Ogahiy ijod maktabi @ogahiy_ijod_maktabi Channel on Telegram

Ogahiy ijod maktabi

@ogahiy_ijod_maktabi


🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Ogahiy ijod maktabi (Uzbek)

Ogahiy ijod maktabi - bu sizning ijodga oid yangiliklar bilan tanishish uchun eng yaxshi manzil. Kanalda siz eng yangi ijod namunalari, erishilgan yutuqlar, ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar va maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar bilan tanishtirilasiz. Bu kanal orqali, siz ijodga oid yangiliklar bilan doimiy ravishda tanishib, o‘z ijodingizni rivojlantirishingiz mumkin. Ijod maktabining faoliyati sifatida, shuningdek, kanalda murojaat qilish uchun (62)226 20 92 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning ijodga oid yangiliklar va imkoniyatlardan foydalanish uchun, Ogahiy ijod maktabiga obuna bo‘ling va ijodingizni rivojlantiring!

Ogahiy ijod maktabi

07 Feb, 08:41


#navoiyiftixorim

Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig',
Yor o'lung bir-biringizgakim, erur yorlig' ish.

✍️Alisher Navoiy

Ogahiy ijod maktabi

06 Feb, 17:39


TURKIYA XALQIGA...

Kelar bo'lsang tashrifingni ilhaq kutib,
Turar edik bir-birovga yelka tutib,
Binolar na, bo'ldi ming-ming dillar vayron,
Esiz, bugun cho'kkalading qonlar yutib.
Qardoshlarim aro o'zing chiroy, ko'rkim,
Aziz boshing mudom omon bo'lsin,Turkim!

Anduhlaring dorlar qurib osgim keldi,
Hamdardingman, bir bag'rimga bosgim keldi,
Nelar bo'ldi, qiyomatmi, oxir zamon,
Qurbonlarga marsiyalar yozgim keldi.
Uyg'oq hanuz jismim ichra qo'rqinch, hurkim,
Aziz boshing mudom omon bo'lsin,Turkim!

Qayg'uyingga butun dunyo bo'lib sherik,
Yo'lladilar xizmatingga harbiy cherik,*
Shon-sharafing, dovrug'ing bek olam aro,
Azaldan ham xalqing bo'lgan botir, erik,*
Turkiy xalqlar gar koshona, sensan arkim,
Aziz boshing mudom omon bo'lsin,Turkim!

Yonadirsan tomlar bosgan yosh-keksaga,
Murg'ak go'dak yo bo'y cho'zgan no'sh maysaga,*
Manzil olis, she'rdan o'zga madadim yo'q,
Darding olay, ilsin mayli bir paysaga.
Yordam shudir:Haqqa duo qilsin har kim,
Aziz boshing mudom omon bo'lsin,Turkim!
*Askar, mard, o'smir

7.02.23

Saida Safo, Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Ogahiy ijod maktabi

06 Feb, 05:47


DIQQAT TANLOV!

"MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI" RESPUBLIKA TANLOVI

⚡️2025-yilgi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


🔔 Kanalga obuna bo'ling va ushbu sahifani do'stlaringizga ham ulashing!
Telegram | Facebook | Web-site |

Ogahiy ijod maktabi

05 Feb, 15:54


#Alisher_Navoiy_584

🔰 Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari va o‘quvchilari Xonqa tumanidagi Alisher Navoiy bog'iga uyushtirgan sayohat jarayonidan tayyorlangan rolik.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

24 Jan, 16:00


#sport_musobaqalari
#Jarayon

🔰 Yanvar oyining 24-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari J.Yo‘ldoshev va M.Saparboyevalar tomonidan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Sport musobaqalari" o‘tkazildi.


🔸O‘quvchilar o‘zaro voleybol, stol tennis, shaxmat turlari bo‘yicha bellashdilar.

✴️ Do‘stona tarzda o‘tkazilgan sport musobaqalari o‘quvchilarga manzur bo‘ldi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

17 Jan, 17:46


#Eng_bilimdon_kitobxon
#Jarayon

📆 Joriy yilning 17-yanvar sanasida Ogahiy ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da o‘quvchilarni kitobxonlikka undash maqsadida "Eng bilimdon kitobxon" ko'rik-tanlovi jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

17 Jan, 17:29


#Vatan_bóylab_sayohat

🗓 Joriy yil 17-yanvar kuni "Vatan bo‘ylab sayohat" doirasida Ogahiy ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari tarix fani o‘qituvchisi A.Ro‘ziboyev va tarbiyachi-pedagog A.Sobirova boshchiligida Ko‘hna va hamisha navqiron Xiva Ichan qalʼa hamda Nurullaboy saroyiga tashrif buyurishdi.

🏕 Sayohat davomida o‘quvchilar Islomxoʻja madrasasi amaliy-san'at muzeyi, Qozi Kalon madrasasi va Nurullaboy saroyning qurilishi, undagi zamonaviy va milliy uslubning uyg‘unligi bilan yaqindan tanishishdi.

➡️ Shuningdek, o‘zbek milliy san'at asarlari, Xiva xonlari, Xudoybergan Devonov shaxsiyati va ijodi yoritilgan alohida bo‘limlardan ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

14 Jan, 18:34


#14_yanvar
#Bayramona_tadbir

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 14- yanvar -" Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabatni bilan "Balli yigitlar" ko'rik-tanlov
jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

14 Jan, 18:34


#14_yanvar
#Bayramona_tadbir

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 14- yanvar -" Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabatni bilan "Balli yigitlar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

✴️ Tanlov avvalida maktab direktori v.v.b N.Abdullayev o‘zining tabrik so‘zlari bilan barcha ustoz-pedagoglarni va o‘quvchi yigitlarni tabriklab o‘tdi.


➡️ Shundan so‘ng, o'quvchi qizlar 6 ta shart bo'yicha o‘zaro bellashdilar.
1⃣ Tanishtiruv
2⃣ Tezkor savol-javob
3⃣ Buni toping?
4⃣ Quvnoq mevalar
5⃣ Buni izohlang!
6⃣ Aqlli ruchka


👮‍♂ Bayramona shukuhda o‘tgan ko‘rik-tanlov iqtidorli yigitlarning yangi qirralarini kashf qilishga zamin yaratib berdi.

❇️ Hakamlar hay'ati tomonidan umumiy shartlar bo‘yicha o‘quvchilar baholanilib, turli nominatsiyada g‘olib deb topildilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

14 Jan, 15:53


#14_yanvar
#jarayon

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida kichik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev so‘zga chiqib o‘quvchi yigitlarni bayram bilan tabriklab, bayram munosabati bilan tayyorlangan rolik va tarqatma materiallarni o‘quvchilar bilan tanishtirdi.

📸Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

14 Jan, 12:20


Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!


Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

Ogahiy ijod maktabi

07 Jan, 14:34


‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Fanlar majmuasida 218 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Ogahiy ijod maktabi

07 Jan, 10:02


👍👍👍👍👍

FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA MUROJAAT VA TAKLIFLAR TELEGRAM-BOTI YARATILDI

Fan olimpiadalari markaziga taklif va tavsiyalar telegram-boti ishga tushirildi.

🔵Endilikda siz oʻz murojaat va takliflaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri soha vakillariga ushbu telegram-bot orqali yoʻllashingiz mumkin.

🦠Har bir murojaat va taklif roʻyxatga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

❗️Zero sizning fikringiz biz uchun muhim

BOT bilan tanishish:👇
@FOM_murojaat_taklif_bot

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Ogahiy ijod maktabi

07 Jan, 10:00


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Ogahiy ijod maktabi

07 Jan, 03:10


📔 Ta’til – bu yangi bilimlar olish, hayotga yangi qarashlar bilan yondashish va o‘z dunyoqarashini kengaytirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

📚 Quyida bolalar uchun o‘qishga arziydigan, turli mavzularni qamrab olgan 33 ta adabiyotlar ro‘yxatini taqdim etamiz. Ushbu kitoblar nafaqat qiziqarli vaqt o‘tkazish, balki bilimlarni boyitishga ham xizmat qiladi.

O‘zbek xalq ertaklari
| O‘qish
Kichkina shaxzoda | O‘qish
Quyonning labi nega tirtiq? | O‘qish
Dehqon bilan ayiq | O‘qish
Dono yigit | O‘qish
Eng katta sehr | O‘qish
Tulkining jazosi | O‘qish
Yoʻlbars va tulki | O‘qish
Yamoqchi | O‘qish
Xizmatkor Mambet | O‘qish
Tulkiboy | O‘qish
Tegirmonchi | O‘qish
Sehrli surat | O‘qish
Sehrgar qizlar | O‘qish
Quyosh bilan quyun | O‘qish
Quyonchaning koʻz yoshlari | O‘qish
Qoʻrqqanga qoʻsh koʻrinar | O‘qish
Qimmat ot | O‘qish
Pufakvoy | O‘qish
Oq oʻrdak | O‘qish
Opa-uka | O‘qish
Ona va bola koʻprigi | O‘qish
Oltin toʻla qozon | O‘qish
Oʻtinchi chol bilan tulki | O‘qish
Sohibjamol Kunkey | O‘qish
Qochqoq koʻmach, ayyor tulki va ochkoʻz bo'ri | O‘qish
Qari bilganni pari bilmas | O‘qish
Ota vasiyati | O‘qish
Musofirbek | O‘qish
Uch doʻst | O‘qish
Tulki bilan turna | O‘qish
Sut, suli boʻtqasi va baroq mushuk haqida | O‘qish
Sohibjon bilan Ahmadjon | O‘qish

📚 Ta'tilingizni mazmunli va unutilmas o‘tkazishni istasangiz, ushbu adabiyotlarni mutolaa qilishni odat qiling!

📱 Telegram 🔹Instagram 📱 Facebook  📱  YouTube  📱 LinkedIn

Ogahiy ijod maktabi

05 Jan, 06:24


#biz_haqimizda
#qisqacha

🤩 AGENTLIK TIZIMIDA HOZIRGI KUNDA:
14 ta Prezident maktabi;
9 ta ijod maktabi;
2 ta sport maktabi;
185 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari;
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Fan olimpiadalari markazi;
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
"Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

🗣Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

03 Jan, 16:20


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ushbu qaror bilan ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash kerakligi belgilab qo’yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

03 Jan, 14:46


❄️💻Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi | Kun sarhisobi

Bugungi faoliyatimiz haqida batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi? 💻
3-yanvar kuni soat 19:00 da bizning YouTube kanalimizda jonli efir bo‘lib o‘tadi!

👉 Jonli efirda nimalar bo‘ladi?
• 1-kun davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
• Oflayn va onlayn yo‘nalishlarda ishtirokchilarning dastlabki natijalari
• Qiziqarli voqealar va IT oromgohimiz yangiliklari

Jonli efir uchun havola 👇
https://www.youtube.com/live/G9DJWAnMJdU
_______________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Ogahiy ijod maktabi

03 Jan, 13:01


Diqqat, tanlov!

EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM O‘ZGARISHI VAZIRLIGI
VA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI


2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida “Onajonim – tabiat” ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
2025-yil mamlakatimizda Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili deb e’lon qilinishi nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar manfaatlarini ko‘zlab tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim qadamdir. Shuningdek, ijod ahlining ijtimoiy-ma’naviy faolligi va mas’uliyatini oshirib, yangi badiiy asarlar yaratishga ruhlantirishi tabiiy.
Tanlovga Yangi O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin va farovon yurtda barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizda ona Vatanni, uning ne’matlarini asrab-avaylash tuyg‘usini kuchaytirish, ajdodlarimizdan meros havo, yer va yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrashdek milliy qadriyatlarimizni, ijtimoiy hayotdagi yutuqlarimizning barchasi ona tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini yosh avlod qalbiga
va ongiga singdirish kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilgan, shuningdek, soha fidoyilarining hayoti va yutuqlari, obodlik, farovonlik yo‘lidagi intilishlarini yoritib beruvchi she’rlar, hikoyalar, dramatik hamda badiiy publitsistik asarlar qabul qilinadi.
Ijodiy ishlar 2025-yil 20-mayga qadar qabul qilinadi.
Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan ijodkorlar 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida “Eng yaxshi she’riy asar”, “Eng yaxshi hikoya”, “Eng yaxshi dramatik asar” va “Eng yaxshi badiiy publitsistik asar” nominatsiyalari bo‘yicha quyidagi tartibda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
bitta birinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
bitta ikkinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
bitta uchinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida.
Tanlovga taqdim etilgan asarlar saralanib, kitob holida chop etiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan asarlarning asl yoki elektron nusxasi muallifning telefon raqami va pasport nusxasi bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun telefon: (71) 231-83-69.

Ogahiy ijod maktabi

31 Dec, 12:32


#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

Ogahiy ijod maktabi

31 Dec, 07:38


Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Ogahiy ijod maktabi

31 Dec, 06:44


#yil_sarhisobi
#Ogahiy_ijod_maktabi

📊 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy infografika
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

31 Dec, 06:09


Ulgʻayish

Yangi yilda soddalik
Yoʻrigʻini tutmayman.
Endi hech qorbobodan,
Sovgʻa-salom kutmayman.

Chunki soqolli odam,
Bilsam soxta, qalbaki.
Har yil qorboboman deb -
Aldar bizni amakim.

: Sardor Saʼdullayev, Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijod zavqi" to‘garak rahbari

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

31 Dec, 04:27


#YANGI_YIL_TABRIGI

❄️ Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi – 2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi!


🇺🇿 Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan aziz ziyolilarimiz, ilm-fan, adabiyot va san'at ahliga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat tilaymiz.

🎄Yangi yil yurtimizga to‘kin-sochinlik, xonadonlarimizga quvonch va qut-baraka olib kelsin!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

31 Dec, 04:21


#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

30 Dec, 14:06


#yil_sarhisobi

🤩 2024-YIL OYLAR KESIMIDA AGENTLIK FAOLIYATIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

📆 YANVAR
📆 FEVRAL
📆 MART
📆 APREL
📆 MAY
📆 IYUN
📆 IYUL
📆 AVGUST
📆 SENTABR
📆 OKTABR
📆 NOYABR
📆 DEKABR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

30 Dec, 10:17


#yil_sarhisobi
#dekabr_2024

⚡️2024-YIL DEKABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Koreys tilini amaliy oʻrganish boʻyicha onlayn dars tashkil qilindi.

Maktablarimiz "korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"da faol qatnashdi.

Kembrij sinfida birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.

Agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida tashrif buyurdi.

Ishchi guruh: STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam berilmoqda.

Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning ITZ Interdistsiplinar oʻsimtalar markazida boʻldi.

Oʻquvchi-sportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Umumta’lim maktablariga metodik koʻmak berilmoqda.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir.

Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning Bad Krozingen kardiologiya markazi faoliyati bilan tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "OITS kasalligi XXI asr vabosi" mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Kasbiy rivojlanishga qaratilgan seminar-trening.

Noyob oʻsimliklarni kashf etgan olimdan mahorat darsi.

Yadro energetikasi mavzusida qiziqarli muloqot.

"Hayo - xaloskordir" nomli koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

Prezident maktabida harbiy prokuror bilan uchrashuv o’tkazildi.

Ekofaol oʻquvchilar uchun trening o’tkazildi.

Oʻzbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri, OʻzFA akademigi Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Oʻzbekiston yosh iqtisodchilari hamjamiyati” xakatoni boshlandi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan tanishdi.

Jizzax viloyati prokurori B.Ibroximov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar mavzusidagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Maktablarimiz “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da faol qatnashdi.

O‘zbekiston Qahramonidan mahorat darsi.

Prezident va ijod maktablari faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Agentlikning Surxondaryodagi maktablar faoliyati o’rganildi.

Xitoy xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Agentlikning Farg’onadagi maktablar faoliyati o’rganildi.

Talabalarimiz 100 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Qizlar olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

O’quvchimiz 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pul bilan taqdirlandi.

Sarhisob: Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Sarhisob: Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Oʻquvchimiz IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Oʻquvchimiz respublika insholar tanlovida gʻolib boʻldi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Prezident maktablari oʻqituvchilari xalqaro toifaga ega bo‘lmoqda.

Prezident maktablari xalqaro maktablar kengashi akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Yosh gimnastikachilarimiz ilk sport razryadlariga ega boʻldi.

Oʻquvchimiz SAT imtihonida rekord natija koʻrsatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

30 Dec, 10:16


#Yil_sarhisobi
#Yangi_yil_tadbiri

Yurtimiz bo‘ylab yaqinlashib kelayotgan Yangi yil o‘z shukuhini barchaga ulashmoqda. Ogahiy nomidagi ijod maktabida "YANGI YIL ERTAGI" deb nomlangan bayramona shou tadbir dasturi jarayonidan
foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

27 Dec, 16:23


#yil_sarhisobi
#iyul_2024

⚡️2024-YIL IYUL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda barcha maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy viloyatida boʻlib, tizimdagi taʼlim muassasalarida yaqindan oʻrganish olib bordi.

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

"Yangi Oʼzbekiston" universitetida ilk marotaba Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari oʻz faoliyatini boshladi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.

Oʻquvchilarimiz 65-Xalqaro matematika olimpiadasi, 54-Xalqaro fizika olimpiadasi, 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi, Xalqaro matematika musobaqasi, “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Agentlik tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi.

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari IELTSdan yuqori natija koʻrsatdi.

Ijod maktablari oʻquvchilarining ijod namunalari toʻplami nashr etildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident (1-bosqich), ijod, tayanch, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi.

Ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikka kirdi.

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

27 Dec, 16:23


#yil_sarhisobi

🤩 2024-yilda Agentlik direktori boshchiligida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish doirasida hududlardagi tizim maktablarida ishchi guruh oʻrganishlari olib borildi, sayyor qabullar tashkil etildi, xalqaro va tashkilotlararo hamkorlik doirasida muhim kelishuvlarga erishildi, iqtidorli oʻquvchilarni yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirish kabi muhim yoʻnalishlarda tizimli ishlar olib borildi:

Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan uchrash oʻtkazildi.

Agentlikning Fargʻona viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshlandi.

Namangandagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining direktorlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyi bilan tanishildi.

Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Agentlikning Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Andijon, Fargʻona, viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Studiya24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazildi.

Samarqand viloyatida Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ochildi.

Buxoroda Agentlik direktorining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Incheon taʼlim festivalining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston24 | Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli, imtihon jarayonlari bo‘yicha suhbat.

Buyuk Britaniyaning Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimidagi barcha maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Qoraqalpogʻistonda agentlik direktorining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Yangi ixtisoslashtirilgan maktab binosi foydalanishga topshirildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Agentlikka tashrif buyurdi.

Agentlikning Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati oʻrganildi.

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Agentlikning Samarqand viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik tizimidagi boks hamda gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati oʻrganildi.

Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif qilindi.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Rossiya Federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

27 Dec, 15:04


#Erkin_Vohidov_88
#jarayon

Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-"A" sinf bo‘yicha tarbiyachi-pedagog Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 88 yillik yubileyi munosabati bilan zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.


Qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tgan bahsda ''Qor parchasi" va "Jadid avlodlari" jamoasi teng kelishdi va do‘stlik g‘alaba qozondi.

Ogahiy ijod maktabi

27 Dec, 12:21


#xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK MEMORANDUMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.


Mazkur memorandum doirasida:

– Agentlik tizimidagi maktablar hamda Letovo maktabi oʻrtasida oʻquvchilarga chuqur nazariy bilim, koʻnikma va malakalar berish hamda ularning kasbiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish;

– taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar ishtirokida qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish;

– pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻzaro almashish va oʻquv amaliyotini boyitish maqsadida qoʻshma oʻzaro amaliyotlar, konferensiyalar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning sentyabr oyida Agentlik delegatsiyasi Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim muassasasi faoliyatini yaqindan oʻrgangan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

26 Dec, 17:54


#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh
Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

08 Dec, 03:38


“Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

#konstitutsiyamiz_32yoshda

@hilola_umarova

Ogahiy ijod maktabi

08 Dec, 03:14


#Tabrik

8-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

08 Dec, 02:41


#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishi
#Qisqa_metrajli_film

📹 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchilari tomonidan "San'at" fanidan tayyorlangan loyiha ishi
  

👨‍🦰👩‍🦰 "Ota-onani tanlash huquqi" tarbiyaviy ahamiyatga ega rolik.

📝Ssenariy muallifi:
Nurmamatova Oygul

👭Rollarda:
Ro‘zmamatova Dinora
Bekturdiyeva Charos
Nurullayeva Laylo
Erniyazov Javohir
Sa'dullayeva Sevinchoy
Pirjanov Jo‘shqin
Nazarov Farhod

Ogahiy ijod maktabi

07 Dec, 05:09


#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ijod maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

📝 IJOD MAKTABLARI:

🚀Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🚀Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🚀Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🚀Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🚀Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🚀Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🚀Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🚀Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🚀Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

06 Dec, 16:23


Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

06 Dec, 15:50


#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda

🔰 Dekabr oyining 6-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli
bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.


🔸 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev tomonidan bayramona tabrik so‘zlari bilan tadbirni ochib berdi.

🔹O‘quvchilar tomonidan konstitutsiyaga bag‘ishlangan she'rlar va sahnaviy teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etildi. Musiqiy kompozitsiyalar barchaga ko'tarinkilik baxsh etdi.

🔻 Tadbir so‘ngida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida rasm, insho va diktant tanlovlari g‘oliblari munosib taqdilandi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

06 Dec, 15:50


#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda

🔰 Dekabr oyining 6-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli
bayramona tadbir jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi

23 Nov, 12:38


«JADIDLAR IZIDAN» TANLOVINING XORAZM VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida tashkil etilgan “Jadidlar izidan” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi nihoyatda qizg‘in kechdi.

O‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra,
➡️6-7-8-sinflar o'rtasida:
I-o‘rin Urganch tumanidagi  45-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Akbar Boboxonov,
II-o‘rin Hazorasp tumanidagi 20-maktab o‘quvchisi Madina Olimboyeva,
III-o‘rin Yangiariq tumanidagi 5-maktab o‘quvchisi Qutlibika Xushnudova
ga,

➡️9-10-sinflar o'rtasida:
I-o‘rin Yangiariq tumanidagi 4-maktab o‘quvchisi Esayeva Shabnam,
II-o‘rin Xonqa tumanidagi 48-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Dilobar Bahtiyorova,
III-o‘rin Yangibozor tumanidagi 33-maktab o‘quvchisi Sabrina Jumaboyevaga nasib etdi.


Endilikda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

Gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ishtirok etib, tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplom va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌

Ogahiy ijod maktabi

23 Nov, 10:07


Adabiy kecha ijodkorlarni birlashtirdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoira Enaxon Siddiqova xotirasiga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazildi.
Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari M.Abdurahmonova Enaxon Siddiqova adabiy merosi bo'yicha ma'ruza qildi. Shundan so'ng Ogahiy, Erkin Vohidov va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari o'quvchilari Enaxon Siddiqova she'rlari va o'z ijodlaridan namunalar aytishdi. Uchta ijod maktabi yoshlari o'rtasida o'tkazilgan bahr-u bayt bellashuvi esa qizg'in tus oldi.
Mazkur ijodiy tadbir yakunida faol ishtirok etganlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ogahiy ijod maktabi

21 Nov, 15:12


"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Ogahiy ijod maktabi

21 Nov, 15:12


"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Ogahiy ijod maktabi

07 Nov, 11:36


#ota_onalar_yigʻilishi
#1_chorak_yakuni

📍Joriy yilning 7-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-sinf o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

🔶 Yig'ilishda maktab direktori vvb N.Abdullayev 1-choraklik sarhisobi, erishilgan yutuqlar haqida ma'lumot berdi va 2-choraklik rejalari o'rtoqlashildi. Chorak yakuni bo‘yicha olingan ChSB imtihon natijalari tahlili bo‘lib o‘tdi.


➡️ Shundan so‘ng o‘quvchilarning tarbiyaviy-axloqiy jihatlari bo‘yicha maktabning MMIBDO' B.Sadullayev so'zga chiqib, bevosita tarbiyaning ham muhimligiga oid tahliliy misollarga to'xtalib o‘tdi.

🔻Yig'ilish davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

07 Nov, 07:47


#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

1-ISHTIROKCHI
NASR

Kuzning sehrli nafasi

(hikoya)

    Kuz qishloqqa asta-sekinlik bilan kirib keldi. Dastlab, tog‘larning cho‘qqilarida turgan qalin, yashil daraxtlar oltin tusga kira boshladi. Yomg‘irdan keyin paydo bo‘lgan yangi, toza havo shabadasi xuddi yangi qog‘ozni ochgandek his qildirardi.
    Quyoshning iliq nurlari, endi so‘nggi kuchini ishlatgandek, osmonning kamalak ranglariga sochilib, qishloqning tor ko‘chalarini yoritar, shafaq esa tongning xushbo‘y nafasini eslatardi.
    Bolalar bog‘da chopqillab, havoda uchayotgan barglar bilan o‘ynar, ularni ushlashga harakat qilar edi. Ulardan biri, kichkina Zafar, katta chinor daraxtining ostida bir oltin rangdagi yaproqni ushlab oldi va uni yuqoriga ko‘tarib, o‘zicha quvongancha, "Mana, kuzning xazinasi!" – deb qichqirdi. Uning kulgusi atrofga taraldi va daraxtlarning shoxlari orasidan o‘tib, uzoqlarga ketdi.
Yomg‘ir tomchilari yerga sekin tushgan paytda, qishloqdagi har bir uyda choy qaynay boshlardi. Oshxonadan kelayotgan issiq, xushbo‘y choy hidi va nonushta uchun tayyorlanayotgan yangi nonning isi kuzning salqinligi bilan uyg‘unlashib, xonalarni iliqlik bilan to‘ldirardi.
    Kuzning har bir kuni yangi bir xotirani yaratardi – yog‘ayotgan yomg‘ir, sarg‘aygan barglar va shabada olib kelgan yangi boshlanish umidlari bilan. Tabiat esa o‘z sokin ohangida, go‘yo barcha sirlarini aytmoqchi bo‘lganday tovlanardi, faqat quloq solishni bilganlar uchun...

: Rustamova Sabrina,
Ogahiy ijod maktabining 10-B sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

07 Nov, 04:31


#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

2-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

📸: Jonibekova Ruxsora,
Ogahiy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

07 Nov, 02:59


#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

1-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

📸: Maqsudova Anora,
Ogahiy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

05 Nov, 13:53


#tanlov

🍁 Kuz bu eng erka fasllardan biri hisoblanadi. Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o‘quvchilar ta'til paytini mazmunli o‘tkazish maqsadida iste'dodli ijodkorlar uchun "Kuz ilhomlari" nomli tanlov e'lon qiladi.

📝 Ijodiy ishlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

1- NAZM(she’riyat):


 ✍️ - Qalamkash o‘z ijodida kuz madhi, tabiat tasviri, mavzuga doir ijod namuna tayyorlashi lozim;
✍️ - Mualliflik 📝 sheʼridan faqat bittasini jo'natishi;
✍️ - Ishtirokchidan 4 qatordan 36 qatorgacha boʻlgan sheʼr taqdim etilishi mumkin.
✍️ - Yozgan sheʼringizni yozma yoki elektron shaklda
@XorunMuso telegram manziliga taqdim etishingiz lozim.
❗️Ijodiy ishlar imloviy xatolarsiz, she'riy qonun-qoidalarga amal qilingan va plagiat (ko‘chirilgan) bo‘lmasligi kerak!


2-NASR (hikoya)

 Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar o‘z ijodiy ishida kuz tasvirini o‘zida mujassamlashtirgan ijodiy ishini tayyorlashi lozim;
Tanlangan biror qahramonning o‘y-kechinmalari aks ettirilishi lozim.
Ushbu yo'nalishda qatnashish istagidagi ijodkor ishtirokchilarimiz
ijodiy ishlarini elektron tarzda
@Yuldashev_Jumanazar telegram manziliga jo'natishlari so'raladi.
❗️Hikoyani baholashda ijodiy ishning syujetga boyligi, orginalligi, mavzuni to‘g‘ri yorita olganligi, so‘z qo‘llash mahorati alohida e'tiborga olinadi.

Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 13-noyabr sanasigacha qabul qilinadi.
Tanlovda faqat Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok qilishi mumkin.

➡️ Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g‘oliblar:
1. Eng yaxshi she’r (1,2,3-o’rin)
2. Eng yaxshi hikoya (1,2,3-o‘rin)
kabi yo’nalishlarda aniqlanadi. Gʼoliblar taqdirlash marosimida e'lon qilinadi va maxsus sovg'alar topshiriladi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

05 Nov, 11:29


Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

1 noyabr kuni Hukumat Qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/653717

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Ogahiy ijod maktabi

04 Nov, 13:11


#hududlardan_xabarlar

 ⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida madaniyat festivali
o‘tkazildi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Internatilonal day” ko‘rgazmasi
tashkil etildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi
o‘tkazildi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari
Jahongirbek Abdualimov, Sevara Baxtiyorova hamda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Xurshid Tuyg‘unov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

⏺️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida “Fun-Fair-Festival"
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
tashkil etildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Korrupsiya-adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Nilufar  Sevarova xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Zayed barqarorlik mukofoti”ning final bosqichiga
yo‘llanma oldi.

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aydostin Kitaybekov "Uzbekistan Climate Box Youth Contest 2024" tanlovida  
g‘olib bo‘ldi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “O‘tkan kunlar” va “ Mehrobdan chayon” romanlarining arab tiliga qilingan tarjimalari taqdimoti
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Ardaqlayman ana tilimdi” nomli tanlov
e’lon qilindi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Inson huquqlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakillari ishtirokida davra suhbati
o‘tkazildi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
tashkil etildi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

⏺️Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda "Kitobxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi
tashkil etildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisining ijod namunalari xalqaro antologiyada
chop etildi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  targ‘ibot tadbiri
tashkil etildi.

⏺️Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ekspertlar ishtirokida moliyaviy savodxonlik mavzusiga bag‘ishlangan amaliy trening
o‘tkazildi.

⏺️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari “IT PARK” Jizzax filiali faoliyati
bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ogahiy ijod maktabi

04 Nov, 09:40


#trening

🗓 Joriy yilning 4-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Maqsuda Babajonova tomonidan "Kitobxonlikni oshirishga qaratilgan yangicha uslub" mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.

🔽 Trening jarayonida kitoblarning hayotimizdagi o‘rni uning tarbiyaviy ahamiyati borasida fikrlar yuritildi. Namuna sifatida kitoblar ro‘yxati o‘quv yili davomida o‘quvchilarga taqdim etilishi belgilandi.


🔸 Maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev o‘tkazilgan trening haqida o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

04 Nov, 09:15


UCH AVLOD UCHRASHUVI
03.11.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Ogahiy ijod maktabi

25 Oct, 15:43


#Kitob_taqdimoti
#Jarayon

🗓 Joriy yilning 25-oktabrida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarimning "Maqar" kitobi taqdimot jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

22 Oct, 06:06


Sardorlar sayloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti vatanparvar, tashabbuskor va shijoatli yoshlarni bir safda jamlashni maqsad qilgan “Bolalar harakati” sardorlar saylovini e’lon qildi.

10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari “Bosh sardor”, “Sport”, “Ta’lim”, “Ekologiya”, “Media va IT”, “San’at“ va “Saxovat” yo‘nalishlaridan ishtirok etishlari mumkin.

📝Saylovda ishtirok etish uchun ➡️ havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Ogahiy ijod maktabi

21 Oct, 15:03


#bayramona_tadbir
#jarayon

"TIL-MILLAT KO‘ZGUSI" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI

📍21-oktabr–O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabida joriy yilning 21-oktabr kuni "Til-millat ko‘zgusi" nomli bayramona tadbir jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

21 Oct, 15:03


#bayramona_tadbir
#jarayon

"TIL-MILLAT KO‘ZGUSI" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI

📍21-oktabr–O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabida joriy yilning 21-oktabr kuni "Til-millat ko‘zgusi" nomli bayramona tadbir jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

21 Oct, 15:03


#bayramona_tadbir
#jarayon

"TIL-MILLAT KO‘ZGUSI" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI

📍21-oktabr–O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabida joriy yilning 21-oktabr kuni "Til-millat ko‘zgusi" nomli bayramona tadbir jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

20 Oct, 04:29


#bizning_ijod
#yangi_nigohlar

Bolari
Hoy bolari, bolari,
Qara go‘zal gullarga.
Iforlarin taratar
Borib qo‘ngin ularga.

Chaqib olsang, bilmasdan,
“Dod”,-deb yig‘lab qolamiz.
Mehnatkashliging ko‘rib,
Sendan o‘rnak olamiz.

Boshim og‘rib qolsa gar,
Sen yig‘gan boldan yeyman.
Tezda tuzalib olib,
Senga rahmatlar deyman.

Shifokor, olimlar ham:
“Asal-foyda koni”,-der.
Har bir tomchi asaling
Mislsiz peshona ter.


Shifobaxsh, jonbaxsh ari,
Zahmatingni bilamiz.
Shuning uchun ham seni,
Biz parvarish qilamiz.

✍️:Rayhona SHOMURODOVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Ogahiy ijod maktabi

19 Oct, 14:26


#O‘zbek_tili🇺🇿
#35_yil


✍️Milliy tilimiz haqida buyuk ajdodlarimizning ibratli qarashlari


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