Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati @sherobodmatbuotxizmati Channel on Telegram

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

@sherobodmatbuotxizmati


Murojaat uchun telefon:
+998932071242
+998763221033

Rasmiy web sayt:
https://www.sherobod.uz/
Hokimga murojaat
@Sherobodpressbot
youtube:
https://www.youtube.com/channel/UCsGqfLEvOzqvYIIzz4XYn4A?view_as=subscriber;

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Uzbek)

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati kanalimiz sizga Sherobod tumani hokimiyatining so'nggi yangiliklarini eng tez olish imkoniyatini beradi. Kanalimizda Sherobod tumani hokimiyati tomonidan o'z faoliyatlariga oid maqolalar, videolar va boshqalar joylashadi. Agar siz Sherobod tumani bilan bog'liq so'nggi va eng aktual yangiliklarni o'z Telegramda ko'rishni xohlaysizsa, sherobodmatbuotxizmati kanalimizga obuna bo'ling va so'nggi tadbirlar va maqolalardan xabardor bo'ling. Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati kanalimiz bilan Sherobod tumani bilan bog'liq barcha yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanalimiz orqali sizning savollaringizni va takliflaringizni yuborishingiz ham mumkin. Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati kanalimizni obuna bo'lib, Sherobod tumani haqida eng so'nggi va eng tez yangiliklardan xabardor bo'ling!

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

26 Jan, 14:17


«YIL TANLOVI - 2024»
(Jamoatchilik soʻrovnomasi)

«2024-YILNING ENG NAMUNALI "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI»

2024-yilda faol ishlagan, o‘quvchi-yoshlarning talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi boʻlgan «ENG NAMUNALI "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI»ni aniqlang!

Sizningcha, 2024-yil davomida qaysi “Barkamol avlod” bolalar maktabi eng FAOL va NAMUNALI bo'ldi?

OVOZ BERING!

Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayoni 2025-yil 31-YANVAR kuni soat 21:00 ga qadar davom etadi!

Diqqat! Turli botlar orqali sunʼiy ovoz berishni tashkil qilganlar soʻrovnomadan chetlashtiriladi.

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

26 Jan, 04:56


26-yanvar — Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

2018-yil 22-dekabrdagi Qonun bilan 26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

Bojxona xizmati mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim sohalardan biridir. Aynan bojxona xodimlarining fidoyi va jonkuyar mehnati tufayli yurtimizning eksport-import siyosati amalga oshiriladi, olib kirilayotgan tovarlar xavfsizligi nazorat qilinadi, mamlakat budjetiga halol mablag‘ tushumi va davlatimizning xalqaro obro‘si yuksakligi ta’minlanadi.

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etib, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

25 Jan, 14:51


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rixsiboy Aliyev kiberfiribgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

25 Jan, 13:23


Tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov hamda sektor rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar, faoliyatini kengaytirish uchun tashabbuslar va yangi loyiha takliflari tinglandi hamda ularning murojaatlari mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Ushbu qabul davomida 40 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etib, ularning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ijro muddati bilan har bir murojaatga tegishli mas’ullar biriktirildi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

25 Jan, 11:24


Sherobod tumanida 90 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Sherobod tumanning olis hududlarining biri hisoblangan "Chorbog" mahallasi  Oqtosh qishlog‘ida O‘zRes Prezidentining 2022-yil 13-apreldagi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash"  qarori asosida loyiha qiymati 1 mlrd 300 mln so‘m bo‘lgan 90 o‘rinli 42-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.

Ushbu mahallada 330 nafar 3-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lib 90 nafari mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Ochilish marosimida tuman hokimi
o‘rinbosari M.Choriyev, soha vakillari, mahalla nuroniylari va faollari ishtirok etishdi.


🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

23 Jan, 15:04


Sherobod tuman prokuraturasi tomonidan 26.12.2024-yildagi bayonnomaning 2,3 bandi ijrosi yuzasidan tumandagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari rahbarlariga Milliy gvardiya bilan hamkorlikda SOS tezkor chaqiruv tugmalarini o‘rnatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Targ‘ibot tadbirlari davomida 28 nafar tadbirkorlik subyektlariga SOS tezkor chaqiruv tugmalari o‘rnatish istagini bildirib, milliy gvardiya bilan shartnomalar tuzilishi ta’minlandi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

23 Jan, 11:10


Prezident raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Qurilishni rag‘batlantirish uchun 2024-yilda 17 trillion so‘m ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trillion so‘m mablag‘ berildi.

Shu bois davlatimiz rahbari hokimlar uy-joy qurilishiga faqat ijtimoiy yoki qurilish masalasi deb emas, balki hududini iqtisodiy rivojlanishida asosiy "drayver" sifatida qarashi zarurligini ta’kidladi.
〰️〰️〰️

"Yangi O‘zbekiston" massivlarini qurish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

Endi "Yangi O‘zbekiston" massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi.

Loyiha ekspertizasini o‘n besh kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.

Qurilishda "eskrou" tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.

Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

23 Jan, 11:10


2030-yilgacha kamida 100 ta "Yangi O‘zbekiston" massivini quriladi.

yangi massivlar uchun yerlar kamida 70 ming odam yashaydigan tuman markazi yoki shahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi;

har birida 100 ming kvadrat metr xonadon quriladi.

joriy yil "Yangi O‘zbekiston" massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trillion so‘m beriladi;

"Yangi O‘zbekiston" massivi uchun mas’ul yagona tashkilot - "O‘z uyim" kompaniyasi tashkil qilinadi;

kompaniya "Yangi O‘zbekiston" massivlariga yer tanlash, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishga mas’ul bo‘ladi.

Mutasaddilarga xalqaro ekspertlarni jalb qilib, kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

23 Jan, 11:10


Uy-joy qurilishi bo‘yicha:

Developerlar tomonidan obyektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.

Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.

"Yangi O‘zbekiston" massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.

Bu uylarning pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

22 Jan, 15:21


Sayyor qabul-muammolar yechimi!

Inson hayotda hamisha baxtli yashasam, deydi. Turmushining farovon bo‘lishini, orzu-niyatlarining ushalishini istaydi, hech kimdan kam bo‘lmaslikka intiladi. Zotan, uning bunga to‘la haqqi bor.

Hududlarda Inson qadrini ulug‘lash va aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida, muntazam sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik N.N.Narzullayev sektor hududidagi “Mehrobod" mahallasida bo‘lib, yoshlar va aholi vakillari bilan uchrashuv sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda qator murojaatlar kelib tushdi. Ayrim muammolar manzilning o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida kelib tushgan masalalar bo‘yicha sektor rahbari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Kanalga obuna bo‘ling
Telegram Facebook Web-site

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

10 Jan, 08:04


Самарқанд вилояти ИИБ катта тезкор ходими 10 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Самарқанд вилояти Ички ишлар бошқармасининг Жиноят қидирув хизмати Жиноят қидирув бошқармаси катта тезкор ходимининг ноқонуний хатти-ҳаракатига чек қўйилди.

Яъни тезкор ходим ўзининг мансабдор танишлари орқали, Самарқанд шаҳар Ички ишлар органлари фаолиятини мувофиқлаштириш бошқармаси ҳузуридаги Тергов бўлими иш юритувида бўлган Жиноят Кодексининг 273-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган жиноят ишида айбланувчилар сифатида ўтаётган 1994 й.т. шахсга тегишли қисмини Жиноят-просессуал кодексининг 83-моддасига асосан тугатиш ҳамда 2003 й.т. фуқарога нисбатан эса “уй қамоғи” эҳтиёт чорасини қўллаган ҳолда, уни озодликда қолдириш эвазига 10 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланиб, ҳолат просессуал тартибда расмийлаштирилди.

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 25, 168-моддаси 3-қисми “а” банди ва 28, 211-моддаси 2-қисми “б” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

09 Jan, 17:12


Sayyor qabul-muammolar yechimi!

Hududlarda Inson qadrini ulug‘lash va aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida, muntazam sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi, tamonidan 3-sektor hududidagi “Nurtepa" mahallasida bo‘lib, yoshlar va aholi vakillari bilan uchrashuv sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda qator murojaatlar kelib tushdi. Ayrim muammolar manzilning o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida kelib tushgan masalalar bo‘yicha sektor rahbari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

09 Jan, 10:38


Sherobod tumanida M39 yo'l bo'ylarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarni sug'orish jarayonlari ketmoqda.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosini ta’minlash maqsadida Sherobod tumani M39 yo'l yoqalari shuningdek barcha ko'chalarda ekilgan mevali va manzarali daraxtlar hamda archalar sug'orilmoqda.

Ushbu nihollar kelajakda tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk, husn va yashillik qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

08 Jan, 14:26


⚡️Ўзбекистонда тақиқланган диний материаллар эълон қилинди (тўлиқ рўйхат)

Олий суд томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) рўйхати эълон қилинди.

2025 йил 8 январь ҳолатига кўра, рўйхатга 1 минг 389 та турли профиль, канал ва материаллар киритилган. Хусусан:

Facebook'да 203 та профиль ва материаллар;
Telegram'да 713 та канал, гуруҳ ва материаллар;
Instagram'да 226 та профиллар;
Youtube'да 135 та канал ва турли видеолар;
Odnoklassniki'да 35 та профиль ва материаллар;
Tik-tok'да 44 та профил;
Интернет'да 13 та сайт ва алоҳида материаллар;
• 20 та турли китоб, маъруза ва нашидалар.

⚠️ Фуқаролардан диний ақидапарастлик, экстремизм ва терроризм тузоғига тушиб қолишдан сақланишни ва улардан йироқ бўлишни сўраймиз.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

08 Jan, 11:15


#Ijtimoiy_karta

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

😲 ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;
😲 ijtimoiy kartalarni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
😲 "Ijtimoiy karta" axborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.

🖋 "Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

💵 Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
😲 YaIDXP;
😲 "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
😲 "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
😲 moliyaviy agentlar.

🤝 Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

⚠️ 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha "1070" "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

08 Jan, 05:03


8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni!

🇺🇿Prokuratura organlari xodimlari – mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida o‘z bilim va jasoratini namoyon etayotgan fidoyilardir. Sizlarning huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdagi xizmatlaringiz alohida eʼtirofga loyiq.

💐 Sherobod hokimligi jamoasi nomidan sizlarni 8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

⚖️Adolat va qonun ustuvorligi yo‘lida xizmatlaringiz barchamiz uchun faxr va g‘ururdir!

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

08 Jan, 04:44


Sherobod tumanida “Ayollar daftarining” oltinchi bosqichiga start berildi

"Ayollar daftari" ni shakllantirish yuzasidan ishchi guruh tashkil qilindi.

“Ayollar daftari”ga ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan ehtiyojmand xotin-qizlar va nogironligi bo’lgan, shuningdek,tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin - qizlar kiritiladi.

Xatlov jarayonlarida "Mahalla yettiligi" tomonidan ishlarni taqsimlash, xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlar muammolarini o'rganish, shtab tashkil etish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

31 Dec, 09:08


Prezidentimiz tashabbusi va bevosita topshirig‘i bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini Surxondaryo viloyatida namunali tashkil etish maqsadida Muzrabot tumani tanlab olingan.

Bugun mazkur amaliy ishlarning davomi sifatida Muzrabot, Sherobod va Angor tumanlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalarning 30 tasiga Muzrabot tumani "Yangi hayot" mahallasida qurilgan 2 sotixli yangi uy-joylar kalitlari tantanali topshirildi. Shuningdek, hududda yangi tashkil etilgan mahalla markazi, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, kitob do‘koni, tibbiyot maskani, jami 21 ta, umumiy hajmi 40 tonna bo‘lgan intensiv baliqxona, bundan tashqari 3 ta 50 tonnalik ko‘l foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarning barchasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishsiz a’zolari bandligi ta’minlanadi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, barchani Yangi yil bayrami bilan qutladi hamda Prezidentimizning tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar natijasida bugun 30 ta oila o‘z uy-joylariga ega bo‘lishayotganligini ta’kidladi. Mazkur xonadonlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi homiyligida barpo etilganligi qayd etildi. Shuningdek, "Yagona ijtimoiy reestr"dagi oilalarning farzandlariga Yangi yil bayrami sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbirda so‘z olgan nuroniylar Prezidentimizning bag‘rikenglik siyosati hamda xalqimizga g‘amxo‘rligi sabab oilalar kambag‘allikdan chiqib, farovon turmush tarziga o‘tayotganligi uchun davlatdan minnatdor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

05 Dec, 10:03


#Milliy_kontent

8 Dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi tomonidan tayorlangan videoroligi.

🔷8 Dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligini nishonlash, mustaqil davlatimizning huquqiy poydevorining mustahkamlanganini e'tirof etishdir.

🔷Konstitutsiya, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, adolat, tenglik va demokratiya asoslarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning poydevorini tashkil etdi.


🌐 Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

TelegramFacebookWeb-siteYouTubeInstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

05 Dec, 07:56


❗️Огоҳ бўлинг!

Онлайн қимор ўйинлари ортидан осон даромад топмоқчи бўлганлардан тортиб киберфирибгарлар тузоғига тушганлар қисмати

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

05 Dec, 06:19


Oʻquvchilar ishtirokida “Kinokarvon” loyihasi oʻtkazildi.

🔷Sherobod tumanida joylashgan 49-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Kinokarvon” loyihasi doirasida buyuk bobomiz Amir Temur haqida “10 fakt” nomli videorolik namoyish etildi.

🌐 Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

TelegramFacebookWeb-siteYouTubeInstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

05 Dec, 05:15


“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔷Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sherobod tuman bo‘linmasi, Axborot-kutubxona markazi hamda X-sonli harbiy qism hamkorligida “Uch yog‘och” mahallasida joylashgan X-sonli harbiy qismning harbiy xizmatchilari ishtirokida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔷Suhbat davomida Sherobod tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi S.Nazarov hamda Axborot-kutubxona markazi direktori M.Ulug‘berdiyevalar tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi bir nechta moddalar bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tildi.

🌐 Bizni kuzatib borishda davom eting!

TelegramFacebookWeb-siteYouTube

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

05 Dec, 04:59


Sektor rahbarining navbatdagi fuqarolar qabuli va "Yoshlar bilan uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

"G‘o‘rin-gilambob" mahalla fuqarolar yig‘inida sektor rahbarining fuqarolar qabuli va yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qabulda mas’ul korxona va tashkilot rahbarlari, sektor shtabi a’zolari hamda "G‘o‘rin-gilambob" mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi  ishtirok etishdi.

📁 Qabulda ijtimoiy himoya, ichimlik suvi  va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, kredit ajratish, nafaqa tayinlash kabi  masalalarda  murojaat qilib kelgan fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. 

▫️Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaatlar o‘rganilib, qonun doirasida ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida  mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

📁 Shuningdek, sektor rahbari  tomonidan mahalla yettiligining faoliyati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


🌐 Bizni kuzatib borishda davom eting!

TelegramFacebookWeb-siteYouTube

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

09 Nov, 07:11


📖Sherobodlik o‘quvchimizdan xalqaro g‘alaba

Sherobod tumanidagi 1-umumta'lim maktabining 1-sinf o'quvchisi Sabrina Toshboltayeva Dubay shahrida bo'lib o'tgan mental arifmetika musobaqasida ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

🔔Ushbu g'alaba bilan Sabrinaxonni qutlaymiz!



Ученица 1 класса общеобразовательной школы № 1 Шерабадского района Сабрина Ташболтаева приняла участие в конкурсе ментальной арифметика в Дубае и заняла почетное
1 место.

🔔Поздравляем Сабрину с этой победой!

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

09 Nov, 06:34


Bugun xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Sessiyada xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Sessiyada Alimov Usmon Ibrohimovich tuman hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

09 Nov, 03:37


Hurmatli fuqarolar❗️

⚡️ Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

08 Nov, 16:03


Sherobodda Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi.

Sherobod tumanida Tibbiyot xodimlari uchun dasturxoni yozilib, “Baxt qasri” bazmlar saroyida Tibbiyot xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram kechasi tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosarlari M.Choriyev hamda G.Aminovalar so'zga chiqib salomatlik posbonlarini samimiy qutlab, mamlakatimizda aholi sog‘lig‘ini saqlash, shifo maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi.

Tashkil etilgan tadbir davomida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli himoya qilish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan soha fidoyilari Sherobod tuman hokimligi hamda tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan topshirildii.

🇺🇿Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

04 Nov, 03:35


#Jarayon
#Sherobod_tuman_boʻlinmasi

Oʻquvchilar ishtirokida “Kinokarvon” loyihasi oʻtkazildi.

🔷 Surxondaryo viloyati Sherobod tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi tashabbusi bilan “Kinokarvon” loyihasi doirasida tumandagi 4-sonli maktabda 9-sinf oʻquvchilari ishtirokida “Mahallada duv-duv gap” nomli milliy film namoyish etildi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

01 Nov, 09:34


2 Qavatli savdo do‘koni majmua binosi "E-Auksion" orqali savdoga qo‘yildi.

🔵Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, ’’Taroqli’’ mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi 90 "B"-uyda joylashgan 2 Qavatli savdo do‘koni majmua binosi O‘zmilliybank AJ Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan savdoga qo‘yilgan.

➡️Boshlang‘ich bahosi: 875 000 000.00 UZS

➡️Savdo boshlanish vaqti: 08.11.2024

🔹 Bino necha qavatdan iboratligi: 2

🔹 Nechta xonadan iborat: 17

🔹 Bino qurilgan xom-ashyo: beton g‘isht

🔹 Obyekt faoliyat turi: 2 Qavatli savdo do‘koni majmua binosi

🔹 Yer uchastkasining umumiy maydoni (ga): 0,0081

🔹 Binoni qurilish osti maydoni (ga): 0,00804

🔹 Binoni umumiy maydoni (kv.m): 367.4

🔹 Binoni foydali maydoni (kv.m): 322.79

🔹 Gaz: mavjud emas

🔹 Suv: mavjud

🔹 Elektr ta’minoti: mavjud

🔹 Mol-mulk turi: ko‘chmas mulk

🔹 Mol-mulk toifasi: noturar-joy obyektlari

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 94 269 13 81☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 78 147 15 73 ☎️

🌐 Bizni kuzatib borishda davom eting!

TelegramFacebookWeb-site

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

01 Nov, 09:09


Sherobod tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 51-sonli madaniyat markazi namunali madaniyat markaziga aylantirildi

Marosimda tuman xokimi yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Choriyev va Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova Namunali madaniyat markazini foydalanishga topshirish marosimini ochib berib, markazda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va ijodiy hamda xo‘jalik asosida tashkil etilgan to‘garak a’zolariga ishtirokchilarga kelgusida soha bo‘yicha amalga oshirishlari yuzasidan takliflar bildirib, namunali markazda amalga oshirilgan ijobiy va ijodiy ishlar bilan tanishdi.

Mazkur tadbirda 200 nafardan ortiq  aholi ishtirokchi mehmonlar ishtirok etishdi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

01 Nov, 06:08


Ayollar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

Sherobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova ayollar uchun qabuli bo’lib o’tdi.

Qabulda qator murojaatlar kelib tushdi. Ayrim muammolar manzilning o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Qabuldan ko‘zlangan maqsad ayollarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularni ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, oilalardaki ajrimlarni, oldini olish va ma’naviy muhitini sog’lomlashtirish.


🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter