ilyosbek ☕️ @ilyosbek Channel on Telegram

ilyosbek ☕️

@ilyosbek


ilyosbek ☕️ (English)

Are you a coffee lover? Do you enjoy discussing all things related to coffee? Then look no further than the 'ilyosbek ☕️' Telegram channel! This channel is dedicated to bringing together coffee enthusiasts from all around the world to share their passion for this beloved beverage. Whether you're a barista, a coffee connoisseur, or simply someone who enjoys a good cup of joe, this channel is the perfect place for you

Who is 'ilyosbek ☕️'? 'ilyosbek ☕️' is a Telegram channel created by a group of coffee lovers who wanted to create a space where people could come together to talk about their favorite drink. With a growing community of members, this channel offers a platform for coffee enthusiasts to share their thoughts, experiences, and recommendations with like-minded individuals

What is 'ilyosbek ☕️'? 'ilyosbek ☕️' is a channel where you can find everything related to coffee - from discussions about different brewing methods and coffee beans to recommendations for the best coffee shops around the world. Members can engage in lively conversations, ask questions, and even share their own coffee recipes. With regular updates and engaging content, this channel is sure to keep you coming back for more

So, if you're looking for a place to connect with other coffee lovers and expand your knowledge of all things coffee-related, join 'ilyosbek ☕️' today. Contact @ilyos_qosimov to become a part of this vibrant community and start sharing your love for coffee with others. Cheers to good coffee and great conversations!

ilyosbek ☕️

09 Feb, 05:03


Baribir eng kuchli hissiyot — ota onangni sendan faxrlanishini ko'rish ekan. Alhamdulillah.

ilyosbek ☕️

04 Feb, 18:53


#1 — Nega avvalgidek emas?

— Inson o'zgaradi. Ayniqsa karyera yo'lini tanlagan shaxs yangi muhitga moslashib borarkan. Menda hozir shu jarayon va bu yoqimli ko'rindi.

#2 — Otnosheniyada nima gaplar?

— Hozircha joyida. Odatdagidek hamma o'z hayot yo'li bilan band. Shu yaxshiroq. Ba'zan yordam, ba'zan maroqli vaqt o'tkazish, dildan suhbat. Normal insonlar kabi.

#3 — Natijalar gapirganda?

— Shukr. Yaratgan harakatga yarasha berarkan. Bir narsani ishonch bilan aytaman, men hozirgacha o'zim chin dildan istagan har bir niyatimga erishib keldim. O'zimdan faxrlansam arziydi.

+1 — Keyingi planlarga kelsak...

Shu ketishda davom etadi. Sekiiin, jim, tobida. Natijasi shovqinli bo'lsin. Xuddi hozirgidek. Menga hozirgi men yoqa boshladi. Va buni kuzatayotganingizni qadrlayman.

O'z hayotingizdan zavqlaning!

ilyosbek ☕️

30 Jan, 06:33


shunaqa dam ovorishli kayfiyat lekin shu kunlarda...

ilyosbek ☕️

27 Jan, 22:03


3 yil oldin bir qiz menga chatgpt qanday ishlashini tushuntirib, foydalanishga undagandi. U paytda endi chiqqan va ko'pchilik bilmasdi.

GPT Open AI kompaniyasiga tegishli. Amerikaliklar yaratishdi. Tan olaylik, sun'iy intellektni dunyoga keng yoydi. Top brendlar integratsiya qildi.

Endi Xitoy katta sahnaga chiqmoqda. Ular atigi 6 mln dollarga DeepSeek chatbotini zapusk qilishdi. (GPTda esa milliard dollar haqida gap ketadi. Bu aql bovar qilmas farq).

DeepSeek eng ko'p yuklab olingan ilovalar reytingini boshqarmoqda. Silikon vodiysida kun mavzusi. Ijtimoiy tarmoqda yaxshigina xayp.

Foydalanib ko'rishga arziydi, juda tez va sifatli: https://chat.deepseek.com/

ilyosbek ☕️

27 Jan, 17:29


Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen uyida Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson hamda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan kechki ovqatni birga qilishdi.

Dunyoning eng boy 4 ta davlati rahbarlari stoliga qarang.

ilyosbek ☕️

25 Jan, 19:39


Husanov 3 kun avval, so'nggi yillarning eng top klubi safiga keldi. Bir kun mashg'ulot o'tkazdi va ertasiga yana bir nomdor klubga qarshi matchni asosiy tarkibda boshladi.

Xatosini normal qabul qildim. O'yini yoqdi. Golli vaziyatda qutqardi. Kartochka oldi. Yakkakurashlarda yutdi. Olqishlab kuzatib qo'yishdi. Translyatsiya rejissiyorlari uni nisbatan ko'p namoyish qilishdi. Bundan kattaroq start bo'lishi mumkin emasdi...

Pep unga ishonishda davom etadi. Bunga shubham yo'q.

Update: Gvardiola o'yindan keyingi intervyusida har bir himoyachi xato qilishini va asosiysi Abduqodirning kelajagi borligini aytib o'tdi.

ilyosbek ☕️

24 Jan, 12:12


Odatda ishda 15 minutcha shu musiqa fonida mizg'ib olaman. Qisqa uyquning energiyasi haqida bilgan biladi.

Bir narsani tushundim, men tengi yoshlar uchun aslida ishimiz qiyin emas. Bir g'ayrat qilganda tonnalab planlarni yopib tashlay olganizni eslang.

Yigit kishida eng qiyini — boshida ko'tarib yurgan mas'uliyatga nisbatan imkoniyatlari deb o'ylayman. Qizlarda qanday bilmadim.

Bugungi jamiyat yoshlardan haddan ortiq ko'p narsa xohlab yuboradi. Ota onasidan tortib, hatto u hech qachon ko'rmagan bo'lg'usi turmush o'rtog'icha...

O'qish, ishlash, pul topish, birlamchi ehtiyojlarni yopish, karyera qilish — aslida hammasi yoqimli qiyin. Lekin uyqu bermaydigan mas'uliyat va majburiyatlar ruhan ezib qo'yadi.

Xa, tug'ilishdan oldin hech kim oson bo'ladi deb va'da bermagandi. Haqsiz. Kuchli bo'ling bollar. Sizni his qila olaman va ishonaman. Odam qilgan ishlarni odam qiladi...

ilyosbek ☕️

22 Jan, 19:00


AQSh oligarxiya qo'liga o'tayotgani haqida ko'p gapirilmoqda. Asli biznesmen bo'lgan Tramp kuni kecha prezidentlik muddatini boshladi.

Inauguratsiya marosimiga kelgan nufuzli mehmonlar qatorida Ilon Maskdan tashqari, Bezos (Amazon), Sukerberg (Facebook&Instagram), Pichai (Google), Tim Kuk (Apple) va boshqa yirik tadbirkorlar bo'ldi. Hatto TikTok rahbari ham.

Ko'p va'dalarni berib ovoz to'plagan Donald Trampdan ovoz beruvchilar "Make America Great Again" kutib turgan vaqda, u o'z kripto aktivi - memcoin tashkillab yuribdi.

Respublikachi Tramp haqida G'azoda tinchlik o'rnatishi va bir jinsli nikohni bekor qilishi kabi xayplar ham quruq safsatadan boshqa narsa emas. Prezidentlik qasamyodiga bir jinsli nikohga ega Altman (ChatGPT asoschisi) ham keldi.

Bir tomondan AQShning 300 yillik fundamenti kelasi 4-5 yil ichida buzilmasligiga ishonasan, ikkinchi tomondan butun kongress va senatda ustunlikni qo'lga kiritgan respublikachilardan chiqqan bu shovvozlar hozirgacha ko'targan shovqinlari ham ancha baland.

Menimcha, bu jarayonni kuzatish qiziqroq bo'ladi...

ilyosbek ☕️

22 Jan, 15:15


Rasman, aytganimni qilishdi.
Kapadze endi bizni Jahon chempionatiga olib chiqadi. Vijdonli, natija qilgan murabbiy. Boshqasiga ishonmasdim.

O'zbekiston terma jamoasini oldinda faqat 4 ta o'yini qoldi. Eron va Dubayga safar, Qirg'izlar va Qatar bizga keladi.

ilyosbek ☕️

22 Jan, 08:21


Sobiq DXX raisi Abdusalom Azizov UFA prezidenti lavozimidan ketgani ortidan, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ham bo'shatildi.

Yoshlar jamoasini Olimpiya o'yinlariga olib chiqqan, Timur Kapadze terma jamoa bosh murabbiyligiga kelishi kerak. Meni variantim shu.

Yangi xorijlik mutaxasis kelsa, o'z taktikasini singdirguncha vaqt kerak, biz esa yo'lni yarmidamiz, hozirgi tempda yakunlab qo'ysak bo'ldi, Amerikadagi jahon chempionatiga tariximizda ilk bor yo'llanma olamiz.

Update:
Rasman, aytganimni qilishdi.
Kapadze endi bizni Jahon chempionatiga olib chiqadi. Vijdonli, natija qilgan murabbiy. Boshqasiga ishonmasdim.

O'zbekiston terma jamoasini oldinda faqat 4 ta o'yini qoldi. Eron va Dubayga safar, Qirg'izlar va Qatar bizga keladi.

ilyosbek ☕️

18 Jan, 19:25


3 yil oldin Siti loyihasi haqida yozib, ularga simpatiyam borligini aytgan ekanman)

ilyosbek ☕️

15 Jan, 14:47


Ochig'ini aytsam, o'z ayolini va qizlarini boshida ko'tarib yuradigan erkaklarga havas qilaman. Chunki, ular bu jamiyatda noyob.

O'zbek qizi har qadamda radikal munosabatga uchraydi. O'zbek kelini inson o'rnida ko'rilmaydi. O'zbek ayoli erining urishiga ham chidaydi. O'zbek onasi esa shunga o'xshash minglab travmalar ortidan shakllanadi. Bu, juda ayanchli.

Tarixan aksi edi, o'rta asrlardagi Xadija (r.a), Temuriylar davri onasi Begum, hatto turklar diyoridagi Valide Sultonlar ham e'zozlangan ayol bo'lgan. Bizning jamiyat kimdan andoza oldi, ba'zan hayron qolaman.

Tushunaman. So'nggi yillarda feminizm deya olib kirilayotgan g'oyalar ortida provakatsion harakatlarni ham uchratish mumkin. Lekin, aslida, hatto shu g'arb madaniyati ham biz hozir tushib qolgan balchiqdan yaxshiroq tuyiladi.

Yoki, o'z tariximizda mavjud bo'lgan ayollarga nisbatan insoniy qadriyatlarni to'liq qabul qilmaganimiz uchun jazo bo'lsa kerak...

ilyosbek ☕️

13 Jan, 11:33


​​Humo xususiylashtirildi va uni Paynet 65 mln dollarga sotib oldi. Voqealar xronologiyasi aslida qiziqroq.

Biz bilgan o‘sha mashhur Paynet startapi asoschisi Botir Arifjanov, 2005 yil loyihani boshlagan va tan olish kerak, o‘zbek elektron bozorida yaxshigina nom qozongan.

Katta pullar haqida gap keta boshlagach, Gulnora Karimova Paynet aksiyalarini o‘ziniki qildi. Keyinchalik, MXX aralashib mazkur kompaniya to‘laqonli davlat mulkiga aylantirilgan. Botir Arifjanov esa chet elga chiqib ketgan.

Hukumatda o'zgarishlar bo'lganidan keyin, u O‘zbekistonga qaytdi va bu yerda Astrum nomli yirik "ayti" markazi qurdi.

Yaqinda, Paynet qayta xususiylashtirildi. Qanchadir ulush asoschiga qaytgani haqida ham ma’lumotlar bor. Lekin asosiy qism aylanib-aylanib yana hozirgi...

Xullas, endi Paynet yanada kengayib Humoni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu katta qadam, katta o‘sish, fikrimcha.

ilyosbek ☕️

10 Jan, 19:01


​​Los Anjelesda yong'in oqibatida kulga aylangan uylar narxi taxminan 5-6 million dollar atrofida baholanmoqda (adashmasam Gollivud hududi).

O'rtacha kaliforniyalik shaxs (yillik maoshi taxminan $100 ming dollar deylik) bu xarobalardan birini sotib olish uchun plus-minus 50 yil ishlashiga to'g'ri keladi.

(Albatta, bu yer qiymati hisobiga juda qimmat. Boshqa hududlarda $1 millionga ham hovli topish mumkin).

Toshkentda o'tgan yili o'rtacha oylik maosh 7.5 million so'm (~$550) deb statistika berildi. Yaxshi joydagi hovli narxlarini $200 ming dollar atrofida deb olsak, ularni sotib olish uchun salkam 30 yil vaqt ketarkan. Zato, uy yonib ketmagan bo'ladi :)

To'g'ri, chekka hududdagi xitoyliklarni sochiq sexida 1,5 million oylikka ishlayotgan o'zbekistonlikni poytaxtdan hovli olishga umri yetmay qolishi bor gap.

ilyosbek ☕️

10 Jan, 16:37


X7 faqat bitta yomon tomoni - UzAuto (GM) moshinalariga bo'lgan qiziqish yo mehrizni ko'mib tashlarkan...

ilyosbek ☕️

09 Jan, 14:30


​​Oxirgi tendensiyalar Telegramda pullik kanallar rivojlanayotgani ko'rsatmoqda. Kun.uz shu haftani ichida 2 ta bunday loyihaga qo'l urishga ulgurdi.

Blogimga foydali rubrika qo'shib, uni pullik qilish haqida o'ylay boshladim. Har bir obunachi atigi bitta "obed puli"ga "podpiska" sotib oladi. Biroq muallif uchun katta masshtabdagi sotuv katta raqamlarda doimiy daromad keltirib turadi.

Lekin, hozircha bozorni o'rganish kerak. Telegram o'zbek segmentida ham bunga nisbatan ishonch va toqat shakllansa, aslida yomon g'oya emas.

ilyosbek ☕️

08 Jan, 07:35


Mask "Liverpul"ni sotib olishi haqidagi xabarlar ortidan, Donald Tramp ham Kanada AQShga qo'shilishi kerak degan vajni ko'paytirmoqda. Bilasiz, garchi Kanada alohida suverenitetga ega bo'lib, siyosiy mustaqil davlat bo'lsada, ramziy rahbari Britaniya qiroli hisoblanadi.

Ilon Mask Angliyada ta'sir doiraga ega bo'lish borasida niyat qilayotgan bo'lsa, xuddi Twitter keysi kabi, Tramp xohishiga aloqador deb mantiqan bog'lash mumkin, degan gaplar yuribdi.

Lekin, fikrimcha, 🇨🇦 Kanada xalqi bu g'oyaga to'laqonli qarshilik qiladi. Dunyo davlatlari ham. Kanada siyosiy tizimi va madaniy an'analari ham kuchli va bu ssenariyni amalga oshish ehtimoli yaqin yillarda juda past.

Ya'ni, aynan Mask va Tramp erasida bu sodir bo'lmaydi, deb o'ylayman.

ilyosbek ☕️

06 Jan, 17:23


Kimdir sen orzu qilgan hayotda yashaydi. Sen niyat qilgan joylarda yuradi, boradi. Qizig'i, sening hozirgi hayoting ham kimningdir orzusi...

ilyosbek ☕️

05 Jan, 10:12


atrofimdagi aqlli, kuchli, bilimli va o'z ambitsiyalariga ega insonlarni ko'rib, kelajakka nisbatan umid paydo bo'ladi. ular bilan birga katta ishlar qilish mumkinligiga eng kamida ishongim keladi.

ammo instagramga kirishim bilan, bir tomonda azoblash xizmatlari, yana bir tomonda ongi pastlar videolari. ko'rib, faqat bitta savol tug'iladi menda: "bular o'zi rostanam O'zbekistonda yashaydimi?"

kontrastlar jamiyatida turli xil insonlar bo'lishi tabiiy. biroq bu internetdagi shaxsiy videolar orqali aksini topayotgani bois, individual savollar paydo bo'ladi:
"okay, but why?"

ilyosbek ☕️

05 Jan, 06:13


ochig'ini aytsam, kecha bir g'ayrat qilib, hozir bizda eng aktual bo'lgan gaz mavzusida longrid yozish haqida o'yladim va chuqur nafas olib - telefonni o'chirdim. ba'zan sukut saqlab tomosha qilish ham yoqimli ekan.

ilyosbek ☕️

01 Jan, 08:39


va bir savol tug‘iladi: agar siz ham bu kabi pauzani his qilayotgan bo‘lsangiz, demak, bu o‘tkinchi emas, ehtimol boshlangan bir yangi bosqich. keyingi daraja. shunday emasmi?

ilyosbek ☕️

01 Jan, 08:38


hayotga nisbatan o‘zimning rol va mas'uliyatimni anglagandekman. yoki, oldingi harakatlar o‘z-o‘zidan barqarorlik olib kelgan. shu bois, endi ichki shovqin, qo‘rquv yoki bosim emas, faxr va xotirjamlik his qilish - normal, menimcha.

ilyosbek ☕️

01 Jan, 08:37


balki, bu - ulg'ayish. balki o'z oldingga qo'ygan maqsadlaringga erishayotganingni ko'rgach paydo bo'ladigan tuyg'u. ehtimol, o‘tgan yillarda nimadir yetishmagandek, har doim biror narsa “kam” degan fikr bo'lgan. xa, bu ichki o‘sish belgisi, inson o‘z hayot yo‘nalishini qabul qilganidan bo'lishi mumkin.

ilyosbek ☕️

01 Jan, 08:36


negadir bu safar ichki xotirjamlik bor. kuchli ishonch motivi. hammasi silliq va bir tekis o'tdi. yurak urishi ham maromida. miyada million xil xayollar yo'q. chuqur mamnuniyat hissi. sababini anglashga harakat qildim:

ilyosbek ☕️

01 Jan, 08:35


esimda, 16 yoshimdan beri yilning birinchi sanasi hayajonli o'tardi. "365 kun nima qildim?", "endi nima qilaman?", "nimaga erishdim va bu yetarlimi?", "keyingi 12 oy uchun planlar qanday? va hokazo... lekin...

ilyosbek ☕️

30 Dec, 04:05


...va bir iltimosim bor. o'zi shusiz ham murakkab munosabatlar ustiga qurilgan bu hayotni yanada chigallashtirmang. shunchaki yashang. sizga ishonadigan insonlar uchun.

yangi yilda, yangi zafarlar! 💥

ilyosbek ☕️

30 Dec, 04:04


bu yil ham qator havas qilarli insonlar bilan ko'rishdim, suhbatlashdim. orasida dunyo tan olgan taniqlilar ham ko'p bo'ldi. ba'zilar so'zlar orqali o'rgatsa, yana kimlardir amallarda ustoz bo'lib berdi. hammasini qadrlayman.

ilyosbek ☕️

30 Dec, 04:03


ko'p narsalarga ahamiyat bermay boshladim. maksimal darajada fokusni toraytirish va lahzalardan zavqlanish odati mustahkamlandi. nimanidir o'zgartirish uchun o'zim o'zgarishim yetarli ekanini his qildim.

ilyosbek ☕️

30 Dec, 04:02


oxirgi kunlar yon atrofimdagilarning xursand bo'lishi meni ham baxtli qila boshladi. yaqin insonlarimdan tortib, hatto men umuman tanimaydigan kimdir ham quvonsa, maqsadiga erishsa yo omadi kelsa, xuddi o'zim bilan sodir bo'lgandek, kayfiyatim ko'tarilmoqda. qiziq his.

ilyosbek ☕️

30 Dec, 04:01


avvalo, yangi yilni bayram qilish kerakmi-yo'qmi deb tortishib yurmagan barchadan faxrlanaman. xayolingiz bundan ham muhimroq ishlar bilan bandligi quvonarli.

ilyosbek ☕️

30 Dec, 04:00


...yana bir yilimiz yakunlanish arafasida. nimadirlar yozgim bor shu yerga...

ilyosbek ☕️

28 Dec, 19:05


🎄

ilyosbek ☕️

28 Dec, 00:38


🥂

ilyosbek ☕️

25 Dec, 16:38


shu yerga yozib qo'yay.

Londonga borib, Arsenal stadionida muxlislar bilan klub madhiyasini birga baland ovozda kuylab, mana shunday videoni o'zim olaman bir kuni.

nasib.

ilyosbek ☕️

24 Dec, 06:26


Kuningiz yaxshi o'tsin! 🥂

ilyosbek ☕️

22 Dec, 14:44


гап йўқ, боллар! 🔥

ilyosbek ☕️

20 Dec, 12:20


Asaxiy yil bestsellerlarining faqat 3 tasini o'qimagan ekanman. Qolgan hammasini tavsiya qilaman.

ilyosbek ☕️

08 Dec, 08:07


ие, қор ёғдими? 🥱❄️

силар сторисларга қўйиб, каналчангизга ташамасангиз биз билмасдик))

ilyosbek ☕️

06 Dec, 06:01


Parallel olam 🔗 mr.lorenzo

ilyosbek ☕️

05 Dec, 15:45


Robert Kiyosaki 🥂

ilyosbek ☕️

05 Dec, 13:55


Kiyosakidan tashqari juda ko'p ekspertlar bo'larkan. Atmosfera super. Bunchali ko'p odam qiziqadi, deb o'ylamagandim.

ilyosbek ☕️

04 Dec, 08:21


Pakhtakor uchun o'ta omadsiz lekin muhim o'tish yili yakunlandi.

Portugaliyalik Pedro Moreyra murabbiylikka olib kelindi. Shatskix shtabda qoladigan bo'ldi. Cheran va boshqa legionerlar ketadi. Iroq yulduzi Bashar va yana 5 nafar xorijlik keladi.

Stadionda rekonstruksiya bugundan boshlab yuborilgan. Lyov bilan uchrashuv esa tasodifiy bo'lgan. Ortiqxo'jayevning bir gapi yoqdi:

"Menimcha, dunyoda faqat 10-15 ta klub foyda keltirsa kerak. "Paxtakor"ga foyda keltirishi uchun emas, yoshlikdan shu klubga muxlis bo‘lganimiz uchun yordam beryapmiz. Kimdir qilishi kerak-ku baribir. O‘zbekistonda futboldan daromad kelishiga men ishonmayman..."

ilyosbek ☕️

03 Dec, 19:38


Zaldan chiqib, yengil 1.6 bosvordik)

ilyosbek ☕️

03 Dec, 07:38


Erta-indin janob Ortiqxo'jayev "mediani portlataman" deb turibdi.

- Kecha biznes marafonlarda chiqish qilib, "sun'iy intellekt va investing" kelajak deb atadi. (Sababi bor).
- Kiyosakini olib keladi. "Boy ota, kambag'al ota" bestselleri egasi. Investor. (bilet tayyor, boramizmi?)
- Pakhtakor futbol klubi barcha OAV vakillariga anjuman qiladi. Zo'r yangilik bor emish.

Way II va Artel, AKFA, CAU birga nimadir qilmoqchi. Ko'ramiz.

ilyosbek ☕️

02 Dec, 11:00


Kelasi yil bizda Olimpiya o'yinlari (yoshlarniki) bo'lishi kerak edi. Bu uchun Toshkentda (Yangi Toshkentda) alohida Olimpiya shaharchasi qurilayotgandi.

Osiyo olimpiya kengashi mezbonlikni bizdan tortib olib, Bahraynga berdi. Izohlanishicha, biznikilar "tayyormasmiz" deb ko'chirishni so'rashgan.

Prezidentning Isroil va Falastin haqidagi oxirgi chiqishlaridan so'ng, xalqaro maydonda O'zbekiston bilan bog'liq holatlar ko'payotgani ham qiziq.

ilyosbek ☕️

02 Dec, 10:01


Kelasi yil bizda Olimpiya o'yinlari (yoshlarniki) bo'lishi kerak edi. Bu uchun Toshkentda (Yangi Toshkentda) alohida Olimpiya shaharchasi qurilayotgandi.

Osiyo olimpiya kengashi mezbonlikni bizdan tortib olib, Bahraynga berdi. Aniq izoh yo'q.

Tayyormasmiz, degan variant ham bor. Lekin bu haqida nega bizning rasmiylar birinchi og'iz ochmagani qiziq. Keyingisini olish haqida ham gap-so'z yo'q.

Prezidentning Isroil va Falastin haqidagi oxirgi chiqishlaridan so'ng, xalqaro maydonda O'zbekiston bilan bog'liq holatlar ko'payotgani ham qiziq.

ilyosbek ☕️

01 Dec, 13:56


Xush kelibsan, Qish! ❄️

ilyosbek ☕️

29 Nov, 11:42


Jahon Savdo Tashkilotiga qo'shilishga yana bir katta qadam qo'yibmiz.

Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralar ijobiy yakunlangan. Oldinroq, Amerika Qo'shma Shtatlari ham rozilik bildirgandi.

Dunyo iqtisodiyoti gegemonlari "za" ekan, demak aniq qo'shilamiz. Muhim progress.

ilyosbek ☕️

28 Nov, 09:32


Samarqand hokimi Erkin Turdimov ishdan olinibdi. Lekin insaydlarga ko'ra, prezident adminstratsiyasiga ko'tarilgan.

Bundan ko'rinadiki, prezident o'ziga eng yaqin tizimga vijdonli xodimlarni yig'moqchi.

(Bu video esa, eski - o'tgan yilgi).

Qisqasi, boshlig'ing bugun senga tanbeh berayotgan bo'lsa, bu seni yanada yaxshiroq odam bo'lishingni xohlayotganidan bo'lishi mumkin.

Ishonchni oqlasang ertaga lavozimingni ham ko'taradi. Bo'lgan bunaqasi...

ilyosbek ☕️

26 Nov, 18:42


Hozir YouTube'da HBS akademiyasi webinari rekomendatsiyamdan chiqib qoldi. 2 soatdan beri onlayn muloqot qilishayotgan ekan.

Ochig'i, nostalgiya his qildim. 3 yil avval Target School bilan xuddi shu ishni qilganmiz. Tanish strategiyalar, tanish sifralar.

Video muloqot odatda voronkaning eng oxirgi etapi hisoblanadi. Ungacha auditoriya turli joydan bir nuqtaga yig'ilib, maxsus kungacha "qizdirib" kelinadi.

Tashkilotchilar webinar davomida o'zini yaxshi va saxiy inson obrazda ko'rsatib, boshida go'yo bepul ma'lumotlar beradi. Slaydlar, fayllar, statistika va natijalar...

Oxirida esa eng asosiy maqsadga o'tiladi. Bu — sotuv. "Pishib turgan" tomoshabinga hozirni o'zida sotish uchun misli ko'rilmagan, cheklangan taklif tayyorlanadi.

HBS ta'riflariga qarang. Bu yerda bitta psixologik xod bor. Standart va VIP raznitsasi – imkoniyatlarda o'ta katta, narxida esa atigi 700K. Ya'ni, birinchi ta'rif, aslida, shunchaki ikkinchisini qimmatroq sotish uchun.

500+ hozir ro'yxatdan o'tdi. Soqqani sekin hisoblayvering...

ilyosbek ☕️

26 Nov, 16:58


yengil dofamin: tasavvur qiling, 2026 jahon chempionati finali. Portugaliya & Argentina. oxirgi daqiqa, hisob ochilmagan. 999 ta golga ega Krishtianu penalti tepish arafasida... davomi shartmas.

ilyosbek ☕️

26 Nov, 13:04


Nihoyat, "Buyuk Xitoy devori"ni oson zabt etish baxtiga sazovor bo'lamiz, yaqinda...

Hukumatdagi bir-biridan mustaqil ikkita insayderim (😁) 2025-yildan boshlab O'zbekiston va Xitoy o'rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi haqidagi xabarlarni qisman tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi vakillari o'zaro hamkorlik shartlarini muvaffaqiyatli kelishib olgan.

Chinovniklarimiz chin diktatorlarning yopiq yurti bilan kelishuv shartlarini qanday ishlab chiqishgani va ular aynan qaysi manfaatlarni ko'zlayotgani menga juda qiziq.

ilyosbek ☕️

24 Nov, 14:47


O'zimizning siyosiy sahna garchi qizib borayotgan bo'lsada, butun dunyo e'tibori markazida yuradigan — AQSh siyosat olami yanada shovqinli.

Yaqinda Navbahor opa, Tramp haqidagi filmni ko'rishni tavsiya qilgandi. Menga rostan yoqdi, shu bois sizga ham ilindim.

Film biografiya emas, asosan ustoz-shogird epizodlari asosiy planga olingan. Lekin zo'r ishlangan, kuchli bo'lishni o'rgatadi.

Trampni tentak deb o'ylaydiganlar u haqida ko'proq bilganidan so'ng, hatto kumiriga aylantiradi.

O'zbek tilidagi versiya uchun link:
🔗 https://uzmovi.tv/tarjima-kinolarri/6724-shogird-trampning-yuksalishi-donald-tramp-haqida-premyera.html

ilyosbek ☕️

23 Nov, 14:18


ДХХ раиси алмашди, демоқда манбалар. Абдусалом Азизов четлатилган. Мудофаа вазири Баҳодир Қурбонов тайинланган.

ilyosbek ☕️

23 Nov, 09:32


Bitkoin narxi 100 000$ ga chiqdi.

2017 yilda 6k$ga 2ta olib qo’yganingizda, hozir 200k pulingiz bo’lardi.

Yoki bo’lmasdi. Balki 90% investorlarga o’xshab 10k$ga chiqqanda sotib yuborardingiz.

2017-yilda blog boshlab, to’xtatmaganingizda - sohangizda eng kuchli blog bo’lardingiz.

2017-yilda bitta sohani ushlab, kuniga 20 daqiqa o’rganganingizda - top 1% mutaxassis bo’lardingiz.

2017-yilda kichkina xobbi biznes boshlab, haftasiga bitta mijoz qo’shganingizda - o’rta biznes darajasiga chiqardingiz.

Oxirgi uchta holatning hammasida 200kni bir yilda topib qo’yardingiz.

Orzu qilishni to’xtating. Ishni bosing.

ilyosbek ☕️

23 Nov, 04:56


Bu mavzuda bundan ortiq prikol bo'lmasa kerak. Yorvoreshn.

ilyosbek ☕️

23 Nov, 04:43


Ahror aka bilan bir hafta avval masterklassda gaplashganimizda, ayni shu mavzuni o'rganayotganini aytgandi. Mana bir yaxshi material ham tayyorlabdi.

Meni hayron qoldirgan masala, shuncha odam ushbu maynavozchilikka qanday qilib ishonayotgani bo'lmoqda?

Zamonaviy tibbiyot ham ojiz bo'lgan ayrim masalalarni "silash" orqali davolash - aqlga qanday sig'ayotgani qiziq.

Kunduziy aytganidek, bu ketishda O'zbekiston rivojlanmaydi.

ilyosbek ☕️

21 Nov, 19:25


​​Aslida, hozirda kriptoning eng katta targ'ibotchisi (promouteri) bu Donald Tramp.

Uning orbitasida kripto sohasiga sarmoya qilgan, va shu sohadan kun ko'radigan badavlat donorlar bor. Esingizda bo'lsa, saylovoldi kampaniyasi arafasida Tramp kriptoni targ'ibot qilishni, o'zi ham qandaydir kripto tokenlarni sotishni boshlagandi. Bu yerda ikkita sabab bor edi: birinchisi kripto sanoati orqali donorlik pullarini yig'ish va ikkinchisi ovozlar. Kriptoga aralashib uni targ'ibot qilishi, UFC janglariga to'dalashib borishi orqali ham mana shu elektoratning bir qismini o'ziga jalb qilish edi deb o'ylayman.

Xullas, prezidentlik saylovida yutganidan beri bitkoyn narxi 40%ga ko'tarildi.

Menimcha, Trampning kelishi, Genslerning ketishi, moliya bozoridagi (bank sanoati ham, kripto ham) yengillashadigan regulyatsiya kutilmalari, natijasida Ponzi sxemalar, aldangan investorlar, g'ayritabiiy sxemada ishlaydigan instrumentlar ko'payadi.

@uzbekonomics

ilyosbek ☕️

21 Nov, 15:52


Chiqdi! the best va mr beast podkasti. ko'rish kerak.

https://youtu.be/aDF_ESN80r8?si=5PeL4Q3ibP1Wzl5O

ilyosbek ☕️

20 Nov, 13:03


Naqadar go'zalsan, Toshkent!

ilyosbek ☕️

19 Nov, 00:49


Ertalab, albatta quyosh chiqadi...

Qiyinchiliklar tog‘dek ulkan, yo‘l esa qorong‘i tuyuladi. Lekin unutmang: hech bir tunda zulmat abadiy hukmron bo‘lmaydi. Har qanday og‘riqning ortida shifo bor. Har qanday mag‘lubiyat – bu muvaffaqiyat uchun boshlangan jang.

Lampochkachi Edisondan tortib, Basketbolchi Jordangacha — imkonsizlikdan muvaffaqiyat yaratgan shaxslar yetarlicha ko‘p. Kimlardir minglab dollar minusdan baxt tomon burilsa, yana kimlardir xarobalardan millionerlik cho‘qqisiga chiqadi. Boshqalar o‘lim to‘shagidan hayotga qaytadi, ba’zilar shunchaki yaxshi odamga aylanadi. Keng va qiyin dunyoda omon qolganlar yo‘li - qolganlar uchun xarita.

Hayotni musobaqa maydoniga o‘xshatish niyatim yo‘q. Ammo buni rad qilgan taqdirizda ham, ichingizdagi "maraz odamcha" bilan bellashuvingiz sizni tark etmaydi. Barchamizga o‘zimizni yengish nasib qilsin...

ilyosbek ☕️

15 Nov, 13:41


mission completed 🥳

ilyosbek ☕️

14 Nov, 09:24


Navbahor Imamova,
"Amerika ovozi".

ilyosbek ☕️

13 Nov, 17:47


Garchi Namanganda tug'ilgan bo'lsam ham, Farg'ona infrastrukturasini vodiyda nisbatan yaxshiroq deb hisoblayman.

O'zbekistonning barcha viloyatlarida bo'lganman, o'zimga yoqqanlari orasida Xorazm, Buxoro, Samarqand va Jizzaxdan so'ng, albatta Farg'ona o'rin oladi.

Marg'iloni ham, Qo'qoni ham, shaharni o'zi ham maftunkor. Bekorga vodiy bu nom bilan atalmaydi...

ilyosbek ☕️

13 Nov, 06:31


Birinchi kun shunday boshlandi...

ilyosbek ☕️

12 Nov, 19:43


- perevalda misli betakror qor! ❄️
- go'zal Farg'onaga 2-marta keldim.
- 3 kun davomida "miyani charxlash".
- hammasi haqida batafsil, keyinroq...

ilyosbek ☕️

11 Nov, 06:55


ўша гап: "қандо бир бирини яхши кўрган йигит ва қиз, хиёнат қилиши мумкин? ман даже бегона магазинни пакети билан бошқа супермаркетга кириб қосам хижолат қиламан. билсен биларсан..." (с) сахиев

ilyosbek ☕️

09 Nov, 16:03


эски таниш (собиқ чиновник, ҳозир ц1даги мактабда дарс беради, 1-расм) билан овқатланиб, суҳбатини олгандим. бўлаётган тенденциялар бўйича фикрига қизиқдим. охирида шундай деди: "Ўзбекистонда кейин ҳам яхши яшаш ниятинг бўлса, бурнингни фақат нафас олиш учун ишлат. давлат ғирт капитализм устига қурилмоқда: бойлар бойиб кетади, камбағал баттар қашшоқлашади. иложи борича тезроқ бир оқимга қўшил ва қўйиб юборма. оқим сени ўзинг ўйлаганингдан ҳам каттароқ натижаларга олиб боради". ишонинг, буни билардим, лекин кимдандир эшитиш қаттиқ таъсир қилди.

ilyosbek ☕️

09 Nov, 15:47


bir inson (sobiq chinovnik) bilan suhbatlashib, shahar aylandik, oxirida shunday dedi:

"Davlat g‘irt kapitalizm ustiga qurilmoqda: boylar boyib ketadi, kambag‘al battar qashshoqlashadi. iloji boricha tezroq bir oqimga qo‘shil va qo‘yib yuborma. oqim seni o‘zing o‘ylaganingdan ham kattaroq natijalarga olib boradi".

ilyosbek ☕️

09 Nov, 04:53


опани подкастини тўлиқ кўрдим ҳозир. айнан "мен сени қўллаб қувватлайман" деган гап ортида "ўзингни аравангни ўзинг тортасан" дегани ҳам бор экан. ёқимли муносабатга алданманглар 😁

ҳаммаси аниқ-тиниқ. танлов ҳар кимни ўзида. масалан менга бундай ултра эркинлик (пофигистлик)дан кўра, (ҳуқуқлар таъминланадиган) традиционал оила институти яхшироқ.

фақат охирида айтган масъулият ҳақидаги гапларига қўшиламан. ўйлаб қарасам, 15 ёшимдан бери онамдан узоқда яшарканман ва бу мени қарорлар қабул қилишда ҳам, турмуш тарзида ҳам алоҳида шахс сифатида ўстиргани - анча катта ютуғим бўлди.

одатда бирор ишни бошлайман ва кейин онамга шундай қилдим дейман. у эса маслаҳат бериб, қўллаб қувватлашини айтади. "сенга ҳозиргача ишонганман, бундан кейинам нима қилаётганингни биласан деб ўйлайман" дейди. менимча бундай муносабат олиш учун қайсидир ҳолатлар орқали ишонч қозониш шарт.

бошқа томондан, яхшилаб ўйланса, ҳозир биз европа маданиятидан қўрқишимиз эмас, ўзимизни оила тизимини соғлом ушлаб қолишимиз муҳимроқдек.

ilyosbek ☕️

06 Nov, 19:27


O'zbekiston. 2024-yil, noyabr.

ilyosbek ☕️

06 Nov, 07:10


Lekin bir muammo bor. Saylov natijalariga ko'ra, prezidentlikdan tashqari senat ham, kongress ham respublikachilar qo'liga o'tmoqda. Bu juda yomon ssenariy.

Ushbu grafikada ko'ringanidek, AQShda hokimiyat gorizonti 3 ta mustaqil bo'linmadan iborat. Ham legislative, ham executive bo'lim "bir xil qarashlilar" qo'liga o'tishi – ularning qonun doirasidagi istalgan qarorini qo'llashiga cheksiz imkoniyat yaratadi.

Qariya Bayden Demokratlar reputatsiyasiga jiddiy zarba beribdi. Tan olish kerak, ushbu 4 yillik davomida ular AQShni jahon miqyosidagi obro'sini to'kdi. Balki natijalar haqli bo'layotgandir.

ilyosbek ☕️

06 Nov, 06:55


U qaytdi!

Tramp — rasman Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti. Kelasi 4 yil uning boshqaruvida o'tadi. (Tarixiy davr bo'lishi kutilmoqda). Kongressda ham uning partiyasi - respublikachilar soni ko'proq bo'ladi. Bu unga qaror qabul qilishda ustunlik beradi.

Harris esa keyingi saylovda yutsa kerak...

ilyosbek ☕️

06 Nov, 04:29


Legendalar to'dalashibdi. Chapdan o'ngga - Tramp, UFC rahbari Uayt va o'sha mashxur Ilon Mask.

Ayni damda ular saylov natijalarini birga kuzatmoqda. Amerikada katta ivent...

ilyosbek ☕️

05 Nov, 04:07


“Nega bozorda yaxshi marketologlar kam?”

Butun faoliyatim davomida ushbu savolni ko’plab o’zbekistonlik tadbirkorlardan eshitib kelganman.

Ko‘pincha ular marketologlar bir nechta terminlarni o‘rganib, bir-ikki mashhur kitob o‘qib, tadbirlarga qatnab, darrov $1-2 minglik oylik (sal nomi chiqgan kompaniyada bir yil ishlagan bo’lsa, $5-6ming) kutishidan shikoyat qilishadi.

Rostdan ham, bozorda ko’plab yosh marketologlar biznes jarayonlari, operatsion resurslarni tejash, mijozlarni jalb qilish xarajatlarini kamaytirish va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilish haqida tushunchaga ega emaslar.

Ularning asosiy biladigan narsasi — aksiyalar o‘tkazish. Lekin, bunga ham yetib bora olmay, ko‘pchiligi, afsuski, faqat SMM doirasida qolib ketishadi.

Menimcha, muammo tadbirkorlarning o‘zida. Ular marketologlarni tanlashda yetarlicha e’tibor bermay, “Yaxshi kompaniyada ishlaganmi? Olamiz!” deya qaror qabul qilishadi.

Yana bir katta muammo shundaki, O‘zbekistonda endi rivojlanayotgan bozorda haligacha ta’lim islohotlariga e’tibor qaratilmayapti va malakali kadrlarni yetishtirishga yetarlicha ahamiyat berilmayapti.

Natijada, ekspatlarni katta maoshga jalb qilib, o’zimizni qora ko’zlarni chet elga ishlashga yuboraveramiz.

@latipovasamira

ilyosbek ☕️

24 Oct, 15:57


Instada chiqib qolgan qaysidir rilsda odamlar oyiga $ming plus topishini aytardi. Izohda esa parallel olamdagilar 2 mln oylikni ham qiyinligini yozardi.

Shunda o'ylab qolganman: ehtimol, bu shunchaki sen komment yozib o'tirganing sabab shundaydir. Vaziyat kulrang ko'rinishini sababi ham shu - topayotganlarda izohda nolishga vaqt yo'q, balki.

Hukumatga bog'liq bo'lgan iqtisodiy muammolarni tan olgan holda, kapitalistik tizimning bir haqiqatini aytmoqchiman: yaxshi topmayotganing - birinchi navbatda davlatni aybi bo'lsa, ikkinchisi albatta seni aybing.

Masala ham shunda: kimdir o'zini ayborligini tan olgisi kelmaydi.

5 yil avval tekinga ishlab yurganimda ham, asta oyiga ming dollardan ko'p topishni boshlab ham xuddi shu fikrimda turdim. Demak, prinsiplar hal qiladi. Yondashuv muhim.

Aniq qadriyatlar asosida yashash insondagi bo'shliqni to'ldiradi, toki uni negativ energiya, befoyda o'y-fikrlar, passiv turmush, so'ngan umidlar egallab olmasidan.

Va har doim aytganimdek, tizimdagi moslashuvchan va barqaror sistema kun kelib boshqaruvchi sistemaga aylanadi. Sabr va harakat - ajoyib so'zlar, aslida...

ilyosbek ☕️

23 Oct, 18:16


xullas, bugun dollarga alternativ — BRICS taqdim etildi. Putinning o'zi esa "valyuta bizniki emas, shunchaki u g'arbniki ham emas" deb zo'r gap aytdi.

agar men yevropada yashaganimda valyutalar aro konkurensiyaga "pshlnxy" derdim. lekin qo'shni qozoqlargacha yetib borgan brics o'zbekistonga ham jiddiy ta'sir o'tkazishini kutish qiyin emas.

yaqinda saudiyaning qo'shma shtatlar bilan yarim asrlik neft kelishuvi tugagani va uning bricsga qo'shilayotgani kabi xabarlar ortidan, brics shunchaki qari chollarning choyxonasidagi gap emasligi ahamiyatga ega bo'la boshlaydi.

umuman brics loyihasini o'rganib chiqib, hozircha hammasi ideal ketayotganiga ishonch hosil qildim. endi dabdabali g'oyalar amaliyotda qanday qo'llanilishini kuzatish qiziq.

g'arbning reaksiyalari ham...

ilyosbek ☕️

21 Oct, 12:29


Marketingga doir albatta o'qishingiz kerak bo'lgan kitoblar

• Filip Kotler - Marketing A dan Z gacha
• Allan Dib - Bir varoqli marketing reja
• Jim Kolinz - Yaxshidan buyukka
• Devid Ogilvi - Reklama haqida
• Artyom Senatorov - Kontent Marketing
• Robert Satton - Haddan ortiq donolar bilan ishlamang.

Shuningdek, Bergerning "Yuqumlilik" kitobi ham yaxshi variant. Ro'yxatni esa uzoq davom ettirish mumkin.

Vaqt ajratib hozircha ushbu kitoblarni o'qishni tavsiya qilaman! Nafaqat marketologlarga, umuman istalgan insonga foydali bular.

ilyosbek ☕️

20 Oct, 17:26


Dam olish kuni uchun tuhfa!

Kecha substansiya nomli filmni ko‘rdim. psixikani buzvorarkan. agar siz o‘zizni hozirgi versiyangizdan qoniqmasangiz, bu kinoni ko‘rishingiz shart!

link: https://uzmovi.com/tarjima-kinolarri/6624-substansiya-shavqatsiz-modda-premyera-uzbek-ozbek-tilida.html

ilyosbek ☕️

19 Oct, 10:33


Zalga chiqishga vaqtim yo'q ba'zan, degandim boya. Zo'r taklif tushib qoldi — 1Fit

Operator aytishicha, obonementni olgach shahar bo'ylab istalgan sport zalga, suzish havzasiga va boshqa sport turlariga istalgan vaqtim borishim mumkin.

FT9326 promokodini berib, 1 hafta sinov tarzida ishlatib ko'rishimni aytishdi. Bugun Diplomatiyadagi suzish kompleksiga borishni rejalashtirdim. Ertaga biror zalga o'tarman.

Ushbu promokod faqat bugun aktual, 1Fit ilovasidan ro'yxatdan o'tib, siz ham ishlatsangiz bo'ladi.

ilyosbek ☕️

19 Oct, 03:26


tepada ko'p narsa yozdim. asli shuncha qizdirib kelgach, hozir biror kurs ochib, masalan shaxsiy rivojlanish yo marketing haqida, 24 soat ichida sotib olganlarga 90 foiz skidka deb, 899 mingga sotishim kerak edi.

lekin, unda men - siz tanigan men bo'lmay qolaman. kirib-chiqib, oshib-tushib, hatto yillar davomida kanalni kuzatib kelayotganingizdan minnatdorman va sizdan hech qanday manfaat kutmaganman.

bilasiz, bu shunchaki qariganda farzand va nevaralar bilan o'tirib, eslanadigan kundalik xolos 🍾

ilyosbek ☕️

19 Oct, 03:07


shu bilan tugatamiz. bu rasm tarixini yaxshi eslayman. mana shu yil boshida olingan va ilk marta o'zimdan chuquuuur mamnun bo'lib, faxrlanib, hozirgacha nima qilgan bo'lsam, hammasi yaxshilikka bo'lganini qabul qilib, aniq rezultat va ichim to'la umid his qilganman.

shukr. bundan zo'r, bundan yomon ham bo'lishi mumkin edi. menga hozir qanday bo'lsa shunisi yoqadi! odatdagidek, o'z hayotingizdan zavqlaning! ❤️

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:56


albatta, hozir samimiy eslanadigan barcha kichik yutuqlar sababi — o'rganish va qo'llash bo'lgan. 16 yoshimda menda aniq sohani tanlab olish protsesi juda qiyin kechdi. o'sha vaqtda shiddat bilan rivojlanayotgan — blogerlik, logistika, (keyinroq treyding) va marketing variantlari miyamda bor edi. media ichida bo'lganim uchun, marketingni tanladim va bundan afsuslanmayman.

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:47


xaaaa, ko'chadagi billboardda o'zingni ko'rish ham yoqimli... o'zing tug'ilgan tumanda sal taniqli bo'lishni ham zavqi boshqacha. bozorda, svetaforda, ko'chada, mahallada, qarindoshlar davrasida, xullas hamma joyda e'tibor markazi bo'lish — mana shu asli men xohlagan narsa edi. men faqat o'z auramda shunaqa bo'lishni, toshkent kabi katta shaharlarda esa, shunchaki halovatli yashashni istayman.

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:35


2018 va oxirgi marta o'shanda kostyum kiygan bo'lsam kerak. shu bilan endi to'yimda. yarashadi, lekin o'zimni komfort his qilmayman. 3 ta harxil maktabda o'qidim, tumanimizdagi 43, 16 va toshkentdagi 142 ammo hozir sinfdoshlar bilan yilda bir gaplashmasam, boshqa aloqa yo'q. hamma o'zi bilan band. normal menimcha.

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:30


3 yil oldin kichkina ukam prezident maktabiga kirolmadi. biroq hozir bundan xursandman. o'zimda ham xuddi shunday bo'lgan. ba'zan yaxshilikka bo'ladi. aniq bir yo'nalishni hozirdan ushlab, bilim orttirib, tajriba oshirib, ishonch qozonayotgani men uchun baxt. qolganini eplavoladi. faxr!

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:27


2021 yil. qattiq ishlirdim. kechasi bilan. normal hayot emasdi. jinni bo'lganman lekin to'g'ri qilganman. xuddi proyekt o'zimnikidek borimni berardim. maoshim yo boshqa foydasi hech xayolga kelmagan. bu katta tajriba berdi. boshqa hech narsa...

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:23


zalga faol tarzda deyarli har kuni qatnab yurgan vaqtlarim. 2 yilcha bo'ldi. bu yil esa vaqt muammosiga duch kelganman. tez tez borishim qiyin. lekin hammaga otdushe tavsiya qilaman sportni, tana bilan shug'ullanishni. hammaga!

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:19


bu ham o'sha vaqtlarda olingan. mana shu qizcha hozir bundan ham assal. bog'chani tugataman deb turipti. hozir o'psam, "endi menga uylanasiz" deb turvoladi. nomer #1 jiyanim 💕

ilyosbek ☕️

19 Oct, 02:16


Yaqin o'tmishga ozgina sayohat qilamiz, xayrli tong!

mana shu rasmga 2 yarim yil bo'pti. yosh edim, "like a child". ayni o'sish, rivojlanish, o'z ustida ishlash kabi qiyqiriq tinch bermayotgan davrlar. soqol ham har hafta oladigan darajada emas. sog'indi odam...