Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi @qodiriy_abdulla Channel on Telegram

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

@qodiriy_abdulla


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Uzbek)

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi nomli telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining so'nggi yangiliklari, o'quvchilari va o'qituvchilari bilan muloqot imkoniyatlari, ijodiy dasturlar va muxlis ijodiy ishlar haqida ma'lumotlar topshiring. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi - bu O'zbekistonning ijodiy merosini o'rgangan o'quv markazi. Kanalda har bir insonning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga oid savollar va topshiriqlar mavjud. Siz ham Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ijodiy jamiyatiga qo'shiling va yangi mahsulotlarning oqibatini ko'ring! Telegram kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling! +998954792080

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

11 Jan, 17:46


«Янги Ўзбекистон» газетасининг 2024 йил 29 декабрь кунги 265 (1326)-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Шунингдек,
📍Веб-сайт 👉 yuz.uz
📍Телеграм 👉 @yuz_official

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/gazetalar_sharhi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

11 Jan, 07:29


#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | “Zamonaviy ta’lim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

10 Jan, 17:44


🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

💠Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan maktabda “Loyihaga asoslangan ta’lim” mavzusida seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazildi.

🖥Mashg’ulot davomida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchilari S.Nurmuhammadov, N.Zuxurova hamda M.Mamatqulovalar darsda pozitiv muhit yaratish, o’quvchilarni loyihaga yo’naltirish borasida o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.


Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

10 Jan, 16:29


#seminar
#trening

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

✔️"Biz quvnoq yo'lovchilar" - innovatsion seminar-trening.

✔️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi Leyla Tagiyeva tomonidan "Biz quvnoq yo'lovchilar" mavzusida innovatsion seminar-trening tashkillashtirildi.

✔️Seminar davomida harakat fe'llaridan foydalanish va nutqni rivojlantirishda nimalarga e'tibor berish kerakligi muhokama qilindi.

✔️Leyla Tagiyeva jamoaviy usulning samarali tomonlariga alohida to’xtalib o'tib, amaliy mashqlar orqali mavzuni mustahkamladi.

Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

07 Jan, 14:43


😉 Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi o'z nihoyasiga yetdi

🎁 IT oromgoh qishgi mavsumi doirasida 150 dan ortiq o'quvchilarga offline hamda 4000 dan ortiq o'quvchilarga online tarzda dars mashg'ulotlari tashkillashtirildi. IT oromgoh yakunida faol qatnashgan o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

07 Jan, 09:40


👍👍👍👍👍

FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA MUROJAAT VA TAKLIFLAR TELEGRAM-BOTI YARATILDI

Fan olimpiadalari markaziga taklif va tavsiyalar telegram-boti ishga tushirildi.

🔵Endilikda siz oʻz murojaat va takliflaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri soha vakillariga ushbu telegram-bot orqali yoʻllashingiz mumkin.

🦠Har bir murojaat va taklif roʻyxatga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

❗️Zero sizning fikringiz biz uchun muhim

BOT bilan tanishish:👇
@FOM_murojaat_taklif_bot

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

07 Jan, 08:37


#seminar

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi aʼzolari umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida tashkil etilgan oʻquv-seminarlarida ishtirok etib qaytishdi.

⭕️ Ayni vaqtda ushbu treninglar mazmun-mohiyatini yurtimizdagi soha mutaxassislariga yetkazish maqsadida oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtmoqda.

Unda mutaxassislar:

oʻquv dasturida uzviylik va muvofiqlikni taʼminlash;
oʻquv maqsadlarini belgilashda aniqlik va moslashuvchanlik;
oʻquv maqsadlarining rivojlanib borishini toʻgʻri shakllantirish;
fanlararo integratsiya;
oʻquv dasturlarini takomillashtirishda mahalliy ehtiyoj, anʼanalar hamda xalqaro standartlarni tahlil qilish kabi oʻquv sessiyalarida ishtirok etishmoqda.


👉 Joriy yilning 15-yanvar kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu oʻquvlar oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Kembrij tashkiloti bilan olib borilayotgan keng hamkorlik ishlarining uzviy qismi hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

03 Jan, 18:36


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ushbu qaror bilan ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash kerakligi belgilab qo’yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

03 Jan, 14:58


#seminar_trening

🤩 Agentlikning Toshkent shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar pedagog xodimlari uchun oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan ushbu seminar-trening Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rahbariyati, masʼul xodimlari tomonidan olib borilib, yangi baholash mezonlari tartibi boʻyicha metodik tavsiyalar berildi, taqdimotlar oʻtkazildi.

Seminar-trening oʻz ishini ertaga ham davom ettirib, Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining ayni yoʻnalishda bilim va malakalarini oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

03 Jan, 13:23


❄️💻Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi | Kun sarhisobi

Bugungi faoliyatimiz haqida batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi? 💻
3-yanvar kuni soat 19:00 da bizning YouTube kanalimizda jonli efir bo‘lib o‘tadi!

👉 Jonli efirda nimalar bo‘ladi?
• 1-kun davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
• Oflayn va onlayn yo‘nalishlarda ishtirokchilarning dastlabki natijalari
• Qiziqarli voqealar va IT oromgohimiz yangiliklari

Jonli efir uchun havola 👇
https://www.youtube.com/live/G9DJWAnMJdU
_______________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 19:02


🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 19:01


🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 19:01


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 19:00


#yangi_yilingiz_bilan

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.


Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 15:44


Yangi Yilingiz bilan!
-

С Новым Годом!

🎄

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 12:56


#tabrik

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Qadrli ustozlar, hurmatli ota-onalar, aziz o’quvchilarimiz!

Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!


Kelayotgan 2025-yil tansihatlik,
osudalik va muvaffaqiyat olib kelsin! Har bir kuningiz shodlik va baxtga to’la bo’lsin! Ko’zlagan maqsadlaringizga yetishishingiz yo’lida omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Hayotimizning yana bir sof sahifasi bo’lgan Yangi yil muborak bo'lsin!


Aziza Imamxodjayeva,

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori.


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 11:40


#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 08:16


#tabrik

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

🚩Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rahbariyatidan Yangi yil tabriknomalari🚩


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

31 Dec, 08:14


#tabrik

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

🚩Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o’qituvchi-murabbiylaridan Yangi yil tabriknomalari🚩


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

08 Dec, 03:38


#tabriknoma

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

🇺🇿Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida Yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi.


Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

08 Dec, 03:28


“Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

#konstitutsiyamiz_32yoshda

@hilola_umarova

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

08 Dec, 03:28


#Konstitutsiyamiz_32_yoshda
#bayram_shukuhi


🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.



🇺🇿Konstitutsiya– davlatimizning bosh qonuni, huquq va erkinliklarimiz kafolati, dunyoda tenglar ichida teng, davlatchilik tarixiga ega xalq, suveren davlat ekanimizning shahodati hamdir.



Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzatib boring.


Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

08 Dec, 03:20


#Tabrik

8-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

07 Dec, 11:13


#Konstitutsiyamiz_32_yoshda
#bayram_shukuhi

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

🇺🇿Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining barcha sinflarida "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida ochiq dars-mashg’ulotlari tashkillashtirildi.


Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

30 Nov, 06:55


#yangi_baholash
#ijtimoiy_rolik

Yangi baholash tizimini joriy qilishga nima turtki bo‘ldi? O‘quvchilar bilimini baholashning oldingi va hozirgi tizimi o‘rtasida qanday farqlar bor?

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

30 Nov, 05:23


#Ona_tili_va_adabiyot #milliy_sertifikat

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.


10 – sinf oʻquvchilari:
* Yusupaliyeva Margʻuba A daraja
* Agʻzamxoʻjayeva Muslimaxon C+ daraja

* Abdulamitov Zafarjon C daraja
* Axmedova Aziza C daraja
* Nasvaliyeva Gulnoza C+ daraja
* Narbayeva Sevara C daraja
* Ulugʻberdiyev Fayzbek C+
* Farhodova Rayxona C
* Jahonova Marjona C+ daraja
* Elmurodova Shahzoda B daraja
* Yuldasheva Shirin B+ daraja


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

30 Nov, 03:15


#Ona_tili_va_adabiyot #milliy_sertifikat


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.


11 – sinf oʻquvchilari: *Xoliqulova Suman - B daraja
* Qosimjonova Gulchehra - B daraja
* Qarshiboyeva Xulkar - C daraja
* Tillabekova Gulshana - B daraja
* Norboyeva Gulbeka - C+ daraja
* Mannobova Oisha C+ daraja
* Xalilova Sadoqat C daraja
* Davronova Mohira B daraja


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram
Facebook Instagram 🌐

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

04 Nov, 13:37


#hududlardan_xabarlar

 ⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida madaniyat festivali
o‘tkazildi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Internatilonal day” ko‘rgazmasi
tashkil etildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi
o‘tkazildi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari
Jahongirbek Abdualimov, Sevara Baxtiyorova hamda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Xurshid Tuyg‘unov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

⏺️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida “Fun-Fair-Festival"
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
tashkil etildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Korrupsiya-adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Nilufar  Sevarova xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Zayed barqarorlik mukofoti”ning final bosqichiga
yo‘llanma oldi.

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aydostin Kitaybekov "Uzbekistan Climate Box Youth Contest 2024" tanlovida  
g‘olib bo‘ldi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “O‘tkan kunlar” va “ Mehrobdan chayon” romanlarining arab tiliga qilingan tarjimalari taqdimoti
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Ardaqlayman ana tilimdi” nomli tanlov
e’lon qilindi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Inson huquqlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakillari ishtirokida davra suhbati
o‘tkazildi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
tashkil etildi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

⏺️Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda "Kitobxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi
tashkil etildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisining ijod namunalari xalqaro antologiyada
chop etildi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  targ‘ibot tadbiri
tashkil etildi.

⏺️Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ekspertlar ishtirokida moliyaviy savodxonlik mavzusiga bag‘ishlangan amaliy trening
o‘tkazildi.

⏺️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari “IT PARK” Jizzax filiali faoliyati
bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

02 Nov, 08:10


Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

02 Nov, 03:35


#bizning_shunday_oquvchimiz_bor

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

📚Turkiyaning Baygenç Yayıncılık nashriyoti tomonidan e'lon qilingan "Sesın" nomli antologiyasidan ijod maktabimizning o'quvchisi Eshonqulova Marjonaning ham ijodiy ishlari o'rin oldi.

🎇O'quvchimizni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklab, keyingi ishlarida omad tilab qolamiz.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

01 Nov, 14:40


#attestatsiya
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

💥Navbatdagi natija!

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi matematika fani o'qituvchisi Ubaydullayeva Sabina ham pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish jarayonlarida ishtirok etdi va 1-malaka toifasiga ega bo'ldi.

🎇O'qituvchimizni ushbu yutug'i bilan chin dildan tabriklaymiz!

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

01 Nov, 10:07


#10fakt

10 fakt alloma-yu daholarimiz haqida ma’lumot berishda davom etadi.


Xoja Bahouddin Naqshband – islom olamining eng mashhur avliyolaridan biri, naqshbandiya tariqatining asoschisi.

Bilasizmi, Xoja Bahouddin Naqshbandning asl ismi Muhammaddir.

Yoshligida otasi bilan birga kimxobga naqsh solish hunari bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun Naqshband taxallusi bilan mashhur bo‘lgan.

Aziz yoshlar, sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan mazkur loyiha orqali siz yana kimlar haqida ma’lumot olishni xohlar edingiz?

Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek , Najmiddin Kubro , Muhammad al-Xorazmiy , Husayn Boyqaro, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farg‘oniy

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

01 Nov, 10:03


#ona_tilim_faxrim_mening
#ijodiy_uchrashuv

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

⚜️Avbal xabar qilganimizdek, O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bayrami munosabati bilan maktabimizda O'zbekiston xalq artisti, O'zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, professor, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi Zamira Suyunova bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida o'quvchilar bilan dildan suhbat qurilib, maktabda faoliyat yuritayotgan "Chig'atoy gurungi" musiqa to'garagi a'zolari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish qilindi.
Shuningdek, dastur yakuni kuy va qo'shiqlarga ulanib, qatnashganlarga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

29 Oct, 06:20


#choraklik_summativ_baholash

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

📌📌📌Diqqat, ChSB!

🖊Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ChSB jarayoni davom etmoqda. Bugun o`quvchilar ingliz tili va tarix fanlaridan test topshirmoqdalar.

Barcha o`quvchilarimizga omad tilaymiz!


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

29 Oct, 01:32


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

29 Oct, 01:32


#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur safar ta'lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikning yangi qirralarini aniqlash, tegishli yo‘nalishlarda bilim va malakalarni oshirish maqsadlarini o‘z ichiga oladi.

Koreya Respublikasining Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta'lim sohasida hamkorlik yuqori darajada davom etayotgani, koʻplab sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham manfaatli aloqalari izchil rivojlanayotgani taʼkidlandi.

O‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutuvchi yangi loyihalarni yo’lga qo’yish borasida so’z bordi.

Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

28 Oct, 12:33


"Zamin creative" loyihasi doirasida А.Аvloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Xalqaro inklyuziv xabda ijod maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv kreativ ta’limni rivojlantirish bo‘yicha gibrid formatda o‘quv seminar-trening o‘tkazildi. Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondan kelgan o‘qituvchilar media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma asosida o‘qitildi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan bir qatorda Ozarbayjon inklyuziv rivojlanish va ijod markazi DOST pedagoglari ta’limni hammabop qilish bo‘yicha amaliy tajribasi hamda ijtimoiy-psixologik ish usullari bilan o‘rtoqlashdi.

В рамках проекта Zamin creative для преподавателей творческих школ в Национальном институте педагогического мастерства имени А.Авлони и Международном инклюзивном хабе в гибридном формате прошёл образовательный семинар-тренинг по развитию инклюзивного креативного образования. Преподаватели из Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана прошли обучение по учебно-методическому пособию по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Наряду со специалистами из Узбекистана методами психолого-социального взаимодействия и практическим опытом как сделать образование доступным поделились педагоги из Азербайджанского Центра инклюзивного развития и творчества DOST.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

28 Oct, 06:40


#choraklik_summativ_baholash

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

📌📌📌Diqqat, ChSB!


🗓 28-oktyabrdan 30-oktyabrgacha imtihonda barcha o'quvchilar 5 ta fandan (ona tili va adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika) nazorat testlarini onlayn topshiradilar.

Imtihonlar shaffof: nazoratchilar va onlayn veb kameralar nazoratida ostida bo'lib o'tmoqda.

📸 Bugun o`quvchilar ona tili va adabiyot fanidan imtihon topshirmoqdalar.

👋 Barcha o'quvchilarimizga I-chorak yakuni bo'yicha imtihonlarda omad tilaymiz!


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram