МОТИВАЦИЯ | МАКСАД @motivasiyavamaqsad Channel on Telegram

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

@motivasiyavamaqsad


Keling, birgalikda rivojlanamiz! Har bir inson o'ylashi kerak bo'lgan kundalik dono va qiziqarli fikrlar!

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД (Uzbek)

Salom dostlar! Sizni Telegram kanalimizga taklif qilamiz - "МОТИВАЦИЯ | МАКСАД". Bu kanalda har bir insonning o'zining maksadini aniqlashiga va unga erishishiga yordam beradigan motivatsiya maqolalari, fikrlar va tajribalar joylashadi. Bizning asosiy maqsadimiz - keling, birgalikda rivojlanishimiz, har bir kundalik dononi qimmat bilan o'rganishimiz, va qiziqarli fikrlar orqali o'zimizni rivojlantirishimiz. Kanalimizga a'zo bo'lib, siz o'z hayotingizda yangi yondoshuvlar topishingiz, energiya va ilhom olishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'ting va o'z orzularingizni baziya bering! Biz bilan birga o'z hayotingizga yangi ranglar qo'shing!

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

10 Jan, 06:46


Toma toma ko’l bo’lur deb bejiz aytilmagan!

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

09 Jan, 05:40


Sen qay birini tanlaysan?

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

08 Jan, 10:30


​​Муваффақият бир саёхатдир, мақсад эмас.
Бахт кетаётган йўлнинг устидадир, йўлнинг охирида эмас.
Бахт йўлнинг охирида бўлса, унга етганда йўл тугаган ва вақт ўтган бўлар эди.
Бахтли бўлишнинг вақти бугундир, эртага эмас.

Мавлоно Жалолиддин Румий

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

07 Jan, 03:27


Intizom...


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

06 Jan, 08:20


AGAR "A" PLAN ISHLAMASA, SIZDA HALI 32 TA HARF BOR, SINAB KO‘RISH UCHUN!

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

06 Jan, 03:00


Табиат бизга, кичик ҳаракатлар катта натижаларга олиб келиши мумкинлигини кўрсатади.

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

04 Jan, 06:15


Муваффақиятга кўпинча мағлубиятдан қочиб бўлмаслигини билмаганлар эришади.
©Коко Шанель


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

03 Jan, 01:58


Maqsad - bu muddati bo'lgan orzu!

Muvaffaqiyatga erishish uchun siz nafaqat orzu qilishingiz, balki aniq, o'lchanadigan maqsadlarni qo'yishingiz kerak.
Maqsadlaringizni qog'ozga yozing va harakatlar rejasini tuzing. Bu jarayon nafaqat istaklaringizni tasavvur qilishingizga yordam beradi .
Va ularga erishish uchun sizga aniq qadamlar beradi.

- Napoleon Hill

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

02 Jan, 08:00


2025 - yilda maqsadlaringizga erishish uchun 10 ta qadam

1. Aniq maqsadlar qo‘ying!
Maqsadlaringizni aniq va o‘lchab bo‘ladigan shaklda belgilang. Masalan, "O‘z biznesimni boshlash" emas, "2025-yilning mart oyida onlayn kiyim-kechak do‘konini ochaman."

2. Reja tuzing va bosqichlarga bo‘ling!
Maqsadlaringizni kichik vazifalarga ajratib, har kuni yoki haftada bitta bosqichni bajaring.

3. Kun tartibini sozlang!
Vaqtingizni samarali boshqaring. Eng muhim ishlarni ertalab bajaring va chalg‘ituvchi odatlardan chetda bo‘ling.

4. Doimiy rivojlaning!
Yangi bilim va ko‘nikmalar o‘rganing: kitob o‘qing, kurslarga yoziling va doimiy amaliyot bilan shug‘ullaning.

5. Motivatsiyani saqlang!
Kichik yutuqlarni nishonlang va ilhom beruvchi manbalardan foydalaning. O‘z maqsadlaringizni yodda saqlash uchun ular haqida yozib qo‘ying.

6. Salbiy odatlardan voz keching!
Vaqtingizni bekor sarflaydigan odatlarni foydali odatlar bilan almashtiring.

7. To‘g‘ri muhit yarating!
Sizni rag‘batlantiradigan insonlar bilan o‘rtoqlashing va toksik muhitdan uzoqlashing.

8. Sabrli va qat’iyatli bo‘ling!
Har qanday qiyinchilikni o‘sish uchun imkoniyat sifatida ko‘ring. Taslim bo‘lmang va muvaffaqiyatsizliklardan saboq oling.

9. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering!
To‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu va jismoniy mashqlar sizning produktivligingizni oshiradi.

