Temiryo'lchi.uz @temiryolchi_uz Channel on Telegram

Temiryo'lchi.uz

@temiryolchi_uz


Temiryo'lchi Sheroz Ismoilovning Telegramm portaliga Xush kelibsiz! Bu yerda temiryo'l va barcha transport sohalari, shuningdek eng so'nggi boshqa yangiliklar bilan ham tanishib borishingiz mumkin.

E'lon va takliflar uchun: @temiryulchi_uz

Temiryo'lchi.uz (Uzbek)

Temiryo'lchi Telegramm Kanaliga Xush kelibsiz! Bu kanalda temiryo'lga doir eng zarur ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin. Temiryo'lchi.uz kanali, temiryo'l sohasida faoliyat yurituvchi va uni o'rganishni istagan insonlar uchun maqul va foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Bu kanalda temiryo'l sohasidagi eng yangi yangiliklar, texnologiyalar, uslublar va ko'p tajribali mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladigan foydali tavsiyalar mavjud. Agar siz temiryo'l sohasida o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirishni xohlaysiz bo'lmasa, Temiryo'lchi.uz kanali siz uchun eng yaxshi tanlov bo'ladi. Kanalga a'zo bo'lib, temiryo'l sohasi haqida eng so'nggi va eng foydali ma'lumotlardan xabardor bo'ling! Temiryo'lchi.uz - temiryo'l sohasidagi yangiliklardan bir qadam oldingiz.

Temiryo'lchi.uz

04 Jan, 04:58


OGNETUSHITELLAR.

Yong‘in sodir bo‘lganda qo'llaniladigan ognetushitellar quyidagi turlarga bulinadi:

1⃣ Suvli (ОВ);

2⃣ Ko'pikli. Ko'pikli ognetushitellar o‘z navbatida havo ko'pikli (OВП), kimyoviy ko'pikli(OXП) turlarga bulinadi;

3⃣ Kukunli (OП);

4⃣ Gazli. Gazli ogneutshitellar o‘z navbatida uglikislotali (OУ), gazlarni sovutilib ishlatiladigan (OX) turlarga bo‘linadi.

‼️ Temir yo'llarda kukunli(ОП) va uglikislotali(ОУ) ognetushitellar ishlatiladi.

➡️ Kukunli ognetushitellar A, B sinfidagi yong'inlarni (yog'och, qog'oz, bo'yoq va yoqilg'i-moylash materiallari), C (gazsimon moddalar) va 1000 V gacha kuchlanishdagi elektr inshootlarini o'chirish uchun ishlatiladi.

➡️ Uglekislotali ognetushitellar
(yoki uglerod kislotali ognetushitellar) – bu muayyan kimyoviy komponentlardan iborat bo'lgan va yong'inni o'chirishda yoki yong'inni nazorat qilishda ishlatiladigan uskunalardir. Ular yong'in chiqarishning oldini olish uchun bir qator kimyoviy jarayonlarni amalga oshiradi.


KANALGA A'ZO BO'LING👇
👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

03 Jan, 17:03


‼️ ESLATMA.

Hurmatli obunachilar sizlarga Toshkent shahrida 2025-yil 1-yanvar kunidan boshlab avtobuslar salonida naqd pul qabul qilish amaliyoti to'xtatilganligini eslatib o'tamiz.

Agar Toshkent shahrida avtobuslarga chiqmoqchi bo'lsangiz shahar bo'ylab o'rnatilgan 5000 dan ortiq Paynet, MultiPay va Oson infokioskalaridan 3000 so'm evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilishingiz kerak bo'ladi.

Lekin avtobus ichida Bank kartalari, Mobil ilovalar yoki ATTO transport va virtual kartalari orqali yo'l haqini 1700 so'm amalga oshirishingiz mumkin, bu ham vaqtingizni ham mablag'ingizni tejaydi.


KANALGA A'ZO BO'LING👇
👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

03 Jan, 13:25


Qozog'istonda yuzlab avtomabillar ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'ldi.

Qozog‘istondagi Ostona-Shuchinsk magistral yo‘lining Ko‘g‘om va Qoratol qishloqlari orasidagi qismida yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Qayd qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti (sovuq va kuchli shamol) tufayli yo‘l ertalab soat 7:20 da yopilgan. Tushga yaqin yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam berish uchun politsiya va maxsus texnika yetib kelgan. Shundan so‘ng, mashinalar karvoni Shuchinsk tomon harakatlangan. Harakatlanish jarayonida mashinalardan biri tezlikni me’yoridan oshirgan, oqibatda, yuzlab avtomobillar to‘qnashgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q.


KANALGA A'ZO BO'LING👇
👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

03 Jan, 12:08


HIMOYA KASKASI.

Ish jaryonida himoya kaskasini kiyish bekorga majburiy qilinmagan. Balandlikdan tushgan jismlar hayot uchun doimo xavfli, buni misolini mana shu videoda ham ko'rishingiz mumkin.

Rahbarlar tomonidan "himoya kaskasini nega kiymagansan, tushuntirish xati yozib bersan" degan gap so'zlar bo'lsa xafa bo'lib yurmaylik, hammasi o'zimizning foydamiz uchun.


KANALGA A'ZO BO'LING👇
👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

03 Jan, 05:56


Rasman: Vazirlar Mahkamasining 894-son qarori talablari notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Qoidalarning 85-bandida maishiy isteʼmolchilar koʻzda tutilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi isteʼmoli 200 kilovattdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 soʻm emas, 540 soʻmdan toʻlanadi” mazmunida notoʻgʻri maʼlumot aylanmoqda.

Ayrim blogerlarning qaror mohiyatini toʻla anglab yetmay turib, notoʻgʻri maʼlumot tarqatishlari tufayli aholi orasida turli tushunmovchiliklar paydo boʻlmoqda.

Biz bloger va jurnalistlarni ijtimoiy masʼuliyatli boʻlishga, xayp ortidan quvib, oʻzlari tushunib yetmagan maʼlumotni tarqatishdan tiyilishga chaqiramiz.

Batafsil


KANALGA A'ZO BO'LING👇
👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

03 Jan, 04:58


AQSHda metro kutib turgan erkak fojiali tarzda vafot etdi.

AQSH ning Nyu-York shahrida platforma chetida poyezd kutib turgan shaxs orqadan relsga itarib yuborildi.

Qotil voqea joyidan qochib ketgan, politsiya qidiruv ishlarini boshlagan.


