Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov @mramericano Channel on Telegram

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

@mramericano


🇺🇸 Amerika orzusi, kundalik hayoti va ushbu diyorga qanday ✈️ kelish bóyicha foydali ma'lumotlar. Ushbu 📣 kanal hozirda 🇺🇸 AQSH da 2022 yildan beri o’qiyotgan ‘Zoirov Akhmadjon’ tomonidan yuritiladi.

Savol va reklama: @Akhmadjon_NYC

Mr. Americano 🇺🇸 (Uzbek)

Mr. Americano 🇺🇸 kanali - Amerika orzusi, kundalik hayoti va ushbu diyorga qanday ✈️ kelish bóyicha foydali ma'lumotlar taqdim etadi. Ushbu 📣 kanal hozirda 🇺🇸 AQSH da 2022 yildan beri o’qiyotgan ‘Zoirov Akhmadjon’ tomonidan yuritiladi. Zoirov Akhmadjon Amerika haqida eng so'ngi yangiliklardan, xorijiy o'qish va yashash imkoniyatlaridan, tajribalaridan va ko'rishlaridan so'ng so'zlashadi. Agar siz ham Amerika haqida ko'proq ma'lumot olishni istasangiz, @Akhmadjon_NYC kanaliga qo'shilishni unutmang!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

16 May, 07:31


Yosh bolalarni maktabga olib borishni eng oson yòli 😅🥰

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

12 May, 03:04


🏡 Uy nima devotti 😍

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

26 Mar, 10:59


Free library 📚

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

08 Feb, 16:23


🇺🇸 AQSH tarixidagi eng katta deportatsiya jarayoni.

Sobiq va (ehtimoliy bo’lajak) prezident Donald Trump qayta saylansa migrantlarni deportatsiya qilishga vada bermoqda.

Amerikada yashovchi inson sifatida bu gaplarda ma’lum darajada haqiqat bor deya ayta olaman!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

06 Feb, 04:47


🦌 yòlovchilarga har doim yo’l bering

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

31 Jan, 05:57


🌅Uyga qaytayotganimdagi manzara!

Ishdan charchab kelgan paytintiz rosa yoqarkan 🔥 Californiani shuning uchun ham yoqtiraman. Bu yerda qish yòq

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

30 Jan, 09:33


🏡 Amerikada uylar narxi o’sishi.

Yuqoridagi videoda uylar narxi (ijara) va daromadning yillar òtgani sari òzgarib borishi tasvirlangan.

🔴 uylar narxi
🔵 daromad

Balki shuning uchun ham hozirgi yosh avlodning deyarli 80% hali ham ota - onasi bilan yashamoqda. Aslida esa 18 yoshdan so’ng alohida yashash bu yerda odatiy holat hisoblanadi.

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

05 Dec, 08:20


Assalomu Alaykum Amerikanochilar,

Anchadan beri aktiv bo’la olmagan edim. 🤲 Hudo hoxlasa yana postlarni qaytaramiz. Qaysi mavzuni yoritishimni hoxlaysiz pastda yozib qoldiring :) 💬

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

07 Nov, 06:21


Eslatma!

Green Cardga qiziquvchilar uchun bugun oxirgi kun hisoblanadi. Shu bilan javoblar 8-may kuni e’lon qilinadi.

Barchaga omad tilab qolamiz! Amerikada ko’rishgandan ko’rishguncha)

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

05 Oct, 04:13


🇺🇸 Green Card lotoreyasi Rasman ochiq!

Do’stlar habaringiz bor, kuni kechadan boshlab 2025-yil uchun arizalar qabul qilinish boshlandi. Qabul 2023 yil 4 oktyabrdan 8-noyabrgacha davom etadi va bunda 18 yoshdan yuqori istalgan shaxs qatnashishi mumkin hisoblanadi (kamida yuqori maktab / kollejni bitirgan bo’lishi kerak)

Lotoreya javoblari 2024 yil 8 - mayda e’lon qilinadi. Ushbu lotoreyada qatnashmoqchi bo’lgan obunachilarimiz 👉 @unique_mann profilimizga murojaat qilishlari mumkin.

📍Talablar:

- 18 yoshdan yuqori bo’lish
- Qizil / yashil passport yoki ID karta
- Rasm 600x600 oq fonda

💸 To’lov: (bu narxlar obunachilarimiz uchun maxsus chegirmada )

👨‍👩‍👧‍👦 Oilaviy = 80.000
🙋‍♂️Yolg’iz = 55.000


Tasdiqlovchi kod sizga darhol taqdim etiladi. InshaAllah yutuq chiqsa, hujjat tayyorlash bo’yicha ham amaliy yordam ko’rsatamiz nasib qilsa)

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

29 Sep, 06:17


🚕 Cruise - haydovchisiz taksilari!

Cruise haydovchisiz taksilari mana bir necha yildan beri 🌁 San Francisco va boshqa shaharlarda mahallamizga beminnat hizmat qilmoqda. Eng yaxshi tarafi esa siz taksiga o’tirgandan so’ng yo’l bo’yi haydovchining hayotiy muammolarini tinglab ketishingiz shart emas 😅 (hazil).

Ushbu mashinalar yo’llardagi eng aqlli va eng ahmoq haydovchilar desak bo’ladi. U havfni oldindan sezib 🚹yo’lovchilar va boshqa mashinalarga vaqtida yo’l bersada, bazan tor yoki gavjum ko’chalarda onasiz qolgan boladek nima qilishni bilmay qoladi 😅, ushbu payt esa orqada turgan haydovchilardan shirin shirin so’zlarni eshitsangiz bo’ladi.

Hali shaxsan o’zim minib ko’rmadim hech. Nima deysiz bir sinab ko’ramizmi? Sizchi mashinaga hayotingizni ishongan bo’larmidingiz? 💬(Izohlarda qoldiring)

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

13 Sep, 06:05


🚨 Rasman!!! 🇺🇸 AQSh ga 2024 yil Bahor va Kuzgi qabullar ochildi!

Assalamu Alaykum hurmatli do’stlar,

Kelgusi yil ☘️ Bahor va 🍁 Kuzgi qabullar rasman ochilganini e’lon qilamiz! Agarda sizda Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim olish istagi bo’lsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin! 🎓 Bakalavr / Magistr yo’nalishida turli hil sohalarda 💰50% - 90% gacha grant yutib olishingiz mumkin!
20-sentabrgacha ro’yxatga yozilganlar uchun 💸$50 chegirma mavjud!

Murojaat uchun 👉@octa_contact

♾️@octa_uz - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

04 Sep, 09:03


Assalamu Alaykum do’stlar,

Sizlarga Subyektivning 🧠 “Ommaviy ongsizlashtirish” haqidagi ko’rsatuvini ko’rishni tavsiya qilaman. Aytish mumkinki, bu ongsizlashtirish nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyoda sodir bo’lyabti. AQSH da ham ayniqsa Gen Z (yani yosh avlod) juda ongsizlashib bormoqda. 💭 Andrew Cervantes aytganidek ‘’ Yolg’on qayta qayta takrorlanar ekan, siz una vaqti kelib yolg’onligini sezmay qolasiz!

https://youtu.be/4ymODZahOc4?si=q-cL_llWNI66o0fa

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

21 Aug, 08:35


🇺🇸 AQSH ga oilaviy migratsiya! (2 - qism)

Ikkinchi turi esa bu F1 (student) va F2 (dependant) viza orqali. Agar oila azolaridan biri, odatda erkak 👨 kishi, viza oladigan bo’lsa, u anketada ôzi bilan AQSH ga boradigan oila a’zilarini kiritib ketsa ham bo’ladi. Bunday holatda yigit F1 viza olsa, uning ayoliga F2 visa beriladi.

Bu vizaning bir qiyin tarafi borligini unutmaslik lozim. Bu yigitning 🎓studentligi, ya’ni student o’qish davrida faqat o’qishi va boshqa narsalarga chalg’imasligi lozim deb ko’pchilik hollarda viza rad javobi beriladi. Student uchun oila va farzand AQSH da qiyinchilik tug’dirishi mumkin deb hisoblashi mumkin viza ofitseri. Ayniqsa, yigit Magistraturaga kirgan bo’lsa, ayolining viza olishi juda qiyin. ❗️Real voqea: do’stimning ayoli vizaga kirganda, ofitser unga ho’jayiningiz o’zi Magistraturadan 1-2 yilda qaytib keladi, sizning borishingiz shart emas deb rad javobini qayta qayta bergan.

Bunday holatlarni biroz bo’lsada yaxshilash uchun esa interview ga yaxshilab tayyorlanish, nimaga AQSH ga borishi zarurligi haqida asosli sabablar keltirish va yetarli darajada bank hisobida mablag’ bo’lishi yaxshi bo’ladi deb o’ylayman :)

❤️💬🔄 qoldirish va ulashishni unutmang! Savollaringizni izohlarda qoldiring!

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

15 Aug, 05:37


🇺🇸 AQSH ga oilaviy migratsiya! (1- qism)

Do’stlar oramizda ko’pchilik 👨‍👩‍👧‍👦 oilali insonlar uchun ham migratsiya masalalari bo’yicha yozing deb so’rashadi. Bu jarayon qiyin hisoblansada, quyida sizlar bilan ba’zi migratsiya turlari haqida so’z yuritamiz:

1. 🟢 Green Card orqali migratsiya. Ha do’stlar bu eng qiyin lekin iloji bor bo’lgan kam yo’llardan biri. Green card sohibi bo’lish sizga AQSH fuqarosi bilan deyarli bir xil haq-huquq va imkoniyatlarni taqdim etadi. Hattoki AQSH ichidagi millionlab migrantlar ham Green Card olishni orzu qilishadi.

Green Card yutishning asosiy yo’llari bular: 👉 lotoreya orqali (har yili oktyabr - noyabr oylarida o’ynaladigan lotoreya), green card sohibi bilan turmush qurish yoki siyosiy boshpana so’rash orqali. Boshqa yo’llari ham mavjud bo’lsada, O’zbekistonliklar uchun eng keng tarqalgan yo’llari shu hisoblanadi. Green Card ni aytaylik oila 💁‍♀️ bekasi yutsa, uning ho’jayini va 21 yoshdan kichik barcha farzandlari avtomatik Green Card egalariga aylanishadi. Green Card asosida 5 yil yashagandan so’ng sizda Amerika fuqaroligiga topshirish imkoniyati paydo bo’ladi. Green card egasi shuningdek o’z aka ukasi, do’st va qarindoshlarini 🇺🇸 AQSH ga ma’lum bir muddatga chaqirish imkoniyatiga ham ega bo’lishadi ( lekin bu jarayon ancha qiyin). Green card esa har 10 yilda yangilanadi.

Ho’sh Green Card haqida siz bilmagan yangi ma’lumotlar oldingizmi? Savollarni izohlarda qoldiring 👇

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

14 Aug, 08:03


🧟‍♀️ “Zombi virusi” Amerikada!

Do’stlar eslasangiz sizlarga ko’chalardagi hozirgi ayanchli ahvol haqida post qilgan edim. Bu 🎥 video esa ayni shu holatni isbotlab beradi. Aslida hayvonlarni tinchlantirish uchun ishlatiladigan “Xylazine” dorisini hozirda insonlar, ayniqsa uysizlar katta 💉 dozada istemol qilishmoqda. Bu dori shunchalar kuchliki, inson hatto o’z tanasini tik tuta olmay, huddi zombiga o’xshab harakatlanadi. Albatta bu Amerikaning barcha joylarida emas, lekin ahvol kundan kunga yomonlashmoqda.

🏢 Hukumat esa bunga qarshi biron bir chora ko’rishga qiynalmoqda. Chunki bu dorini dorihonalarda odamlar bemalol sotib olishyabdi. Uysizlar doriga pulni qayoqdan olsin deysizmi? Ularga har oyda o’rtacha 💵500-$600 berishadi va ovqat bilan taminlashadi. Shunga aytishsa kerakda, to’qlikka sho’xlk yoki demokratiyaning ham oxiri jarlik deb.

Reaksiyalarni unutmang ❤️💬🔄

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!

Mr. Americano 🇺🇸| Akhmadjon Zoirov

27 Jul, 08:40


#Oppenheimer!

Kino shunchaki 🔥🔥🔥

✍️ @mrAmericano - Orzular orzuligicha qolmasin!