History Pro @tarixolimpiada Channel on Telegram

History Pro

@tarixolimpiada


Tarix fanidan eng zarur va foydali ma'lumotlar.


Veb-sayt: https://bit.ly/3q9QI57
Videodarslar: https://bit.ly/3ouqkm5

Tarix fanidan onlayn/oflayn darslarimizga ro'yxatdan o'tish:
@trozmatov

History Pro (Uzbek)

Tarixolimpiada kanali - Bu kanalda tarix fanidan eng zarur va foydali ma'lumotlar olishingiz mumkin. Agar siz tarixga qiziqqan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun! Kanalda tarix bilimlari, dunyo tarixi va O'zbekiston tarixi haqida ma'lumotlar, yangi yozuvlar va yangi o'qituvchilar haqida e'lonlar mavjud. Unda siz videodarslar, qiziqarli faktlar va boshqa qiziqarli materiallar bilan tanishingiz mumkin. nnAgar siz tarix fanati bo'lsangiz yoki tarixning ahamiyatini tushunib, o'rganishni xohlaysiz, bu kanal siz uchun eng yaxshi manzil bo'ladi. Bu erda har bir kishi o'z bilim darajasini oshirib, yangi narsalar o'rganib, tarixga qiziqishiga yengil ochiq qiladi. nnTarix fanidan onlayn va oflayn darslarimizga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi manzillarni tekshiring: nVeb-sayt: https://bit.ly/3q9QI57 nVideodarslar: https://bit.ly/3ouqkm5 nnSiz ham tarix olamiga yo'ldosh bo'lishingiz mumkin. Tarixolimpiada kanaliga a'zo bo'lib, tarix bilimlaringizni kengaytirishingiz va yangi bilimlar olishingiz mumkin. Ajoyib dunyolar tarixini o'rganing, yangi bilimlar olishingiz va o'zining sirriyatini boshqalar bilan bahramand bo'lishingiz mumkin. nnQo'shimcha ma'lumotlar va yangiliklar uchun ro'yxatdan o'tish: @trozmatov

History Pro

12 Nov, 07:21


Boshlaymiz!


10-sinf O'zbekiston tarixi (2022) bo'yicha bepul darslar o'tishimiz haqida va'da bergan edik. Ertadan bepul darslarni boshlaymiz.


START: 13-noyabr, soat 07:00da.

👉 Dars shu yerda bo'ladi: @toshkent_tarixchilari

History Pro

12 Nov, 05:22


Tarix faniga oid kanallar ichida eng birinchi bo'lib podkast tashkil qilganlardan biri (2021-yilda) sifatida aytishga haqqim bo'lsa kerak, bizda hozirda dunyoda o'xshashi yangi "adcast" janri paydo bo'lmoqda.

History Pro

12 Nov, 04:56


11.11: Be'mani bayramdan katta marketing kampaniyasigacha

11-noyabr kuni ko‘plab savdo markazlari va do‘konlar katta chegirmalar taqdim etishining sababi bu sana Xitoyda “Yolg‘izlar kuni” yoki “Double 11” festivali sifatida nishonlanishidir. Ushbu bayram 1990-yillarda Nankin universitetidagi talabalardan boshlangan. Talabalar o‘zlarining yolg'izliklarini nishonlash uchun 11.11 sanasini tanlashgan, chunki ushbu sana to‘rtta “1” raqamidan iborat bo‘lib, bu ularning yakkaligini ifodalaydi.

2009-yilda Alibaba ushbu bayramni savdo festivaliga aylantirish imkoniyatini payqab, chegirmalar va maxsus takliflarni taqdim etishni boshladi. Shundan beri "Yolg‘izlar kuni" dunyodagi eng yirik onlayn xaridlar kuniga aylandi va har yili minglab brendlar va chakana sotuvchilar bu kun uchun maxsus chegirmalar taklif qiladi. Hozirda festival nafaqat Xitoyda, balki Janubi-Sharqiy Osiyo va ayrim Yevropa davlatlarida ham nishonlanadi.

History Pro

11 Nov, 07:09


#FunFact


Bugun dunyo boʻylab 11.11 sanasida koʻplab savdo markazlari, doʻkonlar katta chegirmalar eʼlon qilishadi.

Sababini bilasizmi? Nega aynan shu kunda?

History Pro

06 Nov, 12:58


An American and a Russian are arguing about their countries.

The American says, 'Look, in my country I can go to the White House, walk right into the Oval Office, pound the president's desk, and say, "Mr. President, I don’t like the way you’re running our country."'
The Russian replies, 'I can do that.'
The American asks, 'You can?'
The Russian says, 'Yes, I can go to the Kremlin, to the General Secretary's office, pound his desk, and say, "Mr. General Secretary, I don’t like the way President Reagan is running his country."

History Pro

06 Nov, 12:56


Tramp - AQSH tarixidagi eng yomon prezident edi. Endi unda AQSh tarixidagi ikki marta saylangan eng yomon prezident boʻlish imkoni bor.

Uning bu bolakaydan yagona farqi - yoshida. Mavzuning undan ham muhim qismini Reygan latifa bilan yakunlab beradi. Quyidagi videoni koʻring.

History Pro

15 Oct, 05:33


Iqtisodiyot boʻycha Nobel bu safar Ajemoʻgʻlu, Robinson va Jonsonlarga berildi.

Ikki yil avval Jeyms Robinsonning TedXʼdagi maʼruzasini oʻzbekcha subtitrlar bilan eʼlon qilgan edik. Koʻrmagan boʻlsangiz koʻring.

https://youtu.be/RVDHyFVp_YA?si=sMFc3BVGyDLydO9n

History Pro

10 Oct, 16:32


History Pro pinned «"Aка сизда тушадиган саволлар борми?" ва "Дуо қиламиз, умриздан барка топинг" ҳақида Туман ёки вилоят олимпиадаси ёки миллий сертификат синовлари яқинлашган сари менга ва билишимча айрим ҳамкасбларимизга "Сизда тушадиган саволлар борми, бўлса беринг" деб…»

History Pro

10 Oct, 16:31


"Aка сизда тушадиган саволлар борми?" ва "Дуо қиламиз, умриздан барка топинг" ҳақида

Туман ёки вилоят олимпиадаси ёки миллий сертификат синовлари яқинлашган сари менга ва билишимча айрим ҳамкасбларимизга "Сизда тушадиган саволлар борми, бўлса беринг" деб ёза бошлашади. Aввало, шуни айтиш керак: менда ҳеч қачон, ҳеч қайси олимпиада ёки имтиҳоннинг тушадиган тестлари бўлган емас. Мен бу каби тестларни олдиндан олишга ярим марта ҳам ҳаракат қилган емасман. Мен олимпиада саволларини олдиндан олишга ҳаракат қилиб, "бўлса беринг, ДУО ҚИЛAМИЗ (қилмоқчи бўлган ишни қара-ю, дуо қиламиз емиш Карл!), умрингиздан барака топинг" дейдиган ўқитувчиларни тушунолмайман.

Ҳурматли устозлар, сизларни ҳамкасб сифатида ҳурмат қиламан, лекин сиз тушадиган тестни олдиндан олишга ҳаракат қилиб бошқа ўқувчиларнинг ҳақларига зид ҳаракат қилмаяпсизми? Aйтайлик, қайердандир қандайдир усул билан (балки олтинлар ортилган ешак евазига) тушадиган тестни ўқувчингизга бердингиз ва у олимпиадада ғолиб бўлди дейлик. Ўзингизни ўқувчингизга қандай наъмуна кўрсатдингиз бу ишингиз билан? Унинг кўзига қандай қарайсиз? Бошқа ҳақли, илмли, меҳнат қилган қоракўзларга-чи, уларга қандай қарайсиз? Олимпиада, имтиҳонларнинг моҳияти нимада ўзи, чангалзор қонуни асосида зўрларни аниқлашми ёки адолатли равишда ҳақиқий билимлиларни аниқлаш, уларга ўз билимларини ривожлантиришлари учун рағбатлар яратишми?

Ҳурматли устозлар, устоз номини кўтариб юрибсизми, унга муносиб бўлинг. Барча синовларда ўқувчиларингиз учун адолат ва ҳақ йўлни кўрсатувчи наъмуна бўлинг. Таниш-билишчилик, коррупция ва непотизмга сўзда, тадбирларда емас, шу каби кичик, лекин оқибати катта бўлган ҳолатларда қарши туринг. Ва албатта илм олинг!

Aгар сиз ҳақиқий манфаатли илмни кимдан олишни билмасангиз, ҳеч иккиланмай "Quadro"нинг гуруҳларига қўшилишингиз мумкин. Бу узундан-узун сўзлар охиридаги реклама емас, чин кўнгилдан тавсия еди. Раҳмат!

@tarixolimpiada

History Pro

10 Oct, 16:30


Shu post ancha muhokama boʻlibdi. Fikrlaringizni qoldiring

History Pro

10 Oct, 16:30


Agarda, o'qituvchilarning malakasi milliy sertifikat asosida o'lchanib, ularga shu asosda ustama to'lanayotgan bo'lsa nega endi o'qituvchilardan ko'proq ball to'plab o'qishga kirayotgan abituriyentlarni oliygohga emas, to'g'ri maktablarga ishga qabul qilmasligimiz kerak. Nima qilamiz ularni 4 yil vaqtini olib? "Iye, bu ahmoqlik-ku!!" deysizmi? O'qituvchilar va maktab o'quvchilari (abtiuriyentlar) bilimlari bir shkala, bir o'lchov asosida o'lchanayotgani nima unda, o'rtoqlar?

Tarix o'qituvchilarining bilimlari ularning 2 yildan keyin eskirib (aslida, aksariyati allaqachon eskirib bo'lgan) chirib ketadigan ma'lumotlarni yodlagani bilan o'lchanmasligi kerak.

Ilm - yodlangan ma'lumot emas. Aytaylik, O'zbekistonning turli shaharlarida qaysi yillarda qo'g'irchoq teatrlari ochilganini yoki Ravshan Ermatov qaysi yilda qanday mukofot olganini yod olishdan qanday akademik maqsad ko'zda tutilgan?

History Pro

30 Sep, 08:40


Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi - Prezident

History Pro

26 Sep, 06:44


Ўзбекистоннинг айрим ҳудудларида тадбиркорларнинг ўзлари фаолият олиб бораётган биноларига қуёш панеллари ўрнатишга мажбурлаш ҳолатлари ҳақида бир нечта хабарлар тарқалди. Хабарларга кўра, тадбиркорлар қуёш панели ўрнатишмаса електр тармоғида узиб қўйиши ҳақида огоҳлантириш олган. Қуйида ушбу ҳолатнинг бир неча жиҳатларини таҳлил қилишга ҳаракат қиламиз.

https://telegra.ph/%D2%9Auyosh-paneli-%D1%9Ernatishga-mazhburlashning-i%D2%9Btisodij-siyosij-va-izhtimoij-o%D2%9Bibatlari-09-25

History Pro

17 Sep, 13:44


Boysundagi voqealar va majburiy quyosh panellari muhokamasi InBazar va eshshak goʻshti mavzusi ostida qolib ketdi.

Tasodifmi?

History Pro

11 Sep, 00:55


Namangan viloyati Pop tumanidagi ustozlar uchun yangilik!

Tarix fanidan Oflayn tarzda Attestatsiya va Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rmoqchi bo‘lsangiz yangi guruh ochiladi!

Darslar tajribali Tarix fani o'qituvchisi Bahrom Hikmatov tomonidan olib boriladi.

Yuqoridagi rasmda Ustozni 3-dekabr va 7-aprelda bo'lib o‘tgan Milliy sertifikat imtihoni natijasi keltirib o'tilgan!

Manzil: "Ziyo ta'lim" o‘quv markazi Pop shahri, Oq qayin yonida, 30-bog'cha ro'parasida

Murojaat uchun:
+998944111223
@Mr_Khikmatov

@Tarixdan_testlar_BH kanali asoschisi!

History Pro

07 Sep, 14:09


Мен нафақат Қишлоқ хўжалиги вазирлиги керак эмас деб ҳисоблайман, мени бизда Қишлоқ хўжалиги вазирлиги мавжуд экани ташвишга солади ҳам. Яъни у нафақат ресурсларни олиб қўяётгани, балки қўлида деҳқон ва фермерлар устидан қарор қилиш воситалари борлиги учун ҳам қўрқинчли.

https://t.me/kunuzofficial/150804

History Pro

04 Sep, 05:39


O'quvchilar (talabalar) bilimni qanday tartibga solishari ularning qay tarzda o'rgnishlariga va olgan bilimlarini qay tarzda qo'llay olishlariga ta'sir qiladi.

Har birimiz umrimiz davomida yangi narsalarni o'rganib borar ekanmiz, bu bilimlarni oldingi bilimlarimiz bilan bog'laymiz (qarang: "sxemalar nazariyasi") va miyamizda biron-bir shaklda tartib beramiz (strukturalashtiramiz). Syuzan Ambrouz (Susan Ambrose) va boshqalarning "O'rganish qanday ishlaydi: Aqlli o'qitish uchun tadqiqotlarga asoslangan 7 strategiya" ("How Learning Works: 7 Research-Based Principles for Smart Teaching") kitobida shu tamoyilni keltrirar ekan, bilimlarni tartibga solishning ikki xil - yangi o'rganuvchiga (novice) va tajribali o'rganuvchiga (expert) xos yo'lini farqlaydi. Yangi o'rganuvchida bilimlar asosan tarqoq, bir-biri bilan yoki oldingi bilimlar bilan bog'lanmagan holatda bo'ladi: o'rganuvchi faktlar, voqea-hodisalar, qonuniyatlar o'rtasidagi bog'lanishlarni ko'rmaydi, yoki bu bog'lanishlar sun'iy bo'ladi. Tajribali o'rganuvchi esa faktlar, voqea-hodisalar, qonuniyatlar o'rtasidagi bog'lanishlar, o'xshashliklar va farqlar, sabab va oqibatlarni ko'ra oladi, yangi bilimlarni bir-biri bilan va o'zining oldingi bilimlari bilan ma'noli tarzda bog'lay oladi. Ikkinchi holatda o'quvchi bilimlarini qo'llay oladi, birinchi holatda - ko'pincha yodlashdan nariga o'tmaydi va yodlashga ham qiynalishadi.

Bu yerda bir narsani hisobga olish lozim: "yangi o'rganuvchi" va "tajribali o'rganuvchi" degan bo'linish faqat o'rganuvchining yoshi yoki fanni (sohani) o'rganish tajribasidan kelib chiqmagan. Yoshi katta yoki sohani bir necha yildan beri o'rganayotgan o'rganuvchi ham "yangi o'rganuvchi" darajasida qolib ketishi mumkin, agar u shunchaki tarqoq faktlarni yodlashga urg'u bersa va bu faktlar o'rtasidagi bog'liqliklarni ko'rishni o'rganmasa (o'rgatilmasa). Va aksincha: yosh yoki biron-bir sohaga endi kirishgan o'rganuvchi tez orada "tajribali o'rganuvchi" darajasiga chiqib olishi mumkin.

Mualliflar bu ikki turdagi o'rganuvchiga xos farqlarni bir misolda ko'rsatishgan. Bir tadqiqotda o'quvchilardan Britaniya qachon Ispaniya armadasini yengani so'ralgan. Bir o'quvchi "1588-yilda" deb javob bergan, ikkinchisi "aniq sanasi esimda yo'q, taxminan 1590-yillar bo'lishi kerak" degan. O'quvchilardan javoblarni izohlash so'ralganda birinchi o'quvchi shunchaki sanani darslikdan yodlaganini aytadi, ikkinchisi esa Britaniya Virjiniyani 1600-yildan keyin koloniyaga aylantirishgani, bu ishni esa Ispaniya armadasini mag'lubiyatga uchratmasdan turib amalga oshirish imkonsizligini, armada mag'lubiyatidan keyin esa Britaniyaliklarga dengiz qatnovini yo'lga qo'yish uchun vaqt kerak bo'lishini aytadi.

Birinchi o'quvchi shunchaki faktni yodlab olgan, u bu bilimlarini qo'llay olmaydi. Ikkinchi o'quvchi esa aniq sanani yodlab olmagan bo'lsa ham, turli bilimlarini bog'lay oladi, sabab va oqibatlarni ko'radi, tahlil qiladi. Ikkinchi o'rganuvchi yangi bilimlarni samaraliroq o'zlashtiradi.

Bizda tarix va boshqa fanlarni o'qitish va baholash asosan birinchi turdagi o'rganuvchilarni tayyorlaydi. O'quvchi imtihon (test) uchun faktlarni zo'r berib yodlaydi, lekin ularni bir-biriga bog'lay olmaydi, tahlil qilmaydi. Bundaylar mutaxassis sifatida qo'shimcha qiymat yarata olmaydi, qolaversa, ularni boshqarish (manipulyatsiya qilish) oson bo'ladi.