KANALGA A'ZO BO'LING👇
👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

03 Jan, 03:33


Qanday baxtsiz xodisalar o'rganilib chiqiladi va ro'yxatga olinadi.

Ish vaqtida korxona hududida ishchi o‘zining mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ishini bajarayotgan vaqtda,  korxona hududida yoki uning atrofida ma’muriyatning biror bir topshirig‘ini bajarayotgan vaqtda, korxonaning yoki boshqa tashkilotning transportida tashilayotgan vaqtida, xizmat safari yoki vaxtada bo‘lganda, hasharlar vaqtida, shuningdek ish vaqtida yer silkinishi, tabiy ofatlar, qutirgan yoki yovvoyi hayvonlar hujum qilishi natijasida sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa o‘rganilib chiqiladi.

Qanday baxtsiz hodisalar ro‘yxatga olinmaydi.

Ishchi xodimning tabiy o‘limi, o‘zini o‘zi joniga qasd qilishi, ataylab o‘z sog‘ligiga zarar yetkazish (sud med ekspertiziya xulosasiga ko'ra). O‘g‘irlik qilish vaqtida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa o‘rganilib chiqiladi, lekin ro'yxatga olinmaydi.


KANALGA A'ZO BO'LING👇
👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

02 Jan, 16:06


❗️Ertaga, 3 yanvar — barcha uchun ish kuni

Bugun Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 6 kunlik dam olish kunlari tugaydi.

3 yanvar — barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

❗️Prezident qaroriga ko‘ra, joriy haftadagi shanba kuni (4 yanvar) haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ish kuni hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan bugun (2 yanvar) dam olishdi.

👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

02 Jan, 15:47


Namangan viloyatida uzunligi qariyb 482 metr bo'lgan ko'prik qurilmoqda.

Ko'prik Uchqo'rg'on, Uychi, Norin tumanlarini Namangan shahri bilan bog'laydi. Loyiha qiymati 185 mlrd so'mga yaqin bo'lib hozirda qurilish ishlari davom etmoqda.

Ushbu ko'prikni qurishdan asosiy maqsad transport tirbandligini kamaytirish, avtomabillar harakatini tartibga solishdan iborat.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

02 Jan, 12:50


MUZLIK EKSPRESSI

Muzlik ekspressi — dunyodagi «eng sekin yuruvchi ekspress poyezdi» sifatida mashhur bo‘lgan sayohat yo‘nalishidir. Sakkiz soat davomida u sizni hayratlanarli, go‘zal Shveysariya Alp tog‘lari orqali olib o‘tadi. Ekspress Sarmatt va Sankt-Moritsni bog‘laydi.

Bu mashhur yo‘nalish 291 km ni tashkil etib, u 91 ta tunnel va 291 ta ko‘prik orqali o‘tadi, shuningdek u baland tog‘lar, yam-yashil vodiylar va maftunkor Alp qishloqlarining ajoyib manzaralarini yo‘lovchilarga taqdim etadi.
  
Yo‘nalishning eng diqqatga sazovor joyi bu YUNЕSKO ning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Landvasser viadugi bo‘lib, u yerda poyezd olti qavatli ko‘prikdan o‘tib, toshdan o‘tgan tunnelga kirib ketadi. Poyezd shuningdek, 2033 metr balandlikdagi eng yuqori nuqta — Oberalp dovoniga ko‘tariladi, bu dovon qorli cho‘qqilar bilan o‘ralgan.
  
Panoramali oynalar orqali sayohatchilar hashamatli qulaylikda Shveysariya taomlaridan bahramand bo‘lib, go‘zal manzaralardan zavq olishlari mumkin. Muzlik ekspressi tabiatni sevuvchilar va poyezd ixlosmandlari uchun juda mos keladi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

01 Jan, 10:15


YO‘L - YO'RIQLAR TURLARI VA ULAR QACHON O'TKAZILADI.

Mexnat muxofazasi bo'yicha yo'riqnomalar 5 ta turga ajratiladi.

1⃣ Kirish yo'riqnomasi ishchi ishga kirayotgan vaqtda.

2⃣ Birlamchi yo'riqnoma stajirovka tugatilib mustaqil ishga ruxsat berilayotgan vaqtda, bir ishdan boshqa xarakterli ishga o'tkazilganda, ishga yangi qabul qilinganda yoki boshqa korxonadan ishlashga qabul qilinib, boshqa korxona ishlarini bajarishga kirishganda, amaliyotga yoki o'qitishga kelgan o'quvchi va talabalarga o'tiladi.

3⃣ Joriy yo'riqnomadan barcha ishchi xodim har safar ish boshlanishidan oldin.

4⃣ Davriy yo'riqnomadan barcha ishchi xodim har uch oyda.

5⃣ Navbatdan tashqari yo'riqnoma ishlab chiqarish jarayoni o‘zgarganda, bir turdagi qurilma boshqa turdagigal o‘zgartirilganda v.h. hollarda, sex, bo‘linma va brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya sodir bo‘lganda, ishni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni kiritish orqali qo‘yilgan qo‘shimcha talablarni ishlovchilarning e’tiboriga yetkazish zaruriyati to‘g‘ilganda, mehnat xavfsizligining qo‘shimcha (kuchaytirilgan) talablari quyilgan ishlar uchun 30 kalendar kunidan ziyod, qolgan ishlar uchun esa 60 kundan ziyod bo‘lganda, ishlovchini xizmat safariga jo‘natishdan oldin o'tkaziladi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

01 Jan, 08:27


O‘zbekistonda 1-yanvardan kuchga kirgan ayrim  o‘zgarishlar.

🔹 Toshkentda avtobus va metroda naqd pul shakldagi yo‘lkira narxi oshdi;

🔹 Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga oshiriladi;

🔹 Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

🔹 Sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi;

🔹 Tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilindi;

🔹 Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirildi;

🔹 Tuman (shahar)lar hokimliklariga yangi vakolatlar berildi;


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

01 Jan, 08:07


Rasman: «Futbol TV» telekanali efirga chiqdi

Bugun, 2025 yilning 1 yanvaridan boshlab yangi «Futbol TV» telekanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yangi telekanal Foreign Language o‘rnida faoliyat boshladi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

31 Dec, 14:12


Avstraliyada yangi 2025-yilni kutib olishdi. Yangi yilni Alloh barchamizga xayrli qilsin.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

31 Dec, 10:37


"Toshkent metropoliteni" DUK dan yil oxirida yana bir quvonchli xabar, metro vagon parkiga 3 ta yangi harakat tarkiblari (12 ta metro vagoni) olib kelindi.

Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo'riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o'tkazilib, so'ngra yo'lovchilarga xizmat qilishi yo'lga qo'yiladi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

31 Dec, 08:06


Mehnat xavfsizligi buzilishining qaysi hollarida bir yo'la birinchi va ikkinchi ogohlantirish talonlari olib qo'yilishi mumkin ?

Agar buzilish xodimning o'zi va boshqa xodimlarni jarohatlanishiga olib kelgan bo'lsa;

Agar buzilish harakat xavfsizligi, xodimlarning hayoti va sog'lig'iga tahdid solgan bo'lsa, bajarilayotgan ishni to'xtashiga olib kelgan bo'lsa;

Agar buzilish oqibatida ishlab chiqarishga O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 va undan ortiq miqdorida zarar yetkazilgan bo'lsa;

Agar buzilish korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan mehnat muhofazasini buzilishlari ro'yxatiga kirsa.

❗️Ogohlantirish taloni olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida xodim xavfsizlik qoidalarini buzmasdan ishlagan bo'lsa 1- va 2-sonli yangi talon beriladi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

31 Dec, 05:50


POEZDNING TO'G'RI TUZULISHIGA STANSIYA XODIMLARI JAVOBGARDIRLAR.

Stansiya xodimlari poezdni jo’natishdan avval stansiyaning texnologik ish jarayoni, texnikaviy-boshqaruv aktlari, harakat grafigi va poezdlarni tuzish rejasiga muvofiq ravishda poezdning to’g’ri tuzilganligi, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri va mahkam o’rnatilgani, bu yuklarning bus-butunligi to’la ta’minlangani, poezd o’rnatilgan signallarga ega ekanligi va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganini tekshirishlari kerak.

Yuk va yuk-yo’lovchi poezdlarining oxirini ko’rsatuvchi signal uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish, bu poezdlarga signal uskunalarini osish va echib olish vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari xodimlariga yuklatiladi.

Poezdlarni tekshirish tartibi va stansiyaning tegishli xodimlarining mas’uliyatlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Temir Yo'llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

31 Dec, 02:53


Ijtimoiy tarmoqlarda 6378- sonli Termiz — Sariosiyo yoʻnalishidagi shaharlararo poyezdida yoʻlovchilar turib ketishmoqda degan xabarlarga izoh

Ushbu yoʻnalishdagi temir yoʻl poyezdida bitta joy yoki oʻrindiq uchun chiptalar sotilmaydi. Yoʻlovchilar umumiy poyezdda qatnovni amalga oshirish uchun toʻlov qilishadi. Toʻlov narxi 15000 soʻmni tashkil etadi. Ya’ni yoʻlovchilar poyezd holatiga qarab oʻtirib yoki turib ketish huquqiga ega.

Bundan tashqari bayram arafasi boʻlgani sababli yoʻlovchilarning temir yoʻl poyezdlariga boʻlgan ehtiyojlari ortishi va yoʻlovchilar soni odatdagidan koʻra koʻpayishini hisobga olishingizni soʻrab qolamiz.

Shu oʻrinda, Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar tarqatishda asosga ega bo’lmagan yoki tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻrab qilamiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

30 Dec, 15:28


1-sonli ogohlantirish taloni olib qo'yilganda qilinadigan ishlar ketma-ketligini bilasizmi

1⃣ №1-raqamli ogohlantirish taloni olinganda mehnat qonunlarida ko‘rsatilgan intizomiy chora sifatida “Hayfsan” e’lon qilinadi.

2⃣ №1-raqamli ogohlantirish taloni olinganda korxona rahbari yoki sex boshliqlari tomonidan haftasiga ikki kun, ikki soatdan mehnat xavfsizligi qoidalari va ichki mehnat qoidalari bo‘yicha dars o‘tiladi. Shundan so‘ng xodim bilim sinovidan o‘tkaziladi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

30 Dec, 11:29


#mehnat_muhofazasi

HASHAROTLAR CHAQQANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH.

Ari va qovoqari chaqish orqali o‘z zaharini teri ichiga yuboradi, bunda ari ignasi jarohatlangan joyda qolishi mumkin. Chaqish va tishlash ancha og‘riqli bo‘ladi, lekin kamdan-kam hollarda o‘limga olib keladi. Biroq ayrim odamlarda ular og‘ir allergik reaksiya beradi, ana shu reaksiya anafilaktik shokni keltirib chiqarishi mumkin.

❗️ Hasharotlar chaqqanida birinchi yordam quyidagicha ko‘rsatiladi:

1⃣ Igna teriga sanchilganicha turgan bo‘lsa, uni tirnoq yoki boshqa bironta buyum bilan chiqarib olish kerak. Bunda pinsetdan(qisqich) foydalanmaslik kerak, chunki igna qisilganda teri ichiga yanada ko‘proq zahar tushishi mumkin;

2⃣ Chaqilgan joyni yuvib, ifloslanmasligi uchun ustiga biron narsa yopib qo‘yiladi;
Og‘riqni va shishni kamaytiish uchun sovuq kompress qo‘yiladi;

3⃣ Jabrlanuvchining ahvolini muntazam kuzatib, allergik reaksiyani hisobga olib xushyor turish lozim.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

30 Dec, 06:08


#baxtsiz_hodisa

2024-yil 16-dekabr kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Markaziy poliklinikasi uqalovchisi Alimova Durdona Asqarovna bilan oqibati og'ir bo'lgan baxtsiz hodisa sodir bo'lgan.

Ma'lumot uchun 2024 yil boshidan sodir bo‘lgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar.

Jami 22 ta(oxirgisini qo'shganda)
Oqibati O‘lim 5 ta
Oqibati Og‘ir 14 ta
Oqibati O‘rta og‘ir 2 ta
Guruhli Oqibati og‘ir va yengil 1 ta.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

30 Dec, 03:48


XOVOS STANSIYASIDA G'ILDIRAK JUFTLARI IZDAN CHIQIB KETISH HOLATI.

2024 yilning 28-dekabrdan 29-dekabrga o‘tar kechasi, Xovos stansiyasi saralash parki navbatchisi I.sadullaev, saralash tepachasi GATS operatori Sh, Ashrapov, katta RSDV Z. Alishev va RSDV A. Jo'raboev, B.Dadaboev, B.G'ofurov, А.Mahkamboevlar navbatchilik vaqtida, qabul qilish parkining 1-yo‘lidan 2040 poyezdi (6980-42-7258) saralash tepachasiga yo‘nalishi bo‘yicha saralash uchun surib chiqiladi. DSPG I.Sadullaev tomonidan baland tovushli karnay orqali (GGS) raznaryadga elon qilinadi. Soat taxminan 22.05 larda saralash parkining 37-yo‘liga 4 ta vagon 54585492, 54544424, 42313007 va 54526033 sonli yukli vagonlar tashlanadi. Katta RSDV Z.Alishev tomonidan urilgan 2ta tormoz boshmokni urib chiqarvoradi 3-chi tormoz boshmog‘ini qo‘yishga ulgurumagan. Natijada  4ta vagon METS-3 rayoni tomon xarakatlanib ketadi va 37-yo‘lida muhofazalovchi tormoz boshmog‘ini ham sudralib yurib chiqarib yuboradi. Shu vaqtda saralash parkining 15-yo‘lidan tayyor bo‘lgan “Buxoro” poyezdi tortilib chiqayotgan poyezdiga yon tomonidan uruladi. Natijada 54585492 yukli (kod 20)  vagonning 4ta g‘ildirak juftlari temir yo‘l izidan chiqish xolatiga yo‘l qo‘yilgan. Joyida RB, RJU-1, D, URB-1, DS Xavast va korxona boshliklari chiqishgan.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

29 Dec, 13:52


‼️ELEKTR TOKINING XAVFLI PARAMETRLARI QIYMATI.

O'zgaruvchan tokda.

Inson hayoti uchun xavfli bo'lgan o'zgaruvchan tok kuchi asosan 30 mA (0.03 A) dan yuqori hisoblanadi. Tok kuchi 100 mA (0.1 A) dan yuqori bo'lsa, bu juda xavfli hisoblanadi va hayotiy xavf tug'dirishi mumkin.

Xavfli Kuchlanish qiymati haqida aytadigan bo'lsak, 50 V dan yuqori bo'lgan kuchlanish katta xavf tug'dirishi mumkin. 220 V va 380 V kabi uyda va sanoatda qo'llaniladigan kuchlanishlar ham juda xavfli hisoblanadi.

O'zgarmas tokda.

Tok kuchi: 10 mA (0.01 A) dan yuqori o'zgarmas tok, inson tanasi orqali o'tganda xavfli bo'lishi mumkin. 100 mA (0.1 A) dan yuqori holda esa yurak to'xtashi xavfi oshadi.

Volt: 50 V dan yuqori o'zgarmas tok, inson uchun xavfli hisoblanadi. Lekin agar inson terisi ho'l bo'lsa, bu qiymat xavfni keltirib chiqarishi mumkin.

Bu ma'lumotlar kelajakda elektr toki bilan muomala qilayotganingizda ehtiyotkor bo'lishni eslatadi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

29 Dec, 10:26


#takrorlash
Mehnat muhofazasi bo'yicha ogohlantirish tanlonini kimlar olish huquqiga ega ?

Yuqori tashkilotlarning rahbarlari va unga aloqador mutaxasislar;

,,O'zbekiston temir yo'llari" AJ mehnatni muhofaza qilish, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi xodimlari;

Tarmoq va hududiy kasaba uyushma qo'mitalarining mehnat muhofazasi bo'yicha mutaxasislari;

Korxona rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish mutaxasislari (muhandislari);

O'rta bo'g'in rahbarlari ( katta ustalar, katta elektromexaniklar, ustalar va boshqalar);

Mehnat muhofazasi vakillari ega.

Manba: ,,O'zbekiston temir yo'llari" AJ da mehnat xavfsizligiga rioya etilishi nazoratining talon tizimi to'g'risidagi nizom.


👉@temiryolchi_uz👈

Temiryo'lchi.uz

29 Dec, 07:07


1991-yildan boshlab yillarga qo'yilgan nomlar.

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024 yil - Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili

2025-yilAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

29 Dec, 04:14


Janubiy Koreyada yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi.

Tailanddan Janubiy Koreyaga uchib kelgan samolyot bortida 175 yo‘lovchi va ekipajning olti nafar a’zosi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 179 kishi aviahalokat qurboni bo‘lgan.

Janubiy Koreyadagi Yonhap agentligi xabar qilishicha, Jeju Air aviakompaniyasi samolyoti Bangkokdan parvoz qilgan. Mamlakat janubi-g‘arbida, Seuldan 288 km masofada bo‘lgan Muan aeroportiga qo‘nish chog‘ida u uchish-qo‘nish yo‘lagi tashqarisiga chiqib ketib, to‘siqqa urilgan. Koreya televideniyesi to‘qnashuvdan keyin kuchli yong‘in chiqqani aks etgan kadrlarni namoyish etdi.

Yo‘lovchilarning aksari, 173 kishi — Janubiy Koreya fuqarolari, yana ikki nafari — Tailand fuqarolari.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

28 Dec, 14:57


#Talon_tizimi
501-Н. 2021-yil 11-may.

"O'zbekiston Temir Yo'llari" AJ da mehnat xavfsizligiga rioya etilishi nazoratining Talon tizimi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash va amalga kiritish to'g'risida.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

28 Dec, 08:22


Agar stansiya yo‘li, strelkali yoki strelkasiz uchastka yoki dastlabki uzoqlashuv blok-uchastkasining xaqiqatda bandligida boshqaruv apparatidagi nazorat asboblari ularning (soxta) bo‘shligini ko‘rsatsa, stansiya navbatchisi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

➡️ Ko‘rik jurnalida uni darhol qayd etishi va SSB elektromexanigini chaqirishi;

➡️ Svetoforlar avtoharakatda turgan bo‘lsa – avtoharakatni bekor qilib, ularni yakka boshqarishga o‘tishi kerak.

❗️Nosozlik bartaraf etilguncha stansiya navbatchisiga quyidagilar ruxsat etiladi:

➡️ Poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, manyovr harakatlari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibga ko‘ra svetoforlarning taqiq ko‘rsatmasida amalga oshiriladi;

➡️ Ajratilgan uchastkaning harakat tarkibidan bo‘shligiga shaxsan o‘zi yoki stansiyaning boshqa xodimlari orqali amin bo‘lganidan so‘nggina, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, manyovr harakatlari marshrutlarini belgilash, uzoqlashuv bo‘yicha birinchi blok-uchastkaning soxta bandligi aniqlanganda esa, soxta bandlikdagi kabi, ushbu Yo‘riqnomaning 32 bandida belgilangan tartibda harakat qilishi kerak.

SSB elektromexanigi kelganidan so‘ng nosozlikni bartaraf etishi, buning iloji bo‘lmaganda esa - signaldan foylanishni saqlamasdan uchastkani o‘chirishi shart.

Manba:  O'zbekiston Respublikasi Temir Yo'llarida poezdlar harakati va Manyovr ishlari bo'yicha Yo'riqnoma.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

28 Dec, 02:39


#baxtsiz_hodisa

2024-yil 26-dekabrdan 27-dekabrga o'tar kechasi Termiz lokomotiv deposi filiali shaylovchisi vazifasida ishlagan Chorshanbiev O'ktam Abdullaevich bilan oqibati o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisa haqida m'lumot.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

27 Dec, 15:40


UzAuto Motors direktori lavozimidan ketdi.

Kompaniyaning bosh direktori Shvetsiyalik mutaxassis Bo Anderson o'z faoliyatini yakunladi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Bo Andersson muddati o'tgan debitor qarzlarini o'z vaqtida bartaraf etish choralarini ko'rmagani uchun jarimaga tortilgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun ushbu avtomabilsozlik top menejjiri 2021-yil avgust oyida UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlangan edi. Uning rahbarligida ishlab chiqarish ko'rsatkichlari sezilarli darajada oshgan, yengil avtomabillar ishlab chiqarish miqdorining o'sishi kuzatilgan.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

27 Dec, 12:54


"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasiga start berilgan marosimdan videolavha

Ushbu marosim bugun Qirg'izistonning Jalolobod tumanida o'tkazildi, unda Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov, O'zbekiston bosh vazirining o'rinbosari Jamshid Xo'jayev, Xitoyning Taraqqiyot va islohotlar qo'mitasi raisi Chjen Shansze rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

27 Dec, 08:59


POEZDLARNI TUZISH.

Quyidagilarni poezdlarga ulash taqiqlanadi:


➡️ Nosoz vagonlar;

➡️ Harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi va holati tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlamaydigan vagonlar;

➡️ Me’yoridan ortiq yuk ortilgan vagonlar;

➡️ Ochiq harakat tarkibida yuklarni ortish va mahkamlashning texnikaviy talablarini buzib yuklangan platforma va yarim vagonlar;

➡️ Kuzovning qiyshayishiga yoki vagonning rama va kuzovini harakat qismlariga urilishiga olib keluvchi o’tirib qolgan ressorli, shuningdek, tom qismlarining uzilib ketishi xavfi bo’lgan nosoz tomli vagonlar;

➡️ Relslardan tushgan yoki halokatga uchragan poezdda bo’lgan vagonlar toki ko’rikdan o’tkazilib, harakatga yaroqli deb tan olinguncha;

➡️ Belgilangan ta’mir turlari bajarilganliga to’g’risida yozuvi bo’lmagan vagonlar, ammo maxsus hujjatlar bo’yicha o’ziyurar yuk sifatida harakatlanayotgan vagonlar bundan mustasno;

➡️ Yurishi uchun maxsus ko’rsatmalar berilmagan holda nogabarit yukli platformalar, transportyorlar va yarim vagonlar;

➡️ Bortlari yopilmagan platformalar (DATK ning maxsus yo’riqnomalarida ko’rsatilgan holatlar bundan mustasno), bunkerlari mahkamlanmagan vagonlar, yuqori va pastki yuklash-tushirish kopqoqlari ochiq sisternalar, xopperlar, don tashiydigan, sement tashiydigan va shu kabi harakat tarkiblari;

➡️ Eshiklari va lyuklari ochiq yoki lyuklari yopish mexanizmining bir qulfiga o’tkazilgan yarim vagonlar;

➡️ Eshiklari ochiq va eshik qulfi bilan berkilmagan yuksiz yopiq vagonlar, neftebitum tashishga mo’ljallangan va g’ildirak juftlari aylanish doirasi bo’ylab bitumdan tozalanmagan yuksiz yopiq vagonlar.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Temir Yo'llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

27 Dec, 05:11


Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko‘rsatmasida poyezdni stansiyaga quyidagi holatlarda qabul qilishga ruxsat etiladi:

🔹 Nosozligi sababli kirish svetoforini ochishni iloji bo‘lmasa;

🔹 Poyezd stansiyaga texnikaviy-boshqaruv aktida ko‘zda tutilmagan yo‘lga qabul qilinayotgan bo‘lib, kirish svetoforini ochishni imkoni bo‘lmasa;

🔹 Yo‘lning ma’lum qismlariga suruvchi lokomotivlar, stansiya hududida joylashgan depoga ketayotgan lokomotivlar, depodan poyezd tarkiblariga qarab ketayotgan lokomotivlar qabul qilinganida;

🔹 Stansiya yo‘llarining bo‘sh uchastkalariga (yo‘lovchi poyezdlar band etgan yo‘llar bundan istisno) tiklash va o‘t o‘chirish poyezdlari, yordamchi lokomotivlar, vagonsiz lokomotivlar, qor tozalagichlar, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi, shuningdek, xo‘jalik poyezdlari (peregon yopilib ishlar bajarilganda) qabul qilinganida.

Manba:  O'zbekiston Respublikasi Temir Yo'llarida poezdlar harakati va Manyovr ishlari bo'yicha Yo'riqnoma.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

27 Dec, 04:09


"Temiryo'linfratuzilma" AJ rahbari S.A.Norqobilov 24-dekabr kuni o'tkazilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida ishtirok etdi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

27 Dec, 01:24


"2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun (ilovalari bilan)


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

26 Dec, 16:10


Toshkent shahrida qoidabuzarlikni aniqlash uchun avtobuslarga qo'shimcha 100 ta kamera qo'yiladi.

Avtobuslar uchun ajratilgan A tasmali yo'lakdan foydalanib yo'lakni band qilish qoidabuzarlik hisoblanadi va bu qidabuzarlikni aniqlash uchun yanvar, fevral oylarida avtobuslarga qo'shimcha 100 ta video kameralar o'rnatiladi, bu haqida Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi boshlig'i Mirakbar Ikromov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ma'lum qildi, batafsil videoda.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

26 Dec, 13:45


#mehnat_muhofazasi
ZAHARLANISHLARDA VA HUSHDAN KETISHDA BIRINCHI YORDAM.

Zaharning organizmga tushishini to‘xtatish (gazniqob kiydirish, zaharli hududdan olib chiqish)

Zahar organizmga teri yoki tashqi shilliq pardalar orqali kirgan bo‘lsa, uni ko‘p miqdordagi suyuqlik fiziologik eritma, ichimlik sodasi yoki limon kislotasi qo‘shilgan eritma bilan yuvish

Oshqozonni zahardan tozalash uchun 0,25-0,5% li ichimlik sodasi eritmasi yoki kaliy permanganat (margansovka)ning nim pushti rang yoki osh tuzining iliq eritmasi (1 stakan suvga 2-4 choy qoshiqdan)dan 4-6 stakan iliq suv ichirib qusdirish

Hushdan ketganda 1-yordam ko‘rsatish:

1⃣ Eng avvalo ta’sirlovchi omil bartaraf qilinadi. So‘ngra hayotiy muhim funksiyalar holati: nafas, qon aylanish tizimi kuzatilib, baho beriladi. Bemorga toza havo kelishini ta’minlash (siqib turgan tugmalarini yechish, derazani ochish).

2⃣ Bemorni chalqancha yotqizish, bosh tarafini pastga qilib, oyoq tarafini ko‘tarish.

3⃣ Ta’sirlovchi usullar: nashatir spirti hidlatish, yoki chakkasiga surtish, sovuq suv purkash yoki yuziga yengil urish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik holatlarda bemor o‘ziga keladi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

26 Dec, 09:41


Shveytsariya tramvay kompaniyasida xavfsizlik sinovlarini o'tkazish jarayoni.

Tramvay yo'liga odam chiqib qolsa ham uni to'xtatish qiyin, chunki vazni juda og'ir va kamiga temir relslarda harakatlanadi, relslar va g'ildiraklar orasida esa ishqalanish koeffisenti juda ham kichkina.

Ma'lumot uchun tramvaylarning to'xtash masofasi 30 m dan 50 m gacha masofani tashkil etadi.

Shuning uchun insonlar xavfsizligini ta'minlashning videodagi kabi choralari sinovdan o'tkazilyapti.

❗️Eslatma: Yuk poezdlarining to'xtash masofasi 800 m dan 1000 m gacha bo'lishi mumkin.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

26 Dec, 07:42


2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:

👉1-yanvar – Yangi yil;   
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni.

❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

26 Dec, 05:17


Kinetik energiya yordamida elektromobillarni zaryadlash stansiyalari quvvatlanmoqda.

Barselonada metro to'xtayotgan vaqtda hosil bo'ladigan kinetik energiya saqlash va uzatish qurilmalari yordamida elektromobillar zaryadlash stansiyalariga yuborilmoqda va bu orqali zaryadlash stansiyalari qo'shimcha quvvat bilan ta'minlanmoqda.

Bundan tashqari shaharning metro liniyalarda harakatlanuvchi poezdlarning 3 dan 1 qismi shu usul bilan yig'ilgan energiyadan foydalangan holda harakatlantirilmoqda, bu esa juda katta energiya tejamkorligiga olib kelayapti.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

26 Dec, 03:22


O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2025-yilga mo'ljallangan ish vaqti me'yorlari davomiyligining taqvimi ishlab chiqildi.

Unda 2025-yil davomida keladigan bayram kunlari, ko'chirilgan dam olish kunlari, dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko'chirilishi va hafta davomidagi ish soati me'yorlari belgilangan.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

25 Dec, 14:26


Qo'ng'irot Temir Yo'l vokzali yangi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Prezidentimizning topshirig'i bilan ushbu vokzalda olib borilgan qurilish o'z nihoyasiga yetdi va undagi yangi bino foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi А.Orinbaev, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bosh muhandisi Sh.Kadirov, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari Respublika Kengashi raisi Q.Sobirov ishtirok etdi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

25 Dec, 12:50


Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Oqtou shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra Samolyot bortida 64 yo‘lovchi va ekipajning 5 nafar a’zosi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halokatdan omon qolgan, ularning kamida to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Samolyot bortidagilarning 37 nafari Ozarboyjon, 16 nafari Rossiya, olti nafari Qozog‘iston, uch nafari Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

25 Dec, 11:15


#Munosabat

💬 Ijtimoiy tarmoqlarda temir yoʻl vokzallarida tirbandliklar hosil boʻlayotgani hamda temir yoʻl kassalarida va ilovada temir yoʻl chiptalari  qolmaganligi haqidagi habarlarga izoh

👥 Ushbu holatni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan qoʻshimcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda va yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

📌 Ayni damda temir yoʻl vokzallarida tirbandliklar yoʻqligi va aholi temir yoʻl kassalariga kelib bemalol chiptalarni xarid qilishlari mumkinligi toʻgʻrisida ma’lum qilamiz.

❗️ Bundan tashqari aholi va talabalar temir yoʻl chiptalarini chiptaxonalardan tashqari mobil ilova orqali onlayn xarid qilishlari mumkin

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

25 Dec, 09:17


Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyot qulab tushdi.

U Bokudan Grozniyga uchayotgandi. Bortda bo‘lganlar soni 60 dan 100 nafargacha baholanmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 30 ga yaqin kishi omon qolgan.

25 dekabr kuni Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti Qozog‘iston g‘arbidagi Aqtau shahri yaqinida halokatga uchradi. Orda.kz ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Aqtau aeroporti hududiga qulagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan.

Azari Press Agentligi ma’lum qilishicha, samolyot Kaspiy dengizi ustida halokat signali bergan va majburiy qo‘nish uchun Qozog‘iston tomonga yo‘l olgan. Sputnik Azerbaijan aviakompaniyadagi manbaga asoslanib, samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketganini halokat sababi sifatida keltirgan.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

25 Dec, 05:41


Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko‘rsatmasida poyezdlar stansiyaga quyidagilarga asosan qabul qilinadi:

🔹 Mashinistga radio aloqa orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug‘i bo‘yicha;

🔹 Kirish svetofori yonida o‘rnatilgan maxsus telefon orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug‘i bo‘yicha;

🔹 Taklif signali bo‘yicha;

🔹 Stansiya navbatchisining yozma ruxsatnomasi bo‘yicha;

🔹 Poyezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug‘i bo‘yicha (markazlash-tirilgan dispetcherlikda);
ye) kirish svetoforining machtasida o‘rnatilgan maxsus manevr svetoforining ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Kirish svetoforining taqiq ko‘rsatmasida (yoki kirish svetofori bo‘lmaganda) noto‘g‘ri yo‘ldan harakatlanayotgan poyezdlar ham stansiyaga xuddi shu tartibda qabul qilinadi. Kirish (marshrut) svetofori to‘satdan taqiq ko‘rsatmasiga o‘tganida buni ilg‘agan mashinist poyezdni kirish svetoforidan o‘tilgandan so‘ng to‘xtatganida ham mazkur ruxsatlar qo‘llanadi.

Manba:  O'zbekiston Respublikasi Temir Yo'llarida poezdlar harakati va Manyovr ishlari bo'yicha Yo'riqnoma.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

25 Dec, 03:12


Elektrovozning izdan chiqib ketish holati.

2024-yil 20-dekabr kuni Chuqursoy bekatida 2483-sonli elektrovozning temir yo'l izidan chiqib ketish holatiga yo'l qo'yilgan.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

24 Dec, 14:53


Rasman 2-yanvar dam olish kuni etib belgilandi.

Shunday qilib haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar payshanba kuni 4-yanvar shanba kunidan ko'chirilgan dam olish kuni etib belgilandi va Yangi Yil bayramida ketma-ket 6 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 2-yanvar qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi va ular ketma-ket 5 kun dam olishadi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

24 Dec, 13:03


#mehnat_muhofazasi
ISSIQ URISH BELGILARI:

Tana xaroratining 41 gradusgacha ko‘tarilishi.
Teri va shilliq qavatlarining qurib ketishi.
Tez va yuza nafas olish.
Jizzakilik.
Xushdan ketish.

Issiq urishida birinchi yordam:

➡️ Jabrlanuvchini salqin joyga ko‘chirish.
➡️ Sovuq narsa ichirib kiyimlarini yechish.
➡️ Qo‘ltiq va chotlarga sovuq kompress.
➡️ Badanga spirt surtmaslik.
➡️ Sovuq suvli vannaga tushirmaslik.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

24 Dec, 10:03


Yo’l va signal belgilari

➡️ Asosiy yo’llar oldida signal va yo’l belgilari o’rnatiladi.

➡️ Strelka o’tkazgichlar oldida va yo’llarning boshqa qo’shilish joylarida chegara ustunchalari o’rnatiladi.

➡️ Temir yo’l ajratish hududining chegaralarini ko’rsatish, shunigdek, er ustida tuproq ko’tarmasidagi yashirin inshootlarni belgilash uchun maxsus belgilar o’rnatiladi.

➡️ Signal belgilari harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda, yo’l belgilari esa kilometr hisobi ko’rsatkichi bo’yicha eng chetdagi yo’lning o’qidan 3100 mm dan kam bo’lmagan masofada o’ng tomonda o’rnatiladi.

➡️ O’ymalarda (qoya toshlardan tashqari) va ulardan chiqishda yo’l va signal belgilari dala tomonda kyuvet va lotoklardan tashqarida o’rnatiladi. O’ta kuchli bosib qoluvchi o’ymalar va ulardan chiqishda (100 metrgacha masofada) ko’rsatib o’tilgan belgilar eng chetdagi yo’lning o’qidan kamida 5700 mm masofada o’rnatiladi. Bunday o’ymalar ro’yxati DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.

➡️ Elektrlashtirilgan uchastkalarda signal va yo’l belgilari kontakt tarmog’i ustunlarida o’rnatilishi mumkin, svetofor chiroqlari, kontakt tarmog’ining komplekt transformator podstansiyalari, ajratgichlari va razryadniklari o’rnatilgan ustunlar bundan istisno.

➡️ Chegara ustunlari yo’llar oralig’ining o’rtasida, yaqinlashayotgan yo’llarning o’qi orasidagi masofa 4100 mm ni tashkil etgan joylarda o’rnatiladi.

➡️ T gabarit o’lchamlari bo’yicha qurilgan harakat tarkibi yurmaydigan stansiya yo’llarida 3810 mm masofani saqlab qolishga ruxsat etiladi. Yo’llar orasidagi masofasi toraytirilgan qayta yuklash yo’llarida chegara ustunchalari yo’llar orasidagi masofa 3600 mm bo’lgan joyda o’rnatiladi.

➡️ Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilmalar yaqinlashuvi kattaliklarini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlarga muvofiq ravishda ko’paytirilishi lozim.

➡️ Signal, yo’l va maxsus belgilar signallash bo’yicha yo’riqnomada tasdiqlangan turda bo’lishi kerak.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Temir Yo'llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

24 Dec, 08:22


Yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 710/709-sonli "Sharq" “Toshkent markaziy - Buxoro - Toshkent markaziy” va 716/715-sonli "Nasaf" “Toshkent markaziy - Qarshi - Toshkent markaziy” poyezdlari alohida bo'lingan xolda quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

2024-yilning 25-dekabr kunidan boshlab 710-sonli “Toshkent markaziy — Buxoro” yoʻnalishi

Toshkent markaziy 8:40 — Buxoro 14:38

2024-yilning 27,28,29,30,31- dekabr va 3,4,5,10,11,12- yanvar kunlari 710-sonli “Toshkent markaziy — Buxoro” yoʻnalishi

Toshkent markaziy 8:40 — Buxoro 15:23

2024-yilning 25-dekabr kunidan boshlab 709-sonli “ Buxoro — Toshkent markaziy ” yoʻnalishi

Buxoro 16:46 — Toshkent markaziy 00:45

2025-yilning 10-yanvar kunidan boshlan 709-sonli “Buxoro — Toshkent markaziy ” yoʻnalishi

Buxoro 16:46 — Toshkent markaziy 23:48

2024-yilning 25-dekabr kunidan boshlab 716-sonli “Toshkent markaziy — Qarshi” yoʻnalishi

Toshkent markaziy 9:12
Qarshi 14:15

2024-yilning 25-dekabr boshlab 715-sonli “Qarshi — Toshkent markaziy” yoʻnalishi

Qarshi 17:37 — Toshkent markaziy 23:35

2025-yilning 10-yanvar kunidan boshlan 715-sonli “Qarshi — Toshkent markaziy ” yoʻnalishi

Qarshi 17:37 — Toshkent markaziy 23:31

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

24 Dec, 05:59


‼️Jamiyat tarkibidagi tuzilmalar va barcha hududiy korxonalar ishchi-xodimlari bilan 2025 yil davomida mehnat  muhofazasi, sanoat va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan na’munaviy texnik mashg‘ulotlar(Тех. Занять) RЕJA-JADVALI tasdiqlandi.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

24 Dec, 04:52


“O‘zbekiston xalq artisti” teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.

Inna lillahi va innaa ilayhi rojiun.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

02 Dec, 15:30


#ДИҚҚАТ

Янги йил байрамида ўзбекистонликлар 5 кун дам олишади

Бу йилги Янги йил байрамида беш кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар кетма-кет 5 кун, олти кунликлар 4 кун дам олишади.

Қуйидаги кунлар дам олиш куни ҳисобланади:

▪️ 28 декабрь, шанба ҳафтасига 6 кун ишлайдиганлар учун иш куни, 5 кунликлар учун одатий дам олиш куни;
▪️ 29 декабрь, якшанба барча учун одатий дам олиш куни;
▪️ 30 декабрь, душанба 6 кунликлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунликлар учун 14 декабрь – шанба кунидан кўчирилган дам олиш куни.
▪️ 31 декабрь, сешанба — Президент фармони асосида барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
▪️ 1 январь, чоршанба  Янги йил байрами, дам олиш куни;

❗️14 декабрь (шанба) иш ҳафтасининг туридан қатъи назар барча ходимлар учун иш куни.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

08 Sep, 03:53


Toshkent-Markaziy vokzalida chiptalar haqiqiyligini tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi

Ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib, chipta haqiqiy bo‘lsa, yo‘lovchini perronga chiqishga ruhsat beradi. Soxta yoki qaytarilgan chiptaga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga esa poyezdga chiqishga ta’qiq o‘rnatadi.

Yil oxirigacha chiptaxonalardan rasmiylashtiriladigan chiptalar ham elektron ko‘rinishga o‘tishi rejalashtirilgan.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati

Temiryo'lchi.uz

07 Sep, 15:02


Тошкент метрополитенида металл детекторлар ўрнатилади

Бу хавфсизлик чораларини таъминлаш ва йўловчиларга сифатли хизмат кўрсатиш билан изоҳланмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/91145900

Kun.uz расмий канали

Temiryo'lchi.uz

30 Jan, 03:29


Chiptalarni elektron rasmiyashtiring

Hurmatli yo‘lovchilar, mahalliy yo‘nalishlar uchun 30-31 yanvar sanasiga joylar mavjud. Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz va Uzrailwaytickets ilovasi orqali xarid qilishingiz mumkin. Chiptalar 45 kun oldindan sotuvda mavjud!

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz chipta.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalari orqali xarid qilishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun

Temiryo'lchi.uz

29 Jan, 09:36


КГУ - Контролный Габаритные Устройство.

Gabaritni nazorat qiluvchi qurilma.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

29 Jan, 06:52


Obunachimiz: MAHMUD dan

❗️Avtobirikmaning bir biriga ilashishi va undagi mexanizmlari.

P.S: Shu o'rinda foydali video va fayllarni jo'natib kanalni yuritishimda yordam berayotgan obunachilarimizga minnatdorchilik bildiraman.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

29 Jan, 06:42


Қурилишни коррупциядан холи соҳага айлантириш мақсадида 1 июлдан:

- қурилишда тузиладиган барча шартномалар рақамлаштирилади;

- пудратчи ташкилотлар бажарган қурилиш ишлари фақат солиқ органига тақдим этилган электрон ҳисоб-фактурадан келиб чиқиб молиялаштирилади;

- объектни фойдаланишга қабул қилиш жараёни рақамлаштирилиб, далолатномалар “Шаффоф қурилиш” орқали тасдиқланади;

- 10 миллиард сўмдан ортиқ лойиҳалар бўйича субпудратчиларни фақат ва фақат “Шаффоф қурилиш” тизими орқали танлаш тартиби йўлга қўйилади. Ушбу тартиб халқаро молия ташкилотлари билан амалга оширилаётган лойиҳаларга ҳам татбиқ этилади;

- ишлаб чиқарувчи ҳам, қурувчи ҳам, назорат қилувчи ҳам қаерда қайси қурилиш материали қанча пул туришини онлайн кузатиб борадиган тизим бўлади.

Facebook|Instagram|X

Temiryo'lchi.uz

29 Jan, 05:53


Транспорт вазирига ҳайфсан берилди

Президент ўтказаётган йиғилишда Тошкент шаҳрида тирбандликни камайтириш ва жамоат транспортини яхшилашдаги камчиликлар туфайли транспорт вазири, унинг биринчи ўринбосари, ИИВ Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати бошлиғи ва “Тошшаҳартрансхизмат” АЖ раисига ҳайфсан эълон қилинди ҳамда охирги огоҳлантириш берилди.

👉 https://kun.uz/89585799

Kun.uz расмий канали

Temiryo'lchi.uz

29 Jan, 02:51


#Diqqat

❗️"Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha avtomabil haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Qamchiq" dovonida havo bulutli. 228-250 km.lar oralig'ida qor yog‘moqda. Tuman, yo‘llarda ko‘rish masofasi 500 metr, yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz
harakatlanmoqda.


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

28 Jan, 13:20


Statistika agentligi ma'lumoti

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasining aholisi soni 36,8 mln kishi.

Shundan: Erkaklar - 18,5 mln kishi
Ayollar - 18,3 mln kishi


Shaharda yashovchilar - 18,8 mln kishi
Qishloqda yashovchilar - 18 mln kishi

Nikohlar soni - 283,8 mingta
Nikohdan ajralishlar soni - 49,2 mingta


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

28 Jan, 11:42


#Be_safe

❗️Ish jarayonida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etishni hech qachon unutmang!


👉 @temiryolchi_uz 👈

Temiryo'lchi.uz

28 Jan, 06:35


Relslar.

Rels harakat tarkibi g’ildiraklarini yo‘naltirish, undan yuklanishni olish va shpallarga berish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, avtoblokirovkali uchastkalarda relslar signal(ALS) toklarini o'tkazadi.

Elektr tortqili uchastkalarda esa qaytish toklarini o'tkazuvchi sifatida ishlatiladi.


👉@temiryolchi_uz👈

Temiryo'lchi.uz

27 Jan, 12:14


Gabaritlar haqida umumiy ma'lumot.

❗️Temiryo'l inshoot va qurilmalari soz holatda saqlanishi kerak.


👉 @temiryolchi_uz 👈