#Esga_Olamiz
6-7 sinf tarix kitoblarda fanga oid joylar
💥Misrliklar- astronomiya, geometriya, fanlariga asos solishgan.
🗯Qadimiy Hindistonda ilmfan, xususan, astronomiya va matematika sohasi yuksak darajaga erishadi.
💫Qadimgi Xitoyda matematika, astronomiya va geografiya fanlari rivoj topgan.
🗯Yunonistonda Oliy ta’lim muassasalarida astronomiya, geometriya,
geografi ya, tarix o‘qitilardi.
💥Rimda grammatikada (o‘rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. U yerda tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o‘qitilardi.
🗯Vizantiyada tarix, geografiya va tabiiy fanlar hàm rivojlangan.
Maktablarda antik davrdan mavjud «yetti erkin san’at» deb nomlangàn fànlar o‘rgatilgàn. O‘quvchilar dastlab trivium – grammatika, dialektika va ritorikani o‘zlashtirganlar.
Nisbatan murakkab fanlar tarkibi – kvadriumda o‘quvchilar: arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya asoslarini o‘zlashtirganlar.
💫IX asrda( Arab xalifalikda) matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti kuzatilib, bu jarayon hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi.
🌍Ilk o’rta asrlarda Xitoyda tabiiy fanlar: matematika, astranomiyadan
tashqari, geografiya, tarix fanlari yuksak rivojlangan.
🗺Oksford universiteti professori Rojer Bekon (XIII asr) fandagi yutuqlarga
faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo‘li bilan erishish mumkinligini isbotlaydi.
Uning o‘zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o‘tkazadi.
💫O‘rta asrlarda astrologiya, alkimyo fanlari yuksak rivojlangan.
🗯Salyutati yuksak g‘oyali, o‘qimishli kishini tarbiyalashda ijtimoiy
fanlar: felologiya, ritorika, tarix, pedagogika, etikaning o‘ta muhim ekanligini ta’kidlagan.
💫Tombuktu madrasasida ilohiyotdan tashqari tarix, fiqh, matematika,
astronomiya kabi fanlar o‘qitilardi.
💥Xorazmiy Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shdi.
💫Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan.
🗯Ibn Sino maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, Riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi.
💥Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan.
⏳Temuriylar davrida Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonunshunoslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya
(handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya)
o‘qitilgan.
Muallif: Baxtiyor_Abduraxmonov
Tarixdan ajoyib kanal👇
👉@Dtm_tarixdan_testlar