Xiva shahridagi Prezident maktabi @psinkhiva Channel on Telegram

Xiva shahridagi Prezident maktabi

@psinkhiva


Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.me/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun

Xiva shahridagi Prezident maktabi (Uzbek)

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi PSinKhiva Telegram kanalida! Bu kanal Xiva shahridagi Prezident maktabi haqida so'nggi yangiliklar, tadbirlar va faoliyatlar bilan to'ldiriladi. Agar siz ham Xiva shahridagi Prezident maktabi haqidagi eng so'nggi ma'lumotlardan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling! PSinKhiva kanalida o'z fikrlarini bayon qilish, savollar berish va yaqinroq bilish uchun @KhivaPMBot ga murojaat qilishingiz mumkin. Barcha so'nggi yangiliklar uchun kanalimizni obuna qiling va biz bilan birga o'z fikrlaringizni baham ko'ring! Kanalimizga obuna bo'ling va xabarlarimizdan xabardor bo'ling! Xiva shahridagi Prezident maktabi bilan birga o'z hayotingizni o'zgartiring!

Xiva shahridagi Prezident maktabi

11 Feb, 05:19


#Тuron_2025

“Turon” maktab teatri tanlovi orqali chet elga sayohat qiling!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va teatr san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 shart asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:

24-28-fevral kunlari — tuman (shahar) bosqichi;
10-29-mart kunlarihududiy bosqich.

✈️ Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga TA'LIM SAYOHATIni qo‘lga kiritadi.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: @turonteatri_bot

❗️Shoshiling!

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 17-fevral kuni soat 16:00 da yakunlanadi.

Tanlov yangiliklarini
vazirlik kanali,
”Turon” maktab teatri kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


@hilola_umarova

Xiva shahridagi Prezident maktabi

10 Feb, 17:03


#Turon_yoʻlbarslari
#Xorazm_viloyati

🤩 Agentlikning Xorazm va Surxondaryo viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra,

📍 XORAZM VILOYATI:

🥇Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Vatanparvar” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Urganch lochinlari” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Xiva shahridagi Prezident maktabining “Pahlavon Mahmud” jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

📍 SURXONDARYO VILOYATI:

🥇Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Elparvar” jamoasi 1-o’rin;

🥈Termiz shahridagi Prezident maktabining “Desantchilar” jamoasi 2-o’rin;

🥉Denov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Denov yo’lbarslari” jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

10 Feb, 16:15


#Turon_yoʻlbarslari
#Xorazm_viloyati

“Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining Xorazm viloyatidagi hududiy bosqich jarayonlaridan suratlar.

🌐 Telegram | Facebook

Xiva shahridagi Prezident maktabi

09 Feb, 18:26


#Navoiy_day
#Xamsa

Xiva shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiyga bag’ishlangan kun.

O’quvchilar bilan Xamsa asari va Navoiyning hayoti haqida chiroyli mazmunli suhbat bo’ldi.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

09 Feb, 18:22


#Chellenj
#Navoiy_day

🇺🇿Xiva shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan 7-sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

09 Feb, 06:30


Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

09 Feb, 06:22


#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan.

Turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan.

Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan.

Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

08 Feb, 14:39


PISA xalqaro baholash tizimidan foydalanishning asosiy muhim jihatlaridan biri bu o‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobilyatini rivojlantirish hisoblanadi.

2025-yilda PISA tadqiqotlarida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablaridan 11 ta va Prezident maktabining 15 yoshli o‘quvchilari ishtirok qilish uchun tanlab olingan.

Bugun, 8-fevral kuni ushbu jarayonda ishtirok qiluvchi maktablarning biologiya, fizika va matematika fani o‘qituvchilari uchun PISA xalqaro o‘quvchilarning savodxonligini baholash tadqiqotining rivojlanish bosqichlari, maqsad va vazifalari to‘g‘risida seminar-trening tashkil qilindi.

Prezident maktabining xorijlik o‘qituvchisi Solomons Donovan Benedict PISA tadqiqotlarida yuqori natija ko‘rsatgan davlatlarning ta’lim tizimidagi islohotlar hamda PISA testlarining darajalari haqida umumiy tushuncha berib o‘tdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi

08 Feb, 06:42


#Dars_jarayoni

Xiva shahridagi Prezident maktabida ona tili va adabiyot darslarida o'quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar  beriladi, balki o'quvchilarning sahnada o'zini tutishiga, og'zaki nutqini rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratiladi.

