Mabrur - IT Blog 🇵🇸 @mabrur_dev Channel on Telegram

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

@mabrur_dev


💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim

Mabrur - IT Blog 🇵🇸 (Uzbek)

Salom, aziz do'stlar! Bugun sizlarga IT sohasidagi eng yangi va foydali ma'lumotlar bilan ta'minlovchi Telegram kanalimiz haqida so'z bermoqchiman. Kanalimizning nomi "Mabrur - IT Blog 🇵🇸" bo'lib, uning maqsadi dasturlash sohasida yangiliklar, foydali murojaatlar va muhim ma'lumotlar bilan sizni ta'minlashdir. Kanalda dasturlash, sayt-tashqi ishlar, cybersecurity, yangi texnologiyalar va boshqalar bo'yicha matnlar va maqolalar joylashadi. Kanalimiz administratori shaxsiy blogini ham olib boradi, shunda muallifning hayotiga oid maqolalar va tajribalar bilan tanishishingiz mumkin. Buning yaninda, kanalimizda ijtimoiy tarmoqlarimizning linklariga ham ega bo'lib, muhimi xabarlarimiz bo'yicha bir qatorda bo'lishingiz mumkin. Agar siz ham IT sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish va foydali ma'lumotlardan o'zgartrilishni istasangiz, sizni "Mabrur - IT Blog 🇵🇸" kanalimizga obuna bo'lishni tavsiya qilamiz. Sizga foydali va ilgari ma'lumotlar bilan ta'minlovchi bo'lgan kanalimizga xush kelibsiz!

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

13 Dec, 11:44


LinkedIn Profilingizga E'tibor Bermaslik

Agar sizda LinkedIn profili bo‘lmasa, siz ish beruvchilar uchun ko‘rinmas bo‘lib qolasiz. Ularning katta qismi aynan LinkedIn’dan nomzodlarni izlash va ularning tajribasini o‘rganish uchun foydalanadi.

Nega LinkedIn muhim?

Ish beruvchilar joylashuv, ko‘nikmalar va tajribaga asoslanib nomzodlarni izlaydi.
LinkedIn sizga kompaniyalar va unda ishlovchi xodimlar haqida ma'lumot olish imkonini beradi.

Qanday to'g'irlash mumkin:

- Aniq joylashgan yeringizni ko‘rsating — bu ish beruvchilarga sizni topishda yordam beradi.
- O'qigan joylaringizni kiriting va tajriba qismida muhim loyihalar yoki amaliyotlarni yozing.
- O'zingiz haqingizda kuchli ma'lumot. Bu sizning nima uchun yaxshi nomzod ekanligingizni tushuntiradi.
- Professional rasm yuklang va profilingizni doimiy ravishda yangilang.
- LinkedIn profilini optimallashtirish bo‘yicha bepul qo‘llanmalarni yoki video darslarni ko‘rib chiqing.

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

13 Dec, 11:44


Bugungi kunda dasturlashda, ayniqsa, web dasturchi sifatida ishga kirish qiyinlashib ketgan. Raqobat keskin, va ko‘pchilik dasturchilar qattiq harakat qilayotgan bo‘lsa ham, ishga kirishda yo‘l qo‘yayotgan ba'zi xatolari tufayli muvaffaqiyatga erisha olmayapti.

Shu postda junior dasturchilar yo'l qo'yayotgan eng keng tarqalgan xatolarni qisqacha ko'rib chiqamiz.

Rejasiz Ishga Topshirish

Ko'pchilik yuzlab kompaniyalarga bir-xil rezyumesini yuborib, javob kutishadi. Bu ish qidirishda unchalik samarali strategiya hisoblanmaydi. Xo'sh, nega bu ishlamaydi?

- Ish beruvchilar bir-xil shablonlarni bir qarashda sezadi va e'tiborsiz qoldiradi.
- Boshlanishida doimiy rad javoblarini olish ishonchingizni pasaytiradi va umidsizlikka tushurib qo'yishi mumkin.
- Sizning vaqtingiz behuda ketmoqda — bu vaqtni siz bilimlaringizni kuchaytirish yoki intervyuga tayyorlanishga sarflashingiz mumkin edi.

Buning o‘rniga nima qilish kerak:

- Ma'lum kompaniyalarga e'tibor qarating. O‘zingizni qiziqtirgan va maqsadlaringizga mos tushadigan kompaniyalarni tanlang.
- Tadqiqot o‘tkazing. LinkedIn’da kompaniya xodimlarining profilini ko‘rib chiqing va ular qaysi ko'nikmalarda kuchli, nima texnologiyalar ishlatishlarini bilib chiqing.
- Rezyume va cover-letterlarni moslang. Har bir ariza uchun o‘zingizning tajribangizni ish tavsifi bilan mos keladigan tarzda tuzib chiqing.
- Ko'proq networking quring. LinkedIn orqali kompaniya xodimlari bilan bog‘laning. Yordam yoki maslahat so‘rang — chiroyli berilgan savol yoki murojaatlar ko‘pincha ijobiy javobsiz qolib ketmaydi.

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

11 Dec, 18:15


Dasturlashni yangi boshlaganlar nimadir yasashda eng ko’p o’ylanadigan mavzularidan biri - folder structureni qanday tuzish. Shu tvitda HTML, CSS, JS fayllarni to’g’ri joylab chiqish haqida foydali qo’llanmalar bor ekan.

https://fxtwitter.com/e_opore/status/1866586078976569679?s=46

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

06 Dec, 07:13


🔍 Yoshlar "Google" qilishni unutib yuboryapti

Google trafigi pasaymoqda: yoshlar qidiruv tizimidan tobora kamroq foydalanib, sun'iy intellekt vositalarini va boshqa platformalarni afzal ko'rishmoqda. Prognozlarga ko'ra, AQSh qidiruv reklamasi bozorida Google ulushi 2025-yilda birinchi marta 50 foizdan pastga tushadi. Bu yil esa allaqachon 8 foizga pasaydi.

Raqobat ham kuchaymoqda: ChatGPT qidiruv funksiyasini qo'shdi, Microsoft va Apple esa o'z mahsulotlariga sun'iy intellektni joriy qilmoqda

Shaxsan o'zim ham oldingidagidek aktiv google qilmay qo'yganman😕

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

03 Dec, 13:02


Macni ichida windows ishlatishimga nechi😎

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

02 Dec, 12:31


AI regulations?

Bugun ishxonadagi loyihalar uchun AI dan foydalanishni boshqaruvchi qonun qoidalar bilan tanishib chiqdik. Qisqacha mantiq, AI foydalanishda, kod yozdirib yoki loyihadagi kodni share qilib bo'lmaydi. Menimcha hozir ko'pgina kompaniyalar bunday qonun qoidalarni ishlab chiqishmoqda yoki chiqib bo'lishdi. Konfedentsial axborotni AI bilan share qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmasli bu turgan gap, lekin undan foydalanishni tekshiruvi qanday kechar ekan, shu menga qiziq bo'lyapti. Undan tashqari, internetda o'qiganlarim bo'yicha kompaniyalar AI-toollardan xavfsizlikni o'ylamay foydalanish uchun ichki tizimlar ishlab chiqib va AI based kompaniyalar, Enterprise maxsulotlarni faqat o'zingiz uchun "yoyib" berarmush. Huddi shaxsiy gitlab serveringiz bo'lgandek.

Boshida qarshilik ko'rsatdik, qabul qilmadik, lekin shunga qaramay kundalik hayotimizga AI tobora ko'proq kirib kelayapti. Ishimizni osonlashtirib yordamchi bo'lib ko'rinib, o'rnimizni egallayapti. Huddi bu bug' dvigatellari orqali ishlaydigan mexanizmlar birinchi odamlarga yordamchi bo'lib kelib, keyin ularni o'rnini egallaganday.

Kecha akamlar bilan shu haqida suhbatlashib qoldik, agar har bir sohada sun'iy intelektlar ishlasa, iqtsodiy inqirozga yuz tutmaymizmi? Masalan, kodni AI yozadi, rentgenni AI o'qib beradi, yuzingizdagi toshmalarni AI ko'rib nima dori kerakligini aytib beradi, mashinangizni AI boshqaradi, gaplaringizni AI tarjima qiladi. Bu kelajak emas, bu ayni hozirda bo'layotgan ishlar. Keyinchalik qolgan kasblarni ham AI egallasa, aholi ishsiz qolsa, xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar ham qulaydimi? Chunki odamlar ishsiz va puli yo'q, siz taklif qilayotgan obunani sotib olmaydiku.

Qiziq teoriya tog'rimi? 🤔 Barcha narsa o'zi ishlab ketaversa odamlar keraksiz bo'lib qolmaydimi? AI ni ham yo'lga solish uchun qandaydir qonun qoidalar ishlab chiqilarmikan? Shu savollar meni bir oz qiynab qo'ydi. Menimcha asta sekin singulyarlikka yaqinlashib kelyapmiz.

Sizningcha AI qanchalik o'zgarishlarga olib kelar ekan, inqirozga uchraymizmi yo'qmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring 👇

@khumoyun_codes

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

01 Dec, 14:12


Topgan kandidatimni bugunga vaqti bomadi😕

Middle backend pozitsiyasiga tortaman deb hisoblaydiganlar bo'lsa + qoldirib ketinglar, hafta ortalarida interview qivorsak bo'ladi

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

30 Nov, 20:03


Hullas reklama otmen. Hozirgacha 730 ta prosmotr bo'libti, bundan balansimga $0,8 tushibti😕

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

30 Nov, 13:00


Shu munosabat bilan ertaga nodejs mock interview qivoramiz😎

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

30 Nov, 12:54


Ko’proq postlar yozishga motiv bo’lishi uchun Yandex reklama orqali kanalni monetizatsiya qilishni sinab ko’ryabman.
Endi shunday reklamalarni yopib tashlash uchunam ko’proq post yozishga majbur bo’laman.

Pul olganimdan keyin nech pul foyda qilish mumkinligini sizlargayam aytaman )

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

29 Nov, 12:07


Node.js asoschisi Oracle’ni firibgarlikda ayblab, JavaScript’ni “ozod qilishga” chaqirganini eshitganmidingiz?

Node.js otasi Ryan Dahl bir necha oydan beri Oracle kompaniyasiga qarshi petitsiya yozib, ularni JavaScript savdo belgisi huquqidan mahrum qilishni talab qilmoqda. Dasturchilar fikricha, bu tilning nomi umumiy mulkka aylangan va Oracle kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Petitsiyani allaqachon 14 000 dan ortiq dasturchilar imzolashdi.

Asosiy ayblovlar:
— Oracle 2019-yilda savdo belgisi muddatini uzaytirishda yolg‘on ma’lumot taqdim qilgan.
— Kompaniya bu belgini tijorat faoliyatida uzoq vaqtdan beri ishlatmayapti. Qonunga ko‘ra, uch yil davomida foydalanilmagan belgilar “tashlab qo‘yilgan” deb hisoblanadi.

Oracle 2025-yil 4-yanvarga qadar javob berishi kerak. Dasturchilar JavaScript’ni yana erkin qilish uchun oxirigacha kurashmoqchi.

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

29 Nov, 10:45


Awesome - bu dasturchilar uchun eng foydali manbalar to’plangan repozitoriya.

Uni ichida xar-hil resurslar, tillar, kutubxonalar, texnologiyalarni qo’llashga va o’rganishga oid foydali manbalar mavjud.

Nimadir o’rganmoqchi bo’lsangiz, shu yerdagi ro’yxatdan ishonchli manbalarga o’tib olishingiz mumkin.

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

27 Nov, 15:20


3 yil oldin: "AI shunchalik ahmoqki, hatto Hello Worldniyam tuzuk-quruq yozolmaydi😏"

2 yil oldin: "AI kod yozishni o‘rgandi, lekin debugging qilishga kelganda huddi yosh bola bilan gaplashgandek bo'lasan😅"

1 yil oldin: "AI butun dasturimni yozib berdi. Qanday ishlashini to'liq tushunmadimu, lekin mayli deb productionga chiqarvordim😕"

Bugun: "AI kodimni qaytadan yozib tashladi, deploy qilib productionga chiqardi, va mijozdan pul so'rab, menga qahva olib kelishimni aytdi😨"

Progressni ko'ryapsiza )

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

27 Nov, 07:05


Dasturiga two factor authentication ulamoqchi bo’lganlar uchun qisqacha yo’l-yo’riq )

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

26 Nov, 06:07


⚡️ Join the biggest Developer Festival of the year in Central Asia (Get your free tickets)!

Less than 2 weeks left until GDG DevFest returns to Tashkent once again for the 2024 season!

Get ready for GDG DevFest, the high-energy, one-day event is packed with dynamic talks, interactive workshops, and hands-on sessions, all centered around the latest technologies and innovations.

This year, we’re raising the bar - join us as we welcome an incredible lineup of international speakers, including Google Developer Experts and Googlers, ready to share their insights and spark your creativity.

It’s more than a conference - it’s a chance to connect, learn, and get inspired alongside some of the brightest minds in tech. Don’t miss it!

👀 Date: December 7, 2024
🕙 Time: 10:00
🏛 Venue: Panorama Cinema Palace
🗓 Agenda: https://bit.ly/devfest-agenda24

👉 Get your FREE ticket now:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-2024-tashkent/

See you at DevFest Tashkent 2024!

@gdgtashkent

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

25 Nov, 21:17


Cursor AI orqali dastur qurishni yanyam aqlliroq va samaraliroq qilish usullari

https://x.com/cj_zZZz/status/1860732311299408257

Foydali post ekan, albatta o'rganib chiqing )

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

05 Sep, 14:16


Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Tezmenu xizmatini taqdim etishdan mamnunmiz! 🎉

Bepul QR-kod menyuni bir necha soniya ichida yarating! 🔍

Tezmenu bilan:
🪑 Stoldan ofitsantlarsiz buyurtma oling.
🍽️ Menyuni tez va oson ortiqcha xarajatsiz yangilang.
💻 Qulay boshqaruv paneli.
📊 Buyurtmalarni kuzatib boring.
Sifatni oshirish uchun mijozlar fikrlarini oling.
🛜 Wi-fi parolingizni kiritib qoʻying.

TEZMENU - Zamonaviy yechim, qulay narx 💼🔝

🔗Sinab koʻrish
🚀@tezmenu

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

14 Aug, 06:35


17- kuni, Tashkent Supabase tadbirini o'tkazyabmiz.

Supabase - bu backend-as-a-service (BaaS) platformasi bo'lib, dasturchilarga loyihalarni tezroq qurish uchun yordam beradi. Firebasening open source alternativi.

Shaxsiy startup loyihalar ustida ishlayotganlar uchun, zo'r networking bo'ladi.

https://lu.ma/03af412r

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

13 Aug, 07:12


🌐 Web dasturlashda Accessibility: Nima uchun u muhim va nimalar qilish kerak?

Ishlab chiqarayotgan dasturlaringiz uchun Web accessibility qo'shib ketish - shunchaki rasmiyatchilik emas. Bu barcha foydalanuvchilar uchun birdek imkoniyat yaratib berishda muhim hisoblanadi. Keling, nima uchun bu muhimligini va uni qanday amalga oshirish mumkinligini qisqacha ko'rib chiqamiz.

Nima uchun Accessibility zarur:
1. Inklyuzivlik: Dunyo aholisining 15% qismi qandaydir nogironlik bilan yashaydi. Siz o'zingiz qilayotgan produktni accessible qilib, nafaqat auditoriyangizni kengaytira olasiz, balki jamiyatning katta qismiga teng imkoniyat bera olasiz.
2. Qonuniy muvofiqlik: Ko'p mamlakatlarda raqamli accessibility talab qilinadigan qonunlar mavjud. Masalan, AQShda Americans with Disabilities Act (ADA) ga ko'ra ko'p web-saytlar shunday imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.
3. Foydalanuvchilar uchun yaxshiroq UX: Aniq navigatsiya va o'qilishi oson bo'lgan matn nafaqat nogironligi bor shaxslarga, balki boshqa shaxslarga ham birdek qulay va muhim hisoblanadi.
4. SEO ustuvorligi: To'g'ri sarlavha qo'yish, semantik kod yozish va tasvirlar uchun alt matni kabi ko'plab accessibility amaliyotlari SEOni yaxshilashda foyda berishi mumkin.

Accessibility-ni amalga oshirishning asosiy bosqichlari:
1. Semantic HTML-dan foydalaning.
2. Klaviatura bilan navigatsiyalarni ishlashini tekshiring.
3. Tasvirlar uchun turli alt matnlarini qo'shing.
4. Rang berayotganda yetarli kontrastlardan foydalaning.
5. Multimedia uchun turli subtitrlar va transkriptlardan foydalaning.

Accessibility testlari uchun bepul vositalar:
- 🔍 WAVE (Web Accessibility Evaluation Tool): Veb-kontentingiz accessibility haqida vizual analitika beradigan extension.
- 🎨 Contrast Checker: Rang tanlovlaringiz accessibility standartlariga javob berishini tekshirish uchun WebAIM dan foydalansangiz bo'ladi.
- 🖥️ Axe DevTools: Avtomatlashtirilgan accessibility testlarini taklif etuvchi brauzer extensioni.
- 📱 Lighthouse: Chrome DevTools-ga o'rnatilgan, turli analiz toolari bilan birga accessibility auditlarini o'z ichiga oladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun w3 ning Web Accessibility darslarini ko'rib chiqishni maslahat beraman:
https://www.w3.org/WAI/tutorials/

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

12 Aug, 16:04


IOS dan post yozib bo’lmay qolgandi. Ishlab ketti

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

12 Aug, 15:59


Test

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

12 Aug, 11:38


🔧 Kodni refactoring qilish texnikalari

Kodni qayta ishlash (refactoring qilish) - bu kodimizning bajaradigan xatti-harakatini (logikasini) o'zgartirmasdan, ichki tuzilishini yaxshilash jarayoni. Keling, Node.js misolida ko'rib chiqaylik:

Eng yaxshi amaliyotlar:
1. Kichik va aniq vazifali funksiyalar yarating.
2. DRY (Don't repeat yourself) prinsipiga amal qiling.
3. SOLID tamoillarini qo'llang.
4. Kerakli joylarni izohlab keting.

Foydali vositalar:
- ESLint: Kod sifatini tekshirish uchun.
- Prettier: Kodni formatlash uchun.
- Jest: Testlash uchun.
- SonarQube: Kod sifatini va Xavfsizlik darajasini tekshirish uchun.

Texnikalar:
1. Extract Method: Katta funksiyalarni kichik va ma'lum vazifa bajaradigan qismlarga ajrating.
2. Rename method: O'zgaruvchilar va funskiyalar aniq, nima qilishini ko'rsataidgan nomlar bering.
3. Replace Method: Eski API murojaatlari yoki kutubxonalarni muntazam yangilab turing.

Refactoring haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lib, uni kodingizda qo'llamoqchi bo'lsangiz quyidagi manbani maslahat beraman:
https://refactoring.guru

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

11 Aug, 12:18


🧪 Test-Driven Development (TDD): Afzalliklari, Kamchiliklari va Eng Yaxshi Amaliyotlar.

TDD - bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun qo'llaniladigan keng tarqalgan usullardan biri. Bu usulda kod yozishdan oldin asosan testlarni yozib chiqasiz. Keling bu haqida qisqacha ko'rib chiqaylik:

Afzalliklari:
- Kod sifatini yaxshilaydi va xatolarni kamaytiradi
- Komponentlarning bir-biriga mutloq bog'likligini kamaytiradi (loose coupling)
- Kodni o'rganishga dokumentatsiya sifatida yordam beradi

Kamchiliklari:
- Dasturchilarning kod yozish tezligini tushirib yuborishi mumkin
- Dasturga yangi qo'shilganlar o'rganishiga ko'proq vaqt ketib qoladi
- Jarayon yaxshi bosharilmasa over-testinga (haddan tashqari ko'p testlash) olib kelishi mumkin

Eng yaxshi amaliyotlar:
1. Red-Green-Refactor siklidan foydalaning
- Muvaffaqiyatsiz test yozing (Red)
- Minimum muvaffaqiyatli test yozing (Green)
- Refactor qilib kodni yaxshilang
2. Testlarni kichik va aniq vazifaga mo'ljallangan qiling.
3. Muntazam ravishda test to'plamlaringizni ishga tushirib tekshirib turing.

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

02 Aug, 16:10


📼 Bekor o'tirganda manetta front-end middle uchun bo'layotgan intervyuni ko'ringlar 🎞

https://www.youtube.com/live/pCUjBoRlM1w?si=DBl34ig1aTyap096

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

25 Jul, 20:56


📺 YouTube Tech Script Writer Wanted

Texnomavzularga qiziqishi yuqori bo'lgan so'z ustasini qidiryabmiz! 🚀

🔑 Asosiy majburiyatlar:
- Texnologiya mavzusida 20-30 daqiqali videolarga qiziqarli ssenariy yozish
- Odamlar qiziqishidagi mavzularni research qilish
- Yangi videolar va kontentlar uchun g‘oyalar yaratish

🛠️ Kerakli ko'nikmalar:
- Texno olam va Youtubedagi trendlardan xabari bo'lishi
- Qiziqarli matn yozish va hikoya qilish qobiliyati
- Qiyin mavzularni ham osonlik bilan tushuntirib bera olishi
- Ingliz tilini bilishi

🧑‍💻 Test vazifa sifatida biz sizga AI tomonidan generatsiya qilingan matnni beramiz, sizning asosiy vazifangiz:
- Sodda va tushunarli so'zlar bilan o'zbek tiliga tajrima qilish
- Real misollar bilan bo'yitish va fact-checking qilish
- Kreativlikni ishga solib, erkin ijod qilish

🛍 Maosh nomzodning tajribasi va ko'nikmalariga qarab kelishiladi.

🌟 Agar o'zingizni sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz pastdagi formani to'ldiring.

👉 Formaga link

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

24 Jul, 10:32


📌 E'lon! Shaxsiy Co-working va studiyamizda ikki ish o'rni ijaraga beriladi!

🤔 Biz nima beramiz?
- Studiyadan va uning jihozlaridan to'liq foydalanish
- Yuqori tezlikdagi internet
- Kreslo va stol
- Kreativ jamoa a'zosi bo'lish 😊️️️️️️

📍Joylashuv: Shahriston metro bekatidan 80 metr uzoqlikda

⚠️ Shartlar:
- Tozalikka e'tibor berish
- Ofisdan faqat ish joyi sifatida foydalanish
- Ijara haqqini o'z vaqtida to'lash

🎙 Studiyada, video olish uchun barcha texnikalar mavjud. Kamera, chiroqlar va mikrofon.

👇 Qiziqqanlar bo'lsa quyidagi ma'lumotlarni @EpicLabAdmin profiliga yozib qoldiring:
- Ismingiz
- Yoshingiz
- Ish joyingiz yoki o'qish joyingiz
- Instagramdagi profilingizga link
- Nima haqida videolar olishingiz haqida qisqacha

Oylik ijara narxi: Kishi boshiga 150$

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

22 Jul, 01:56


Biznes va marketinga qiziqishi borlar uchun turli biznes g’oyalar va yangiliklar yozib boriladigan kanal ekan.

Ochilganidan beri kanalni kuzatyabman, juda qiziqarli postlar ulashishyapti. Qo’shilib olishni maslahat beraman )

https://t.me/limon_biznes

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

17 Jul, 08:15


Dasturlashni o'rganyapsiz, lekin natija yo'qmi? Monitorni ikkita qilib ko'ring. Baribir hech nima o'xshamayaptimi? Unda muammo boshqa joyda, qarab ko'ringchi balki sizda vertikal monitor yo'q bo'lsa kerak, shuniyam sotib olsangiz o'xshab ketadi.
@tweetlarim

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

14 Jul, 15:07


Youtube kanalimda React bo'yicha mock intervyu boshlanyapti. Bu galgi mehmon Temurbek Suvonov. Intervyuni tajribali frontend dasturchi - Ayyubxon aka o'tkazadi.

Videoga link: https://www.youtube.com/live/y5RRw7Wna4g?si=dImfGKCBAnBy7kye

Ayyubxon akani kanaliga obuna bo'lish esdan chiqmasin - @aIfarghani

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

14 Jul, 10:51


Xato qilishlardan qo’rqmang…

https://www.instagram.com/reel/C9ZnrexulT8/?igsh=Nnk2d2Y3MGxhMTNj

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

09 Jul, 12:49


feel free to join to our other jschilar's channels here

https://t.me/addlist/cexglSntyiIzNWY6

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

08 Jul, 15:43


Aytgancha, bunga qatnashish esdan chiqmasin. Menimcha nomzodni ertaga kechga tanlab olaman.

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

08 Jul, 15:41


nimaga bu repoga layk bosmayapsilar🤨

Mabrur - IT Blog 🇵🇸

08 Jul, 15:07


Mayli, 200 ta bo'lmasayam tashlab beraman )

https://github.com/mabrur-h/image-object-replacer