Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati @termizshh Channel on Telegram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

@termizshh

🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati (Uzbek)

🇺🇿 Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati kanali - bu Termiz shaharining rasmiy axborot kanali. Kanalda shahar hokimligining so'nggi yangiliklari, proyektlari, va faoliyatlariga doir ma'lumotlar bilan tanishing. Agar siz Termiz shaharining rivojlanishi va tubidan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling!
Web saytga o'ting: http://termizsh.uz/ nFacebook: https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi nnMa'lumot va murajatlar uchun quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin: n☎️ +998(76) 224-00-61 n☎️ +998(76) 224-13-12

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

21 Feb, 15:25

🗣Milliy liboslar chelenji: milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti

Xabaringiz bor, yurtimizda haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni asrash, ularni keng targ‘ib qilish hamda avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanishni mustahkamlashga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Termiz shahrida ham juma kuni tashkilot va muassasalarda milliy liboslar chelenjlari tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun shahar hokimligida ham mazkur chelenj o‘tkazildi.

Mazkur chelenjlar shahardagi barcha tashkilot va korxonalarda davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

21 Feb, 15:16

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

16 Feb, 09:47

Surxondaryoda xotin-qizlarning farovonligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kuni-kecha Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faol xotin-qizlar ishtirokida Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Unda dastlab, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning tadbirkorlik va bandlik masalalariga oid imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi. Muhokama davomida “Oqila ayollar” harakatining faoliyati sarhisob qilindi. Tadbirda tashkiliy masala ham ko‘rilib, Termiz davlat pedagogika instituti “Psixologiya” kafedrasi professori, viloyat Kengashi deputati Mehri Norbosheva harakatning yangi rahbari etib saylandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

16 Feb, 06:08

📣 Hurmatli surxondaryoliklar!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining telegram messenjerdagi rasmiy kanaliga aʼzo boʻling.

Unda vohamiz hayotiga oid eng soʻnggi xabar va yangiliklar, viloyatdagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyatiga oid materiallar eʼlon qilib boriladi.

🌏 Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga quyidagi havola orqali aʼzo boʻlishingiz mumkin: 👇

https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

16 Feb, 01:29

Keyingi yillarda Surxondaryoning turizm salohiyati rivojlanib, sayyohlar oqimi oshib bormoqda. Bunda tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish, kelish yo‘llarida sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi. Xususan, vohamizning havo yo‘li orqali darvozasi hisoblangan Termiz xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.

Viloyat hokimi hududlarga tashrifidan so‘ng, aeroportda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Loyihaning borishi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Shundan so‘ng, Termiz shahri bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Vohamiz bo‘ylab joriy mavsumda 10,2 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda rejaning qariyb 83 foizi bajarilgan. Jumladan, Termiz shahrida 100 mingdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan.

Viloyat rahbari ekologiya insonlar salomatligi bilan bevosita bog‘liq ekanligini inobatga olib, ko‘chatlarni ekish va parvarishlashni sifatli amalga oshirish lozimligini, bu borada mutasaddilarga shaxsiy mas’uliyat yuklanganini ta’kidladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Feb, 10:58

🗣Ro‘yxatdan o‘tishga start berildi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumning tantanali ochilishidan so‘ng, loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan o‘g‘il-qizlar 5tashabbus.uz saytidan ramziy ro‘yxatdan o‘tishdi.

Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus olimpiadasi” ning joriy yilgi mavsumida birinchi marotaba mahallalardagi 30 yoshdan katta bo‘lgan aholi o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, workout, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha 3 bosqichli musobaqalar ham tashkil etiladi.

🖐 Loyihalarida ishtirok etishingiz uchun 5tashabbus.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting!

#Beshtashabbusolimpiadasi #2025mavsum

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Feb, 10:58

🗣“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga start berildi

🖐Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat studiyalaridan mahalla yettiligi, avvalgi mavsum g‘olib va sovrindorlari, talabalar, yuqori sinf o‘quvchilari hamda hamkor tashkilotlar xodimlari onlayn qatnashdi.

Barcha yoshlarni 2025-yilgi mavsumda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

#Beshtashabbusolimpiadasi #2025mavsum

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Feb, 10:06

🗣Termiz shahrida Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tashkil etilganining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda afgʻon urushi qatnashchilari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.     

Shundan soʻng baynalminal jangchilar uchun “Nigina” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar jangchi-faxriylarni sana bilan muborakbod etib, elu yurt va yosh avlod oldidagi xizmatlarini eʼtirof etib oʻtdilar. Ularning mardligi va jasorati, shijoati, Vatanga boʻlgan mehr-muhabbati, sodiqligi kelajak avlodga hamisha oʻrnak va namuna boʻlib qolishi taʼkidlandi.     

Tadbirda “Veteran” birlashmasi faollari hamda baynalmilalchi jangchi-faxriylarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Sanʼatkorlar ijrosidagi diltortar qoʻshiqlar esa ishtirokchilar qalbiga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

13 Feb, 13:09

🗣Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, mahalla xodimlari va aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi 8 ta masala ko’rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishi davomida har bir bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan masʼullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan masʼullar tomonidan javob berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

13 Feb, 11:12

Президент Шавкат Мирзиёевнинг спорт масалалари юзасидан ўтказилган видеоселектор йиғилишидаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 12:21

🗣Milliy qadriyatlar — xalq yoki millatning ma’naviy, madaniy va ijtimoiy boyliklarini ifodalaydi

"Milliy qadriyatlar-milliy ma’naviyatning ko‘zgusi" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda TerDUning talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbir asnosida qadim urf-odat va an’analarimiz, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan nomoddiy merosimiz bo‘y ko‘rsatgandek bo‘ldi.

Milliy qadriyatlarimiz – bu bizning ma’naviyatimizning asosi, ularni qadrlash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Mutasaddilarga 1-martga qadar 11 ta, 1-oktyabrgacha yana 18 ta  davlat xizmatini xususiy sektorga berish choralarini ko‘rish topshirildi.

Har bir vazirlikka o‘z tizimidagi qaysi xizmatni xususiy sektorga, jumladan autsorsingga berish va yangi xizmatlarni joriy qilish mumkinligi bo‘yicha taklif tayyorlash topshirildi. Bu borada Raqobat qo‘mitasining mas’uliyati belgilandi.

Tadbirkorlarda yer uchastkalari va davlat mulkini ijaraga olish yoki xususiylashtirish shartlari bo‘yicha savollar ko‘pligi bois, bu borada ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni ishlab chiqish va e’lon qilish vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.

Yangi farmonga ko‘ra, 1-martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10-yilga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi.

To‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi belgilandi.

Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Prezident: Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan boʻladi

Selektorda hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi:

- Turizm qoʻmitasi turistlar mehmonxona, dam olish maskanlarini “bron” qilish, avia va temir yoʻl, muzey, teatrga chipta sotib olish kabi xizmatlarni masofadan olish imkonini beradigan platformani ishga tushirishi lozim;

- Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari Oʻzbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkonini yaratishi kerak;

- Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlashtirish boʻyicha alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab berish topshirildi.

Shuningdek, Kadastr agentligiga koʻchmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkazish, Transport vazirligiga barcha turdagi yoʻlovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani maʼlum qilindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun taksi agregatorlaridan biri 2 mingta avtomobil kreditiga kafil bo‘lib, 4 ming odamni ishli qilish taklifi bilan chiqqan.

Buning hisobiga yangi zamonaviy taksilar ko‘payadi. Bunday loyihalarga banklar 1 trillion so‘m kredit ajratishga tayyor.

Ko‘plab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul to‘liq to‘lansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga ko‘ra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi. Vaholanki, banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4 foizga arzonlashadi.

Bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligi ta’kidlandi.

Umuman, bu yil transport xizmatlari hajmini 15 foizga oshirib, 185 trillion so‘mga, eksportini 2,2 milliard dollarga olib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

O‘tgan yili turizm xizmatlari eksporti 3,5 milliard dollar bo‘ldi. Lekin, bu imkoniyatlarimizga mos emasligi qayd etildi.

Masalan, Malayziya va Indoneziyada 7 millionga yaqin Naqshbandiya tariqati izdoshlari bor. Ular Umraga borishdan oldin ziyoratgohlarimizga sayohat qilishni istaydi. Bu sayyohlarni Kuala-Lumpur yoki Jakartadan Samarqand va Buxoroga kamida 2 kunga olib kelib, keyin o‘zimizni samolyotda Umraga yuborish uchun barcha sharoitlar mavjud.

Mutasaddilarga Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun "Umra plyus" turpaketini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Mutasaddilarga kamida 1 million turistni olib keladigan konsert, biznes forumi va ko‘rgazmalar o‘tkazish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, to‘liq o‘rganilmagan tarixiy obyektlar juda ko‘pligini inobatga olib olimlar bilan birgalikda jozibador tarixiy obyektlarni aniqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Bu yildan tumanlarda servisni rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuv yo‘lga qo‘yiladi

Hududlarda 1 ming 156 ta "drayver" loyiha tanlab olinib, tasdiqlangani hamda bu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion so‘m berilishi qayd etildi.

Buning hisobiga tadbirkorlar bilan birgalikda joriy yilda 72 ta sohil bo‘yi dam olish maskanlarini ishga tushirish, 62 ta istirohat bog‘larini zamonaviy qiyofaga keltirish, 154 ta tun-u-kun ishlaydigan turizm va gastronomik ko‘chalarni tashkil qilish, 364 ta yo‘l bo‘yi va boshqa servis obyektlarini barpo qilish rejalashtirilgan.

Magistral va mahalla ichki yo‘llariga katta e’tibor berilmoqda. Lekin xizmatlar rivojiga katta turtki beradigan tumanlararo yo‘llar masalasi ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan hokimliklar oldiga 50 ta tumanlararo yo‘l infratuzilmasini yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Moliyaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilangan.

Davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotgani qayd etildi.

Masofaviy xizmat ko‘rsatishni kamida 30 foizga o‘stirishi muhimligi ta’kidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qo‘yilgan mulkni notariusga borib, taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi.

Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.
〰️〰️〰️

So‘nggi yillarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Joriy yilda xizmatlar sohasida 2,5 million odamni daromadli qilish rejalashtirilgan

Hamma vazir va hokimlar yangi-yangi xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha har kuni izlanishda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu yilda xizmatlar hajmini 15 foizga oshirib, 82 milliard dollarga, eksportini esa 8,5 milliard dollarga olib chiqish, sohada 2,5 million odamni daromadli qilish bo‘yicha katta marra olingan.
〰️〰️〰️

Banklarning developerlardan mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish va tadbirkorlarga qulay shartlarda ijara yoki lizingga berish taklifi ma’qullandi.

Bu orqali 50 ming kv metrli noturar joylar muomalaga kirishi, budjetga 70 mlrd so‘m tushum va 100-150 ming ish o‘rni yaratilishi, eng muhimi, lizing shartlari ijaraga nisbatan 15-20 foiz arzonligi qayd etildi.

Mutasaddilarga developerlar bilan ishlab, noturar joylarni o‘ziga biriktirilgan sohalarda lizingga berish bo‘yicha 4 trln so‘mlik loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Feb, 08:10

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida ijtimoiy soliq imtiyozi uzaytirildi

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib qoldirildi. Oxirgi ikki yilda mazkur imtiyoz samarasida korxonalar soni 1,5 barobar oshdi, ish o‘rinlari 220 mingga ko‘paydi va ish haqi 3,2 karraga o‘sdi.

Imtiyoz muddati yana uch yilga uzaytirilib, u servis korxonalarida 30 yoshgacha bo‘lgan va oylik maoshi kamida 3 million so‘m bo‘lgan xodimlarga nisbatan qo‘llanadi. Shu bilan birga, "konvertda" ish haqi to‘lash holatlariga qarshi nazorat kuchaytiriladi.

Shuningdek, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni yengillashtirish maqsadida qisqa muddatli shartnomalar joriy etilishi belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

06 Feb, 05:31

🗣Bugungi kunning qadri: Termiz shahrida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Termiz shahrida O‘zbekiston Qahramoni, "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruv raisi, Senator Sodiqjon Turdiyev boshchiligida viloyatimizning, respublikamizning faxri, g’ururi bo’lgan faxriylarimiz ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdi, o’zgarishlar va zamonaviy dunyo haqida o’z fikrlarini bildirishdi. Avlodlar o’rtasidagi suhbatlar bir-biriga o’xshash bo’lmasdan, har bir avlodning o’ziga xos tajribasi va nuqtai nazarini ko’rsatdi.

Samimiy muloqot nafaqat bilim va tajriba almashish, balki ishonch va hurmatni ham shakllantiradi. Avlodlar o’rtasidagi farqlarni qabul qilish va o’rganish, yanada boy va konstruktiv jamiyatni yaratishda muhim o’rin tutadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakka bo’lgan ishonchini mustahkamlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu tajriba orqali yoshlar o’zlarining kelajakdagi yo’llarini yanada aniqroq belgilab olishlari tabiiy.

Mazkur tadbirlar nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlarga ularning ibratli hayot yo‘lini namuna sifatida ko‘rsatish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

06 Feb, 05:26

29 Jan, 07:53

📊Surxondaryoda qancha aholi borligini bilasizmi?

📈Surxondaryo viloyatning doimiy aholisi soni 2025-yil 1-yanvar holatiga 2 mln 945 ming 512 kishini tashkil etmoqda. Viloyat aholisi 2024-yil boshidan 68,4 ming kishiga yoki 2,4 foizga oʻsgan. Ahоli zichligi 1 kv. km ga 146,5 kishiga to‘g‘ri keladi

⤵️Hududlar boʻyicha doimiy aholi soni:

🔸 Denov tumani – 430 453 kishi;
🔸 Qumqoʻrgʻon tumani – 261 617 kishi;
🔸 Jarqoʻrgʻon tumani – 244 010 kishi;
🔸 Shoʻrchi tumani – 234 215 kishi;
🔸 Sariosiyo tumani – 232 904 kishi;
🔸 Sherobod tumani – 214 902 kishi;
🔸 Termiz shahri – 207 326 kishi;
🔸 Oltinsoy tumani – 197 375 kishi;
🔸 Uzun tumani – 192 423 kishi;
🔸 Muzrabot tumani – 156 812 kishi;
🔸 Angor tumani – 147 027 kishi;
🔸 Boysun tumani – 127 078 kishi;
🔸 Qiziriq tumani – 126 904 kishi;
🔸 Termiz tumani – 87 200 kishi;
🔸 Bandixon tumani – 85 266 kishi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

29 Jan, 05:51

Axborot 24 | O'zbekistonlik o'quvchilar matematika olimpiadasida munosib ishtirok etdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

29 Jan, 02:52

Surxondaryolik yoshlar xalqaro miqyosda yana bir bor o’z iste’dodlarini namoyon etishdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

28 Jan, 16:09

Ulug‘bek Qosimov: Tadbirkorlik osonmas, uning uchun juda qattiq mehnat kerak, uyqudan voz kechish kerak, kecha-yu-kunduz yugurish kerak. Qo‘limizdan kelsa yordam beraylik, qo‘limizdan kelmasa unga xalaqit qilmaylik!

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi onlayn formatdagi qabulida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarga, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim holatlarga to‘xtalib, yechimi borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Videoni to‘liq formatda quyidagi havola orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/r43yB5lZSD4

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

28 Jan, 04:27

Жисмоний тарбия фани ўқитилиши тубдан такомиллаштирилмоқда

🔰 “Умумий ўрта таълим мактабларида жисмоний тарбия фани ўқитилишини тубдан такомиллаштириш ҳамда ушбу фан ўқитувчиларининг касбий фаолиятини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарорига кўра:

Жисмоний тарбия фани ўқитувчиларига малака тоифаси беришнинг янги тартиби ишлаб чиқилади.

⚡️2025 йил:

1 мартга қадар бошланғич, ўрта ва юқори синф ўқувчилари ёш тоифаси бўйича ҳаракатли ўйинлар, олимпия ва оммавий спорт турларига устуворлик бериш орқали спорт турлари рўйхати шакллантирилади;

1 июнга қадар мактаб ўқувчиларининг спорт мусобақаларидаги иштироки, мактаб спорт клубларининг фаолияти, ўқувчиларни спортга қамраб олинганлик даражасини аниқлаш юзасидан рейтинг тизими ишлаб чиқилади;

1 майга қадар мактаб спорт клублари аъзолари учун Зомин тумани “Лочин” дам олиш масканида ўқувчиларни спорт мусобақаларига тайёрлаш базаси ташкил эталади;

1 июлга қадар жисмоний тарбия фани ўқитувчиларининг билим даражаси ва касбий маҳоратини аниқлаш бўйича миллий баҳолаш тизими ишлаб чиқилади ва амалиётга жорий этилади.

🗓 2025/2026 ўқув йилидан бошлаб:

🔹5–11-синфлар жисмоний тарбия фани ўқитувчилари учун ўқув-методик қўлланмалар ишлаб чиқилади;

🔹ҳар бир мактабда босқичма-босқич мактаб спорт клублари фаолияти йўлга қўйилади;

🔹ҳар йили анъанавий тарзда мактаблар ўқувчилари ўртасида “Беш ташаббус олимпиадаси” спорт мусобақалари ташкил этилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

27 Jan, 16:10

📈 “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bisqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

27 Jan, 13:55

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlar infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, "yashil" belbog‘larni parvarishlash, daraxt ko‘chatlari ekish, yo‘llarni ta’mirlash, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, shuningdek, korxonalar faoliyati, qishloq xo‘jaligi maydonlarida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri hamda Termiz, Jarqo‘rg‘on, Angor va Sherobod tumanlariga tashrif buyurdi.

