Hikmatlar Xazinasi 🍃 @hikmatlar Channel on Telegram

Hikmatlar Xazinasi 🍃

@hikmatlar


Abdulloh ibn Muborak dedi:
- Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol...

Admin bilan bog‘lanish uchun:
@HikmatlarXazinasi_bot

Hikmatlar Xazinasi 🍃 (Uzbek)

Hikmatlar Xazinasi 🍃 kanali – bu sizning ruh va fikrlaringizni to‘ldiruvchi, zavq va ilhamni olib keladigan joy. Kanalimizda Abdulloh ibn Muborak va boshqa zamon shoirlarining hikmatli so‘zlari, darslar, nasihatlar va fikrlarini topishingiz mumkin.

Hikmatlar Xazinasi 🍃 kanali bilan, o‘zingiz uchun zarur, foydali va ma'noli savollarga javob topishingiz mumkin. Bu kanal orqali, o‘zingizni yanada ostonlash, hayotda muvaffaqiyatga erishish va ruhni yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Agar sizga ilham va fikrlar kerak bo‘lsa, shuningdek hikmat va nasihatlardan zavqd alishni istasangiz, Hikmatlar Xazinasi 🍃 kanaliga obuna bo‘ling! Admin bilan bog‘lanish uchun @HikmatlarXazinasi_bot ga murojaat qilishingiz mumkin. Sizni ham o‘z fikrlaringizni biz bilan ulashtirishni kutib qolamiz.

Hikmatlar Xazinasi 🍃

19 Feb, 16:45


#ТАФАККУР

Бир кишидан сўрашди:
— Нега бирор бир кишининг хатосини муҳокама қилмайсан, гапирмайсан ҳам?
У жавоб берди:
Мен ўзимдан рози эмасману бошқалар билан қанчалик ишим бўлсин?!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга

Hikmatlar Xazinasi 🍃

18 Feb, 02:12


Hazrati Yusuf alayhis salom barcha eshiklarni yopiqligini bilar edi. Shunga qaramay eshiklar tamon chopdi.
Chunki Alloh taolo u yopiq eshiklarni unga ochishiga ishonar edi.
Agar senga ham barcha eshiklar yopilsa chopishda davom et.
Chunki sening va Hazrati Yusuf alayhis salomning Robbi aynidir.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

17 Feb, 17:16


Oʻzini baxtsiz hisoblashni istagan kishiga bu yoʻlda hech narsa qarshilik qilolmaydi.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

16 Feb, 01:16


Тонг ухлаб ётганларни кутиб турмайди.

🌾 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

15 Feb, 08:05


Abbosiylar zamonida Adham ibn Asqalah degan juda mashhur oʻgʻri boʻlgan ekan. U oʻlganda oʻzining shogirdlariga quyidagi vasiyatini yozib qoldiribdi:
“Soʻzlarimga amal qillaring!
Yolgʻiz ayolni, oʻzingni qoʻshningni, oliyjanob kishi va kambagʻalni tunamalaring.
Agar bir uyga oʻgʻirlikka tushsalaring, uyni ship-shiydon qilmalaring, molning yarmini ollaring. Qolgan yarmi uy egalari yashashlari uchun qolsin. Aslo pastkashlardan boʻlmalaring!
Senlarning ustozing Ibn Asqalah”.

Ey Ibn Asqalah Alloh seni kechirsin. Sendan keying oʻgʻrilar senga va oʻgitlaringa xiyonat qildilar.

Oʻtmishdagi oʻgʻrilarda oz-moz boʻlsada xayrli qonun-qoidalar mavjud ekan-a!?


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

14 Feb, 06:29


ОТА-ОНАГА ЯХШИЛИК ҚИЛИШ.

Ҳаёт ибн Шурайҳ раҳимаҳуллоҳ инсонларга дарс бераётган эди. Бирдан онаси бақириб қолди:
- Тур эй Ҳаёт! Товуқларга арпа бер..
Ҳаёт дарҳол туриб шогирдларини тарк қилиб товуқларга арпа берди.

Катта олим бўлсанг ҳам ота-она учун фарзандлигингча қолаверасан!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли

Hikmatlar Xazinasi 🍃

14 Feb, 05:05


Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan "Ehson nima?" Deb so'rashganda "Ehson - Allohni ko'rib turgandek, sen Uni ko'ra olmasang ham, U seni doim ko'rib turganini his qilib ibodat qilishingdir", deganlar..

Bugun juma, ehsonni mukofoti ehsondir..

🌾
@hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

14 Feb, 02:19


#Жума

Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», - дейилган.

Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!

🌾 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

13 Feb, 03:01


Киши аёлни севиши бу фитратдир лекин, уни ҳимоя қилиб, авайлаб ва бегона эркакларнинг назаридан сақлашлиги бу ҳақиқий эркакликдир.

🍃 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

09 Feb, 04:11


Астағфируллаҳа роббии мин кулли занби ва атуубу илайҳи.
(Маъноси: Роббимдан барча гуноҳларим учун кечирим сўрайман ва Унга тавба қиламан).

🍃 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

08 Feb, 03:23


Суфён Саврий роҳимаҳуллоҳ айтдилар:

Яхши амалларни бажаришга шошилгин, шунда Аллоҳ сен билан гуноҳ-маъсият ўртасини тўсиб қўяди.

🍃 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

07 Feb, 04:04


Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳ. Бугун Жума. Оилангизга гул ва ширинликлар совға қилинг.

🌾 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

06 Feb, 02:24


Суфён Саврий роҳимаҳуллоҳ айтдилар:

Динингга тааллуқли ишларда Аллоҳдан қўрқадиганлар, тақводорлар билан маслаҳатлашиб, кенгашгин.

🍃 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

05 Feb, 18:32


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

05 Feb, 03:22


Ўзим улардан бўлмасамда, солиҳларни севаман!.🌹

Айман Ёғий

🍃 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

04 Feb, 05:14


Ramazon...

🍃 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

24 Jan, 18:37


6 нарса 6 нарсани ейди:

1. Ёлғон - ризқни
2. Тавба - гуноҳни
3. Садақа- балони
4. Ғам - инсонни
5. Шароб-савобни
6. Зино - умрни

Хиёнат эса бахтни ейди...

🌾
@Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли

Hikmatlar Xazinasi 🍃

24 Jan, 06:59


Jam’iki gunohlaringni samimiy tavba qilib yig‘laganingda ko‘zingdan oqqan bir tomchi yosh bilan o‘chirishga Qodirdir Alloh.
Shayton nega yig‘lamaydi?
Chunki uning ko‘z yoshlarini kibrining olovi quritgan. O‘sha uchun shaytonda ko‘z yoshi yo‘q.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

24 Jan, 02:27


#Жума

Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», - дейилган.

Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!

🌾 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

23 Jan, 15:28


Mujodala...

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

21 Jan, 04:24


Chiroyingiz o’zingizga havola, bizga iffatingizni ko’rsating…

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

20 Jan, 03:40


Аллоҳ хикмати билан бир эшикни ёпса, рахмати билан бошқасини очади.

Саъдий Шерозий

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

19 Jan, 18:59


Vaqtni zoe qilish o'limdan ham yomonroqdir, Chunki vaqtni zoe qilish Allohdan, ohiratdan, dunyodan uzib qo'yadi, o'lim esa faqat dunyodan...

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

19 Jan, 18:56


#тўй #исроф #орзу_ҳавас #ижтимоий_эҳтиёж #ижтимоий_ғоя

Халқимиз тўйларга ҳаддан ташқари кўп ресурс сарфлаши ҳақида юз йил олдин ҳам жон куйдириб жадидлар ёзишар эди. Энг забардаст ёзувчилар ҳам тўхтамай ёзишди. Ҳатто бунга қарши давлат дастурлари, жазо чоралари ишлаб чиқилиб, расман курашиб ҳам кўрилди. Ҳозир ҳам зиёлилар қайта-қайта танқид қилиб ёзишаяпти. (Медиада ва шартли "Оталар сўзи"да бу мавзу кўтарилавериб, тутаб кетди.)

Модомики, шунча уриниш ва танқидлардан кейин ҳам бу феномен мустаҳкам сақланиб қолаётган экан, хулоса битта.

Данғиллама тўй қилишнинг, ўн йил азоб билан, мисқоллаб йиғилган пулларга бир соатлик артист чақириб, йўқ қилишнинг, ўз ИЖТИМОИЙ ФУНКЦИЯСИ бор. (тўйдан кейинги исроф маросимларнинг ҳам)

Бунинг ўрнига, ўша функцияни бажара оладиган, ишончли муқобил нарса таклиф берилмагунча, бу жараён ТЎХ-ТА-МАЙ-ДИ.

Лекин кимгаям керак шу бош оғриқ?

- Тўйлар нима қўшимча функцияни бажараётганини аниқлаш учун ижтимоий тадқиқот керак. Ҳатто жавобни гўёки "шундоғам сезиб турган" бўлсак ҳам, икир-чикиригача ўрганиб чиқмаса, сифатли ечим чиқмайди.
- Унинг муқобил вариантларини топиб, энг оптималларини ишлаб чиқиш учун ҳам яхшигина изланиш керак.
- Ечимлар, халқ ҳаётига органик тадбиқ бўладими-йўқми, буни аниқлаш учун ўнлаб ижтимоий тажрибалар ўтказилиши ва ўнлаб гипотезалар текширилиши керак (кичикроқ кўламда).
- Ва бу бир марталик жараён эмас. ечимлар вақт ўтиши билан эскирса, жамият тезда яна эски ўзанга қайта бошлайди. Кичикроқ кўламда бўлсаям, доимий изланиш керак бўлади.
- Буларнинг ҳаммаси учун яхши социологлар ва ресурс керак (ресурс айнан маблағ бўлиши шарт эмас, қайсидир жонкуярларнинг вақти бўлиши ҳам мумкин).

Кўриниб турибдики, катта меҳнат. Арзийдими, деган савол пайдо бўлади. Лекин бунинг бонус эффекти бор: битта шунақа сифатли ижтимоий тадқиқот, бир нечта ёндош тадқиқотлар учун информацион база беради, хамиртуруш бўлади. Зийракроқ тадқиқотчилар, битта ечим топиш жараёнида, битта гипотезани текшириш жараёнида , албатта кутилмаган ёндош муаммоларга ҳам ечимлар кўради.

Шахсан ишончим комилки, охирида бу меҳнатни монетизация қилса ҳам бўлади. Чунки тадқиқот жамиятнинг каттагина қатламининг кўздан яширин мотивларини очиб беради. Бу инфо эса озми-кўпми пул туради.

п.с. бу битта муаммо атрофидаги гап-сўзларга мисол холос. Кўзимизга хунук ёки аҳмоқона кўринган нарсаларда савол бериб кўрайлик: "балки бу иррационал ҳодисанинг жудаям рационал пойдевори бордир?"

Ўзимизга савол бериб, унга жавоб қидириш машаққатидан кўра, "халқимиз исрофгар ва ноадекват", "одам бўлмаймиз", "юз йилдан бери шу аҳвол", "биздака нодон халқ йўқ", "тубанлашиб кетдик", "баттар бўлайлик", дейиш албатта анча осон ва хавфсиз.

Bobur Niyozov

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

19 Jan, 06:13


Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам «Сизларга дўзахга ҳаром бўлган кишини айтайми?» деганларида, саҳобалар: «Ҳа, айтинг, эй Аллоҳнинг Расули», дейишди. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Қалби юмшоқ, одамларга яқин, ҳожатбарор киши», дедилар.
Ибн Ҳиббон ривояти.


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли

Hikmatlar Xazinasi 🍃

17 Jan, 06:35


Musulmonlik namoz oʻqimoq, Qurʼon oʻqimoq, tasbeh oʻgirmoqdan iborat boʻlsa, Ayyub Al-Ansoriyning Istanbulda nima ishi bor edi?

Najmiddin Erbaqon
(Ayyub al-Ansoriy Istanbulni fatx etish yo'lida shaxid bo'lgan zotlardan biri, ya'ni islom shukr va sabrdan iborat emas agar shunday bo'lganida Ayyub Ansoriy Istanbulni fatx etish uchun qilich ko'tarib bormasdilar...)

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

16 Jan, 11:15


Bir yigit manshu rasmni qoʻyib, shunday izoh qoldiripdi:

“Bularning ichida qaysi biri Allohga yaqinroq ekanini bilmaysiz! Ehtimol, ochiq kiyingani oʻranganidan Allohga yaqinroq boʻlishi mumkin”

Doktor Soʼid Ibrohim shu maqolaga quyidagicha javob berdi:

“Bu gapda toʻgʻri bilan notoʻgʻoini qorishtirilgan .. Iymon, bu - Eʼtiqod, soʻz va amaldir. Qurʼoni karimda birorta ham “Iymon keltirganlar..” -, deb aytilgan oyat yoʻq. Hammasida “Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlar” -, deyilgan. Amal esa, Alloh buyurgan ishlarga iltizomli boʻlish barobarida, manashu iltizomning amal qiluvchida asari koʻrinishi hamdir. Oʻranib yurish, iltizomli boʻlish turkumiga kiradi.

Aytaylik, ishga iltizomli boʻlishning koʻrinishlaridan biri; ishga kelmoq, vazifani oʻtamoqdir. Kimdir -” Men ishga bormayman, vazifamni qilmayman, lekin ishimni borib ishlayotkanlardan koʻproq yaxshi koʻraman“-, desa, maqbul gap boʻlmaydi, toʻgʻrimi? Islomning arkonlari amaliy koʻrinishdan iborat. Namoz, Roʻza, Zakot, Haj bularning hammasi qalbdagi iymonni taʼbiri. Shuning uchun iymon soʻz va amaldan iboratdir. Iymoniga dalolat qiladigan amalsiz iymon oqsoq iymon boʻladi.

Diniga amal qilmaydigan, iltizomsizlarning eng xatarli gapi; “Iymon qalbda boʻladi. Zohirda boʻlish shart emas” -, deb aytgan gaplaridir.

Maʼrifat sizda koʻproqmi yo Iblisdami? Savol gʻalati tuyulishi mumkin, lekin javob undan-da taajjubli.. Iblis iymon haqida bizdan koʻproq narsa biladi. Chunki, biz Allohni, farishtalarni, jannatni koʻrmay iymon keltiramiz. Iblis boʻlsa bularni koʻrgan, Alloh bilan gaplashgan. Iblisning Allohga qatʼiy iymoni bor. Borligini aniq biladi. Amalida buni isbotlamagani uchun, iymoni nafʼ bermadi. Shunday ekan,“Qaysi biri Allohga yaqinroq ekanini bilmaymiz” -, degan gapni qoʻyinglar. Osiylikni oshkora qilishlik, hech qachon Allohga yaqinlikni bildirmaydi. Aksincha, itoat Allohga yaqinlikni bildiradi. Qalbdagini bilmaymiz. Qalbdagini Allohning Oʻziga qoʻyib beramiz. Biz bandalar oʻlaroq, zohirga qarab muomala qilamiz. Bu gapni yozgan insonlar yaxshi narsani maqsad qilgan boʻlishi ham mumkin. Ularga uzr ham topilar. Lekin bu gap, Allohga osiy boʻlishni yumshatib, itoat qilishlikni arzimas qilib koʻrsatadi. Huddi “Iymonni iddao qilaver, amal qilmasang ham Allohga yaqin boʻlaverasan” -, deganday gap. Bu avvalo oʻzini, kegin odamlarni aldash boʻladi.

Chin iymonning alomati; hoh namoz boʻlsin, hoh oʻranib yurish, Alloh buyurgan amallarga iltizomli boʻlishdir”.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

16 Jan, 02:53


Файсал ибн кавкаб исмли даҳрий ушбу суратни қўйди ва "Аллоҳни яратганига қарши бандани яратгани" деб, киноя қилди.

Маҳмуд Ҳасанот исмли киши

"Аллоҳ яхшироғини яратди. Чунки, Мерседес ҳеч бўлмаганда эшакдек ўзидан кўпайиб, бизга Файсални туғиб беролмайди" деди)))...

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

15 Jan, 07:57


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

14 Jan, 13:06


Ali roziyallohu anhu
Fotima onamiz haqlarida
shunday deganlar
:

"Kun bo'yi ish bilan
mashg'ul bo'lib,
charchab uyga
qaytganimda
Fotimaning
yuziga boqsam,
butun g'am-anduhlarim,
toliqishim yo'q bo'lardi".

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

14 Jan, 03:07


#SHERIYAT

BU MALAK MENING ONAM.

🎧ABROR MUHTOR ALIY

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

14 Jan, 02:14


"Орқангда ким турганини билсанг, олдингдан ким чиқишининг аҳамияти йўқ".

М.Аҳмад

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

13 Jan, 10:38


“ALLOH BU DINNI FOJIR KISHI BILAN HAM QUVVATLAYVERADI!”

“Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Xaybar gʻazotida qatnashdik. U zot Islomni (musulmonlikni) daʼvo qiladigan bir kishi haqida: “Bu (odam) doʻzax ahlidandir”, deb aytdilar. Jang boshlangach oʻsha odam (dushmanga qarshi) qattiq urushdi va jarohatlandi. Shunda (odamlar): “Siz “Albatta, u doʻzax ahlidan” deb aytgan odam bugun juda qattiq jang qildi va oʻldi”, deyishdi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Doʻzaxga (ketdi)”, dedilar. (Bu xabardan) baʼzi odamlar ikkilanib qolayozdi. Ular shunday holatda boʻlib turganlarida “U oʻlmagan, lekin qattiq jarohatlangan”, degan gap aytildi. Tun kirgach, u odam jarohati(ogʻrigʻi)ga sabr qila olmay oʻzini oʻldirdi. Nabiy sollallohu alayhi va sallamga bu haqida xabar berishganida “Allohu Akbar! (Alloh ulugʻdir!) Guvohlik bermanki, albatta, men Allohning bandasi va elchisiman”, dedilar. Keyin Bilolga odamlar orasida “Jannatga faqat musulmon jongina kiradi. Va darhaqiqat, Alloh bu dinni fojir (fosiq-gunohkor) kishi bilan ham qoʻllab-quvvatlayveradi”, deb eʼlon qilishni buyurdilar”.

Buxoriy (3062), Muslim (111/206).
_______
Hofiz Ibn Hajar Al-Asqaloniy hadisda aytilgan kishining ismini Quzmon Zofriy degan. Hadisni sharhlagan koʻpchilik olimlarga koʻra u munofiqlardan boʻlib, Xaybarda oʻz obroʻsi uchungina urushgan. Shuning uchun Rosululloh sollallohu alayhi va sallam uni doʻzax ahlidan deganlar. Hadis oxiridagi “Jannatga faqat musulmon jongina kiradi”, degan jumla ham shunga dalolat qilishini aytishgan. (“Fathul-Boriy”, Magʻoziy kitobi, “Xaybar gʻazoti” bobi, 4203-hadis sharhidan qisqartirib olindi).

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

13 Jan, 03:16


Bir rus blogeri aytgan edi boshqa kurs sotadigan blogerga qarab:
“Orzularingizga yetishish uchun meni kurslarimni sotib oling, men esa sizni pullaringizga orzularimni ushaltiraman”😂

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

12 Jan, 02:33


Agar rizqlarimiz gunohlarimizga qarab taqsimlanganida edi, allaqachon ochlikdan oʻlib ketgan boʻlardik.

Bizlarni Oʻzing kechir, yo Rabb!

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

11 Jan, 06:51


Nasiba nima ekanini bilasizmi?
Agar chunoli filning nasibasini yesa yorilib o‘ladi, agar fil chumolining nasibasini yesa ochdan o‘ladi...
Ikkisining nasibasini adashtirmagan Zot sizning qismatingiznida chalkashtirmaydi. Sizniki sizga keladi!

(Suratda qandli diabetiklar uchun shakarsiz cho‘pacho‘ps.)

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

06 Jan, 08:21


“Iblisga ilmsizligi zarar keltirmadi, odobsizligi zarar keltirdi”.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

05 Jan, 15:34


#ДОЛЗАРБ_МАВЗУ

АЁЛЛАРНИ ОГОҲЛАНТИРИБ ҚЎЙИНГЛАР..


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

05 Jan, 10:26


Qishda kambag‘alning titrashidan boshqa hamma narsa go‘zal bo‘ladi.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

05 Jan, 02:55


Buncha mum tishlaysan, uningni chiqar,
Qaragin, hurliging kiymoqda kafan.
Seni avraganlar, aldaganlar, yoʻq-
Sen gung boʻlib tugʻilmagansan.

Har nega koʻnikish qismatingmas, yoʻq,
Har nega koʻnikish, tushungin, xatar.
Tilingga koʻnikmay, jonsiz boʻlsa ham
Chinqirib yuborar hali kishanlar.

Najmiddin Ermatov

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

04 Jan, 13:34


Bizning jamiyatlarda sulh majlisi bor. Undan maqsad - “Zaifni oʻz haqqini talab qilmaslikka qanoʼatlantirish”dir.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

04 Jan, 13:17


Ибн Қудома роҳимаҳуллоҳдан сўрашибди:
- Бахтли инсон ким?
Ибн Қудома шундай дебди:
- Нафаси тўхтасада, ҳасанотлари тўхтамайдиган киши
!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

04 Jan, 07:47


Hammasi biz gumon qilganday boʻlib chiqmasligi mumkin...

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

04 Jan, 02:07


OGʻRIQ

Qancha kunlar qazo boʻldi,
Jonimizga jazo boʻldi.
Bizdan kimlar rizo boʻldi?
Egamizga nima deymiz?

Iymon azim daraxtdir xoʻb,
Yaprogʻidan mevasi koʻp,
Shoxlarini sindirdik xoʻp,
Egamizga nima deymiz?

Kapalakka qoʻl bermadik,
Chumoliga yoʻl bermadik,
Dil olmadik, dil bermadik,
Egamizga nima deymiz?

Uygʻongimiz kelmas sira,
Koʻzimizni bosgan shira,
Borgan sari koʻngil xira,
Egamizga nima deymiz?

Shayton buncha sohibjamol?!
Qonimizda topar kamol,
Hayotimiz – bitta savol:
Egamizga nima deymiz?

© Behzod Fazliddin


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

02 Jan, 07:35


#Zikr

Ko‘p gapirganingiz sayin xatolaringiz ko‘payaveradi, faqat Allohning zikri unday emas. Ko‘p zikr qilganingiz sayin xatolaringiz o‘chirilaveradi....

© Shayx Ahmad Iso Ma’saroviy


🌾
@Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

02 Jan, 02:29


“Har zamonda ham zulmni chiroyli koʻrsatishga harakat qiladiganlar topiladi.”

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

01 Jan, 13:49


Ivan Goncharov "Oblomov" asarida hayotning ikki yuzini bir jumlaga sig‘dirishga harakat qilib, shunday deydi: "kimdir har kuni erta bilan ishga ketib, kech soat beshgacha ishlash majburiyatida bo‘lgani uchun g‘am cheksa, kimdir bunday baxtdan mahrumligi uchun xo‘rsinadi".

(Suratda: "Hamma narsa inson uchun, insonning baxtu saodati uchun" deb yozilgan ekan, qarang shior hanuz eskirmabdi...)

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

01 Jan, 02:41


Bir faqir, boy badavlat xasis baxilni uyiga kelibdi.
-Sen saxovat qilayotganingni eshitdim. Men bir faqir insonman. Agar lozim topsang manga biror narsa ber, debdi.
Baxil aytibdi:
-men faqat ko‘zi ojiz ya’ni ko‘rlarga saxovat qilyapman deb faqirni o‘yidan uzoqlashtirmoqchi bo‘libdi.
Shunda faqir aytibdiki:
-men ham voqean ko‘r man. Agar ko‘r bo‘lmaganimda Allohning huzuri qolib sendek baxilni oldiga kelarmidim!

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

31 Dec, 13:39


“Biz aqlning tanlovi koʻproq toʻgʻri boʻlishiga ishonsakda, bizga qalb tanlagan narsalardan voz kechish qiyinlik qiladi”.

Aql haqiqatni qalbdan koʻra aniqroq idrok qila oladi. Lekin shunga qaramay, qalb aqlga suyana olmaydi. Qalbni aqlga boʻysundirishning yagona yoʻli - aqlning qalb inkor eta olmaydigan, aksincha, qalb ham tasdiqlaydigan, kishini ham aqlan, ham qalban huzurga qovushtiruvchi mutlaq haqiqatga yoʻnalishidir.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

31 Dec, 10:45


Dunyoda bayramlar kishilik jamoalarining birlamchi ehtiyojlaridan. Tasavvur qilib koʻring-a, dunyodagi inson hayoti bayramsiz, tantanasiz goʻyoki bir qaqroq, suvsiz choʻlga oʻxshab qoladi. Shu bois ham Alloh bayramlarni nishonlashni joiz qilib qoʻygan. Aslan, jamoaviylik, umumiylik asosida yashashga chaqiriq edi bu ham insoniyat uchun.
Lekin "Merry Christmas", "Yangi Yil" kabilar boshqacharoq paydo boʻldi. Barchasi zamonaviy bayram koʻrinishidagi aktual tushunchalardir. Aktual deganda dunyoning har yerida amalda boʻlgan bayramlar demoqchiman. Zamonaviy, jiddiy, ong asosida ish koʻradigan, hissiyotini yigʻishtirib yashaydigan, sekulyar, Xudo bilan aloqasini bir qadar uzgan insonning emotsional ehtiyojini, ruhiy-ma'naviy zaruriyatlarini qondirish uchun esa 18-19 asrlarda bayramlar "yaratib", uni ommaviylashtirishga ehtiyoj sezilgan edi. Ungacha bu kabi bayramlar mutlaqo ommaviy tarzda nishonlab kelinmagan. Islomdagi bayramlarda esa rivojlanishning, tadrijning oʻzi mavjud emas, zero, islomning avvalidan qaysi bayramlarni nishonlash joiz-u, qaysisi mumkin emas — hammasi belgilab berilgan edi. Istisnolar bor, albatta.
Aytmoqchimanki, bugun oʻzini ateist, deist, dunyoviy deb hisoblaydigan qatlamlar asli kelib chiqishi gʻirt diniy, g'aybiy – transsendental, paganist bayramlarni avj va shukuh bilan nishonlab yurishibdi. Nimadan dalolat bu? Fitratan uzila olmaslikdan, insoniy tabiatdan chekina olmaslikdan. Inson oʻzini Xudodan ming uzoqlatmasin, uning Oliy Xudo tomonidan yaratib qoʻyilgan fitriy xususiyatlari baribir yoʻqolmaydi. Aqli dunyo bilan boʻlgan inson ruhi va qalbi sakrallikka, muqaddasotga tortaveradi, garchi bu muqaddaslikni endi – Xudoni inkor etish bilan mengzash mumkin boʻlsa ham.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

31 Dec, 05:52


Kuni kecha Misrlik professor Romziy Abdulaziz oʻz sahifasida Muhammad Salohning ushbu oilaviy suratini nashr qilib, quyidagicha taʼliq qoldirdi:

“Meni kuzatayotgan har-bir insonga taakidlab qoʻyishni xohlagan, istaganim shuki, Muhammad Salohning shaxsiyati, imkoniyatlari, fikrlash uslubi futbol hajmiga munosib. Undan faqatgina qanday futbol oʻynashni oʻrganinglar xolos..”

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

31 Dec, 02:35


Agar iloji bo‘lganda onalar bolalarini bir umr qorinda olib yurib, jannatga kirgandan keyingina abadiy hayotga baxsh etgan bo‘lardilar.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

04 Nov, 13:18


Tabassum - Bu Sunnat!

♻️ Do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring!
📔 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

03 Nov, 08:31


Misr hukumati jallodlari shayxlardan birini osish uchun dor tagiga keltirdilar. Shunda hukumat ulamolaridan biri rasmiyatchilik yuzasidan shayxning huzuriga keldi va: - Ey shayx, shahodat kalimasini qaytaring, kimningki oxirgi kalimalari “Ashhadu an la ilaha illalloh, va ashhada anna Muhammadan abduhu va rosuluh” boʻlsa u jannatga kiradi, -dedi. Shunda Shayx unga qarab jilmaydi va dedi: - Menga bu kalimalarni oʻrgatishingga hojat yoʻq! Sen va senga oʻxshaganlar butun umr bu kalimalarni sotib hayot kechirgan boʻlsanglar, men butun umr bu kalimalar uchun yashadim va hozirda jonimni ham bu kalimalar uchun bermoqdaman. Aslida sening xoʻjayinlaring meni bu kalimalarning asl maʼnolarini aytganim va unga koʻra yashaganim uchun qatl qilmoqdalar... “Guvohlik beramanki, Allohdan oʻzga ibodat-bandalik qilinadigan iloh yoʻq va guvohlik beramanki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning bandasi va elchisidir!”

"Sharaf" kitobidan.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

02 Nov, 14:47


“Farzandlar onalarining dinida boʻladi”.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

01 Nov, 01:56


#Жума

Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», - дейилган.

Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!

🌾 @hikmatlar

Hikmatlar Xazinasi 🍃

29 Oct, 14:28


Shukrini ado etolmaydigan mol jamlashdan saqlan!

"Iymon va huzun" kitobidan.

https://telegra.ph/Ozorlarni-yuving-03-19

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

23 Oct, 02:07


Агар одамлар чиройли гаплари билан фахрлансалар, сен гўзал сукутинг билан фахрлан!

🌾
@Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Hikmatlar Xazinasi 🍃

20 Oct, 05:25


🧠 Hamma narsa FIKRdan boshlanadi.

Oʻy-xayolni quvgin! Agar quvmasang u tushunchaga aylanadi. Tushunchani yoʻq qil! Boʻlmasa u shahvatga aylanadi. Endi shahvatga qarshi kurash! Bunday qilmas ekansan, u qasd va himmatga aylanadi. Bundan himoyalan! Aks holda u ish va amalga aylanadi. Endi agar bunga qarshi chora topmasang, u odatga aylanadi. Shundan keyin qutilishing qiyinlashadi.

📖 Jeyms Allenning “Fikrlayotgan odam” kitobining qisqacha mohiyati.

Albatta o’qib ko’ring.

📝 Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!