Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books @taskinkitoblar Channel on Telegram

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

@taskinkitoblar


Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Bizga murojaat @TaskinKitob

https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==

@TaskinBooks

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (Uzbek)

Taskin Kitoblar kanalimizda siz uchun yangi kitoblar, darsliklar va maqolalar haqida eng so'nggi yangiliklar va sharhlar bor. Ushbu kanal orqali qalbingizga taskin beruvchi eng yangi, ma'naviy kitoblardan birini topishingiz mumkin. Agar siz ham kitoblar bilan do'stlanishingiz, o'qishingiz va ulashingizni xohlaysiz, shunday qilib, Taskin Kitoblar kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling. Taskin Kitoblar bilan yuqori sifatli, o'ng o'rnali va eng muhim ma'naviy qiziqarli kitoblarni topishga qadam qo'ying. Sizning olgan har bir kitob muhim his, tajribaga va bilimga ayiq nazar bilan koriladi. Taskin Kitoblar kanalimiz bilan birga eng yangi va sevimli kitoblar dunyosiga meros qiling! Agar sizda savollar yoki takliflar bo'lsa, biz bilan bog'laning @TaskinKitob. Sizning fikrlaringiz biz uchun muhimdir! Biz bilan birga, kitoblar olamiga qadam qo'ying!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

22 Jan, 02:04


Minorai Kalon 1127-yilda Qoraxoniylar hukmdori Arslon Xonning buyrug‘i bilan barpo qilingan. Mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan Buxoroning har yerini vayron qilgan Chingizxon nima uchun bu minoraga tegmaganining qiziq hikoyasi bor. Shaharga kirib bo‘lgach, otda o‘tirgan holda Minorai Kalonga qarayotgan Chingizxonning dubulg‘asi yerga tushib ketadi. Bu ishning ilohiy ogohlantirish deb bilgan Chingizxon Buxoroni talon-toroj, vayron qilinishi buyrug‘ini berayotib, Minorai Kalonga aslo qo‘l tekkizilmasligini tayinlaydi.

"Safar" kitobidan.

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

21 Jan, 08:38


Ushbu asar o‘tmishidan voz kechib kelgan bir o‘smirning hikoyasidir. Yo‘lini yo‘qotgan, turli xil savollar girdobida qolgan, suz tinglamas va isyonkor bir yosh niholning... Sahifalarni varaqlab o‘qiy boshlaganingizda bu hikoyaning haqiqatan ham hayotda ro‘y berganligiga ishonch hosil qilasiz. O‘zingizni bir onda hayrat va hayajon ichida ko‘rasiz. Yaʼni, har bir jumlasi yuragingizga qadar qadaladi. Taʼsirchan tuyg‘ularga boy voqealar rivoji sizni xayollar domiga olib ketadi.

Ushbu hayotiy asarni o‘qish orqali sizga berilgan umrni yana ham go‘zal yashashga harakat qilasiz. Bu kabi hislar og‘ushida kitob tugagunga qadar uni qo‘lingizdan qo‘ymaysiz. Va nihoyat, so‘ngida «Bunday nihoya topmasligi kerak edi» deya hayratga tushasiz.

Yumshoq muqova, 256 sahifa, 35ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

21 Jan, 02:33


Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan “Katta oʻyin” haqida eshitganmisiz? Bu mintaqadagi xonliklarni oʻziga vassal va mustamlakaga aylantirish uchun ikki qudratli imperiya — Chor Rossiyasi va Britaniya oʻrtasida kechgan kurash “Katta oʻyin”ga asos boʻldi. Ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʻyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʻz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʻlganda ham voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohidlarning hikoyalari.
Geosiyosiy bir oʻyin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim koʻproq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni oʻziniki qilishni koʻzlasa, Britaniya bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi.

Yumshoq muqova, 744 sahifa, 80ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

18 Jan, 02:01


"Avliyolar sultoni" deya ulug‘langan Shayx Abdulqodir Jiyloniyning ushbu risolalar to‘plami "musulmonman" degan har birimizga hayotiy qo‘llanma bo‘la oladi. Haqiqiy mo‘min dunyoni qalbiga qarorgoh, o‘ziga maskan qilmaydi. Umri qisqa, neʼmatlari o‘tkinchi bu dunyo havaslariga aldanib qolmaydi. Mo‘minning har bir amali Alloh taolo roziligi yo‘lida bo‘ladi, bandalari esa baʼzan ilmsizligi, baʼzan munofiqligi sabab o‘z amallarini insonlarga ko‘z-ko‘z qilib gunohkor bo‘ladilar. Ushbu qisqa va lo'nda bayon etilgan risolalar Allohning rahmatidan umidvor bandalarning ko‘p savollariga javob berishiga aminmiz.

Yumshoq muqova, 110 sahifa, 19ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

17 Jan, 16:13


Behuda umr

Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi.

Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi.

Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

15 Jan, 13:18


Dostoevskiy asarlari bir to‘plamda:
Jinoyat va jazo 65ming
Qimorboz 32ming
Telba 45ming
Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar 50ming
Oydin tunlar 30ming
Iblislar 69ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

15 Jan, 05:39


G'oliblikni qisqichbaqadan o'rganish kerakligini bilasizmi? Qanchalik hayratlanarli eshitilmasin, bu haqiqat. Kanadalik psixolog Jordan Piterson o'zining "Hayot uchun 12 qoida" nomli bestsellerida bu va boshqa haqiqatlarni tushuntiradi. Mazkur kitobda ishonchli do'st, fahmli turmush o'rtoq, oqil ota-ona va kuchli inson bo'lish hamda qanday xatolar qilmaslikka oid maslahatlar mujassam. Ushbu maslahatlar oldinga yurish, qiyinchiliklarni yengish va mazmunli yashashga yordam beradi.

“Hayot uchun 12 qoida” kitobida kanadalik taniqli psixolog Jordan Piterson do‘stlik, ta’lim, tarbiya, oila va jamiyat to‘g‘risidagi mulohazalarini bildiradi hamda bu mulohazalar asosida hayotimizni yanada mazmunli qiladigan tavsiyalarini ilgari suradi.

Qattiq muqova, 430 sahifa, 90ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

11 Jan, 11:13


🔥 Bu kitob sizni tarbiyalaydi!
Ushbu kitobda men anchadan beri qidirib yurgan shaxsiy erkinlik boʻyicha savolimga javob bor. Menga ta'sir qilgan bu asar, sizga ham albatta foydali boʻladi degan umiddaman. Shaxs oʻlaroq ham erkin, ham rivojlangan boʻlishimiz uchun bu kitob javonimizda boʻlishi kerak.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

10 Jan, 02:12


Tinchligingiz buzilmasin deya qaysi toʻgʻridan voz kechgan boʻlsangiz, oʻsha narxga sotildingiz demakdir.

Haqiqat mudom takrorlanishi kerak, negaki Yolgʻon doimiy ravishda va'z qilinadi, bir necha kishi emas, balki ko'pchilik tomonidan. Matbuot va ensiklopediyalarda, maktab va universitetlarda, umuman hamma yerda Yolgʻon hukmronlik yurgizadi, olomon oʻz tomonida ekanligi haqiqatidan o'zini baxtli va qulay his etadi...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

08 Jan, 06:09


James Allenning "Fikrlayotgan odam" kitobi o'quvchilarni hayotining barcha jabhalarini o'z fikrlarini nazorat qilish orqali qanday o'zgartirishi mumkinligini tushuntiradi. Ushbu kitob hayotdagi muvaffaqiyat va baxtga erishishning asosiy kaliti insonning o'z fikrlarini va ichki dunyosini boshqarishda yotadi. Kitob Allenning "Fikrlarimiz bizni bunyod etadi" degan muhim g'oyasiga asoslanadi va bu g'oya orqali u o'quvchilarni hayotlaridagi qiyinchiliklarni yengish va o'zlarining orzu-umidlariga erishish uchun fikrlash tarzlarini qayta ko'rib chiqishga undaydi.

James Allen o'zining oddiy, ammo chuqur fikrlari bilan o'quvchini o'zining ichki kuchini topishga, muvaffaqiyatga erishish va baxtni topish uchun qanday qilib fikrlarimizni ijobiy va konstruktiv tarzda yo'naltirishimiz kerakligini ko'rsatadi. "Fikrlayotgan odam" kitobida ular tomonidan taqdim etilgan muhim g'oyalardan biri shundaki, odamlar o'z hayotlarining maqsadi va yo'nalishini faqat o'zlarining fikrlarini boshqarish orqali shakllantiradilar. Kitobda o'ylashning, xatti-harakatlarning va hissiyotlarning bir-biriga qanday ta'sir qilishi, ular qanday qilib bizni muvaffaqiyatga yoki muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi haqida so'z boradi.

Agar siz o'z hayotingizda ijobiy o'zgarishlar kiritishni istasangiz, bu kitobni o'qish juda foydali bo'ladi. Kitob sizga o'zingizni qayta shakllantirish, maqsadlaringizga erishish va baxtli hayot kechirish yo'lida kuchli ilhom manbai bo'ladi. Allenning eng katta merosi shundaki, u har bir o'quvchiga o'z fikrlarini o'zgartirish orqali dunyoni qanday o'zgartirish mumkinligini ko'rsatadi.

O'qish jarayonida har bir bobni chuqur tahlil qilish va o'z hayotingizda amalda qo'llashni tavsiya qilaman. Kitobda ko'rsatilgan falsafiy g'oyalar, shuningdek, amaliy maslahatlar sizni o'zingizni anglash va yangi fikrlar bilan to'ldirishga yordam beradi. "Fikrlayotgan odam" - bu nafaqat o'qilishi kerak bo'lgan, balki hayotda qo'llanilishi zarur bo'lgan bir asar.

Agar siz o'zgarishni boshlashni istasangiz, James Allenning bu kitobi – siz uchun mukammal boshlanish nuqtasi bo'lishi mumkin.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

06 Jan, 02:29


Jonsiz 🧱 g‘ishtga taʼsir qilgan 📘 sizga taʼsir qilmaydimi?!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

05 Jan, 10:08


Fikrlash qadimgi yunonlarda oliy ne’mat hisoblangan. Keyin u baxtga aylangan. So‘ngroq kasallikka. Bugungi kunda esa u jinoyatdir.

https://youtu.be/Bme-Xek_dxc?si=wddbrJcNJayKFNIf

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

04 Jan, 12:47


🐑Lola ismli mana bu oppoq qo‘zichoq o‘zining ipakdek yumshoq va silliq yungidan judayam faxrlanadi. Uni doim tarab, parvarishlab yuradi.

✂️Ammo bahor kelganda, fermadagi barcha qo‘ylar kabi Lolaning yungi ham qirqiladi. U tashqi ko‘rinishidan xafa bo’lib, toki yangi yung o‘sib chiqmagunicha fermaga qaytmaslikka qaror qiladi.

😢Lola endi o‘tloqda yolg‘iz kutadi, kutaveradi. Nihoyat yangi yung o‘sa boshlaydi, ammo endi u avvalgidek silliq emas, balki to‘zg‘igan va tartibsiz edi.

🐥Bir kuni qattiq shamol turib Lolaning ustiga qush tuxumi tushib ketadi. Keyin esa undan mitti, rangin qushcha ochib chiqadi. Qushcha Lolaning qalin va issiq yungi ichida xavfsiz katta bo‘ladi.

🧡Ular qadrdon do‘stga aylanadilar. Lola yangi yungini ham yaxshi ko‘rib qoladi. Xo‘sh, bizning olifta qo‘zichoq yana o‘z fermasiga qaytadimi? Buyog‘ini endi kitobning o‘zi hikoya qilib bersin a?

📔Gemma Merinoning ushbu kitobi o‘zbek tiliga "Maqtanchoq qo‘zi" deb tarjima qilingan. Juda ko‘p kitob do‘konlaridan topishingiz, onlayn buyurtma qilishingiz mumkin.

🌸Kitob nafaqat qiziqarli hikoya, balki iliq va samimiy rasmlari bilan ham ajoyib. Sahifalar quvnoq, rang-barang va bolakayning tasavvurini o‘stiradi. Qizcham ham rasmlarini boshqacha zavq bilan tomosha qiladi.

💖Bu kitob bolajonga o‘ziga ishonch, mehr-muhabbat va o‘zgarishlardan qo‘rqmaslikni o‘rgatadi. Bizning eng sevimli kitoblarimizdan biri. Siz uchun ham sevimlisi bo‘lishiga aminman.
@biyron_cha

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

04 Jan, 12:46


Baribir so‘nggi hukmni KITOBXON o‘qiydi!

"Maqtanchoq qo‘zi" nomli ertak kitobi nashr qilinganiga 1 yildan oshgan bo‘lsa-da hozirgacha sanoqli adadda sotildi. Bir necha bor ushbu kitobcha haqida kitobxonlardan iliq fikrlar eshitdik, quyida ulardan birini havola qilmoqchimiz...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

04 Jan, 04:11


Hatto sukut saqlashingiz ham bir tanlovdir va buning badalini ham albatta, o'taysiz.
Jur'atli bo'ling, yo'qsa sizga nisbatan jur'atli bo'lganlarning chizgan chizig'idan yoqmasa ham yashashga majbur bo'lasiz.

"Muhabbat madrasasi" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

03 Jan, 09:39


HALOVATNI QAYERDAN TOPISH MUMKIN?
Suhbatlashib o‘tiribmiz. Bir do‘stimizdan gap ochildi. Tez-tez Hindistonga, Taylandga borib kelayotgan emish.
“Nega?” deb so‘radim, tijorat karvoniga qo‘shilgandir, deya o‘yladim. Yo‘q, bir necha yil oldin “halovat izlayapman”, deb yurgan edi. Bosh urmagan eshigi qolmabdi. Topolmabdi halovatni. Keyin bir muddat xorijda ishlab yurganida e’tiqodiga biroz hinduizm, biroz buddizm, biroz zardushtiylik va shularning ustiga biroz g‘arb psixologiyasi bilan “qurollangan” rohib bilan tanishibdi. Fikrlaridan qattiq ta’sirlanibdi. Hayoti o‘zgaribdi emish. Do‘stimizning tarbiyasini, qiziqishlari va o‘zgacha qarashlari borligini eslaganimda u voqealardan hayratlanmadim.
Bu hikoya ko‘pchilikka tanish kelgan bo‘lsa ajablanmayman. Oh, bilsangiz shu umrimda bunaqa hodisalarga qancha guvoh bo‘ldim. O‘sha do‘stimizni yaqindan kuzatib yurgan o‘rtog‘imizdan so‘radim:
— Hozir qanday ekan?
— Haliyam o‘sha rohib bilan aloqada, - dedi do‘stim. - Huzur-halovat istab yuribdi. Fe’li o‘sha-o‘sha, har doimgiday ochko‘z va injiq. Bir mediatsiya o‘tkazib oladi, keyin tinchlanadi.
Bu gapdan keyin kuldik. Aslida, zamonaviy insonning umidsiz izlanishlaridan kuldik. Har qancha tipirchilasa-da, hamon kishanlaridan qutulolmayotgani bu. Shuncha yo‘l yursa-da, shuncha ishlarni qilsa-da, raqobatchi fe’l-atvoring seni ta’qib etaveradi.
Xo‘sh, nega? Muammo nimada?
Ayta qolay. Xoh Onado‘lida, xoh Hindistonda, xoh slavyan tuproqlari, xoh Afrikaning boshi-yu oxiri yo‘q sahrolarida bo‘lsangiz-da... halovat izlab yo‘lga chiqsangiz, topolmaysiz. Lekin haqiqatni izlab yo‘lga chiqsangiz, balki uning halovati sizni topishi mumkin.

"Iymon va huzun" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob Sizga eng yaqin pochta ofisigacha yetkazib berish tekin. Buning uchun ushbu postni 5ta do'stingizga yuborsangiz bas.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

02 Jan, 15:28


Heeech kelmaydigan ertani kutib yashaydiganlar uchun⌛️

Vaqt hech qachon davo bo‘lolmaydi. U bor- yo‘g‘i odatlanib qolishga imkon beradigan kenglikdir xolos.

Muvaffaqiyatli insonlarning ham kuniga 24 soat vaqti bo‘ladi, biroq ular mana shu hammaga teng taqsimlangan imkoniyatdan bizdan ko‘ra biroz unumliroq foydalanganliklari sabab ma’lum bir natijaga erishadilar.

Vaqt baribir o‘tadi, undan afsus-u nadomat qoladigan ishlarda foydalansak ham va aksincha o‘zimiz va yaqinlarimiz (insoniyat) uchun foydali bo‘lgan ishga yo‘naltirsak ham...

Kalomdan gapiradigan bo‘lsak: "Zarra miqdor yaxshilikka ham, zarra miqdor yomonlikka" ham javobgar ekanmiz, soniyalarnida behuda ishlarga sarflashimiz ayanchli oqibatga olib kelishi aniq. Oqibat deyilganda yaxshi kasb va komfort sharoitda yashash nazarda tutilmayapti, behuda umr sabab abadiyat manzilida afsuslanib qolishdan ogohlantirilayapti!⌛️

Yumshoq muqova, 112 sahifa, 26ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

01 Jan, 17:24


Mahbubingga qadahingda suv tut. Unga oʻzingni tutishdan ehtiyot boʻl! Biz ayollarga oʻzimizni tutganimizdan keyin, qaytarib olishimiz qiyin boʻladi.
Shakar suvda erib ketgandek, biz ularda erib ketamiz.
Endi yonib, qaynab va tutamasdan turib, yangidan ajrashimiz mahol boʻladi. Erkak ayoliga erib-singib ketganda, zaiflashadi va uning soyasiga aylanadi. Ayol zoti zaif erkakni yomon koʻradi, garchi bunga oʻzi sababchi boʻlsa ham.
Bunda ibodatga loyiq birgina zot bor. U ham boʻlsa Allohdir, ayol emas.

Qadimda aytganlaridek, baxtli uylarda ovoz boʻlmaydi… Hech kim ular haqida gapirmaydi, hech kim ular haqida hikoya qilmaydi yoki roman yozmaydi, film suratga olmaydi. Anʼanaviy muhabbat hikoyalarida doimo oshiq mashugʻiga yetishganda parda tushadi (hikoya yakunlanadi), chunki muallif oʻshanda gap tugagan deb hisoblaydi…va endi aytadigan gap qolmagan, chunki baxt boshlangan va baxtning ramzi — sukutdir.

Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

13 Dec, 14:53


Nega mamlakat urush ichida qoldi?

Uzoq yillar davomidagi zulm xalqning sabr kosasini to‘ldirib bo‘lgandi. Agar o‘shanda isyon emas tashqaridan hujum bo‘lgan taqdirda ham xalq bosqinchilarga yordam bergan bo‘lardi. Fuqarolar urushidagi ikki tomonning biri hukumat va hukumat xizmatchilari, ularning oila a'zolari yani zolimlarning yaqinlari yana biri esa hukumat va hukumatga xizmat qiluvchilarga aloqasi bo‘lmagan oddiy mazlum xalq...

Natijada hukumat o‘z zulmini davom ettirish xalq esa adolat uchun kurashdi.

"Tutqun" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

11 Dec, 11:01


O‘qib bo‘lgach, "Yozuvchidan yaxshiroq yozgan bo‘lardim!" degan asaringiz bo‘lganmi?!

Fikrlaringizni commentda o‘rtoqlashing.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

11 Dec, 05:10


Tavsiya🔥

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.app.gofreebooks

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

05 Dec, 13:10


🐣Bolajonlar uchun mo'jaz kitobcha...

🐥Beg‘ubor savollarga ibratli javoblar!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

30 Nov, 01:40


Istigʻforning 40 xosiyati. Salovatlar

1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi;
2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi;
3. Istigʻfor aytgan odam imon halovatiga erishadi;
4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi;
5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi;
6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi;
7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi;
8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi;
9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi;
10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi;
11. Mol-dunyoga baraka kiritadi;
12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi;
13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq;
14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi;
15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi;
16....

Kitobning audiosi

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

29 Nov, 13:57


🎈Bolajonlar uchun 15% 🐣

Bolajonlar kitoblari uchun chegirmadagi kitoblar ro‘yxatini @TaskinKitob profiliga yozish orqali olishingiz mumkn.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

29 Nov, 05:50


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

27 Nov, 13:17


Boshqacha nuqtai nazar...

O‘lsang kim yig‘laydi? kitobidan

Suxandon: Mohidil Fozilova

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

20 Nov, 09:54


Bugungi kunda xalqimiz asrlar davomida amal qilib kelayotgan hanafiy mazhabiga bilib-bilmay tuhmat toshlari otish, mazhabga ergashuvchilarni Qur’onu Sunnatga emas, bir shaxsga ko‘r-ko‘rona ergashishda nohaq ayblash holatlari kuzatilib turibdi. Mazhabining ilmiy asoslarini, ildizlarini, uning ayni Qur’on va Sunnatga tayanganini bilmagan har qanday odamda bunday o‘rinsiz ayblovlardan ozmi-ko‘pmi shubha uyg‘onishi, qalbi biroz notinch bo‘lishi turgan gap. Shu e’tibordan ushbu manbaning xalqimiz orasida o‘zgacha qiymat qozonishidan, uni har bir musulmon vatandoshimiz sevib mutolaa qilishidan umidvormiz.
Kitobni o‘qigan har bir kitobxon «Nega biz faqat bir mazhabboshining gapiga amal qilishimiz kerak? Nega tegishli hukmlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Qur’on va Sunnatdan o‘qib, chiqarib olavermaymiz? Nega Rasululloh sollallohu alayh vasallamga emas, Abu Hanifaga ergashamiz?» kabi shubha-gumonli savollarga barham beradigan javoblardan bahramand bo‘lishiga ishonchimiz komil.

Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

19 Nov, 07:13


Cho‘ntakbop uch kitob Donolarning ibratli ramziy silsilasi...

"Ibrat maktabi" 11ming
"Donolar suhbati" 11ming
"Ramzlar silsilasi" 11ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

18 Nov, 10:11


Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books pinned «»

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

15 Nov, 14:35


Totalitar rejimlar hech qachon din bilan kelisholmagan, chunki bir joyga ikkita muqaddas narsa sig‘maydi...

Hamma zolim bilib qoʻysinki, ortida uning ismini tarixga yozib qoʻyadiganlar turibdi...

Ba’zan gazetalarda birorta ham haqiqat yozilmaydi. Shuning uchun ham uni o‘qishadi...

Adam Uzkusaning "Tutqun" kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

14 Nov, 14:55


https://telegra.ph/Har-onining-haqqini-bergan-Zot-02-10

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

12 Nov, 07:18


Haqiqiy pushaymonlik cherkovga, sinogogga qatnab jahannamga kirish emas, haqiqiy pushaymonlik masjidga qatnab jahannamga kirishdir…

Butun umr to‘g‘ri deb bilgan aqiydang (prinsiping) puch yong‘oq ekanglini anglaganingda ko‘zlaringdagi ranju alamga boqqim bor...

Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...

"Jannatga taklifnoma" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

10 Nov, 08:20


Yusuf alayhissalom zindonband etilgandan keyin zindonlar hikmat uyiga aylangan...

Yusuf alayhissalom quduqqa tashlashdan avval akalari tomonidan do‘pposlanganlarida tabassum qilgan ekanlar, akalari nega tabassum qilayapsan deganlarida ''Kuchli akalarim bor, hech kim meni urolmaydi!'' deb yurardim Alloh meni sizlarga urdirdi...
Allohdan o‘zgaga suyanishning oqibatini ko‘rib kulyapman...

Adam Uzkusaning "Tutqun" kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

08 Nov, 16:52


🐕‍🦺🐓🐩🐿🌳🌸
Ilmning haqiqiy qadri

OqvaQora

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

08 Nov, 05:14


Muhabbat tilamchilarga beriladigan sadaqa emas. Duch kelgandan sadaqa soʻrab koʻchaga chiqolmaganing kabi muhabbatni ham ehson qiling deb boʻlmaydi...

© "Ichxasta" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

06 Nov, 19:33


Heeech kelmaydigan ertani kutib yashaydiganlar uchun⌛️

Vaqt hech qachon davo bo‘lolmaydi. U bor- yo‘g‘i odatlanib qolishga imkon beradigan kenglikdir xolos.

Muvaffaqiyatli insonlarning ham kuniga 24 soat vaqti bo‘ladi, biroq ular mana shu hammaga teng taqsimlangan imkoniyatdan bizdan ko‘ra biroz unumliroq foydalanganliklari sabab ma’lum bir natijaga erishadilar.

Vaqt baribir o‘tadi, undan afsus-u nadomat qoladigan ishlarda foydalansak ham va aksincha o‘zimiz va yaqinlarimiz (insoniyat) uchun foydali bo‘lgan ishga yo‘naltirsak ham...

Kalomdan gapiradigan bo‘lsak: "Zarra miqdor yaxshilikka ham, zarra miqdor yomonlikka" ham javobgar ekanmiz, soniyalarnida behuda ishlarga sarflashimiz ayanchli oqibatga olib kelishi aniq. Oqibat deyilganda yaxshi kasb va komfort sharoitda yashash nazarda tutilmayapti, behuda umr sabab abadiyat manzilida afsuslanib qolishdan ogohlantirilayapti!⌛️

Yumshoq muqova, 112 sahifa, 26ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

05 Nov, 18:33


"Muhabbat madrasasi" kitobidan audioparcha.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

03 Nov, 07:52


Bizni Koreadan 🇰🇷 turib kuzatadiganlar qanisiz?
Sizlarni Koreadagi hamkorimiz bilan tanishtirmoqchimiz:
https://t.me/Harinbook
Endilikda masofalar bizga to‘siq bo‘lolmaydi. 😉

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ 🇰🇷 Yanada yaqinroq!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

02 Nov, 12:52


Inson va hayvon o‘rtasida katta farq bor: hayvon och qolganida yoki biror xavf bilan yuzlashganida, inson esa qorni to‘q, usti but, gapi gap bo‘lganida tahlikalidir...

Hayvonlardan farqli o'laroq, Yaratgan bizni tik yuradigan qilib yaratdi. Aksariyat odamlar bu imtiyozdan foydalanmaydilar, ular umrining ko'p qismini "egilib" va hatto "emaklab" o'tadilar...

Hayot - iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlardan boshqa hech kim yuta olmaydigan o'yindir...

Men dushmanni la'natlayman, tarafsizlikka kelsak ular tupurishgada loyiqdir...

Hayotini faqat din va namoz bilan emas, balki ilm va amal ila tartibga solish kerakligiga inongan kishi Islomga oiddir...

Tarixni Alloh yozadi, biz faqatgina qayerda (qaysi tomonda) turishimizni tanlaymiz xolos...

“Sharaf” kitobidan.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

31 Oct, 14:23


#iqtibos

Choʻqqiga chiqqan inson yolgʻiz qolishga mahkum.


Tomas Erikson | ”Atrof toʻla ahmoqlar”

📚
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

29 Oct, 09:12


https://telegra.ph/Ozorlarni-yuving-03-19

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

24 Oct, 14:04


Sinov faqat jazo uchun kelmaydi, gohida poklash uchun yuboriladi.

Asl mashaqqat bulutda edi. Ammo hamma yomg‘irga atab she’rlar yozdi...

Har kim hayotida bir insonni topadi. Ammo muhimi, bir-birini topmoqdir...

Bir musibat ming nasihatdan afzaldir...

"IchXasta" _ muallifidan intiqom olgan asar...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

23 Oct, 05:47


Siyosiy erkinlik xohlagancha ish tutish degani emas. Erkinlik qonun yoʻl qoʻygan har qanday ishni bajarish huquqi bilan belgilanadi. Agar fuqaro qonunda taqiqlangan ishga qoʻl ursa, erkinlikdan mahrum boʻladi.

Sevilmaslik baxtsizlik boʻlsa, sevilmay qolish haqoratdir.

Ozodlik, bu qonun izn bergan har qanday narsani qilish mumkin, deganidir.

Odamzod har doim va hamma joyda juda koʻp unsurlar,xususan, iqlim,din,qonunlar,boshqaruv (hokimiyat) prinsiplari,oʻtmish voqealari,axloq,urf-odatlar taʼsirida yashaydi va ayni mana shu taʼsirlar oqibatida milliy ruh shakllanadi. Ayni shu sababdan milliy ruhni oʻzgartiruvchi har qanday narsadan saqlanish lozim, qonunlar eng avvalo milliy ruhga asoslanishi kerak,zero, faqat shundagina millat oʻz tabiatiga mos qonunlarni soʻzsiz qabul qiladi.

Qattiq muqova, 335 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

22 Oct, 05:31


“1975-yil ukam menga Quddusdan Qur’on kitobini olib keldi. Fotiha surasini o‘qiganimda uning umumiy ma’nosini tushunishga harakat qildim. Bu avval o‘qigan kitoblarimning hech biriga o‘xshamasdi. So‘zlar negadir menga tanish tuyuldi. Qachondir yo‘qotgan qadrli narsamni topib olgan kishiday entikdim. Oqimini topgan irmoq kabi edim...” deydi ayni mashhurlik cho‘qqisiga chiqqanda sahnani tark etib, islomni qabul qilgan mashhur ingliz qo‘shiqchisi Yusuf Islom (Cat Stevens).

U bir bor, bir borgina o‘qib shunday tuyg‘ularni his etibdi. Bir kunda qirq bor Fotiha surasini o‘qiganlar hech narsani his qilmasa, demak, ongida jiddiy muammo bor ekan...

Yer yuzida baxtli va halovatli yashashni istaganlar samo bilan munosabatlarini mustahkam qurishlari shart. Yaratgan bilan munosabatlarini mustahkamlamagan yoki umuman hech qanday aloqasi bo‘lmaganlarga yer yuzi tor keladi.

"Iymon va huzun" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

19 Oct, 02:28


Boshqalarning hukmdorligi ostida yashashga koʻnib, jamiyat uchun nima yaxshi, nima yomon boʻlishini tushunib yetmagan xalq bilan ham xuddi shunday boʻladi. U yangi hukmdorning zulmi avvalgi hukmdorga qaraganda yanayam qattiqroq boʻlishi mumkinligini oʻylab koʻrmaydi. Bunday qiyinchiliklarga maʼnaviy asoslariga putur yetmagan xalq roʻbaroʻ boʻladi. Butunlay buzilib boʻlgan xalq esa qisqa vaqt nariyoqda tursin, birzum ham ozod yashay olmaydi. Ayni shu haqda keyingi mulohazalarimizda soʻz yuritamiz. Endi biz buzuqlik hali u qadar chuqurlashmagan va hali bir qadar mehr-u oqibati mavjud xalq haqida fikrlashamiz.

Yuqorida keltirilgan qiyinchiliklarga yana birini qoʻshsa boʻladi. Bu mana bundan iborat: ozod boʻlgan davlat doʻstlar partiyasini emas, balki dushmanlar partiyasini tuzadi. Uning dushmanlar partiyasi zulmkor hukumatdan foyda koʻrgan, podshohning saxiy marhamatidan bahramand boʻlganlardan iboratdir.....

55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

18 Oct, 15:43


◀️Seni so'rasa nima deyman?

Yaqinlarga ulashing

OqvaQora

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

08 Oct, 08:21


To'gri bo'lishga intilsang-u, omading chopmasa, umidingni uzma. Toki nafsing to'g'ri bo'lmaguncha urinaver, urinaver, urinaver...
Muhammad ibn Munqadir rohimahulloh aytadi: "Nafsim bilan qirq yil kurashdim. Nihoyat uni bo'ysundirdim."

"Qalblardan so'rang"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

07 Oct, 14:23


Nikola Tesla o'z zamonidan ilgarilab ketgan daho kashfiyotchi edi. Insoniyat haligacha uning kashfiyotlaridan foydalanib kelmoqda. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu kitobda buyuk kashfiyotchi, olim o'zining qiyinchiliklar ostida kechgan hayoti, bolaligi va muvaffaqiyatlar cho'qqisigacha boʻlgan mashaqqatli yo'li haqida so'zlab beradi.

Yumshoq muqova, 110 sahifa, 24ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

07 Oct, 07:26


OʻRNINGIZDAN QIMIRLAMANGLAR!

...Bugun Uhud jangi tugagan boʻlsa-da, musulmonlarning ortini himoya qiladigan kamonchilar xatosi toʻxtagani yoʻq.
Barcha maydonlarda bu dinni himoya qiladiganlarga sharaflar boʻlsin! Ular zaiflashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlarini eshitadilar: “Oʻrningizdan qimirlamanglar!”
Farzandlarini namoz, roʻza va goʻzal axloq ila tarbiya qilayotgan aziz onalar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz.
Farzandlaridan “Amma yatasaaʻalun” porasini soʻrayotgan aziz otalar! Siz bizni ortdan kelib zarba beradiganlardan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Bu avlodni tarbiyalasa, yana Abu bakrlaru Umarlaru Usmonlar chiqishiga ishonadigan karamli ustozlar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz.

Farzand parvarishiga tayyorgarlik oʻlaroq oʻzlarini iffat asosida tarbiyalayotgan mastura qizlar! Sizlar bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizda mahkam turinglar!

A. Sharqoviyning “Nabaviy tarbiya” kitobidan.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

04 Oct, 12:34


📢 Aytgancha, suratdagi ikki kitobni birvarakayiga xarid qilsangiz 55.000+55.000=110.000 emas! 95.000 to‘laysiz! 🔥

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

04 Oct, 09:42


Alloh taolo Qur'oni Karimda: "Sizlar uchun Allohning Rasulida go'zal namuna bordir" (Ahzob surasi, 21-oyat) deya marhamat qiladi.

Ushbu kitob Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kundalik hayotlarini tasvirlash orqali, u zotning har bir harakatlari va so'zlari zamirida yashiringan chuqur ma'no va hikmatlarni ochib berishga harakat qilgan. Kitob orqali o'quvchi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oddiy kunlaridan birini kuzatish, u zotning oilaviy munosabatlari, ibodatlari, sahobalar bilan muloqotlari va ummatga ko'rsatgan g'amxo'rliklarining guvohi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning kundalik hayotlarini yoritish orqali, Islom dinining amaliy jihatlarini tushunishga yordam beradi

Oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, qo'ni-qo'shnichilik kabi kundalik masalalarda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini o'rgatadi

Buyurtma berish @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

28 Sep, 13:32


O'ziga keraksiz bo'lgan narsani berish sadaqa bo'ladi. O'ziga kerakli bo'lgan narsani berish ehson bo'ladi. O'zi yaxshi ko'rgan narsani berish hadya. O'ziga zarur bo'lgan narsani berish fidokorlik. O'zni berish esa MUHABBAT bo'ladi.

Odam yo oʻzi sevgan narsasi uchu  kurashib yashaydi. Yoki oʻzi yoqtirmagan narsa uchun chidab yashaydi. Lekin yoqtirmagan hayotida chidab yashash odamni kuchli qilmaydi! Kurashib yashash va chidab yashash bir-biridan farq qiladi. Kamolot uchun kurashiladi. Kurashgan odamgina kamolotga erishadi!

Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi"
asaridan.

Qattiq muqova, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

26 Sep, 05:46


“Bir olima qiz bor edi”

Insonlarning suratini ko’ramiz-u, siyrati bizga no’malum. Ko’p niqobli kishilarning asl yuzi ochib berilgan “Bir olima qiz bor edi” asari o’quvchini sergak torttiradi.
Mutolaa davomida iymoni va sevgisi o’rtasida qolgan yosh qizning qanday sinovlarni boshdan kechirganiga
guvohi bo’lasiz. Omina Shenliko’g’lining mazkur asari qahramoni qat’iyatda barchamizga o'rnak bo'la oladi.

Yumshoq muqova, 56ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

21 Sep, 06:02


✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.

✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.

✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.

✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

19 Sep, 05:29


Iso alayhissalom iblisga dedilar:" Insonlar orasida senga yaxshisi kim? " Baxil mo'min", -dedi u. Yana Iso alayhissalom so'radilar: " Senga insonlar ichida eng yomoni kim?" U aytdi: " Sahiy fosiq", " Nima uchun?"-deb so'radilar. U aytdi:" Men bahil mo'minni gunoh qilishi uchun uni bahillikka solib qo'yishga umidim bor. Lekin sahiy kishining gunohi Allohning fazli bilan kechirilmog'idan qo'rqaman".

Ey tavhid kalimasini aytuvchi inson, uni tasdiqlaydigan hujjating bormi? Amrlarga bo'ysunish, qaytarilgan narsalardan tiyilish, ofatlarga sabr qilish va taqdirga taslim bo'lish ushbu da'voga hujjat bo'la oladi...

"Rabboniylikni anglash"

Qattiq muqova, 367 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!