Masofatalim™ @masofatalim Channel on Telegram

Masofatalim

@masofatalim


Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot

Masofatalim™ (Uzbek)

Do'stlar, sizga yangi Telegram kanalimizni tavsiya etamiz - Masofatalim™! Bu kanalda ta'lim va yoshlar masalalari haqida turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar bilan tanishishingiz mumkin. Masofatalim™ kanali sizga eng so'nggi yangiliklar bilan ta'minlaydi va ma'qullash uchun yo'riqnoma mavjud. Kanalga obuna bo'ling va yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling! Reklama uchun bog'lanish: @masofatalimbot

Masofatalim

22 Jan, 12:06


Maktablardagi “yig‘di-yig‘di”larning yaqqol isboti

Qashqadaryo viloyatida maktab direktori sinf rahbarlariga ota-onalardan maktab formasi uchun 70 ming so‘mdan pul yig‘ish kerakligini qat’iy uqtirib, buni qanday qilish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

@masofatalim

Masofatalim

22 Jan, 08:22


Oliy ta’lim vazirligi tizimida eng uzoq ishlayotgan rahbar kim?

Oxirgi 5 yil ichida Oliy ta’lim vazirligi naqd 4 nafar vazir ko‘rdi:

2017-2021-yillarda Inomjon Majidov vazir sifatida faoliyat yuritdi. Hozirda u O‘zbekiston Milliy universiteti rektori hisoblanadi.

2021-2022-yillarda Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim tizimini boshqardi. Hozirda u Termiz davlat universiteti rektori.

2022-2023-yillarda Ibrohim Abdurahmonov vazir bo‘ldi. O‘sha damlarda vazirlik nomi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi deb qayta nomlandi hamda tizimda bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirda u qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida ishlamoqda.

2024-yildan hozirgacha esa Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bu yillar orasida vazir o‘rinbosarlar ham tez-tez yangilandi. Ammo 2018-yildan beri o‘z joyini mustahkam saqlab qolayotgan o‘rinbosar bor – Sarvarxon Buzrukxonov.

S.Buzrukxonov 12 yil Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2018-yilga kelib, u vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. 7 yildirki u “zamministr” sifatida ishlab kelmoqda. Tizimda ishlagan avvalgi yillari ham hisoblansa, 19 yil.

@masofatalim

Masofatalim

22 Jan, 06:21


“Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi – Prezident qarori

Mazkur universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

– axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

– raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;

– yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;

– o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;

– tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

@masofatalim

Masofatalim

21 Jan, 16:39


Bo‘lajak trillionerlar

Dunyodagi 3,6 mlrd aholi hali ham kuniga 7 dollardan kam mablag‘ bilan yashayotgan bir paytda keyingi o‘n yillikda dunyo trillioner boylarni ko‘rishi kutilmoqda ekan.

Batafsil: https://t.me/pinkoduz/318

Masofatalim

21 Jan, 07:50


“Tavsiyaviy xarakter”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish yuzasidan shartnoma tuzish majburiy emasligini, ammo tavsiyaviy xarakterga ekanini tan olibdi.

Sog‘lom aql egasi bu borada 4% tugul bir chaqa ham bermasa kerak.

@masofatalim

Masofatalim

19 Jan, 14:59


Podshohning ikki vaziri boʻlgan ekan. Ikkinchi vazirga podshoh 1000 tanga oylik berar ekan, birinchi vazirga esa 10 barobar koʻp, 10 000 tanga oylik toʻlar ekan. “Ulugʻ podshohim, ikkalamiz ham bir xil ish qilsak-da men birinchi vazirdan 10 marta kam oylik olaman. Bu nohaqlik”, deb bir kuni ikkinchi vazir podshohga arz qilibdi. Podshoh izoh bermabdi.

Oradan bir necha kun oʻtgach, podshoh ikkinchi vazirni chaqirib unga topshiriq beribdi: “Kecha shaharga savdogarlar kelibdi, bil-chi nima ish bilan kelishibdi”. Vazir xoʻp deb borib qaytibdi va podshohga savdogarlar sopol buyumlar olib kelganini aytibdi. Podshoh vazirdan yana soʻrabdi: Buyumlarni necha puldan sotishyapti ekan? Vazir xoʻp hozir bilib kelaman deb ketibdi va javobni podshohga yetkazibdi.

Podshoh yana soʻrabdi: Shaharda necha kun qolishar ekan? Vazir yana xoʻp deb borib ma'lumotni topib kelibdi. Shunda podshoh birinchi vazirni chaqiribdi va unga ham xuddi oʻsha topshiriqni beribdi: “Kecha shaharga savdogarlar kelibdi, bil-chi nima ish bilan kelishibdi”. Vazir xoʻp deb ketibdi.

Qaytgach birinchi vazir podshohga quyidagi ma'lumotni beribdi: “20 tacha savdogarlar qoʻshni shahardan kelishibdi. Sopol buyumlar sotish niyatda kelishibdi. Buyumlarning donasini 2 tangadan sotishyapti ekan. Bizni shaharda 4 hafta boʻlishar ekan” Ikkinchi vazirni buni eshitib nega kam oylik olishini tushunib yetibdi.

Xulosa: Podshohning birinchi vaziri boʻling.

Vohid Karimov, Germaniya

@uzbekistonlikuz

Masofatalim

19 Jan, 07:36


“Aytamizam, qaytamizam”: nodavlat OTMlarni 4 foiz o‘lponga o‘tkazish davom etayotgani aytilmoqda

Respublika oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov imzosi bilan chiqarilgan protokol bilan nodavlat OTMlarni 4 foizlik o‘lponga o‘tkazish boshlangani haqida xabar berilgandi. Bunaqa tashabbusni senat yoki hukumat emas, qanaqadir bitta NNT joriy qilishga urindi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tilga kirib, bayonot berdi: “Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas”, deyishdi.

Oradan 20 kuncha vaqt o‘tdi. Go‘yo hammasi joyida edi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, kontrakt tushumlari qoldig‘idan 4 foizlik soliq majburiyati uchun shartnomalarni oliy ta’lim muassasalariga tarqatish boshlangan. Shartnomadan ko‘rinishicha, pullar Respublika oliy ta’lim kengashining hisobiga o‘tadi.

Anglashilyaptiki, Respublika Oliy ta’lim kengashi “e’tirozlaringga ham, vazirliging bergan bayonotga ham, xullas, hamma-hammasiga – o‘sha gap, baribir nodavlat OTMlarning 4 foizdan soqqasini olaman”, deganday ish tutyapti, aftidan.

Oliy ta’limdagi ko‘p tashkilotlarga nisbatan ishlatish o‘rinli bo‘lgan savol bu yerda ham aktual: Respublika Oliy ta’lim kengashi NNT o‘zi nimaga kerak? 2019-yil yo‘q joydan bor qilingan, foydasi emas, mana shunday zarari tegadigan tuzilmani ushlab turishdan nima naf bor? Har qanday bahonalar bu tashkilotning bo‘lishini oqlamaydi. 2019-yilgacha yo‘q edi-ku.

Yopish kerak.

@masofatalim

Masofatalim

19 Jan, 07:27


“Formada kelmasang, yakuniyga ham kirmaysan” – o‘zbek oliy ta’lim modeli😁

@masofatalim

Masofatalim

18 Jan, 05:25


SMMga qizlarni bepul o‘qitishning 2-mavsumi boshlanmoqda!

Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan “Toshkent yoshlarni sevadi” an’anaviy loyihasi doirasida SMM yo‘nalishiga 1000 nafar qiz bepul o‘qitilishi e’lon qilingandi.

Shundan so‘ng, loyihaning birinchi mavsumida 500 nafar qiz SMMga bepul o‘qitilib, sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Endilikda loyihaning ikkinchi mavsumida keyingi 500 nafar qiz uchun o‘qish imkoniyati ochilmoqda. Buning uchun 5-fevralga qadar @smaktabbot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida SMM maktabda o‘qish uchun Toshkent shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha bo‘lgan, vaqtincha ishsiz qizlar tanlab olinadi.

@masofatalim

Masofatalim

17 Jan, 14:39


Shoirning bilgani bilgan😁

Bir qator “she’rlari” bilan tanilib ketgan mahalliy shoirimiz allaqachon o‘zining “Investitsiya kiritaylik, investitsiya” nomli durdona she’rini omma e’tiboriga havola qilgan ekan :)

@masofatalim

Masofatalim

17 Jan, 14:26


Shu kunlarga ham keldik. OTMlar endi mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bog‘larda tadbirlar o‘tkazish (ayniqsa, “Adiblar xiyoboni”da) tashqari, endi xorijiy investitsiya kiritish bilan ham shug‘ullanadi, shekilli.

O‘sha, har doimgi eski gap: ta’limda ta’lim berishdan tashqari hamma narsa qilinyapti :)

@masofatalim

Masofatalim

15 Jan, 10:56


21-noyabr kuni bot orqali qiziq murojaat kelgandi. Ushbu murojaatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tugatilayotgani, markaz rahbarining esa arizasi olingani ma’lum qilingan. Murojaat matni bilan quyidagi rasmda to‘liq tanishish mumkin.

Ushbu xabarni vazirlik tizimida ishlovchi mas’ullar qat’iy rad etib, buni yolg‘on ekanligini bildirishgan. Shu sabab o‘sha paytda mazkur murojaat chop etilmagandi.

Bugun vazirlikning rasmiy veb saytida Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan. Ya’ni chindan ham avvalgi rahbar Alisher Abdullayev ishdan olingan. Murojaatning bir qismi - “rahbarning arizasi olingan” degan joyi o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Qolgan gaplar qanchalik rost yoki yolg‘on ekani, chindan ham bular yangidan velosiped yaratyaptimi yoki yo‘qmi — bularni ham vaqt ko‘rsatsa kerak endi.

@masofatalim

Masofatalim

15 Jan, 10:35


Sobiq deputat talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga harakat qilib ko‘radi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari o‘zgarishi kutilayotgani xabar berilgandi. O‘sha o‘zgarish amalga oshibdi.

Akramov Abdumalik Abdumutalovich markaz direktori etib tayinlangan. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2020-2024-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lib ishlagan.

P.S.: Ha, azizlar, shunaqa markaz bor. Keyin shunday deputatimiz ham bo‘lgan ekan oldin😁

@masofatalim

Masofatalim

13 Jan, 15:00


2024-yilda oliy ta’lim muassasalari tomonidan turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot e’lon qilinibdi.

Umuman olganda, katta ishlar qilingan. Oʻzi turizm zoʻr soha. Unumli foydalanilsa, davlatga pul oqib kelaveradi.

Bu yoʻlda esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kamarbasta boʻlib, amalga oshirayotgan ishlari tahsinga loyiq.

P.S.: 2025-yilda vazirlik oʻzining yoʻnalishida ham, ayniqsa, nodavlat OTMlar borasida mana shunday maqtagulik postlar qoʻyishimizga sabab boʻladi, deb umid bilan yashashda davom etamiz.

@masofatalim

Masofatalim

11 Jan, 11:11


Abduqodir Husanovni 2022-yili “Bunyodkor” o‘rinbosarlar jamoasiga “talabga javob bermaydi” deb qabul qilishmagan ekan. 2025-yilga kelib esa uning “Manchestr City” klubiga o‘tishi aniq bo‘lib bormoqda.

Ha, azizlar, futbol rivojlangan davlatlarda futbol klublari iste’dodlarni o‘z safiga olib, ulardan yulduz yaratsa, biznikilar esa o‘z safiga olmay yulduz tarbiyalaydi😁

Darvoqe, agar Husanov “City”ga o‘tib ketsa, “Bunyodkor” ham quruq qolmas ekan. Transfer haqiqatan ham 40 mln yevroga amalga oshsa, uni tarbiyalagan Toshkentning “Bunyodkor” klubi 1 mln yevro atrofida pul olishi mumkin ekan.

@masofatalim

Masofatalim

09 Jan, 17:12


210 mln dollarga tushgan muvaffaqiyatsizlik va 0 dollarga tushgan dunyo brendi

“British Petroleum” (BP) o‘z logotipini yaratish uchun 210 mln AQSh dollari sarflagan ekan. Shunga qaramay, logo muvafaqqiyatsizlikka uchragan.

“Bu brend marketingda ranglar psixologiyasidan maksimal darajada foydalanishga qaror qildi. Kompaniyaning nomi atrof-muhit ifloslanishiga hissa qo‘shishini aniq ko‘rsatib turgani sababli, ular mijozlarini ekologik toza bo‘lish uchun barcha choralarni ko‘rayotganlariga ishontirishga harakat qilishdi. Shu tarzda, quyoshdan o‘sib chiqayotgan gulga o‘xshash logotip yaratildi.

Marketing xabarining asl maqsadi mijozlarni kompaniyaning ekologik toza ekanligiga ishontirish edi, biroq bu reja muvaffaqiyatsizlikka uchradi va hatto kulgiga ham sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar neftdan pul topib turib, mijozlarga ekologik tashabbuslar haqida gapirishni haqorat deb qabul qildi”, deb yozdi Pinkod.uz.

Coca-Cola’ni esa eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ba’zi ma’lumotlarda uning brendini dunyo aholisining 95 foizi biladi, degan gaplar yuradi. Coca-Cola “British Petroleum”dan farqli o‘laroq logosi uchun bir sent ham sarflamagan ekan. Shunga qaramay, uning muvaffaqiyatiga ortiqcha ta’rif shartmas. Ushbu logo kompaniya asoschisi tomonidan yaratilgan va bu uchun qo‘shimcha xarajat qilinmagan. Klassik shrift va qizil rang brendni mashhurligiga juda katta hissa qo‘shgan.

Pinkod.uz shu kabi eng qimmat va arzon logotiplar haqida qiziqarli maqola e’lon qilibdi.

Batafsil: https://t.me/pinkoduz/291

Masofatalim

09 Jan, 12:16


Cambridge o‘quv markazida tahsil olgan o‘quvchi Garvard universitetiga 100 foizlik grant yutdi

U olgan bilimlari natijasida Harvard University'ga 360 ming dollarlik grant yuta oldi. Cambridge o’quv markazi o’quvchilari nafaqat yuqori IELTS natijalar, balki nufuzli universitetlar talabasi bo’lib ham barchani xursand qilmoqda.

2025-yil davomida ingliz tilini sifatli o’rganib, yuqori natijalarni amalga oshirishni istaysizmi? Kurslar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Murojaat uchun telefon: 78 777 77 74

@masofatalim

Masofatalim

08 Jan, 16:22


Byurokratiya pro max

Poytaxtdagi nufuzli davlat oliy ta’lim muassasida bir yaqinim o‘qirdi. Qarasam, taqdimotdagi matnni (talabalar tilida “prezentatsiya”) daftarga yozib o‘tiribdi. Buniyam talabalar tilida aytganda, “konspekt” qilyapti.

Holatni ko‘rib, bir kulging, bir yig‘laging keladi. Bu yerda na mantiq bor, na bilim. O‘zi tayyor narsa – “prezentatsiya”, uniyam kimdir tayyorlab chiqqan. Ehtimol, qayerdandir “copy/paste” qilingan. Shuni endi daftarga ko‘chirib, yozib chiqishda qani mantiq? Bu talabaning vaqtini behuda narsaga sarflash emasmi?

Mayli, yoshligimizda ko‘p aytishgan: daftarga yozsang, esda yaxshi qoladi... Hay, “konspekt” qildirishlariga ko‘z yumaylik, lekin tayyor taqdimotdagi narsani daftarga 1 ga 1 qilib ko‘chirish bilan nima o‘zgaradi? Yozsin, kitobda yo‘q, “prezentatsiya”da yo‘q narsalarni mustaqil topib, o‘rganib, izlanib yozsa, yozdirsa shu sal foydali-ku.

Dunyoda texnologiya, sun’iy intellekt jadal bilan rivojlanyapti, ertaga qaysidir kasb egalari ishsiz qolishi ham mumkin, tahlilchilar buning hisob-kitobini ham allaqachon qilib chiqyapti, degan uzundan uzun ajoyib satrlar bilan bu postni tugatardigu, ammo kitobdagi yoki “prezentatsiya”dagi narsani shundoq ko‘chirtirib, daftarga yozdirayotganlar bularni baribir tushunmasa kerak.

@masofatalim

Masofatalim

08 Jan, 11:51


❗️Ogohlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati

@masofatalim

Masofatalim

06 Jan, 15:42


Hamma gapirolmaydigan haqiqatlarni eshitishni istaysizmi?

Yangi kanal ochilibdi, u yerda odamlar anonim tarzda o‘z hikoyalarini yozishlari mumkin ekan. O‘zingizni ko‘rsatmasdan, o‘zingiz bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan joy. Bu yerda yuzlar yo‘q, faqat fikrlar bor. Har bir post - sof haqiqat, ochiq his-tuyg‘ular va eng kutilmagan yangiliklar.

🔒 Maxfiylik kafolatlangan
📢 Eng qiziqarli va yashirin hikoyalar
👥 Qo‘rqmasdan fikr bildirish imkoniyati

Bu yerda sizni hech kim tanimaydi, ammo siz doimo voqealar markazida bo‘lasiz. Obuna bo‘ling: @dardsuz

Masofatalim

06 Jan, 12:28


Birinchi rasmda: Jek Dorsi. Uning boyligi 6 milliard dollarga yaqin, Twitter asoschisi.

Ikkinchi rasmda: o’zbek “zapuskchisi”, u kurs sotadi.

Xulosa shuki, Jek Dorsi ham “zapuskchi” bo’lib, kurs sotishi kerak😁

@masofatalim

Masofatalim

05 Jan, 16:34


Kinolarda “hisob raqamingga falon mln dollar o‘tkazdim” degan narsalarga ba’zida duch kelamiz. Negadir shu narsa O‘zbekistonda uncha ommalashmagan. Hisobvaraq o‘zi nima? O‘zbekistonda ham uni ochish qanday kechadi, buning uchun nimalar qilish kerak? Shu kabi savollarga Pinkod batafsil javob tayyorlabdi.

O‘qish uchun havola: https://t.me/pinkoduz/282

Masofatalim

05 Jan, 07:00


Platina podkastning bu galgi sonida hozirgi kunda bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalayotgan giyohvandlik balosi haqida yaxshi suhbat bo‘libdi:

https://www.youtube.com/watch?v=UcVrM0uxU0M

Masofatalim

03 Jan, 16:46


Pinkod.uz har bir xabariga rasmlar borasida o‘zgacha yondoshyapti. To‘liq sun’iy intellektdan foydalanishyapti. Moslik, ma’no va o‘zgachalikka gap yo‘q. E’lon qilinayotgan xabarlar ham bir-biridan qiziqarli va xilma-xil.

Kuzatib borishni tavsiya etamiz: @pinkoduz

Masofatalim

02 Jan, 19:23


Jahongir Ortiqxoʻjayev metroda.

@masofatalim

Masofatalim

31 Dec, 14:03


Yangi yil xayrli va barakali kelsin!

Eski yillarda erisha olmagan maqsadlaringizga yangi yilda erishish nasib qilsin.

Dunyoda har doim tinchlik boʻlsin!

@masofatalim

Masofatalim

28 Dec, 05:54


Oliy ta’lim kengashining qarorlari majburiy kuchga ega emas – Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻzidan Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi yasab olib, protokol chiqargan Respublika oliy ta’lim kengashining bayoni yuzasidan munosabat bildirdi.

“Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi hamda faqat tavsiyaviy xarakterga ega takliflar ishlab chiqadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni nodavlat notijorat tashkilotning ichki ishi sifatida baholaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

P.S.: Mana bu postda oʻrtaga tashlangan savolga ham qachondir javob topilib qolar :)

@masofatalim

Masofatalim

27 Dec, 13:33


2024-yilda @masofatalim kanalining qamrovi – 10,8 millionni tashkil etdi

Postlar orasida eng mashhuri sifatida “Jadidlar izidan” tanlovining e’loni rekord qo‘ygan. Ushbu post 104,5 mingdan ortiq ko‘rishlarni tashkil etib, 2 mingdan ortiq ulashilgan.

Barcha faol kuzatuvchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Masofatalim

27 Dec, 04:54


3 million soʻmlik Data Science va Sun'iy intellekt kursida bepul oʻqish yoki shu miqdorda pul mukofoti yutishga tayyormisiz!

Pivot.uz nashri “Maqsad” tanlovi e'lon qilgan edi va tanlovning birinchi bosqichi bugun soat 16:00 da boshlanadi!

Tanlov @pivot_tanlov_bot botida boʻlib oʻtadi. Shartlar, tanlov bosqichlari bilan bot orqali tanishishingiz mumkin.

Birinchi bosqich testi 27 dekabr ya'ni bugun 16:00 dan 28 dekabr 16:00 gacha oʻtkaziladi.

Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook

Masofatalim

24 Dec, 16:37


Unutmaslik kerak, Oliy ta’lim kengashining o‘zi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi, ya’ni qanaqadir davlatning vakolatli organi emas, kimgadir majburiyat yuklaydigan vakolati yo‘q.

Shunday ekan, oliy ta’lim vaziridan tortib, o‘rinbosarlargacha, rektorlardan tortib, xususiy OTMlarga topshiriq berib, soliq solguncha orqa-oldilariga bir qarab olishsa yaxshi bo‘lardi.

Oddiy NNT, oddiy. Boshqa narsa emas.

@masofatalim

Masofatalim

24 Dec, 15:21


Darvoqe, shu bayonning yana bir kulguli jihati bor. Tushuntirish uchun: Toshkent davlat transport universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Uning rektori esa bir paytning o‘zida Respublika oliy ta’lim kengashi raisi va PA departament rahbari lavozimida ham ishlaydi. Ya’ni bir odamda uch lavozim. Hammasi bir-biriga bog‘liq. Endi u shu ikki lavozimidan foydalanib, istasa vazirga, istasa uning o‘rinbosarlariga topshiriq bera oladi.

Masalan, oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonovga Odil Abdurahmonov PA departament rahbari yoki oliy ta’lim kengashi raisi sifatida topshiriq berdi, deylik. Endi Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari sifatida rektorlarga topshiriq berganda, u kecha o‘zi topshiriq olgan uch lavozimli rektorga topshiriq bera oladimi shunda? Ijrosini talab qilishda-chi? Buni misol qilganimiz sababi, shu holat ana shu protokolda aks etganda.

Umuman, bu yerda ma’no nima o‘zi? Balki oq qora bo‘lib, qora oq bo‘lsa-chi? 🤔

@masofatalim

Masofatalim

24 Dec, 15:06


Rostanam, qayerdan keladi-a?

@masofatalim

Masofatalim

24 Dec, 14:54


Bir davlat oliy ta’lim muassasasi rektori butun boshli xususiy OTMlarni 4 foizlik “dolya” solig‘iga o‘tkazmoqchi. Katta ehtimol bilan ular Konstitutsiyadan ham bexabar!

Respublika oliy ta’lim kengashi majlisining bayoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Unga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan moliya yili yakunida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘ning mazkur mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiriga qoldig‘ining 4% qismini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilish to‘g‘risida nodavlat OTM rahbarlari go‘yoki “taklif kiritibdi”.

Mazkur bayonga respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Prezident administratsiyasi departament rahbari, kamiga Toshkent davlat transport universiteti rektori Abdurahmonov Odil Qalandarovich imzo qo‘ygan. Buni qara, Karl! 3 ta lavozim egasi, shulardan biri — davlat OTMsi rektori. Yana bitta protokol bilan xususiy OTMlardan 4 foizlik badal yig‘ish haqidagi bayonga imzo qo‘yib o‘tiribdi. Mantiqan olib qaraganda, bitta davlat OTMsi rektori butun boshli xususiy OTMlarga bitta protokol bilan soliq solyapti😂

Iqtisodchi Yuliy Yusupovning fikricha, ushbu protokol bilan “ixtiyoriy-majburiy” soliq joriy qilinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasiga ko‘ra, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish huquqi Oliy Majlisga tegishli. Aftidan, protokolni imzolaganlar Konstitutsiyadan ham bexabar ekani anglashiladi.

@masofatalim

Masofatalim

23 Dec, 15:45


“Narxoz” haqida “soqqa bazm” degan talabani topib, uzr soʻratib, tavbasiga tayantirishibdi…

@masofatalim

Masofatalim

23 Dec, 11:54


TASHKENT CHESS” Toshkent shahar hokimi kubogi g‘oliblari taqdirlandi!

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli shaxmat musobaqasida ishtirokchilar yosh kategoriyalari, “Chellengers” va “Masters” turnirlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Musobaqaning asosiy – “Masters” turniri bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin: Adhiban Baskaran – 100 million so‘m
2-o‘rin: Garayev Timur – 50 million so‘m
3-o‘rin: Utegaliev Azamat – 25 million so‘m

Mukofotlarni shaxsan poytaxt hokimi, O’zbekiston shaxmat federatsiyasining Toshkent shahar bo’limi raisi Shavkat Umurzakov topshirdi.

Bunday musobaqalar nafaqat shaxmat rivojiga xizmat qiladi, balki yosh avlodning aqliy salohiyatini oshirish va shaxmatga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@masofatalim

Masofatalim

23 Dec, 08:08


Ochiq manbalardagi reestrda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari yoppasiga jurnal tashkil etishmoqda. Ularning ko‘pchiligi onlayn formatda tashkil etilgan bo‘lsa, ayrimlari an’anaviy formatni tanlagan. Buning uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan tegishli guvohnomalar olinmoqda.

Masalan, Namangan muhandislik-qurilish instituti “Ilm, tadqiqot va taraqqiyot” onlayn jurnali uchun, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti onlayn axborotnoma uchun, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Musiqa san’atida ilmiy izlanishlar” onlayn jurnali uchun, Toshkent davlat transport universiteti esa “Chorraha: ta’lim, tadqiqot, transport, taraqqiyot” an’anaviy formatdagi jurnal uchun guvohnoma olgan.

Bu qatorda ko‘plab nodavlat OTMlarning ham nomlari bor.

@masofatalim

Masofatalim

22 Dec, 09:22


Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalarga kimyoviy reaksiya ko‘rsatibdi.

@masofatalim

Masofatalim

21 Dec, 11:40


Oliy ta’lim vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov jamoat transportida, ayniqsa, metroda koʻp yurishi haqida tez-tez eshitardik.

Bugun esa bunga shaxsan guvoh boʻldik. Vazir amaldor boʻlmagan har bir fuqaro singari metroda qaytayotgandi.

Metrodan chiqib ham piyoda manziliga yurib bordi. Rasmga olish sal noqulay boʻldi. Lekin tan bermay iloj yoʻq.

Shunaqa holatlarni tasodifan, shaxsan koʻrgach hurmat oshaveradi. Kamtarlik va oddiylik oʻz isbotini topaveradi.

Darvoqe, ayrim manbalarga ko‘ra, vazir ko‘pincha mustaqil harakatlanadi. Ya’ni turli tadbirlarga bormoqchi bo‘lsa, bir gala odam bilan emas, bir o‘zi ham ketaverarishi haqida ma’lumotlar bor.

P.S.: Bu postdan maqsad kimnidir maqtash yoki ulugʻlash emas. Shunchaki vazirning kamtarligini koʻp marta eshitganmiz, bugun bunga guvoh boʻlib, oʻsha gaplar qanchalik rost ekanini bildirib qoʻyishni lozim topdik.

@masofatalim

Masofatalim

20 Dec, 17:33


Davlatlar qayerdan yoki kimdan qarz oladi?

Odatda davlat rivojlanishi va o‘z davlati iqtisodiyotini rivojlantirish yoki barqarorligini saqlab qolish uchun qayerdandir qarz olishi kerak bo‘ladi. Ammo bu qarzni mamlakatga kim yoki qaysi tashkilot beradi? Pinkod.uz buni ochib beribdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning hozirgi davlat qarzi $37 mlrdni tashkil qilmoqda. “Fuqarolar uchun budjeti” hisobotida esa bu miqdor 2025-yilda $45,1 mlrdga ko‘payishi, ya’ni YAIMning 36,7 foiziga yetishi prognoz qilinmoqda.

Batafsil: https://pinkod.uz/ff9326

@pinkoduz

Masofatalim

20 Dec, 16:46


📌 YIL REKTORI TANLOVIGA START BERAMIZ!

Har yilgi an'anaga ko'ra oliygoh rektorlari va direktorlarini jamoatchilik yordamida faoliyatini baholab borish va e'tirofga loyiq topilgan oliygoh rektorlarini munosib taqdirlash maqsadida Yil rektori 6-an'anaviy ko'rik tanloviga start berdik.

2019, 2020, 2021, 2022, 2023-yillarda g'olib bo'lgan rektorlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin 👉 https://t.me/YQQUZB_KANAL/14718 Ularning barchasini tantanali ravishda taqdirlash marosimlarini o'tkazganmiz va muntazam yoritib borganmiz.

OTMlarda talabalar sonini inobatga olgan holda 3ta nominatsiya bo'yicha g'oliblarimizni aniqlaymiz. 27-dekabr 23:59ga qadar quyidagicha ovoz to'plaganlar FINALga yo'l oladi:

YILNING ENG YAXSHI UNIVERSITET REKTORI 1000ta ovoz
YILNING ENG YAXSHI INSTITUT REKTORI 1000ta ovoz
YILNING ENG YAXSHI FILIAL DIREKTORI 500ta ovoz

FINAL 28-31-dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Shoshiling!

🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 000 000 so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.
Ovoz berish 👉 @Yilrektoribot

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

Masofatalim

20 Dec, 14:11


Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning o‘quvchi yoshlar bilan Prezident Administratsiyasida tashkil etilgan uchrashuvi qanday o‘tdi? Yuqoridagi videoni ko‘rib, bilib oling.

@masofatalim

Masofatalim

20 Dec, 11:28


👍 Mahalla — xalqimiz hayotining ajralmas qismi

🔍Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ko'p ta'kidlaydilar.

🔍Shu maqsadda mahallalar Yangi O‘zbekistonga mos va xos bo‘lishi uchun xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mutlaqo zamonaviy tizim - “Yettilik” yaratildi.

🎥 Ushbu videolavha orqali "yettovlon" fidoyilarning faoliyati, vazifa-yu vakolatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga harakat qildik.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

Masofatalim

18 Dec, 16:37


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 40 kunda 5000$ ishlab topgan Fargʻona politexnika instituti talabasi haqida post joyladi.

Mana shunaqa yoshlarni koʻproq yoritib, boshqa talabalarga ham oʻrnak qilib koʻrsataverish kerak. Talabalarning oʻzi ham bundan xursand boʻladi.

Bu yoʻnalishdagi kontentlar OTMlar qanchalik samarali ishlayotgani, ularda oʻqiyotgan talabalarning yutuqlarini koʻrsatishda ham tabiiy va ishonarli misol vazifasini ma’lum darajada bajarib beradi.

@masofatalim

Masofatalim

18 Dec, 15:29


Qimorvoz direktor

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 17-dekabr kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd natijasida 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.

@masofatalim

Masofatalim

17 Dec, 11:03


Obuna atalmish balo talabalarni ham qiynamoqda.

Shu majburiy obuna hisobiga bolasini boqadigan ayrim kaslar bu pullar qachondir teshib chiqishi haqida hech o‘ylaganmikan-a?

Agar kimdir majburiy obuna barham topgan, desa bekorlarni besh mingtasini aytibdi.

Asosan ikki toifa — o‘qituvchi va shifokorlar arzimagan oylik olib, yana “obunachi”larning bolasini ham boqishyapti. Ko‘ryapmizki, bu holat talabalarni ham chetlab o‘tmayapti.

@masofatalim

Masofatalim

17 Dec, 05:30


Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja universitetda “Toza likopcha” aksiyasiga start beribdi.

Buning mohiyati ovqatni isrof qilmaslikdan iborat.

@masofatalim

Masofatalim

16 Dec, 12:22


SMM maktabning 10 nafar bitiruvchisi iPhone 16 telefoni bilan taqdirlandi

Poytaxt hokimligi vaqtincha ishsiz ayol-qizlarning zamonaviy kasblarni oʻrganishi, daromad topishi va bandligini ta’minlash uchun “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida katta loyiha amalga oshirib, 1000 nafar ayol-qizni SMMga bepul oʻqitayotgandi.

Ushbu loyiha doirasida Toshkent shahrining go‘zalligi va me’morchiligi aks ettirilgan “Eng yaxshi ijodiy ish” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Unda bepul SMM kurslarida tahsil olgan ayol-qizlar mobilografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Shundan 10 ta eng sara ijodiy ish tanlov gʻolibi deb topildi va mualliflar iPhone 16 telefoni bilan taqdirlanishdi.

P.S.: SMM kursida o‘qib, tanlovda g‘olib bo‘lgan qizlarning ota-onalari xursandchiligi haqida esa mana bu yerda ham yozishibdi.

@masofatalim

Masofatalim

16 Dec, 10:18


“Narxoz” haqida so‘rovnoma ekan

Sizningcha, videoda “soqqa bazm” degan talabaning o‘qishdan chetlatilgani haqidagi buyruq qaysi sana bilan chiqadi? 😂

@masofatalim

Masofatalim

08 Dec, 09:20


Oʻquv markazlar forumi, “Kelajak Expo” va “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkalari hamda “TOP 100 oliy oʻquv yurti” koʻrgazmalari — “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi navbatdagi loyihalar e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi qizgʻin davom etmoqda. Oylik doirasida poytaxt yoshlari uchun yanada muhim loyihalar haqida ma’lum qilindi.

10–14-dekabr kunlari “Alpomish” sport saroyida quyidagi yirik loyihalar boʻlib oʻtadi:

⁃ 10-dekabr — o‘quv markazlari forumi;

⁃ 11–12-dekabr — oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kelajak Expo” mehnat yarmarkasi;

13-dekabr — mutaxassislik talab etilmaydigan “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkasi;

⁃ 14-dekabr — “TOP 100 oliy o‘quv yurti” oliy ta’lim muassasalari ko‘rgazmalari.

Mazkur loyihalarda yoshlar, ota-onalar va manfaatdor tashkilotlarning ishtirok etishlari mutlaqo bepul.

@masofatalim

Masofatalim

07 Dec, 09:13


“Jadidlar izidan” tanlovi eng qaynoq nuqtasiga keldi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 364 906 nafar o‘quvchini qamrab olgan loyihasi — “Jadidlar izidan” respublika tanlovining final bosqichi 17-20-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Jarayonlarni Telegramdagi @jadidlarizidanuz kanali orqali kuzatib borish mumkin.

@masofatalim

Masofatalim

06 Dec, 15:42


Izohsiz

Tibbiyotning super-muper kontrakti o‘zining ilk “mevasi”ni berishni boshladimi yoki karantin davrida o‘qishga kirganlar bitirdimi :)

@masofatalim

Masofatalim

05 Dec, 15:41


Islom akademiyasi rektori o‘zgardi

Kamilov Muzaffar Murotovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgan edi.

Gʻafurov Uyg‘un To‘lqinovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi.

@masofatalim

Masofatalim

04 Dec, 12:20


Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi ochiq muloqotlarning barchasi to‘liq holda YouTube tarmog‘iga joylanibdi.

Mavzularning dolzarb va xilma-xilligini e’tirof etish kerak. Zamonaviy kasblar, fan va ta’lim, axborot texnologiyalari, milliy media, yoshlar turizmi, ekologiya, sport, adabiyot va tadbirkorlik — hammasi muhim yo‘nalishlar.

Ushbu oylik doirasida tashkilotchilar eng qiziqarli va kerakli yo‘nalishlarni qamrab olib, yoshlar va mutaxassislar uchun o‘ziga xos maydon yarata olishdi, samimiy ochiq muloqotlar tashkil etildi, deyish mumkin. E’tiborlisi, barcha muloqotlar to‘liq YouTube’da jonli efir qilindi. Endi videolarning yanada sifatli ko‘rinishini e’lon qilishibdi.

Videolarni tomosha qilib, o‘z sohasining tajribali vakillarining maslahat va tavsiyalari, fikrlari hamda yoshlarning savollariga bergan javoblarini ko‘rish mumkin.

@masofatalim

Masofatalim

03 Dec, 18:12


O‘quvchilari fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgani ortidan 3 yil ichida qariyb 1 mlrd so‘m pul mukofoti olgan yosh o‘qituvchi — Mohira Boltayevadan intervyu olishibdi.

Majburiy mehnat, “surish”, oddiy va maxsus maktablar farqlari kabi mavzularda mazmunli suhbat chiqibdi. Tomosha qilishni tavsiya etamiz: https://www.youtube.com/watch?v=5hiEeHEg8_s

Masofatalim

02 Dec, 16:59


Haligi klounning ilgari surgan taklifini amalga oshirish boshlandi, shekilli.

@masofatalim

Masofatalim

02 Dec, 13:36


Prorektor viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Buxoro davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlab kelgan Artikova Hafiza Tuymurodovna Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

@masofatalim

Masofatalim

01 Dec, 06:45


Jahongir Ortiqxoʻjayev:

“Imkoniyatidan qat’iy nazar bugunidan rozi bo‘lgan kishining hayoti zoye ketmaydi. Odam vaqtini nolishga sarflasa, ana o‘sha asl yo‘qotish bo‘ladi. Vaqtni ko‘proq harakatga, mehnatga sarflash kerak”.

Manba

@masofatalim

Masofatalim

30 Nov, 15:27


Yana bir savol: hududlarda o‘rganish olib borilib, odamlar bilan rasmlarga tushilyapti ekan. Buni OTMlar ham, oliy ta’lim vazirligi ham kanalida e’lon qilyapti. Asosan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami ko‘rsatilyapti. Odamlarning rasmini ommaga e’lon qilish uchun ularning roziligi olinganmi? Ularning yuzini ochiq oydin hammaga ko‘rsatishlariga asoslari bormi?

@masofatalim

Masofatalim

30 Nov, 15:09


Izohlarda yozishibdi: “Amaliyotchi talabalardan ham o‘tib ketdi-ku bular. Bitta rasmni nechta hisobotga aylantirarkan?”. Yaxshi savol.

Lekin rasmlarni zo‘r tanlashibdi. Yozda olingan rasmlarni qishda e’lon qilinayotgan postda ko‘rsatilishi yuksak farosatdan dalolat, azizlar.

@masofatalim

Masofatalim

30 Nov, 15:01


Nahotki Nukusda havo hozir shunchalik issiq bo‘lsa-a?

Yoki vazirlik xo‘jako‘rsinga eski rasmlar bilan xabar chop etdimi? 🤷🏻‍♂️

@masofatalim

Masofatalim

30 Nov, 14:54


Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va yana bir nechta tashkilotni bemalol yopib yuborsak ham bo‘ladi. Sababi oliy ta’lim muassasalari mas’ullari mahallalarda o‘rganish ishlarini olib boryapti. Shaxsan professor o‘qituvchilarimiz odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni tinglab, aholi bilan muloqot qilib yuribdi. Garchi bu ularning funksional vazifasi bo‘lmasa ham. Majburiy mehnatga kirmasmikan, degan savol tug‘iladi. Ammo topshiriq “tepa”dan degan universal javob bilan vaziyatdan bemalol chiqib ketiladi.

Ana endiyam yurtimiz yanada rivojlanib ketadi, ko‘ngilni to‘q qilinglar ☺️

@masofatalim

Masofatalim

30 Nov, 13:26


SMM orqali qanchagacha daromad topish mumkin? – Platina Podcast

Qiziqarli va mazmunli podkast bo‘libdi. SMMga qiziquvchi yoshlarga ko‘rishni tavsiya qilamiz: https://youtu.be/uempWhdx4PA

Masofatalim

30 Nov, 11:22


Poytaxtda iste’dodli bolajonlar uchun tanlov e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxtning iste’dodli bolalari uchun “Orzu” bolalar ijodiyoti tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda 6–8, 9–11 va 12–14 yosh toifasidagi o‘quvchi-bolalar quyidagi 6 yo‘nalishning birida yakka yoki jamoaviy tarzda qatnashishi mumkin:
⁃ klassika;
⁃ vokal;
⁃ cholg‘u;
⁃ raqs;
⁃ tasviriy va amaliy san’at;
⁃ adabiyot.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar 5-dekabrga qadar Telegramdagi @orzu_fest_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 98 369 44 54

Tanlov nizomi va batafsil ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

@masofatalim

Masofatalim

29 Nov, 15:55


“Profi” ta’lim klasteri asoschisi Bektosh Hotamov:

“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”.

@masofatalim

Masofatalim

29 Nov, 15:16


“Jamiyat, oila, mahalla, avlodni oldida yorug‘ yuz bilan o‘zlaringni tutishinglar bugunga bog‘liq” — Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarga motivatsiya berib, ularni ilhomlantirdi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni “Zakovat arena” binosida bo‘lib o‘tgan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotda taniqli tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etib, yoshlarga o‘zining maslahat va tavsiyalarini berdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Nutqi davomida Ortiqxo‘jayev yoshlarga yuzlanib, ularga motivatsiya berdi.

“Sizlar bugun hayolan boshqalardan ortda qolmay deb ota-onangizdan talab qilayotgan narsalarni ertaga farzandlaringiz sizdan talab qila boshlaydi. Shuning uchun, oldingizda sizlardan talab etiladigan juda katta mas’uliyat turibdi. Yo bugun o‘qib, o‘z ustingizda ishlab, rivojlantirasizlar, yoki sizlar bugun ota-onangizdan talab qilayotgan narsalarni ertaga sizlar farzandlaringizga yetkazib bera olmaysizlar”.

@masofatalim

Masofatalim

28 Nov, 15:58


Toshkent shahar hokimligi tashabbusi o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida bo‘lib o‘tadigan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotga barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlar taklif etilmoqda.

@masofatalim

Masofatalim

22 Nov, 15:04


Kamyob hodisa. Liftdan talabalarning foydalanishini taqiqlash faqat davlat oliy ta’lim muassasalarida emas, xususiy OTMlarda ham uchrab turarkan. Qaysi OTMligini bilish uchun logoga qaralsin.

P.S.: Talabaning OTM liftidan foydalanishini man etishni oqlashga har xil gaplarni aytish befoyda. Talaba kontraktini to‘layapti. Sifatli ta’lim olishga, yaxshi sharoitda o‘qishga haqqi bor.

@masofatalim

Masofatalim

22 Nov, 09:36


Toshkent haqida yoshlarning fikri qanday?

Platina.uz sayti yoshlar orasida yurib, ularning poytaxt haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

@masofatalim

Masofatalim

22 Nov, 06:49


2024-yilda eng faol ishlagan oliy ta’lim muassasasi rektori qaysi?

Uzbekistanofficial.uz sayti “2024 yilda eng yaxshi ishlagan OTM rektori qaysi?” nomli so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Ovoz berish uchun:

1-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89303

2-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89304

3-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89305

4-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89306

5-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89307

6-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89308

7-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89309

8-qism: https://t.me/uzbekistanofficial/89310

So‘rovnoma 5-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi.

Yakuniy bosqich so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan 1 nafar OTM rektoriga sertifikat, maxsus statuetka va qimmatbaho sovg‘a topshiriladi.

Masofatalim

22 Nov, 05:30


Yoshlar turizmi yoʻnalishida ochiq muloqot boshlandi – jonli efir

Ayni vaqtda “Zakovat arena” binosida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yoshlar turizmi yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi ochiq muloqot boshlandi.

Jonli efir: https://youtube.com/live/b9zNQi0wN0k?feature=share

Telegram | Instagram | Facebook

Masofatalim

21 Nov, 14:36


Sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bundan ikki yilcha oldin aytgandi: “[Talabaga] ertaga haydalib ketasan, kursingdan qolib ketasan, degan tahdid bilan yuribmiz haliyam”.

Bugun qiziq murojaat kelibdi. Universitetidagi muammolar haqida fakulteti guruhida yozgan keyin lift rasmi tarqab ketishiga sabab bo‘lgan talabaga kursdan qoldirish va “diplom ololmasdan o‘tishi” bilan tahdid qilishganmish. Shunaqa deb yozishdi, har holda.

Shuni o‘qib turib sobiq vazirning gaplari esga tushib ketdi. Abduqodir Toshqulov to‘g‘ri gapni aytib ketgandi. Talabaga ko‘p yonbosardi. Hozirgilarda bunaqa jihat ko‘rinmadi, balki ko‘rmayotgandirmiz.

Xullas, eski gaplar, eski muammolar, eskicha tahdidlar.

@masofatalim

Masofatalim

21 Nov, 09:54


Havo biroz sovuq bo‘lishiga qaramasdan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi qaynoq atmosferada davom etmoqda

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi loyihalar minglab yosh yigit-qizlarni bir joyga jamlab, ular uchun o‘ziga xos imkoniyatlar eshigi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bir-biridan qiziqarli loyihalar, yoshlarbop ochiq muloqotlar ko‘zi chaqnab turgan yigit-qizlarga yanada zavq berishi shubhasiz. Ma’lum qilinishicha, “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida hali ko‘plab loyihalar oldinda. Yoshlardan esa yanada faol bo‘lishlari so‘raladi.

@masofatalim

Masofatalim

20 Nov, 13:42


Yoshlar turizmi bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 22-noyabr kuni soat 10:00 da “Zakovat arena” binosida yoshlar turizmi yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Sohaga qiziquvchi yoshlar uchun mazkur ochiq muloqotda juda ko‘plab katta imkoniyatlar ma’lum qilinadi. Turizm daromadli sohalardan biri bo‘lib, millionlab yoshlarni ish bilan ta’minlashi mumkin.

Ishtirok etish uchun @poytaxtuzbot orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

@masofatalim

Masofatalim

19 Nov, 08:52


Prezidentlikka sobiq nomzod “selxoz”ga rektor boʻldi

Hukumat qarori bilan Oblomuradov Narzullo Naimovich Toshkent davlat agrar universiteti rektori etib tayinlandi. Bunga qadar u ushbu universitetda oʻquv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Narzullo Oblomurodov 2021-yilda Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Shu yili 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, 4,1% ovoz olgan.

@masofatalim

Masofatalim

18 Nov, 11:59


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda Yoshlar akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan grantlar haqida ma’lumot berdi.

@masofatalim

Masofatalim

18 Nov, 11:15


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari o‘zgarishi kutilmoqda.

@masofatalim

Masofatalim

18 Nov, 07:46


Matbuot xizmatining vazifasi — rahbar obro‘siga putur yetkazish emas

O‘zbekistonda rahbarlarning dam olish kunlari ishlashi hech kimga sir emas va bu allaqachon normal holatga aylanib ulgurgan. Masalan, kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri dam olish kunida yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Bugun Mehnat kodeksini bir chetga surib, masalaning boshqa jihatiga — samarasiz ishlayotgan matbuot xizmatiga e’tibor qaratamiz.

Kecha yakshanba, dam olish kunida vazirlik kanalida naqd 10 ta post chiqqani e’tiborni tortdi. Savol tug‘ildi: vazirlik matbuot xizmati dam olish kunlarisiz ishlaydimi? Keyin e’lon qilingan xabarlarni qarab, tahlil qilinayotganda, yig‘ilish haqidagi post yarqirab ko‘zni qamashtirdi. Sanalar tekshirilganda, ayni dam olish kuniga to‘g‘ri keldi.

Ya’ni vazir dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazganini ayni o‘sha kunning o‘zida vazirlik matbuot xizmati yoritmaganda, bu e’tiborni tortmasdi va e’tiroz uyg‘otmasdi. Hay, vazir yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazishga o‘tkazibdi, buning xabarini ayni shu kuni berish shartmidi? Shuni bugun, dushanba, ish haftasida e’lon qilinganda hammasi “silliq” kechgan bo‘lardi, masalan.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov ilmli, ziyoli va fidoiy inson. Xizmat safarlarida vaqt tig‘iz bo‘ladi, vaziyat shuni taqazo qilgandir — bularning hammasini tushunsa bo‘lar, ammo dam olish kunida o‘tkazilgan yig‘ilishni ayni shu kuni ommaga jar solib, rahbar reputatsiyasiga putur yetkazish — matbuot xizmatining qo‘pol xatosidan boshqa narsa emas. Bularni ular hisobga olishi, har bir e’lon qilayotgan materiallarini tahlil qilishi kerak edi.

Qissadan xissa shuki, dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazilishi — bir xato, uni hammaga matbuot xizmati ochiqlab qo‘yishi — ikkinchi qo‘pol xato.

@masofatalim

Masofatalim

17 Nov, 18:02


Vazir va o‘rinbosari dam olish kunida yig‘ilish o‘tkazdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda OTFIV Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazishgan. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Garchi bu yig‘ilish qachon o‘tkazilgani ochiqlanmagan bo‘lsada, uni 17-noyabrda o‘tkazilganini aniqlash ko‘p qiyinchilik tug‘dirmadi — rasmdagi monitorning o‘ng tomoni, pastki qismida 17.11.2024 sanasi va 10:16 soati turibdi. Demak, vazir va uning o‘rinbosari 17-noyabr, yakshanba, dam olish kunida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazgan. Bu esa eng kamida Mehnat kodeksiga zid.

P.S.: Yig‘ilishlardan bo‘sh vaqtlarda shunaqa kodekslarni, qonunlarni o‘qib turish kerak.

@masofatalim

Masofatalim

17 Nov, 12:03


Bayram muborak, talabalar!

@masofatalim

Masofatalim

17 Nov, 07:35


Senatorlikka saylangan OTMlar rektorlari, professor va o‘qituvchilar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Ataniyazova Oral Aminovna Qoraqalpog‘iston Respublikasidan;

Jizzax politexnika institutining Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professori Bobanazarova Jamila Xolmurodovna Jizzax viloyatidan;

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich Namangan viloyatidan;

Samarqand davlat universiteti rektori Xalmuradov Rustam Ibragimovich Samarqand viloyatidan;

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Suvonova Dilbar Nabiyevna Surxondaryo viloyatidan;

Urganch davlat universiteti rektori Abdullayev Baxrom Ismoilovich Xorazm viloyatidan;

Qarshi davlat universiteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi dotsenti Irkayev Abduraxim Pandjiyevich Qashqadaryo viloyatidan senatorlikka saylanishdi.

@masofatalim

Masofatalim

17 Nov, 07:02


Yoshlar lideri Alisher Sa’dullayev Prezident farmoni bilan senatorlikka tayinlandi.

Samimiy tabriklaymiz, xayrli boʻlsin!

@masofatalim

Masofatalim

17 Nov, 06:56


Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sharafiga Toshkent shahri markazida otliq kavaleriya ishtirokida harbiy parad bo‘lib o‘tdi.

@masofatalim

Masofatalim

16 Nov, 15:31


Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi

“Biz ularning orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida gaplashdik.

Bugungi kunda xalqimizning ham, Prezidentimizning ham ko‘nglida yoshlarga nisbatan katta ishonch va umid bor.

Qadrli yoshlar, sizlarni katta hayot, butun O‘zbekiston kutib turibdi”, deb yozdi S.Mirziyoyeva.

Videoda talabalardan biri Prezident yordamchisiga yakuniy nazorat ishlari bugungi kun talabiga javob bermasligi haqida ham gapirib o‘tganini ko‘rish mumkin.

@masofatalim

Masofatalim

16 Nov, 10:15


Poytaxt hokimligining mega loyihasi qizlarga qanday ilhom va imkoniyat berdi?

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda 30 yoshgacha bo‘lgan ayol-qizlarning zamonaviy kasblarni o‘rganishi, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlari uchun mega loyihani boshlagandi. Ya’ni hokimlik “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxtda 1000 nafar qizni SMM yo‘nalishiga bepul o‘qitmoqda.

Platina.uz mazkur loyiha doirasida SMM-maktabda o‘qiyotgan qizlar bilan suhbatlashdi, loyiha ayol-qizlarga nimalar berayotgani, o‘qish jarayoni qanday kechayotgani va ularning galdagi rejalariga quloq tutdi.

Batafsil — https://platina.uz/92871f

@masofatalim

Masofatalim

15 Nov, 16:31


Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov yoshlarga:

“Har doim o‘zingizni qadrlang. Hech qachon o‘zingizga past baho bermang. Yutqazmaysiz!”

@masofatalim

Masofatalim

14 Nov, 09:35


“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi eng qizg‘in pallaga kirdi: ochiq muloqotlar boshlanmoqda

15-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi “Zakovat arena” binosida yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi ochiq muloqot forumi bo‘lib o‘tadi. Unda:

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi sudyasi Farxod Abdushukurov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov, jurnalist Yulduzxon Olimova, Xalqaro Islom akademiyasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qilishadi.

15-noyabr kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi “Zakovat arena” binosida fan va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Unda:

Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev, deputat Shahxnoza Joldaseva, jurnalist Sarvarbek Bahodirov, tadbirkor Muhammadali Eshonqulov, “RoboCode” akademiyasi asoschisi Abdulaziz Yakubovlar ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qilishadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun: @poytaxtuzbot

@masofatalim

Masofatalim

13 Nov, 12:35


Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Mamatkarimov Odiljon Oxundadayevich Namangan viloyatidan senatorlikka saylandi.

@masofatalim

Masofatalim

13 Nov, 11:16


Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxtdagi yoshlar markazida Toshkent shahar yosh o‘qituvchi va olimlar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ilk bora tashkil etilgan kengash yig‘ilishida 500 nafardan ziyod maktablar, professional va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar hamda tayanch doktorantlar qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — yoshlarning ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ularning ilmiy g‘oya va tashabbuslarini yuzaga chiqarish hamda faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Yig‘ilishda “Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashi” tuzilib, boshqaruv raisi etib iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, yosh olim, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi Shohrux Boymurodov saylandi.

Shuningdek, kengashning 2025-yilga mo‘ljallangan ish reja va dastur loyihalari ko‘rib chiqildi.

@masofatalim

Masofatalim

13 Nov, 10:57


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi Shohrux Boymurodov “Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashi” boshqaruv raisi etib saylandi.

@masofatalim

Masofatalim

13 Nov, 07:46


Ertalabdan beri shu sovuq va yomg‘irda “Adiblar xiyoboni”da 6 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida tadbir bo‘lyapti ekan. Soat 16:00 gacha davom etarkan. Rasmda yupun kiyimdagi qizlarni ham ko‘rish mumkin.

P.S.: Osmon uzilib yerga tushsayam, shunaqa tadbirlarni sal quyosh bor, havo ochiq paytda qilish kerakligini tushunish uchun ja unchalik katta aql talab etilmaydi. Salla desa kallani oladi bular.

@masofatalim

Masofatalim

13 Nov, 07:20


#Job

Yirik Amerika autsorsing kompaniyasi nemis tilida so‘zlashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish agentlarini qidirmoqda: Uydan turib ishlang va yuqori daromad oling!

Boshlang‘ich maosh: 10 million so‘mdan yuqori!
Joylashuv: Masofaviy (O‘zbekistonning istalgan joyida)

Nega aynan bu lavozim?

Moslashuvchan ish jadvali
Avvalgi tajriba talab qilinmaydi
Martabani oshirish uchun treninglar va o‘sish imkoniyatlari
Raqobatbardosh ish haqi va eng yaxshi xodimlar uchun bonuslar

Talablar:
Nemis tilini bilish — C1

Bevosita O‘zbekistondan global brendlar bilan ishlash uchun noyob imkoniyat!

Hoziroq ariza topshiring

Masofatalim

12 Nov, 04:10


10 yosh

Eng sara kontentlarni taqdim etishi bilan boshqa nodavlat telekanallardan ajralib turuvchi, ayniqsa, yoshlarbop loyihalari, oila davrasida bemalol tomosha qilsa boʻladigan saviyali koʻrsatuvlari, zoʻr-zoʻr kino va seriallari hamda original milliy mediamahsulotlari bilan tomoshabinlarning sevimli telekanaliga aylanib ulgurgan “MY5” bugun oʻzining 10 yillik yubileyini nishonlamoqda.

“Mening yurtim” telekanali erishib kelayotgan barcha yuksak natijalar ortida katta odamlar emas, balki jamoaning katta mehnati yotadi, deb bemalol e’tirof etish mumkin. Bundan keyin ham yutuqlar bardavom boʻlsin.

Telekanal jamoasiga bayram muborak!

@masofatalim

Masofatalim

11 Nov, 13:20


Otabek Sobitov Toshkent talabalar assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Toshkent talabalar assotsiatsiyasining birinchi ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet koordinatorlari, talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, uyushmalari, assotsiatsiyalari, kengashlari, harakatlari, guruhlari rahbarlaridan iborat 550 nafar delegatlar ishtirok etdi.

Tadbirda talabalar ichidan o‘z tashabbusi bilan nomzodini qo‘ygan talabgorlarning bir qator qiziqarli va maqsadli rejalari tinglandi. Xususan, talabalarning ilmiy izlanishlariga ko‘mak berish, networking uchun o‘quv oromgohlari tashkil qilish, tashabbuskor talabalar o‘rtasida eng yaxshi loyiha mualliflarini taqdirlash maqsadida “Yil mukofoti”ni joriy qilish, so‘rovnomalar o‘tkazish orqali talabalar muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishga ko‘maklashish kabi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan yoshlar fikr-mulohazalari barchaning e’tiborini tortdi.

Taqdimotlardan so‘ng Talabalar assotsiatsiyasi raisi va uning turli yo‘nalishlar bo‘yicha yordamchilari ochiq ovoz berish yo‘li orqali saylandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 11 nafar o‘z tashabbusi bilan nomzodini qo‘ygan talabalar ichidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti Otabek Sobitov eng ko‘p ovoz yig‘gan nomzod deb qayd etildi va bir ovozdan assotsiatsiya raisi etib saylandi.

@masofatalim

Masofatalim

05 Nov, 17:53


Instagram’da bir betayin “shu videom 100 ming layk yigʻsa, dadamni uraman”, deb video joylagan ekan. IIB ushbu shaxsni topib, profilaktik suhbat oʻtkazibdi.

Qolaversa, uning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, 2000-yilda tugʻilgan, layk uchun otasini urushga tayyor bu “yigit” 15 sutkaga joylashtirilibdi.

Odamlarga nima boʻlyapti-a?

@masofatalim

Masofatalim

05 Nov, 06:16


4-noyabr kuni Termiz davlat universiteti tasarrufidagi talabalar turar joylarida yashovchi 3000 nafarga yaqin talabalar va 500 nafardan ortiq xodimlar uchun universitet tomonidan osh tarqatilibdi.

TerDU rektori Abduqodor Toshqulov mas’ullarga talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning sharoitlarini o‘rganib, lozim bo‘lsa amaliy ko‘mak berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

@masofatalim

Masofatalim

04 Nov, 05:47


Sovrin jamgʻarmasi 300 mln soʻm: poytaxtda “Tashkent Chess” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi va “Sky Chess” tomonidan 16-22-dekabr kunlari poytaxtda “Tashkent Chess” xalqaro shaxmat turniri oʻtkaziladi.

Musobaqa shaxmatning standart va blits yoʻnalishida boʻlib oʻtadi.

Nufuzli turnirda shaxmatchilar FIDE reytingidagi ochkolariga qarab guruhlarga boʻlinadi.

Bundan tashqari, 12 va undan kichik yoshdagi bolalar ham musobaqa ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Bahslarda ishtirok etmoqchi bo’lgan har bir talabgor telegramdagi @skychessuzb orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishi zarur.

Sovrin jamgʻarmasi 300 million soʻmni tashkil etuvchi turnirda siz ham ishtirok eting va sovrindorlar qatorida bo’ling.

Murojaat uchun telefon raqamlari: +998 78 120 00 25; +998 95 510 00 25.

@masofatalim

Masofatalim

02 Nov, 11:40


2025-yilda ham stipendiyalar oshirilmasligi mumkin

Iqtisodchi Otabek Bakirov 2025-yilgi davlat budjeti loyihasidan kelib chiqib, stipendiyalar miqdori yuqori ehtimol bilan yana indeksatsiya qilinmasligi mumkin, deb yozmoqda.

Agar shunday bo‘lsa, bu to‘rtinchi yil ketma-ket stipendiyalar oshirilmayotganini anglatadi.

“Stipendiya jami xarajatlarning o‘sishi esa talabalar soni o‘sishi bilan bog‘liq”, degan iqtisodchi O.Bakirov.

@masofatalim

Masofatalim

01 Nov, 08:28


So‘nggi uch yilda respublika miqyosida navoiylik yoshlar oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinda — Prezident

@masofatalim

Masofatalim

01 Nov, 07:41


“Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM maktabda ilk darslar boshlandi

Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida loyiha e’lon qilingandi.

Mazkur loyiha doirasida 25-oktabrgacha 3 mingga yaqin nomzodlar roʻyxatdan oʻtishdi. Ushbu roʻyxatdan oʻtganlar bilan bogʻlanib, talablarga mos keluvchi ayol-qizlar saralab olinmoqda. Ushbu jarayonda saralashdan oʻtgan ilk nomzodlar uchun 1-noyabrdan SMM maktabda darslar boshlandi.

@masofatalim

Masofatalim

01 Nov, 05:20


Prezident qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Navoiy davlat universitetiga aylantirildi.

Institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

@masofatalim

Masofatalim

31 Oct, 18:46


Rektorlar — kuch! ✊🏻

Saylangan deputatlar orasida ziyoli insonlar, ayniqsa, rektorlarning ko‘pligi juda xursand qildi. Chunki ularda endi mas’uliyat ham, vakolat ham bor.

Masalan, shu yil boshida Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblariga pul mukofotlari berilishi juda kechikdi. G‘oliblar orasida talabalar ham ko‘p edi. Hokimlikdan so‘rasang, deputatlar sessiyada tasdiqlashi kerak, degan gapdan nariga o‘tmadi. Mana endi ana shunday vakolatlar ko‘pchilik rektorlarning qo‘lida.

Barchalarining faoliyatlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@masofatalim

Masofatalim

31 Oct, 18:39


Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Xaydarov Nodirjon Kadirovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.

Tabriklaymiz!

@masofatalim

Masofatalim

31 Oct, 18:11


Toshkent pediatriya tibbiyot institut rektori Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.

B.Daminov ham ziyoli oiladan. Umrini ilm-fanga, tibbiyotga bag‘ishlagan Turg‘unpo‘lat Daminovning farzandi. Botir Turg‘unpo‘latovichni samimiy tabriklaymiz!

@masofatalim

Masofatalim

31 Oct, 18:02


Toshkent davlat texnika universiteti rektori, muhandis-texnolog olim, texnika fanlari doktori Turobjonov Sadritdin Maxamatdinovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.

Sadritdin Maxamatdinovichni samimiy tabriklaymiz!

@masofatalim

Masofatalim

31 Oct, 17:56


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, til jonkuyari Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.

Ustozni samimiy tabriklaymiz!

@masofatalim

Masofatalim

31 Oct, 17:52


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi rahbari Sobirxonov Akbarxon Aziz-o’g’li Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.

Akbarxon Sobirxonovni samimiy tabriklaymiz!

@masofatalim

Masofatalim

31 Oct, 17:43


O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Majidov Inomjon Urishevich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.

Tabriklaymiz!

@masofatalim

Masofatalim

27 Oct, 16:25


“Piramida” serialining 2-mavsumi boshlandi

Ahmadboy va u tuzgan moliyaviy piramida bilan bog‘liq real voqealarga asoslangan “Piramida” seriali 2023-yilda katta ekranlarga chiqqandi. Serialning 1-fasli 21-seriyadan iborat bo‘lib, juda qiziq joyida tugab qolgan (1-mavsum serialarini mana bu yerdan topsa bo‘ladi).

“Piramida”ning 2-mavsumi 21-oktabrdan boshlab yana “Mening yurtim” telekanalida efirga uzatila boshlabdi. O‘tgan hafta davomida yangi mavsumning 22-26-serialari namoyish etilgan. Serial juda qiziq, kecha bir o‘tirishda hafta davomida efirga uzatilgan hamma qismlarini ko‘rib chiqibman :)

Shu serialni ko‘rib, odam kino ko‘rganday bo‘lyapti va beixtiyor hayoldan bir fikr o‘tyapti: “Biznikilar ham mana shunaqa real voqealarga asoslangan, qiziq va professional seriallar ishlay olarkan”.

“Piramida” serialini mabodo “MY5” telekanalida tomosha qilishga ulgurmayotganlar bo‘lsa, Biz Media platformasida ham sifatli formatda topsa bo‘ladi. Yakshanba kungi madaniy hordiq uchun zo‘r tavsiya. Havola: https://bizmedia.uz/films/10847

@masofatalim

Masofatalim

27 Oct, 15:55


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 516-saylov uchastkasida oʻz konstitutsion huquqidan foydalanib, saylovda ovoz berdi.

@masofatalim

Masofatalim

27 Oct, 10:07


Prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga ovoz bergan saylov uchastkasidan reportaj.

Manba

@masofatalim

Masofatalim

25 Oct, 10:38


Bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga.

@masofatalim

Masofatalim

25 Oct, 09:50


“Toshkent yoshlarni sevadi”: SMMga bepul o‘qish kursiga 3 mingdan ortiq ariza topshirildi

Poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga o‘qitib, bandligini ta’minlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitilishi xabar berilgandi.

Ma’lum qilinishicha, loyihada ishtirok etishni istagan talabgorlardan hozirgacha 3 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan. Bugun, 25-oktabr kuni soat 00:00da mazkur loyiha uchun qabul yakunlanadi. Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganlar bo‘lsa, yana bir necha soat vaqt bor. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @smaktabbot

@masofatalim

Masofatalim

24 Oct, 11:22


“Qizlarni azoblaydigan darajada ham chiroyli boʻlamanmi”, degan gapi bilan tanilib ketgan vayner yigit Instagramda onlayn qimor platfotmalarini reklama qilgani uchun Fargʻona viloyati IIB tomonidan qoʻlga olinibdi.

@masofatalim

Masofatalim

23 Oct, 14:59


⚡️Surxondaryo viloyatida nodavlat oliygohlar soni bittaga ko'paydi

Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida filialini tashkil etdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi.

Oliygoh viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, o'n oltita yo'nalish bo'yicha bakalavr va uch yo'nalish bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.

🌐 Onlayn ariza topshirish

📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Telegram | Instagram | Web-sayt

Masofatalim

23 Oct, 05:42


Birgina Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida 200 nafardan ortiq hindistonlik talaba tahsil olar ekan.

@masofatalim

Masofatalim

22 Oct, 10:45


Hindistonlik shikoforlarni ham oʻzbek oʻqituvchilar tayyorlaydi. Faxrlansa arziydi.

Darvoqe, hindlar kelib bizda oʻqiydi, biznikilar esa Hindistonga borib davolanadi. Bu joyi esa biroz tushunarsiz.

@masofatalim

Masofatalim

22 Oct, 06:39


“Talabalarga liftga chiqish mumkin emas. Shtraf”

@masofatalim

Masofatalim

21 Oct, 16:10


Saida Mirziyoyeva va UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Prezident yordamchisining o‘z sahifasida yozishicha, muloqot davomida asosiy e’tibor ta’lim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratilgan. Shuningdek, UNFPA tomoni ushbu sohalarda O‘zbekistonga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

@masofatalim

Masofatalim

21 Oct, 16:04


Uzoq o‘lkalarda, Madagaskardamikan, aniq eslolmadik, hay, Madagaskar deb olaylik. O‘sha tomonlarda g‘alati bir voqea ko‘p uchrarkan. Oliy ta’lim muassasalari ichida shundaylari bor ekanki, stipendiyaga deyilgan pulni Madagaskar banklariga katta-katta foizlarda omonatga qo‘yarkan, keyin o‘sha ayrim noinsof Madagaskar OTMlari banklardan olgan omonatning foizlari bilan cho‘ntakni qappaytirib yuraverarkan. Talabalari esa doim nega stipendiya kech tushadi, deb o‘ylanaverarkan.

Xullas, shunaqa gaplar. Yaxshiyam bunaqa holatlar Madagaskarda (poytaxti — Antananarivu shahri) uchraydi, bizda bunaqa holatlar yo‘q, shukur qilaylik☺️

@masofatalim

Masofatalim

21 Oct, 15:54


Bir qancha oliy ta’lim muassasalarida haligacha sentabr oyi stipendiyasi berilmagani haqida murojaatlar kelmoqda.

Qaysi OTMlarda sentabr stipendiyasi berildi-yu, qaysilari haligacha “sudrab” yuribdi? Izohlarda yozib qoldiring.

