Inson namozni qanchalik zoye qilgani (qasddan oʻqimay yurgani, vaqtidan ataylab kechiktirgani) sari shahvatlarga (toat-ibodatdan chalgʻituvchi oʻtkinchi illatlarga) mubtalo boʻladi. Bunga dalil:
أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ
“Namozni zoye qildilar va shahvatlarga berildilar”. (“Maryam” surasi, 59-oyat).
Aksincha, namozga eʼtibor kuchaygani sayin banda shahvatlardan uzoqlashib boradi. Bunga dalil:
إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنكَرِ
“Darhaqiqat, namoz buzuqlik va yomonlikdan toʻsur”. (“Ankabut” surasi, 45-oyat).
Alloma Muhammad Amin Ash-Shinqitiy aytadi: “Azonni eshitishi bilan namozini oʻqib olishga shoshilgan biron kishini koʻrsangiz, uning koʻngli ochiq, (moddiy) ahvoli yaxshi insonligiga ham guvoh boʻlasiz. Chunki kim Allohning buyrugʻini oʻz oʻrnida (kechiktirmay, ortga surmay) bajarsa, Alloh ham uning ishlarini oʻnglab-toʻgʻrilab qoʻyadi”.