Anglangan Onalik | 🤱🏻 @anglanganonalik Channel on Telegram

Anglangan Onalik | 🤱🏻

@anglanganonalik


Onalik davringizni zavq bilan, to’g’ri va qiziqarli o’tkazishingiz uchun biz yordam beramiz. 🫂
Murojat uchun: @montessori_ona

Anglangan Onalik (Uzbek)

Anglangan Onalik kanali - bu ota-onalarga yordam berish uchun mo'ljallangan, zavqli va foydali kanal. Bu kanal orqali, siz o'z davringizni zavq bilan, to'g'ri va qiziqarli o'tkazib borishda yordam olishingiz mumkin. Kanalda ota-onalar uchun eng yangi malumotlar, maslahatlar va ko'rsatmalar mavjud. Anglangan Onalik kanali sizning oilangizning mudriklik va tarbiyaviy muammolari bilan yordam berishga tayyor. Agar sizda o'zingizga xos savollar bo'lsa yoki maslahatga ehtiyoj bo'lsa, @montessori_ona ga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning oilangizning o'sha rad bo'lgan yordamini topishingiz uchun Anglangan Onalik kanaliga a'zo bo'ling va dunyolarini ota-onalikda zavq bilan o'tkazing!

Anglangan Onalik | 🤱🏻

31 Jul, 16:21


Bu tabiyba haqida ko’pchiligingiz eshitgan bo’lsangiz kerak. 🌱

Ruvayha - sertifikatlangan tabiiy tibbiyot mutaxassisi, gomeopat va bo'lajak tug'ruqqa tayyorlovchi mutaxassis.

Hozirda ularda Sog'lom Ayol, Sog'lom Tug'ruq kursiga sotuv ketmoqda. Kurs o'z ichiga:

-Homiladorlik va tug‘ruqqa ruhiy va jismoniy tayyorgarlik
-Homiladorlik paytida bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va bunga tabiiy tavsiyalar
-Umumiy salomatlik, homiladorlik va tug‘ruq uchun jismoniy mashqlar
-Umumiy salomatlik, homiladorlik va tug‘ruq uchun nafas mashqlari
-Bachadon va perina masaj texnikalari
-Bachadon sog‘lig‘i uchun tabiiy tavsiyalar
-Kesercha tug‘ruq sabablari va ularni oldini olish uchun tavsiyalar
-Kesercha tug‘ruqdan eng kam zarar bilan chiqish
-Tabiiy tug‘ruq uchun tavsiyalar
-Keserva va chokdan keyingi parvarish uchun tavsiyalar
Qo‘shimcha bonus mavzularni oladi.

Kursga qabul 12- avgustgacha davom etadi. 🌱

💌 Qo’shimcha savollar uchun - @ruvayha_manager bilan bog'lanishingiz mumkin.🌿

Kanalga qo’shilib olish uchun - @yashilmaktab

Anglangan Onalik | 🤱🏻

04 Jul, 09:51


Sizning ham bolangiz injiq, o’jar, doim o’z istaklarini bajartirishga harakat qiladigan, jahldormi?

Bu vaziyatlarning sababi va yechimini topishni xohlaysizmi?

Agar sizning javobingiz ’’ha’’ bo’lsa, bu kanal aynan siz uchun!

Farzand tarbiyasiga oid eng muhim ma’lumotlar, muammoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va yechimlarini birgalikda ko’rib chiqamiz

Sizni ushbu manzilda kutamiz

https://t.me/+ewaOWoQmh99hMjcy

Anglangan Onalik | 🤱🏻

25 Jun, 19:02


Anglangan Onalik | 🤱🏻 pinned «Bu kanal onajonlar uchun ayni foydali topilma, chunki u yerda: 📍 Bolalar uchun rivojlantiruvchi o’yinlar 📍 Bolalar tarbiyasiga islom prizmasi orqali nazar solish 📍 7 yillik tajribaga ega pedagogning shaxsiy tajribasidan kelib chiqqan holda erta ta’lim…»

Anglangan Onalik | 🤱🏻

23 Jun, 11:09


Bu kanal onajonlar uchun ayni foydali topilma, chunki u yerda:

📍 Bolalar uchun rivojlantiruvchi o’yinlar

📍 Bolalar tarbiyasiga islom prizmasi orqali nazar solish

📍 7 yillik tajribaga ega pedagogning shaxsiy tajribasidan kelib chiqqan holda erta ta’lim uchun tavsiyalar

📍Tarbiyaviy ahamiyatga ega o’zbek tilidagi kitoblar bor.

Eng qizig’i esa, bolalar bilan hissiy aloqani mustahkamlash uchun amaliy malaka hamda Allohni tanitishni o’rgatadigan bepul
“Onam bilan o’rganaman - Allohni tanish” marafoniga qatnashib siz ham farzandingizga ham foydali ilm berishingiz, ham munosabatlaringizni mustahkamlashingiz mumkin💐

O’zim haqimda qisqacha

Bundan tashqari, Arab harflari kursimizga ham qabul davom etmoqda.

Kanalimizga hoziroq obuna bo’lishni unutmang:

https://t.me/muneer_mothers

Anglangan Onalik | 🤱🏻

17 Jun, 04:23


Farzandingizga oson til o’rgatmoqchimisiz?

Bolangiz yoshligidan kitobga muhabbatli bo’lishini istaysizmi?

Rawdah al-Atfaal sizga bolalar uchun turli tillardagi rang-barang kitoblarni taklif qiladi.

Bundan tashqari siz kanalda bolajonlar uchun qo'lda yasalgan rivolantiruvchi o'yinchoqlarni arzon narxlarda topa olasiz.

Kanaldan o’zingiz uyda bolangiz uchun chiqarib ishlatsangiz bo’ladigan qiziqarli elektron kitoblarni ham topishingiz mumkin.

👇Qo’shilib oling

https://t.me/homeschooling_mommy

Anglangan Onalik | 🤱🏻

16 Jun, 01:44


Qurbon Hayitiga yetkizgan, yaqinlarimiz bilan ko’rishib, ibodatlarimizni, qurbonliklarimizni qilgan holda o’tkizishni nasib ettirgan Robbimga hamdu sanolar bo’lsin!

Barchangizga mustahkam iymon, kuchli umid, mukammal shukr va go’zal sabr tilayman. Qilgan barcha ibodatlarimizni, duolarimizni va ehsonlarimizni Alloh dargohida qabul qilsin.

Falastindagi yaqinlarimizni Alloh mushkulini oson qilsin.

Anglangan Onalik | 🤱🏻

13 Jun, 22:30


Farzandingiz bittadan ortiq tilda gaplasha oladi

📎Iloji boricha ertaroq boshlang: agar ertaroq boshlasa, bolalar oddiy hol kabi 5taga yaqin tillarni qabul qila olishadi. Bola qancha ulg’aysa, shuncha tilni qabul qilishi qiyinlashadi.
📎Bitta katta odam - bir til: misol uchun, ona bola bilan faqat rus tilida, ota - ingliz tilida gaplashadi.
📎Tillarni aralashtirmang! Hech qanday “Apple xohlaysanmi?” bo’lmasligi kerak. Bo’lmasa bola tillarni chalkashtirishi mumkin.
📎Bir joy - bir til. Masalan uyda va mashinada - ingliz tilida, mehmonga borganda, ko’chada - rus tilida.
📎Bir vaqt - bir til. Bir qancha kunlarni FAQAT ingliz tilida gapirish uchun ajrating.
📎Har qaysi tilda davomiy gapiring. Agar bir til ikkinchining ustida dominant bo’lishni boshlasa, ikkinchisi so’nishni boshlaydi.
📎Tilni ishga aylantirmang: o’rganishni o’yinlar, mashqlarni o’rniga suhbatni afzal ko’rib, ularni oddiy holga aylantiring.
📎Enaga yoki til egasini ishga oling. Masalan ingliz tilini bilish darajangiz past bo’lsa, bolangizga shu tilda gapiradigan ingliz enagasini oling.
📎O’qish muhiti. Bolangizni til muhitiga tushishi uchun, o’rgatayotgan tilingizda faoliyat olib boradigan maktab yoki bog’chaga bering.

Foydali bo’lgan bo’lsa, yaqinlaringizga ham ulashib qo’ying ✈️

Sevara Israyilova ✏️
https://t.me/anglanganonalik

Anglangan Onalik | 🤱🏻

13 Jun, 22:27


Ko’p onalar farzandiga bittadan ortiq tilni o’rgatishni qanday boshlashdan maslahat so’rashadi.

O’g’lim 3 ta tilda Ingliz, Uzbek va Arabcha da so’zlarni tushunadi.

Tajribamdan va izlanishlarimdan kelib chiqib, bittadan ortiq tilda so’zlashishni bo’lishmoqchiman.

Anglangan Onalik | 🤱🏻

11 May, 16:48


Hulosa

Frustratsiya va travma bolaning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi turli xil holatlarni ifodalaydi. Frustratsiya bolada kuchli ego, rivojlanish va moslashish ko’nikmalarini hosil qiladi. Travma bo’lsa sog’lom rivojlanishni to’xtatib hira “Men” obrazini shakllantiradi.

Bu ikki holatning bir biridan farqi shundaki, frustratsiya bolaga qiyinchilikni yengib o’tishga yordam beradigan rivojlanishning oddiy qismi, travma bo’lsa jiddiy oqibatlarga sabab bo’lib, keyinchalik negativ hissiyotlarni yo’qotish uchun mutahassisga murojaat qilish zaruriyati paydo bo’ladigan holat.

Anglangan Onalik | 🤱🏻

11 May, 16:47


Travma

Travma - bu frustratsiyaga umumman o’xshamaydigan, og’ir yoki xavfli vaziyatlar vaqtida bola tashvishlanishiga olib keladigan jarayon.

Frustratsiyadan farqli o’laroq, travma bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir o’tkizadi. U bolaning emotsional va psixik farovonligini buzib, mental holatida patologik o’zgarishlar sababchisi bo’la oladi.

Travma bolaning sog’lom rivojlanishini to’xtatib qo’yishi mumkin, sababi u kuchsizlik va vaziyatni nazorat qilish hissini chaqiradi.

Travmatik hodisaga duch kelgan bolada, uni haqiqiy shaxsiyatiga muqobil hira “Men” obrazi yaralishi mumkin. U o’zida turli xil himoya mexanizmlari (inkor qilish, emotsiyalarini bostirish va almashtirish) rivojlantira boshlaydi. Natijada bolada uning rivojlanish va o’zini baholashida negativ asoratlar qoldirib, emotsional va sotsial muammolarni his qilishni boshlaydi.

Anglangan Onalik | 🤱🏻

11 May, 16:46


Frustratsiya

Frustratsiya - bu bolaning xohish va istaklari qondirilmaganda yuzaga keladigan jarayon. Bu asnoda frustratsiya patologik holatga kirmaydi va unga rivojlanishning normal qismi deb qarasak bo’ladi.

Frustratsiya atrof muhitning xohish va talablari o’rtasidagi konflikt sababli yuzaga keladi. Bu holat bolani rag’batlantirishi va unga qo’yilgan maqsadlar tomon yurishga motivatsiya o’laroq vazifani o’tashi mumkin.

Frustratsiya bir qancha ijobiy aspektlarga ega. Birinchidan, frustratsiya o’zni anglash va o’z imkoniyatlarini ko’ra olishga yordam beradi. Bola maqsadi yo’lida to’siqlarga uchrasa, u o’zini kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, yangi strategiya va moslashish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Ikkinchidan, frustratsiya bolada o’zni rivojlantirish ko’nikmasini yaxshilashga yordam beradi, sababi bu undan yangi yechimlar va maqsadga yetish uchun alternativ yo’llarni izlashga imkon yaratadi.

Shunday qilib, frustratsiya bolada kuchli ego va o’zga ishonchni shakllantirishga yordam beradi, bular bo’lsa shu o’rinda uni rivojlantiradi.

Anglangan Onalik | 🤱🏻

11 May, 16:44


Davomini bugun qo’yaman 🕊️

Anglangan Onalik | 🤱🏻

10 May, 20:01


Qo’lda yasab, nimadir ixtiro qilish genimizdan o’tgan ya’ni ona tomondan dedushkamdan. Tayyoridan ko’ra uyda, qo’lda qilingan narsalarni yaxshi ko’raman. Ovqat masalasidan ham shunday. Ayniqsa narijasidan atrofdagilar xursand bo’lsa, yana yangi idealar keladi.

Khalid ga olgan takliklarimizni korobkalarini tashlab yubormaganman, tualet qog’ozi va rulonli salfetkalarni vtulkalarini ham saqlaganman. Khalid ga mashg’ulotlar qilishda ishlataman.

Oldin o’g’lim uhlaganda yasab qo’yar edim. Hozir u ancha ulg’aygan, birga yasayabmiz. Bolalar yasashni juda yaxshi ko’rishadi. Bu ularga motorli ko’nikmalarni mashq qilish, o’z tasavvurlarini ishga solish va o’z hikoyalarini yaratish imkonini beradi. Bu ularning kashfiyotga intilishining bir qismidir.

P.S. Khalid bilan birga yasaganimiz uchun video qilib ololmadim, keyingi safar qanday yasalishini video tarzida ko’rsataman.

https://t.me/anglanganonalik

Anglangan Onalik | 🤱🏻

03 May, 04:41


“Bolamga psixologik travma berishdan qo’rqaman, shu sababli uni har qanday stressli vaziyatlardan saqlayman.”
Sizga tanishmi?

Bugun stress foydali bo’lishi ham mumkinligi haqida gaplashamiz va buni “Frustratsiya” deb ataymiz. Ammo bir vaqtda ziyon bo’lishi ham mumkin va buni “travma” deb atasak bo’ladi.

Frustratsiya va travma tushunchalarini ko’p hollarda bola rivojlanishi davridagi emotsional negativ bo’lgan hissiyotlarni ifodalash uchun qo’llashadi.

Ikkisida o’xshash aspektlar bo’lsa-da, ular belgilangan farqlarga ega.

Davom etamizmi? 🫢

Anglangan Onalik | 🤱🏻

01 May, 23:14


Bolada isterika: nima qilish kerak?

Ota onalar tez-tez shu savol bilan yuzlanishadi: bolada isterika vaqti qanday o’zni tutish kerak?

Isterika “haqiqiy” va “kommunikativ” ga bo’linadi. Farq nimada?

“Haqiqiy” isterika vaqti:

• Bola affekt holatiga tushadi: boshini yerga urishi, qusish refleksigacha borishi mumkin
• Istaganini olib ham tinchlanmasligi
• Tinchlantirish harakatlariga e’tibor qilmasligi

Kommunikativ isterika vaqti:

• O’rtacha holat, bolada ko’z yosh bo’lmasligi mumkin
• Istaganini olib bola tinchlanadi

“Material” istaklardan tashqari isterikaga sabab bo’ladigan boshqa omillar ham bo’lishi mumkin:

• haddan tashqari charchash (faqat jismoniy emas, balki ruhiy ham)
• Ob-havo o’zgarishi
• O’zni yomon his qilish
• Sensor charchoq (juda ko’p taasurot)
• Uydagi konfliktlarga javob

Ayniqsa bu sabablar o’zlari bilan nima bo’layotganini tushuntirishga qodir bo’lmagan ya’ni hali gapirmaydigan bolalar, kichik bolalarga xos.

Ota-onalar bunday vaziyatda o’zlarini qanday tutishlari kerak?

Davom ettirishim uchun sizni fikringiz man uchun qiziq 👂🏼

Anglangan Onalik | 🤱🏻

26 Apr, 02:00


Kanadalik onalardan farzand tarbiyasiga oid nimalar organdim?


📎Homiladorlik paytimda, ko'p onalar bilan suhbatlashar edim. Suhbat paytida farzandi kelib tursa, biror nima so’ramoqchi bo'lsa, mendan uzur so’rab,
farzandini tinglar edi. Ya'ni
unga to'xtab turishini, o'yin o'ynashini, halaqit qilmasligini aytmadi.

📎Farzandining har bitta savolini diqqat bilan tinglab, yolg’on aralashtirmasdan javob berib suhbatlashishlarini ko'p kuzataman. "Yo'q, xato aytyabsiz, unday emas" degan so'zlarni ishlatishmaydi. Uning o’rniga "Sizda fantaziya juda kuchli, aslida bilasizmi....” kabi iboralardan foydalanishadi.

📎Bolalar o'yingohiga 3-4 oylik Khalidni olib borardim, tomosha qilardik atrofni, bolalarni. Barcha onalar bolalariga o’yingohni tark etishga 10 minut yoki 15 minut qolganini aytib, ogohlantirishar va yoqtirgan arg’imchog’ida uchib, o'ynab olishini aytishar edi. Tanish bo’Igan onalardan nega bunday qilishlarini so'raganimda shunday javob berishgan:

- Bolalarni o'yingohdan olib chiqish qiyinroq. Baqirishi, ketmayman deb yig'lashi
mumkin. Shuning uchun o'yingohga kelayotganingizda bolangizga necha daqiqa u yerda bo’lishingizni va ketishingizga 15 daqiqa qolganida eslatishingizni ayting. Va u yerda nimalar bo'lishini ham ayting
— siz o'sha yerda bo'lishingizni
— boshqa bolalar ham o'ynagani kelishini
— arg’imchoqlqrda uchishga navbatda turishni
— ketish vaqti yaqinlashganda eslatib turishingizni aytish, oldindan ogohlantirib borish bolalarimizni muvaffaqiyatga yo’naltirishga yordam beradi. Biz ularga reja tuzishda, kelajakdagi voqealarga
tayyor turishda yordam beramiz.

📎Bolalarining tanlovini hurmat qilishadi. Ya'ni ularga tanlov berishadi. Agar farzandining hayoti uchun xavfli bo’lmasa, barcha narsaga ruxsat berishadi. Agar xavfli yoki qilinishi kerak bo'lmagan ish bo’lsa, sababini tushuntirish va ko'rsatish bilan yechim qilishadi.


Man ham Khalid tug'ilganidan beri buni qo'llayman. Misol uchun, ko’chaga chiqqanimizda oyoq kiyimini o'zi tanlab kiyadi. Ko'chada yog'ir yoqqan kuni tapochka tanladi.
Yomg'irligini, bundan oyog'i nam bo’lishini aytdim.
Yechmadi. Kolyaskaga o'tirdi va men issiqroq oyoq kiyim oldim.
Ko’chaga chiqdik va:
— Qarang, Khalid, yomg’ir yog’yabdi. Tapochkaning o’rniga krossovka kiya olasizmi? Oyoqlariz nam bo’lishi mumkin va yurishga noqulay bo’ladi,— dedim.
Indamasdan alishtirib oldik.

📎O'yingohga bolalarini olib kelgan ota yoki onalarning qo’lida telefon ko’rmayman. Ba’zilari bolalari bilan
birga o’ynaydi, hattoki sirpanchiqda birga uchishadi, bo’r bilan yerga rasmlar chizishadi, yugurishadi.
Pista chaqib, boshqa onalar bilan g'iybat qilisharmikan bular ham deb qarasam, yugurib o’ynab yurishibdi 😆

📎Tabiatga, hayvonlarga mehr! O'yingohda yoki ko’chalarda olmaxonlar yugurib yurishadi. Undan tashgari o’tlardan (o'yingoh
ichidagi) xonqizi va shunaqa qurt-qumursqalar chiqib qoladi. Bolalar olmaxonni ko'rib, sakrashadi, biror
bir yeguliklaridan bermoqchi bo’lishadi. Hasharotlarni ko'rishsa
onalarini chaqirishadi, va ularni qo’llariga qo'yib, o'ynatib
bolalarining savollariga javob berib, yana o'tlarga qo'yib yuborishadi.
Bahor kelishi bilan juda ko'p gullar, ayniqsa lolalar parklarga ekiladi.
Bolalar hech ham uzishmaydi, zarar ham berishmaydi. Aksincha, silab, hidlab o'tishadi.

📎3 oylikdan suzish darslariga olib borishadi. Guruhda 10 ta bola ota yoki onasi bilan suvda yoshiga mos mashg'ulotlar qilishadi.
Nega desam:
Suvga bo’Igan ishonch! Chaqaloqlarda hali suvga bo’lgan qo'rqish hissi paydo bo'Imagan. Sokin harakatlar orqali suvga bo'lgan ishonchi erta uyg'otish.
Va albatta sog'lom tana uchun.

Anglangan Onalik | 🤱🏻

25 Apr, 18:59


Assalomu alaykum va Rohmatullohu va Barokatuhu 🕊️

Anglangan onalik
kanalining aziz kuzatuvchilari! Xabaringiz bor, kanalimiz noma’lum muddatga o’z faoliyatini to’xtatgan edi. Bugundan boshlab yana siz azizlargan manfaatli ma’lumotlar ulashishni boshlaymiz.

Shu muddat ichida bizga kurs bo’yicha juda ko’plab savollar kelib tushdi. Yangi potok InSha’Alloh ochiladi. Lekin qachon va qay formatda bo’lishi hozircha ma’lum emas.

Qabul boshlanganligini kanalimiz va instagram sahifamiz orqali bilib olishingiz mumkin ☘️