Professional ta'limda moliya @professionalmoliya Channel on Telegram

Professional ta'limda moliya

@professionalmoliya


Академик лицейлар ва профессионал таълим муассасалари учун услубий қўлланмалар, янги қонун ҳужжатлари, ҳуқуқий ислоҳотлар ҳақида тезкор маълумотлар тақдим этувчи канал

Саволлар, мутахассис маслаҳати учун:
Нозим Ибрагимов
@nozimibragimov

Professional ta'limda moliya (Uzbek)

Salom, hurmatli ta'lim muhitini yanada rivojlantirish maqsadida sizga yangi kanalimiz haqida ma'lumot beramiz. Kanalimizning nomi 'Professional ta'limda moliya' va foydalanuvchi nomi @professionalmoliya. Bu kanal akademik litseylar va professional ta'lim muassasalariga oid uslubiy qo'llanmalar, yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tez-kor ma'lumotlar taqdim etadi. Kanalimizda siz o'zingizga qiziq bo'lgan savollar bo'yicha mutaxassis maslahat olishingiz mumkin. Agar sizda savol yoki taklif bo'lsa, iltimos, kanalda ma'lumotlar kategoriyasiga kirib, @nozimibragimov bilan bog'laning. Eng so'nggi huquqiy yangiliklar, moliya va investitsiyalar sohasidagi yangiliklar va boshqa birinchi qo'llab-quvvatlovchilar sizga bu kanal orqali tez va aniq yetkaziladi. Sizni kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz! Rahmat!

Professional ta'limda moliya

15 Nov, 12:10


O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlarini tasdiqlash tо‘g‘risida" Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirining qarori qabul qilindi.


Ma'lumot va ishda foydalanish uchun.

Professional ta'limda moliya

29 Oct, 11:59


2024-yil 1-oktabrdan Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va boshqa xodimlarining bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorlari.
(soatbay to'lov 2 ga ajratilgan)

Ma'lumot va amaliyotda qo'llash uchun.

Professional ta'limda moliya

29 Oct, 11:59


Oʻrta maxsus ta’lim va professional taʼlim tashkilotlari pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini 2024-yil 1-oktabrdan oshirish toʻgʻrisidagi qaror

Professional ta'limda moliya

05 Jul, 11:42


#Сўраган эдингиз

Маълумки, Адлия вазирлигидан 2024 йил 1-июлда 3119-3-сон билан рўйхатдан ўтган қарорга мувофиқ, АЛ ва ПТМнинг Намунавий штатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилиб, бир қатор лавозимлар қисқартирилди.
Штат бирликларини қисқартириш ҳамда ходимлар билан меҳнат шартномасини бекор қилишда қуйидаги тавсиялардан фойдаланишингиз мумкин.

1️⃣ Ташкилотнинг йил бошида тасдиқланган штатлар жадвалига тегишли ўзгартиришлар киритилади.
2️⃣ Ўзгартиришлар киритиш бўйича 15-илова юқори турувчи (молиялаштирувчи) томонидан тасдиқланган кундан лавозимлари қисқараётган ходимларга - 2 ойдан сўнг у билан меҳнат шартномаси бекор қилиниши тўғрисида огоҳлантириш хати берилади.
3️⃣ Огохлантириш муддатининг охирги куни меҳнат шартномасини бекор қилиш куни ҳисобланади ва шу куни иш берувчининг ташаббуси билан буйруқ расмийлаштирилади.
5️⃣ Меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходим билан ҳисоб-китоб қилинади (Тўлиқ тушинтириш юқоридаги файлда)

Тавсия шаклида тақдим этилмоқда

Professional ta'limda moliya

04 Jul, 10:03


"Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish kiritildi

Unga ko'ra, direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari , yoshlar yetakchisi, hamshira va laborant lavozimlari tugatildi

Kanalga a'zo bo'lish uchun

Professional ta'limda moliya

19 Jun, 10:21


⚡️⚡️2025-yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimi sifati va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

Professional ta'limda moliya

27 May, 07:58


Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga
jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

Professional ta'limda moliya

07 Feb, 05:31


2023-yil 1-dekabrdan Oʻrta maxsus ta’lim va professional taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorlari.

Ma'lumot va amaliyotda qo'llash uchun.

Professional ta'limda moliya

05 Feb, 10:21


Oʻrta maxsus ta’lim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini 2023-yil 1-dekabrdan o‘zgartirish toʻgʻrisidagi qarori

Professional ta'limda moliya

01 Feb, 14:56


⚡️“Педагогнинг мақоми тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг тўлиқ матни

Professional ta'limda moliya

14 Sep, 15:33


#muhim_yangilik

C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Professional ta'limda moliya

16 May, 04:00


Амалиётда қўллаш учун (соддалаштирилган):

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 28 мартдаги ПФ-45-сонли “Иш ҳақи, пенциялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида” Фармони ҳамда
2023 йил 28 февралдаги ПФ-27-сонли “2022-2026-йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида” Фармонининг 8-банд е) кичик бандига мувофиқ Академик лицейлар ва Профессионал таълим муассасаларининг педагог ва раҳбар ходимлари 2023 йил 1 майдан меҳнатга ҳақ тўлашнинг базавий тариф ставкалари миқдорлари тўғрисида қўлланма.

Айрим ходимларнинг тенглаштирилган лавозим маошлари мана бу ерда асослантирилган.

https://t.me/professionalmoliya

Professional ta'limda moliya

12 May, 15:27


Амалиётда қўллаш учун:

2023 йил 1 майдан Академик лицейлар ва хамда 1 апрель ва 1 майдан Профессионал таълим муассасаларининг лавозим маошлари

Professional ta'limda moliya

01 Apr, 07:37


Бугун 2023 йил 1 апрелдан бошлаб:

Профессионал таълим муассасаси педагогларининг базавий тариф ставкалари оширилади.

яъни Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 28 февралдаги ПФ-27-сон Фармонига мувофиқ:

- профессионал таълим муассасаси педагогларининг базавий тариф ставкалари мос равишда умумий ўрта таълим муассасаси педагогларининг базавий тариф ставкаларига;

- профессионал таълим муассасаси биринчи ва иккинчи малака тоифасига эга бўлган, малака тоифасига эга бўлмаган олий маълумотли ҳамда олий маълумотга эга бўлмаган ишлаб чиқариш таълими усталарининг базавий тариф ставкалари тегишинча умумий ўрта таълим муассасаси биринчи ва иккинчи малака тоифали ўқитувчиси, олий маълумотли ўқитувчиси ҳамда ўрта махсус маълумотли ўқитувчисининг базавий тариф ставкаларига тенглаштирилади.

Шунингдек,

2023 йилда Ўзбекистонда иш ҳақи, пенсия ва нафақаларни яна бир бор ошириш режалаштирилган.
Биринчи ўсиш доирасида 1 апрелдан пенсия ва нафақалар ўртача 7 фоизга, 1 майдан эса бюджет соҳаси ходимларининг иш ҳақи ошади.

Иккинчи ўсиш 1 сентябрдан режалаштирилган — давлат сектори ходимларининг иш ҳақи, пенсия ва нафақалар яна 10 фоизга ошиши керак.

2023 йилда иш ҳақи ва пенсияларнинг икки баравар ошиши ҳисобига умумий ўсиш ўртача 17,7 фоизни ташкил этади. Натижада, иш ҳақини индексация қилиш прогноз қилинган инфляция даражасидан (10% доирасида) юқори бўлади

Professional ta'limda moliya

29 Oct, 08:26


❗️ Меҳнат кодексининг янги таҳрири

«Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексини тасдиқлаш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (28.10.2022 й. 798-сонли)

Кўпчилик меҳнат жамоаси томонидан кутилаётган янги таҳрирдаги меҳнат кодекси қабул қилинди. Янги меҳнат кодексида қандай янгиликлар бор, қандай янги ўзгаришлар кутилмоқда буларнинг барчасини каналимиз орқали бирма-бир таҳлил қилиб боришга ҳаракат қиламиз.

Эслатиб ўтамиз янги таҳрирдаги меҳнат кодекси 2023 йил апрел ойидан бошлаб кучга киради.

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг

👉
@yuristlar_maslahati 👈

Professional ta'limda moliya

15 Oct, 14:01


https://t.me/professionalmoliya/238

1,770

subscribers

109

photos

15

videos