@masofatalim

Masofatalim

21 Oct, 13:52


Achchiq haqiqat

@masofatalim

Masofatalim

21 Oct, 10:02


Talabalar tadbirma-tadbir yuraversa, ta’limning tepasidagilar esa xususiy bizneslaridan ortmasa, ana shunda rivojlanib ketsak kerak-a? Balki bu yangilangan oliy ta’lim vazirligi rahbariyatining brend tashrif qog‘ozidir? 😂

@masofatalim

Masofatalim

21 Oct, 09:13


Oliy ta’lim tepasidagi 22 nafar xodimning 23 ta biznesi borligi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilarining biznes bilan shugʻullanish holatlarini tekshiribdi.

Agentlik xabariga koʻra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar boshqaruv xodimi 23 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib, biznes qilib kelgan.

@masofatalim

Masofatalim

18 Oct, 12:54


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi svetofor ishlamayotgan chorraxada mashinalar harakatini tartibga solgani aytilmoqda. Respect!

@masofatalim

Masofatalim

18 Oct, 08:41


Uy ishi (c)

@masofatalim

Masofatalim

18 Oct, 08:36


Metroni kattalari uchiga chiqqan yolg‘onchi ekani haqida ko‘p bor gapirganmiz.

@masofatalim

Masofatalim

18 Oct, 05:30


Obunachi fikri

@masofatalim

Masofatalim

17 Oct, 14:26


Toshkent shahar hokimligi qizlarning kasb o‘rganishi, ish topishi va daromadli bo‘lishiga e’tiborni kuchaytirdi

Oxirgi vaqtlarda Toshkent shahar hokimligi boshlagan xayrli ishlar ko‘p xursand qilyapti. Gap shundaki, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar qiz SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitiladi. Bu ezgu ish “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

E’tiborlisi, poytaxt hokimligi turli tadbir, forum yoki konsertlar bilan cheklanmay, bo‘ladigan ishni qilyapti. Agar bu loyiha amalga oshsa, yakunda minglab qizlarning hayotida ijobiy o‘zgarish bo‘ladi, doimiy daromad manbayiga erishishadi. Aniq amaliy ishlar degani ham aslida shu.

Bundan tashqari, aynan SMM yo‘nalishiga e’tibor qaratilgani ham quvonarli holat – uyda o‘tirib ham, onlayn ishlab ham pul topsa bo‘ladigan soha. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumki, hozir sartaroshlardan tortib, ovqatlanish maskanlarigacha o‘z faoliyatlari yoritishga ehtiyoj oshib ketdi. Umuman, har sohada yaxshi SMMchiga bugun ish bor.

Ma’lum qilinishicha, qizlar SMM sohasiga bepul o‘qitilishi haqidagi e’londan keyin 24 soat ichida 1200 dan ortiq nomzod ro‘yxatdan o‘tishga ulguribdi. O‘z navbatida, bu qizlardan ham o‘qishga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Hali yana @smaktabbot orqali 25-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tish davom etadi.

Shunaqa loyihalar ko‘payaversin. Qizlarning ta’lim olishi, ish va daromad topishi yo‘lidagi shunday tashabbuslarni doim qo‘llab-quvvatlash kerak.

@masofatalim

Masofatalim

17 Oct, 14:11


Yana bir xususiy universitet yopildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan litsenziya talab va shartlariga amal qilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

@masofatalim

Masofatalim

16 Oct, 16:50


Manipulyatsiya — bu oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga taʼsir koʻrsatish. Haddan oshiq manipulyatsiya — bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolgʻonchilarning hiylasidir. Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat oʻrnatish, foyda olish yoki imtiyozlarni qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan taʼsirdir.

Manipulyatsiya oddiy taʼsir oʻtkazish va ishontirishdan farq qiladi. Taʼsir oʻtkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u taʼsir oʻtkazilayotgan shaxsni taʼsirni qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi. Ishontirish — bu boshqalarni odatda maʼlum bir maqsad zamirida istalgan hatti-harakat tomon yoʻnaltira olishlik qobiliyatidir. Taʼsir oʻtkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir.

Manba: Vikipediya

@masofatalim

Masofatalim

16 Oct, 16:19


Yana infosiganlardan ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida

Mashhur bir ertakchi bola bor. Do‘ppili. Ismi sir qola qolsin. Shuni qanaqadir maktablarida bir nechta shaxsan tanish va yaqinlarning bolalari o‘qidi. Ularga “borma, kuyasan” degan ohangdagi gap kor qilmadi. Mana bugun “to‘g‘ri aytgansan ekan, baloniyam o‘rgatmadi, pulimga kuyganim qoldi” deb o‘tirishibdi.

Xullas, yana o‘sha gap: Instagram’da aqlli bashara bilan chiqib ertak aytib, ta’sirli musiqalar ishlatib, ommaning hissiyotlariga ta’sir qilib auditoriya yiqqan infosiganlardan ehtiyot bo‘lishi kerak. Aksar hollarda bunaqa nusxalar shunchaki o‘z biznesiga yangi mijozlar olib kelish uchun ertaklar aytishadi, aqlli bashara bilan halol, pok inson rolini o‘ynab berishadi.

Unutmang, omma hissiyotlar orqali boshqariladi. Infosigan va ertakchilardan ehtiyot bo‘ling. Ular soqqa qilish dardida yuradi, hammasiyam videoda ko‘ringanidek samimiy odam bo‘lavermaydi.

@masofatalim

Masofatalim

16 Oct, 14:22


Birinchi xonim Qoraqalpog‘istonga bordi

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, u yerdagi ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot uchun, shu kungacha "Zamin" fondi ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, loyiha barqarorligini ta’minlash maqsadida maktablarda YUNISEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiyena bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.

@masofatalim

Masofatalim

16 Oct, 10:15


Toshkent shahar hokimligi uzoq kutilgan “Toshkent yoshlarni sevadi” an’anaviy loyihasiga start bermoqda!

Loyihaning bu yilgi mavsumi mutlaqo boshqacha va o‘ziga xos bo‘ladi. Ayniqsa, joriy mavsumda qizlarning zamonaviy kasblarni o‘rganishlari uchun bepul SMM darslari yo‘lga qo‘yilishidan tortib, juda ko‘plab amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Xususan, poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga o‘qitib, bandligini ta’minlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkentda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan 1 000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitiladi.

Bunda qizlar o‘zlarining yashash hududiga yaqin bo‘lgan o‘quv markazida:
- ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
- targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
- grafik kontent yaratish;
- kopirayting;
- mobilografiya
- B2B sotuvlar;
- shaxsiy brend;
- portfolio yaratish va boshqa bilimlarni offlayn tarzda o‘rganishadi.

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning! SMM’ni o‘rganing va kopirayter, kontent menejer, mobilograf, virtual yordamchi, SMM mutaxassisi, targetolog sifatida uyda ham daromad toping.

Tadbirkorlik yo‘nalishida esa onlayn kiyim do‘koni ochishingiz, onlayn kurslar yaratishingiz yoki o‘z blogingizni yurgizib, biznesni rivojlantirishingiz mumkin!

Ro‘yxatdan o‘tish 25-oktabrgacha quyidagi bot orqali amalga oshiriladi:
@smaktabbot

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
+998 55 520 60 60

Telegramdagi rasmiy kanal:

@smmaktab

Toshkent yoshlarni sevadi

Masofatalim

16 Oct, 05:52


Qachondir hamma xususiy universitetlar yopilib ketsa ham, 3 tasi hech qachon yopilmaydi:

1. Sobiq niki.

2. bolasiniki.

3. bolasiniki.

Shulardan 2- yo 3-yashirin nuqta oʻrniga “vazir” soʻzi mos keladi. Albatta, bu holat bizda emas, boshqa oʻlkada😁

#tushungantushundi

@masofatalim

Masofatalim

15 Oct, 16:52


“Yana 2 ta qizil bersam gol ura olasizlarmi?” degan rasm😂

@masofatalim

Masofatalim

15 Oct, 07:06


O'zbekistonda fond birja borligini bilarmidingiz?
Unda yiliga 60% daromad qilish imkoni borliginichi?

Sherzod Abdullaev, moliyaviy iqtisodchi va 7 yillik investitsiyalarda tajribaga ega investor,
o'zining telegram kanalida milliy birjamizning afzalliklari bilan ulashib bormoqda.

👉 Obuna bo'lishni unutmang

Masofatalim

14 Oct, 14:27


Sport vaziri Adham Ikromov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, vazir maslahatchisi Shuhrat Ataxanov va vazirlik mutasaddilari Nodir Kasimov hamda Alisher Islomovlarni “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlabdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov esa bunga javoban sport vaziri Adxam Ikramov hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Ilhom Tursunaliyevni “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlabdi.

Sendan ugina, mendan bugina, deb shuni aytishsa kerakda :)

@masofatalim

Masofatalim

14 Oct, 09:09


❗️SMM maktabning talabalar uchun e’lon qilgan 50 talik grantiga arizalar qabuli tugashiga 1 kun qoldi

SMM maktab nodavlat ta’lim muassasasi talaba yigit-qizlar yuqori daromadli zamonaviy kasblarni oʻrganishlari uchun 50 ta grant e’lon qilgani xabar berilgandi.

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan yoshlar uch oy davomida SMM sohasini bepul oʻrganish va maxsus sertifikatni qoʻlga kiritish imkoniga ega boʻlishadi.

Roʻyxatdan oʻtish 15-oktabr kuni yakunlanadi. Bunda oʻqishni istagan yoshlar suhbat asosida tanlab olinib, amaliyotga asoslangan darslarni uch oy davomida mutlaqo bepul oʻqishlari mumkin boʻladi.

Shoshiling va roʻyxatdan oʻting: @smaktabbot

Aloqa: +998 55 520 60 60

Masofatalim

13 Oct, 08:35


“Kurs” sotadigan ayrim “biznes trenerlar”ning asl basharasi haqida qisqa video 😁

@masofatalim