Badriyya | Begoyim @badriyya_begoyim Channel on Telegram

Badriyya | Begoyim

@badriyya_begoyim


Men ila tarixga va sharqga sayohat qiling

Badriyya | Begoyim (Uzbek)

Badriyya | Begoyim Telegram kanali sizning tarix va madaniyat sevgililaringiz uchun mo'ljallangan. Kanalda dunyoning har qaysi burchaklarini ko'rib chiqqan, eng zamonaviy yengiligi va qiziqarli joylarini tan olishingiz mumkin. Agar siz ilgari sayohat sevgilisi bo'lsangiz yoki dunyoni kashf etishga motivatsiyaga ega bo'lsangiz, ushbu kanal siz uchun mo'ljallangan. Badriyya | Begoyim kanalida dunyo madaniyatidagi yangiliklar, tarixiy joylar haqida malumotlar, sayohat qoidalari va ko'p paytgacha qiziqarli materiallar topishingiz mumkin. Ushbu kanal orqali dunyoning eng noyob joylarini ko'rish, unchalik mashhur bo'lmagan joylarga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Badriyya | Begoyim kanalida har hafta yangi maqolalar va suratlar bilan ta'minlangan, shuningdek, a'zo bo'lish orqali dunyoning qiziqarli va eng zamonaviy joylarini kashf etish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizni dunyo madaniyati va tarixi bilan tanishtirishga va uning zavqlariga aylanishga chaqirdi. Azo bo'lish bilan, eng so'nggi yangiliklardan va matnlaridan xabardor bo'ling va dunyoni yangi ko'rishingiz mumkin. Badriyya | Begoyim kanalida o'zingiz uchun xizmat etayotgan eng zamonaviy va qiziqarli joylarni kashf etishni shunchaki xohlaysiz!

Badriyya | Begoyim

25 Oct, 15:00


https://t.me/+0MN3wZOv3Do2MTky

Badriyya | Begoyim

24 Oct, 10:35


Не выходи из комнаты; считай, что тебя продуло.
Что интересней на свете стены и стула?
Зачем выходить оттуда, куда вернёшься вечером
Таким же, каким ты был, тем более — изувеченным?
•Иосиф Бродский

Badriyya | Begoyim

22 Oct, 14:36


Saroylar qanday bo’lgan?

Badriyya | Begoyim

21 Oct, 03:59


Xozir bir videoni ko’rib qoldim. O’quvchi qiz ustozini urayotganini.

Esimda bor ustozim 1 sinfda rus millatiga mansub ayol edi. Ustozimdan juda qo’rqardim. Chunki qandaydir sabab bo’lsa jazolar edi. Shunday paytlar hech ham eslay olmayman, biron bir ota-ona kelib bolasini yonini olib o’qituvchilar bilan urushganini. Misol uchun o’zimni onamlar ham juda ko’p holatda ustozim taraf bo’lar edilar. Vaqt o’tgan sayin buni mazmunini tushundim. Yoshbola ma’lum yoshgacha o’qishga qiziqishi yo’qligidan emas, balki qunt qilmasligidan o’qimaydi, sabri chidamaydi. Shunday payt qattiq qo’l ustoz, oila kerak. Boshida qo’rqanidan, majburligidan o’qisa ham, bitta yo’lga tushib olgandan keyin bu narsa o’zini foydasiga ishlaganini tushunib oladi.

Men hech qanaqasiga ustozlarni o’quvchilarga jismoniy kuch ishlatishi tarafdori emasman, aslo! Lekin o’quvchilarni ham “oppoq paxtadek” deb bo’lmaydi. Ko’chada begona odamga tikka sapchisangiz sizga nima qiladi o’sha odam, qanday javob qaytaradi o’ylang!? Endi sizga kuchini ketkazayotgan, ilm berayotgan insonga sapchib tikka ketilsa qanday bo’ladi?!

*Maktabni ancha oldin yaxshi paytlari bitirganimga shukur qilib yubordim rosti.

Badriyya | Begoyim

19 Oct, 03:50


•Kitob: “Ibtido”
•Muallif: Den Braun
•Sahifa: 776

Kitob haqida: Kitobda bosh qahramon Den Braunning “Da Vinchi siri” asaridagi professor Robert Langdon. Asarda voqealar Ispaniyada sodir bo’ladi. Asar mavzusi din, ilm, sun’iy intellect, saltanatdan iborat.

Kitob haqida fikrim: Kitob yaxshilab ya’ni berilib o’qilsa insonga yaxshigina ta’sir qilib qo’yadigan joylari bor, kitobni dunyo dinlari bo’yicha ilmi hali oz yoki yo’q insonlarga umuman tavsiya qilmagan bo’lar edim. Sababi bu kitobni asosiga ikkta savol qo’yilgan “Qayerdan keldik?” va “Nima bizni kutayapti?”. Asarda nima haqida mavzular ketganini to’liq aytib o’tirmayman. Ammo bu kitobni aniq hammaga ham tavsiya qilib bo’lmaydi. Odatda Den Braunning 7tadan 4ta kitobini o’qib bo’lgan bo’lsam, har bir kitobida dinga ta’luqlilik joylari bo’ladi. Shu sabab kitoblarini hammaga ham tavsiya qila olmayman. Dunyo dinlari haqida yetarlicha informatsiya va tushunchaga ega bo’lmagan odamda, kerak emas va turli xil savollar qolishi mumkin bu kitoblardan. “Ibtido” umuman boshqacha fikr qoldirdi ya’ni “Bu kitobni hammaga ham tavsiya qilma!” degan fikr keltirdi.
Kitobda texnika ya’ni compyuterlar, gadjetlar, sun’iy intellect va boshqalar bir tomondan insonga foyda bo’lishi shu bilan birga insonga qanchalar zara keltirishi yoritib berilgan. Sun’iy intellect robot inson kabi fikrlashi yetmagandek unga insondek xis qilish ham o’rgatilsa, vaqti kelib uni ixtiro qilganga ya’ni Insonlarga qanchalik zarar keltirishi, shu bilan birga xattoki qarshi chiqishi ham mumkinligi yoritib berilgan.

Badriyya | Begoyim

19 Oct, 03:49


Den Braun “Ibtido”

Badriyya | Begoyim

16 Oct, 13:39


Нет ничего чудовищнее того, что мы можем внушить себе сами.

Badriyya | Begoyim

15 Oct, 14:51


Taskin top… ol chuqur nafas,
Bu sinovlar shunchaki bir qafas.

Albatta, chiqishi bor bu qafasning,
Ammo, bu qafasda bo’g’ilar nafasing.

Bo’lma sen g’arq ko’z yoshing ummoniga,
Chida bu olamning yaxshi-yu yomoniga.

Xalqda ajib bir naql bor “Kelsa qo’sh kelar”
Ayt, nasibang bo’lsa qayga ham ketar?

Rizqing bo’lsa topar, kelar Shom-u Iroqdan,
Rizqing bo’lmasa esa ketar osh-u tovoqdan.

Badriyya

Badriyya | Begoyim

14 Oct, 06:06


Я могу тебя очень ждать, Долго-долго и верно-верно, И ночами могу не спать Год, и два, и всю жизнь, наверно!

Пусть листочки календаря Облетят, как листва у сада, Только знать бы, что все не зря, Что тебе это вправду надо!

Я могу за тобой идти По чащобам и перелазам, По пескам, без дорог почти, По горам, по любому пути, Где и черт не бывал ни разу!

Все пройду, никого не коря, Одолею любые тревоги, Только знать бы, что все не зря, Что потом не предашь в дороге.

Я могу для тебя отдать Все, что есть у меня и будет. Я могу за тебя принять Горечь злейших на свете судеб.

Буду счастьем считать, даря Целый мир тебе ежечасно. Только знать бы, что все не зря, Что люблю тебя не напрасно!

•Эдуард Асадов

Badriyya | Begoyim

13 Oct, 05:28


| Maryam Javlan | Sahrotun | Mava mobi | Kami. | Umida |

Badriyya | Begoyim

08 Oct, 06:05


Astronavtlar va Prezident Richard Nikson imzolari bilan Oyda shunday so’zlar bitilgan yodgorlik xati qoldirilgan: “Yer sayyorasidan kelgan odamlar Oyga shu yerda ilk bor qadam qo’yishdi. 1969-yil iyul, biz butun insoniyat uchun tinchlik maqsadida keldik”.

📍Tashkent City Mallda 4dan 10 oktabrga qadar “Kosmosga” bag’ishlangan ko’rgazma bo’lib o’tmoqda.

Badriyya | Begoyim

05 Oct, 16:04


Bugun Maryam Javlan bilan “Gallery 81”da bo’ldik. Galleryda Ona va qiz Ludmila va Diana Sadikovalarni “Xotin-qizlar baxti” ko’rgazmasi bo’lmoqda.

Ko’rgazma: 28.09.2024dan 12.10.2024ga qadar bo’lib o’tadi.
Manzil: Gallery 81, Kichik Beshyog’och,81

Badriyya | Begoyim

03 Oct, 15:28


Ingliz tilidagi “&” belgisi

Badriyya | Begoyim

27 Sep, 10:11


Muhtasham yuz yil, aslida kiyimlar qanday bo’lgan:

Badriyya | Begoyim

18 Sep, 10:20


Kino: Exam (Imtihon)
Janr: psixologik triller
Davomiyligi: 1 soat 41 minut
Yil: 2009

•Ancha vaqtdan buyon kino ko’rishni o’ylab yurgan edim. Yakshanba kuni shu kinoni ko’rdim. Kino umumiy ravishda ishga joylashmoqchi bo’lgan 8 kishi haqida. Kinoda ish qilib ko’rsatilgan, aslida ba’zan insonlar o’z maqsadiga erishish uchun bir-birini o’ldirishga ham tayyorligi ko’rsatilgan. Asosiy narsa buyerda insonni focusiga qaratilgan. Ya’ni ba’zan to’g’ri javob va qidirgan narsamiz oyoqlarimiz tagida (xalqni tilida: burnimizning tagida bo’ladi), insonlar gapiradi ammo biz tinglamaymiz, eshitamiz (eshitganda ham biz o’zimizga keragini eshitamiz). Aynan shu narsalar shu kinoda ko’rsatib berilgan.

Badriyya | Begoyim

18 Sep, 07:33


Teatr 🎭

Badriyya | Begoyim

15 Sep, 15:36


|Baxshida|
Lutf et, ohu nolam tingla,
Yolg’iz etma meni bu yo’lda.
Qoldim alanga ichra angla,
Olov yonmoqda o’ngu so’lda.

Qalbim tirnalgan, o’zim be’majol
Yeganim yuqmas, bermas kuch.
Na qildim, tushdi menga bu hol,
Ne uchun, keldim bu ahvolga duch.

Etma nohaqlik, qilma manga jafo,
Lutf et, qo’yma azobga tanu-jonimni.
Kel, so’nggi nafasim qadar qilayin vafo,
Baxshida etay men senga har onimni.

Badriyya | 15.09.24