Xususan, Termiz xalqaro aeroportining kutish zalini ta’mirlash, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarida turar joylar, ijtimoiy va tadbirkorlik obyektlari qurilishi, Angor tumani "Bahor" mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish, mahsulotlar yetishtirish va eksportga yo‘naltirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash, yer maydonlarini mavsumga tayyorlash ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, "Bahor" mahallasida joylashgan "Top Quality Brand" MCHJning terini qayta ishlash korxonasi faoliyati hamda ushbu hududda tashkil etilayotgan "Bahor" charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasining qurilishi ko‘zdan kechirildi. Loyihani sifatli amalga oshirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat rahbari M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Sherobod tumanidan Termiz shahrigacha bo‘lgan qismi atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash ishlarini ham o‘rganib, mutasaddilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

Hududlarga tashrifidan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri markazida qad rostlashi kutilayotgan "Termiz sity mall" loyihasining qurilishiga start berdi. Shaharning zamonaviy qiyofasi va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiluvchi mazkur loyihaning amalga oshirilishi hisobiga ko‘plab xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari hamda ko‘ngilochar maskanlar barpo etiladi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

22 Jan, 11:24

📊Viloyatimizning doimiy aholisi soni

Surxondaryo viloyatida 2025-yil 1-yanvar holatiga, doimiy aholi soni 2 945 512 kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 68,4 ming kishiga yoki 2,4 % ga ko‘paydi.

Jumladan, shahar aholisi soni 1 064 094 kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,1 %), qishloq aholisi soni 1 881 418 kishi (63,9 %) ni tashkil etdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

22 Jan, 08:23

Viloyatimiz rahbari joriy yil 19-yanvar kuni Termiz shahri mahallalarida infratuzilma bilan tanishuvi davomida "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan kollektorni zamonaviy yopiq drenajga aylantirish orqali tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ish o‘rinlarini ko‘paytirish topshirig‘ini bergan edi.

Bugun mazkur loyiha qurilishiga start berildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, loyiha tashabbuskorlari, shahar mutasaddilari hamda faollar va nuroniylar ishtirok etdi.

Loyiha doirasida kollektorning 1,2 km qismida sizot suvlarining chiqib ketishini ta’minlagan holda ustini yopish orqali qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bunda kollektor faoliyatini to‘xtatmasdan hamda yerning meliorativ holatini saqlagan holda bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Hududda maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va avtoservis joylari hamda boshqa obyektlar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratish bilan birga tashlandiq joyning obod bo‘lishiga, infratuzilmaning yaxshilanishiga erishiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

19 Jan, 10:23

Bugun Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasida Karate WKF sport turi bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori kubogi uchun ochiq turnir o‘tkazildi. Musobaqa Karate WKF assotsiatsiyasi viloyat bo'limi, Sport boshqarmasi va "Respect" sport klubi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ikki kun davomida o‘tkazilgan turnirda vohamiz hududlaridan tashrif buyurgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 600 nafardan ortiq bolalar va o'smirlar ishtirok etishdi. Murosasiz bahslardan so‘ng, 8-9, 13-14 hamda 16-17 yosh toifalarida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Bu kabi turnirlar yoshlar o‘rtasida sport turlari bilan shug‘ullanishni ommaviylashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

18 Jan, 12:01

Termiz shahridagi Matbuot uyida “Surxondaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tgan yil viloyatda amalga oshirilgan yirik hajmdagi ishlar va korxonaning Yangi yildagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

18 Jan, 09:31

📖Ta`lim sohasidagi islohotlar samarasi Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabi misolida.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

18 Jan, 08:48

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining Turon va Baynalminal mahallalarida bo‘lib, hududdagi infratuzilma holati va kommunal xizmatlar sifati bilan tanishdi.

Tashrif davomida yo‘l qoplamasining holati, obodonlashtirish ishlarining sifat darajasi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahallalardagi har bir ko‘chani obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash va aholi uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning turmush darajasini oshirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Jan, 14:47

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida Termiz shahridagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida tadbir kecha bo'lib o'tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Jan, 14:44

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev kulolchilik san’atini rivojlantirish va bu qadimiy kasbni yangi avlod orasida keng targ‘ib qilishda faol ishtirok etib kelmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Jan, 14:43

Termiz shahar | Soliq to’lovchilar uchun yangi imtiyozlar bilan tanishing.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Jan, 14:32

200 ga yaqin yoshlar jam bo’lgan samimiy suhbat.

Termiz shahar hokimi O’.To’rayev hamda sektor rahbarlari bilan bugun yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Yoshlarning bo’sh vaqtlari mazmunli o’tishi uchun turli chora-tadbirlar yuzasidan yoshlarning o’zlaridan takliflar bildirildi. Qalbi qaynoq, bilimli yoshlar maktab-mahallasida bepul to’garaklar tashkillashtirish tashabbuslari bilan chiqib, tengdoshlariga bilim berish istaklarini bildirdilar. Hokim va yoshlarning samimiy suhbati davomida ma’lum muammolarga yechim qilinishi bilan birga, erishilayotgan yutuqlar e’tirof etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

13 Jan, 16:44

Harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezident Farmoni bilan, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati uchun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

Xususan,

🏅"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
▪️Xo‘jamqulov Abdivaxid Musayevich - Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i taqdirlandi.

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

13 Jan, 14:51

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahrining "Farhod", "Abdulla Avloniy" va "Shodlik" mahallalarida obodonlashtirish ishlarining borishi, infratuzilmalarni yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish hamda "yashil" hududlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, bu borada shahar mutasaddilari hamda mahallalar "yettiligi"ning hisobotlari eshitildi.

Ayrim ko‘chalar bo‘ylab ekilgan daraxt ko‘chatlari sug‘orish tizimining nosozligi va yetarlicha parvarish qilinmagani sababli qurib qolganligi tanqid qilindi. Viloyat rahbari har bir ko‘chat ertangi musaffo tabiatning bir bo‘lagi ekanligini, ekologik muammolar insonlar salomatligida aks etayotganligini ta’kidlab, aholi salomatligini asrash uchun ham "yashil" hududlarni kengaytirishga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini qayd etdi.

Tashrif davomida shahar mahallalarida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

13 Jan, 14:51

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zining haftalik ish rejasiga muvofiq bugun Termiz shahri hamda Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, tashrif davomida "Yangi O‘zbekiston" massivlari, shifoxonalar, maktab va tadbirkorlik loyihalari qurilishi ko‘zdan kechirilib, yangi loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2309

#Surxondaryo #qurilish #turarjoylar #shifoxona #maktab

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

04 Jan, 06:06

📣 “Мен Ғолиб” мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди

✔️ Yugur.uz платформасида “Мен Ғолиб” ҳарбий-ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди.

✔️ “Мен Ғолиб” югуриш мусобақасининг ўзи 12 январь куни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтади, у ерда мамлакат қуролли кучларининг мингдан ортиқ вакиллари, куч тузилмалари ходимлари, профессионал спортчилар ва ҳаваскор югурувчилар тўпланишади.

✔️ Тадбир Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси, Миллий гвардия, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Давлат божхона қўмитаси ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги кўмагида ўтказилмоқда. Бош ҳамкор сифатида “Ўзбекнефтгаз” акциядорлик жамияти иштирок этмоқда.

✔️ Ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақаси 3 км ва 10 км масофада ўтказилади.

✔️ Иштирокчилар учун слотларни 8 январгача Yugur.uz платформасидаги ҳавола орқали сотиб олиш мумкин.

✔️ Югуриш ишқибозлари якка тартибда, идоравий тузилмалар учун жамоавий мусобақалар ташкил этилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

03 Jan, 13:22

📹 Al-Hakim at-Termiziy majmuasida yo‘l va yo‘laklar hamda yozgi ayvonchalar rekonstruksiya qilinib, tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

03 Jan, 05:07

Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

01 Jan, 05:49

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli vohadoshlar!

Sizlarni kirib kelgan 2025-yil – Yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Yakunlangan 2024-yil xalqimiz uchun katta yutuqlar, unutilmas xotiralar va yangi marralar yili bo‘ldi. Barchamiz o‘z oldimizga ulkan maqsadlar qo‘yib, Siz azizlar bilan hamjihatlikda olib borgan mehnatlarimiz natijasida ularning ko‘pchiligini amalga oshira oldik. Ushbu muvaffaqiyatlarda har biringizning hissangiz borligi bilan faxrlanaman.

Boshlangan 2025-yilda ham viloyatimizni rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish va farzandlarimizga nurli kelajak yaratish yo‘lida birgalikda yanada ulkan ishlarni amalga oshiramiz degan umiddaman.

Yangi yil barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, fayz-baraka olib kelsin. Xonadonlaringizni quvonch va shodlikka to‘ldirsin. Ishlaringizda omad, maqsadlaringizga erishishda kuch-quvvat tilayman!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Cheksiz hurmat va ehtirom bilan,

O’ktam To’rayev
Termiz shahar hokimi

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

01 Jan, 05:48

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

31 Dec, 04:25

Termizdagi "Mustaqillik" maydonida o‘rnatilgan viloyatning bosh archasi atrofida Yangi yil bayrami konsert tomoshalari davom etmoqda.

Navbatdagi konsert dasturida estradamiz yulduzi Jasur Mavlonov sho‘x va bayramona qo‘shiqlari bilan vohadoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Kunlik konsertlar dasturi rejasi bilan
bu yerda tanishishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

30 Dec, 11:27

Bugun Termiz shahar hokimi O’.To’rayev boshchiligida shahrimiz aholisi, iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish ta’minotining barqarorligini ta’minlash maqsadida Termiz shahardagi podstantsiyalarning tayyorgarligi, ish tizimi ko’zdan kechirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

30 Dec, 08:27

Bemor bolalar va ayollarga yangi yil sovg‘alari ulashildi

Bugun Termiz shahar hokimi O’.To’rayev shahar tibbiyot markazida bo‘lib, muassasada davolanayotgan 50 ga yaqin bolajonlar hamda ayollar holidan xabar oldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

30 Dec, 08:01

Termiz shahrida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati o‘rganildi

Termiz shahar hokimi O’.To’rayev shahardagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi. Yangi yil bayrami oldidan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, dasturxonlar to‘kin-sochinligi uchun narx-navolarning arzon bo‘lishini qat’iy nazoratga olinganligiga e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga bayram dasturxonlari uchun zarur mahsulotlarning uzluksiz sotilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

#Termiz_shahar #Yarmarka #yangiyil #yashildunyo

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

29 Dec, 18:51

Termiz shahridagi "Mustaqillik" maydonida o‘rnatilgan viloyatning asosiy Yangi yil bayrami archasi atrofida turli ko‘ngilochar tadbirlar, shou konsert tomoshalari, bolalar uchun har xil o‘yinlar tashkil etilgan.

Shuningdek, xalqimizning bayram kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida poytaxt Toshkentdan tashrif buyurgan estrada xonandalari hamda vohamiz san’atkorlari ishtirokida konsert tomoshalari o‘tkazilmoqda.

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova o‘z chiqishlari bilan vohadoshlarimizga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Kunlik konsertlar dasturi rejasi bilan
bu yerda tanishishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

24 Dec, 09:05

2017-2024 йилларда мактабгача ва мактаб таълими тизимида амалга оширилган қурилиш-таъмирлаш ишлари статистикаси.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

23 Dec, 06:24

Qish kunlarida tungi vaqtda Termiz shahri hududida elektr ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf qilish maqsadida mas’ul tashkilotlar, ishchi guruhlaridan tashkil etilgan "Kuz-qish shtabi"ga qo’shimcha avtotransport vositalari hamda maxsus brigadalar tashkil qilinib, shahar hududidagi barcha energiya esurslarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf qilish uchun yo’naltirilib, aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni joyida bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

Foto: Mobil tasvirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

23 Dec, 06:19

Surxondaryo viloyatining savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

📈2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 5 673,3 mlrd so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,3 % ga yuqori.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

23 Dec, 06:17

“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

“Yoshlar forumi – 2024” doirasida Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahar "Jayxun" mahallasi yoshlar yetakchisi Zarifa Jabborova “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʻnalishi bo'yicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

22 Dec, 14:35

📹 Termizda Yangi yil bayrami shukuhi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

22 Dec, 11:24

No comment | Surxoncha sifat va arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

22 Dec, 11:24

Xalqaro turnirda surxondaryolik kurashchilar sovrindorlar qatoridan joy oldi

Toshkent shahridagi "Universal" sport majmuasida Kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi xalqaro turnirining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan eng kuchli polvonlar kuch sinashdi.

Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan polvonlar qatorida surxondaryolik kurashchilar ham quyidagi vazn toifalarida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi:

+100 kg vazn toifasida (erkaklar o‘rtasida);
🥇-o‘rin — Muhsin Hisomiddinov.

100 kg vazn toifasida (erkaklar o‘rtasida);
🥇-o‘rin — Shermuhammad Jandriyev.

+87 kg vazn toifasida (ayollar o‘rtasida);
🥇-o‘rin — Yulduz Muhammadiyeva.

63 kg vazn toifasida (ayollar o‘rtasida);
🥈-o‘rin — Komila Qahhorova.

100 kg vazn toifasida (erkaklar o‘rtasida);
🥉-o‘rin — Muhammadkarim Xurramov.

+100 kg vazn toifasida (erkaklar o‘rtasida);
🥉-o‘rin — Jamshid Mamatrahimov.

Kurashchilarmiz va vohadoshlarimizni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

27 Nov, 05:25

⛽️ Termiz shahrining bazi mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Termiz shahar “Temir yo‘lchi” mahallasidagi yuqori bosimli RDUK-200 markali GTSHni “Yulduz” mahallsi Ibn-Sino ko‘chasi yoqasiga ko‘chirish va undagi qurilmalarni estetik jihatdan tartibga keltirish ishlarini bajarish uchun, Termiz shahrining “A.Navoiy”, “Kokildor ota”, “Temir yo‘lchi”, “Yulduz”, “Kattabog‘“, “Alpomish”, “Bog‘ishamol”, “O‘zbekiston” MFY larda , 27-noyabr kuni soat 8:10 dan 18:00 gacha ta’mirlash ishlari tugagunga qadar aholi hamda ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

❗️Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

27 Nov, 05:22

Termiz shahar | Yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar
 
Termiz shahar prokuraturasi tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish sohasida maqsadli undiruv, nazorat va o‘rganish tadbirlari davom etmoqda.

Shu jumladan sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan shahar hokimi O’.To’rayev, viloyat Va shahar prokurorlari va mas’ullar ishtirokida tanishildi.

21 Nov, 12:51

❗️Prezident Farmoni bilan vazirlar tayinlandi:

Laziz
Kudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar,  sanoat  va  savdo  vaziri;

Botir Zaxidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni  qisqartirish  va  bandlik  vaziri;

Ibroxim Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq  xo‘jaligi  vaziri;

Shavkat Xamrayev – O‘zbekiston Respublikasi suv  xo‘jaligi  vaziri;

Sherzod Xidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi  vaziri;

Ilxam Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport  vaziri;

Jo‘rabek Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi  energetika  vaziri;

Bobir Islamov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon  sanoati  va  geologiya  vaziri;

Sherzod Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli  texnologiyalar  vaziri;

Aziz Abduxakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;

Asilbek Xudayarov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni  saqlash  vaziri;

Xilola Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;

Kongratbay Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy  ta’lim,  fan  va  innovatsiyalar  vaziri;

Adxam Ikramov – O‘zbekiston Respublikasi sport  vaziri;

Ozodbek Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat  vaziri;

Akbar Tashkulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya  vaziri;

Baxtiyor Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi  ishlar  vaziri;

Abdulla Kuldashev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda  vaziyatlar  vaziri;

Po‘lat Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki  ishlar  vaziri;

Baxodir Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari etib tayinlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

21 Nov, 10:27

🏐 Surxondaryoning talaba qizlari voleybol musobaqasida bellashdi

Yurtimiz bo‘ylab "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida turli yosh toifalarida sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday musobaqalarning navbatdagisi Surxondaryodagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazildi.

Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan musobaqalarda oliygohlarning qizlar jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🥇-o‘rin – Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi;
🥈-o‘rin – Termiz davlat universiteti jamoasi;
🥉-o‘rin – Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi.

Shuningdek, talaba yoshlar "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida 5 ta sport turi bo‘yicha hududiy bosqich birinchiligi uchun kurash olib borishdi. Vohamiz talaba-yoshlariga musobaqalarning respublika final bosqichida omadlar tilaymiz.

Eslatib o‘tamiz, Termiz shahri "Besh tashabbus" olimpiadasining mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Stritbol sport musobaqalariga mezbonlik qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

21 Nov, 04:49

E'lon

21-noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha Termiz shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan 110/10/6 kV li "Sharq" podstantsiyasidan chiquvchi T-5 kuch transformatorida joriy ta'mirlash ishlarini bajarish maqsadida "Bo'ston", "Jayhun", "A. Avloniy", "Shifokor", "O'zbekiston", "Tuproqqo'rg'on", "Alpomish" mahallalari hududida vaqti-vaqti bilan elektr energiya ta'minotida uzilish bo'lishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali uzr so'raydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

20 Nov, 18:29

Termiz shahar hududida reklamalarni tartibga solish ishlari davom etmoqda

Termiz shahar hokimligi ishchi guruh a’zolari tomonidan shahar hududidagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlari, noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalarini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar!

Tashqi axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalarning, reklama qurilmalarini o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

20 Nov, 18:26

Termiz shahri | Dolzarb 50 kun

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

20 Nov, 18:26

Termiz shahri | Mehrjon bayrami

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

20 Nov, 12:36

🤽Termizda Stritbol musobaqasining final bosqichiga start berildi

Xabar berganimizdek, Termiz shahri "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan Stritbol musobaqasining respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun "Surxon" sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Shundan so'ng, mahalla yoshlari o‘rtasida C liga 16-21 hamda 22-30 yosh toifasida stritbol bahslari boshlandi. Ayni damda qizlar o‘rtasidagi bahslar o‘tkazilmoqda.

👏 Musobaqaning barcha ishtirokchilariga omad tilaymiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

15 Nov, 05:11

🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

14 Nov, 14:28

🗣Hurmatli fuqarolar!

Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

14 Nov, 04:33

Termiz shahrida kuzgi yomg‘ir bilan birga tabiat o‘zining oltin ranglari bilan o‘zgacha nafosat kasb etmoqda

Yomg‘ir shahar ko‘chalari va xiyobonlariga mayin tus bag‘ishlaydi, daraxtlarning yaproqlari namlikdan jilvalanib, oltin va sariq ranglarda tovlanadi.

Yomg‘irli havoda Amudaryoning nam shabadasi o‘ziga xos xushbo‘ylik va orom bag‘ishlaydi. Daraxtlar orasidan o‘tgan shabada oltin yaproqlarni uchirib, ularni sokin daryo tomon yetaklaganday tuyuladi.

🟠 Foto: Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

14 Nov, 02:41

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov sovuq kunlar kirib kelishi munosabati bilan markaziy isitish qozonxonalar faoliyatini ko'zdan kechirish maqsadida Termiz shahrining "O‘zbekiston" mahallasiga tashrif buyurdi. Kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun hududdagi qozonxona ta’miriga yetarli mablag‘ ajratilib, ishlar yakuniga yetkazilgan bo‘lsada, ayrim ko‘p qavatli turar joylarga talab darajasida issiqlik yetkazib berilmayotganligi tanqid qilindi.

Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bir kun muddatda bartaraf etish topshirig‘ini bergan viloyat rahbari mahalla hududidagi 15-sonli bog‘chaning isitilishini ham ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, piyodalar yo‘lagi bo‘ylab "Alpomish" mahallasiga borildi. Yo‘lak piyodalar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarning erkin harakatlanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida rekonstruksiya qilingan. Biroq, ayrim qismlari qazilib, ta'mirlanmagan, natijada loy yig‘ilib piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Viloyat rahbari holatga e'tibor qaratmagan mutasaddilar faoliyatini tanqid qilib, bir kun muddatda kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi.

Shuningdek, "Alpomish" mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari va profilaktika inspektorining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha joriy yil 10-noyabrdan boshlangan "Dolzarb 50 kunlik" doirasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

10 Nov, 15:01

🗣O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida bo‘ladi.

Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.

O‘zbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

10 Nov, 09:53

🗣Eng yaxshi investisiya — farzand taʼlimiga kiritilgan investisiyadir!

🕌 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasi gʻolibi, 28-Bolqon matematika olimpiadasining kumush medali sohibi Javohir Anvarov Termiz shahridagi 14-maktabning 9-sinfida oʻqiydi.

Unga kuni kecha Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro olimpiada gʻoliblarini taqdirlash marosimida yirik pul mukofoti topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

09 Nov, 09:23

🗣Surxondaryo viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 13 344,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 % ga o‘sdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

09 Nov, 08:28

🗣Termiz shahridagi “Serenada” tantanalar saroyida qo‘shaloq bayram Tibbiyot xodimlari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

09 Nov, 08:26

08 Nov, 07:15

🗣Bugun xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Sessiyada To’rayev O’ktam Ismoilovich shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

08 Nov, 06:13

🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Nov, 18:20

🗣Termiz shahrida “TADBIRKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” bo’lib o’tdi.
         
Termiz shahar IIB JHH Probatsiya guruhi nazoratida bo'lgan yoshlar bilan Probatsiya guruhi inspektori B.Eshnazarov tomonidan Termiz shaharda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan “Bilol hazrat dunyo” xususiy korxonasi rahbari bilan uchrashuv o'tkazilib tadbirkorlikka qiziqishi bo'lgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash masalasida huquqiy jihatdan yordam ko'rsatildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

07 Nov, 12:04

🗣E` L O N

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-avgustdagi 22-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilning 8-noyabr kuni Termiz shahrida “Talaba - Yugur” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir o‘tkaziladigan vaqtda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 8-noyabr kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha shaharning Alisher Navoiy ko‘chasining “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidagi chorrahasi, Alisher Navoiy va Islom Karimov (Bojxona chorrahasi) ko‘chalari kesishgan chorrahasidan “Begoyim” restorani chorrahasigacha hamda ushbu chorrahadan “Barkamol avlod” ko‘chasining Hakim at-Termiziy ko‘chasi kesishgan chorrahasiga (“Bolajon” bog‘iga)cha transport vositalari harakati cheklanishini ma‘lum qilamiz.

🇺🇿 Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

05 Nov, 15:49

Termiz shahridagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, reklama va e’lonlar, ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari), ularning “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga mosligi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi sohaga oid mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Qonun hujjatlari talablari buzilishini oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borilib, profilaktika xabarnomasi bilan tanishtirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

05 Nov, 08:16

Termiz shahar prokuraturasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida Termiz shahridagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida "BO‘SH ISH O‘RINLARI" Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida shahardagi 32 ta tashkilot va muassasalar o‘zlarining 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, yarmarkada 44 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, 50 nafar ishsizlarga tegishli tashkilot va muassasalar bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi davomida o‘zini o‘zi band qilib subsidiya asosida mehnat qurollari so‘rab murojaat qilgan 17 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinkalari hamda boshqa turli mehnat qurollari berildi, 17 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

05 Nov, 08:05

"Keksalar haftaligi" hamda "Keksalar uchun turizm oyligi"ga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktabda faxriy nuroniy otaxonlar hamda yoshlar ishtirokida madaniy tadbir bo’lib o’tdi. Maqomchilik yo’nalishida jonli maqom ashulalar ijro etilib,ushbu tadbir ishtirokchilarga zavq-shavq bag’ishlab, xursandchilik ulashdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 21-oktabr kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlab kengaytirilgan tarzda videoselektor yig’ilishi o’tkazilgan edi.

Ushbu yig’ilishning ijrosi yuzasidan bugun Termiz shahar "Guliston" mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari olib borildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

05 Nov, 05:05

#Инфографика

Давлат тиббий суғуртаси: кафолатланган пакет доирасида бепул тиббий хизмат кўрсатади

⬆️ Кафолатланган бепул тиббий хизматларни олиш тартиби батафсил инфографикада

🌐
https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

02 Nov, 05:05

Termiz shahar saylov komissiyasining 2024-yil  30-oktabrdagi "Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida"gi 9-sonli qarori qabul qilindi.

