BaholashUz @bahoiashuz Channel on Telegram

BaholashUz

@bahoiashuz


🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

BaholashUz (Uzbek)

Bu BaholashUz kanali - Uzbekistonning eng yangi bilim va malakalarni baholash agentligining yangiliklarini to'plagan Telegram kanalidir. Kanalda o'quv dasturlari, kurslar, malaka oshirish bo'yicha maqolalar va ko'p boshqa foydali materiallar mavjud. Agar sizning boshingizni yoki o'qishingizni rivojlantirishga qiziqishingiz bo'lsa, BaholashUz kanaliga obuna bo'ling va so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling! Kanalda o'z fikrlaringizni, savollaringizni ham qoldirishingiz mumkin. Sizga yaxshi tajribalar va yangi bilimlar tilaymiz! Sizning ko'ngilingiz uchun - BaholashUz Telegram kanali!

BaholashUz

21 Nov, 10:42


⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-20

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

20 Nov, 14:02


⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.1 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

Kvota miqdori: 1000 ta

🇺🇿 Respublika miqyosida 1000 nafar yoshlar mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

👉 Batafsil maʼlumot

— Hujjatlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

© Manba

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

19 Nov, 05:01


O‘zbekistondagi o‘qituvchilarning uzluksiz professional rivojlanish tizimiga neyron tarmoqlar bo‘yicha kurslar qo‘shildi

A. Avloniy nomidagi Milliy o‘qituvchilar malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot instituti Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda informatika o‘qituvchilari uchun neyron tarmoqlar va Python dasturlash tili bo‘yicha bepul kurslarni ishga tushirishini e’lon qildi.

👨🏻‍💻Loyiha o‘qituvchilarning malakasini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Kurslar nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga oladi, bu esa Python bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga dasturlash va neyron tarmoqlarning asoslarini o‘rganish imkonini beradi.

🧑🏻‍🏫Kurs olti bo‘limdan iborat bo‘lib, Python dasturlash tilining asosiy tushunchalaridan tortib, obyektga yo‘naltirilgan dasturlashgacha bo‘lgan muhim mavzularni qamrab oladi. Kurslar vaqt bo‘yicha cheklovlarga ega emas, barcha o‘quv materiallari ishtirokchilarga abadiy qoldiriladi. Bu o‘qituvchilarga istalgan paytda materiallarga qaytib, o‘z bilimlarini yangilash imkoniyatini beradi. Kurslar dasturi shunday moslashtirilganki, o‘qituvchilar olingan bilimlarni o‘z o‘quv jarayonida darhol qo‘llay olishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu kurslar nafaqat informatika o‘qituvchilarining professional ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi, balki O‘zbekistondagi ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlab, pedagoglarni yangi texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlaydi hamda ularga neyron tarmoqlardan ta’lim jarayonida turli muammolarni hal qilish uchun foydalanishni o‘rgatadi.

📲 Kurslarga maxsus anketa orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Anketani to‘ldirgan ishtirokchilar kursning barcha materiallariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

*Kurslar – ma’lumot uchun materiallar bo‘lib, ta’lim dasturi hisoblanmaydi.

BaholashUz

14 Nov, 17:21


UXLAMA ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

🎧 Ovozli xabar koʻrinishida eshitish.

Abituriyentlarga yuboring!↗️

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

14 Nov, 13:11


⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.1 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

Kvota miqdori: 1000 ta

🇺🇿 Respublika miqyosida 1000 nafar yoshlar mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

— Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

👉 Batafsil maʼlumot

© Manba

Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Registan_IELTS_bot

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

17 Oct, 09:46


📣 9-noyabr kuni “Technovation Girls” va “Yandex Uzbekistan” 15-25 yoshli qizlar va yigitlarni Farg‘onada o‘tkaziladigan xakatonga taklif qiladi!

Xakaton — bu jamoaviy musobaqa bo‘lib, unda qisqa muddat ichida qiziqarli IT-echimlar o‘ylab topiladi.

Xakaton soat 09:00 dan 18:30 gacha "Aziya Fergana" mehmonxonasida o‘tkaziladi. G‘oliblarni sovrinlar kutmoqda!

Xakatonda qatnashar ekansiz, o‘z portfoliongiz uchun ajoyib keyslarga ega bo‘lasiz, hamfikrlaringiz bilan tanishasiz va o‘z kuchlaringizni real vazifalarda sinab ko‘rasiz. Shuningdek, barcha ishchirokchilar qatnashgani haqida sertifikatga ega bo‘ladilar.

Xakaton 2 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: dasturiy yechimlar va no-code taqdimot (dasturlashsiz).

Jamoada 5 kishigacha qatnashishi mumkin. Jamoangizni oldindan to‘plang yoki xakaton kuni ertalab jamoaga birlashing. Xakaton mavzusini tadbir o‘tkaziladigan kuni e’lon qilamiz.

Ishtirokchilarning maksimal soni — 60 kishi (12 ta jamoa).

👩🏻💻Bu muhim: har bir jamoada kamida 1 dona o‘z noutbugi bo‘lishi kerak (bir jamoada 2-3 ta noutbuk bo‘lsa, undan ham yaxshi).

Xakaton “Technovation Girls” dasturi doirasida o‘tkazilmoqda, jamoalarda qizlar ham, yigitlar ham qatnashishi mumkin.

❗️Xakatonda qatnashish — faqat ro‘yxatdan o‘tish orqali. Ro‘yxatdan o‘tish 01-noyabrgacha ochiq bo‘ladi (ushbu sanani ham o‘z ichiga olgan holda). Ushbu havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting.

2024-yilgi mavsumda “Technovation Girls Uzbekistan” dasturi “Tech4Impact” NNT tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yandex Uzbekistan” texnologik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

BaholashUz

02 Oct, 07:00


UXLAMA ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

🎧 Ovozli xabar koʻrinishida eshitish.

Abituriyentlarga yuboring!↗️

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

02 Oct, 06:27


Yandex Uzbekistan Toshkent, Samarqand va Urganchdagi Dasturlash maktabiga qabulni boshladi

👩‍💻👨🏻‍💻30-sentyabrdan Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabida Python boʻyicha bepul oʻqish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Maktabga 14-17 yoshli oʻquvchilar jalb qilinadi. Darslarda yuqori sinf oʻquvchilari Python dasturlash tilida ishlashning asoslari bilan tanishib, tilning asosiy tushunchalari, konstruksiyalari va kutubxonalarini oʻrganadilar.

Bu yil maktab oʻquvchilarini dasturlashga oʻrgatish boʻyicha loyihaning sheriklari Toshkentdagi Inha Universiteti, Samarqanddagi Wepro va Urganchdagi IT Park Xorazm boʻlishdi. Darslar bu tashkilotlar bazasida haftasiga ikki marta bir yarim soatdan amaliy oʻtkaziladi. Loyihada ishtirok etish toʻliq bepul, ammo maktabga kirish uchun imtihondan oʻtish kerak boʻladi.

📲 Dasturlash maktabiga kirish ikki bosqichdan iborat – test va suhbat. Avvalo, https://codingschool.yandex.uz/ru havolasi orqali ishtirok etish uchun ariza toʻldirish kerak. Javobda test uchun havola keladi. Agar talabgor testdan muvaffaqiyatli oʻtsa, u suhbatga chaqiriladi. Maktabga roʻyxatdan oʻtish va testdan oʻtish 6-oktyabrgacha amalga oshiriladi.

BaholashUz

27 Sep, 12:08


Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

Majburiy blok savollarida tushadi.


2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

27 Sep, 11:28


⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar ham texnikumga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotga ko'ra, hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o'rni yaratiladi.

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

26 Sep, 13:00


Top-7 ta chet eldagi BEPUL universitetlar

Aviasales.uz smmchisi o’zbek universitetiga kira olmadi va oshxonasida somsa bilan osh berilmaydigan universitetda o’qishga majbur bo‘ldi🥺

Agar sizda ham vaziyat shunday bo’lsa, xavotir olmang, biz siz uchun dunyo boʻylab kirish oson boʻlgan va oʻqishga pul toʻlanmaydigan universitetlar roʻyxatini tuzdik:

🇮🇹 The Sculo Normale Superiore

Asosiy e'tibor fizika va kimyoga qaratilgan Italiyaning eng yaxshi universitetlaridan biri.
Bu yerga kirish uchun 12 yil o'qish kerak, ya'ni boshqa universitetda bir yillik o'qishni bitirish.
Kirish imtihonlari yo’q, abituriyentlar faqat ingliz tilini bilish sertifikatini taqdim etishlari va italyan tilida suhbatdan o'tishlari kerak.

🇦🇹 University of Vienna

Yevropadagi eng yirik...
davomini aviasales.uz kanalida o'qing

BaholashUz

25 Sep, 05:30


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

23 Sep, 07:30


​​Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar 👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik-bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Temur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

-Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

Oʻqituvchi va ustozlarga yuborib qoʻying! ↗️

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

23 Sep, 06:31


#bilasizmi?

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️BHM – 340 ming so‘m (2023-yil 1-dekabrdan). 50xBHM=17 000 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

⚠️ Ushbu imtiyoz xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ham taalluqlidir!

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

20 Sep, 13:18


⚡️Kollej va texnikumlarga qabul 25-sentyabrga qadar uzaytirildi

Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;

abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;

kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;

my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

❗️Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.

✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

20 Sep, 12:40


TMC Institute da qabul yopilishiga 10 kun qoldi!

• 17ta dan ortiq yo'nalishlar
• Kunduzgi, sirtqi va ma'sofaviy ta’lim shakli
• Kontrakt miqdori 12 mln so’mdan boshlanadi
• To'lovni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin

Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va TMC Institute talabasi bo‘ling!

🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032
📍 Yandex Lokatsiya
❤️ Telegram Yozish

📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram

BaholashUz

20 Sep, 05:30


🔝Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli

1️⃣ Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang.

2️⃣ O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi.

3️⃣ Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi.

4️⃣ O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.

5️⃣ Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

20 Sep, 05:00


🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida darslar boshlandi!

🏫 Universitetda yangi o‘quv yili juda qizg’in dars atmosferasi bilan start oldi. Talabalar bilim olishda faol ishtirok etmoqda va akademik yutuqlarga intilmoqda.

💡Agar hali oliygoh tanlamagan bo‘lsangiz, endi bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ushbu universitetda qabul jarayonlari yakunlanish arafasida va talaba bo‘lish uchun oxirgi imkoniyat eshigi ochiq!

📚Universitetda 20 ta bakalavr va 8 ta magistratura yo'nalishlari bo'yicha qabul ochiq.

❗️Qabul 1-oktabrga qadar davom etadi.

Litsenziya (№ 364928, 10.11.2022)

📨 Hoziroq ariza qoldiring: qabul.oxu.uz

📞Qo'shimcha savollar uchun bog'laning:
+998553050009 | @oxu_admin

👉 www.oxu.uz

BaholashUz

19 Sep, 05:31


Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

Javob quyidagicha:

1) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!

2) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!

3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

308,088

subscribers

346

photos

187

videos