Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz Channel on Telegram

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

@ictschooluz


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.me/AlKharazmi_math

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi (Uzbek)

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi telegram kanalini tanitayotgan maqolamizga xush kelibsiz! Bu kanal Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmatini taqdim etadi

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi haqida qisqacha ma'lumotlar uchun, ictschooluz nomli kanalni kuzating. Bu kanalda maktab to'g'risida yangiliklar, o'qituvchilar va talabalar bilan interaktiv aloqalar, darsliklar va boshqa foydali ma'lumotlar olishingiz mumkin

Agar siz IT sohasida o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirishni istasangiz, ictschooluz kanaliga a'zo bo'lishni unutmang! Ushbu kanal orqali web-saytimizga, onlayn qabulxonamizga ( @ictschoolqabul_bot ), Instagram va Facebook sahifalarimizga ham ulashingiz mumkin

Qiziqishlaringizni rivojlantirish uchun ham, matematika fanidan savollarga javob topishga yordam beruvchi AlKharazmi_math guruhi ham mavjud

Sizni Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi telegram kanaliga a'zo bo'lishga taklif qilamiz, yangiliklardan va foydali ma'lumotlardan mahrum qolmang!

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

09 Jan, 14:04


#kitobxonlik

“Ulug‘bek xazinasi“ kitobxon ustozlar nigohida


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ma’naviyat xazinasi bo‘lmish kitob bilan oshno o‘qituvchi hamda tarbiyachi- pedagog xodimlar o‘rtasida kitob o‘qib o‘rganish va targ‘ib qilishdek mas’uliyatli maqsadlarni ko‘zlagan holda kitobxonlik tanlovi tashkil qilindi.

Kitobsevar ustozlarimiz “ Ulug‘bek xazinasi “ romani asosida tayyorlagan taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari va savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini hamda mahoratlarini namoyish etdilar. Bu esa nafaqat ularning bilim darajasini, balki o‘z ijodkorliklarini, shuningdek, ifoda qilish qobiliyatlarini ham oshirdi.

Bellashuv natijasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:
🥇-o‘rin: 1- guruh;
🥈-o‘rin: 5- guruh;
🥉-o‘rin: 3- guruh.

Barcha ishtirokchilarni qizg‘in musobaqadagi yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlarida yuksak natijalar tilaymiz!
Har doim kitobni sevib o‘qiylik, bilim va ma’naviyatimizni boyitaylik!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

07 Jan, 15:12


😉 Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi o'z nihoyasiga yetdi

🎁 IT oromgoh qishgi mavsumi doirasida 150 dan ortiq o'quvchilarga offline hamda 4000 dan ortiq o'quvchilarga online tarzda dars mashg'ulotlari tashkillashtirildi. IT oromgoh yakunida faol qatnashgan o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

06 Jan, 14:08


🏕 Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi 4-kuni ham o'z nihoyasiga yetdi

↗️ O'quvchilarga kun davomida online va offline formatda foydali bilim va ko'nikmalar berib borildi


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

04 Jan, 09:01


#seminar_trening

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablar pedagog xodimlari uchun oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan olib borilib, metodik tavsiyalar berildi hamda taqdimotlar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

04 Jan, 09:01


#seminar_trening

🤩 Agentlikning Toshkent shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar pedagog xodimlari uchun oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan ushbu seminar-trening Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rahbariyati, masʼul xodimlari tomonidan olib borilib, yangi baholash mezonlari tartibi boʻyicha metodik tavsiyalar berildi, taqdimotlar oʻtkazildi.

Seminar-trening oʻz ishini ertaga ham davom ettirib, Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining ayni yoʻnalishda bilim va malakalarini oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

04 Jan, 08:14


🏕 Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi ilk kuni qanday o'tdi

🔥 IT oromgohimizning ilk kunidan o'quvchilar online va offline darslar boshlandi va o'quvchilarimiz Robototexnika, kibersport, dasturlash, 3D modeling, SMM, DevOps kabi o'nlab dars jarayonlarida faol qatnashishdi

🖥 Jarayonni batafsil video orqali tomosha qilishingiz mumkin

‼️ Eslatib o'tamiz "Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025" Qishki mavsumi 3-7 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.

🖥 IT oromgohimiz online va offline formatlarda o'z faoliyatini olib bormoqda

😉 Ayni damda IT oromgohimizda online va offline darslar bo'lib o'tmoqda jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tomosha qilib boring

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

04 Jan, 07:41


📸 Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi ilk kuni fotohisobot

💯 IT Oromgohimizning offline formatda tashkillashtirilgan darslarida 150 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.

Offline darslarimiz quyidagi yo'nalishlarda bo'lib o'tmoqda:
⭐️ Robototexnika;
⭐️ CyberSport (Dota 2);
⭐️ Digital Art;
⭐️ Dasturlash (nocode);
⭐️ 3D modellash;
⭐️ AI (GPT)

📸 Dars jarayonlari qanday ko'tarinki ruhda davom etayotganini fotolavhalar orqali tomosha qilishingiz mumkin

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

03 Jan, 13:29


❄️💻Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi | Kun sarhisobi

Bugungi faoliyatimiz haqida batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi? 💻
3-yanvar kuni soat 19:00 da bizning YouTube kanalimizda jonli efir bo‘lib o‘tadi!

👉 Jonli efirda nimalar bo‘ladi?
• 1-kun davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
• Oflayn va onlayn yo‘nalishlarda ishtirokchilarning dastlabki natijalari
• Qiziqarli voqealar va IT oromgohimiz yangiliklari

Jonli efir uchun havola 👇
https://www.youtube.com/live/G9DJWAnMJdU
_______________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

03 Jan, 03:29


❄️💻Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumga biz tayyormiz!

Bugun IT oromgohimiz o'z faoliyatini rasman boshladi! Ro'yxatdan o'tish jarayonida oflayn yo'nalishlarga 4000ga yaqin arizachilar ichidan nizomga muvofiq eng saralari saralab olindi va ular bilan bog‘lanib, dasturlarda ishtirok etish uchun barcha tayyorgarlik yakunlandi.

🔵Onlayn yo'nalishlarimiz esa barcha ro'yxatdan o'tganlar uchun ochiq va quyidagi havolalar orqali soat 10:00dan boshlanadi👇

React.Js
.Net
Python
SMM
Veb dizayn
Flutter
DevOps

Texnologiyalar olamidagi ajoyib safar endi boshlanmoqda! Yangi bilimlar, qiziqarli mashg‘ulotlar va unutilmas tajribalar sizni kutmoqda. 🚀
__
D
igital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

03 Jan, 03:29


#YangiYil #HappyNewYear #СновимГодом

🧸Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi sizni va yaqinlaringizni kirib kelgan 2025-yil bilan samimiy tabriklaydi! Yangi yilda yangi marralar va yangi g‘oyalar bilan kelajak sari intilib, har bir qadamda muvaffaqiyatga erishishingizga tilakdoshmiz!🔴

2025-yil yoshlik energiyasi bilan yurtimizni yuksaltiradigan, innovatsion va ijodiy yutuqlarga boy bo‘lsin. Kelajakka ishonch va ilhom bilan intilib, barcha maqsadlaringizga yetishingizni tilaymiz!

❄️🌲Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

27 Dec, 11:54


#xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK MEMORANDUMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.


Mazkur memorandum doirasida:

– Agentlik tizimidagi maktablar hamda Letovo maktabi oʻrtasida oʻquvchilarga chuqur nazariy bilim, koʻnikma va malakalar berish hamda ularning kasbiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish;

– taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar ishtirokida qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish;

– pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻzaro almashish va oʻquv amaliyotini boyitish maqsadida qoʻshma oʻzaro amaliyotlar, konferensiyalar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning sentyabr oyida Agentlik delegatsiyasi Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim muassasasi faoliyatini yaqindan oʻrgangan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

27 Dec, 04:23


❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

🔈 Imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.


📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Joylar soni chegaralangan ‼️

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

25 Dec, 13:27


_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

25 Dec, 13:27


#new #year #yangi #yil #Musical #Theatre

YANGI YIL SARGUZASHTLARI


🌲🎄Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Yangi yil bayrami munosabati bilan 5-11-sinf o'quvchilari ishtirokida musiqali teatr tashkillashtirildi.

Ertak qahramonlarining qiziqarli va hayajonli sarguzashtlari barcha bayram ishtirokchilarini hayratga soldi. 🚩💡

🎶Yalmog’iz kampir, yovuzlik qirolichasi-Malifisenta, sehrli chiroqning quli-Jin-barcha-barchasi juda hayratlanarli ishtiroki bilan ertakni mo’jizaga aylantirdi.
Turli mamalakatlarga g’aroyib tashriflar, tasodiflar va san’at birlashtirgan raqiblar –hamma-hammasi juda ishonarli chiqdi.

Bayram tadbiri barcha mehmonlarga haqiqiy yangi yil shukuhi va kayfiyatini berdi.🎈
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

16 Nov, 08:13


#KHUST

XORIJIY ILMGOHDAN MANFAATLI TAKLIF


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bitiruvchgilarni oliy ta’limga yoʻnaltirish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlandi. Oʻquvchilarimizning qiziqish va intilishlarini hisobga olib, nufuzli xorijiy va mahalliy oliygohlardan vakillar taklif etilib, muassasa haqida taqdimotlar tashkil etilmoqda.

🗓14-noyabr kuni maktabimizga Gongkongning Fan va texnologiya universitetidan mehmonlar tashrif buyurishdi. Uchrashuvda universitetning bakalavr bo’limi menejeri Lui Kristal va Ilm-fan fakulteti xalqaro hamkorlik boʻyicha direktori professor Yan universitet haqida to’liq ma’lumot beruvchi taqdimot bilan bo’lishdi.

📌Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti (HKUST) Gonkong, Say Kung tumanidagi davlat tadqiqot universiteti hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasasi 1991-yilda tashkil etilgan boʻlib, u hududdagi universitet maqomiga ega boʻlgan uchinchi oliy oʻquv yurti sanaladi. Muassasa Tay Po Tsayda dengiz boʻyidagi 60 gektar maydonni egallaydi.

🔝Universitet biznes va menejment, muhandislik, gumanitar va ijtimoiy fanlar va fanlarga yo'naltirilgan to’rtta akademik maktabda tashkil etilgan. 2023-2024-oʻquv yilida u 10 000 ga yaqin bakalavriat va 6 800 aspirantni oʻqitdi va 835 nafar ilmiy xodimni ish bilan taʼminladi. Koʻpgina yirik universitetlar reytingida u doimiy ravishda Osiyoning eng yaxshi 15 taligidan joy olgan.

HKUST dunyodagi eng yaxshi yosh universitetlardan biridir.
Uchrashuv soʻngida mehmonlar bitiruvchi oʻquvchilarning savollariga javob berdilar va HKST boʻyicha bukletlar ulashdilar.

_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

16 Nov, 06:50


👨‍💻 "Raqamli Avlod IT Haftaligi" 2024!

🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an'anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

🤖Robo Sumo - bo'yicha musobaqalar 24-noyabr kuni Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tadi.

Musobaqada qatnashuchi robotlar:
🔸 Eni: 25 sm
🔸 Bo'yi: 25 sm
🔸 Og'irligi: 1,5 kg dan oshmasligi talab qilinadi

📅 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!

Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun
: online.raqamliavlod.uz

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

15 Nov, 04:51


#Matematika
#Olimpiada
#qizlar

MAKTAB O‘QUVCHI QIZLARI O‘RTASIDA MATEMATIKA FANI OLIMPIADASI‼️

📣 Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Siz matematika faniga qiziqasizmi? Unda 20-noyabr kuni matematika fanidan o‘tkazilayotgan olimpiadada ishtirok eting. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi qizlarni matematika fanidan olimpiadaga chorlaymiz!

Olimpiada shartlari:
5-11-sinf o‘quvchi qizlar o‘rtasida matematika fanidan 2 ta turda (1-tur yozma ish, 2-tur test sinovi shaklida) tashkil qilinadi.
Olimpiadaning yozma ish bosqichida ishtirokchilarga turli murakkablik darajasidagi 5 ta yozma ish topshiriqlarni (2 ta 7 ballik, 2 ta 10 ballik, 1 ta 16 ballik topshiriqlar, jami 50 ball bilan baholanadi) bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi.
Olimpiadaning test sinovlarida 30 ta topshiriqdan iborat test savollari taqdim qilinadi. Test topshiriqlarini bajarish uchun jami 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Olimpiada natijalari:
⚠️Olimpiada natijalariga ko‘ra, 5-6-sinf, 7-8-sinf hamda 9-10-11-sinf ishtirokchi qizlari orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib (1, 2, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan hududiy bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Batafsil ma'lumot👈

🗺 Olimpiadaning Respublika g‘olibi bo‘lgan qizlar diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, Yevropada o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda qatnashish yo‘llanmasini oladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

15 Nov, 03:49


🚀 "Raqamli Avlod IT Haftaligi" 2024!

🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an'anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

👨‍💻 DG Contest - Bunda siz sport dasturlash bo'yicha o'z mahoratingizni sinashingiz mumkin bo'ladi! Onlayn saralash bosqichi 19-noyabrda boshlanadi, final esa 23-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo'lib o'tadi.

❗️Tanlovda faqat maktab yoshidagi bolalar qatnashishlari mumkin

📅 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!

Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun
: raqamliavlod.uz

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

15 Nov, 03:49


🚀 "Raqamli Avlod IT Haftaligi" 2024!

🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an'anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

👨‍💻 DG Contest - Bunda siz sport dasturlash bo'yicha o'z mahoratingizni sinashingiz mumkin bo'ladi! Onlayn saralash bosqichi 19-noyabrda boshlanadi, final esa 23-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo'lib o'tadi.

🤖 Robototexnika musobaqasi - 23-24 - noyabr kunlari sizni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida robo futbol, ​​robo sumo, robo poyga va foydali ixtirolar bo'yicha Respublika musobaqalari kutmoqda.

🔵 Microsoft Community Conf 2024 Uzbekistan – 30-noyabr kuni Microsoft kompaniyasining rasmiy IT konferensiyasida ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi. Bunda siz xalqaro va mahalliy spikerlarimizdan dasturlashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishishingiz va juda katta "networking"ga ega bo'lishingiz kafolatlanadi! Tadbir Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tadi.

📅 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!

Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun
: online.raqamliavlod.uz.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

14 Nov, 08:34


#Robo #Coding
#olimpiada
#informatika
#robototexnika

DIQQAT, E'LON
‼️

📣Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining
5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Kodlash” (“Robo-Coding”) olimpiadasi boshlanmoqda.

🗓 18-19- noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning sport zalida ushbu Olimpiadaning maktab bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada “Robototexnika” , “Muhandislik” va “ Dasturlash” yo‘nalishlarida tashkil etiladi. 💡

🖥Olimpiadaning maktab bosqichi uchun o‘tkaziladigan musobaqalarning sinflar bo‘yicha topshiriqlari bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola👈
Batafsil ma'lumot uchun👈

🌍 Olimpiadaning Respublika g‘olibi bo‘lgan jamoa diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, Turkiya, Ozarbayjon hamda Qozog'istonda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda qatnashish yo‘llanmasini oladi.

Aziz o‘quvchi yoshlar, olimpiadada ishtirok etib, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

13 Nov, 13:58


#COP29 #Boku

Joriy yilning 10-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi – COP29 doirasida oliy darajadagi tadbirlar tashkil etilib, muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha Xalqaro strategiya imzolandi. Ekologik taʼlim va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish, ushbu jihatlarni ham rasmiy, ham norasmiy taʼlim tizimiga singdirish strategiyaning muhim qismidir.

Shuningdek, tadbirlarda “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi aʼzolari ham ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

Yosh ekofaollarimiz Ekologik kun tartibi boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish, “Young Climate Champions” xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish, “Transchegaraviy ekotizimlar” kabi loyiha va takliflarni bildirishdi.

@hilola_umarova

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

07 Nov, 12:43


Microsoft Community Conference 2024 | Uzbekistan

Join us for a premier gathering of the Microsoft Developers Community in Uzbekistan! The annual Microsoft Community Conference is back and promises an unparalleled experience of innovation and technology. Mark your calendar for November 30, 2024, and get ready to immerse yourself in the latest advancements and ideas shaping the tech industry.

🎉 Highlights:
Inspiring Keynote Presentations: Hear from leading tech innovators and industry experts.
Interactive Workshops: Explore hands-on sessions with the latest Microsoft tools and technologies.
Engaging Panel Discussions: Dive into trends and best practices shaping today’s tech landscape.
Networking Opportunities: Connect with fellow developers, tech professionals, and enthusiasts.

📅 Date: November 30, 2024
📍 Location: Tashkent, Uzbekistan

Don’t miss out on this exciting opportunity to learn, network, and grow within a vibrant community. Whether you're a developer, tech professional, student, or simply passionate about technology, this is an event you won’t want to miss!

🔗 Register Now: https://mdcuzbekistan.com/register

Stay tuned for more updates and join us in shaping the future of technology in Uzbekistan!

#MDCConf2024 #MicrosoftDevelopersCommunity #UzbekistanTech #TechConference #CommunityEvent

@mdcuzbekistan

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

06 Nov, 08:38


#Trening

PSIXOLOGIK TRENING


🗓 5-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda psixolog tomonidan "Stresdan хoli maktab" nomli trening tashkil etildi. Ushbu tadbir maktab jamoasiga stressni kamaytirish, psixologik barqarorlikni oshirish va umumiy ish muhitini sog'lomlashtirishga qaratildi.

Mashg'ulotlarda psixolog Sh. Sultanova pedagog xodimlarga jamoaga yaqindan yondashish va maktab an'analarini mustahkamlash muhimligini tushuntirdi. U stressni yengish uchun qo'llaniladigan turli xil terapiya usullari haqida so'zlab berdi. Jumladan, qo'shiq, raqs, mutolaa, jismoniy mashqlar, meditatsiya va boshqa usullardan foydalanishning afzalliklari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarga stressdan himoyalanish va uni profilaktika qilish bo'yicha foydali maslahatlar berildi.⭐️

⚡️Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kundalik faoliyatlariga psixologik jihatdan qanday yondashish mumkinligi borasida aniq tushunchaga ega bo'lishdi. Trening davomida olingan bilimlar ularga ish rejalari va jamoaviy munosabatlar uchun yangi motivatsiya berdi, shuningdek, professional o'sishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

06 Nov, 06:21


#DiplomacyClub #TataristanUzbekistan #YoshDiplomatlar #XalqaroHamkorlik

🇺🇿🇷🇺Tatariston va O'zbekiston maktablari o'rtasida "Diplomacy Club" navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi!

🗺 Ta'til kunlariga qaramay, o'quvchilarimiz diplomatik muloqotlarda faol qatnashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro diplomatik bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan mavzularda qizg‘in muhokamalar olib bordilar. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, dolzarb masalalarda tajriba almashdilar va madaniyatlararo aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida bir qadam yaqinlashdilar.

🔗 "Diplomacy Club" o'quvchilarimiz uchun xalqaro muloqot va jahon siyosati bo'yicha bilimlarni oshirishda noyob imkoniyat yaratmoqda. Keyingi sessiyalarda ko'rishguncha!

IT-School Presidency

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

04 Nov, 11:07


#Japan #Education #Fair

YAPONIYA- YUQORI INTELLEKT DIYORI


🇺🇿 🇯🇵O‘zbekistonlik abiturientlar va talabalarni Yaponiya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish, shuningdek, talabalar hamda akademik almashuv sohasida unjversitetlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida poytaxtimizda “Japan Education Fair 2024” ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

📍Ko‘rgazma International Business Centerning 9- qavatida “Urgench” va “Kokand” anjumanlar zallarida soat 9:30 da 17:00 gacha bo‘lib o’tadi.

Yaponiyaning nufuzli universitetlarida o’qish istagida bo’lgan va bu haqda batafsil ma’lumot olishni xohlaganlarni ko’rgazmaga taklif etamiz.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

04 Nov, 08:16


#olimpiada #ingliz #tili

NAJOT-TA'LIMDA, NAJOT-TARBIYADA, NAJOT-BILIMDA

Hammamiz ko'rib turibmiz: bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday og'ir va murakkab vazifalarni qo'ymoqda.

Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetishda, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz lozim.

Mana shu maqsadda Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabida fan olimpiadalari bo'lib o'tmoqda. Joriy yilda Ingliz tili fanidan olimpiada o'tkazildi va uning natijalari bilan sizlarni tanishtiramiz:

9 sinf:
🥇-o'rin - 9-04 sinf - Ibragimova Parizoda;
🥈-o'rin - 9-01 sinf - Ismoilov Muhammadazim;
🥉-o'rin - 9-02 sinf - Sulaymonov Abdurahmon.

10-sinf:
🥇-o'rin - 10-04 sinf - Abdumanabov Sardorbek ;
🥈-o'rin -10-05 sinf - Olimjonova Shirina;
🥉-o'rin - 10-02 sinf - Abdurashidova Madina.

11-sinf:
🥇-o'rin - 11-02 sinf - Ahmedov Asadbek;
🥈-o'rin - 11-04 sinf - Xo'janiyozov Farxodjon;
🥉-o'rin - 11-02 sinf - Akbarov Izzatbeklar egallashdi.

Aziz o'quvchilarimiz, bu yo'lda sizlarga ulkan omadlar tilaymiz. Doim ilm nuri yo'llaringizni yoritsin❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

04 Nov, 07:54


#psixologik #trening

KASBIM-FAXRIM

🗓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi tomonidan oktyabr oyida o'quvchilar bilan "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida davra suhbatlarii tashkil etildi.

💭Davra suhbatida o'quvchilar kasb tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va hozirgi kunda zamonaviy va milliy kasblarning ahamiyati haqida qizg'in bahs- munozaralar olib borildi.

📌Shuningdek, o'quvchilarga kasb tanlash to'g'risida zaruriy bilim va axborotlar berildi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

30 Oct, 06:16


#Xalqaro #hamkorlik

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan Polsha 🇵🇱 va Hindiston 🇮🇳 vakillaridan iborat xorijlik mehmonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabimizning zamonaviy infratuzilmasi, o'quv jarayoni va o'quvchilarimizning bilim darajasi bilan tanishishdi. Ayniqsa, Hindistondan kelgan vakil, dsaIB maktabi direktori, maktabimizning ta’lim tizimi va o‘quvchilarimizning bilim darajasi bilan qiziqdi. U kelajakda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yurtimiz ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishlar taʼlim sifati va samaradorligida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

29 Oct, 07:53


#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school

MAQSADLI SINOV


🗓28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari uchun matematika, geometriya, fizika va ingliz tili fanlaridan 1-chorak yakuni bo'yicha CHSB nazorat sinovlari muvaffaqiyatli tashkil etildi! O‘quvchilarimiz belgilangan tartib va qat'iy nazorat ostida test.apro.uz platformasida onlayn tarzda test sinovlaridan o'tishdi.🖥

✔️CHSB imtihonlari turli sinflar uchun maxsus vaqt oralig‘ida o‘tkazilib, o'quvchilarimiz chorak davomida olgan bilim va ko'nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Test sinovlari orqali ko‘plab o‘quvchilarimiz yuqori natijalar ko‘rsatib, a'lo baholar bilan muvaffaqiyat qozonishdi.

Aziz o‘quvchilar, sizning intilishlaringiz va mehnatingizning samarasi barchamizni quvontirmoqda! Ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishda hech qachon to‘xtamang, o‘zingizga va bilimlaringizga ishoning❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

27 Oct, 17:06


#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school #Informatika #axborot #texnologiyalari

⚠️ DIQQAT CHSB ⚠️

🧑‍💻👩‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning e-class platformasida 26-oktyabr kuni belgilangan jadval va nazoratchi o‘qituvchilar hamrohligida axborot - texnologiyalari fanidan 5-sinf o'quvchilari uchun test sinovlari bo‘lib o'tdi.

📌Eslatib o‘tamiz, matematika, fizika hamda ingliz tili fanlaridan 1-chorak yakuniga ko‘ra olinadigan CHSB nazorati 28-oktyabr kuni bo‘lib o'tadi!

CHSB imtihonlari,
5-6-sinflar hamda 11-01-sinfi uchun  8:30dan 11:00ga qadar;
7-8-sinflar hamda 11-02 va 11-04-sinflari uchun 11:00dan 13:30ga qadar;
9-10-sinflar hamda 11-03 va 11-05-sinflari uchun 14:00dan 16:30ga qadar online tarzda (test.apro.uz saytida) tashkil etiladi.

Test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishingiz soʻraladi!

Har bir o‘quvchimizga chorak davomida olgan bilimlari albatta qo‘l keladi va a'lo baholar kalitini ochadi deya ko‘zlangan natijalarni tilab qolamiz.

Esingizda bo‘lsin, imtihonlar faqat vaqtinchalik sinov bo‘lib, siz albatta ulardan muvaffaqiyatli o‘tasiz❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

26 Oct, 08:58


#tilga_ehtirom

SAVODXONLIK SARI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish va uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim“ shiori ostida “Savodxonlik diktanti“ tanlovi tashkil etildi.⭐️

✏️Mazkur tanlovda imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish istagida bo‘lgan barcha o‘qituvchilar va pedagog xodimlar ishtirok etishdi. 

Barchangiz til madaniyati va savodxonlikni o‘z ko‘rkingizga aylantiring! Bu xizmatingiz tilimiz rivojida katta hissa bo‘lib qo‘shilishiga, ona tili millatni birlashtiruvchi eng katta kuch ekanligiga ishoning❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

26 Oct, 04:49


#Mirshod #Shakirov

XALQARO TADBIRKOR BILAN UCHRASHUV

🎞 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 27-sentyabr kuni “BIZNES DIPLOMAT” loyihasining asoschisi, xalqaro tadbirkor Mirshod Shakirov bilan uchrashuvdan videolavha.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

25 Oct, 08:05


#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

ONA TILIM – ONAJONIM TILI BU!

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 21-oktyabr-milliy til bayramimiz sanalgan “Davlat tili” kuni munosabati bilan “Muqaddasim, munavvarim – ona tilim“ nomli tadbirdan videolavha.

_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

24 Oct, 10:02


#Antikorrupsiya

HALOLLIK - MUVAFFAQIYAT KALITI

⚠️ Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olgan. Yurtimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida yoshlar orasida targ'ibot va tashviqot ishlari, suhbatlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 🗓 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Bosh inspektori Rasulov Mironshox Rahimjon o'g'li tomonidan 9-11-sinf o'quvchilari bilan birgalikda “Korrurpsiyaga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi olib borilayotgan amaliy ishlar va uning oldini olishdagi chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi.Har qanday jamiyat bu illatni yo'q qilish uchun eng avvalo inson o'zidan boshlab o'zgarishi lozimligi ta'kidlandi.

Suhbat jarayonida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tayyorlagan kichik bir videorolik orqali o'z tushunchalarini ifoda etdilar.⚡️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin