29-yanvar kuni Oqdaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda joylarda uchrashuvlar olib borishdi. Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, soha mas’ullarining takliflari va amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. O‘rganishlar davomida O‘zbekiston mahallasi hududidagi QVP sharoitlari ko‘zdan kechirildi va fuqarolar murojaatlari tinglandi. Shuningdek, deputat Azamat Pardayev Galaravot mahallasida ham saylovchilar bilan uchrashib, mahalladagi poliklinika shart-sharoitlari bilan tanishdi.
Kanalga ulanish👇👇👇
✅@oqdaryoovozi1931