8-sinf o'quvchilari adabiyot darsida Maqsud Shayxzodaning  "Jaloliddin Manguberdi" tragediyasi asosida kichik sahna ko'rinishlarini mahorat bilan ijro etdilar.

O'quvchilar Xorazm farzandi Jaloliddin avlodi ekanliklaridan  yana bir bor faxr hissini tuydilar.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

08 Feb, 06:31


Maktabimiz o‘qituvchisi Clement Odera 10-sinf o‘quvchilari uchun UCAS platformasi haqida tushuntirish berib, Buyuk Britaniya universitetlariga qabul jarayonlari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarini ulashdi.

📌 Seminar davomida o‘quvchilar:
UCAS platformasidan qanday foydalanish;
Universitet tanlash va ariza topshirish bosqichlari;
Shaxsiy bayonot (Personal Statement) yozish bo‘yicha tavsiyalar;
Muvaffaqiyatli qabul uchun muhim ko‘nikmalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

05 Feb, 06:32


#Sinf_soati #Navoiyga_ehtirom

Xiva shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan sinf soati o'tkazildi!

Bugun, 5-fevral kuni, maktabimizda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan sinf soatlari bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilarimiz A. Navoiyning gazallari va ruboiylarini ifodali o'qib, uning adabiy merosining naqadar ulkanligini va insoniyatga qanday katta ta'sir ko'rsatganini namoyish etdilar.

Shunday tadbirlar orqali yosh avlodning Navoiyning so'z san'ati va fikrlari bilan tanishishi, uning hikmatlarini yurakdan qabul qilish imkoniyati yaratilmoqda. Bu kabi tadbirlar, shubhasiz, o'quvchilarimizda adabiyotga bo'lgan qiziqishni kuchaytiradi.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

04 Feb, 11:21


#xalqaro_konferensiya

🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📶 Konferensiyada:
Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.

Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.

📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.

🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.

🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA

📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

04 Feb, 10:34


#Ertalabki_saflanish
#Jadid_bobomiz #Behbudiy

Xiva shahridagi Prezident maktabi tarix fani o'qituvchisi F.Hakimov hamda maktabimiz faol o'quvchilari tomonidan  jadid milliy ma‘rifatparvarlik harakati tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining  150 yilligiga bag‘ishlab davra suhbati tashkil qilindi. Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. O'quvchilar jadidchilik harakati asoschilarining millat ravnaqi, jamiyat rivoji yo‘lida amalga oshirgan ibratli ishlari haqida tushunchalarga ega boʻlishdi


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

04 Feb, 10:12


TEDxKhivaPS 🎤

📍 Xiva shahridagi Prezident maktabida ilk bor TEDxKhivaPS tadbiri o‘tkazildi. Ushbu loyiha dunyoni o‘zgartiruvchi fikrlarni tarqatish va yoshlarni ilhomlantirish maqsadida tashkil etildi. 💡🎙

Tadbirda nafaqat maktabimiz o‘quvchilari, balki boshqa muassasalardan ham ko‘plab ishtirokchilar qatnashdi. Jumladan, Ma'mun Universiteti, Nukusdagi Al-Xorazmiy maktabi va boshqa ta’lim muassasalaridan kelgan yoshlar va mutaxassislar TEDx sahnasida o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdi. Ularning ilhomlantiruvchi nutqlari barcha ishtirokchilarga yangi g‘oyalar va motivatsiya ulashdi. 🚀

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

04 Feb, 09:25


#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning rasmlari xalqaro koʻrgazmada namoyish qilindi

#uzbekistan24

Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi koʻmagida, 13-16-yoshda boʻlgan 30 nafar Agentlik tizimidagi iztisoslashtirilgan hamda ijod maktablari oʻquvchilarining saralab olingan rasmlari ushbu koʻrgazmadan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

30 Jan, 14:47


Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

30 Jan, 11:48


30-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tavallud topgan kun

Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, davlat mustaqilligini mustahkamlash va mamlakat taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan buyuk davlat arbobi edi.

Uning yetakchiligi ostida O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishdi va mustahkam davlat siyosati shakllandi. Karimov mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tiklash hamda xalq farovonligini oshirish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirdi.

Uning rahbarligi davrida O‘zbekiston o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanladi, iqtisodiy mustaqillikka erishish, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar tashlandi.

Bugun ham Islom Karimov nomi xalqimiz xotirasida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Uning mustaqillik yo‘lidagi xizmatlari, davlat va xalq ravnaqi uchun qilgan sa’y-harakatlari O‘zbekiston tarixida abadiy qoladi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi

30 Jan, 10:08


🔬 Kimyo darslarida amaliy mashg‘ulotlar! 🧪💡

O‘quvchilarimiz tashqi imtihonlarga tayyorgarlik doirasida kimyo laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarmoqda! 🏆🔍
Ular turli tajribalarni o‘tkazib, nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rishmoqda. Bu nafaqat imtihonlarga tayyorlanish, balki ilm-fan va kashfiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir! 🚀

Kelajakdagi olimlar va kimyogarlar bugun shakllanmoqda! 🔬💙

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

30 Jan, 04:33


🔘Bugun, 2025-yil 29-yanvar kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida tajribali mutaxassis Solomons Donovan Benedict tomonidan tabiiy fanlarni o‘qitish huquqini beruvchi qayta tayyorlash kursi o‘qituvchilari uchun trening mashg‘uloti tashkil etildi. Trening “Formativ baholash – muvaffaqiyatlar kaliti” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

🔘Ushbu trening davomida Solomons Donovan Benedict ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalariga asoslangan ko‘rgazmali vositalar va amaliy yondashuvlar yordamida mavzuni batafsil yoritib berdi.

🔘Tadbir o‘qituvchilar uchun samarali o‘quv va metodik tajribaga boy bo‘ldi. Formativ baholash bo‘yicha taqdim etilgan yangi usullar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

⚡️Mazkur trening o‘qituvchilarning malakasini oshirish va dars samaradorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

🎤Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati
🎧Bizni kuzatishda davom eting
📱Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱 Web sayt 📱Telegram

Xiva shahridagi Prezident maktabi

29 Jan, 09:11


🇺🇿 Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga qiziquvchilar diqqatiga!

🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “Kichik mutafakkirlar” Respublika tanlovini e'lon qiladi.

🇺🇿 Tanlovda 5-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

📄Tanlov Nizomi bilan bu yerda tanishing.

🏆 Tanlovda ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oling!

📱 Telegram 🔹Instagram 📱 Facebook  📱  YouTube  📱 LinkedIn

Xiva shahridagi Prezident maktabi

28 Jan, 10:40


#OAV_biz_haqimizda

Rostini ayting | Taʼlimga eʼtibor – taraqqiyot poydevori

#yoshlarTV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

28 Jan, 09:37


#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi

Bizda Vatanparvarlik oyligi davom etmoqda!

Shimoliy-g’arbiy xarbiy okrugi orkestr jamoasi hamda orkestr boshlig’i leytenant Baxrom Qobulov o’quvchilarga bayram kayfiyati ulashishdi!

https://instagram.com/psinkhiva

Xiva shahridagi Prezident maktabi

22 Jan, 11:08


🌍 EcoIgnite: Fueling Change 🌱

Xiva shahridagi Prezident maktabida "EcoIgnite: Fueling Change" nomli tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida:

🌡 Iqlim o'zgarishi haqida mashg‘ulotlar: Atrof-muhitga ta'siri va uni kamaytirish yo‘llari.
🌿 Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha treninglar: Amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar.
🌟 Yosh avlodni jalb qilish: Barqaror kelajak uchun yangi g‘oyalar va tashabbuslar.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola
📍 Manzil: shu yerda, Xiva shahridagi Prezident maktabi
📆 Sana: 25-yanvar
Vaqt: 10:00

Barchangizni kutib qolamiz! 🙌

Telegram | Instagram | Twitter | XivaPM

Xiva shahridagi Prezident maktabi

21 Jan, 04:01


Bugun Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand bo‘ldim.

Bu g‘alaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz!

-
Сегодня от имени Президента Республики Узбекистан мы с радостью вручили награды родителям двух учеников Президентской школы города Ташкента и их наставнику, победивших в номинации «Глобальные средние школы» премии Шейха Заида в Абу-Даби.

Эта победа — символ надежды и вдохновения для всей нашей молодёжи. Гордимся вами!

Xiva shahridagi Prezident maktabi

20 Jan, 07:24


#Ertalabki_saflanish
Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarga ertalabki saflanish vaqtida “Mening rejalarim” mavzusida maktab psixologi Urazmetova Muyassar motivatsion tilaklar bildirildi.

Yangi kun har birimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

20 Jan, 07:13


#Besh_tashabbus
#Eng_yaxshi_kitobxon_oila
#Maktab_ota_ona_hamkorligi


Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun ajoyib bir tashabbusni amalga oshirdi! Maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida, 5-8-sinf o‘quvchilari ota-onalari ishtirokida Xudoyberdi To’xtaboyevning "Mungli ko‘zlar" romaniga bag‘ishlangan kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ota-onalar roman mazmuni, asosiy g‘oyalar va personajlar haqidagi bilimlarini namoyish etdilar. Bu tanlov o‘quvchilar uchun ham, ota-onalar uchun ham yangi bilim olish imkoniyatini yaratdi, hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

20 Jan, 05:21


#chavandozlik
#Sport

CHAVANDOZLIK DARSLARI DAVOM ETMOQDA!

🔰 Xiva shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi bilan hamkorlikda ot sport turlari bo'yicha ko'rgazmali mahorat darslari o'tkazildi.

🐎🐎 Bu kabi mashg'ulotlar o'quvchilarda milliy sport turlarimizga bo'lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Kundan-kunga ot sportiga qiziquvchi o'quvchilar safi kengaymoqda.



👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

20 Jan, 05:12


#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Bizning_faxrimiz

🇺🇿Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilgan SEAMO (Janubi-Sharqiy Osiyo Matematika Olimpiadasi) tanlovida maktabimizning 8-Blue sinf o'quvchisi Sotimboyev Ibratbek oltin medalni qo'lga kiritdi!

🎯Ibratbekning bu yutuqi nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyatidir, balki butun maktabimiz uchun katta faxr va iftixordir. Matematikaga bo‘lgan ulkan qiziqishi va mehnatlari natijasida, u o‘zining bilim va iste’dodini xalqaro miqyosda sinab ko‘rdi va eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

📎Ibratbekka kelajakdagi ishlarida yana katta yutuqlarni tilaymiz va uning muvaffaqiyatlari biz uchun ilhom manbai bo‘lsin!


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

08 Dec, 06:50


Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin, O‘zbekiston! Yurtimiz hamisha qudratli, obod va har birimiz uchun iftixor ramzi bo‘lsin! 🇺🇿

-

С Днём Конституции, Узбекистан! Пусть наша страна всегда будет сильной и процветающей, гордостью для каждого из нас! 🇺🇿

Xiva shahridagi Prezident maktabi

08 Dec, 06:48


#Tabrik

8-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

08 Dec, 06:47


“Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

#konstitutsiyamiz_32yoshda

@hilola_umarova

Xiva shahridagi Prezident maktabi

08 Dec, 06:47


🇺🇿 “Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida ochiq muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot orqali:
📜 O‘quvchilar Konstitutsiyaning asosiy bo‘limlari va moddalariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.
💬 Sinf rahbarlari va o‘quvchilar o‘rtasida mazmunli muloqotlar tashkil etildi, savol-javoblar orqali huquqiy bilimlar mustahkamlandi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

07 Dec, 15:06


🇺🇿 Konstitutsiyamiz 32 yoshda

Maktabimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida:
📜 Konstitutsiyaning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni haqida keng tushunchalar berildi.
🎤 O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar namoyish qilindi.
📚 Konstitutsiya haqidagi viktorina orqali bilimlar mustahkamlandi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarimizga huquqiy bilimlarni oshirish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda katta yordam berdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

07 Dec, 15:03


🎉 Maktabimiz faxri

Maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Razzoqberdiyev Shahzod ingliz tili fanidan o‘tkazilgan viloyat bosqichi olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🏆

Shahzodning bu yutug‘i uning aʼlo bilimga bo‘lgan intilishi va mehnatkashligining yorqin dalilidir. Ushbu muvaffaqiyat maktabimiz jamoasi uchun katta faxr va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Biz Shahzodni chin yurakdan tabriklaymiz va uning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga guvoh bo‘lishni orziqib kutamiz. 🌟

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

06 Dec, 04:39


#Volleyball #SchoolHouseCompetition #TeamSpirit

Interclass Volleyball Tournament Results Are In! 🏆

The energy, teamwork, and sportsmanship displayed on the court were truly inspiring. Congratulations to all the teams for their incredible effort! 🎉

🏅 Champions: Team of 11-Blue
🥈2nd Place : Team of 11-Green
🥉 3rd Place: Team of 10-Green

Thank you to everyone who participated and supported this event. Let’s keep the spirit alive and aim higher next year! 🙌

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
t.me/khivaps_sports

Xiva shahridagi Prezident maktabi

05 Dec, 11:48


#GreenBoosters

🌿 Eco-Zakovat: A Memorable Environmental Quiz! 🌱

The Eco-Zakovat Game held at our school was a fantastic success! 🎉 Students from 6 teams in grades 5, 6, and 7 participated in this exciting competition, showcasing their knowledge and passion for the environment. 🌍

🏆 Congratulations to the Winners!
🥇 1st Place: Team FCF – Outstanding performance and brilliant teamwork! 🌟


Stay tuned for more events like this! 🚀

Telegram | Instagram | Twitter | XivaPM

Xiva shahridagi Prezident maktabi

04 Dec, 06:04


🎥 Resurslarni tejash – kelajakni asrash!

Maktabimizning iqtidorli o‘quvchilari Arslonbekov Dilmurod, Matmuratov Amirxon, Ozimboyev Abror va Rajabov Shahriyor bizga berilgan resurslarni isrof qilmaslik haqida qisqa metrajli film yaratishdi. 🌍

Film tabiatni asrash va mas’uliyatli yashashga undovchi muhim xabarni yetkazib, barcha tomoshabinlarga chuqur ta’sir qoldiradi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

04 Dec, 05:10


Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Bugungi ma’naviyat soatlarida maktabimiz o‘quvchilari sinf rahbarlari bilan birgalikda Konstitutsiyamizning ahamiyati va unda belgilangan asosiy huquq va majburiyatlar haqida suhbatlashishdi. 📖

📚 Ushbu suhbatlar o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Konstitutsiya – adolat va tenglik kafolati! ⚖️

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

03 Dec, 15:57


🎗 3-dekabr – Nogironlar kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari shahar hududidagi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olishdi.

💞 Ushbu tashrif davomida ularga iliq so‘zlar, ko‘ngil ko‘taruvchi sovg‘alar va chin qalbdan ko‘mak yetkazildi. Mehr va e’tibor, hamjihatlik va g‘amxo‘rlik – jamiyatimizning asosiy qadriyatlaridan biri. Biz barchamiz bu qadriyatlarni yuragimizda saqlaymiz va uni kundalik hayotimizda namoyon etamiz.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

03 Dec, 11:40


8-dekabr – O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tanlov!

Xiva shahridagi Prezident maktabida Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida diktantlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. ✍️📖

Ushbu tanlov o‘quvchilarning savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

03 Dec, 11:39


🔬 Biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari – amaliy bilim sari qadam!

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari biologiya fanining qiziqarli va ilmiy sirlarini laboratoriya mashg‘ulotlari orqali o‘rganishda davom etmoqda. 🌱🦠 Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darslarda olgan nazariy bilimlarini hayotiy tajribalar orqali mustahkamlashiga yordam beradi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

02 Dec, 10:55


Bugun, 2-dekabr kuni, Xiva Prezident maktabining 5-yillik yubiley tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu muhim kunni yanada qiziqarli va unutilmas qilish maqsadida, tadbirimizni YouTube orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin! 🎥

🔗 Jonli efir havolasi: https://www.youtube.com/live/ZuzbYADIOEQ?si=ftD7cw3-zJPa8SFJ

Biz bilan birga bo‘ling va ushbu muhim kunni biz bilan nishonlang! 🏫🎉

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

01 Dec, 20:21


🎉 Xiva shahridagi Prezident Maktabining 5-yillik yubileyi 🎉

Bugun, 2-dekabr kuni, Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘zining 5 yillik yubileyini nishonlamoqda! 🏫 Ushbu 5 yil davomida maktabimiz ko‘plab yutuqlar, yorqin g‘alabalar va ajoyib o‘quvchilarni yetishtirdi.

Xiva Prezident maktabi bilimga chanqoq, izlanuvchan yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lib kelmoqda. Ustozlarimizning fidokorona mehnati va o‘quvchilarimizning tinimsiz harakatlari tufayli maktabimiz har yili yangi marralarni zabt etmoqda.

👏 Barcha o‘qituvchilarimiz va o‘quvchilarimizni tabriklaymiz! Kelgusida maktabimizga ulkan muvaffaqiyatlar, yangi cho‘qqilar va davomiy taraqqiyot tilaymiz!

Xiva Prezident Maktabi – kelajak uchun yo‘l! 🎊

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

01 Dec, 18:52


1-dekabr – Jahon OITSga qarshi kurash kuni

Bugun Xiva Prezident maktabida 1-dekabr – Jahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘quvchilarga ma’lumot beruvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga OITSning oldini olish, uning xavfi va asoratlari, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini yuritishning ahamiyati haqida ma’ruza qilindi. Nutqda OITSning inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi va uning oldini olish yo‘llari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Sog‘lom kelajak sari birgalikda harakat qilaylik! 🌍❤️

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 17:39


#GreenBoosters
#Yosh_fermerlar

🌱Maktabimiz yosh fermerlari faoliyatidan fotolavhalar
🌱Issiqxonadan yig'ilgan hosil maktab oshxonasiga topshirildi

GREEN BOOSTERS jamoasi
Telegram | Instagram | Twitter | XivaPM

Xiva shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 07:46


📣 Har bir tuman(shahar)dagi bitta maktab negizida “Jasorat maktabi” tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:


umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va CHQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi;

2025-yil 1-iyundan:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi “Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari” lavozimi tugatilib, ushbu shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi. Mazkur shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi;

CHQBT rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiya toʻlanadi;

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 (bir) shtat birligi CHQBT rahbari lavozimi qoʻshib boriladi;

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

respublikadagi har bir tuman (shahar)dagi bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ushbu maktablarda matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet-tili, fizika kabi ixtisoslik fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Oʻquvchilarni saralash beshinchi sinfdan boshlab amalga oshiriladi;

“Jasorat maktab”lariga biriktiriladigan CHQBT rahbariga umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi, shuningdek tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, ustama haq, qoʻshimcha toʻlov, ragʻbatlantirish va moddiy yordam koʻrsatish shartlari ham tatbiq etiladi;

Harbiy poligonlarda oʻquvchilar oʻquv yili davomida ikki marta, harbiy qismlarda har chorakda bir marta amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;

👉 Qarorning toʻliq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Xiva shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 07:45


#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 07:07


#milliy_bayroq

BAYROG‘IMIZ- G'URURIMIZ, FAXRIMIZ!


🇺🇿Xiva shahridagi Prezident maktabida 5- 6-sinflar o‘rtasida "Bayrog‘imiz- g‘ururimiz, faxrimiz!" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

📣Tanlov g’oliblari bilan tanishing!

1-o’rin 5 green sinf o’quvchisi Jumanazarov E’zozbek
2 -o’rin 6 green sinf o’quvchisi Ibodullaeva Zuhra
3- o’rin 5 blue sinf o’quvchisi Ataxanov Akbarjon

Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 05:18


#Prezident_maktabi
#faxr_tuygʻusi

⚡️FARZANDI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA KIRGAN OTA-ONA BILAN SUHBATLASHDIK

Shanazarov Behruzbek Bekzod o’g’li– Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi.

🗣Maʼlumot uchun:
Behruzbekning otasi Boltayev Bekzod Shonazarovich –ishchi.
Onasi Matyaqubova Leninza Ilhomovna – uy bekasi.


Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 04:42


Zo'ravonlikdan_xoli_maktab

Xavfsiz va barcha hurmatga sazovor bo'lgan muhitda odamiylik va tarbiyalanganlik darajasi ustuvor bo'lishi kerakligi haqida "Psixologik tavsiyalar va siz.." mavzusida ertalabki saflanishda psixolog Muyassar Maxsudovna tomonidan trening o'tkazildi. Trening davomida o'quvchilar motivatsion tilaklarni qabul qildilar. Jarayon ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi

13 Nov, 11:28


📌Ma'naviyat va ma'rifat darslari - milliy g'urur va vatanparvarlik sabog'i

Xiva shahridagi Prezident maktabida har haftaning chorshanba kuni sinf rahbarlari tomonidan ma'naviyat soatlari o'tib boriladi. Bundan maqsad yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish, maktab qadriyatlarini o'quvchilar ongiga singdirish,
🗓13-noyabr kuni maktabimizda Vatanimiz bayrog'i qabul qilingan kun yaqinlashayotgani munosabati bilan "Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz", "18-noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun", "Davlatimiz bayrog‘i – faxr va iftixorimiz!" kabi mavzularda ma'naviyat soatlari tashkil qilindi.

✍️ Xiva shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati

Xiva shahridagi Prezident maktabi

13 Nov, 11:26


https://youtu.be/YaD-ZMpaMPw?si=zM0I3gxLi0N70NuW


🎬 "Oxirgi qaror" - 9-sinf o'quvchisi Arslonov Dilmurod tomonidan yaratilgan qisqa metrajli film!

Ushbu kino o'z yo'lini topa olmayotgan bir yosh o'smirning hayotini qanday qilib o'zi va atrofidagilar o'zgartirib yubora olishini ko'rsatadi. Filmda, inson o'zining ichki kurashini yengib, yangi yo'nalish topishi mumkinligini aks ettiradi.

Tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz! 🎥

Xiva shahridagi Prezident maktabi

13 Nov, 05:44


🏢Xiva shahridagi prezident maktab jamoasi bilan birgalikda "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida oq lenta aksiyasi o'tkazildi.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

13 Nov, 05:39


📢 “Ko’ksaroy” oromgohida “Namangan Yoshlar Sammiti” bo‘lib o‘tdi

📅 Joriy yilning 8-10-noyabr kunlari Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumanida joylashgan “Ko’ksaroy” oromgohida “Oltin qanot volontyorlar” jamoasi tomonidan “Namangan Yoshlar Sammiti" tashkil etildi.

👥 Sammitda O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 ga yaqin volontyorlar qatorida Xiva shahridagi Prezident maktabidan ham bir qator o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.

📌 Sammit davomida ishtirokchilar uchun quyidagi yo‘nalishlarda master-klass va treninglar o‘tkazildi:

🟢 Volontyorlik
🌍 Xalqaro grantlar va portfolio yaratish
💡 Ijtimoiy startaplar
🌱 Ekologiya
Ushbu sammit yoshlarni yangi imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularni kelajakdagi loyihalariga ilhomlantirishga xizmat qildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

11 Nov, 04:15


#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi

10 Nov, 13:40


🤩 Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
:

🕊Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

31 Oct, 15:20


🌍 Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan uchrashdi! 🌱

So‘nggi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zamonaviy bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha mamlakatimizda muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig'i viloyatdagi oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi. 🤝

Samimiy muloqotda yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi va ularning ba'zilari joyida hal qilindi. 🌿 Ekologik barqarorlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. 📚

Bu tadbirda bizning maktabimiz o‘quvchilari — Yusupova Zarnigor va Mangliboyeva Jasmina ham faol ishtirok etib, o‘z g‘oyalari bilan bo‘lishishdi. 🌟

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

31 Oct, 05:03


#Kun_qahramoni
#Xiva_Prezident_maktabi
Matematika fani bo‘yicha 90 ball bilan kun qahramoniga aylandi

@T_Nurmetov

Xiva shahridagi Prezident maktabi

30 Oct, 06:56


✔️ Vazirligimiz tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 364 906 nafar o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘rinib turibdiki, jadid bobolarimiz merosini o‘rganishga o‘quvchilarimizning ishtiyoqi baland. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman.

📌O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 22 916 ta.
Andijon viloyati: 40 833 ta.
Buxoro viloyati: 8 912 ta.
Jizzax viloyati: 8 288 ta.
Qashqadaryo viloyati: 23 503 ta.
Navoiy viloyati: 10 449 ta.
Namangan viloyati: 9 324 ta.
Samarqand viloyati: 26 253 ta.
Sirdaryo viloyati: 4 278 ta.
Surxondaryo viloyati: 67 551 ta.
Toshkent viloyati: 14 766 ta.
Farg‘ona viloyati: 42 862 ta.
Xorazm viloyati: 60 825 ta.
Toshkent shahri: 24 146 ta.

@hilola_umarova

Xiva shahridagi Prezident maktabi

30 Oct, 05:13


#Kutubxonaga_sayohat

📚 Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot - kutubxona markaziga sayohat qildilar.

📕 Kutubxonada mavjud bo’limlar va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

🗂 O’quvchilar kutubxonaga a’zo bo’ldilar. 🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

30 Oct, 04:33


Favqulodda Vaziyatlarda harakatlanish bo'yicha amaliy mashg'ulot

Xiva shahridagi Prezident maktabida Xiva shahridagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi. Maktab xodimlari va o'quvchilariga va favqulodda holatlarda inson o'zini qanday tutishi, ehtiyotkorlik choralarini ko'rish kerakligi, xavfsizlik texnikasi haqida muhim ma'lumotlar berish bilan bir qatorda ularni mustahkamlab, amaliy ko'nikmalar rivojlantirildi. 🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

29 Oct, 11:11


🇺🇿 Xorazm viloyati Xiva shahar 4-sektorida joylashgan Prezident maktabi hududida Milliy gavardiya viloyat boshqarmasi Chavandozlar maktabi va Prezident maktabi ma'muriyati bilan hamkorlikda maktab o'quvchilari hamda havaskor yoshlar uchun ot sporti turlari boyicha mahorat darsi o'tkazildi.
📎Tadbirda 24 nafar maktab o'quvchilari, 4 nafar maktab o'qituvchilari, 10 nafar havaskor yoshlar, 5 nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, 4 nafar Chavandozlar maktabining murabbiy (trener)lari ishtirok etishdi.



🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

29 Oct, 05:35


Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.

O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.

9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.

Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

Xiva shahridagi Prezident maktabi

28 Oct, 10:31


📢 Xiva shahridagi Prezident maktabida Vertex CC jamoasi tashkil etildi!

📎 Vertex CC — bu o‘quvchilarga akademik qo‘llab-quvvatlash hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratuvchi o'quvchilar tomonidan tuzilgan jamoa. Ushbu jamoa o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan loyihalar bilan shug‘ullanadi.

Abdulaziz Masharipov: “Biz Prezident maktabi o'quvchisi sifatida ega bo'lishingiz kerak bo'lgan qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam bermoqchimiz."

🔝 Vertex CC doirasida turli tadbirlar va seminarlar o‘tkazilib, maktab hayotini yanada qiziqarli va mazmunli qilishga hissa qo‘shiladi.

#Speech_time #VertexCC

Xiva shahridagi Prezident maktabi

28 Oct, 05:09


#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Geography_lesson

🔔Geografiya darslarida - interfaol metodlar.

7-blue va 7-green sinf o'quvchilari bilan dars jarayonlari Venn diagrammasi,Xarita bilan ishlash, Eshik qoq, Mozayka, metodlaridan foydalangan holda olib boriladi.

📝Uzterra , Kahoot, Blooket, Word-wall saytlaridan mavzu doirasida qiziqarli savol-javoblar bilan mustahkamlanadi.
Darslarda ko'proq o'quvchiga yo'naltirilgan ta'lim ya'ni dars markazida ko'proq o'quvchi o'z ustida ishlashiga zamin yaratiladi. Dars jarayonlarida o'quvchilar kichik guruhlarda ishlashadi. Guruh a'zolari ma'lumotlarni tahlil qilish xulosalashda faol qatnashadilar.

Xiva shahridagi Prezident maktabi

24 Oct, 11:53


#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Biz_bir_jamoa

🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari hamda tarbiyachilar ishtirokida navbatdagi kasbiy rivojlanish treningi o’tkazildi.

📎 Treningda bola havfsizligi bo’yicha suhbat tashkillashtirildi va zo’ravonlikning belgilari haqida ma’lumotlar berildi.



🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

24 Oct, 11:34


#Kasbiy_sayohat
#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi

▶️ Xiva shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchilari ishtirokida "Khorezmtex" mas'uliyati cheklangan jamiyati, “UrTex carpets”korxonalariga sayohat tashkil etildi.

📘 Mazkur sayohatdan ko'zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida kasb mahoratiga qiziqtirishdan iboratdir.
Mazkur sayohat o'quvchilarda kasb-hunarga bo'lgan qiziqishini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi va o'quvchilar katta taassurotlarga ega bo'ldilar.



🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

23 Oct, 08:18


#Zakovatda_kuch

ADOLATDA KUCH, ZAKOVATDA KUCH!

🔹 Har doimgi an'anaga ko'ra, Seshanba kuni darslar va to'garaklardan so'ng o'quvchilar orasida Zakovat intellektual o'yini tashkillashtirildi. Zakovatning bu soni ham shiddatli tarzda bo'lib o'tdi.

🔹 Intellektual o'yinni tarix fani o'qituvchisi, maktabimizning "Zakovat" klubi kordinatori Farrux Hakimov ajoyib tarzda o'tkazdi. Bu safargi g'olib jamoa "Taraqqiyot".

🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

23 Oct, 08:12


#Psixologik_trening
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

“O’quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunlik tadbirlari davomida o’quvchilar uchun psixolog ishtirokida “Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati” mavzusida trening o’tkazildi.

O’qituvchi va o’quvchilar halollik va yuksalish haqida fikrlarini ramziy daraxtga yozdilar.

Halollik - yuksalish sari qadam!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube

Xiva shahridagi Prezident maktabi

23 Oct, 07:23


#Biz_halollik_tarafdorimiz

🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabida “O’quvchi yoshlar halollik tarafdori” shiori ostida 10 kunlik tadbirlar tashkil qilindi.
O’quvchilar uchun “Halol fuqaro - faol fuqaro” , “Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta’siri” , “Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi” mavzularida davra suhbatlari va ochiq dars mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube