Azizbek Khabibullaev @akh_blog Channel on Telegram

Azizbek Khabibullaev

@akh_blog


Personal page of Azizbek Khabibullaev
👨‍💻 Front-End Software Engineer

— YouTube: https://www.youtube.com/azizbekkhabibullaev
— Instagram: https://www.instagram.com/azizbekkhabibullaev_

@azizkhabibullaev

akh_blog (English)

Are you interested in the world of front-end software engineering? Look no further than the personal page of Azizbek Khabibullaev on Telegram! Azizbek, a talented Front-End Software Engineer, shares his knowledge and expertise on all things digital on his channel. From coding tips and tricks to the latest trends in the industry, you'll find everything you need to stay ahead in the ever-evolving tech world. Follow Azizbek on YouTube for insightful video tutorials at https://www.youtube.com/azizbekkhabibullaev and get a glimpse into his personal life on Instagram at https://www.instagram.com/azizbekkhabibullaev_. Don't miss out on this opportunity to learn from a seasoned professional in the field. Join @azizkhabibullaev's channel now and take your front-end software engineering skills to the next level! 🚀👨‍💻

Azizbek Khabibullaev

16 Nov, 01:51


Kelajagi Ulkan Yosh Dasturchi Muhammadali Haqida

Bugun siz bilan kelajagi buyuk inson, 17 yoshli maktab o‘quvchisi Muhammadali haqida gaplashmoqchiman. U mening shogirdim, Samarqanddan turib, maktabdan keyin ish bilan shug‘ullanmoqda va o‘zining ajoyib mehnati bilan katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu hikoya ko‘p odamlar ishonadigan cho‘pchaklarni rad etish uchun xizmat qiladi.

1️⃣ Junior, Middle, Senior Lavozimlari Mifi
Ko‘pchilik dasturchilar lavozimlarning o‘sishini faqat tajriba yillariga bog‘laydi:

Junior: 6 oy - 1 yil
Middle: 1 - 3 yil
Senior: 3 - 6 yil
Bu oddiygina afsona. Lavozim o‘sishi ishlangan yillardan emas, insonning harakati va potensialidan kelib chiqadi. Muhammadali buni isbotlamoqda.

2️⃣ Junior Dasturchilar Daromadi Mifi
Yana bir cho‘pchak – junior dasturchilar juda kam topadi ($300-$700). Bu holat ko‘p uchrasa-da, istisnolar mavjud. Muhammadali real misol: u 0'dan hozir $1000+ maosh olib, $500 sof daromad qilmoqda

3️⃣ Maktab O‘quvchilari Dasturchi Bo‘lolmaydi
Ko‘pchilik o‘ylaydi: maktab o‘quvchisi dasturchi bo‘lolmaydi, 18 yoshgacha ishlashga ruxsat yo‘q. Bu ham noto‘g‘ri! Muhammadali 17 yoshda, maktabdan keyin soat 14:00 dan ish boshlaydi va jamoamning a'zosi sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Men Muhammadaliga investitsiya qilmoqchiman. Rejam bo‘yicha 1,5 yil ichida uni Senior darajasiga yetkazish va maoshini $3000 ga ko‘tarishni maqsad qilganman. Hozir uning tajribasi bor-yo‘g‘i 2 oy, lekin u allaqachon hujjat'da $1000+, o'ziga tegishi $500 sof daromad qilmoqda.

1,5 yil o‘tgach, yana shu post'ga qaytib gaplashamiz. Bu post siz uchun ilhom manbai bo‘lsin. Agar sizda maqsad va harakat bo‘lsa, Alloh xohlasa, imkonsiz narsa yo‘q! 👊

#Muhammadali #JuniorToSenior #KelajakDasturchilar #Inspiration

Azizbek Khabibullaev

13 Nov, 13:37


💪 Challenge boshlandi! 1-kun!
#GymWithXudayarov

Azizbek Khabibullaev

13 Nov, 07:57


Choq -$150, zal uchun tayyorman.
Kim bilan ko’rishishimni bilasizmi, tahmin qilib turing…

Azizbek Khabibullaev

09 Nov, 19:27


1’yilcha Toshkentdaman, orada safarlarni hisobga olmasa,
noyabr to’liq band bo’laman, dekabr’da qaysidir dasturchi xalqaro kompaniya’ga kirishni va salary’ni boost qilishni niyat qilgan bo’lsa bepul’ga yordam berishga tayyorman. Ko’proq coworking, cafe’larda ishlab turishga harakat qilaman.

Zal uchun ****** bilan erta-indin ko’rishib gaplashish niyatim bor.

Toshkent’da asortiment-tanlov yuqori bo’lganligi sababli moliyaviy holatni boshqarish’ni o’rganishim kerak.

Kuzga kiyinishimni o’zi menga - klassik uslub uchun - $1.100, casual - $540, qolgani - $347’ga tushdi)

Azizbek Khabibullaev

02 Nov, 13:47


👋 Tanishing: Javohirbek Mirzaakbarov
🇺🇸 Amerikaning Epam Systems sobiq dasturchisi va hozirda 🇩🇪 Germaniyaning startuplaridan birida Full Stack dasturchi bo'lib, ishlab kelmoqdalar.

— Tez kunda: “Umumiy Ayti va Agile/Scrum’dan foydalanish ko’nikmasi” mavzusida YouTube sahifamizda suhbatlashamiz!

Javohirbekning shaxsiy telegram sahifasi:
@javokhirbek_vlog

— Savollaringizni @azizbekkhabibullaev_bot ga yuborishingiz mumkin :)

Azizbek Khabibullaev

30 Oct, 09:49


Bu safar ham sensiz 🖤

Azizbek Khabibullaev

28 Oct, 07:37


Savol: hozir 4 kishi bo’lib uchyapmiz, qoplaydimi? 😅

Azizbek Khabibullaev

27 Oct, 16:25


🔥 Ko'pchilikning kutgan "Full Digital Front-End" onlayn kursimga joy band qilish boshlandi! Faqat 10 ta joy va 10% chegirma!

Front-end sohasidagi barcha cho'pchaklarga chek qo'yib, orzuyingizdagi darajaga yetishishni xohlaysizmi? Bu kurs siz uchun!

🌟 Kursda nimani o’rganasiz?

Modul I: Front-end Foundation – HTML, CSS, SASS, Git/Github
Modul II: JavaScript – Fundamentlar, DOM/BOM, OOP
Modul III: JavaScript Framework – React, Next, TypeScript
Modul IV: Soft skills – Scrum/Kanban, HR strategiyalari, Ish topish strategiyalari, Mock intervyu

🔹 Afzalliklar:

• Xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ishlayotgan 20'dan ortiq shogirdlarim safiga qo’shiling
• Ekspert mehmonlardan biri bilan master-klasslar va tajriba almashish.
• Referral orqali ish imkoniyati.

📈 O'tgan patok natijasi: Bitiruvchilar orasida eng minimal maosh bilan ishga joylashgan bitiruvchi 5 mln so'm, maksimum $2000!

📞 Faqat 10 ta joy! Formani to’ldiring, shaxsan o’zim bog’lanaman. Suhbat qilamiz.

👉 Formani to'ldirish: https://forms.gle/9rtZURrH7BEM9zhr7

Azizbek Khabibullaev

26 Oct, 07:40


💪 Yana bir xursandchilik +yana bitta offer.

Bir opamizdan Rolling Scopes’da technical ishga olish intervyusini o’tkazgandim. Va buni qarangi o’tgan hafta jamoamga olish uchun test task ham bergandim. Jamoamga o’ta olishmagan edilar, lekin boshqa tomon ishga qabul qilipti. Shunchalik barchasi rejalashtirilganki, shunchaki ojizman.

Azizbek Khabibullaev

18 Oct, 18:56


Hindi shevani juda yomon ko’raman, boshim og’rib qoladi 🥲
Aytgancha bu qoshi-qora insonlar yangi hamkorlarimiz bilan dicussion olib boryapmiz =)

Azizbek Khabibullaev

05 Oct, 14:31


😁💯 Ishga kirish intervyu bosqichlari kino ko’rinishida bo’lganida

👉 @akh_blog

Azizbek Khabibullaev

29 Sep, 14:26


​​💪⚡️ Qish kelmoqda – Sen endi jangchisan!

1-oktabr – bu sening yangi davring boshlanadigan kuning. Haqiqiy qish 1-dekabrda kelsa-da, “Winter Arc” aynan 1-oktabrdan start oladi. Bu fasl oddiy emas – bu sening o‘z ustingda ishlash, kuch to‘plash va barcha chalg‘ituvchi narsalardan o‘zingni olib, lock in bo‘lish vaqting.

Sovuq oylar senga sinovlar, to‘siqlar va qiyinchiliklar olib keladi, lekin sen ularga tayyor bo‘lishing kerak! Bu oylar – sening jang maydoning. Hech kim seni to‘xtatolmaydi, faqat oldinga intil!

Maqsadlaring sari uzluksiz harakat qil, sovuq tugaganda o‘z kuching va yutuqlaring bilan qaytib kel. Qattiqroq ishlash, kuch yig‘ish va har bir kunni yengib o‘tish vaqti! Bu qish seni sindirmaydi, aksincha, seni qahramonga aylantiradi.

#WinterArc #MaqsadUchunLockIn #SovuqdanKuchliroqKel #YangiJang

Azizbek Khabibullaev

15 Sep, 17:00


🗺 Roadmap (Yo'l xarita)

Ko'pchilik so'raganligi sababli basic roadmap'ni siz bilan ulashaman. Hozirgi vaqtda 100/100 ishlaydigan yo'l xarita. Bir narsani biling, dasturlashni o'ziz o'rganasizmi, boshqasidanmi, faqat sifatli va oxirigacha o'rganing. Yarim yo'lda qiynalib, tashlab ketmang.

O'sha gap: – "Agar harakat qilib ko'rmoqchii bo'lsang, oxirigacha bor. Unda, boshlab o'tirma!"

Barchaga omad! 🙏

Azizbek Khabibullaev

13 Sep, 17:32


🔥 HTML&CSS intervyu uchun tayyorgarlik (zapisi)
1-qism ||
#live

Faqatgina bu safar HTML'ni o'ziga ulgura oldik xolos, shuning uchun 1-qism.
2-qismini Yakshanba kuni soat 21:00'da qilamiz!

Har qanday savolingizni @azizbekkhabibullaev_bot'ga yuborishingiz mumkin =)

👉 @akh_blog

Azizbek Khabibullaev

13 Sep, 17:29


🎉 Yana bir offer!!!

Full Digital Front-End kursining eng aktiv talabasi Muhammadali Azizbek Khabibullaevning freelance’dagi loyihalarini bajaruvchi jamoasi’ga rasman yuqori maosh bilan qo’shildi!

Anaqqisa Muhammadali’ning yoshi 17’da!

😎 Dushanbadan rasman to’liq stavkada ishni boshlaydi. O’sishiga qarab, har 6 oy’da ish haqisi oshirib boriladi.

Muhammadali’ga omad!!!

fulldigitalfront.com // boost your skills

Azizbek Khabibullaev

03 Sep, 16:02


Mock interview'lar obunachilardan olib turardim, o'zim ham gigant kompaniyalarda ishlaydigan senior/team lead'larga o'zimni sinab ko'rish maqsadida topshirib turaman.

Yaqinda ham topshirib ko'rdim va yana Senior daraja berildi 😅️️️️️️, endi zapis qilingan jarayonni qayta analiz qilaman va o'z ustimda yana ishlayman =)

Azizbek Khabibullaev

03 Sep, 16:01


🎉 Malika @ UZCARD kompaniyasiga kiribdilar.

Alloh ilmlarini ziyoda qilsin! Bundanda katta bosqichlarga yashintezlikda chiqish nasib qilsin =)

fulldigitalfront.com | Boost your skills

Azizbek Khabibullaev

08 Aug, 20:56


Hozir California’da soat 01:57 xuddi bizdek, lekin kunduzi 😄
Shevasiga mazza qilaman’da bu Carlos’ni 🤣

+olimpiadada yana bitta 🥇 oltin medal qo’shilishiga oz fursat qolmoqda

Azizbek Khabibullaev

08 Aug, 20:51


🤔 Nima yangilar?

🇮🇹 Viza olishda birinchi urinishim o’xshamadi, faqatgina required qilingan hujjatlarni topshiribman, qo’shimcha hujjatlar ustunlik berishini bilmagan ekanman. Shu bois qaytadan hujjatlarimni optimal holatda topshiraman.

🇲🇷 Hozirgina “Mavritaniyalik” deb nomlangan real voqealarga asoslangan kinoni ko’rdim. Tavsiya qilaman, kinodagi quote’lardan biri – “I Am Trying To Forgive. I Want To Forgive.”

🏋️‍♂️ 2 oy’dan beri gym bilan shug’ullanolmayapman, ancha ves yo’qotdim, 83kg’dan 77kg’ga tushdim. Juda ham borishni xohlayapman, lekin yana 1-2 oy borolmasam kerak, qayta tiklanib olishim uchun vaqt kerak.

👩‍💻 Ishimda Front-End developer pozitsiyasidan Full Stack’ga o’tishni CEO xohladi va oktabr’dan shu pozitsiyada loyihalarni bajarishni davom etaman.

Azizbek Khabibullaev

08 Aug, 20:51


⚡️ Wow, yondirib yuboribsizlarku!
Demak, interview preparation uchun live uchrashuvni yaqin kunlarga belgilaymiz.

Azizbek Khabibullaev

09 Jul, 14:09


€ 90,000’lik offer larni olish bo’yicha mock interview yoki interview preparation qilishimni xohlaysizlarmi?
Olovlar "🔥" soni 200'ta bo'lsa albatta rejalashtiramiz!

Azizbek Khabibullaev

08 Jul, 16:39


Xavotirga, o’rin yo’q, barchasi joyida. Hali uni uchratganim yo’q, lekin hayolimda u har doim yashaydi, esimni taniganimdan beri. Uni uchratgunimcha uning mavhumligi bilan yashab turaman 😄

O’ylaymanki u hozir o’z ustida ishlayapti va meni ham kutyapti, o’ylayapti.

Azizbek Khabibullaev

08 Jul, 16:00


🎧 Ozodbek Nazarbekov — Devonaman

Kel goʼzal bir zumga oʼltir, ketma yonimdan yiroq
Yuragim oʼt ichra qoldi seni bir koʼrgandayoq
Bu gʼarib, oʼksik dilimga yoqqin endi sen chiroq
Qiynama, kel endi mahvash bir gʼarib gʼamxonaman


👉 @akh_blog

Azizbek Khabibullaev

06 Jul, 16:53


🤫 Sababini qil, imkoniyatlar o’z-o’zidan ochilaveradi!

Bu algoritm o’z hayotimda 100% ishlamoqda. Yodimda, dasturlashni pul topish maqsadida o’rganmaganman, qiziqqanim uchun o’rganganman va buni orqasidan pul topish mumkinligini umuman bilmaganman ham. Demak bu yerda sabab, dasturlashni astoydil o’rganganim menga moliyaviy ahvolimni butkul o’zgartirib yuborgan.

Keyingi misolga o’tamiz, sog’ligim muhimligi sababli sport bilan asosan fitness bilan doimiy shug’ullanib kelaman. Va bu ham sabab bo’lib chiqdi 😅
Yaqinda, dunyoning eng mashxur kiyim brendlaridan birining O’zbekistondagi fillialiga “model” sifatida taklif qilishmoqda… juda qiziqarli holata… Uydagilarim bilan rossa qotib kulishibmiz 🤣

Taklifni nima qildiz? degan savollar bo’lsa, hozircha rad etdim. Chunki yaqin kunlarda nasib qilsa Italiyaga uchaman, u yerda kamida 1 yilcha bo’laman 🇮🇹🛫

👉 @akh_blog

Azizbek Khabibullaev

26 Jun, 12:43


🫰 Here We Go, Offer! O'yin tugadi!

Shuni har doim yodingizda tuting, "intervyuni intervyuver emas, siz boshqarishingiz kerak". O'zingizni imkoniyatlaringizni maksimal darajada ko'rsatib bera olishingiz kerak. Team Lead va Tech Lead intervyu vaqtida like smayliklar bosib javoblarimni tasdiqlab o'tirishgani hali ham yodimdan ketmayapti 😅
Bu bo'yicha bo'shroq vaqtimda ko'proq ma'lumot yozishga harakat qilaman.

👉 @akh_blog

Azizbek Khabibullaev

10 Jun, 10:01


Telegram asoschisi Pavel Durov katta ehtimol bilan shu yozda O’zbekistonga keladi 🌟🇺🇿

Oxirgi posti bilan shunga shama qilmoqda — https://t.me/durov/283
Yo’l-yo’lakay ko’rib qolsangiz ajablanmang =)

👉 @akh_blog