Quron qalblar shifosi @quronxatmtilovati Channel on Telegram

Quron qalblar shifosi

@quronxatmtilovati


Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh kanalimizda Jonli Quron Xatm tilovatlari bo'ladi bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni kanalimizga taklif qiling.
Katta kanalimiz: @tilovattv
Arab tili kanalimiz:https://t.me/keling_arabtilida_gaplashamiz

Quron qalblar shifosi (Uzbek)

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Sizga Quron qalblar shifosi kanalimizni taklif etamiz. Kanalimizda Jonli Quron Xatm tilovatlari o'tkazib boriladi. Bu o'rinda siz Qur'oni karimni tilovat qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham kanalimizga taklif qiling, ular ham Qur'onni tilovat qilish orqali baraka topishlari mumkin. Bizning katta kanalimiz @tilovattv-da ham aynan shu mavzuda turli til tilovatlari bilan sizni kutib olamiz. Agar siz Arab tili bilan Qur'oni Karim tilovat qilmoqchi bo'lsangiz, shuningdek Arab tili kanalimizda ham sizni kutib olib, sizni qanday qayta mustaqil tilovat qilishingizni kutamiz. Sizga Qur'on tilovatlari orqali ruhingizni tazalash imkoniyatini taqdim etamiz. Marhamat, bizni kuzatib boring!

Quron qalblar shifosi

03 Jan, 14:43


Sufyon as-Savriy aytibdilar:
«1. Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa bo‘ladi, chunki Odam
alayhissalomning adashishlari shahvatdan bo‘lgandi.
2. Kibr tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga aslo umid yo‘q, chunki shaytonning gunohi
asli kibrdan bo‘lgandi».

Quron qalblar shifosi

03 Jan, 11:15


Asr sura

Quron qalblar shifosi

03 Jan, 07:22


🎧 Islam Sohbi
❤️ Voqea suresi

Quron qalblar shifosi

03 Jan, 03:27


ASSALAMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH SAYYIDUL AYYOM HAJJUL MASAKIN JUMA MUBORAK BO'LSIN BU ULUG' KUNNI XOYRU BAROKATI SIZGA BIZGA BARCHAMIZGA BO'LSIN.

Салавотнинг арабча матни:
اللَّهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ وَبَارِكْ عَلَيْهِ
Аллооҳумма солли ва саллим ва баарик ъалайҳ

Салавотнинг маъноси:
«Аллоҳим, у зотга салавот ва салом йўлла, баракангни давомли қил».

Quron qalblar shifosi

03 Jan, 02:32


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

02 Jan, 14:53


Нисо сураси 1-12 оятлар
Абдулбосит қори.

Quron qalblar shifosi

02 Jan, 14:53


Нисо сураси 12-19 оятлар
Абдулбосит қори.

Quron qalblar shifosi

02 Jan, 07:49


​​SABR QILISH.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ
“Ey imon keltirganlar! Sabr va namoz bilan (Mendan) yordam so‘rangiz! Alloh albatta sabr qiluvchilar bilan birgadir”
Alloh taolo bu oyat karimada biz iymon keltirgan bandalarini O‘zining ibodatini ado qilishda, musibat yetganda sabr va namoz bilan yordam so‘rashga chaqirayapdi.
Sabr so‘zining ma’nolaridan biri qiyinchilik vaqtida o‘zini tutib turishdir.
Ulamolar sabrning istilohiy ma’nosi haqida ko‘plab ta’riflar aytgan:
“Sabr nafsni aql va shariat taqozo qilganidek tutib turishdir, yoki ikkisi taqozo qilgan narsadan tutib turishdir”.
“Sabr kishi iztirob holatiga tushgan paytida qalbining sobit turishidir”.
Hadisi shariflarda sabr uch qismdan iboratligi bayon qilingan:
1. Toat va ibodatlarda sabrli bo‘lish.
2. Gunohlardan saqlanishda sabrli bo‘lish.
3. Musibat va qiyinchiliklarga sabr qilish.
Sabr maqtalingan eng muhim sifatlardan bo’lib, har bir inson hayot qiyinchiliklariga yuzlanishi uchun unga muhtoj bo‘ladi.
Musulmon kishi musibat va balolarga sabr qilish bilan Allohning nazdida katta va hisobsiz savob va ajrlarga sazovar bo‘ladi.
Alloh taolo aytadi:
“Sabr qiluvchilarning savoblari hisob-kitobsiz, to‘la-to‘kis qilib beriladi” (Zumar surasi, 10-oyat).
Lekin sabr sifati ko‘p insonlarda topilmaydi, shu sababli har xil nohush holatlarga duch keladi. Sabr sifati insonni dunyo hayotida najotga olib boradigan bir omildir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonga qaysiki bir musibat yetsa, charchoq, bemorlik, tashvish, mahzunlik, ozor, g‘am-g‘ussa, hattoki tikan kirgan bo‘lsa ham, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforot qiladi”, dedilar”. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Sabr qur’on karimda juda ko‘p zikr qilingan.
{إِنِّي جَزَيْتُهُمُ الْيَوْمَ بِمَا صَبَرُوا أَنَّهُمْ هُمُ الْفَائِزُونَ} المؤمنون : 111
“Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular o‘zlari yutuqqa erishguvchilardir”.
Sabr ham ibodat navlaridan bo‘lib, unga har bir musulmon haris bo‘lmog‘i lozim.
Albatta sabr insonni Robbisiga bo‘lgan ishonch hissini his qilishiga olib boradi.
Sabr bilan inson maqsadiga yetadi. Sabr qilgan zafar topadi.
Shunday ekan, hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishimizda va Allohning ibodatlarini to‘liq ado qilishimizda, Kalomini ta’lim olib, ta’lim berishimizda, unga amal qilishimizda sabr sifati bilan ziynatlanishimiz darkor.
Alloh taolo barchalarimizni O‘zining sabr qiluvchi bandalaridan qilib, O‘zidan yordam so‘rab, taqvo qiladigan bandalaridan qilsin!

Quron qalblar shifosi

02 Jan, 07:16


Humaza sura

Quron qalblar shifosi

02 Jan, 02:30


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

02 Jan, 00:31


قَالَا رَبَّنَا ظَلَمْنَآ أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ

Икковлари: «Эй Роббимиз, биз ўзимизга зулм қилдик. Агар Сен бизни мағфират қилмасанг ва бизга раҳм қилмасанг, албатта, зиён кўрганлардан бўламиз», дедилар.

[Аъроф 23]

Quron qalblar shifosi

01 Jan, 11:45


Fil sura

Quron qalblar shifosi

01 Jan, 06:51


🎧💆‍♂🫀

Quron qalblar shifosi

01 Jan, 02:47


Tarjimasi:
«Allohim! Rajab va shaʼbon
oylarida bizga baraka bergin
va Ramazon oyiga ‎yetkazgin»
.‎

Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

31 Dec, 11:53


#Ҳикмат
Бир кишига: «Гоҳида танҳо қолишга қандай сабр қиласиз?» дейишди. У шундай деди: «Роббим билан суҳбатлашиб ўтираман. У Зотнинг менга гапиришини хоҳласам, Қуръон ўқийман. У Зотга гапиришни хоҳласам, икки ракъат намоз ўқийман», деди.
Arabic.uz

Quron qalblar shifosi

31 Dec, 06:26


Quraysh sura

Quron qalblar shifosi

31 Dec, 02:32


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

31 Dec, 02:31


A’mash roziyallohu anhu shunday debdilar:
«1. Kimning dastmoyasi taqvo bo‘lsa, dinining foydasini maqtashdan tillar charchabdi;
2. Kimning dastmoyasi dunyo (boylik) bo‘lsa, dinining ziyonini tahriflashdan tillar
charchabdi».

Quron qalblar shifosi

24 Dec, 12:15


Falaq sura

Quron qalblar shifosi

24 Dec, 10:51


Оли Имрон сураси 154-165 оятлар
Абдулбосит қори.

Quron qalblar shifosi

24 Dec, 10:51


Оли Имрон сураси 141-153 оятлар
Абдулбосит қори.

Quron qalblar shifosi

24 Dec, 02:51


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

23 Dec, 15:33


#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR

BUZG‘UNCHILAR

Alloh taolo buzg‘unchilik va buzg‘unchilarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta oyatida zikr qilgan. Jumladan, Alloh taolo shunday deydi:
“(Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi. Alloh esa, fasodni (buzg‘unchilikni) yoqtirmaydi” (“Baqara” surasi, 205-oyat).

“... Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg‘unchilarni yaxshi ko‘rmaydi” (“Moida” surasi, 64-oyat).

“... Yerda buzg‘unchilik qilishni istama! Chunki Alloh buzg‘unchilarni suymas”, – dedilar” (“Qasas” surasi, 77-oyat).

Imom Moturidiy rahimahullohning taʼkidlashicha, yer yuzida buzg‘unchilik qilishning bir nechta ko‘rinishlari bor. Jumladan:

Fitna qo‘zg‘atish

Mo‘minlarni aldash, yaʼni so‘zda ularga muvofiq ekanini izhor qilib, qalbda esa ularga xilof – adovatni yashirish, o‘zaro yolg‘iz qolganlarida mo‘minlarni masxara qilish, ular haqida noloyiq so‘zlarni aytish va Allohdan o‘zgaga ibodat qilish yer yuzida buzg‘unchilik qilish. Bundan ham katta buzg‘unchilik bormi?!

Ayollarni tahqirlash

Imom Moturidiy rahimahullohning aytishicha, mazkur oyatdagi “ekin” so‘zi ayol maʼnosida kelgan. Ayollarni o‘ldirish naslni halok qilish demakdir.

Ekinzorlar va hayvonlarni halok qilish

Mazkur oyatdagi “nasl” so‘zi chorva hayvonlarini anglatadi. Yaʼni, ekinzorlarni yoqib, hayvonlarni qisir qilib qo‘yish yer yuzida buzg‘unchilik qilishdir.

Maʼsiyat va fasod ishlarni qilish

Odamlar fasod va gunoh ishlarga berilib ketsalar, Alloh ulardan yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Natijada insonlar va boshqa narsalar halok bo‘ladi. Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh oyatdagi “Yerda fitna-fasod qilish ishlari bilan yuradi”degan jumlani “Yerda Allohga osiy bo‘ladi”, deb tafsir qilgan. Mazkur oyatdagi “Alloh fasodni yoqtirmaydi” degan jumlani esa shunday tafsir qilgan: “Alloh Maʼsiyatlar qilinishiga rozi bo‘lmaydi”. Shuningdek: “... Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg‘unchilarni yaxshi ko‘rmaydi (“Moida” surasi, 64-oyat) oyatini sharhlab, shunday yozadi: “Ular yerda maʼsiyat bilan ish olib boradilar va odamlarni Allohdan o‘zgaga ibodat qilishga chorlaydilar. Alloh maʼsiyat qilganlarning ishidan rozi bo‘lmaydi. Alloh fasod ahlini va ularning amalini yaxshi ko‘rmaydi”.

Qotillik

Oyatdagi “ekinni halok qilish” iborasi odam farzandini o‘ldirish maʼnosini ham anglatishi mumkin. Yaʼni, odamlarni halok qilish ekinzorlarni halok qilish demakdir. Zero, ekin ekadigan ham, nasl qoldiradigan ham odam farzand hisoblanadi.

Zulm va bog‘iylik

Imom Nasafiy rahimahulloh buni shunday izohlaydi: “Odamlar zulmni oshkora qila boshlasalar, Alloh taolo ularning bu zulmi sababli yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Natijada ekinzorlar va nasl (odamlar suvsizlikdan) halok bo‘ladilar”. Imom Nasafiy rahimahulloh oyatdagi “Yerda buzg‘unchilik qilish” iborasini sharhlab, shunday degan: “Yerda zulm va bog‘iylik bilan buzg‘unchilik qilishni istama!”.

Batafsil
👇 https://telegra.ph/ALLOH-SUYMAGAN-BANDALAR-06-15

Quron qalblar shifosi

23 Dec, 12:39


#𝒒𝒖𝒓'𝒐𝒏
فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ فَزَادَهُمُ اللَّهُ مَرَضًا وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ ....

𝑸𝒂𝒍𝒃𝒍𝒂𝒓𝒊𝒅𝒂 𝒌𝒂𝒔𝒂𝒍 𝒃𝒐𝒓. 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒌𝒂𝒔𝒂𝒍𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒊 𝒛𝒊𝒚𝒐𝒅𝒂 𝒒𝒊𝒍𝒅𝒊 𝒗𝒂 𝒀𝒐𝒍𝒈'𝒐𝒏 𝒈𝒂𝒑𝒊𝒓𝒈𝒂𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒖𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒂𝒍𝒂𝒎𝒍𝒊 𝒂𝒛𝒐𝒃 𝒃𝒐𝒓...‼️

📎𝒃𝒂𝒒𝒂𝒓𝒂 𝒔𝒖𝒓𝒂𝒔𝒊 10-𝒐𝒚𝒂𝒕..

Quron qalblar shifosi

23 Dec, 08:35


Ali karramallohu vajhahu aytadilarki:
«1. Ilm talab qilgan kishining talabida hamisha jannat bo‘ladi;
2. Gunoh talab etgan odamning talabida hamisha do‘zax bo‘ladi.

Quron qalblar shifosi

23 Dec, 06:01


Nas Surasi

Quron qalblar shifosi

23 Dec, 02:39


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

22 Dec, 11:41


Fotiha sura

Hatolarimizni to'g'irlab olamiz☺️

Quron qalblar shifosi

22 Dec, 10:27


Соофф сураси
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

22 Dec, 10:27


Жумуъа сураси
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

22 Dec, 05:30


⭕️ Biz ovozimiz bilan Qur'on o'qiyapmizmi? Bularning ovozlari chiqmaydi, lekin qo'l ishoralari bilan Qur'on tilovat qilishyabdi😢

Qiyomat kuni ovoz ne'matiga qanday javob beramiz?

Quron qalblar shifosi

22 Dec, 02:31


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

21 Dec, 16:51


💆‍♂🎧🫀

Quron qalblar shifosi

21 Dec, 10:43


QUR'ONGA MUHABBAT — ULUG‘ FAZILAT

Qalb biror narsaga muhabbat qo‘ysa, o‘sha narsaga qattiq bog'lanadi, unga mushtoq bo‘ladi, undan lazzat oladi.

Qalb Qur‘onga muhabbat qo‘ysa, Uning tilovatidan lazzat oladi, Uni tadabbur qilib rohatlanadi, Unga amal qilishdan malollanmaydi ...

Qur'onga oshiq bo‘lgan qalb ahli Qur‘onni sevadi, ularning majlisidan zerikmaydi, ularning tilovati va suhbatidan bahramand bo'lish uchun oshiqadi ...

Qur'onga bo‘lgan muhabbat Alloh taologa bo‘lgan muhabbatdir!
Qur'onga bo‘lgan muhabbat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatdir!
Davomi👈

Quron qalblar shifosi

21 Dec, 03:20


Luqmon 6

(Behuda so'zdan murod "Musiqa ashula"dir)

Quron qalblar shifosi

21 Dec, 02:09


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

02 Dec, 01:19


Sen Qur'onni och, Alloh yòlingni keng ochadi..

Quron qalblar shifosi

01 Dec, 11:16


فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ‌ۘ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ

Уларнинг гапи сени хафа қилмасин. Албатта, Биз нимани сир тутсалар ва нимани ошкор қилсалар, билурмиз.
•| Yasin surasi 76-oyat|

Quron qalblar shifosi

01 Dec, 03:47


#Қуръон_тиловати

Сара қироатлар | Бақара сураси 94-101- оятлар

Вазира Нурмуҳаммаддан гўзал қироат

Quron qalblar shifosi

30 Nov, 15:09


Tafakkur qilish

إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ لَآيَاتٍ لِّأُولِي الْأَلْبَابِ ▪️
الَّذِينَ يَذْكُرُونَ اللَّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَىٰ جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَٰذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ▪️

"Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor. Ular Allohni tik turgan, o‘tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlardir", degan (Oli imron 190–191-oyatlar).

Ushbu oyati karimalardan aql egalari, Allohning borligi, hamda uni cheksiz qudrat egasi va boshqa komil sifatlarini to‘la anglab yetib, Allohni tik turib va o‘tirib, va yonboshlagan hollarida, tafakkur qiladilar, va osmonlaru yerning yaratilishi haqida fikr yuritadilar va albatta, Alloh taolo bu narsalarni bekorga yaratmaganini tushunib yetib, unga "O‘zing poksan", deb tasbeh aytib yodga oladilar.
"Tafakkur" bu biror narsa haqida fikr yuritib uni chuqur mulohaza qilish deganidir.

Alloh taolo islom shariatida o‘zini musulmon bandalariga bir qancha ibodatlarni shariat qilib, uni ko‘p va hilma hil qildi. Ibodatlarni har biri ham amaliy, badaniy, zohiriy qovliy bo‘lmasdan, balki ibodatlardan botiniy qalbiylari ham bo‘lib, inson unda Alloh azza va jallaga ibodat qilish uchun shavq va rag‘batda doim bo‘ladi. Mana shu ibodat turlaridan Allohni qudrati va buyukligi va u yaratgan narsalar haqida va Qur’on karimda tadabbur qilish ibodatidir.

Alloh taolo o‘zini kalomida shunday marhamat qilgan.

أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِنْدِ غَيْرِ الله
لَوَجَدُوا فِيهِ اخْتِلَافًا كَثِيرًا ) النساء/ 82


"Qur’onni tadabbur etib ko‘rmaydilarmi?! "
Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo‘lganda, undan ko‘p ixtiloflar topar edilar."
(Qur’onga murojaat etib, uni tadabbur qilib ko‘rgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qur’onni jiddiy o‘rganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yo‘qligini payqaydi.)

1. Tafakkur qilish Alloh roziligi va muhabbatiga eltuvchi yo‘ldir.
2. Tafakkur qalb hotirjamligi va sokinligidir.
3. Tafakkur insonda hikmat malakasini hosil qilib, uni qalbni tiriltirishidir.
4. Ko‘p tafakkur qilish va oyatlardan va’zlanish o‘tgan buyuk zotlarni siyratidandir.
5. Tafakkur botiniy idrokdir.

Bizlarga Allohni kalomi Qur’on karim oyatlarini o‘qib, uni eshitib undan orom olib, uni ma’nolarini o‘rganib, unga amal qilib uni chuqur tafakkur va tadabbur qilish lozim bo‘ladi.

Allohim bizlarni o‘zingni kalomingni tafakkur qiladigan va unga amal qiladigan bandalaringdan qilgin.

Quron qalblar shifosi

30 Nov, 09:50


#IBRAT

3 yoshga to’lgan Umarning Qur’on ila uyqusi bizga nimalarni o’rgatadi?!

Qiyomatda yuzlarni yorug‘ qiluvchi bu  Kitob Ilohiy dasturul amaldir.

Alloh taolo uni vasf qilib:
«Bu (Qur'on) odamlar uchun, u ila ogohlantirilishlari, U Zot yagona Iloh ekanini bilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun yetkazishdir» (Ibrohim surasi,  52-oyati). Oyatning tafsirida olimlar quyidagi sharhni keltirishgan: “Qur'oni Karim − bu o‘z ichiga barokat va bitmas-tugalmas bilimlar qamrab olgan Parvardigorimiz azza va jallaning bizga donolik bilan nozil etgan  eslatma va muborak Bitigidir”.

Quron qalblar shifosi

30 Nov, 02:23


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

30 Nov, 01:32


🎧💆‍♂😢

Quron qalblar shifosi

29 Nov, 13:36


#кун_ояти

رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً ۚ إِنَّكَ أَنْتَ الْوَهَّابُ.

«Эй Роббимиз, бизни ҳидоят қилганингдан сўнг қалбларимизни оғдирмагин ва бизга Ўз ҳузурингдан раҳмат ато қилгин. Албатта Сенинг Ўзинг кўплаб ато қилувчисан».
(Оли Имрон сураси, 8-оят).

Тафсир: Илмда собит бўлган мўмин кишининг ҳоли шу – у ҳидоят нима эканини, қандай улуғ неъмат эканини жуда яхши тушунади. Шунинг учун ҳидоятни берган Аллоҳга ёлвориб, қалбини ҳақ йўлига бошловчи ҳидоятдан оғдирмаслигини ўтиниб сўрайди. «Роббимиз, бизни ҳидоят қилганингдан сўнг, қалбларимизни оғдирмагин ва бизга Ўз ҳузурингдан раҳмат ато қилгин».

Quron qalblar shifosi

29 Nov, 10:11


Таҳрийм сураси
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

29 Nov, 10:11


Талоқ сураси
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

29 Nov, 02:22


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

28 Nov, 15:41


#Ҳикмат 
Ғовак нарса сувни шимиб олгани каби, Қуръон ҳам қалбдан хафаликни шимиб олади. Қуръонни маҳзунликда ўқисанг, қалбингга малҳам бўлади, шод-хуррамликда ўқисанг, саодатингни янада зиёда қилади.

Quron qalblar shifosi

28 Nov, 09:43


​#Qurondan_guldasta

MASʼULIYATNI HIS QILISH – MUVAFFAQIYAT GAROVI.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Bas, Biz, albatta, Payg‘ambar yuborilganlardan ham, va, albatta, Payg‘ambarlardan ham so‘rarmiz” (“Aʼrof” surasi, 6-oyat).

Ushbu oyatda masʼuliyatning naqadar muhim ekani bayon qilinmoqda. Imom Moturidiy rahimahullohning yozishicha, payg‘ambarlar risolatni ummatga yetkazishdan masʼul. Qiyomatda Alloh taolo ummatdan: “Payg‘ambar sizlarga Mening buyruqlarimni yetkazdimi?”, deb so‘raydi. O‘z navbatida ummat ham Payg‘ambarning chaqirig‘iga nima deb javob bergani haqida so‘raladi. Masʼuliyatning asl maʼnosi shu! Mana shu masʼuliyatni his qilib yashash ikki dunyo saodatiga sabab bo‘ladi.

Oldingi guldastamizda noyob hofizi Qurʼonlar haqida suhbatlashgan edik. Ularning bu hayratlanarli rekordlarni o‘rnatishida, shubhasiz, masʼuliyatni his qilish asosiy “motivatsiya” vazifasini bajargan. Ishonmasangiz, mazkur hofizlarni “rekord” o‘rnatishga undagan sabablarga bir ko‘z yugurtiring.

Masʼuliyatli olim

Abul Munzir Hishom ibn Muhammad Soib Kalbiy rahimahulloh (728-819 yy.) nasab ilmi bo‘yicha tengsiz mutaxassis bo‘lgan. Bir kuni u zot bir nechta olimlar bilan ilm davrasida ishtirok etadi. Gap Qurʼon hifzi, hofizlar hamda ilm va olimlar mavzusiga borib taqaladi. Davradagi olimlar: “Falonchi olim, falonchi hofiz. Falonchi esa ham olim, ham hofiz”, kabi so‘zlarni aytadilar. Nihoyat Hishom ibn Kalbiy rahimahulloh haqida ham gapirishadi va: “U ulug‘ olim, lekin hofiz emas-da”, deb afsuslanib qo‘yishadi.

Hishom ibn Kalbiy rahimahulloh bu hodisani shunday eslaydi: Men bu so‘zlardan qattiq taʼsirlandim va shu ondan boshlab qalbimga: “Men ham Qurʼonni yodlashga kirishaman”, degan xayol o‘rnashib oldi. Men uyga keldim va: “Qurʼonni to‘liq yodlamagunimcha shu uydan tashqariga chiqmayman”, deb qasam ichdim. So‘ng Qurʼon yodlashga kirishdim va roppa-rosa uch kun o‘tgach, Qurʼoni karimni to‘liq yod oldim!

Bu hodisa Qurʼonni yodlab, ilm o‘rganishni chetga surib qo‘yganlar yoki, aksincha, ilm o‘rganib, Qurʼon yodlashni paysalga soladiganlar uchun g‘oyatda taʼsirli targ‘ibot! Bu voqea ilm o‘rganganlar iloji boricha tezroq Qurʼon yodlashga harakat qilishlari lozimligiga ishora qilmoqda. Ham ilm o‘rganish, ham Qurʼonni hifz qilish orqali bilimni mustahkamlashga harakat qilish masʼuliyatni his qilish emasmi?!

Masʼuliyatli rahbar

Hazrat Mavlono Qosim Nonutiy rahimahulloh (1833-1880 y.y.) “Devband” dorul-ulumini taʼsis etgan ulug‘ shayxlardan sanaladi. U zotning Qurʼon yodlashi haj safari bilan bog‘liq. U vaqtda hindistonliklar dengiz orqali hajga borar edilar. Shu bois haj safari oylab davom etardi. Buning uchun ziyoratchilar Ramazon oyidan oldin yo‘lga chiqishlari kerak edi. Hazrat Mavlono Qosim Nonutiy rahimahulloh ham guruh rahbari sifatida mana shunday mashaqqatli, ammo ulug‘ safarga otlandi. Safar asnosida Ramazon oyi ham kirib keldi. Maʼlum, Ramazon oyida taroveh namozida Qurʼonni xatm qilish sunnat sanaladi. Hazrat Mavlono Qosim Nonutiy rahimahulloh guruh rahbari sifatida Ramazonni xatmi Qurʼon bilan o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Guruhida katta olimlar va faqihlar bor, ammo birorta ham hofizi Qurʼon yo‘q ekan. Aksiga olib, Hazrat Mavlono Qosim Nonutiy rahimahullohning o‘zi ham Qurʼonni to‘liq yod olmagan edi. “Shunday katta va ulug‘ olimlar oldida Qurʼonning kichik suralarini o‘qib, taroveh o‘qish odobsizlik bo‘ladi”, degan xayol bilan Hazrat Mavlono Qosim Nonutiy rahimahulloh Qurʼon yodlashga kirishadi!

👉 Davomi

Quron qalblar shifosi

28 Nov, 09:43


👉 Boshlanishi...

Har kuni Qur’ondan bir pora, ya’ni 20 sahifani yod olib, yodlagan porasini taroveh namozida o‘qir edi! Ramazon oyining 30-kuni Hazrat Mavlono Qosim Nonutiy rahimahulloh Qurʼoni karimni to‘liq yod oldi! Nafaqat o‘ttiz kunda Qurʼonni yod oldi, balki tarovehda xatm ham qildi!

Qurʼon hifzida barchamizga o‘rnak bo‘ladigan voqea! Masʼuliyatni qarang! Qurʼonni saqlash va uni kelajak avlodga yetkazishning eng yuksak namunasi! Qurʼonga xizmat qilishning eng yorqin misoli! Rahbar o‘z vazifasini eng kichik jihatlarini ham puxta va mukammal bajarishi masʼuliyatni his qilish emasmi? Qiyomatda qo‘l ostidagilardan so‘ralashini o‘ylab, mashaqqatli bo‘lishiga qaramay vazifasini benuqson bajarshi masʼuliyatli rahbarning sifati emasmi?!

Masʼuliyatli talaba

Abu Hanifa rahimahullohning shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy rahimahulloh (748-804 yy.) Qurʼonni bir hafta – YETTI KUNda to‘liq yod olgan. Rivoyat qilinishicha, Imom Muhammad rahimahulloh Abu Hanifa rahimahulloh huzuriga borib, u kishining darslarida qatnashish uchun izn so‘raydi. Abu Hanifa rahimahulloh: “Siz oldin Qurʼonni yodlang. So‘ng darslarda qatnashasiz”, deb maslahat beradi. Imom Muhammad rahimahulloh yetti kun darsga kelmaydi va sakkizinchi kuni Abu Hanifa rahimahulloh huzuriga kelib: “Men Qurʼonni yodlab bo‘ldim”, deydi.

Talabaning ustozi buyrug‘iga so‘zsiz bo‘ysunishi, darsdan qolib ketmasligi uchun topshiriqni iloji boricha tezroq bajarishi, Qiyomatda ilmidan so‘roq qilinishini o‘ylab, burchiga vijdonan yondashishi – bularning barchasi masʼuliyatni his qilish emasmi?!

Bir oy, yetti yoki uch kunda Qurʼon yodlash hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Masʼuliyat insonga motivatsiya beradi. Lekin masʼuliyatning o‘zi Qurʼonni qisqa muddatda yodlash uchun kamlik qiladi. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy, albatta: “Shunday qisqa muddatda Qurʼon yodlash mumkinmi?” “Bu ulug‘ zotlarda bizda yo‘q qanday xislatlar bor?” Bu haqida kelgusi guldastamizda suhbatlashamiz, insha Alloh. Loyihamizni kuzatib boring.

Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!

Manba:
1. Qarang: Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. Tahqiq: Ahmad Vonli o‘g‘li, Bakr Tupol o‘g‘li. J.5. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2005.– B. 291.
2. Muftiy Pir Muhammad Aslam Naqshbandiy Mujaddidiy. Qurʼoni hakim pakka karne ke asan tariqe. (Shahar ko‘rsatilmagan): Maktaba jamiʼa as-solihat (nashr yili ko‘rsatilmagan). – B. 115, 197-198.

Quron qalblar shifosi

28 Nov, 03:02


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

28 Nov, 00:40


маҳди аш-шишани.

Quron qalblar shifosi

27 Nov, 14:20


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Misvokni lozim tutinglar, chunki unda
o‘nta xislat bordir:
1. Og‘izni poklaydi.
2. Robbni rozi etadi.
3. Shaytonni g‘azablantiradi.
4. Rahmonga va farishtalarga muhabbatli ko‘rsatadi.
5. Milkni mustahkamlaydi.
6. Balg‘amni kesadi.
7. Og‘izdagi hidni xushbo‘y qiladi.
8. Og‘izdagi achchiqni ketkazadi.
9. Ko‘zni ravshanlantiradi.
10. Turli sassiq hidlarni yo‘q qiladi».
Misvok sunnat amallardandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Misvok bilan
o‘qilgan namoz misvoksiz o‘qilgan namozdan yetmish marta afzaldir», deb aytdilar.

Quron qalblar shifosi

18 Nov, 10:44


وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا‌ۖ إِنَّكَ لَن تَخْرِقَ ٱلْأَرْضَ وَلَن تَبْلُغَ ٱلْجِبَالَ طُولاًۭ

Ер юзида кибру ҳаво ила юрма! Албатта, сен зинҳор ерни тешиб юбора олмайсан ва зинҳор бўйда тоғларга ета олмассан!

[Исро сураси 37-оят]

Quron qalblar shifosi

18 Nov, 06:07


🎧🫀🌊

Quron qalblar shifosi

18 Nov, 03:11


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

18 Nov, 02:54


Роббимиз!

Quron qalblar shifosi

17 Nov, 17:15


#Қуръон_тиловати

Сара қироатлар | Бақара сураси 49-57- оятлар

Вазира Нурмуҳаммаддан гўзал қироат

Quron qalblar shifosi

17 Nov, 11:29


Сокинлик!

Quron qalblar shifosi

17 Nov, 04:36


У ерда сўриларда суянган ҳолдалар. У ерда қуёшни ҳам, совуқни ҳам кўрмаслар.

[Коран 76:13]

Quron qalblar shifosi

17 Nov, 02:08


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

16 Nov, 15:15


ISLOM DINI ANA SHUNDAY!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishiga biror-bir charchoq va mashaqqat, xafachilik va qayg‘u, aziyat va g‘am-g‘ussa yetsa, hattoki biror tikon kirsa ham, albatta, Alloh ana shular evaziga gunohlarini kafforat qiladi”, deb marhamat qildilar”.

Quron qalblar shifosi

16 Nov, 02:17


#eslatma

Qur'on barcha qobilyatlaringizni rivojlantiradi | Husayn Buxoriy.

@quronxatmtilovati 📖

Quron qalblar shifosi

15 Nov, 11:58


VOQEA SURASI FAZILATLARI

قَالَ الْحَافِظ بْن عَسَاكِر فِي تَرْجَمَة عَبْد اللَّه بْن مَسْعُود : أنَّ عثمانَ بنَ عفّانَ رضِي اللهُ عنه عاد ابنَ مسعودٍ في مرضِه
فقال: ما تشتكي؟ قال: ذنوبي، قال: فما تشتهي؟ قال: رحمةَ ربِّي، قال: ألا ندعو لك الطَّبيبَ؟
قال: الطَّبيبُ أمرضني، قال: ألا آمرُ لك بعطائِك؟ قال: منعْتَنِيه قبل اليومِ فلا حاجةَ لي فيه،
قال: فدعْه لأهلِك وعيالِك، قال: إنِّي قد علَّمتُهم شيئًا إذا قالوه لم يفتقِروا
سمعتُ رسولَ اللهِ صلّى اللهُ عليه وسلَّم
يقولُ: من قرأ الواقعةَ كلَّ ليلةٍ لم يفتقِرْ.

البيهقي (ت ٤٥٨)، شعب الإيمان ٢‏/٩٧٦ •

Hofiz ibn Asakir
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuni tarjimai hollarida shularni rivoyat qilganlar.
"Abdulloh ibn Ma’sud vafot etishi arafasida betob bo‘lib qoldi. Usmon ibn Affon uning ziyoratiga kelib: «Nimadan shikoyating bor?» deb so‘radi. Ibn Ma’sud: «Gunohlarimdan», dedi. Usmon ibn Affon: «Nimani xohlaysan?» deb so‘radi. Ibn Ma’sud: «Robbimning rahmatini», dedi. Usmon ibn Affon: «Senga tabib buyuraymi?» dedi. Ibn Ma’sud: «Tabib (ya’ni Alloh) meni betob qildi», deb javob qildi. Usmon ibn Affon: «U holda senga hadya buyurtiraymi?» deb so‘radi. «Unga hojatim yo‘q», dedi Ibn Ma’sud. Usmon ibn Affon: «Senda hojat bo‘lmasa, sendan keyin qizlaringda qoladi», dedi. Ibn Mas’ud bunga javoban: “Qizlarimning kambag‘al bo‘lib qolishlaridan qo‘rqyapsizmi? Men ularga har kechada Voqea surasini o‘qishni buyurganman. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning: «Kimki har kechada Voqea surasini o‘qisa, zinhor qashshoqlikka uchramaydi», deganlarini eshitganman”, deb javob berdi”.
Imom Bayhaqiy “shuabul iymon“da rivoyat qildi.

Bu hadisdan bilinadiki ulug‘ sahoba Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu qizlariga qashshoqlik yetmasiligi uchun voqea surasini har kecha o‘qib yurishga buyurganlar.

Voqea surasi makiy suralardan bo‘lib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Makkada “Toha“ surasidan keyin nozil bo‘lgan.
Bu sura 96 oyatdan iborat.
«Voqea» qiyomat kunining nomlaridan biridir. Ushbu suraning ilk oyatida «Voqea voqe bo‘lganda» deya keladi, ya'ni bu oyatda qiyomat qoim bo‘lishi haqida so‘z boradi.
Bu surada Allohning borligi, yagonaligi va qudratining cheksizligi, insonni yaratishda, nabototni o‘stirishda, yomg‘ir yog‘dirishda va boshqa ishlarda uni ajoyib tadbirlari haqida va qiyomatda bo‘ladigan daxshatli voqealar – tog‘lar uchib parjalanib yo‘q bo‘lib ketishi, yerning qattiq larzaga kelishi, umuman olganda yerdagi holat ostin-ustun bo‘lib ketishi, yaxshi kishilar obro‘ topib, yomonlar esa yerga g‘arq bo‘lishlari haqida
so‘z boradi.

Demak, har kechada Voqea surasini boshidan oxirigacha ixlos va tadabbur bilan o‘qish rizqi kengayishiga sabab bo‘lar ekan.
Bizlar ham har kecha voqea surasini o‘qishlikni o‘zlarimizga odat qilaylik.

Allohning kitobi Qur’oni Karimni tilovat qilish har bir mo‘minning burchidir. Qur’ondan har bir mo‘minning kundalik vazifasi bo‘lishi kerak vaqtlarimizdan unimli foydalanib, albatta har kuni bir vaqt topib Qur’on eshitib, Qur’on tilovat qilib, uni ma’nolarini o‘rganib,
ahli ayollarimzga o‘rgatib, o‘tkazsak maqsadga muvofiqdir.

Allohim barchalarimizni o‘zing rozi bo‘ladigan amallarni qilishga muvaffaq qilgin. Bizlarni Qur’on karimni o‘qib ma’nolarini tadabbur qiluvchi bandalaringdan qilgin. Bemorlarimizga ojil shifolar bergin bizlarni har hil balo ofatlardan o‘zing saqlagin

Quron qalblar shifosi

15 Nov, 05:43


@quronxatmtilovati 📖

Quron qalblar shifosi

15 Nov, 03:53


#кун_эслатмаси

🌙 Ассаламу алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ Жума муборак! Бу кунни хойр барокатидан барчамизни баҳраманд қилсин.

Салавотнинг арабча матни:
اللَّهُمَّ اِنّي أَسْأَلُكَ أَنْ تُصَلِّي عَلَى مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَنَبِيِّكَ وَرَسُولِكَ أَفْضَلَ مَا صَلَّيْتَ عَلَى أَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ أَجْمَعِينَ

Салавотнинг маъноси:
«Аллоҳим! Сендан банданг, набиййинг, расулинг Муҳаммадга барча махлуқотлардан бирига йўллаганинг энг афзал салавотни йўллашингни сўрайман!»

«Инсон, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга юборадиган жума кунги ва жума тунги салавотини у зотга кўрсатилиши ҳақида бироз фикр юритса, унинг бу иши у зотнинг қадрлари олдида арзимас ва оз сонли эканидан ҳаё қилади».
Шайх Шинқитий

Quron qalblar shifosi

14 Nov, 14:30


Бақара сураси 282-286 (охирги оятлар).
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

14 Nov, 14:30


Бақара сураси 265-281 оятлар.
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

14 Nov, 07:50


وَحُورٌ عِينٌۭ

Яна кўзи гўзал ҳурлар бор.

[Воқиъа 22]

كَأَمْثَـٰلِ ٱللُّؤْلُوِٕ ٱلْمَكْنُونِ

Мисоли яширилган дур.

[Воқиъа 23]

جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ

Булар, қилган амалларнинг мукофотидур.

[Воқиъа 24]

Quron qalblar shifosi

13 Nov, 05:42


Masjidul Nabaviya

Quron qalblar shifosi

13 Nov, 03:29


🫀🫠

Quron qalblar shifosi

13 Nov, 02:10


إِنَّ هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانَ يَهْدِى لِلَّتِى هِىَ أَقْوَمُ وَيُبَشِّرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًۭا كَبِيرًۭا

Албатта, бу Қуръон энг тўғри йўлга ҳидоят қилур ва яхши амалларни қилувчи мўминларга, албатта, ўшаларга, улуғ ажр борлиги хушхабарини берур.

Коран 17:9
ISRO SURASI 9- OYAT

Quron qalblar shifosi

12 Nov, 12:59


سورة الصف دعونا نبدأ

Quron qalblar shifosi

12 Nov, 08:39


IBRAT

2004-2014 yillar mobaynida Vaqf vazirligiga qarashli umumiy Misr qorixonalar shayxi lavozimida ishlagan Shayx Ahmad Iyso Hasan al-Masaroviy nomidagi bosh markazda.
2013- yilda bolalar uchun "Olmosli ovoz" xalqaro Qur'on musobaqasidan lavha.

2-o‘rin soxibasi, shayx Alijon qorining “Tuhfatu al-atfal” matnidan ijoza olgan 6 yoshli O‘zbekistonlik Fotima Abdussomad qizi.

Quron qalblar shifosi

12 Nov, 02:16


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

12 Nov, 01:48


Дунё машаққатлари сизни чарчатдими⁉️

Унда уларни Аллоҳга топширинг, ўзингизни ибодатга бўшатинг
🌹

Quron qalblar shifosi

11 Nov, 15:57


🎧🫀💆‍♂

Quron qalblar shifosi

11 Nov, 11:18


#КУНДАЛИК_ЭСЛАТМА

Quron qalblar shifosi

11 Nov, 09:03


{ وَلَوۡ شَاۤءَ رَبُّكَ لَجَعَلَ ٱلنَّاسَ أُمَّةࣰ وَ ٰ⁠حِدَةࣰۖ وَلَا یَزَالُونَ مُخۡتَلِفِینَ (١١٨) إِلَّا مَن رَّحِمَ رَبُّكَۚ وَلِذَ ٰ⁠لِكَ خَلَقَهُمۡۗ وَتَمَّتۡ كَلِمَةُ رَبِّكَ لَأَمۡلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلۡجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجۡمَعِینَ (١١٩) }
[سُورَةُ هُودٍ: ١١٨-١١٩]

Quron qalblar shifosi

11 Nov, 03:06


Eshitib koʻzingizga yosh keladi Juda taʼsirli qiroat

Quron qalblar shifosi

11 Nov, 02:17


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

10 Nov, 16:14


السلام عليكم و بارك الله فيكم

Quron qalblar shifosi

10 Nov, 11:38


#Қуръон_тиловати

Сара қироатлар | Бақара сураси 30-37 оятлар

Вазира Нурмуҳаммаддан гўзал қироат

Quron qalblar shifosi

10 Nov, 08:40


#КУНДАЛИК_ЭСЛАТМА

Quron qalblar shifosi

10 Nov, 02:19


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

10 Nov, 01:45


وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدْرُكَ بِمَا يَقُولُونَ

Албатта, Биз уларнинг айтаётганларидан сенинг дилинг сиқилишини яхши биламиз.
•| Xijr surasi 97-oyat

Quron qalblar shifosi

07 Nov, 02:04


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

07 Nov, 01:44


📖«Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлманглар. Ҳақиқатда Аллоҳнинг раҳматидан фақат кофир қавмларгина ноумид бўлурлар»,

Yusuf | 87-oyat

Quron qalblar shifosi

06 Nov, 15:09


Shayxim Mishary al afasyning qiroatidan parcha
JAHON REKORDI
bir nafasda 1:43 sekund oqildi
Qiroat booom

Quron qalblar shifosi

06 Nov, 14:59


G'OFIR SURASI

3️⃣9️⃣ 〰️4️⃣0️⃣ OYATLARI

Quron qalblar shifosi

06 Nov, 10:49


Agar shu suradan boshqa sura nozil boʼlmaganda ham, odamlarga kifoya qilardi.

Imom Shofei rahmatullohi alayh

Quron qalblar shifosi

06 Nov, 09:07


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

06 Nov, 08:50


Live stream started

Quron qalblar shifosi

06 Nov, 04:56


🫀🎧

Quron qalblar shifosi

06 Nov, 02:55


Киши Қуръонга муносиб тарзда ҳаёт кечирмоқчи бўлса, унинг ҳар бир отган одими Қуръон оятидан иборат бўлиши керак.

Киши каттароқ нарсага эга бўлганидагина у учун кичик нарсаларнинг тасарруфи осонлашади. Шундай экан, дунёнинг тасарруфида осонлик истаган кимса охиратига эга бўлиши лозим. Бунинг учун у Қуръондаги охиратни эслатиб турувчи жўяли сабабларга тез-тез йўлиқиб туриши керак. Давомли Қуръон тиловат қилишнинг аҳамияти шундадир.

Ҳорун Ҳабибуллоҳ

Quron qalblar shifosi

05 Nov, 12:16


"Senga Qur'onni Badbaxt Bo'lishing Uchun Nozil Qilganimiz Yo'q"
[20:2]

Quron qalblar shifosi

05 Nov, 06:57


MUHIM TO‘RT NARSA

Hasan roziyallohu anhu shunday deganlar:

“Ey Allohning bandalari! To‘rt narsani to‘rt narsa bilan yuvinglar!

1. Yuzlaringizni nadomat ko‘z yoshlari bilan yuvinglar!
2. Tillaringizni Xoliqingizning zikri bilan yuvinglar!
3. Gunohlaringizni tavba bilan yuvinglar!
4. Qalblaringizni Allohning qo‘rquvi bilan yuvinglar!”

Quron qalblar shifosi

05 Nov, 05:28


Ona yuragimda simillar og'riq...

Quron qalblar shifosi

05 Nov, 02:22


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

04 Nov, 15:42


🎧🫀💆‍♂😢

Quron qalblar shifosi

04 Nov, 09:05


#Қуръон_тиловати

САРА ҚИРОАТЛАР

МУЛК СУРАСИ
1-12 оятлар

Нозима Абдуқаҳҳоровадан гўзал қироат

Quron qalblar shifosi

04 Nov, 04:19


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

04 Nov, 01:20


وَوُضِعَ ٱلْكِتَٰبُ فَتَرَى ٱلْمُجْرِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَيَقُولُونَ يَٰوَيْلَتَنَا مَالِ هَٰذَا ٱلْكِتَٰبِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً إِلَّآ أَحْصَىٰهَاۚ وَوَجَدُوا۟ مَا عَمِلُوا۟ حَاضِرًاۗ وَلَا يَظْلِمُ رَبُّكَ أَحَدًا
Ma'nosi: Va kitob qo‘yildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qo‘rqqan hollarida ko‘rasan. Ular: «Voy, sho‘rimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hеch qo‘ymay hisob qilibdi-ya», dеrlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hеch kimga zulm qilmas.
[Kahf surasi 49-oyat]

Quron qalblar shifosi

03 Nov, 13:01


Жин сураси
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

03 Nov, 13:01


Нуҳ сураси
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

03 Nov, 12:13


🟢Ўзбек қориялари

ГЎЗАЛ ҚИРОАТ
(Каҳф сураси, 107-110-оятлар)

Quron qalblar shifosi

03 Nov, 02:24


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

03 Nov, 01:13


Goʻzal qiroat MashaaAlloh

Quron qalblar shifosi

02 Nov, 14:52


🌸🌸🌸🌸
Қалбингиз ором олсин🩷

Quron qalblar shifosi

02 Nov, 11:53


Namozingni mahkam tut. Chunki uni yo‘qotsang qolgan hamma narsangni yo‘qotasan..

Quron qalblar shifosi

02 Nov, 11:30


Кун_ояти

إِلَّا مَنْ تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَأُولَٰئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْئًا ۝ جَنَّاتِ عَدْنٍ الَّتِي وَعَدَ الرَّحْمَٰنُ عِبَادَهُ بِالْغَيْبِ ۚ إِنَّهُ كَانَ وَعْدُهُ مَأْتِيًّا ۝ لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا إِلَّا سَلَامًا ۖ وَلَهُمْ رِزْقُهُمْ فِيهَا بُكْرَةً وَعَشِيًّا ۝

"Магар ким тавба қилса ва иймон келтириб, амали солиҳ қилса, бас, ана ўшалар жаннатга кирурлар ва ҳеч зулм қилинмаслар. Роҳман Ўз бандаларига ғайбдан ваъда қилган адн жаннатларидир. Албатта, Унинг ваъдаси келгусидир. Улар унда беҳуда сўз эшитмаслар, илло, салом эшитурлар. Уларга у ерда эртаю кеч ризқлари келиб турур".
(Марям сураси, 60-61-62-оятлар).

Quron qalblar shifosi

02 Nov, 03:18


NISO SURASI

Quron qalblar shifosi

02 Nov, 02:27


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

24 Oct, 12:47


Бақара сураси 221-229 оятлар
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

24 Oct, 12:47


Бақара сураси 230-238 оятлар.
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

24 Oct, 02:35


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ
Аллоҳ барчамизга ушбу кунини ҳайрли ва барокатли қилсин!

Quron qalblar shifosi

24 Oct, 01:05


Tongni gozal qiroat bilan boshleng 🎧💆‍♂🫀

Quron qalblar shifosi

23 Oct, 11:00


🎧🫀💆‍♂

Quron qalblar shifosi

23 Oct, 10:59


Agar Qurʼon ham uyali telefonga oʻxshab odamlarning qoʻlidan tushmasa edi, psixologlarning bozori kasod boʻlar edi.
Allohim! Qurʼonni qalblarimizning bahori qil!

🕋🌾☝️

Quron qalblar shifosi

23 Oct, 08:39


Yomg'ir☔️🌧


Mazzade🌚

Quron qalblar shifosi

23 Oct, 05:21


📹 Siz bilarmidingiz?#youtube #rek #shortvideo #shortsvideo #shorts #short #reels #muslim

❤️@Zornavobot orqali yuklab olindi🚀 📥

Quron qalblar shifosi

23 Oct, 02:57


#манфаатли_эслатма

Аёл қандай шартлар ила ишласа бўлади?

Қуръони Карим ходими Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид

Quron qalblar shifosi

23 Oct, 01:47


Қуръон Аллоҳнинг дастурхонидир. Ким унга кирса, омон бўлади.
Абдуллоҳ ибн Масъуд

(Қуръон - қалблар шифоси китобидан)

Quron qalblar shifosi

22 Oct, 12:37


Муззаммил сураси
Абдулбосит қори

Quron qalblar shifosi

22 Oct, 12:37


Қуръон Аллоҳнинг дастурхонидир. Ким унга кирса, омон бўлади.
Абдуллоҳ ибн Масъуд

(Қуръон - қалблар шифоси китобидан)

Quron qalblar shifosi

22 Oct, 08:52


📹 Bir o’zimni maqtab olay Hasanxon Yahyo Abdulmajid 😁 #islam #youtubeshorts #shorts #short #video

❤️@Zornavobot orqali yuklab olindi🚀 📥

Quron qalblar shifosi

22 Oct, 08:16


📹 20 октября 2024 г.

❤️@Zornavobot orqali yuklab olindi🚀 📥

Quron qalblar shifosi

22 Oct, 01:26


🫀🎧

Quron qalblar shifosi

22 Oct, 01:23


Qur’ondan qancha yodlaganingizni gapirib yurmang.
Balki sizdagi Qur’onni ko‘rishlariga qo‘yib bering.
Ochni to‘ydiring, kiyimsizni kiydiring, yetimga rahm qiling, yomonni kechiring, onangizni e’zozlang, hammaga tabassum eting.
Qur’ondan qayerga kelganingiz ahamiyatli emas, Qur’on sizning qayeringizga yetib kelgani muhim..)

Quron qalblar shifosi

21 Oct, 13:25


Fotiha surasi haqida bilasizmi?

SAB’UL MASONIY


عَنْ أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ رَضِيَ الله عَنْهُ، قَالَ:
قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:
«مَا أَنْزَلَ الله فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ مِثْلَ أُمِّ القُرْآنِ، وَهِيَ السَّبْعُ المَثَانِي". قَالَ اللهُ: «وَهِيَ مَقْسُومَةٌ بَيْنِي وَبَيْنَ عَبْدِي، وَلِعَبْدِي مَا سَأَلَ"
رَوَاه التِّرمِذِيُّ والنَّسَائِي

Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilindi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Alloh taolo Tavrotda ham Injilda ham Ummul Qur’onni o‘hshashini nozil qilmadi va u Sab’ul masoniydir.
Alloh taolo u men va bandam orasida taqsimlangandir va bandamga so‘ragan narsasi bordir.
Imom Termiziy va Nasoiy rivoyati.

Boshqa bir hadisda Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda aytilishicha: Ubay ibn Ka’b Payg‘ambar alayhissalom huzurlarida «Fotiha» surasini o‘qiganlarida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening jonim uning tasarrufida bo‘lgan zot bilan qasam ichamanki, Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Furqonda ham bunga o‘xshashi tushirilmagan» deganlar.

Qur’oni karim Alloh taoloning Jabroil (alayhissalom) vositasi orqali oxirgi zamon payg‘ambari Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga vahiy orqali nozil qilgan ojiz qoldiruvchi kitobidir. U insonu jinni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi hidoyat manbaidir. Unda 114 ta sura bo‘lib, har biri o‘ziga xos nomlar bilan nomlangan.
Fotiha yoki Sab’ul masoniy yoki Ummul Kitob yoki boshqa ko‘plab ismlar bilan ismlangan fotiha surasi, Makkada nozil bo‘lgan Makkiy suralardan va u Qur’oni Karimdagi ulug‘ suradir.
Alloh taolo o‘zini kalomida aytadi.

َلَقَدْ آتَيْنَاكَ سَبْعاً مِّنَ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنَ الْعَظِيمَ {87}

«Va, batahqiq, sizga yetti takrorlanuvchini va Ulug‘ Qur’onni berdik»
(Hijr, 87).
«Yetti takrorlanuvchi  Fotiha surasidir. Chunki  u namozda ko‘p takrorlanadi.  («Tafsiri Nasafiy».
Bu surani fazli va ismi haqida hadislar vorid bo‘lgan.
Alloma Imom Qurtubiy o‘zlarining
“Al-jome’ul ahkamil Qur’on” tafsirlarida bu suraning o‘n ikkita ismini zikr qilgan. Ular: Shifo, Vofiya, Kofiya, Asos, Hamd
Fotiha, Ummul Qur’on, Ruqiya,
Sab’ul masoniy va boshqalar.
Hadislarda.
Fotihatul kitob har bir zaharga shifodir”, deyilgan. Yana bir hadisda Nabiy solllalohu alayhi vasallam: “Fotihatul kitob o‘limdan boshqa barcha kasallikka shifodir”, deganlar.

Allohim vatanimizni tinch omon qilgin va bizlarni botiniy va zohiriy kasalliklardan o‘zing asra qur’on karimni qalblarimizga jo qilgin barchamizni qur’on ahlidan qilgin.

Quron qalblar shifosi

21 Oct, 11:16


Kim Allohdan savob olishni istab, Qur’onni tinglasa, uni faqat Alloh roziligi uchun qilsa, u ham o‘qigan kabi katta ajr oladi.

📚Manba: Nurun ala-ddarb, 517

2,726

subscribers

518

photos

694

videos