📌 Men xususiy maktabda ishlayman. Geografiya fanidan attestatsiya uchun ariza topshirmoqchiman. Maktabimiz bazaga kirgan.
❓ Magistr diplomi borlarga 2-toifa beriladi. Agar men bazaga magistr diplomini yuklasam, toʻgʻridan-toʻgʻri toifa olish chiqyapdi. Menga u kerak emas. Amalda toifam yoʻq. Magistr diplomi orqali 2-toifa sifatida roʻyxatdan oʻtib, 1-toifaga ariza bersam boʻladimi?
✅ Iltimos, taxminan emas aniq javob kerak. Tajribasi bor, avval topshirgan ustozlar yordam qiling. Oldindan rahmat
Abduqodir ibn Muhammad