10. Natijalarni baholab boring!
Har oy maqsadlaringizni tahlil qiling va rejalaringizni kerak bo‘lsa moslashtiring.

2025-yil – yangi imkoniyatlar va yutuqlar yili bo‘lsin! Harakatni bugundan boshlang! 🔥


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

02 Jan, 07:16


Аслида, ҳаётда бирорта мақсад билан яшашнинг ўзи ~ БАХТ... Мақсадсиз яшаш шундай кўргиликки, у ҳеч кимнинг бошига тушмасин. Кишида мақсад бўлса, унга эришиш йўлида курашиш, машаққат чекиш, таъна дашномлар эшитиб, кулиб-ёниб юриш ҳам бахт...

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

01 Jan, 04:56


"Жимгина ишланг, муваффақиятингиз шов-шувга айлансин."
©Френк Оушен


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

30 Dec, 09:16


Хар бир имкониятдан фойдаланиб колинг. Баъзи Бир имкониятлар факат Бир марта берилади.


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

27 Dec, 08:44


​​Инсон доимо ҳаракатда бўлиши керак:
чунки тўхтаганни ўтиргиси,
ўтирганни ётгиси,
ётганни эса ухлагиси келади.!


©Ал-Хоразмий

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

25 Dec, 03:54


​​​​"Сиз тасаввур қила оладиган ҳамма нарса ҳақиқийдир."

©Пабло Пикассо


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

24 Dec, 04:33


"Муваффақиятсиз одамлар ўзларининг қарорларини ҳозирги вазиятларидан келиб чиққан ҳолда қабул қиладилар. Муваффақиятли одамлар қарорларини қаерда бўлишни хоҳлашларидан келиб чиқиб қабул қилишади."

©Бенжамин Харди



MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

23 Dec, 13:55


Bizning katta kamchiligimiz shundaki, biz juda tez taslim bo'lamiz. Muvaffaqiyatning eng ishonchli yo'li - har doim yana bir marta urinib ko'rish.
© Tomas Edison

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

22 Dec, 16:51


Maqsadi bir bo‘lmagan jamoa rivojlanmaydi...

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

19 Dec, 05:20


XULOSA O‘ZINGIZDAN....


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

18 Dec, 04:04


Avval Boshni tо'ydir. Keyin bosh qorinni tо'ydiradi!


MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

05 Dec, 03:39


Oylikdan oylikka kun kechirish qanday ko'rinishda bo'ladi. Vaqt keldimi...? Bu holatdan chiqib ketish kerak!


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

04 Dec, 09:22


Faqat muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ko'ramiz, u yo'lda ketayotganlarni emas...

1. Bugun, kechagidan yaxshiroq bo'l.
2. Nima seni ruhlantirsa, o'sha ish bilan shug'ullan.
3. Diqqatning 10%ini muammoga, 90%ini esa uni yechishga qarat.
4. Ishingni doimo yuqori saviyada bajar.
5. Har kuni shug'ullan.
6. Ishdan qochishga bahona qidirma.
7. Yiqilgandan keyin tezda turishni o'rgan.
8. Boshqalarga va eng muhimi o'zingga bergan va'dalaringni bajar.
9. Doim kutilganidan ko'prog'ini qilishga harakat qil.
10. Sport bilan shug'ullan va boshqalarga ham ilhom ulash.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

02 Dec, 05:52


Maqsad va rejalaringiz haqida...

– Maqsad va rejalaringiz haqida doimo o'ylab yuring. Qo'lingizdan kelguncha ularni kengaytiring. Maqsadingizga erisha olishingiz va tuzib qo'ygan rejalaringizni bajara olishingizga nafaqat o'zingizni, balki boshqalarni ham ishontiring! Bu siz uchun juda muhim.

– Shuningdek siz o'zingiz qiziqgan, iloji bo'lsa, ozgina xabaringiz bor sohani egallashga harakat qiling. Chunki sizda agar shunday bo'lsa, uni mutahassisi bo'lishingiz koifisenti yuqori bo'ladi va siz uni albatta uddalaysiz!

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

30 Nov, 03:24


OLDINGA BOSILGAN HAR BIR QADAM – G‘ALABADIR!

Harakat qilganingiz har safar kichik bo‘lsa-da, bu muvaffaqiyatga olib boradigan yo‘lning bir qismidir. To‘xtamang, oldinga intiling va har bir qadamingizdan g‘ururlaning!

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

29 Nov, 05:24


INTIZOM VA KICHIK QADAMLAR KUCHI QANDAY ISHLASHINING YAQQOL MISOLI!

MOTIVATSIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

27 Nov, 09:47


Hayot o'zingizni topishdan iborat emas !
💡Hayot o'zingni yaratishdan iborat. Hayot "Bu haqiqiy sensan" degan belgi bilan xazina izlash emas. Hech kim sizga karta bermaydi, chunki u yo'q.

💡O'z-o'zini yaratish - bu haqiqiy harakat. Har bir tanlov, har bir harakat sizning poydevoringizdagi g'ishtdir. Va agar siz "haqiqiy siz" paydo bo'lishini kutsangiz, shunchaki bir joyda turib qolasiz.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

27 Nov, 03:59


Xarizma nima?

Xarizma – bu insonning boshqalarga ta'sir o'tkazish qobiliyati, ularda qiziqish va ishonch uyg‘otish, o‘ziga jalb qilish kuchidir.

Xarizmatiklik belgilari:

1. O‘ziga ishonch: Xarizmatik insonlar o‘z fikrlariga qat'iy ishonadilar va boshqalarga o‘z e'tiqodlarini yetkaza oladilar.


2. Hissiyotlarni boshqarish: Ular o‘z hissiyotlarini nazorat qila oladi va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishga qodir.


3. Ijtimoiy mahorat: Tanish va notanish odamlarga osongina yaqinlashadi, suhbatda samimiy va quvnoq bo‘ladi.


4. Jozibadorlik: Ularning harakati, so‘zlash uslubi yoki tashqi ko‘rinishi boshqalarni o‘ziga jalb qiladi.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

26 Nov, 04:05


Doim yig'laydigan, shikoyat qiladigan va ular uchun qanchalik og'ir ekanligiga hammani ishontiradiganlardan uzoqroq yuring.
Bu, albatta, hayotga yuqumli yondashuv. Ertami-kechmi, siz ham qanday qilib yig'lab, shikoyat qila boshlaganingizni sezmaysiz.

O'zingizni kuchli, ishonchli, maqsadli odamlar bilan o'rab oling - bu ham sizga ertami-kechmi yuqadi. Va hamma narsa amalga oshadi!


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

26 Nov, 03:43


Биз олдин мияни тўлдирайлик, сўнгра у қоринни тўйдиради.

Япон мақоли


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

24 Nov, 08:00


ZINANING HAMMASINI KO'RISHING SHARTMAS. SHUNCHAKI BIRINCHI QADAMNI TASHLA!

MOTIVASIYA VA MAQSAD

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

22 Nov, 08:10


#хаётсабоклари

Ҳамма гап - хатолардан сабоқ олишда.

Хатоларнинг сабабини ўрганиб, хулоса чиқаринг.

Бирон бир иш қилмаган
одамгина ҳеч қандай хато қилмайди.

Ўзингизни шунчалик ҳурмат қилингки,

«Мен бундан яхшироғига лойиқман»-  дея олинг!


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

22 Nov, 04:30


Nega sen emas?........




@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

21 Nov, 03:30


​​Қийинчиликларга дуч келганда, таслим бўлиб, қочиш мумкин эмас. Сиз ҳолатни баҳолай олишингиз, ечимини қидиришингиз ва нима бўлганда ҳам яхшиликка эканлигига ишонишингиз лозим. 

Сабр – ғалабанинг калити. 


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

21 Nov, 03:30


Ҳаётимизда кўринадиган ҳар бир киши - бу ўқитувчидир...

Кимдир кучли бўлишни ўргатса, кечиришни ўргатади ва яна кимдир - бахтли бўлишни ўргатади. Кимдир ҳеч нимани ўргатмайди ҳам, фақат бизни синдиради... Лекин бу ҳам тажриба!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

20 Nov, 06:47


«Уддалай олмайман!» деган гапни ҳаётий терминингиздан чиқариб ташланг.

Агар кимдир буни уддалаган бўлса, сиз ҳам уддалай оласиз, агар ҳеч ким уддалай олмаган бўлса сиз биринчиси бўласиз.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

19 Nov, 03:51


​​​Doim bir xil harakat qilib
yangi natijani kutmang
!

Hayotimizda ko‘pincha biror nimada xato qilsak, yana o‘sha xatoni to‘g‘ri deb yana qayta qilishga urinamiz. Bu ishimiz bilan faqatgina o‘zimizni vaqtimizni olganimiz qoladi. Muammolar bo‘ladi, ularni yo‘q qilib bo‘lmaydi. Lekin, uni to‘g‘ri tushunib shu muammo sababini to‘g‘rilab yana u ishni qilishga urinishimiz kerak. Ishni shunchaki tashlab qo‘yish yoki yana o‘sha xato bilan ishni boshlashimiz noto‘g‘ri! Bu yana boshi berk ko‘chaga yurishimiz bilan bir xil natijani beradi!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

18 Nov, 08:20


🔥 Mag‘lub bo‘lasiz. O‘rganasiz. Rivojlanasiz.

Har bir mag‘lubiyat — bu saboq. Har bir saboq — bu imkoniyat. Harakatdan to‘xtamasangiz, Hammasiga erishasiz Alhamdulilloh.

Qayerdan boshlaganingiz emas, qanchalik rivojlanganingiz muhim! 💪

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

17 Nov, 01:17


Ҳаётингизни ўзгартириш мумкин бўлган 10 та сўз ва сўзлар бирикмаси!👌
Сеҳрли сўзларни биласизми? Агар билмасангиз, ушлаб олинг. Агар уларни қўллашни ўргансангиз тез орада ҳаётингизда муъжизалар рўй беради:
1. Қила оламан!✔️
2. Ишонаман!✔️
3. Севаман!✔️
4. Уддалайман!✔️
5. Вақтим бор!✔️
6.Ажойиб!✔️
7. Ўзимга қойил!✔️
8. Ҳаммаси зўр!✔️
9. Ишончим комил!✔️
10. Мазза!!!✔️

Сўзлар ҳақиқатан сеҳрли. Уларни тез тез ишонч билан вазиятга қараб такрорлаб туриш керак. Натижани кўрасиз!😉

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

16 Nov, 08:47


Бизнес фикрлаш нима?

Бизнес фикрлаш-бу одам ҳамма жойда пул ишлаш имкониятини кўрадиган фикрлаш тури. Шу билан бирга, у ҳаракат қилишдан қўрқмайди, натижа олишдан қўрқмайди, муваффақиятсиз бўлишдан қўрқмайди.

Бизнес фикрлашни ривожлантириш усуллари:

❤️‍🔥 Бизнес адабиётлар.
Ҳақиқий ишбилармонлар нафақат бизнес адабиётларини, балки бадиий адабиётларни ҳам ўқийдилар, сўз бойлигини тўлдирадилар ва ўз саводхонлигини тартибга соладилар. Муҳим фикрни ёзиш ёки эслатма олиш учун блокнот ҳар доим ёнида бўлиши керак.

❤️‍🔥Бизнес тренинглар ва интенсив курслар.
Улар амалий билимларни ва тармоқларни эгаллашни бирлаштиради.
Маҳорат дарсларида сиз шахсан қизиқарли тадбиркорлар билан учрашишингиз, уларнинг муваффақиятлари ва муваффақиятсизликларини тинглашингиз, янги танишлар орттиришингиз ва ҳатто янги бизнес шерикларини топишингиз мумкин.


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

15 Nov, 09:31


«Мақсад – бу сиз катта ниманингдир бир қисми эканингиз, сиз бу дунёга керак эканингиз ва олдинда сизни фақатгина яхши нарсалар кутаётганини тушунишдир. Мақсаддан ҳақиқий бахт ҳам бошланади».

© Марк Цукерберг

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

14 Nov, 10:45


🔮 ҲАЁТНИНГ МУҲИМ ҚОНУНЛАРИ

🔹 Қабул қилиш

Ҳар бир инсон – ўзига хос. Бизга ёқмайдиган феъл-атвор ёки ҳаракатларни қабул қилишни ўргансак, бу оғирлик биздан ўз-ўзидан кўтарилади. Ҳар бир инсонни борича қабул қилиш нафақат кўнглимизни енгил қилади, балки улар билан муносабатларимизга ҳам ижобий таъсир қилади.

🔸 Бериш

Бахтни топмоқчимисиз? Уни бошқаларга беринг. Парвариш, меҳр, билим ёки яхшиликларингизни улардан ҳеч нарса кутмасдан тақдим қилинг. Шунда сиз ҳам қалбингизда шукроналик ва тинчлик ҳис этасиз.

🔹 Миннатдорчилик

Бор нарса учун, ҳаётимизга кириб келган инсонлар учун, ҳатто қийинчиликлар учун ҳам миннатдор бўлинг. Миннатдорлик – қалбимизга нур олиб келади, бизни ҳар кунимизга чуқурроқ муносабатда бўлишга ўргатади.

🔸 Воз кечиш

Қувончингизни ўғирлайдиган ҳиссиётлардан озод бўлинг. Хафачилик, ғазаб, айблаш – буларнинг ҳаммаси сизга ҳеч қандай фойда келтирмайди. Улардан воз кечиб, енгил нафас олинг.

🔹 Кечириш

Кечириш – бу заифлик эмас, балки энг катта куч. Кечирмаслик – қалбни оғирлик билан тўлдиришдир. Барчани кечиринг, ҳатто оғир жароҳат етказганларни ҳам. Шунда сиз ўзингизга эркинлик совға этасиз.

🔸 Хурсанд бўлиш

Ҳаёт – бу байрам, фақат уни қандай қабул қилишни ўрганиш керак. Ёшингиз, мавқеингиз ёки аҳволингиз қандай бўлишидан қатъий назар, табассум қилган ҳолда яшашга ҳаракат қилинг. Ҳар бир ишингизга мусиқа ва ёқимли кайфият қўшинг.


Ҳаёт – сиз қандай қабул қилсангиз, шундай бўлади. Қувончни изламасдан, уни яратинг. Шунда ҳар кунингиз мўъжизага айланади.
@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

14 Nov, 03:28


​​Агар сизда қуйидаги аломатларнинг ҳаммаси кузатилса, ўзингизни лидер санашингиз мумкин...

1️⃣Янги билимларни эгаллашга тайёрсиз ва эгаллай оласиз.
Ҳақиқий лидер доим ўзига етишмайдиган билимни ўрнини тўлдириш ҳаракатида бўлади.📌

2️⃣Сиз гапни моҳиятини тушуниш учун эшитишни биласиз.
Диққат билан тинглаганингиздан сўнг, "сизни тўғри тушунган бўлсам.. "деб суҳбатни давом эттирасиз.📌

3️⃣Сиз ҳаммага очиқсиз. Ўз кабинетингизга қамалиб олмайсиз. Фикрларингизни ходимларга очиқ баён қиласиз ва улар билан чин кўнгилдан суҳбат қурасиз. 📌

4️⃣Қайта алоқа учун сиз имконият берасиз. Албатта ҳеч бир инсон идеал эмас. Лекин яна алоқа қилишга имкон қолдирмаган инсон ўсмайди ва ривожланмайди.📌

5️⃣Ҳақиқий лидер ҳар қандай вазиятда ўзини табиий тутади ва ўзи маълум бир “мукаммал инсон” ниқобини ўйлаб топмайди. 📌

6️⃣Ўзингиз ва атрофдагиларга инсоний муносабатда бўласиз. Ўз хатоларингизни тан оласиз ва уни қандай тўғирлашни биласиз.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

13 Nov, 08:46


Tavakkal qilishdan qo'rqma! Yo natijali bo'lasan, yo tajribali.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

11 Nov, 07:10


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

10 Nov, 01:44


Atrofdagilarning gaplariga e'tibor bermang!
@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

09 Nov, 06:53


⚡️ Harakatni Amaldan hech qachon
adashtirmang

Ko‘p harakat qilish — muvaffaqiyat garovi emas. Muhimi, harakatlaringiz aniq va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Kichik, ammo to‘g‘ri amallar katta o‘zgarishlarga olib keladi.

Bugundan boshlab, har bir qadamni o‘ylab tashlang va aniq natijaga yo‘nalgan amallar qiling! 🔥

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

08 Nov, 03:52


Mohiyat

Bir kuni bir kishi ish bilan qo’shnisini uyiga kiribdi. Qarasa qo’shnisi hovlida bir tovug'ini osmonga otayotganmish. Osmonga otgandan keyin tovuq yerga tushar va qo’shnisi yana tovuqni ushlab, qayta osmonga otarkan. Shunda haligi odam: “Ha qo’shni nimaga tovuqni osmonga otyapsiz” desa, qo’shnisi “Bu tovuq uchishi kerak, shunga osmonga otyapman” - debdi.
Haligi odam qo’shnisiga qarab “Tovuqlar uchmasligini hamma biladiku qo’shni” - desa, “Nega uchmas ekan, men bu tovuqqa “Burgut” deb ism qo’yganman, har kuni uch barobar ko'proq ovqatlantiryapman. U uchishi kerak” debdi…

Xulosa:
Har birimizda Buyuk bir inson yashaydi.
Shuni kashf qilishimiz lozim.


Mohiyat o’zgarmas ekan, nomni o’zgartirish, resurslarni kuchaytirish befoyda.
Tovuqqa raketa deb nom qo’ysangiz ham osmonda uchmaydi.
Burgutga esa tovuq deb laqab qo’ysangiz ham parvoziga zarracha ziyon yetmaydi.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

06 Nov, 04:41


☔️Ўз-ўзини танқид қилиш - ўсиш ва ривожланиш учун илк қадам.

Инсон ўзидаги камчиликларни кўра олса ва улар устида ишласа, ўша камчиликларни тажриба ва ютуққа айлантира олади. @motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

06 Nov, 04:39


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

04 Nov, 09:02


Hamma narsaning kaliti bo'lganidek, muvafaqqiyat kaliti bu HARAKATDIR.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

04 Nov, 05:07


​​Муваффақият -бир саёхатдир, мақсад эмас.
Бахтлилик кетаётган йўлнинг устидадир, йўлнинг охирида эмас.
Йўлнинг охирида бўлса эди, унга борилганда йўл тугаган ва вақт ўтган бўлар эди.

Бахтли бўлишнинг вақти бугундир, эртага эмас.

Ҳазрати Мавлоно Румий

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

01 Nov, 04:21


Doim harakatda bo’lish kerak !
Chunki...
To’xtaganni o’tirgisi
O’tirganni yotgisi
Yotganni uxlagisi keladi
!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

01 Nov, 04:18


Muvaffaqiyatli vaqt boshqaruvi...

Muvaffaqiyatli vaqt boshqaruvining kaliti - qilinishi kerak bo’lgan ishlarni reja qilingan vaqtda bajarishdir. Qo’lingizdagi topshiriqqa butun fikringizni jamlang. Shundagina siz barcha maqsadlaringizga erishasiz va eng muhim narsalar uchun vaqt ajrata olasiz. Rejalaringiz moslashuvchan bo’lishiga qaramay (kamon juda tarang tortilsa, u ham tezda sinadi), sizning jadvalingiz oddiy intizomni talab qiladi. Intizomli bo'ling.
@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

30 Oct, 11:11


Йиқилган, лекин таслим бўлмаган.

Шу битта дарахтчалик бўла олмайсанми!?

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

30 Oct, 03:04


MUVAFFAQIYAT VA XOTIRJAMLIKKA ERISHISH YOʻLIDA ENG KATTA XATOLARIMIZDAN BIRI

Agar Siz nimagadir hayotingizni bagʻishlashga qaror qilsangiz,
bu sanʼat boʻladimi, ilm-fanmi yoki kasbmi — bu bilan butun vujudingizni berib shugʻullaning, toki mumkin boʻlgan eng chegarasiga yetmaguningizcha. Undan soʻng esa - chegaradan ham oʻtib keting, zabt etilmagan kengliklar tomonga... Ana shunda, siz nima qilsangiz ham moʻjiza bilan oʻralgan boʻladi.

Muvaffaqiyat formulasidagi yetishmayotgan element - shukronalikdir,
chunki Allohning vaʼdasiga koʻra, oʻz hayotingizga koʻproq farovonlikni jalb qilishingiz uchun hozirda nimangiz boʻlsa, shunga nisbatan shukronalikni his qilishingiz kerak. Shuning uchun ham Allohning bergan neʼmatlariga shukronalik qilmasdan turib doimiy muvaffaqiyat haqida oʻylamasa ham boʻladi!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

29 Oct, 02:21


Hozir ayni vaqti, qilmoqchi bo'lgan ishingizni hozir boshlang

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

27 Oct, 14:01


Ҳар куни кечқурун эртанги қилинадиган ишлар рўйхатини ёзиб қўйинг. Сиз ухлайсиз, лекин онг остингиз ухламайди. Сиз ухлаётганингизда онг остингиз ушбу ишларни қандай қилиб энг яхши усулда бажариш ҳақида қайғуради. Эртанги кунингиз янада самарали бўлади.


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

26 Oct, 12:36


Hayotning 10 ta achiq haqiqati😢

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

26 Oct, 02:30


Тўсиқ – бу инсон ўз мақсадидан кўзини олганда кўзи биринчи бўлиб тушадиган нарса. 

©Том Краузе

💫 Кўзингизни мақсаддан асло узманг, қизлар! Яратганнинг ўзи ҳар қадамда, ҳар нафасда сизни қўллайди! Чалғиманг ва фокусни бошқа жойга қаратманг!

💫 Сиз албатта орзуингизга етасиз!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

25 Oct, 07:38


​​ЭНГ АХАМИЯТЛИ УЧ НУҚТА

🔘Сен учун энг муҳим вақт – сенинг ҳозирги онингдир.
Чунки, фақат шу ондагина, фақат ҳозир сен бир яхши иш қилишинг мумкин.

🔘Сен учун энг муҳим инсон – ҳозир сенинг олдингда бўлган одамдир. Чунки, ўша ондан кейин балки, уни бошқа кўрмайсан. Шундай экан, ундан фойдаланиб қол. Унга яхшилик қил.

🔘Сен учун энг муҳим иш – яхшилик қилишдир. Чунки, инсониятнинг асосий вазифаси ҳам, ҳаётининг ғояси хам шудир.

Омадли инсонлар мана шу уч нуқтага аҳамият беради ва ундан фойдаланади.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

22 Oct, 10:39


Men qila olmayman meni qo'limdan kelmaydi🤢 deganlar uchun ajoyib motivatsiya ko'ramiz aziz obunachilar va koment qoldiramiz 🙂🙂🙂

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

21 Oct, 04:56


Бенжамин Франклиннинг ўзини ривожлантириш усуллари:

1. Нафсни тий.
Олдингга қўйган таомни ҳаммасини ема, думалаб қолгунча ичма.

2. Сукут сақла.
Ўзинга ва бошқаларга фойда бўладиган гапни сўзла, фойда бўлмайдиган гапни гапиришдан сақлан.

3. Интизомга муҳаббат қўй.
Ҳамма буюмларингни қўйиш учун жой, керакли гапни гапириш учун керакли вақт бўлсин.

4. Уддасидан чиқ.
Бажарилиши керак бўлган ишни бажаришни ҳал қил. Ҳал қилдингми, ишни бажаришнинг уддасидан чиқ.

5. Бошқалар ҳақида қайғур.
Фақат  ўзингга эмас, балки  бошқаларга ҳам фойда келтирадиган нарсаларни харид қил. Ҳеч нарсани бекорчи жойларга ишлатма.

6. Меҳнатсеварлик.
Вақтни бекор ўтказма, ҳар доим фойдали иш билан машғул бўл, ҳар қандай бекорчи ишдан нари бўл.

7. Очиқкўнгиллик.
Тили бошқа, дили бошқа бўлишдан сақлан. Ҳар доим дилингда ўйлаганингни гапир.

8. Тўғрисўзлик.
Ҳеч қачон одамларга ёмонликни раво кўрма ва уларни хафа қилма.

9. Кечиримлилик.
Сенга етказилган озор учун ҳеч қачон кек сақлама, ҳаттоки улар хафа бўлишга арзисалар ҳам.

10. Озодаликка риоя қил.
Уйингда ҳам, либосингда ҳам кирлик бўлишига йўл қўйма.

11. Ҳотиржамлик.
Бўлар бўлмасга хавотирланаверма.

12. Ақл билан иш қил.
Кўп изланишдан тўхтама. Кўп китоб мутолаа қилиш, наслни соф табиатли инсонлар билан давом этишини таъминлайди.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

18 Oct, 05:36


Асосийси, муваффақиятга эришиш йўлидаги вақт эмас, балки сизнинг ҳаракатларингиз сифати

Сиз йиллар давомида бирор нарсани синаб кўришингиз мумкин, аммо агар сизнинг ҳаракатларингиз натижага олиб келмаса, вақт беҳуда кетади. Гап шундаки, сиз неча соат ишлайсиз ёки неча кун йўлда бўласиз, лекин бу йўлдан қанчалик яхши фойдаланасиз.

Ҳар бир қадам онгли бўлиши керак, ҳар бир вазифа тараққиётга қаратилган бўлиши керак. Қанча вақт кетишига эътиборингизни қаратинг ва нима қилаётганингиз ҳақида ўйлашни бошланг.


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

17 Oct, 05:30


​​"Сиз ҳар куни бирон бир нарсани ўзгартирмагунингизча ҳаётингизни ҳеч қачон ўзгартира олмайсиз. Муваффақиятнинг сири ҳар кунги ишларингизда бўлади ."
©Жон Максвелл

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

15 Oct, 07:29


Муваффақиятли одамларни бошқалардан ажратиб турадиган 5 одат:

1. Эрталабки одат: муваффақиятли одамлар одатда ўз кунларини маълум бир эрталабки тартиб билан бошлашади. Улар ёга билан шуғулланишлари, медитация қилишлари, китоб ўқишлари, кундаликка ёзишлари ёки шунчаки бир чашка қаҳва ичишлари мумкин.

2. Режалаштириш: муваффақиятли одамлар ҳар доим нимага эришмоқчи эканликларини ва буни қандай қилишни билишади. Улар кун, ҳафта, ой ва йилни режалаштиришади. Улар мақсадларни қўядилар ва уларга аста-секин эришиш учун уларни кичик қадамларга ажратадилар.

3. Ўз-ўзини тарбиялаш: муваффақиятли одамлар мақсадларга эришиш ўз-ўзини тарбиялашни талаб қилишини билишади. Улар ишларни кейинга қолдирмайдилар, аксинча дарҳол уларни бажаришга тушишади.

4. Ўрганиш: муваффақиятли одамлар ҳеч қачон эришган нарсаларида тўхтамайдилар. Улар ҳар доим янги билим ва кўникмаларга интилишади. Улар китоб ўқийдилар, семинар ва тренингларда қатнашадилар.

5. Соғлиқни сақлаш: муваффақиятли одамлар соғлиқ муваффақиятнинг асоси эканлигини билишади. Улар овқатланиш, жисмоний фаоллик ва психологик саломатликка эътибор беришади.


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

13 Oct, 05:23


Ҳеч қачон оддий нарсаларни орзу қилманг, имконсиз нарсани орзу қилинг

Осон нарсани орзу қилиш жуда зерикарли. Агар сизнинг мақсадингиз бошқаларни сизга нисбатдан  шубҳага  қуймаса, демак сиз нотўғри йўл тутгансиз.

Имконсиз нарса фақат таваккал қилишга тайёр бўлмаганлар учун қўрқинчли туюлади. Аммо имконсиз нарсага журъат етганлар дунёни ўзгартирадилар.


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

12 Oct, 13:27


Севимли иш нима.

Севимли иш-бу инсон ҳар куни қила оладиган, яхши фойда ва ундан маънавий қониқиш оладиган махсус фаолият тури.

Завқ келтирадиган иш ҳеч қачон қийин ёки зерикарли кўринмайди. Агар бирор нарса ишламаса ҳам, одам мисли кўрилмаган ғайрат билан ғалабага интилади. Масалан, Генри Форд ҳақида ўйлаб кўринг: энди ҳеч ким ўз уйининг подвалида ҳамма учун қулай бўлган машинани йиғиш учун қанча уйқусиз тунларни ўтказганини аниқ айта олмайди.

Албатта, ҳамма ҳам даҳо бўлиб туғилмайди, ҳамма ҳам тадқиқотчи, ихтирочи, ёзувчи ва ҳоказо сифатида тарихга кира олмайди. Аммо ҳар бир кишини завқ келтирадиган иши бўлиши керак.

Биринчидан, инсон ҳаётининг кўп қисмини ишда ўтказади, иккинчидан, севилмаган иш психо-эмоционал ҳолатга салбий таъсир қилади, бу еса кейинчалик турли касалликларнинг ривожланишига олиб келади.

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

11 Oct, 04:14


​​​​“Сиз келажагингизни ўзгартира олмайсиз. Аммо одатларингизни ўзгартиришингиз мумкин. Сизнинг одатларингиз келажагингизни ўзгартиради. “
©Абдул Калам

“Бизнинг энг катта камчилигимиз таслим бўлишдир. Муваффақиятга эришишнинг энг аниқ усули - ҳар доим яна бир бор уриниб кўриш.“
©Томас Эдисон

“Одат занжирлари жуда енгил, уларни синдириш жуда оғир“.
©Уоррен Баффет

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

10 Oct, 14:34


Ҳеч қачон "Ёмон яшаяпман" деманг!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

10 Oct, 12:22


​​Орзуларингиз устида ишланг, акс ҳолда ўзга орзулар устида ишлаш учун ёлланасиз.
Фаррах Грей

Ҳеч қачон адашмаган инсон, ҳеч қандай янги нарсани қилишга ҳаракат қилиб кўрмаган. А.Эйнштейн

Ниманидур бошлашнинг энг оқил йўли гапиришни бас қилиб, харакатни бошлаш.
У.Дисней


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

10 Oct, 12:21


O'z ustingizda ishlang. Sizga hech kim yordam bermaydi!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

09 Oct, 03:56


​​Ҳикматлар бўстони

Вақтингизни бирга ўтказадиган кишилар шахсиятингизни белгилайди. Қимматли онларни ҳаётингизни заҳарга айлантирадиганлар учун сарфламанг.

Ҳар куни ўзингиз севган нарсада 1 %га яхшиланинг. Ҳатто 1 %лик яхшиланиш ҳам бир йил давомида анча олға илгарилашга ёрдам беради. Бу қолган 99% кишилар амалга оширганидан анча кўпроқ.

Эркин бўлиш – шахс сифатида ривожланишга боғлиқ масалаларда ўзгалар қарорига боғлиқ бўлмаслик.


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

08 Oct, 03:30


​​ЭНГ ҚИЙИН МАКТАБ – ҲАЁТ МАКТАБИДИР

Қайси синфдалигингни ҳам, кейинги имтиҳон қачонлигини ҳам билмайсан.

Сен ҳаттоки имтиҳонда кўчирмакашлик ҳам қилолмайсан.

Чунки ҳар кимнинг синови ўзгача, бир-биридан фарқли ва такрорланмасдир...

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

08 Oct, 02:08


#Тафаккур

◾️Негатив инсонларнинг аураси хам негатив бўлади.
Атрофдаги инсонларга ҳам таъсир қилади. Айниқса ғийбатга келганда гап, иғвогарлардан бирига айланиб қолишдан ўзингизни ушлаб қолинг.
◾️Шунда сиз ҳам негатив, бировни ҳаётини муҳокама қилувчи провакаторга айланиб қолмайсиз.


@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

06 Oct, 02:05


Komfort zonasi haqida eshitganmisiz?!

Videoni diqqat bilan tomosha qilib, siz uchun maqbul zonaga o'tishga kirishing!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

06 Oct, 02:04


Siz hech qacon negativ miya bilan, pozitiv hayotda yasholmaysiz!

@motivasiyavamaqsad

МОТИВАЦИЯ | МАКСАД

05 Oct, 07:11


🔥 Орзуингиздан сизни ҳеч ким чалғита олмасин…

⁉️ Ҳозир мақсадингиз сари боришдан сизни нима чалғитяпти?

@motivasiyavamaqsad