Hilola Umarova @hilola_umarova Channel on Telegram

Hilola Umarova

@hilola_umarova


👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi

Hilola Umarova (Uzbek)

👩‍💼 Umarova Xilola Uktamovna - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi. Bu telegram kanali maktabgacha va maktab ta'limi vaziri sifatida xizmat qiluvchi insonlar uchun yaratilgan. Umarova Xilola Uktamovna o'z bilim va tajribalarini o'quvchilarga olib borish orqali o'z mehnatini tejovchi bir kishi sifatida taniladi. Kanalda eng so'nggi yangiliklar, ta'lim uslublari va tavsiyalar, mustaqil o'quv materiallari va ko'p qiziqarli maqolalar topish mumkin. Agar siz ham o'zingiz yoki o'z o'quvchilaringiz uchun eng yaxshi ta'limni olishni hohlaysiz, ushbu kanalga obuna bo'ling va foydalaning! 🇺🇿

Hilola Umarova

31 Dec, 07:28


Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Hilola Umarova

28 Dec, 18:12


#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

25 Dec, 15:58


#rejalar_2025

Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.

Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;

Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;

6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;

“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;

“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;

Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;

Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;

Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;

Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;

Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;

6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

24 Dec, 17:51


Давлатимиз раҳбарига мактабгача ва мактаб таълими тизимида 2025 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства доложена информация о приоритетных задачах в системе дошкольного и школьного образования на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hilola Umarova

21 Dec, 13:30


Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

20 Dec, 16:36


Bugun “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konserti boʻlib oʻtdi.

Festival barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 3 bosqichda oʻtkazilib, jami 274 ming nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

“Jadidlar izidan” tanlovi gʻoliblarini ham taqdirladik. Joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida oʻtkazilgan mazkur tanlovdan maqsad: oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada shakllantirish, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, buyuk jadid allomalar hayoti va ijodi bilan tanishtirish, kitobxon bolalarni aniqlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan tanlovda ishtirok etish uchun 365 mingga yaqin ariza kelib tushdi.

Yakuniy natijalarga koʻra jami 14 nafar oʻquvchilar gʻolib deb topildi va Germaniyaga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritishdi.

Taʼlim sayohati uchun aynan Germaniya tanlanishida ham mazmun bor. Yuz yil avval jadid bobolarimiz Turkiston yoshlarini Germaniyaga, jahonning eng ilgʻor ilmlarini oʻrganib, mamlakatimizga olib kelish uchun yuborgan edi. Afsuski, bu yoshlar qismati ayanchli tugagan.

Bugun esa tanlovda gʻolib boʻlgan yoshlarimiz chin maʼnoda jadidlar izidan yoʻlga tushadi, Germaniyada jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi. Ular sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishi va kelgusida oʻrganadigan bilimlarini vatanimiz ravnaqi uchun sarflashiga katta motivatsiya berishiga ishonaman.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

20 Dec, 09:25


Maktablarimizdagi o‘quvchilarning rekordlari — ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun kuchli rag‘bat bo‘lib, bu O‘zbekistondagi har bir bola o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish va umumiy kelajagimizga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

-

Рекорды наших школьников — это мощный стимул для дальнейшего развития и совершенствования системы образования, чтобы каждый ребёнок в Узбекистане имел возможность раскрыть свой потенциал и внести вклад в наше общее будущее.

Hilola Umarova

13 Dec, 08:08


“Bu bizning, jamiyatimizning juda katta yutugʻi” – Prezident

Davlatimiz rahbari nogironligi bor bolalar tengdoshlari qatori oddiy maktablarda oʻqishi naqadar muhim ekani haqida gapirdi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

13 Dec, 07:40


Kambagʻal oila farzandlarining bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi

Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambagʻal oiladagi va nogironligi boʻlgan 4 ming 200 nafar bolaga bogʻcha taʼlimi berildi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida ma'lum qilindi.

Viloyat hokimlariga oʻzidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaga 2025-yilda kambagʻallik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bogʻcha faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Yangi yildan oilaviy bogʻcha oʻrinlarini 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi.

Bogʻcha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning taʼlim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi koʻrsatib oʻtildi.

Respublika boʻyicha bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bogʻchaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda oʻqiyapti.

Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bogʻchada inklyuziv taʼlim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola taʼlim olishi uchun sharoit yaratiladi.

Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni oʻqitadigan 90 ta maxsus maktabni koʻp funksiyali maktabga aylantirish kerakligi taʼkidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda oʻqish imkoniga ega boʻladi.

Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, namuna qilinadi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

08 Dec, 03:15


“Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

#konstitutsiyamiz_32yoshda

@hilola_umarova

Hilola Umarova

07 Dec, 16:52


Rasmlardagi joy Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining yangilangan binosi

Kutubxonaning 50 yildan oshiq vaqt avval qurilgan eski binosi o‘rnida joriy yilning iyul oyida mukammal ta'mirlash ishlari boshlangan edi. 1 milliard 455 million so‘m mablag‘ evaziga mazkur kutubxona bugun zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

Viloyat bolalar kutubxonasi fondi bugungi kunda 105 ming 400 nusxani, elektron adabiyotlar soni 10 ming 520 tani tashkil qiladi. Kutubxonaga joriy yilda 22 ming 400 nafar kitobxon a'zo bo'lgan. Manzilda adabiyotlarni saqlash, ma'lumot va bibliografiya, uslubiy, axborot resurslari va texnologiyalari, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, madaniy-ommaviy tadbirlar, maktablarga amaliy uslubiy yordam ko'rsatish hamda kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo'limlari mavjud.

Ushbu zamonaviy va shinam kutubxonaning ochilishi hududdagi o‘quvchi-yoshlarimiz uchun katta sovg‘a bo‘ldi deyish mumkin.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

23 Nov, 13:03


Президент Янгиҳаёт тумани Хушнуд маҳалласидаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hilola Umarova

23 Nov, 13:03


Президент Шавкат Мирзиёев Янгиҳаёт туманидаги Хушнуд маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги ўзгаришлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Хушнуд Янгихаётского района и ознакомился с произошедшими здесь изменениями.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hilola Umarova

23 Nov, 12:25


Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

18 Nov, 16:54


Ayni vaqtda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidamiz

Hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib, muammolarni o‘rganyapmiz. Sizlarga bugun ko‘rgan, yaqindan suhbatlashgan bir qancha insonlarimni tanishtirmoqchiman.

Birinchi suratdagi inson Shoira Jumaniyozova. Tuproqqal’a tumanidagi 11-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, bir yil ichida toifasini ikki marta ko‘tara olgan, birinchi toifali, 19 yillik tajribaga ega ustoz.

Ikkinchi suratdagi qahramonimiz Farida Sapayeva. Tumandagi 13-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi. Oliy toifali, 10 yillik tajribaga ega ushbu ustozimiz 8 yildan buyon mazkur maktabga Navoiy viloyatining Zarafshon shahridan kelib ishlaydi.

Uchunchi suratdagi inson Davronbek Boltayev, taniqli shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyevning ustozlaridan biri. 39 yillik tajribaga ega matematika fani o‘qituvchisi bo‘lgan bu fidoyi inson Hazoraspdan Tuproqqal’aga qatnab ishlaydi.

To‘rtinchi rasmdagi yigitcha esa 8 yoshli Rishodbek. U Davronbek akaning umidli shogirdlaridan. Hali bor-yo‘g‘i 2-sinf o‘quvchi bo‘lishiga qaramasdan maktabdagi 1-11-sinflar o‘rtasidagi shaxmat bellashuvida hamda tuman musobaqasida 1-o‘rinni egallagan.

Bu insonlar birgina tumanning ikkita maktabida men uchratgan, suhbatlashgan insonlar. Qahramonlar oramizda!

Ishchi guruhning hududlar bo‘yicha o‘rganishlari esa davom etadi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

18 Nov, 04:43


Aziz yurtdoshlar,
Qadrli hamkasblar!


Bugun yana bir muhim sana — 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimiz miqyosida keng nishonlanmoqda.

Albatta, bayroq qadim-qadimdan xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Shu maʼnoda vatanimiz bayrogʻining oʻrni va qadri har birimiz uchun muqaddas va ulugʻdir.

Men ishonamanki, bugungi yosh avlod vakillari mamlakatimiz bayrogʻining yurtimiz suvereniteti va jahondagi mustaqil davlatlar orasidagi munosib oʻrnini belgilashdagi ahamiyatini yurakdan his qilishadi va faxrlanishadi.

Barchamizga bugungi milliy iftixor bayrami muborak boʻlsin.

Mustaqil Oʻzbekistonning davlat bayrogʻi doimo baland hilpirayversin.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Hilola Umarova

13 Nov, 07:24


#COP29 #Boku

Joriy yilning 10-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi – COP29 doirasida oliy darajadagi tadbirlar tashkil etilib, muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha Xalqaro strategiya imzolandi. Ekologik taʼlim va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish, ushbu jihatlarni ham rasmiy, ham norasmiy taʼlim tizimiga singdirish strategiyaning muhim qismidir.

Shuningdek, tadbirlarda “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi aʼzolari ham ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

Yosh ekofaollarimiz Ekologik kun tartibi boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish, “Young Climate Champions” xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish, “Transchegaraviy ekotizimlar” kabi loyiha va takliflarni bildirishdi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

11 Nov, 03:40


#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.

Hilola Umarova

09 Nov, 09:10


Mukofot haqiqiy egasiga topshirildi

Bahodirov Ahrorbek 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalini qo‘lga kiritdi va navbatdagi xalqaro olimpiadadagi ishtiroki sabab taqdirlash marosimiga kela olmadi. Haqli ravishda 112 500 000 so‘m miqdordagi pul mukofoti qahramonimizning onalari Mahmuda opaga topshirildi.

Mahmuda opa, rahmat sizga, o‘g‘lingizni kitobga, ilmga qiziqtirganingiz uchun rahmat, o‘z yutuqlaringizdan farzandingiz yutuqlarini ustun qo‘yganingiz uchun rahmat!

Men uchun Mahmuda opa kabi onalar zamonamiz qahramoni. Jamiyatimizda sizdek onalar ko‘payishini xohlayman. Bilim bilan topilgan pul yaxshiliklarga buyursin!

@hilola_umarova

Hilola Umarova

09 Nov, 05:13


2024-yil 8-noyabr!

Havas, xursandchlik va e’tiroflar kuni sifatida ko‘plab insonlarning yodida qoldi.

122 medal!

Bu tarixiy rekord! Qancha faxrlansak oz, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 medalni qo‘lga kiritishdi.

9 mlrd so‘m!

Bu viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan summa.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
– oltin medal sohibiga – 187,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 168,75 mln soʻm;
– kumush medal sohibiga – 112,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 93,75 mln soʻm;
– bronza medal sohibiga – 75 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 56,25 mln soʻm berildi.

Bu hali hammasi emas!

Ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

Bu katta natija!

O‘quvchilarimiz nafaqat ota-onasi va ustozlari, balki Prezidentimiz ishonchini ham oqladi. Bugungi raqamlar ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarning shirin mevasi bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

09 Nov, 03:31


9-sinf oʻquvchisi Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Samarqand shahridagi 42-maktab oʻquvchisi Afruza Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida muddatidan oldin chempion bo‘ldi.

U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, raqiblari unga yeta olmaydi.

Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

Oʻquvchilarimiz, umuman yoshlarimiz oʻz yutuqlari orqali bizlarni xursand qilmoqda, biz esa ularni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz.

Grossmeyster qizim, sen bilan faxrlanamiz!

@hilola_umarova

Hilola Umarova

08 Nov, 13:29


Asl qahramonlar kim?

Bugun yuzdan ortiq taqdirlanayotgan yoshlar hamda oʻqituvchilar nigohida xursandchilik, hayajon va gʻururni his qildik. Men esa oʻsha daqiqalarda ota-onalarga yuzlanib, ularning har biriga qayta-qayta rahmat aytgim keldi. Chunki ota-onaning ishonchi va koʻmagisiz oʻquvchi va oʻqituvchilarning mehnati yuzaga chiqmasdi.

Qadrli ota-onalar, farzandingizga bergan e'tiboringiz uchun men ham sizlardan minnatdorman.

Bugungi medallarning hammasi SIZNIKI!

@hilola_umarova

Hilola Umarova

08 Nov, 12:03


Daler Rahimov

Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.

56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.

Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.

Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.

Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

08 Nov, 11:23


U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Mohira, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

07 Nov, 12:33


Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hilola Umarova

03 Nov, 16:49


Kecha badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi kubogi” g‘oliblarini taqdirladik.

Musobaqa 1-4-sinf o‘quvchilari bo‘lgan qizlar orasida o‘tkazildi. Tafsilotlar vazirlik sahifasida berilgan.

Taqdirlash marosimidan keyin g‘oliblar yutuqlarini nishonladi. G‘olib bo‘la olmagan qizaloqlarni esa ovutish oson kechmadi. Qani endi hamma g‘olib bo’lsa, hech kim yutqazmasa.

Rasmdagi qizaloqning ismi Sevara. U Nukus shahridan kelgan, hali 7 yoshda. Afsuski, Sevaraga bu safar omad kulib boqmadi.

Hayot ham shunday, doim ham g‘olib bo‘lish imkonsiz. G‘alabaga erishish oson emas, yo‘lda to‘siqlar, mag‘lubiyatlardan o‘tiladi. Mana shunda g‘alaba yanada shirin, qadrli bo‘ladi. Sevara, bu oxirgi mag‘lubiyating bo‘lsin, kelasi safar seni shohsupada ko‘rish nasib qilsin.

#yakshanbadagifikrlardan

@hilola_umarova

Hilola Umarova

01 Nov, 18:06


Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.

Hilola Umarova

01 Nov, 17:57


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари Дмитрий Чернишенко бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Российской Федерации во главе с заместителем Председателя Правительства этой страны Дмитрием Чернышенко.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hilola Umarova

30 Oct, 08:09


Bir hafta avval, kanal orqali “Yil oʻqituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagoglarimiz fikrlari bilan qiziqqan edik. Murojaat botimizga qisqa muddatda mingdan ortiq takliflar keldi, haliyam kelishda davom etmoqda. Ular orasidagi ayrim takliflar e’tiborimizni tortdi:

Tanlovni onlayn test shaklida oʻtkazish adolatli boʻladi, xuddi toifa test sinovidagidek. Natijalar ham oʻsha vaqtdayoq chiqsa nomzodlarda ortiqcha savollar qolmaydi. Nazorat ham toifa test sinovidagidek tashkillashtirilsa, menimcha, shaffof va adolati boʻladi.

Alohida platforma yaratilishi kerak. Test ham, oldingi natijalar ham platformaga joylanishi kerak. Tanlovni platforma oʻtkazishi kerak. Ochiq darslarni internet va telekanallar orqali onlayn translyatsiya qilish kerak.

2016-yil “Yil oʻqituvchisi” tanlovida qatnashganman. Oʻshanda notanish maktabda dars berib, pedagogik mahoratimizni koʻrsatgan edik. Pandemiyadan keyin esa internetda ovoz toʻplash “moda”ga aylandi. Menimcha, biz musobaqani oʻtkazishning oʻsha “jonli” shaklini qaytarishimiz kerak.

Hujjatbozlik kam boʻlishini soʻramoqchiman, masalan testmi testga borib yechib kelish kerak, ish staji necha yil, toifasi nechchi, maktab direktoridan tavsifnoma kabi ortiqcha hujjatlar talab qilmanglar, iltimos.

Oʻqituvchilarni har tomonlama baholash uchun terma sinf tuzib ushbu sinfga dars oʻtishlarini aytish hamda eng soʻnggida qaysi oʻqituvchi sifatli bilim berganligini aniqlash uchun oʻquvchilarni suhbat va test qilish kerak.

Taʼlim sohasida haqiqatan ham fidoyi ustozlarni tanlab olishda jamoatchilik fikri inobatga olinishi lozim. Korrupsiyani oldini olish uchun mustaqil ekspertlar tarafidan har bir nomzodning yillar davomida xalq taʼlimini rivojlantirishga qoʻshgan hissalari oʻrganib chiqilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Bunda nomzodlar tarafidan maʼlumotlarni yashirish yoki boʻrttirib koʻrsatish holatlari aniqlansa, ularga va maktab maʼmuriyatiga qatʼiy chora koʻrish lozim.

Respublika bosqichini televideniye orqali savol-javob tarzida oʻtkazish kerak va har bosqichda boshqa-boshqa hakamlar hayʼati boʻlsin.

Oʻqituvchining staji ahamiyatsiz qilib qoʻyish kerak. Chunki shunday yoshlarimiz bor shijoatga toʻla, pedagogik mahorati ham juda zoʻr, hattoki 20-yillik stajga ega pedagoglardan ham yaxshiroq natijalar koʻrsata oladi. Oʻqituvchining unvonlari ham asosiy jihat qilib koʻrsatilmasligi kerak.

Men tanlovda faqat oʻqituvchini oʻzini emas, oʻquvchilarini natijalarni ham oʻrganish, natijalar asosida maʼlum bir ball qoʻyishni taklif qilmoqchiman, chunki har bir daraxtni mevasiga qarab baho beriladi, oʻzi qanchalik koʻrkam boʻlmasin, yaxshi meva bermasa, u qadrli boʻlmaydi.

Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan ustozlar maʼlum muddat oraligʻida biror platformada roʻyxatdan oʻtishlari, xuddi vazir ustamasidagi kabi (qiyinligi ham shu darajada) 30 ta test mutaxassislik fanidan, 10 ta test pedagogik mahoratdan boʻlib, keyingi bosqichga oʻtish balli belgilanishi kerak.

Birinchi bosqich test boʻlsin. Testda 80% dan kam ball olsa ikkinchi bosqichga qoʻyilmasin. Fan olimpiadasini savollarni kabi savollardan tuzilsin. Baholash jarayoniga layk bosish yoki ovoz toʻplash kabi oʻqituvchining oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarni qoʻshmaslik kerak.

“Yil oʻqituvchisi” tanlovida oʻqituvchining erishgan yutuqlariga qaralsa, ixtisoslashgan maktab oʻqituvchilarida imkoniyati koʻproq boʻladi. Chunki ular saralangan oʻquvchilarga bilim berishmoqda. Shuning uchun oʻqituvchilarga oʻz fani va metodlar boʻyicha testlar, topshiriqlar berilsa adolatliroq boʻladi. Oʻz fani boʻyicha xalqaro olimpiadalar darajasidagi topshiriqlar berilsa nur ustiga aʼlo nur.

Hilola Umarova

30 Oct, 08:09


Postning davomi👇

Tanlovga qatnashuvchi oʻqituvchilar qaysi fan oʻqituvchisi boʻlishidan qatʼiy nazar chet tilini bilish talabi qoʻyilsin, chunki zamonaviy ustoz oʻz tilidan tashqari chet tilini ham bilishi kerak. Eng asosiysi, bu tanlovda oʻqituvchining ishtirok etish, etmasligini maktab direktori yoki yuqorida turgan shaxslar belgilamasligi kerak.

Avval test, keyin taqdimot va suhbat eng oxirida esse yozish masalan oʻqituvchi taʼlim sifati va samaradorligi ga qanday hissa qoʻsha oladi, qanday yangiliklar qiladi. Esse esa dunyo tajribasida bor va aniq baholash mezoni.

Oʻqituvchiga beriladigan savollar tanlov kuni respublikadan yuborilsa hech kimni savolni oldindan olib tayyorlanishiga imkon qolmasdi va bu ham adolatni taʼminlar edi.

Barcha ishtirokchilar bir xil talablar va mezonlar asosida baholanishi kerak. Masalan, oʻqituvchining kasbiy yutuqlari, innovatsion metodlari va oʻquvchilar bilan ishlashdagi samaradorligiga diqqat qaratish mumkin. Mustaqil ekspertlar guruhi tanlov jarayonini kuzatib borishi va noxolisliklarni oldini olish uchun monitoring qilib borishi kerak. Oʻqituvchining jamoatchilikdagi nufuzi, oʻquvchilar va ota-onalar bilan munosabatlari va jamoatchilik hayotidagi faolligiga ham eʼtibor berish zarur.

Tanlov shartlari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, hakamlar boshqa tumandan, boshqa viloyatdan boʻlishi shart. Yaʼni Gʻijduvon tumanida bosqichi boʻladigan boʻlsa, oʻqituvchi ochiq dars oʻtadimi yoki biror fanga oid taqdimot tayyorlaydimi, uni Gʻijduvon tumanidagilar emas, boshqa tumandagilar tekshirishsin. Yoki tanlov ishtirokchisining ism-familiyasi anonim boʻlib turadigan shartlar boʻlsin.

Tanlov jarayonida ota-onalar, mutaxassislar va oʻqituvchilar hamda taʼlim sohasi vakillari oʻz fikrlarini bildira oladigan tizim boʻlishi kerak!

Oʻqituvchi chet tili yoki matematika, informatika, oʻzbek tili fanlaridan dars bersa u yil davomida nechta oʻquvchini milliy yoki xalqaro sertifikatga ega qilsa aynan shu koʻrsatkichi hisobiga tanlov gʻolibi deb topilsa, bu ham maktabga ijobiy natija ham oʻquvchilar orasidan bilimli va sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar sonini ortishiga hissa qoʻshgan boʻlar edi.

P/S: Aytganimdek, biz uchun har bir fikr, taklif qadrli. Botga kelgan barcha taklifni shaxsan o‘zim va jamoamiz o‘qib boryapmiz 😊

@hilola_umarova

Hilola Umarova

30 Oct, 05:55


✔️ Vazirligimiz tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 364 906 nafar o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘rinib turibdiki, jadid bobolarimiz merosini o‘rganishga o‘quvchilarimizning ishtiyoqi baland. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman.

📌O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 22 916 ta.
Andijon viloyati: 40 833 ta.
Buxoro viloyati: 8 912 ta.
Jizzax viloyati: 8 288 ta.
Qashqadaryo viloyati: 23 503 ta.
Navoiy viloyati: 10 449 ta.
Namangan viloyati: 9 324 ta.
Samarqand viloyati: 26 253 ta.
Sirdaryo viloyati: 4 278 ta.
Surxondaryo viloyati: 67 551 ta.
Toshkent viloyati: 14 766 ta.
Farg‘ona viloyati: 42 862 ta.
Xorazm viloyati: 60 825 ta.
Toshkent shahri: 24 146 ta.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

29 Oct, 05:06


Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qiziqish uyg‘otgan.

O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.

9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.

Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

26 Oct, 16:23


Bugun Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov bilan birgalikda Mirobod tumanidagi 154-maktabning yangi binosi ochilish marosimida ishtirok etdik.

1967-yil qurilgan maktab binosi joriy yil mukammal ta’mirdan chiqarildi.

U yerda 900 nafarga yaqin bolajonlarimizga 60 nafar pedagoglarimiz ta’lim bermoqda.

Maktab ko‘rsatkichlari tuman, shaharda ancha yuqori.

Pedagoglar jamoasi va bolajonlarimizga yangi bino muborak bo‘lsin. Umid qilamanki, maktabning ta’lim sifati bo‘yicha ko‘rsatkichlari yanada yuqorilaydi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

24 Oct, 05:09


Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

22 Oct, 08:56


#raqamlashtirish

Har qanday sohada zamon talablariga moslashish, raqamlashtirish koʻplab muammolarga yechim boʻlishi, katta mablagʻlarni tejashi mumkin. Keling, hisob-kitob qilamiz.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab maktablardagi oʻquv-pedagogik hujjatlar toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.

Natijada:

oʻqituvchilar va maktab rahbariyati uchun qulaylik yaratiladi va ularning vaqti (bir oʻqituvchi yiliga 75 soat) tejaladi;

Maktab boshqaruvi jarayonida ortiqcha qogʻozbozlikka barham beriladi, samaradorlikka erishiladi va shaffoflik taʼminlanadi;

har yili 223 tonna qogʻoz va hududlarga yetkazish boʻyicha logistika xarajatlari tejaladi;

Davlat xaridlarini boʻyicha har yili 10,1 mlrd soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

21 Oct, 01:57


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Hilola Umarova

19 Oct, 13:21


Taʼlim tizimida davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar samarasini xalqaro hamjamiyat ham eʼtirof etayotgani bizni quvontiradi.

Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda Xalqaro MELQO instrumentlari orqali 250 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkazilgan taʼlim sifatini baholash natijalari eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94 foiz, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77 foizdan yuqori.

Baholashda ishtirok etgan 90 foiz maktabgacha taʼlim tashkilotlari o‘quv metodik va didaktik adabiyotlar bilan to‘liq taʼminlanganligiga alohida urg‘u berilgan.

Bugungi bog‘cha bolasi – ertangi o‘quvchi. Hurmatli ustozlar, kichkintoylarimiz egallagan ilk bilim va ko‘nikmalarni munosib ravishda boyitib borish bizdan yanada mas’uliyat bilan ishlashni talab qiladi. Bir jamoa bo‘lib Yangi O‘zbekiston farzandlarini barkamol avlodlar qilib tarbiyalaymiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

09 Oct, 18:12


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

06 Oct, 08:48


Menimcha
#5oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Hilola Umarova

02 Oct, 14:58


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Qarordagi eng muhim yangilik va oʻzgarishlar haqida qisqacha infografikada tanishing.

@hilola_umarova