Sherzod Quranboev @sherzodquranboev Channel on Telegram

Sherzod Quranboev

@sherzodquranboev


Ushbu kanalni marketingda foydali boʻladigan manbalar, tajribalar, bilimlarni ulashib boraman 🤝

Sherzod Quranboev (Uzbek)

Sherzod Quranboev kanali marketing va blogging sohasida foydali bo'ladigan manbalar, tajribalar, bilimlarni ulashib boraman. Ushbu kanalda marketing sohasiga oid eng so'nggi yangiliklar, foydali tavsiyalar va strategiyalar, blog yozishda muhim bo'lgan tajribalar, va marketingni rivojlantirishni o'rganish uchun kerakli bilimlar bo'yicha maqolalar jamlangan. Sherzod Quranboev kanali shunchaki marketing va blogging sohasida mukammalroq ko'nikmalar olish uchun yaratilgan. Agar siz ham marketingda yuqori darajada rivojlanmoqchi bo'lsangiz, yangiliklardan xabardor bo'lishni xohlasangiz, va o'z blogingizni rivojlantirishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling va o'zingiz uchun foydali ma'lumotlar bilan do'ldiring.

Sherzod Quranboev

26 Jan, 14:34


Istalgan mahsulotni istalgan odamga sotish

Doim yodingizda tuting. Siz mahsulotni emas, biron-bir muammoning yechimi sotasiz.

Muammo ham oddiy emas, odamlarni rostdan ham qiynayotgan muammo bo’lishi kerak.

Sababi, agar:
odamlar muammosi unchalik qo’rqinchli bo’lmasa;
hech qachon bu muammoni yechish uchun harakat qilmagan bo’lsa, unda mahsulotingizni hech kim sotib olmaydi.

Sherzod Quranboev

24 Jan, 13:36


Eng yomoni - kutish!

Ayniqsa qachongacha kutish kerak ekanligini bilmasang.

Biznesda shu narsani ham inobatga oling. Mijozlaringizni ko’p kuttirmang. Yoki hech bo’lmaganda qancha muddat kutish kerak ekanligini aytib qo’ying.

O’z mijozlaringiz vaqtini qadrlang. Shunda siz ham qadrlanasiz!

#marketing

Sherzod Quranboev

23 Jan, 19:52


Smm to'g'ridan to'g'ri sotuvga javob beradimi?

SMM'ning vazifasi bu:
✔️ Xizmat yoki mahsulotga odamlarning etiborini jalb etish;
✔️ Xizmat yoki mahsulotga lid olib kelish.

Lid o'zi nima?

Reklamangizni ko'rgan inson o'z ism-sharifi va telefon raqamini u bilan bog'lanish uchun qoldirishi - lid deyiladi.

SMM to'g'ridan-to'g'ri sotuvga javob bermaydi. Lekin lidga va uning sifatiga javob beradi.

Sifatli lid - bu shunchaki raqamini qoldirgan inson emas. Balki tovar yoki xizmatingizga rostdan ham qiziqadigan inson ma'lumoti. Odamlar bazida zerikkanidan ham nomer qoldirib ketaverishadi. 🤦🏻

Sifatli lidga ega bo'lgandan so'ng, sotuv amalga oshishi - sotuv bo'limi xodimlariga bog'liq. SMM uyog'iga javob bermaydi.

Sherzod Quranboev

23 Jan, 19:48


Smm bu chiroyli dizayn va oyiga 12 ta post emas

SMM bu:
✔️ Bozor tahlili;
✔️ Raqobatchilar analizi;
✔️ Mijozlarni o'rganish;
✔️ Reklama strategiya;
✔️ Kontent strategiya;
✔️ Mijozlar bilan to'g'ri muloqot qilishdir.

Sherzod Quranboev

16 Jan, 20:31


Assalomu alaykum xammaga salomatmisizlar ?

Kanalni avatarkasi o'zgardi yoqatib qo'ymang yana 😉

Qisqa tanaffusdan keyin yana aktiv bo'lamiz 📌

Sherzod Quranboev

10 Jan, 21:30


Kreativlikni rivojlantirish uchun 10 ta eng mashhur va ko‘p sotilgan kitoblar

Quyidagi kitoblar dunyo miqyosida ijodiy fikrlash va kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha eng ommabop hisoblanadi:

1. «Steal Like an Artist» — Austin Kleon
• Nega o‘qish kerak?
Ijodkorlik yangi narsani o‘ylab topish emas, balki mavjud g‘oyalardan ilhom olishdir. Kitob ilhom olishni, yaratishni va o‘z uslubingizni topishni o‘rgatadi.
Kimga foydali: Dizaynerlar, yozuvchilar va rassomlar uchun.

2. «The War of Art» — Steven Pressfield
• Nega o‘qish kerak?
Ijodiy ishni boshlash yoki davom ettirishdagi ichki qarshiliklarni yengishga yordam beradi.
Kimga foydali: Ijodiy loyihalar bilan shug‘ullanuvchilar uchun motivatsiya manbai.

3. «Big Magic» — Elizabeth Gilbert
• Nega o‘qish kerak?
Ijodiy hayot kechirish uchun kerakli jur’at va ilhomni topishga yordam beradi.
Kimga foydali: O‘z ehtiroslarini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar uchun.

4. «Creative Confidence» — Tom Kelley va David Kelley
• Nega o‘qish kerak?
Ijodkorlik qobiliyatingizni rivojlantirish va yangi yechimlar topish bo‘yicha motivatsiya beradi.
Kimga foydali: Ijodiy qobiliyatlariga ishonmaganlar uchun.

5. «The Creative Habit» — Twyla Tharp
• Nega o‘qish kerak?
Ijodkorlikni odatga aylantirish va doimiy ijodiy rejimda ishlash bo‘yicha amaliy usullarni beradi.
Kimga foydali: Ijodiy tartib-intizomni shakllantirmoqchi bo‘lganlar uchun.

6. «Show Your Work!» — Austin Kleon
• Nega o‘qish kerak?
Ijodingizni qanday qilib ko‘rsatish va auditoriya bilan ulashish usullarini o‘rgatadi.
Kimga foydali: Shaxsiy brendini rivojlantirayotgan ijodkorlar uchun.

7. «The Art of Creative Thinking» — Rod Judkins
• Nega o‘qish kerak?
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish va kundalik hayotda yangi imkoniyatlarni topish uchun ilhom beradi.
Kimga foydali: Har qanday sohada kreativ yondashuvga ega bo‘lishni istaganlar uchun.

8. «Made to Stick» — Chip Heath va Dan Heath
• Nega o‘qish kerak?
Yodda qoladigan va samarali g‘oyalarni yaratishni o‘rgatadi.
Kimga foydali: Marketing bo‘yicha ishlayotganlar va hikoya qilish ustida ishlayotganlar uchun.

9. «Thinkertoys» — Michael Michalko
• Nega o‘qish kerak?
Ijodiy fikrlash texnikalari va g‘oyalarni rivojlantirish uchun qulay vositalarni o‘rgatadi.
Kimga foydali: Yangi g‘oyalar yaratish bilan shug‘ullanuvchilar uchun.

10. «Rework» — Jason Fried va David Heinemeier Hansson
• Nega o‘qish kerak?
An’anaviy ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish va samaradorlikni oshirish uchun yangi yondashuvlarni taklif qiladi.
Kimga foydali: Tadbirkorlar va ijodiy loyihalar rahbarlari uchun.


Chatgpt tavsiyasi. 2025-yil uchun olib oʻqish kerak. Bularni katta ehtimol bilan oʻzbekcha tarjimasi boʻlmasligi mumkin lekin bu degani oʻqish kerak emas deganimas. Chatgptga yaxshilab iltimos qilsangiz kitobni tajrima qilib beradi)

Sherzod Quranboev

31 Dec, 19:59


2025 йилда бахт ва омад ҳамроҳ бўлсин 🤲🏼

Sherzod Quranboev

30 Dec, 13:40


1- yanvardan o‘zgarmoqchi bo’lganlar diqqatiga:

O‘zgarishni ertadan yoki bugundan ham boshlasa bo‘ladi.

Buning uchun Sezar belgilab bergan yil boshini kutish shart emas.

Baribir kutaman deganlar uchun eslatma:

Aynan kutuvchilarning o‘zgarishlari odatda yil oxirigacha ham yetib bormaydi.

Sherzod Quranboev

22 Dec, 14:42


Nostalgiya…

Sherzod Quranboev

22 Dec, 13:53


📌 2025-yilgacha yaxshi marketing mutaxassisi bo’lishga ulgurishingiz uchun TURTKI

Sherzod Quranboev

16 Dec, 22:16


#Кибр

Ибн Масъуд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қалбида зарра мисқолича кибр бўлган киши жаннатга кирмайди», дедилар.»

(📚 Имом Муслим ва ИмомТермизий ривояти).

Sherzod Quranboev

15 Dec, 21:19


📘[Uchadigan reels uchun qoidalar]

Reels tayyorlayotganda ushbu qoidalarga rioya qilishga harakat qiling.

Sherzod Quranboev

15 Dec, 15:15


2025…


Rejalar koʻp.

Sherzod Quranboev

14 Dec, 01:36


Shaxsiy brend strategiyasini shakllantirish uchun shablon.

Sherzod Quranboev

10 Dec, 18:57


2025-yil maqsadlaringizni yozish uchun shablon

Sherzod Quranboev

08 Dec, 17:55


21 yoshga to'lib shularni tushunib yetdim

1)Har doim aybni o'zingizdan qidiring, insonlarni o'zgartirishdan o'zingizni o'zgartirishingiz osonroq.

2)Hamma narsa manfaat ustiga quriladi. Siz bilan win=win qoidasi ishlamadimi bo'ldi siz qiziq emassiz.

3)O'zimni ko'ngil bo'shligim uchun ko'p pand yeganman."Yo'q"deyishim qiyin bo'lgan va shu narsani meni keyingi ishlarimga tasir qilgan

4)Pul oldi berdi qilish kerak shunda insonlarni asl yuzini ko'rasiz.

5)Insonlar bilan doim masofa ushlab gaplashish lozim ayniqsa u mijoz bo'lsa.

6)Foydasiz ishlar bilan mashg'ul bo'lish bu Alloh sizni o'zini huzurida ko'rishga arzimaydigan insonlar qatorida ekanligidan dalolat

7)Ota-ona abadiy emas ularni vaqtida qadriga yetish kerak.

8)Hozir hamma poygaga kirib ketgan xuddi siz kimdandir qolib ketayotgandek, aslida poygani haqiqiysi o'zingiz bilan bo'lishi kerak

9)E'tibor = Baxt

Bizga qancha ko'p e'tibor bo'lsa shuncha baxtli bo'lamiz deb o'ylimiz shu sababli o'zimizga ko'proq e'tibor qaratishga harakat qilamiz. Inson baxtni noto'g'ri narsalardan qidiradi.

10) Just do it qoidasiga doim rioya qilish kerak

Sherzod Quranboev

06 Dec, 21:22


#Muammo: KO'PCHILIK YANGI ISH BOSHLAGANLAR STRATEGIYA TUZISHDA QIYNALADI.

Agar siz ham shu ko‘pchilik safida bo‘lsangiz bu post siz uchun foydali.

Marketingda 4 ta ASOSIY strategiya bor.

1. Brend taniqliligi — Brendingizni bozorda kengroq auditoriyaga tanishtirish.
2. Lidgen — Potensial mijozlar bazasini yaratish.
3. Sotuv — Maxsus takliflar, chegirmalar va sotuv usullardan foydalangan holda mahsulot yoki xizmatni sotish.
4. Sodiqlik — Mijozlarni saqlab qolish va ularning qayta sotib olishlarini rag‘batlantirish.

Sherzod Quranboev

02 Dec, 17:57


Hurmatli Tadbirkorlar va Mutahasislar Bozor o'zgardi!

Hozir bozor juda tez o‘zgaryapti. Odamlar endi arzonroq, lekin sifatli va o‘zlariga moslashtirilgan mahsulot yoki xizmatlarni xohlashyapti. Ular internet orqali mahsulotlar haqida ma’lumot olib, o‘ziga eng foydalilarini tanlashga harakat qilishyapti. Shu sababli, brendlar kuchli raqobatga duch kelyapti, do‘konlarning foydasi kamaymoqda, va katta savdo markazlari kichik do‘konlarni siqib chiqaryapti. Odamlarni jalb qilish uchun sotuvchilar faqat mahsulot emas, balki qiziqarli tajriba ham taqdim etishga harakat qilishyapti.

Oddiy qilib aytganda, sotuvchi odamlarning xohishlarini tushunmasa, ular boshqasiga o‘tib ketishadi. Shuning uchun bozor tobora katta raqobat maydoniga aylanmoqda.

"Bozorda tizimsiz va aniq strategiyasiz yurar ekansiz bora bora cho'kib borasiz!"

Sherzod Quranboev

28 Nov, 15:32


Budjetsiz marketing
#2kun

90 kun

90 kun qoidasi
- bu sizning marketing jamoangiz 90 kun ichida qilishi kerak bo’lgan vazifalar ro’yhati.

Xuddi, Top-5 qoidasi singari “90 kun” qoidasida ham faqatgina qilinishi kerak bo’lgan eng muhim vazifalar bo’lishi kerak. Muhimlilik darajasini ko’p yoki tezroq foyda/daromad olib kelishiga qarab o’lchashingiz mumkin.

Vazifalar ideal holatda 30-40 tagacha bo’lishi kerak. Bundan ko’pi yana vazifani bajarilmay qolishiga olib keladi.

Vazifalarni katta bir guruhlarga bo’lsangiz bo’ladi. Masalan, “Mijoz olib kelish”, “Pr loyihalar”, “Mijozni ushlab qolish” va …. bo’yicha vazifalar ro’yhati. Jami 30-40 ta vazifa.

Har 3 oy so’ngida qaysi vazifalar bajarildi, qaysilari yo’q tekshiring. Bajarilmaganligiga nima sabab bo’lganini taxlil qiling va keyingi 90 kun uchun reja qiling.

Bu ro’yxatni qilishga 1 hafta vaqtingiz ketadi.


@sherzod_digital

Sherzod Quranboev

27 Nov, 11:35


Diqqat. Zamonaviy dunyodagi eng kerakli qobiliyat!

Sherzod Quranboev

26 Nov, 12:35


Budjetsiz marketing
#1kun

Top-5

Fikrlar tarqoq bo’ladi. Ularni tartibga solish uchun qog’ozga tushirish kerak. Bajarish uchun esa muhim ishlarni belgilab, ajratish kerak.

Top-5 qoidasi - bu 1 hafta mobaynida bajarishingiz kerak bo’lgan muhim ishlar ro’yhati. Aynan shu ishlar sizning 80% natijangizni keltirib chiqarishi kerak.

1hafta mobaynida bajarishingiz kerak bo’lgan ishlar 2 tadan 7tagacha bo’lishi kerak. 7 tadan ko’payib ketsa katta ehtimol bilan ishlar bajarilmay qoladi.

Qanday qo’llaymiz?

Tepada rasmlarda ko’rsatilganidek jadval tuzasiz. Ularni vazifalar, kim bajarishi, sanasi va izoh bo’limlariga bo’lib to’ldirib chiqasiz.

Vazifalar bajarilgan so’ng uni ustiga chizib qo’yasiz

Bu usulni nafaqat marketingda, boshqa bo’limlarda ham qo’llasa bo’ladi.

@sherzod_digital

Sherzod Quranboev

21 Nov, 18:37


#Insight

Yigit kishiga 40 xunar oz,
bu kambag'allarning shiyori.
Bir sohada eng zo'ri bo'l va boy bo'l qolgan 39 soha egasiga pulini berib qildir.


• @sherzod_digital

Sherzod Quranboev

21 Nov, 13:25


Sotish vs Marketing:

• Sotish — ichki yondashuv: Fabrikadan boshlanadi, mavjud mahsulotga e’tibor beradi va foydani ta’minlash uchun faol reklama va sotuvga tayanadi.

• Marketing — tashqi yondashuv: Yaxshi aniqlangan bozordan boshlanadi, mijoz ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi va mijozni xursand qilish orqali foyda keltiradi.

Bu konsepsiya marketingning xaridorga asoslanganligini va sotishdan farqli ravishda mijozlarning ehtiyojlarini birinchiga qo‘yishini ko‘rsatadi.

@sherzod_digital — Marketing, sotuv va boshqaruvdagi bilimlar!

Sherzod Quranboev

19 Nov, 19:55


Ovozli chat @sherzod_digital shu kanalda bo’ladi yopiq tarzda kanalga kirib so’rovnomada qatnashing ⚡️

Sherzod Quranboev

19 Nov, 19:53


Assalomu alaykum 👋 yaxshimisizlar-ee

Ko’p bo’libdi ovozli chat qilmaganimizga shu sabab ovozli chat qilmoqchiman qo’shiladiganlar bormi ?

Sherzod Quranboev

17 Nov, 17:42


Soft Skills: Muvaffaqiyatning Yashirin Qirralari

Texnik bilimlar (hard skills) albatta muhim, lekin soft skills ko’nikmalar – bugungi kunda muvaffaqiyat kalitidir. 🔑

Soft skills bu qanday ko’nikmalar hisoblanadi?

Muloqot qilish 🗣: Boshqalar bilan samarali suhbat qurish va aniq fikr bildirish.
Jamoada ishlash 👥: Jamoa ichida muammolarni birgalikda hal qilish va hamkorlikda ishlash.
Vaqtni boshqarish : Vaqtni to’g’ri rejalashtirish va samarali ishlash.

Nima uchun soft skills muhim?
💼 Ish joyida qanchalik professional bo’lsangiz ham, yaxshi muloqot va jamoaviy hamkorliksiz yutuqlarga erishish qiyin bo’ladi.

🤝 Yaxshi soft skills sizga kuchli jamoa a’zosi bo’lish va boshqalar bilan samarali ishlash imkonini beradi.

Sizning eng kuchli soft skill’ingiz qaysi? 🤔

Yoki rivojlantirishni xohlaydigan sohangiz bormi?

Izohlarda orqali bo’lishing! 😊

Sherzod Quranboev

11 Nov, 18:10


Boshqalarni hayotiga burningizni suqmasdan, o’z hayotingizda ham yashab ko’ring. Balkim qiziqarlidir. 😁

Sherzod Quranboev

06 Nov, 19:57


Ё Раб, агар мен яхши кўрган иш содир бўлмаса, содир бўлган ишни менга маҳбуб қил!

Sherzod Quranboev

04 Nov, 22:20


Siz uchun kerakli bo’ladigan postlar #top

80/20 qoidasi

Nega bizdan sotib olishmayapti

Nisbiy formulalar

Yangi loyiha olganda A nuqtani aniqlash

Ilon Maskdan 8 ta maslahat

Sherzod Quranboev

25 Oct, 15:06


Oltin qoida

Marketingning oltin qoidalaridan biri - xato qilish, hech narsa qilmaslikdan afzal.

Doimo har xil fikr, g’oyalarni amalda sinab ko’rish kerak. Nima bo’larkin, qanday bo’larkin deb o’ylab o’tirmasdan.

@sherzod_digital

Sherzod Quranboev

22 Oct, 20:21


O'zbekistonda Telegram statistikalari

Sherzod Quranboev

21 Oct, 20:51


Uyidagilarga katta va’dalar berib SMM/marketing/mentorship’larda falon pulga o’qigan o’quvchilar kursi tugaganidan keyin:

@sherzod_digital

Sherzod Quranboev

21 Oct, 15:21


Marketing sohasidagilar uchun⚡️

Sherzod Quranboev

21 Oct, 15:21


⚡️Yangi loyiha olganingizda ishni A nuqtani aniqlashdan boshlang

1. Hozirgi oylik daromadi
2. Oylik xarajatlari
3. Mijozlar soni
4. O'tgan oyda qo'shilgan yangi mijozlar soni
5. O'rtacha savdo hajmi
6. O'tgan oydagi reklama xarajatlari
7. Xodimlar soni
8. Bozorda egallagan ulushi (% da)
9. So'nggi oylik foyda marjasi
10. Mavjud kredit va qarzlar summasi
11. O'tgan oyda sotilgan mahsulot miqdori
12. Ombordagi qoldiq mahsulotlar soni

@sherzod_digital

Sherzod Quranboev

21 Oct, 15:15


Insonga sun’iy intellektni tushunish uchun ham, avvalo tabiiy intellekt kerak..

Sherzod Quranboev

15 Oct, 20:22


“Suvsiz daryoda tegirmon aylanmas, muammosiz insonda rivojlanish bo’lmas”.

Sherzod Quranboev

13 Oct, 11:38


Qanday javob qaytarish haqida o’ylamang, balki nega sizdan bu savolni so’rashgani haqida o’ylang.

Sababni tushunganingizda javob o’zi keladi

- Maksim Gorkiy

Sherzod Quranboev

12 Oct, 00:11


Qanday javob qaytarish haqida o’ylamang, balki nega sizdan bu savolni so’rashgani haqida o’ylang.

Sababni tushunganingizda javob o’zi keladi

- Maksim Gorkiy

Sherzod Quranboev

10 Oct, 16:08


#Foydalimaslahat

Sokrat qoidasi

Agar mijoz 3 marotaba HA javobini bersa, 4 marta ham HA deyish imkoniyati 90% ni tashkil qiladi

Sizdan faqat 3 ta positive va mavzuga oid savollar talab etiladi holos ;)

Sherzod Quranboev

09 Oct, 20:17


харакат килса албатта максадига еришади

Sherzod Quranboev

07 Oct, 21:22


Orzularing o'zingnikimi?

Ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib ketganidan keyin hamma boshqalardan motivatsiya oladigan bo'lib, kimlargadir havas qilishni boshladik.

Shunaqa daraja keldikki, o'zimiz orzu qilgan narsamizga erishganimizda ham yana, yana, yana deydigan bo'lib qoldik.

Chunki, instagramda biz kuzatadigan odamda yoshi biz qatori yoki bizdan ham kichkina bo'ladi odatda, Toshkentdan uyi, $50K lik moshinasi, nechtadir ishni qoyillatib qo'ygani haqida gapiradi.

Uni ko'rib, man hali hech narsa qilmadim degan fikr keladi.

Sani hozirgi holating uje kimdir uchun B nuqta bo'lishi mumkin. Lekin, bu sanga ko'rinmidi.

San bo'lsa, 1 yil oldinam nima qilishingni bilmay, yo'lini topolmay yurganingni eslamay, hozirgi holatingga yetkazganiga shukr qilish o'rniga, noshukrlikni oliy cho'qqisiga qarab intilyapsan.

Hammasiga erishasan, faqat o'zingni orzularingga!

Orzularingni boshqalardan ko'chirma.

Natijaga ko'z tikma. Yorni orqasidan qancha quvsang, shuncha o'zini olib qochadi.

Dunyo hayoti ham shunga o'xshaydi. Qancha ko'z tiksang, shuncha quvsang sandan qochadi.

Asosiysi qattiq mehnat qil va shukr qil.

Bas, Robbingning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursan?

Sherzod Quranboev

07 Oct, 20:54


- Inson hech qachon birovga ishonch bildirib yutqazmaydi yoki bir umrlik do'st topadi yoki bir umrlik dars..!

Sherzod Quranboev

07 Oct, 20:53


- Katta bo’lganing sari xayot o'yin kulgu uchun emasligini tushunaverarkansan..!

Sherzod Quranboev

06 Oct, 21:28


Sinov siz xohlagan va siz kutgan vaqtda emas, o’z vaqtida tugaydi

Bu davrda sizda 2 yo’l bor:

1. Faryod qilasiz - stressga va noshukurlikka olib boradi

2. Shunchaki ko’nasiz - xotirjamlik va ajrga olib boradi

Sherzod Quranboev

05 Oct, 09:31


СОТУВ БИЛАН ШУҒУЛЛАНАËТГАН ОДАМНИНГ ПУЛИ КЎП БЎЛАДИ!

Биз қанчалик кучли мутаҳасисс бўлишимиздан қатъий назар агар биз сотув билан шуғулланмасак...

Бизда пул бўлмайди ёки жуда кам миқдорда бўлади.

Хитойлик "каттаконлар" айтганидек. Сотишни билмаган одам оч қолади. Шу жумладан ҳар бир тадбиркор сотувни зўр билишга мажбур.