Oʻzbekiston taʼlimi @kelajak_avlod_va_biz Channel on Telegram

Oʻzbekiston taʼlimi

@kelajak_avlod_va_biz


Oʻzbekiston taʼlimi telegram kanali
"Oʻrganish 24 uz"
internet nashri qoshida ochilgan boʻlib, bevosita tahririyatga boʻysunadi.

GUVOHNOMA
N 064227

Adminga murojaat
👇👇👇
@Xaloskor7777

Yuristga murojaat 👇👇👇
@Bexzod_Tojimamatov

Oʻzbekiston taʼlimi (Uzbek)

Oʻzbekiston taʼlimi telegram kanali "Oʻrganish 24 uz" internet nashri qoshida ochilgan boʻlib, bevosita tahririyatga boʻysunadi. Kanalda Oʻzbekiston taʼlim tizimida yangiliklar, maqolalar, va darslar joylashtiriladi. Bu kanal orqali oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishlari mumkin. Kanalga aʼzo boʻlib, yangiliklardan xabardor boʻlib qolish imkoniyatiga ega boʻlishingiz mumkin. nn"Oʻzbekiston taʼlimi" kanalining adminga murojaat uchun @Xaloskor7777, yuristga murojaat uchun @Bexzod_Tojimamatov. Sizga taʼlim bilan bogʻliq muhim masalalar boʻyicha savollaringizni berishingiz va yordam soʻray olishingiz mumkin. Kanalda koʻp qiziqarli, maʼlumotli va foydali kontentlar mavjud. Siz hamning eʼtilayotgan taʼlimning qismi boʻla olasiz!

Oʻzbekiston taʼlimi

17 Feb, 12:34


Ассалому алайкум, хурматли кузатувчилар.

"Oʻzbekiston taʼlimi" акаунтимиз блокланганлиги сабабли, фаолиятимизни энди ушбу телиграм каналда давом этирамиз. Таълимга оид танқидий ва таҳлилий мақолаларни, янгиликларни янги каналимизда кузатиб боринг.

Янги канал манзили
👇👇👇
https://t.me/Yurtning_buyukligi_ilm_bilan

Oʻzbekiston taʼlimi

17 Feb, 08:17


#Rahbarlar_maktablarda

ANDIJON VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻI ANDIJON SHAHRIDAGI 37-UMUMTA'LIM MAKTABIDA BOʻLIB, ERTALABKI SAFLANISH TADBIRIDA ISHTIROK ETDI.

(Ta'lim tizimi rahbarlari ertalabki saflanish tadbirlarida ishtirok etib, Davlat Madhiyasini oʻquvchi-yoshlar bilan birgalikda ijro etishmoqda)

Telegram | Facebook | Web sayt

Oʻzbekiston taʼlimi

17 Feb, 03:07


Ой номларининг ўзбекча айтилиши.

Обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

16 Feb, 17:46


МУАЛЛИМ

Шоирга дедилар: - Сиз бахтли Инсон,
Халқингиз ардоқлар, ҳамма танийди.
Шоир жавоб қилди: - Менда бир армон:
Муаллим десалар мени қанийди!

©Абдулла Орипов

Обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

16 Feb, 17:33


Бу таълимдаги кадрларни қисқартиршларга қараб туриб, охири тизим ҳокимликларга ўтиб кетмасада деб, ўйлаб қоламиз.

Ўзи баъзи ҳокимлар ишдан олиш ва ишга қўйишни бошлаб юборибди.

https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

16 Feb, 06:45


Ҳокими, бўлим мудири ва боғча мудирасига шу гўштни егизиб ойлигидан ушлаб қолиш керак.
Таъминотчисига эса, жиноий иш очиш керак.

https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

16 Feb, 06:42


ПЕШКЎДА БОҒЧАЛАРГА ҚАРИ СИГИР ГЎШТИ ТАРҚАТИЛМОҚДА

"Бухоро вилояти Пешкў тумани мактабгача ва мактаб таълим бўлимида ишлайман.

Бўлимга ёш болани раҳбар қилиб тайинлаб қўйишди.

Боғчаларга ўзига таниш корхона оркали сифатсиз ва арзон гўштни қаерлардандир топиб келиб бериб "соққа" ишламоқда.

Назорат органлари! Келиб, боғчаларга тарқатилган гўштлар сифатини кўринг! Ҳамаси қариган сигир гўшти."

Eltuz


Обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

16 Feb, 05:54


⚡️⚡️⚡️Диққат, "Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимида қисқартириш бўлади

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 12 февралдаги 38-сонли буйруғи билан 2024 йил 13 февралдан бошлаб:

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги Қорақалпоғистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, Тошкент шаҳар ҳамда вилоятлар мактабгача ва мактаб таълими бошқармаларидан жами 16 та штат бирликлари 2024 йил 13 февралдан қисқартирилади.

Обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

15 Feb, 17:52


BAG‘DODLIK O‘QUVCHI MUDDATIDAN AVVAL 7 TA OLIYGOHGA O‘QISHGA QABUL QILINDI

Bag‘dod tumanidagi 3-IDUMI 11-sinf o‘quvchisi Javohir Numanov muddatidan avval 7 ta Xalqaro miqyosdagi universitetlarning talabasi bo‘ldi.

Jumladan, iqtidorli o‘quvchiga  Kolorado shtati universiteti 56000 AQSh dollari, Arizona universiteti 13000 AQSh dollari, Missouri universiteti 24000 AQSh dollari, Kent shtati universiteti 27000 AQSh dollari, Massachusets universiteti 34000 AQSh dollari,  Aberystwytch universiteti 24000 AQSh dollari, Toshkent Meteopoliten universiteti 5 000 000 so'm  miqdordagi grantlarni yutgani va talabalar safidan joy olganini ma’lum qilishgan.

Biz Javohirni va uning ustozlarini bunday  muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.

Obuna boʻling 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

15 Feb, 17:50


"Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" VMQ-91 qabul qilindi.

Obuna boʻling 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

15 Feb, 16:18


Кундалик.кўм
Ўтган йили шаҳарлик ҳамкасбим электрон кундалик машаққатлари ҳақида айтганида ишонмагандим. “Интернетга кирасан, ёзасан, баҳолайсан, олам гулистонда. Тем более шаҳарда яшасанг”- деган эдим.
Бу йил бизнинг мактабимиз туманда биринчи бўлиб kundalik.com га аъзо бўлди.
Бай баёв. Мен айтмай, Сиз эшитманг ҳамқишлоқ. Кундалик.кўм га кираман. 8 – А синфга энди мавзу ёзганимда интернет йўқолиб қолади. Интернетни топиб баҳо қўяман деганимда свет ўчади. Қисқаси, якшанба куни шаҳарлик жиянимга логин паролимни бериб, мени номимдан бир ойлик мавзуни ёзиб, ўқувчиларни баҳолаб қўйишни сўрадим. Жиян қойиллатиб қўйди. Душанба куни қаддимни ғоз тутиб мактабга кириб бордим. Ишни дўндириш мана бунақа бўлади. Мақтов эшитишга тайёр холда директор хонасига кириб бордим. Директорнинг қовоғидан қор ёғаяпти. Энди оғзимни очаман деганимни биламан, қўлини пахса қилиб, дўқ уришни бошлади: Сизга ишониб хато қилган эканман. Кечаси катталардан эшитадиганимни эшитдим.
- Ахир мен кундалик.кўмга ёзганман...
- Э, Сизнинг ёзганингизни нима қиламан? Синфингиздаги ўқувчилар, ота-оналар умуман киришмабдику. Мен билмайман. 1 соат муддат. Ўзингиз кундалик.кўмга ота-оналар ва ўқувчилар номидан рўйхатдан ўтасиз ва кўрсаткични 100 фоиз бажарасиз. Гап тамом!
P.S. Илтимос. Дарсим бор. Дарсга кирай...
Ахир мен статист эмас муаллимман!!!

Қишлоқлик ўқитувчи

Обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

15 Feb, 15:50


Наманганда лицензияси бекор қилинган хусусий университетининг талабалари диққатига!

Сизни айни пайтдаги безовта қилиб турган муаммонгизга ОТМ Вазирлиги ва Вазир Конгратбай Шарипов шундай ечимни таклиф қилаяпти:

1) Ўзбекистоннинг барча Давлат университетларига киришингиз учун сизларга йўлланма бериш

2) Ўзбекистонда қонуний фаолият олиб бораётган хусусий барча университетларга йўлланма бериш

3) Шунингдек, Наманганда жойлашган ЁДЖУ техника университети ҳозирги университетингизни контракт нархларидан қиммат бўлмаган контракт нархларида сизларни университетга қабул қилиши мумкин. ЁДЖУнинг ректори 6-7 минг нафар талабани қабул қилиш имкониятлари борлигини ҳам сизлар билан бўлган учрашувда билдириб ўтган.

П.С: Менимча Вазир жанобларидан сизларга катта имконият берилган, буни қадрига етиш керак.

К.Дусов

Oʻzbekiston taʼlimi

15 Feb, 14:40


Maktab rahbariyati oʼqituvchini tekshirishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Аssalom aleykum! Maktab rahbariyati yoki tahlil guruhi oʼqituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

YURIST JАVOBI:

Taʼlim toʼgʼrisidagi qonunda maktab rahbariyatining bunday harakatlariga cheklov oʼrnatilmagan.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrugʼi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan direktorning oʼquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʼquvchilarning fanlarni oʼzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini koʼrish lavozim majburiyati belgilangan.

Oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosarining maktabda taʼlim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, oʼqituvchilarning ilgʼor tajribalarini oʼrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish majburiyati belgilgan.

Maʼnaviy-maʼnaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyishda ishtirok etish, yuqori malakali oʼqituvchilarning ilgʼor pedagogik tajribasini oʼrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish kabilar mavjud.

Shuningdek, psixologning oʼquvchilar rivojlanishiga toʼsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʼrinishdagi psixologik yordam berish, turli yoʼnalish va maqsadlarda psixologik tashxis oʼtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʼtkazish kabi majburiyati belgilangan.

Shunday ekan, rahbariyat sinflarda tekshiruv oʼtkazishi mumkin.

Biroq bu jarayon taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʼgʼri va xolis baholashiga taʼsir koʼrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilishga olib kelsa, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 197-5-moddasiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʼn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Bunday holat kuzatilganda, tuman IIBga murojaat qilish kerak.

Obuna boʻling 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

15 Feb, 14:34


Pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar

Birinchi marta kasbiy sertifikat olish boʻyicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi. Qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

Kasbiy sertifikat olganidan soʻng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan koʻp yil davomida uzilishlar boʻlgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozim.

Davlat maktablarida oʻrindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan talabgor oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan taʼlim tashkilotidan kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etiladi.

Talabgorning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoxud ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa yoki diplomida koʻrsatilmagan oʻquv fanlaridan dars berish huquqiga ega boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida kasbiy sertifikat olishi lozim.

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

magistr darajasiga ega mutaxassislar.

Nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, nazorat sinovi uchun jami 100 ball beriladi.

Nazorat sinovi kompyuterda (onlayn platforma) viloyat markazlaridagi katta sigʻimli binolarda oʻtkaziladi.

Obuna boʻling 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

14 Feb, 17:06


Ижтимоий тармоқларда, давлатимизнинг бош маҳалла раиси Қаҳрамон Қуронбоевнинг аудиохабари тарқалди.

Аудиода берилган топшириққа кўра, энди маҳалла идорасида 7:00 да мадҳия куйланади ва шундан кейин, маҳалла раиси 7:45 да ўз ҳудудидаги мактабда бўлиши керак. Маҳалла раиси ўқувчилар давоматини текшириб, жойига бориб бунинг сабабларини ўрганиши ва соат 21:00 да Қаҳрамон Қуронбоевнинг шахсан ўзи ўтказадиган видеоселектор йиғилишида бу бўйича ҳисобот топшириши лозим.

Обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

14 Feb, 16:20


Боласи репетиторга бориб мактабга бормай юрган ота-оналарга қонунда чора кўриладими?

Обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/Kelajak_avlod_va_biz

Oʻzbekiston taʼlimi

14 Feb, 07:47


TAYINLOV

Xadiyatullayev Kaxramon Adxamovich Quva tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga vastincha tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Xadiyatyllayev Kaxramon Adxamovich Quva tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlovdan o‘tgunga qadar bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Xadiyatullayev Kaxramon Adxamovich bugungi kunga qadar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik xizmat sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Fursatdan foydalanib, Xadiyatullayev Kaxramon Adxamovich ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.