Viloyat hokimining tashabbusi bilan Sho'rchi tumanining markaziy mahallalaridagi ichki ko'chalarga hashar yo'li bilan asfalit yotqizish ishlari davom etmoqda.
-Joylarda bo'lgani singari, bizning Navro'z mahallamizning infratuzilmasini yaxshilash, yo'llarni ta'mirlash, joiz bo'lsa asfalit yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda, -dеydi Baxtshod Qodirov. Yozda chang, qishda loy bo'lgan mahalla ko'chalari bugun tеkis va ravon bo'lmoqda. Yillar davomida yo'l muammosidan qiynalgan mahallamiz aholisi ichki ko'chalarimizga asfalit yotqizilayotganidan juda mamnun.
@SHURCHI24_RASMIY