Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷 @tar_abror Channel on Telegram

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

@tar_abror


Turk tiil va madaniyati, Turkiyaning buguni va o‘tmishi / TarAB (tarjimon Abror)

Admin: https://t.me/ebrarozbek

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷 (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Sizni Telegram kanalimizga taklif etamiz - 'Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷' yoki TarAB. Bu kanalda Turk til va madaniyati, Turkiyaning buguni va o‘tmishi haqida eng so‘nggi yangiliklar va ma'lumotlar paydo etiladi. Kanal admini Tarjimon Abror (https://t.me/ebrarozbek) - Turkiya va turk madaniyati bo'yicha mutaxassis, yangiliklardan ko'ngil oshiruvchi voqealar va ko'ngil xayollar bilan sizni oz zamonlarga olib boradi. Siz ham biz bilan birgalikda Turk tilini va madaniyatini o'rganib, Turkiya haqida yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin. Kanalga az vaqt sarflay, lekin ko'p foyda oling! Sizni 'Turkiya va turkcha haqida' kanaliga a'zo bo'lishga chaqiramiz! Yangiliklar sizni kutmoqda!

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

07 Dec, 05:59


Do‘stlar!

Kanalni yanada rivojlantirish maqsadida ba’zi yangi loyihalar ustida bosh qotiryapman. Maqsadim – ko‘pchilikka foydasi tegadigan qandaydir yangiliklar qilish. Bu loyihalarni amalga oshirish esa vaqt va mehnat talab qiladi. Shuning uchun ijozatingiz bilan kanalda ozroq tanaffus e’lon qilmoqchiman.

Tez orada ko‘rishguncha!

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

06 Dec, 05:59


Kars shahrida joylashgan Kumbet majsidini X asrda armanlar cherkov sifatida barpo etgan. Keyinchalik cherkov masjidga aylantirilgan.

XIX asrda bu hududlarni Rossiya bosib olgach, Kumbet masjidi yana cherkov bo‘ldi. Ruslar ketganidan keyin esa yana masjidga, so‘ng muzeyga aylantirildi.

Nihoyat, 1993-yilda yana masjid sifatida musulmonlarga xizmat qila boshladi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

05 Dec, 05:59


#Gezinti #Sayohat
O‘zining koshinlari va chinni buyumlari bilan mashhur Iznik shahri Bursa viloyatida joylashgan.

Qadimda bu yerlar Nikeya deb atalgan. Nikeya shahri nasroniylik dini rivojida muhim rol o‘ynagan. Aynan shu yerda 325 va 787-yillarda butunjahon nasroniylar yig‘inlari bo‘lib o‘tgan.

Nikeya XI asr oxirlarida saljuqiylar, keyin esa Vizantiya hukmronligi ostida bo‘lgan. 1331-yilda shaharni usmoniylar egallagan va uning nomi Iznik deb o‘zgartirilgan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

04 Dec, 08:59


Mardinda joylashgan Qosimiya madrasasining qurilishi 1507-yilda yakunlangan.

Ba’zi manbalarda keltirilishicha, aslida madrasa qurilishi ancha oldin boshlangan, biroq Amir Temurning yurishi tufayli qurilishning yakunlanishi kechiqqan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

04 Dec, 05:59


#Kültür #Madaniyat
Yo‘ruklar ayronni shunday usulda tayyorlar ekan. Marketlarda sotiladigan ayrondan yaxshi bo‘lsa kerak. Marketdagilarni ichib bo‘lmaydi, ayron emas, oqartirilgan suvga o‘xshaydi.

Shuning uchun bozordan suzma qatiq olib, ayronni o‘zim uyda tayyorlayman. Bolaligimda ayronfurushlik qilganman, xullas, tajriba bor 😊

P. S. Ko‘chmanchi turklarni yo‘ruklar deb atashadi. Asosiy qismi allaqachon o‘troqlashib ketgan. Yo‘ruklar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

03 Dec, 08:59


Eyup Sultan masjidi Istanbulning Eyupsultan tumani hududida joylashgan.

Masjidning tarixi XV asrga borib taqalsa-da, hozirgi ko‘rinishini XIX asrda olgan. Masjid hududida sahoba Abu Ayyub al-Ansoriyning maqbarasi mavjud.

Istanbuldagi tarixiy masjidlarda qandaydir bosqacha atmosfera bor, buni tushuntirib berolmayman. Eyup Sultan masjidida ham ana shu o‘zgachalikni his qilgandim.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

03 Dec, 05:59


Videoni ko‘rib, sizning ham turkcha choy ichgingiz kelib ketdimi?..

Necha yillardan beri Turkiyada yashasam ham, turkcha choyni juda kam ichaman. Aynan shu ko‘chada sotiladigan choylarni esa hech icholmayman, odatda ta'mi yoqimsiz, achchiq bo‘ladi.

Ba’zi qahvaxonalarda bir necha xil choyni aralashtirib damlashadi, ta’mi juda ajoyib, yumshoqqina bo‘ladi. O‘shanaqa choy bo‘lsa, jon-jon deyman.

Lekin ko‘k choyga aslo xiyonat qilmayman, uyda har doim ko‘k choy ichaman. Axir, men o‘zbekman 😁

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

02 Dec, 08:59


#Tebessüm #Tabassum
Shu hazillarni tarjima qilsak bo‘ladi, lekin kulgili bo‘lmay qoladi-da. Shuning uchun turkcha qolavergani ma'qul.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

02 Dec, 05:59


#TarihinSesi #TarixSadosi
Afyonkarahisar qal’asi haqida ma’lumotlar
▶️ Afyonkarahisar shahri markazida, so‘ngan vulqonning tepasidagi qoyalikda barpo etilgan.
▶️ Qoyalik yerdan 226 metr balandlikda joylashgan.
▶️ Miloddan oldingi 1350-yillarda xettlar imperatori Mursili II undan mustahkam istehkom sifatida foydalangan.
▶️ Saljuqiylar davrida davlat xazinasi shu qal’ada saqlangan va u Hisori davlat deb atalgan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

30 Nov, 05:59


#Gezinti #Sayohat
Turkiyada aholisi soni eng kam viloyat Bayburt hisoblanadi – oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, viloyat aholisi 85 ming atrofida.

Viloyat kichik bo‘lsa-da, 2008-yilda bu yerda universitet ochilgan. Qolaversa, viloyatda qator tarixiy yodgorliklar joylashgan. Masalan, Aydintepe tumanida uch ming yillik tarixga ega deb taxmin qilinadigan yerosti shahri bor.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

29 Nov, 07:59


Turkiyada 13 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanishi kutilmoqda.

Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

29 Nov, 05:59


“Salepchio‘g‘li” masjidi 1897-1905 yillarda qurilgan bo‘lib, Izmirning Konak tumanida joylashgan.

Izmirda yashaganimda bir marta kirgandim. Chiroyli qurilgan, to‘g‘rimi?

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

28 Nov, 11:16


Kecha Western Union orqali pul olgani bankka kirsam, "Pulingizni dollarda berishga beraveramiz, lekin qaytarib kelsangiz, olmaymiz. Chunki qalbaki dollarlar ko‘payib ketdi", deydi.

"Lira qilib beraveringlar tinchgina", dedim.

Dollar olib-berishda ehtiyot bo‘laverasizlar. Xabarlarga qaragadan, tashqaridan Turkiyaga anchagina qalbaki dollar olib kirilgan.

P. S. O‘zi hech bankka bormasdim, mobil ilova orqali olaverar edim pulni, kecha negadari ilovada Western Union ishlamadi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

28 Nov, 05:59


#TürkçeÖğreniyoruz #TurkchaOrganamiz
Bugun bardaktan boşanırcasına yağmak degan ibora bilan tanishaylik.

Ma’lumki, o‘zbekchada kuchli yomg‘irni ifodalash uchun “chelaklab yog‘yapti” deymiz. Turklar esa bunday holatda chelak emas, kichikroq idish – bardak, ya’ni stakanni ishlatishadi.

Sabahleyin yağmur bardaktan boşanırcasına yağıyordu. – Ertalab sharros (chelaklab) yomg‘ir yog‘ayotgan edi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

27 Nov, 05:59


#DuygusalAnlar #HissiyLahzalar
Müzelik Şiir
Yürüyen heykellerle aynı müzedeyim ben...
Konuşan mumyalara kimden söz edeyim ben...
Fikren işkencedeyim, ruhen cezadayım ben...

Korkaklığın sükûtu kol geziyor her yerde,
Sanki tek başımayım, tek kişilik mahşerde.

Putların gölgesinde dans eder akbabalar
Söz sokakta dolaşır, öz zindanda çabalar
Atılan ucuz tafra selâmlar, merhabalar.

En temiz topraklara gül eksem mantar biter.
Yollar sırat köprüsü, durmak düşmekten beter.

Kaybettim mesafeyi, zamandan uzaklaştım,
Sevgi diye sarıldım, isyanla kucaklaştım.
Ne kendimden kurtuldum, ne kendime yaklaştım.

Toprağın üstü mezar, zevke dalmış ölüler
Can sıkmaya yetiyor canlı kalmış ölüler.

Fuhuş yuvası sanki en görkemli binalar,
Çamur evlât doğurur taş yürekli analar.
Resmen hâk tevzi eder hakkı boğan canavar.

Koşanlar, yarışanlar.. Dehşet ötesi dehşet,
Akıl karaya vurdu, gırtlağı geçti vahşet.

Meydanlar tıklım tıklım, caddeler salkım saçak
Kölelik histerisi yayılmış köşe, bucak
Elli tane hokkabaz, elli milyon oyuncak.

Müdür ve müdüriçe müzenin bekçileri
Aferine çalışır düzenin bekçileri.

Mülkü kazanan ayrı, tasarruf eden ayrı;
Hisseler neden farklı, hâk, hukuk neden ayrı;
Hasta yaşar deniyor, baş ile beden ayrı;

Mantık yürütmek yasak, itiraz eylemek suç
Neşe, eğlence, cinnet… yatıp uyumak korkunç.

Güvenmek aldanmaktır, ölçü-tartı izafî;
Mert-namert, güzel-çirkin, eksi-artı izafî;
Çoğunun cebindeki kimlik kartı izafî;

Kim kimdir? Kim kim değil? Anlamak ve bilmek zor,
Oynanan komediye gül diyorlar, gülmek zor.

Figüran heykeller var kül tablası boyunda,
Yedi yüz göbek atar dakikalık oyunda,
İşlenen her günaha kurt da ortak, koyun da.

Kalmışım ara yerde, tozdayım, dumandayım
Kirli bir mekândayım, iğrenç bir zamandayım.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

26 Nov, 05:59


Tarjima qilishga urinib ko‘ring:
Ne garip dünya.
İnce düşünen insanların anlaşılmadığı gibi, onlara suçlu hissettirecek kadar acımasız.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

25 Nov, 05:59


#TarihinSesi #TarixSadosi
Siz tasvirlarda ko‘rib turgan liboslar sulton Mahmud II (1785-1839) davriga tegishli.

Sulton Mahmud II ning hukmronlik yillari usmoniylarda g‘arblashish jarayoni kuchli kechgan davr sifatida eslanadi. O‘tkazgan islohotlari tufayli xalq uni “kofir, nomusulmon” ma’nosini bildiruvchi “gavur” deb atay boshlagan.

Sulton Mahmud II sallani taqiqlab, feska (qizil qalpoq) kiyishni joriy etgan. O‘zi esa soqolini kaltalab, g‘arbcha liboslarda xalqqa ko‘rinish bergan.

Usmoniylardagi ilk pochta, ilk rasmiy turkcha gazeta uning davrida tashkil etildi. Boshlang‘ich ta’lim majburiy bo‘ldi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

24 Nov, 05:59


Turkiyada 1981-yildan beri har yili 24-noyabr O‘qituvchilar kuni sifatida nishonlanadi.

O‘qituvchilarni tabriklashdan tashqari ularga sabr-toqat ham tilash kerak. Hozirgi zamon bolalariga o‘qituvchillik qilish oson emas hecham.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

21 Nov, 09:37


Сўнгги кунларда Туркия фуқароси Уммухан Ўзден томонидан ўзбек аёллари шаънига айтилган номақбул сўзлар кенг жамоатчилик орасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Таъкидлаш жоизки, У. Ўзден томонидан билдирилган салбий фикрлар унинг шахсий қарашлари бўлиб, бу қардош турк халқининг миллатимизга нисбатан муносабатини англатмайди.

Шу сабабдан ушбу ҳолат икки биродар халқлар ўртасидаги олий даражадаги дўстлик ҳамда мустаҳкам ҳамкорлик алоқаларига таъсир ўтказмаслигига ишонамиз.

Қолаверса, ҳар бир давлат ўз халқининг шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилиш ҳуқуқига эга эканлигидан фойдаланиб, Туркия Республикаси ваколатли идоралари билан У. Ўзденнинг ушбу хатти-ҳаракатига ҳуқуқий баҳо бериш юзасидан тегишли ишлар амалга оширилаётганини маълум қиламиз.

Ўзбекистоннинг Истанбулдаги Бош консулхонаси

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

21 Nov, 05:59


#TürkçeÖğreniyoruz #TurkchaOrganamiz
Bugun baklayı ağızdan çıkarmak degan ibora bilan tanishaylik.

Kimdir nimanidir aytolmay qiynalib turgan yoki aytmoqchi bo‘lgan gapini aytishdan oldin piching qilayotgan bo‘lsa, shu iborani qo‘llab, “Çıkar ağzındaki baklayı” deyishingiz mumkin. Ya'ni ushbu ibora nima demoqchi bo‘lsang, cho‘zmasdan tezroq gapir degan ma’noni bildiradi.

Bırak muamma konuşmayı, çıkar ağzından baklayı. – Jumboqli gapirishni qo‘y, nima demoqchi bo‘lsang, gapir.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

20 Nov, 05:59


#DuygusalAnlar #HissiyLahzalar
İsteyeceğim / Istayveraman
Hayır,
Artık kalbinden çıkaramazsın,
Ömründe güneş gibi parlayacağım.
Bin yılın derinliklerine gitsen de,
Seni gökyüzü gibi hep çağıracağım.

İsmini sabahlara yazacağım mahcup,
Tomurcuk yapraklarında uyuyacağım.
Hayır, mutluluğun bensiz tamamlanamaz,
Seni her an arayacağım.

Ateşim,
Denizim,
Gökyüzüm,
Işığım,
Vücudunu ve ruhunu saracağım,
Söyle, nasıl kaçabilirsin -
Seni Allah’tan hep isteyeceğim.

Ben - son damlayım,
Tek kurtuluş.
Sadece sen iç diye ısrar edeceğim.
Ellerimde kaldı
En son hayat,
Ölsem bile aşkını isteyeceğim.
* * *
Yo‘q,
Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa’riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.

Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G‘unchalar bargida uxlayveraman.
Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,
Men seni har lahza yo‘qlayveraman.

Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jismu jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon –
Men seni Xudodan so‘rayveraman.

Men – so‘nggi tomchiman,
Yagona najot.
Faqat sen ichgin deb qistayveraman.
Qo‘llarimda qoldi
Eng so‘nggi hayot,
O‘lsam ham ishqingni istayveraman.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

19 Nov, 08:59


#Mutolaa
"Эй Аллоҳ, бизни барча ёмонликдан ўз паноҳингда асра!
Эй Аллоҳ, инсоний ва жиндан бўлган шайтонлар ёмонлигидан бизга паноҳ бер!
Аллоҳим, бизлар сенгагина ибодат қиламиз ва сендангина ёрдам сўраймиз. Бизни душманлар қўлига топшириб қўйма! Гуноҳ ва исённинг заҳарли ўқларидан ўзингнинг розилик чодирингда бизни ҳимоя қил!
Барчамизга чин дилдан “Аъузу биллаҳи минаш шайтонир рожим” дейишни ва унинг мазмунига кўра яшашни насиб эт".
Улуғбек Бухорийнинг "Тааввуз" китобидан.
@misbahkitoblar

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

19 Nov, 05:59


Tarjima qilishga urinib ko‘ring:
Vücudunuzdaki hastalıkların nedeni, ruhunuzun çektiği acıların sonucudur.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

18 Nov, 11:59


#ÖMÜRDEDİĞİN... Var olup da şu dünyaya gelince, 5 yaşında cisimleri bilince...