Shahardagi saylov okruglaridan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 25 nafar deputatlar saylandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

01 Nov, 06:05

⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ikki hududda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 1-noyabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Termiz tumanida soat 11:00 dan 16:00 gacha;

🟠Termiz shahrida soat 12:35 dan 17:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o'tadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

01 Nov, 05:00

🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

31 Oct, 12:33

🇺🇿 Ўзбекистон COP29да иштирок этади: самарали ҳамкорлик ва янги имкониятлар

Ўзбекистонда 2024 йилнинг 11–22 ноябрь кунлари Озарбайжон пойтахти Боку шаҳрида бўлиб ўтадиган Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Иқлим ўзгариши бўйича доиравий конвенцияси (BMT UNFCCC) иштирокчилари конференциясининг 29-сессиясига (COP29) қизғин тайёргарлик кўрилмоқда. Бу ҳақда Экология вазирлиги хабар берди.

COP29 доирасида Ўзбекистон ҳукумати томонидан ўзбек маданияти, тарихи ва ноёб муҳити асосидаги анъанавий тамойиллар ва технологияларни акс эттирувчи Миллий павильон очилади. Анъанавий ўзбек хонадони – «ҳовли» намунаси бўлган павильон йиллар давомида ҳар бир ўзбек хонадони маскани бўлиб келган ҳовли муҳитини ўз ичига олади.

Бу ерда табиат уйнинг бир қисмига айланади: узум билан қопланган яшил майдонлар соя ва қулайлик яратади, анъанавий материаллар ва қадимий қурилиш усуллари эса экологик тоза ва барқарорликни ўзида мужассам этади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

31 Oct, 12:33

🗣Termiz shahri aholisi diqqatiga!

Аgar sizning hududingizda ichimlik suvi ta‘minotiga oid muammolar yoki avariya holatlari yuzaga kelgan bo`lsa, zudlik bilan bizga murojaat qiling!

Murojaat uchun "Surxondaryo suv ta'minoti" AJ Termiz shahr bo‘limining 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi dispetcherlik raqami: 76-227-31-81, 88-809-90-91, 91-587-37-71

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

30 Oct, 12:49

🗣Termiz shahar aholisi diqqatiga!

Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Termiz shahar prokuraturasi hamkorligida joriy yilning 1-noyabr kuni soat 10:00 da Termiz shahar “San'at saroyi” binosida bo'lib o'tadigan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga barchani taklif etamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

30 Oct, 12:06

🗣Ayni vaqtda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralashning shahar bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Mamlakatimizdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta‘sis etilgan.

📝 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, bilim va salohiyatini mamlakat rivojiga safarbar etadigan o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi, noyob iste’dodi, yetakchiligi bilan ajralib turadigan xotin-qizlar orasidan tanlab olinadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

24 Oct, 04:56

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНЕСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди. Ушбу қарор 2024 йил 22 октябрь куни Париж шаҳрида бўлиб ўтган ЮНЕСКО Ижроия кенгашининг 220-сессиясида Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан илгари сурилган ташаббус доирасида бир овоздан қабул қилинди.

Мукофот икки йилда бир маротаба сунъий идрок соҳасида одоб-ахлоқ ва инклюзивликни ривожлантириш ҳамда халқаро илмий ҳамкорликни мустаҳкамлашга хизмат қилувчи залворли лойиҳаларга берилади. Ғолиблар мустақил халқаро ҳакамлар ҳайъати томонидан саралаб олинади ва жаҳон илм-фанига қўшган ҳиссаси эътирофи рамзи сифатида пул мукофоти, сертификат ва медаль билан тақдирланади.

Илк тақдирлаш маросими 2025 йилнинг ноябрь ойида Самарқанд шаҳрида ЮНЕСКО Бош конференсиясининг 43-сессияси доирасида бўлиб ўтади, бу эса мазкур ташаббуснинг Ўзбекистон ва халқаро ҳамжамият ўртасидаги муносабатларни мустаҳкамлашда муҳим аҳамиятга эга эканини ифодалайди.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

23 Oct, 13:05

🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 82-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, mahalla xodimlari va aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi 16 ta masala ko’rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishi davomida har bir bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan masʼullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan masʼullar tomonidan javob berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

23 Oct, 12:53

🗣Sektor rahbari va mehnat migratsiyasidagi masofaviy yoshlar uchrashuvi: Hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi!

Termiz shahrida O'.To'rayev boshchiligida sektor va tashkilot rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo'limi, mahalla yetakchilari, keng jamoatchilik faollari ishtirokida tashqi mehnat migratsiyasidagi yoshlar bilan masofaviy video muloqot o’tkazilmoqda.

Uchrashuv davomida shahar hokimi aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tinglamoqda. Murojaatlar yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilmoqda va ijrosi nazoratga olinadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

21 Oct, 06:16

🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

21 Oct, 06:05

🗣21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🎩 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

👨 Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 50 mln nafardan ko‘proq odam o‘zbek tilida so‘zlashadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

20 Oct, 10:33

Бир ҳафтадан кейин — сайлов!

27 октябрь куни бўлиб ўтадиган сайловлар ҳар доимгидан кўра муҳим ва катта янгиликларга бой бўлиши кутиляпти. Бу йил сайлов жараёни илғор технологиялар асосида ташкил этилиши эса жуда зўр янгилик. Чунки замонавий воситалардан фойдаланиш сайлов жараёнининг янада шаффоф ва осон кечишини таъминлайди.

Айниқса, бу йилги сайловларда аралаш тизимнинг жорий этилиши муҳим ўзгаришлардан биридир. Бу тизим фуқароларга ҳам номзодлар, ҳам сиёсий партиялар учун овоз бериш имконини беради, бу эса кенгроқ танлов қилиш имкониятини тақдим этади.

Бу ўзгаришлар нафақат сайлов жараёнини замонавийлаштириш, балки халқнинг сиёсий жараёнлардаги иштирокини янада кучайтиришга қаратилган. Сиз ҳам ўзингизга берилган имкониятдан фойдаланиб, 27 октябрь куни ўтадиган сайловларда фаол иштирок этинг ва келажакда мамлакатимизда амалга ошириладиган ўзгаришларга таъсир кўрсатинг!

Сизнинг овозингиз муҳим!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

18 Oct, 18:13

🗣Etno shaharcha qurilishi – Eski Termiz madaniyati va tarixini qayta jonlantirishga, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

18 Oct, 05:26