Diplomat (Sobirov) @pan_diplomat Channel on Telegram

Diplomat (Sobirov)

@pan_diplomat


Tarix (O‘zSSR tarixi), siyosat va ideologiya.

Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat

Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat

Muallifga yozish: @PanDiplomat

Diplomat (Sobirov) (Uzbek)

Assalomu alaykum, Aziz Do'stlar! Sizlarga yangi Telegram kanalimizdan so'z ochishdan xursandlik duymoqchiman - Diplomat (Sobirov). Kanalimizda O'zbekistonning tarixi, siyosati va ideologiyasi haqida ma'lumotlar, tahlillar va ko'rsatmalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Sobirov nomli muallif tomonidan tayyorlangan kanalimizda O'zSSR tarixi haqida yangi boy xabarlar va ilmiy ma'lumotlar paydo bo'ladi. Siz ham Youtube va Instagramda bizni kuzatib borishingiz mumkin. Kanalimizda tarixi bilimlarni o'rganish va yangi fikrlar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Bizning kanalimiz @pan_diplomat, uning muallifi @PanDiplomat. Qiziqarli, maqbul va maqbul mavzularda sizni kutib olishni unutmang! Sizga tarixi va siyosatni ko'rishga doimo tayyor bo'lishimizdan mamnunmiz!

Diplomat (Sobirov)

23 Nov, 20:43


Ichki ishlar va Mudofaa vaziri, DXX raisi. Bir harbiy uchun yetarlicha yuqori parvoz.

Ba‘zi obro‘li o‘yinchilarga tegishli saytlar Azizovni ikkilanmay (qo‘rqmay) “haydaldi” deyotgani qiziq, albatta.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

22 Nov, 03:52


Jadidlar haqiqatdan ham “oltin avlod” bo‘lgan.

Masalan, biz yaxshi tanimaydigan, Markaziy Osiyodagi eng birinchi universitetlardan biri (Xiva xalq universiteti, 1921-yil) va yuzlab maktablar ochgan, Xorazm XSR Ta’lim vaziri bo‘lgan Mulla Bekjon, hamda yaxshi taniydigan ilk o‘zbek professori, o‘zbek tili grammatikasi, pedagogikasiga asos qo‘ygan, Buxoro XSHJ Taraqqiyot noziri bo‘lgan Abdurauf Fitrat boshqa ishlaridan tashqari o‘zbek musiqachiligini ham saqlab qolgan va rivolantirgan.

Aynan Fitrat keksa ustalar Ota Jalol va Ota G‘iyosdan Shoshmaqom notalarini yozib olish tashabbusini ko‘targan. Bu borada Uspenskiyni dastaklagan. Aynan u orqali Mutal Burhonov Ota G‘iyos Abdug‘aniyev bilan tanishgan va unga shogird tushgan (Mutal Burhonov Fitratning xotini, Fotima Burhonovaning ukasi edi). Fitrat nafaqat, o‘zbek xalqi klassik musiqasining durdonasini saqlab qoldi, balki O‘zbekiston madhiyasi musiqasini yozgan Mutal Burhonov karyerasiga ham tamal toshi qo‘ydi.

Fitrat Buxoroda musiqa maktabi ham ochgan. Hozirda Muxtor Ashrafiy nomi bilan ataluvchi bu maktabdan ushbu o‘zbek operasi asosichisi ham yetishib chiqqan. Va bu maktab hozir ham buxorolik yoshlarga musiqa ilmini tarqatyapti. Fitratning o‘zbek xalqi uchun qilgan ishlari orasida, shubhasiz, musiqa avvalgi qatorlarda turishi kerak.

Ikkinchi qahramon ham jadid ajdodlarga ega. Uning otasi Rahmonbergan mahram Xivaning mashhur bosh vaziri Islomxo‘janing eng yaqin safdoshi bo‘lgan. U Xivaga pochta va telegraf olib kelinishida, rus shifoxonasi qurilishida tashkilotchi bo‘lgan. 1913-yilda Islomxo‘ja o‘ldirilgandan ko‘p o‘tmay, reformator Rahmonbergan mahram ham o‘ldiriladi. Uning o‘g‘li, mulla Bekjon otasi izidan borib, xalqi ozodligi va rivoji uchun kurashgan.

1921-yil Ta’lim vaziri, keyinroq XXSR Markaziy inqilobiy qo‘mitasi raisi bo‘lgan Bekjon Rahmonov Xorazm maqomlari yozib olinishi tashabbuskori bo‘ladi. U bu ishga homiylik qilgan, o‘zi ham o‘zbek folklor musiqasi haqida asarlar yozgan.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

21 Nov, 13:00


Endi Tashqi ishlar vaziridan bunday galstuk etiket ko‘rish, yaxshimas (odatda vazir bunday e’tiborsizlik qilmasdi).

Kuchishlatarlarda intizom bor.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

21 Nov, 12:51


Vazirlarimizning galstuk taqishi — alohida bir san’at.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

21 Nov, 05:48


“Otamdan qolgan dalalar” va yaqinda chiqqan “Abdulla Oripov” filmlarida Moskvaga hamda kommunizmga sodiq, o‘zbek xalq an’analarini rad qiluvchi – Klara Xadjayevna obrazi bor. Uning real hayotdagi prototipi deb Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining ideologiya (mafkura) boʻyicha kotibi Ra’no Abdullayeva (Mafkuraxonim) aytiladi. Bu xonim 1970-1987-yillarda O‘zSSR’da ancha muhim va kuchli figuralardan biri hisoblangan. Usmon A’zim “Lolalzor”ga bergan intervyusida R. Abdullayeva Abdulla Oripovni ham sindira olganini, lekin uni sindira olmaganini aytgan.

Xullas, hozir bu xonim qay tariqa bunday mavqega ko‘tarilgani, kim bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida to‘xtalmaymiz. Uning boshqa bir qiziq tarixi haqida.

1987-yilda “paxta ishi” doirasida hibsga olingan (keyinroq oqlangan) Ra’no Abdullayeva O‘zSSR elitasidagi pora aylanmasiga qo‘shilgani bilan ayblangan. Uning tergovda bergan guvohligida O‘zSSR’ning ancha katta amaldorlarini ko‘rish mumkin:

“Men hech kimning ma’shuqasi emasman. Men halol ayolman. Lekin poraxo‘rlik rahbarlar orasida normal odatga aylandi va bu menga ham ta’sir qildi...Men Xudeyberdiyev (Nurmaxonmadi Xudoyberdiyev – O‘zSSR Vazirlar soveti raisi, ya’ni bosh vazir)ga 5 ming rubl berganman, Rajabovdan (Nazir Rajabov – Namangan Kompartiyasi birinchi kotibi, ya’ni hokimi, qishloq qurilish vaziri) 7 ming rubl va xon-atlas, Aytmuratovdan (Erejep Aytmuratov – Qoraqalpog‘iston Vazirlar soveti raisi, ya’ni respublika rahbari) 5 ming rubl, Kamolovdan (Mahkam Kamolov – Namangan birinchi kotibi) uch marta 10 ming rubl, briliantli uzuk va sirg‘a olganman.

Qolaversa, Xudoybergenovdan (Madiyor Xudoybergenov – Xorazm birinchi kotibi) 5 ming, Musaxonovdan (Mirzamahmud Musaxonov – Toshkent birinchi kotibi) 15 000, Karimovdan (Qashqadaryo birinchi kotibi) 12 000 rubl olganman.

Tergovning gaqiqatni aniqlash uchun olib borilayotgani meni o‘zimdagi jinoiy epizodlarni tan olishga undadi”
, 1987-yil 22-dekabr.

Abdullayeva keyinroq, oqlangach, bularning barchasi Gdlyan qistovi va bosimi ostida yozilganini, yozilganlar haqiqatdan yiroq ekanini ta’kidlagan. Buyog‘iga tarix hukm chiqaradi.

Pastdagi rasmda Ra’no Abdullayeva o‘ngda.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

20 Nov, 10:14


Sal erinishmaganda Abdulhoshim Mutalovning ham rasmi to‘la edi internetda. 300 yil oldingi tarix haqida gap ketmayapti hartugul, qolaversa hali tirik odam (4-rasmda, markazda).

Bosh vazir deganda vitse-prezident ham shu mansab aslida. O‘zbekistonda ham vitse-prezident bo‘lgan va bu paytda bosh vazir bo‘lmagan. Demak O‘zbekiston tarixidagi yagona vitse-prezident Shukrullo Mirsaidovni ham ro‘yxatga kiritsa bo‘lar, kiritmasa ham xato bo‘lmas.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

20 Nov, 09:27


Yevropaning mintaqalar bo‘yicha bandlik darajasi. Ko‘lam umumiy ishchi kuchiga nisbatan foiz sifatida (ya’ni, umumiy falonta mehnatga layoqatli odam bor, shundan xaritadagi foizi ish bilan band).

Eng mehnatsevar yevropaliklar Germaniyaning sanoat mintaqalari (ayniqsa, janubi), nemislar yashovchi Shveysariya, Islandiya hamda Shvetsiya poytaxti atroflarida. Yevropa sanoati va iqtisodi yuragi bo‘lgan Germaniya hamda farovonlik yuqori bo‘lgan Islandiya, shubhasiz, o‘ziga mos ko‘rsatkichda.

Kutilmagan keys, Vengriya va Slovakiya poytaxti tevaragidagi yuksak bandlik. Bu yerda aynan qaysi yirik korporatsiya rol o‘ynagani qiziq.

Janubiy Yevropadagi past foizlar, masalan, Italiya va Ispaniya, Fransiya janubi bu hududlarda migrantlar avlodlari ko‘pligi bilan ham bog‘lanadi. Umuman olganda bu reyting janubiy yevropaliklar shimolliklarga nisbatan osoyishta, uncha qattiq tartibli bo‘lmagan tarzda hayot kechirishini tasdiqlagan.

Men uchun kutilgan va yana bir bor tasdiqlangan fakt – turklar mehnatsevar emasligi. O‘zbeklarga yevropaliklardan ham mehnatsevar ko‘rinadigan turklar aslida Yevropadagi eng “ishyoqmas” xalqlardan biri. Turklar Yevropa ularni ittifoqqa qabul qilmayotgani, mamlakatlari iqtisodi cho‘kayotgani sababini tashqaridan emas, ichkaridan qidirishi kerak. Turklarni kimgadir ishlashni (ayniqsa, uy qurishni) o‘rgata oladigan xalq deyish qiyin.

Turkiya kabi butun davlat miqyosida past foizni faqatgina Bosniya va Gersogovina ko‘rsatgan. Bu yerda endi uzoq urush va vayron bo‘lgan infrasturuktura muhim faktor.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

19 Nov, 04:20


1929-yilgi o‘zbek alifbosi bilan yozilgan targ‘ibot e’lonlari.
Hozirgi yozuvga o‘girib ko‘ring.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

18 Nov, 12:37


Ozodligimiz timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz abadiy yuksakda hilpirasin! Manba.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

16 Nov, 08:21


O‘zbeklar bayrog‘i haqida maqolam — https://oyina.uz/uz/article/3208

O‘zbeklarga aloqador barcha saltanatlar yalovlari haqida qisqa, asosiy ma’lumotlar yozilgan. Milliy bayroq tariximiz qiziq ramzlar va faktlarga to‘la.

@pan_diplomat

Diplomat (Sobirov)

15 Nov, 12:17


1937-yildan qizil bayroqqa “Oʻzbekiston SSR” yozuvi ikki tilda toʻliq tushira boshlanadi.

1940-yilda oʻzbek tili kirill alifbosiga oʻtkaziladi va shu munosabat bilan bayroqdagi respublika nomi kirill harflari bilan yoziladi.

1952-yilda nihoyat, 1991-yilgacha amalda boʻlgan yalov qabul qilinadi.

SSSRʼda sovet respublikalari bayroqlaridagi ranglarning rasmiy talqini berilmagan. Lekin bayroqdagi koʻk rang osmon yoki Amudaryo va Sirdaryoni anglatishi taxmin qilingan. Oq chiziq esa respublikada eng koʻp yetishtiriluvchi paxta ramzi ekani taʼkidlangan.

Qizil rang, oʻroq va bolgʻa, besh qirrali yulduz – sotsializm unsurlari sifatida qoʻshilgan.

@pan_diplomat