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

18 Nov, 08:59


Turkiyada o‘qimoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

Turkiya oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihoni – TR-YÖS 2025-yilda qaysi kunlarda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.

Ma’lumki, mazkur imtihon bir yilda ikki marta o‘tkaziladi.

2025-yilda:
➡️ Birinchi imtihon 11-mayda o‘tkaziladi.
Bu imtihonda qatnashmoqchi bo‘lganlardan hujjatlar 13-fevraldan 12-martgacha qabul qilinadi.

➡️ Ikkinchi imtihon 19-oktyabrda o‘tkaziladi.
Bu imtihonda qatnashmoqchi bo‘lganlardan hujjatlar 7-avgustdan 25-avgustgacha qabul qilinadi.

Tayyorgarlikni hozirdan boshlayvering!

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

18 Nov, 05:59


#TarihinSesi #TarixSadosi
Siz ko‘rib turgan minbar Istanbulning mashhur Misr bozorida joylashgan bo‘lib, 1664-yilda qurilgan.

Avvallari har kuni ertalab savdogarlar ana shu minbar atrofida yig‘ilar, domla duo qilib berganidan keyin do‘konlarini ochib, savdo qilishni boshlar ekan. Shu bois mazkur minbar “duo minbari” deb ataladi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

16 Nov, 08:59


Tarjima qilishga urinib ko‘ring:
İnsanoğlu yaşamın kıymetini bilmez, ölümün soğuk nefesini ensesinde hissetmedikten sonra.
İnsanoğlu sevilmenin kıymetini bilmez, seven onu terk etmedikten sonra.
İnsanoğlu hiçbir şeyin kıymetini bilmez, elinden kayıp gitmedikten sonra…

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

16 Nov, 05:59


#Gezinti #Sayohat
Bugun bekor o‘tirmay Turkiyaning Qora dengiz mintaqasida joylashgan Giresun viloyatini birrov aylanib kelaylik. Nima dedingiz?

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

15 Nov, 11:26


To‘y luks mehmonxonada bo‘ladi, o‘n metrlik oltin zanjir, o‘nta oltin bilaguzuk, ikki juft zirak, bo‘yniga ham zanjir, kelin ko‘ylak Ispaniyadan olib kelinadi, dengiz bo‘yidan uy olinadi…

Qiz tomonning talablarini eshitib, anavi odam (hoynahoy, bo‘lajak kuyov) so‘kib bersa kerak degandirm, hartugul odobli ekan. “Bunaqada qizingiz qari qiz bo‘lib qolib ketadi”, dedi xolos 😁

Turkiyada uylanish rostdan ham oson emas.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

15 Nov, 07:59


Oramizda hech dengiz ostiga sho‘ng‘ib ko‘rganlar bormi? Shaxsan men shuni niyat qilib qo‘ydim. Yoshim qirqqa yaqinlashganida suv qo‘rquvimni yengib, suzishni sal-pal o‘rganib oldim, endi navbat suv ostiga sho‘ng‘ishga.

Siz ko‘rib turgan tasvirlar Istanbulda, Bosfor bo‘g‘ozida olingan. Ajoyib, shunday emasmi?

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

14 Nov, 12:13


Instagramda shu videoga duch keldim: “Turkchada “g‘” harfini talaffuz qilish”.

Turklar “g‘”ni odatda talaffuz qilishmaydi. Masalan, sog‘lik ma’nosidagi “sağlık” so‘zi “saalık” deb talaffuz qilinadi. Ya’ni harf bor, tovush esa yo‘q.

Bu harf qanday o‘qilishi haqida ushbu havoladagi videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

14 Nov, 05:59


#TürkçeÖğreniyoruz #TurkchaOrganamiz
Bugun ayrısı gayrısı olmamak degan ibora bilan tanishaylik.

Mazkur ibora kim bilandir juda yaqin do‘st bo‘lish, undan hech narsani ayamaydigan darajada u bilan yaqin degan ma’noni bildiradi. Ya’ni orasidan qil o‘tmaydigan bo‘lish desak ham bo‘ladi.

Masalan: Bizim ayrımız gayrımız olmaz, benim olan onun, onun olan benimdir. – Oramizda seniki-meniki degan gap yo‘q. Meniki – uniki, uniki esa meniki.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

13 Nov, 05:59


O‘tgan hafta o‘nlab jinoyat ishlarini turkchadan o‘zbekchaga tarjima qildim. Shunchalik ko‘p yozdimki, barmoqlarimning uchi zirqirab og‘riydigan bo‘lib qoldi.

O‘sha jinoyat ishlarining mavzusi bitta – kontrabanda. Hamma holatda kontrabanda bilan shug‘ullangan hamyurtlarimiz Istanbul aeroportida qo‘lga tushgan. Yurtdoshlarimiz turli-tuman narsalar olib kelishyapti ekan: elektron sigareta deysizmi, sumka deysizmi, telefon deysizmi, xullas, har xil tovarlar.

Nima qilsangiz, o‘zingiz bilasiz, lekin, iltimos, shu ishlarga qariyalarni aralashtirmanglar. Keksa onaxonlar politsiyada, sudda ko‘rsatma berib yuribdi. Aeroportda qarilarga indamaydi deb o‘ylasangiz adashasiz, shubhalanishsa, yoshga qarab o‘tirmay to‘xtataverishadi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

12 Nov, 10:29


Prezident ma’muriyati dasturida qayd etilishicha, oxirgi besh yilda Turkiyda majburiy mehnatga jalb etilgan va ko‘chalarda tilanchilik qilishga majburlangan 50 293 bola aniqlangan. Ulardan 19 500 nafari suriyalik bolalardir.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

11 Nov, 11:59


#Tebessüm #Tabassum
Soddalar bor bo‘lsin-da. Har safar shu videoni ko‘rib qolsam, kayfiyatim ko‘tariladi.

– Bu lift necha kishilik?
– O‘n kishilik, xola.
– Biz olti kishimiz, unda yana to‘rt kishi topishimiz kerak.

O‘n kishi bo‘lmasa, lift yurmaydi deb o‘ylabdi 😁

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

11 Nov, 05:59


#TarihinSesi #TarixSadosi
“Poytaxt: Abdulhamid” seriali orqali bizga ancha tanish bo‘lib qolgan sulton Abdulhamid II ning (1842-1918) sevimli mashg‘uloti duradgorchilik edi.

Sulton Abdulhamid II Istanbuldagi saroyda o‘zi uchun ustaxona tashkil etgan, bu yerda yog‘ochdan turli buyumlar yasar edi. Yasagan buyumlarini boshqa davlatlarning hukmdorlariga sovg‘a qilib jo‘natardi. Ayni paytda boshqa hukmdorlar ham uyga sovg‘alar jo‘natgan, masalan, yapon imperatori Meydzi duradgorlik asboblarini sovg‘a qilgan.

Sulton Abdulhamid II duradgorchilik bilan shug‘ullanish orqali miyasi dam olishini aytgan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

04 Nov, 05:59


Ayni paytda Turkiyadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar “Türkiye Bursları” (“Turkiya grantlari”)ning “Başarı Bursu” (“Muvaffaqiyat stipendiyasi”) dasturidan foydalanishi mumkin.

Dastur doirasida bir o‘quv yili (ko‘pi bilan 9 oy) davomida har oy stipendiya to‘lanadi.

Murojaatlari ma’qullangan:
Bakalavriat talabalariga 3000 lira
Magistratura talabalariga 4500 lira
Doktorantura talabalariga 6000 lira stipendiya to‘lanadi.

Mazkur stipendiya dasturiga hujjatlar 22-noyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun BOSING.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

02 Nov, 07:59


Kashandalar mamlakati Turkiyada hatto qarg‘alar ham chekishni boshlabdi 😁

Video Tokatda olingan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

02 Nov, 05:58


#Gezinti #Sayohat
Artvin viloyati Turkiyaning shimoil-sharqida, Qora dengiz mintaqasida joylashgan.

Viloyatning iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga asoslangan. Bu yerda choy, funduk va kivi yetishtiriladi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

01 Nov, 05:58


Turkiyaning Piza minorasi

Elazig‘ viloyatidagi Harput jome masjidining yigirma metrlik minorasi biroz qiyshiq. Kimdir minora atayin qiyshiq qurilgan desa, kimdir zilzila natijasida qiyshaib qolgan deydi. Xullas, minoraning nima uchun qiyshiqligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur minoraning qiyshiqligi 3,5-7 daraja orasida, bu esa uning Italiyadagi Piza minorasidan ham qiyshiqroqligini bildiradi.

Harput jome masjidi 1156-1157 yillarda qurilgan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

31 Oct, 16:12


O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida yurtimizga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 milliar dollarni tashkil etdi, bu esa 2023-yilning shu davriga nisbatan 34,8 foiz ko‘p demakdir.

Shunday qilib, O‘zbekistonga:
Rossiyadan 8,75 milliard dollar
Qozog‘istondan 625 million dollar
Januniby Koreyadan 420 million dollar
AQShdan 415 million dollar
Turkiyadan 291 million dollar
Buyuk Britaniyadan 93 million dollar
Polshadan 48 million dollar miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan.

Bu raqamlardan yurtdoshlarimiz asosan qaysi davlatlarda mehnat qilayotganini bilib olsa bo‘ladi.

Xullas, Turkiyadagi hamyurtlar, O‘zbekistonga 9 oyda 291 million dollar jo‘natibsizlar. 291 million dollar. Peshona teringiz evaziga yuborilgan pullar...

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

31 Oct, 05:58


#TürkçeÖğreniyoruz #TurkchaOrganamiz
Bugun atsan atılmaz satsan satılmaz degan ibora bilan tanishamiz.

Mazkur ibora na biror ishga yaraydigan, na voz kechib bo‘ladigan narsalar va kishilarga nisbatan ishlatiladi.

Masalan: Baba yadigarı tablomuz; atsan atılmaz, satsan satılmaz. – Otamizdan qolgan rasm. Na tashlab yubora olamiz, na olib qololamiz.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

30 Oct, 09:59


#İstatistik #Statistika
Yangi o‘quv yilida Turkiya oliy ta’lim muassasalari 1 742 537 nafar talabani qabul qildi. Talabalarning 394 mingdan ziyodi o‘qish uchun Istanbul shahrini tanladi.

Turkiyada jami 208 ta oliy ta’lim muassasi bor, shunda 60 tasi Istanbulda joylashgan.

Xullas, Istanbul oliy ta’limda ham yetakchi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

30 Oct, 07:59


O‘zbekistonda rasman ajrashmay turib Turkiyada erga tegishning oqibatlari haqida oldin ham yozgan edim. Lekin shunday oqibatlarga yana bir necha bor duch kelganim uchun qayta eslatib o‘tmoqchiman.

Mayli, ayol O‘zbekistonda talog‘ini oligandir, lekin hali rasman ajrashmasdan bu yerda erga tegib, bola tug‘yapti va bola qiynalib qolyapti. Ayolning nikohi davom etayotgani uchun hujjatlarda bolaning otasi sifatida uning sobiq eri ko‘rsatiladi.

Turkiyalik ota esa bolasini o‘z nomiga ololmay ovora. Otalikni belgilash uchun sudga berishadi. Unutmang: Turkiyada sud ishlari yillab davom etishi mumkin. Bu vaqt davomida bola bechora turk fuqarosi foydalanadigan imkoniyatlardan foydala olmaydi, ayniqsa tibbiy xizmatdan foydalanishda muammolar kelib chiqadi, tibbiy xizmat qimmatga tushadi. Hujjati bo‘lmasa, bolani bog‘chaga ham olishmaydi. Xullas, bir dunyo muammo.

Xohlagan odamingizga erga tegavering, bu sizning shaxsiy ishingiz. Lekin bolani qiynamang-da.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

30 Oct, 05:58


Unutmak nimettir, gerçekten öyle de.

Hayatınızdan çıkmış her insanı her an hatırladığınızı, yaşadığınız her acıyı her derdi hiç unutamadığınızı bir düşünün. Tek bir saniye dahi olsun aklınızdan çıkmadığını ve her saniye o acıyı yeniden yaşadığınızı da. Aklınızı yitirirsiniz değil mi? Yaşadığınız, karşılaştığınız onca olay…

Unutmak bu boyutuyla fazlasıyla bir nimet, inanın. Allah’ın bize bahşettiği, farkında olmadığımız büyü bir nimettir unutmak.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

29 Oct, 05:58


#Kültür #Madaniyat
Gaziantepga yo‘lingiz tushsa, Hammom muzeyiga ham kirib o‘ting. Men kirganman, qiziq joy.

Hammom müzeyi 2015-yilda ochilgan, hammom esa XVI asrda qurilgan.

Siz turk hammomiga borib turasizmi?

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

29 Oct, 04:58


#TarihteBugün #TarixdaBugun
1923-yilning 29-oktyabrida Turkiya parlamenti yig‘ilishida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Mustafo Kamol Otaturk tayyorlagan takliflar ma’qullangan va davlat boshqaruvi shakli sifatida respublika tanlangan edi.

Shu bois Turkiyada har yili 29-oktyabr Respublika kuni sifatida nishonlanadi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

28 Oct, 10:20


Yuqorida "sitam" so‘zining o'zbek tilidagi ma'nosini ko‘rib turibsiz.

Endi TDK (Türk Dil Kurumu) lug‘atidan "sitem" so‘zining ma'nosiga qaraylik: Bir kimseye, yaptığı bir hareketin veya söylediği sözün üzüntü, alınganlık, kırgınlık vb. duygular uyandırdığını öfkelenmeden belirtme: "Millî Mücadele'nin başından o güne kadar Atatürk'ün en hafif bir sitemine uğramamıştım." - Yakup Kadri Karaosmanoğlu

Ma'nolarda farq bormi?..

O'zbek va turk tillarida umumiy-mushtarak so'zlar ancha-muncha, lekin hammasi ham bir xil ma'noni bildiravermaydi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

28 Oct, 05:58


#TarihinSesi #TarixSadosi
Yevropaning eng yirik yog‘och binosi Istanbulning Buyukada orolida joylashgan. Grek yetimxonasi deb ataladigan mazkur bino kattaligi jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

Bino 1898-1899 yillarda mehmonxona sifatida barpo etilgan. Keyinroq binoni Eleni Zarifi ismli grek ayol sotib olgan va 1903-yilda bu yerda grek bolalari uchun yetimxona ochilgan. Yetimxona 1964-yilda davlatning qarori bilan to‘satdan yopilgan.

23 ming kvadrat metr maydonda qurilgan binoda 206 ta xona bor edi.

Grek yetimxonasi sud qarori bilan 2010-yilda grek patriarxiyasiga qaytarib berilgan. Ko‘rib turganingizdek, ayni paytda xarabo ahvolda, chunki restavratsiya qilgani pul yo‘q.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

27 Oct, 05:58


Erzurum texnika universiteti chet elliklar uchun yana bir bor qabul e’lon qildi. Hujjatlar 29-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Mazkur oliy ta’lim muassasasi davlatga qarashli bo‘lib, o‘z faoliyatini 2010-yilda boshlagan. Bu yerda adabiyot, fan, iqtisodiy va ma’muriy bilimlar, muhandislik va arxitektura, sog‘liq bilimlari va sport fakultetlari mavjud.

Qabul shartlari haqida ma’lumot olish uchun BOSING.

Hujjatlarni ushbu HAVOLA orqali topshirish mumkin.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

24 Oct, 16:50


#расмий

Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси Туркия ИИВ Полиция ташкилоти вакиллари ўртасида маслаҳатлашув ўтказилди ва 23 октябрь куни Анқара шаҳрида содир этилган террорчилик ҳужуми ва хавфсизлик нуқтаи назаридан Туркиянинг барча ҳудудларида жамоат хавфсизлигини таъминлаш чора-тадбирлари кучайтирилганлиги ўрганилди.

Шу муносабат билан, ватандошларимиздан жамоат жойларида хушёрликни оширишлари ва эҳтиёт чораларини кўришлари, айниқса аэропорт, темир-йўл вокзали, автошоҳбекат, кемалар станцияларида, метро ва бошқа жамоат транспортида хавфсизлик қоидаларига амал қилишлари сўралади.

Туркиядан чиқиб кетиш арафасида бўлган фуқароларимиздан аэропортларга учиш учун қайддан ўтиш (регистрация) вақтидан камида 1 соат олдин етиб боришлари, шубҳали буюмлар ва шахслар тўғрисида яқин орадаги полиция ёки хавфсизликни таъминлаш (Özel güvenlik) бўлинмалари ходимларига хабар бериш тавсия этилади.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

23 Oct, 15:46


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an BRIKS sammiti doirasida Qozon shahrida uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

23 Oct, 14:57


Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning ma'lum qilishicha, terakt oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi yaralangan.

Ikki terrorchi esa o‘ldirilgan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

23 Oct, 13:57


Terrorchilardan biri ayol kishi ekan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

23 Oct, 13:51


“Turkiya aerokosmik sanoati” kompaniyasi (TUSAŞ)dagi terakt payti: portlash va otishma.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

23 Oct, 13:44


ANQARADA TERAKT

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da “Turkiya aerokosmik sanoati” kompaniyasi (TUSAŞ)ning Anqara viloyati Kahramankazan tumanida joylashgan obyektida portlash sodir bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘q ovozi ham eshitilgani aytilmoqda.

“Euronews” xabariga ko‘ra, kompaniya darvozasi yaqinida xudkush hujumchi o‘zini portlatib yuborgan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya hodisa natijasida halok bo‘lganlar va yaradorlar borligini bildirdi, biroq ularning soni haqida ma’lumot bermadi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

22 Oct, 07:58


Turkiya Vaqflar bosh boshqarmasining chet ellik talabalar uchun stipendiya dasturiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Hujjatlar 31-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur doirasida 8 oy davomida 2000 liradan stipendiya to‘lab beriladi.

Stipendiya dasturidan Turkiya universitetlarida ikki yilik bosqichda va bakalavr bosqichida (Ön lisans / Lisans) tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun BOSING.

Hujjatlarni topshirish uchun HAVOLA.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

22 Oct, 05:58


Turkiy davlatlar munisipalitetlar ittifoqi Turkiya universitetlarining magistratura va doktorantura bosqichada tahsil olayotgan hamda turkiy davlatlarda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, shahar bo‘yicha tadqiqotlar va mushtarak madaniy meros yo‘nalishida ilmiy izlanish olib borayotgan talabalar uchun stipendiya dasturini e’lon qildi.

2024-2025 o‘quv yilida magistratura talabalari uchun jami 15 000 lira, doktorantlar uchun esa jami 45 000 lira stipendiya ajratiladi. Stipendiya magistratura talabalari uchun 12 oy, doktorantlar uchun esa 36 oy beriladi.

Hujjatlar 31-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun BOSING.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

21 Oct, 10:58


Sakarya universitetida chet elliklar uchun yana bir bor qabul e’lon qilindi. Hujjatlar 27-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Mazkur oliy ta’lim muassasasi 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda kompyuter va informatika, stomatologiya, ilohiyot, tibbiyot, jurnalistika, muhandislik va boshqa fakultetlar mavjud.

Qabul shartlari haqida ma’lumot olish uchun BOSING.

O‘qish narxlari haqida ma’lumot olish uchun BOSING.

Hujjatlarni ushbu HAVOLA orqali topshirish mumkin.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

21 Oct, 08:58


Tilning ahamiyatini biz, O‘zbekistondan tashqarida yashayotganlar yanada yaxshiroq tushunamiz.

Chet ellarda yashayotgan o‘zbek oilalarning hammasi ham tilni saqlab qololmayapti, afsuski. Farzandlari muhitning ta’sirida va boshqa sabablarga ko‘ra ona tilini unutyapti.

Vaholanki, til – o‘zlik degani. Inson qaysi xalqning tilida gapirsa, fikrlasa, aksar hollarda o‘sha xalqqa mansub bo‘lib qoladi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

21 Oct, 07:46


Bugun ertlabdan beri “Fethullah Gulen o‘ldi” degan xabar tarqalyapti. Bunaqa xabar oldinlari ham bir necha marta tarqalgandi, lekin bu safargisi rostga o‘xshayapti.

Aytilishicha, Fethullah Gulen kecha, 20-oktyabr kuni 83 yoshida o‘ldi.

Gulen 1999-yildan beri AQShda yashayotgan edi. Uning Turkiyaga qaytarilishi uchun Anqara AQShga bir necha marta murojaat qilgan, biroq bu murojaatlarning birortasi natija bermagan.

Fethullah Gulen Turkiyada terrorchi deb, u boshchilik qilgan “Xizmat” harakati esa terrorchi tuzilma deb e’lon qilingan. Gulen 2016-yil 15-iyulda yuz bergan harbiy to‘ntarishga urinishni uyushtirishda aybdor deb topilgan. Uning izdoshlari davlat tuzilmalariga o‘rnashib olib, davlat imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan va “parallel davlat” tuzgan deb hisoblangan.

Gulen uylanmagan edi, farzandi yo‘q edi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

18 Oct, 12:04


OQ XALATLI QOTILLAR

Shu kunlarda butun Turkiya shifokorlar, hamshiralar va tez tibbiy yordam xodimlaridan iborat jinoiy guruh haqida gapirmoqda. Ular 12 nafar go‘dakning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilyapti.

Bu guruhga alodaqdor deb gumon qilinayotgan 47 kishi haqida naq 494 safihalik ayblov xulosasi tayyorlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, oq xalatli qotillarning maqsadi bolalarni davolash emas, iloji boricha ko‘proq moddiy daromad olish bo‘lgan. Tez tibbiy yordam xodimlari go‘daklarni tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega kasalxonalarga emas, ular bilan til biriktirgan xususiy kasalxonalarga olib borgan. Go‘daklar mutlaqo hojat bo‘lmasa ham, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va u yerda kunlab saqlangan.

Go‘daklarning ba’zilari infeksiya yuqtirib olgan, ba’zilari nobud bo‘lgan.

Oq xalatli ablahlar esa ko‘proq sug‘urta puli undirishni, daromadlarini ko‘paytirishni ko‘zlagan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

18 Oct, 06:23


Afsuski, turkcha-o‘zbekcha onlayn lug‘at yo‘q. To‘g‘rirog‘i, bunaqasiga hali duch kelmadim.

Lekin tarjima asnosida turkcha-ruscha onlayn lug‘atdan foydalanishingiz mumkin. Bunung uchun sozluk.ru saytini tavsiya qilaman.

Shaxsan men bu lug‘atdan bir necha yildan beri foydalanib kelaman.

P. S. Eh, turkcha-o‘zbekcha lug‘atlar bo‘yicha qiladian ishlarimiz juda ko‘p. Nafaqat onlayn lug‘at, balki maxsus atamalar lug‘atlariga ham ehtiyojimiz bor. Masalan, iqtisodiy atamalar lug‘ati, tibbiy atamalar lug‘ati, ilmiy-texnik atamalar lug‘ati va hokazo.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

15 Oct, 06:59


O‘tgan hafta Anqarada bir joyga kirsam, maza qiib shu narsani yeb o‘tirishgan ekan. “Oling, siz ham yeb ko‘ring”, deb taklif qilishdi. Rahmat aytib, takliflarini rad etdim.

Bu mevaning daraxti o‘zbekchada nima deb atalishini bilmayman, biz yoshligimzida o‘risdaraxt der edik (turkchada keçiboynuzu – ''echki shoxi" deyishadi). Mevasini yeyish mumkinligi yetti uxlab tushimga kirmagan ekan (lekin ichidagi urug‘i qattiq shekilli). Ko‘chamizning boshida shu daraxtdan bir tup bor edi, mevasi yerga to‘klib yotardi, hech kim qaramasdi.

Bu narsadan Turkiyada sirop ham tayyorlashadi. Salomatlik uchun foydali deyishadi.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

14 Oct, 10:13


Yana bir turkiyalik Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

Bu yilgi iqtisodiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofoti Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms A. Robinsonga munosib ko‘rildi.

Daron Ajemo‘g‘li 1967-yilda Istanbulda tug‘ilgan. U Angliyada o‘qigan, Angliya va AQShda ilmiy izlanishlar olib borgan. O‘zbekistonliklar uni va Jeyms A. Robinsonni “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi orqali tanishadi.

Ajemo‘g‘lidan avval turkiyalik yozuvchi Orxan Pamuk va biokimyogar olim Aziz Sanjar ham Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

14 Oct, 08:59


Adanada joylashgan Chukurova universitetida tahsil olmoqchi bo‘lgan chet elliklar uchun yana bir bor qabul e’lon qilindi. Hujjatlar 20-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Mazkur oliy ta’lim muassasasi davlatga qarashli bo‘lib, o‘z faoliyatini 1973-yilda boshlagan. Bu yerda muhandislik, veterinariya, stomatologiya, farmatsevtika, ilohiyot, arxitektura va boshqa fakultetlar mavjud.

Mazkur universitetga TR-YÖS, SAT va boshqa imtihonlar natijalari bilan kirish mumkin (batafsil ma’lumot uchun BOSING).

Qabul shartlari haqida ma’lumot olish uchun BOSING.

Kvotalar va o‘qish narxlari haqida ma’lumot olish uchun BOSING.

Hujjatlarni ushbu HAVOLA orqali topshirish mumkin.

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

14 Oct, 05:20


Mana, necha kundan beri Turkiyada Köfteci Yusuf restoranlari haqidagi gap-so‘zlar davom etyapti.

Ushbu restoranlar tarmog‘ining ikkita filialidagi tekshiruvlarda cho‘chqa go‘shti aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Turgan gapki, Köfteci Yusufning egasi taomlariga cho‘chqa go‘shti aralashganini inkor etib chiqdi.

Ikki hafta oldin uyimizning yaqinidagi Köfteci Yusuf filialiga borgan edik. Endi o‘tiribmiz o‘ylanib, nima yedik ekan o‘shanda deb.

To‘g‘risi, bu restoranning cho‘chqa go‘shti ishlatishiga unchalik ishonganim yo‘q. Axir bu go‘sht arzon emas, topish ham qiyin. Köfteci Yusufning Turkiya bo‘ylab 278 ta filiali bor ekan, shunday katta kompaniya bir kuni oshkor bo‘lishini bila turib bunday ishga qo‘l urmasa kerak, ya’ni o‘zining oyog‘iga o‘zi bolta urmasa kerak.

Lekin shaxsan menda baribir shubha qolyapti. Nafaqat Köfteci Yusufga nisbatan, balki boshqa umumiy ovqatlanish joylariga nisbatan ham.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Köfteci Yusuf atrofidagi gap-so‘zlar jiddiy axloqiy muammo borligini ko‘rsatyapti.