Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i B.A.Radjabov boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Germaniya Federativ Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Gyote-instituti tomonidan tashkil etilgan mazkur safar davomida delegatsiya vakillari Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan Gyote-instituti, Flensburg shahridagi kasb-hunar maktabi, shuningdek, o‘quvchilar amaliyot o‘tashi belgilangan mehmonxonalarda bo‘lishdi.
Ushbu xizmat safari davomida texnikum o‘quvchilarining Germaniyada malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi uchun zarur sharoitlar o‘rganildi.
Bundan tashqari, Germaniyaning Flensburg shahridagi Savdo-sanoat palatasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralarda texnikum o‘quvchilarining amaliyot dasturlari, ularning malakasini oshirish imkoniyatlari va ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Gyote-instituti hamda Flensburg Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida texnikum o‘quvchilarining Germaniyada amaliyot o‘tishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuv O‘zbekiston yoshlari uchun xalqaro tajriba orttirish, malaka oshirish va kasbiy mahoratlarini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari: