicha uslub!

SUBYEKTIV

24 Oct, 05:41


#unuttirmaymiz

Soʻradingiz – keldik!

Yangi koʻrsatuv qachon chiqadi?” degan doimiy soʻrovlardan keyin yana bir savol eng koʻp berilyapti: “Poytaxtdan koʻchirib olib ketilgan koʻp yillik daraxtlar taqdiri nima boʻldi?

#unuttirmaymiz loyihamiz orqali oxirgi marta may oyida borib xabar olgandik. Shu orada bu amaliyot noqonuniy deb baholangani, daraxtni koʻchirganlarga jinoiy ish ochilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Lekin bu jinoiy ish boʻyicha ma’lumot berilmayotgani haqida Kun.uz’da maqola chiqdi. Unda prokuratura Kun.uz soʻroviga javob bermagani aytilgan.

Daraxtlarning bugungi holatini videoda koʻrishingiz mumkin. Balki, ularni saqlab qolish imkoniyati hali bordir.

SUBYEKTIV bu masalaga yana qaytadi – #unuttirmaymiz !

Aytgancha, yangi koʻrsatuvni ham shu kunlarda chiqarishni moʻljallayapmiz.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

21 Oct, 15:41


Samimiy suhbat 🇺🇿

Bugungi bayram koʻngilga sigʻmadi. Chunki davlat tili ustuvorligi bilan maqtanadigan taraflarimiz umuman yoʻq. Bilmadim, bugun tadbirlarda qanday balanparvoz gaplar aytildi.

Lekin mana shu videodagi insonlardek yurtdoshlaring bor ekan, umid qilaverasan: Oʻzbek tilini aslidek gapiradigan boshqa millat vakillari.

Bu intervyuni Kun.uz’da ishlaganimda yigʻib chiqqandim. Maza qilib gaplashgandik. Yaxshi suhbat boʻlgan. 🎞SHU YERGA BOSIB, bir koʻrib chiqing. Sizga ham ma’qul keladi. Samimiy suhbat boʻlgan.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

18 Oct, 04:41


🫵 Qachon millionerga aylanasiz?

Hozir topayotgan daromadingiz bilan qachon Tesla X avtomobili olishingiz yoki necha yoshingizda millioner boʻlishingizni hisoblaydigan kalkulyator bor. 🤔

Masalan, oyiga 6 mln soʻm maosh oladigan 27 yoshli yigit har oy 1 mln soʻmdan jamgʻarib borsa, 283 yoshida millioner boʻlarkan.
🤯

Siz ham 👉 mana shu yerda 👈 oʻz Teslangizni qachon olishingizni va necha yoshda millionerga aylanishingizni hisoblashingiz mumkin. 🧐

Koʻrib boʻlgach izohda yozing-chi, qani, kimda koʻproq umid bor ekan? 😅


Postni oylik bilan millioner boʻlmoqchi boʻlganlarga yuborib qoʻying)

@subyektivuz

SUBYEKTIV

15 Oct, 14:20


Xizmatlari uch marta qimmatlagan “O‘ztemiryo‘l” “Afrosiyob” poyezdlari chipta narxlariga yana o‘zgartirish kiritmoqchi

Ya’ni, 2024-yil 1-yanvardan safaringiz muddati yaqinlashgani sari narxlar ham ko‘tarilib boradi. Huddi samolyotlarniki kabi.

“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ rahbari bunga ikki sabab keltirdi:
1. “Afrosiyob” 2023-yilda 238 milliard so‘m bilan to‘liq zararga ishlagan;
2. Butun dunyoda tezyurar poyezdlarida yurish narxlari samolyot chiptalaridan qimmatroq ekan.


SUBYEKTIV bu iddao qanchalik to‘g‘riligini tekshirib ko‘rdi. O‘zi butun dunyoda 40 ga yaqin davlatlardagina tezyurar poyezdlar bor. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham. Lekin videodan ko‘rishingiz mumkinki, ularning xizmatlari havo xizmatlaridan karrasiga arzon.

Jahon tajribasidan “bong uradigan” rahbarlar negadir u davlatlardagi o‘rtacha daromad biznikidan 4-12 baravar ko‘pligi, narxlar esa deyarli farq qilmasligini hisobga olishmaydi-a?

SUBYEKTIV O‘zbekiston transport tizimidagi muammolar mavzusiga albatta qaytadi!

@subyektivuz

SUBYEKTIV

05 Oct, 05:28


Yaqinda Davlat tili bayrami. Bizda esa hali ham “Dom prodayotsya”

❗️Postni imkon qadar tarqating!

Bu videoni SUBYEKTIVning “Maymun biznesiga aylangan qurilishlar” sonimizda tayyorlagan edik.

Koʻchalardagi peshlavhalar ingliz, rus, arab, xitoy “lugʻat”lariga aylanib ketdi. Tilga mas’ul tashkilotlar, vazirlarning til boʻyicha maslahatchilari ta’sirini sezmayapmiz.

Xullas, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yaxshi tashabbus boshlabdi. Koʻcha-koʻyda notoʻgʻri yozilgan yozuvlarni koʻrib qolsangiz, @softil_bot ga kirib, yozuv surati va manzil qoʻnimini (lokatsiyasi) yuborasiz. Aytishlaricha, mas’ullar borib toʻgʻrilashar ekan.

Bizda bunday holatlarni topish juda oson, hammayoq savodsiz yozuvlarga toʻla. Ishni boshlayversak boʻladi. Tilga hammamiz mas’ulmiz! Ayniqsa, bu mavzu rasmiylarni tashvishga solmayotgan bir paytda.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

29 Sep, 16:37


Kanalizatsiya suvlarini qayta ichamizmi?

Bu haqda soʻrovnoma oʻtkazganimizda 58 foiz odam “ha”, qolganlar “yoʻq” deb javob bergandi. Shu savolga yakuniy nuqta qoʻyish uchun suv tozalash inshootidan video tayyorladik. Koʻring va xulosa qiling.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

27 Sep, 09:08


Ali ota masalasida Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi bilan gaplashdik. Nazoratga olamiz, deyishdi.

Otaxon hozir ham jonlantirish boʻlimidalar. Hayotga qaytishlaridan umidvormiz.

SUBYEKTIV

27 Sep, 07:28


Ertalabdan xavotirli xabar keldi

“Orol qaytadi, agar…” hujjatli filmimiz bosh qahramoni, hammani yigʻlatgan moʻynoqlik Ali ota jonlantirish boʻlimiga tushib qolibdilar. Duoda boʻlib turaylik, iltimos.

Ali otaning koʻz oldida Orol dengizi chekinib, qurib bordi. Uning ta’biri bilan aytganda “Orol odamlarni, odamlar Orolni tashlab qochdi”. Ota dengizning qaytishini kutdi, ishondi, bu orzu armonga aylanishidan qoʻrqib yashadi. 50 yillik sogʻinch barham topib, Orolning bugungi qolgan qismini biz bilan borib koʻrdi.

“Dengizni koʻrdim, endi armonim yoʻq”, - degan edilar. Tezroq tuzalib ketsinlar. Umrlari uzoq boʻlib, Orolning qaytishini ham koʻrsinlar.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

24 Sep, 10:58


SUBYEKTIVda koʻtarilgan takliflar prezidentga yetib bordi

Bir necha oy oldin Oʻzbekistondagi noqonuniy qurilishlar, sohadagi turli gʻayriodatiy holatlar haqida koʻrsatuv tayyorlagan edik (koʻrmaganlar shu yerda tomosha qilishlari mumkin).

Toʻgʻri, soʻnggi oylarda shaxsan davlat rahbari qurilish sohasidagi shunday holatlarni bir necha marta tanqid qildi, tegishli vazirlik tuzilmasida rahbariyat lavozimlari almashdi.

Lekin yillarki, xaridorlarning uy-joy uchun toʻlovlari kafolatlanmay kelayotgan edi. Aldanishlar, sarsongarchiliklar, tushunmovchiliklar deyarli har bir qurilish kompaniyalari bilan munosabatlarda kuzatilardi.

Prezidentga koʻra, endi banklar toʻlovlar boʻyicha oʻrtada turadi. Bu tizim qanday ishlab chiqiladi, uy-joy narxlariga ta’sir qiladimi-yoʻqmi, qoʻshimcha noqulayliklar keltirib chiqarmaydimi - bular ham oʻylab koʻrilgan, deb umid qilamiz. Eng muhimi, bu qadam ham tashlandi.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

19 Sep, 11:39


Orol dengizi atay quritilganmi?

Bu haqda odamlar orasida turli gap-soʻzlar yuradi. Dengiz quriy boshlagach, uni toʻldirish rejasi ham boʻlgan. Buning uchun bugungi Rossiyaning turli hududlaridagi daryo oʻzanlarini Orol tomon burish rejasi boʻlgani aytiladi.

Lekin bu loyiha turli sabablarga koʻra amalga oshirilmagan. SUBYEKTIVning suv tanqisligi va Orol fojiasiga bagʻishlangan YANGI SONIDA bu ma’lumotlar ham keltirib oʻtilgan.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

17 Sep, 15:01


🌊 Orol: avval va hozir

Orol dengizi bugungacha 10 baravarga qisqarib ketgan. Qanchalik quriganini vizual tasavvur qilish uchun uni turli davlat va shahar hududlari bilan taqqosladik.

Videoni koʻrib, oʻzingiz xulosa qilavering.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

15 Sep, 15:30


“Suv chiqmagan joyga soliq toʻlaymiz”…

Suvsiz hududdagilar shunday yashashadi: magʻzavalar tappi qilish uchun, yuvindi suvlari uy hayvonlari uchun 2-marta foydalaniladi. Sabab - suvsizlik, maqsad esa suvni tejash.

Hujjatli filmni toʻliq koʻrmaganlar bu yerga kirib tomosha qilishlari mumkin.

Mavzuga befarq boʻlmay, uni turli platformalarda, sahifa va guruhlarda ulashayotgan, muhokama qilayotgan, toʻgʻri xulosa chiqarayotgan yurtdoshlarimizdan esa xursandmiz!

@subyektivuz

SUBYEKTIV

14 Sep, 03:55


Yana qurilish, yana oʻzboshimchalik. Eng kulgulisi video oxirida)

Ofisimiz yonida xorijiy kompaniya qurayotgan koʻp qavatli turar-joy katlavani qazilayotganida yer oʻpirilib tushdi. Mahallaning asosiy kirish yoʻllaridan biri endi ancha paytlargacha yopiq boʻladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi obyekt qurilishi tegishli tashkilotlarni ogohlantirmasdan boshlab yuborilganini yozdi.

Toshkent shahar hokimligi “Xayrli tong, aziz Toshkent” yoki “Toshkent Oʻzbekiston-24 kanali nigohida” kabi postlardan nariga oʻtmayotgan bir paytda, xorijlik bir investor, butun boshli mamlakat poytaxtida, Hukumat qarorini mensimasdan qurilish boshlab yuborgan.

Chilonzor tumani hokimligi mutasaddilari zudlik bilan hodisa joyiga yetib kelgan va obyekt yonidagi boshqa bir obyektning panjaralarini buzib, voqea joyini oʻrab qoʻygan. Mana sizga yechim!

Bunday holat Toshkent yoki boshqa shaharlarda yagona deb oʻylasizmi?

@subyektivuz

SUBYEKTIV

10 Sep, 14:52


Bir nafasda koʻrib tugatasiz!

Faktlar aniq va asosli. Suvga boʻlgan munosabatingiz 100% oʻzgaradi.

Koʻring va tarqating. Bu masalada qoʻlingizdan keladigan eng katta ish hozircha — shu!

➡️: https://youtu.be/rBmJZhbquyA?si=pMT1gItBU-GmaZRC

SUBYEKTIV

08 Sep, 17:09


Virtual suvlar nimaligini bilasizmi?

Suv bugʻlanib, yana yerga qaytib tushadi” deydiganlarga shu videoni ulashib qoʻying. Chunki bunday fikr suv sarfida bemalolchilikka sabab boʻlishi mumkin.

@subyektivuz

SUBYEKTIV

08 Sep, 12:45


⚡️ Kun odami!

📹 Backstage - lavha orti jarayonlardan

Hammani yigʻlatayotgan personaj: moʻynoqlik Ali bobo yarim asrdan beri kutayotgan oʻz Orol dengizi bilan koʻrishdi! Uning his-hayajonlari - SUBYEKTIVning navbatdagi dasturi kulminatsiyasi.

Bu lavhada ham qoʻshiq ijrochisi “erkak” sun’iy idrok! 🤖

@subyektivuz

SUBYEKTIV

08 Sep, 03:45


Yangi hujjatli filmimizda sun’iy intellekt Orol haqida kuyladi

Izohlarda qoʻshiqni qayerdan topsak boʻladi, deb yozganlar bor ekan. Shunga kanalimizda yuklab qoʻyyapmiz.


Qoʻshiq soʻzlari shunday:

Oʻz dengizi bor diyor edik,
Siyosatning kasriga qoldik.
Paxta uchun suv tayyor edi,
Isrof qilib gʻaflatda qoldik.

Million yillar yashagan Orol,
Ellik yilga yetmay yoʻq boʻldi.
“Suv tekin” deb qildilar uvol -
Hayot oʻldi, tabiat oʻldi.

Bu yomon tush kimning rejasi,
Butun boshli dengiz endi yoʻq?
Yomonlarning boʻldik oʻljasi,
Dengiz mayli, suvimiz ham yoʻq.

Bizni kechir, ey, marhum Orol,
Paxta kerak edi, sen emas.
Sen yagona oʻtmish boʻlib qol,
Endi paxta emas - suv kerak…

Matn muallifi: Sardorbek Usmoniy
Bastakor va ijrochi: Sun’iy idrok

👉Filmni toʻliq koʻrish tugmasi👈

@subyektivuz

SUBYEKTIV

07 Sep, 13:26


Suvsiz Oʻzbekiston | SUBYEKTIV

O‘zbekiston suv yetishmovchiligi bo‘yicha dunyoda 25-o‘rinda, suv sarfi bo‘yicha 12-o‘rinda. Suvimizning 80 foizi o‘zimizniki emas, qo‘shni mamlakatlardan olinadi. Biz – butun boshli Orol dengizini quritganlarmiz. SUBYEKTIV navbatdagi og‘riqli muammo tahliliga qo‘l urdi. Eski mavzuning yangi tafsilotlaridan xabardor bo‘ling. Tasvirga olish davomida suv isrof qilinmagan!

👉HOZIROQ TOMOSHA QILING👈

@subyektivuz

SUBYEKTIV

07 Sep, 10:25


SUBYEKTIV “Орол қайтади, агар...” филмини тақдим этди

Филмда Ўзбекистондаги сув танқислиги муаммолари ва Орол фожиаси ҳақида ҳали ҳеч қаерда айтилмаган фактлар таъсирли шаклда очиб берилган. 5 сентябр куни филмнинг ёпиқ премьераси бўлиб ўтди.

Жамоанинг 2 ойлик меҳнати сингган филм эса бугун, соат 18:00 да SUBYEKTIV'нинг YouTube-каналида эълон қилинади.

👇 SUBYEKTIV тармоқларда:
YouTube | Telegram | Instagram

SUBYEKTIV

07 Sep, 06:05


⚡️⚡️⚡️ Bugun premyera!

SUBYEKTIVning Youtube kanalida, 7-sentyabr soat 18:00 da “Orol qaytadi, agar…” hujjatli filmimiz joylanadi.

Filmda Oʻzbekistondagi suv tanqisligi muammolari va Orol fojiasi haqida hali hech qayerda aytilmagan ma’lumotlar bilan boʻlishamiz.

Bu uchun jamoamiz 2 oydan ortiq vaqt, 5000 km masofa, har bir viloyatdan suv sifatini oʻrganish uchun xafsala, Orolning qurigan tubi va Amudaryoning oxiridan Tojikistondagi boshigacha borib, bor mehnatini sarfladi.

Shunchaki, barcha uchun manfaatli boʻlgan koʻrsatuvni koʻrib, layk va izohlarni ayamasdan, bu xabar bilan yaqinlaringizni xabardor qilib qoʻysangiz boʻldi. Barchamiz bilishimiz kerak boʻlgan gaplar koʻp.

Bu postga esa ⚡️ larni ayamang. Qani, qancha odam suv tejashga tayyor ekan. 😊

👆Videoda sun’iy intellekt Orol haqida kuylagan!

@subyektivuz