Menxam nomoz oqiyman @menhamnomozoqiyman Channel on Telegram

Menxam nomoz oqiyman

@menhamnomozoqiyman


Menxam nomoz oqiyman (Uzbek)

Assalomu alaykum! Siz Menxam nomoz oqiyman Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda sizga qiziqarli ehtimoliga tushgan nomoz maqollari, tasavvufiy adabiyotlar, va diniy ilm maqolalari taqdim etiladi. Kanalimizda sizga dunyoqarashlar, tafsillar, va adabiyotlarni o'rganish imkoniyati beriladi. Menxam nomoz oqiyman kanalimiz, sizning ruhingizni tajriba etish va ma'naviy yaxshiyoqni oshirish uchun ideal joydir. Bizning kanalimizga obuna bo'lib, diniy bilimlarni o'rganishda yordam topishingiz mumkin. Sizni Menxam nomoz oqiyman kanaliga taklif qilamiz, bu erkaklar va ayollar uchun mo'ljallangan nomoz va tasavvufiy adabiyotlarni o'rganish imkoniyatini beradi. Marhamat, bizga qo'shiling va ilm olmoqchi bo'lganlarga yo'llaringizni oching!

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


Таҳорат қандай қилинади?

📽#видео

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


5) XUFTON NАМOZI o'qilishi ayollar uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz

Kanalimiz👇

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


4) SHOM NAMOZI o'qilishi ayollar uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz
Kanalimiz👇

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


3) Asr Namozi o'qilishi ayollar uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz

Kanalimiz👇

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


2) Peshin Namozi O'qilishi Ayollar🧕 uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz

Kanalimiz👇

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


1) Bomdod Namozi O'qilishi Ayollar Uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz

Kanalimiz👇

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


(5) Xufton namozi o'qish tartibi

Bizni kuzatib borish uchun linkni bosasiz👇👇👇

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


(4) SHom namozi o'qish tartibi

Dostlarga ulashing savob oling


Bizni kuzatib boring👇👇👇
@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


(3) Asir namozi o'qish tartibi

Döstlarga yuboring örganib olishsin

Ulanish👇👇👇
@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


(2) Peshin namozi o'qish tartibi

Biz bilan qoling👇👇👇
@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


(1) Bomdod namozi o'qish tartibi

Erkaklar uchun.
Abu Hanafa Imomi Azam Mazhabi böyicha

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


Tahorat olish tartibi

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


​​📿Istigʻforning 40 xosiyati..

1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi;
2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi;
3. Istigʻfor aytgan odam iymon halovatiga erishadi;
4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi;
5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi;
6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi ;
7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi;
8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi;
9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi;
10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi;
11. Mol-dunyoga baraka kiritadi;
12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi;
13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq;
14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi;
15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi;
16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi;
17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi;
18. Istigʻfor aytgan odamning hayoti farovon boʻladi ;
19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi;
20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi;
21. Boshga tushgan balolarni daf etadi;
22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi;
23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi ;
24. Istigʻfor majlis kafforatidir;
25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi ;
26. Shayton vasvasasini qaytaradi;
27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi ;
28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi;
29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi;
30. Xursandchilik olib keladi;
31. Yuzni nurli qiladi;
32. Rizq kelishini osonlashtiradi;
33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi ;
34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi;
35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi;
36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi;
37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi;
38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi;
39. Qalbni tiniqlashtiradi;
40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi, kasb-koriga baraka kiradi...

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


Ғафлатда қолманг! Ашуро кунининг фазилатлари:Бир йиллик гуноҳларга каффорат, бир йиллик барака☝🏻

Эслатма! 2020 йилнинг 20 август куни – янги 1442 ҳижрий йил – Муҳаррам ойи бошланишининг 1 кунидир. Ашуро куни 2020 йилнинг 29 август, шанба кунига тўғри келади.🌙

Муҳаррам ойи қандай ой? Муҳаррам ойи – мусулмонлар тақвимининг биринчи ойидир. Бу ой Аллоҳ таоло уруш, қон тўкишни ҳаром қилган (Зулҳижжа, Зулқаъда, Муҳаррам, Ражаб) тўрт ойнинг бири бўлиб, унинг ўнинчи куни яъни, ашуро куни алоҳида фазилатларга эга. 🌙
Ашуро қандай кун? Бу кун ҳақида Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Бу шундай яхши кундирки, бу кунда Аллоҳ Бани Исроилни душманларидан қутқарган. Шу боис Мусо алайҳиссалом бу кунда рўза тутган. Мен Мусога кўпроқ (яқин бўлишга) ҳақлироқман”, дедилар ва у кунда рўза тутиб, одамларни ҳам унинг рўзасини тутишга буюрдилар” (Имом Бухорий ривояти).🌙
Ашуро куни рўза тутиш ўтган бир йиллик гуноҳларга каффорат бўлади. Бу ҳақда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ашуро кунининг рўзаси – Аллоҳдан умид қиламанки – бир йил олдинги гуноҳларга каффорат бўлади”, деганлар (Имом Муслим ривояти).🌙
Бу кун яқинларга кенгчилик қилиш, бир йиллик кенгчиликка сабаб бўлади. Абу Саъд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким Ашуро куни аҳли аёлига кенглик яратса, Аллоҳ унга йил бўйи кенглик яратади”, дедилар (Имом Байҳақий ривояти).🌙
Суфён ибн Уяйна раҳматуллоҳи алайҳ: “Бу ҳадисни олтмиш йил тажриба қилдим ва фақатгина яхшилик кўрдим”, деганлар.🌙
Ашуро кунини Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қандай ўтказардилар? Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бу кунни ўтказиб юбормаслик учун қаттиқ ҳаракат қилардилар, унинг савобига эришиш учун бу куннинг келишини интиқлик билан кутардилар. Бу ҳақда Ибн Аббос розияллоҳу анҳу айтадилар: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни Ашуро куни рўзасини бошқасидан афзал кўриб, соғиниб, Рамазон ойи рўзасини кутиб соғингандек, бошқа кун ва ой рўзасини кутганларини кўрмадим” (Имом Бухорий, Имом Муслим ривояти). 🌙
Абдуллоҳ ибн Аббос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Ашуро куни рўзасини тутиб, одамларни ҳам бу куннинг рўзасини тутишга буюрганларида, саҳобалар: “Ё, Расулуллоҳ! Бу кун яҳудий ва насронийлар улуғлайдиган кун-ку!” дейишди. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Аллоҳ хоҳласа келаси йил тўққизинчи куни ҳам тутамиз”, дедилар. Аммо, келаси йил келмасидан Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам вафот этдилар (Имом Муслим ривояти).🌙
Уламоларимиз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ушбу ниятларига эътиборан, Ашуро кунига қўшиб бир кун олдинги ёки бир кун кейинги кунда ҳам рўза тутмоқ афзал дейдилар.🌙
Аллоҳ таоло ушбу ойнинг фазилатларидан барча мўмин-мусулмонларни тўлиқ баҳраманд этсин. Ўзининг розилигини топадиган амалларда бардавом қилсин.🤲🏻

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


Telefon uchun HD suratlar👆😊

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


Yaqinlarizga ulashing

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


Barcha ezgu hislar siz ila yashar,
Eng yaxshi xislatlar doim yarashar,
Siz Olloh siylagan ilohiy zotsiz,
Shu bois boshiga ko'tarar bashar.
Oila bog'ida bog'bon o'zingiz,
Jannatdan taralgan ifor o'zingiz.
Bugun poyingizda zaminu falak,
Siz uchun eng go'zal Hayit muborak!

@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


❤️MAKTABNI SOG'INGANLAR UCHUN❤️
@menxamnamozoqiyman👇👇👇

@maktab_dav👆👆👆

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


CHIMILDIQA KIRMAY
O'ZINI OSGAN KIYOV


Qo’shyuraklar yog’dusi
O’zin beshak chimildiq
Bo’y qizlarning orzusi
Atlas to’shak chimildiq
Go’shangada shirin hayollar
og’ushida o’z yorini kirib kelishini kutayotgan
kelinchakning
hayolllarini hovlida ko’tarilgan
yeg’i ovozi bo’lib
qo’ydi.
Hovli o’rtasida "Chimidiqqa ham kirishga
ulgurmagan bolam” – deb
faryod tortayotgan
ona, uning qo’llarida esa
kelinchak intiqlik bilan
kutayotgan kuyov bolaning jonsiz jasadi
yotardi. .
Chimildiqqa kirmay o’zini
osgan Kuyov
To’ydan uch kun oldin
Jamshidni qo’l telefoni jiringladi
- Allo.
- Jamshid men Boburman…
- Hozir sen xaqinda o’ylab
turgandim boy
bo’larkansan. Tezroq uyga kel bir ikkita ishlar
bor yordamin kerak do’st…
- Senga aytadigan juda muhim
gapim bor…
- Tinchlikmi nima bo’ldi…
- Tez yetib kela olasanmi… - Qeyerdasan ?
- "Mersi” kafesida.
- Hozir boraman.
Jamshidni kafega kirganganda
Bobur chekkadagi
stolda o’zi yolg’iz o’tirardi. - Qanday muhim gap ekan juda
shoshirtirdinding
odamni.
- Bir oy oldin dachada dam
olganimiz esindami?
- Ha esimda. - Nigorachi?
- Kel shularni eslatma? Bunday
ishlarni
tashlaganman endi. Uch kun
keyin to’yim
bo’layapti axir. - O’sha Nigora "SPID” ekan.
- Hazillashyapsanmi?
- Yo’q jiddiy aytyapman. Bir
haftadan beri
o’zimni nohush his qilib
yurgandim. Klinikaga borib do’xtirga uchrashsam
analiz topshirishimni
aytdi. Man uni aytganlarini
bajardim. Analiz
natijalariga ko’ra OITS ga
chalinganim malum bo’ldi. Ishongim kelamadi.
Doxtir kasallikni
yuqish yo’llarini
tushintirgandan keyin esimga
Nigora tushdi. Tezda uni
toptim. U ham analiz topshirdi. Taxminim tog’ri
chiqdi manga undan
yuqqan ekan. Nigorani o’sha
paytda o’ldirgim
keldi, lekin uni shundoq ham
Xudo urib qo’yganku o’zi. Shuning uchun
"SPID” bo’lganini
bilib qiynalanib yashasin deb
tinch qo’ydim.
Nima bo’sa ham xudodan.
Bugun kechasi davolangani Germaniyaga
uchib ketyapman.
- Nima deyishni ham
bilmayman do’stim. Xudo
shifo bersin.
- Yana bir gap o’sha kuni Nigoraga
tegmaganding?
- Yo’g’ey! Man odobli
bolamanku – bu gapdan
keyin ikkalasi ham birdaniga
kulib yuborishdi. Bubur xursand edi chunki o’sha
kuni Jamshid
Nigoraga yaqinlashmagan
ekan. Demak u
so’g’lom.
- Do’stim afsus to’yinda xizmat qilish nasib
etmas ekan.
- Muhimi so’glik Bobur.
- O’gil to’yinda yoninda turish
nasib qilsin
- Aytganing kesin. Bobur bilan xayrlashib kafedan
chiqqan Jamshid
to’g’ri klinika bordi. Chunki u
ham o’sha kuni
Nigora bilan birga bo’lgandi.
Uni ham OITS ga chalingani ma’lum bo’ldi.
Jamshid analiz
topshirmasdan ham oldin buni
sezgandi. U uzoq
o’yladi. Bir yoqda to’y bir
yoqda bu kasallik. Oxiri bir qarorga keldi "To’y
bo’ladi chunki
xaqiqatni undan boshqa xech
kim bilmaydi”.
To’y ham o’tdi.
Chimidiqqa kiradigan payt ham bo’ldi. Jamshid
kuyovjo’raga "Men hozir
kelaman” dedida hovlini
orqa tomoniga o’tdi.
Og’ilxonaga kirib yuqoridagi
ustunga arqonni bog’ladida o’zini osdi…
So’ngi damda o’zining bedavo
kasalini
Kelinchakka ham yuqishini
istaganman Jamshid
uni bahti uchun o’zini osishga qaror qilgandi.
Ammo u adashgan edi.
Chimildiqqa kirmay o’zini
osgan Kuyovning
bevasining hayoti
bahtizlikning tupsiz jariga qulashini o’ylagan edi...


@menxamnamozoqiyman

Menxam nomoz oqiyman

06 Jun, 09:18


КОРОНАВИРУС БИЛАН СУҲБАТ

- Сен недан яралдинг, матлабинг нима,
Маконинг ҳудудсиз, манзилинг изсиз.
- Эй одам, мен ҳақда бундай сўз дема,
Ҳеч не яралмаган Аллоҳ измисиз!

- Нечун одамларга қўрқув солурсан,
Илон каби чиқдинг айт, қайси индан?
- Эй банда, сен ҳамон ношудсан, ғўрсан,
Худодан қўрққанлар қўрқмайди мендан!

- Айт қандай асрансин сендан одамлар,
Бедаво жабрингга борми бир малҳам?
- Фақат бир чора бу - ҳушёр қадамлар,
Ўзин асраганни асрар худо ҳам!

- Не сир бор бундайин ваҳминг ортида,
Айт қайга бекинсам қилмайсан ҳужум?
- Мен ожиз қолурман дуо олдида,
Ёпиқ эшикларга етмайди кучим!

- Нечун шарпанг кўзга ҳеч кўринмасдир,
Қанча синайдирсан сабрлар кучин?
- Асли менинг исмим Covid эмасдир,
Мен бир Синовдирман одамлар учун!

Ўзин асраганни асрар Аллох!
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•