Samarqand sadosi @samarqand_manaviyat Channel on Telegram

Samarqand sadosi

@samarqand_manaviyat


Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimining rasmiy telegram sahifasi

Taklif va murojaatlar uchun
@SamMM_kanalbot

Axborot xizmati: @Abbos_Shodmonqulov

Samarqand sadosi (Uzbek)

Samarqand sadosi Telegram kanali Samarqand viloyatining bo'ymagi bo'yicha rasmiy ma'rifat markazi manzilini o'z ichiga olgan. Kanalda Samarqand viloyati haqida yangiliklar, ma'ruzalar, va dasturlar bo'lib, viloyatdagi ma'naviyat va madaniy meros bilan tanishishingiz mumkin. Kanalda, Samarqand viloyati fuqarolarining so'nggi voqealari ham ommalashtiriladi. Samarqand sadosi kanaliga obuna bo'lib, viloyatning eng zamonaviy xabarlaridan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

Samarqand sadosi

20 Nov, 15:16


#Davra_suhbati

MAʼNAVIYAT - INSONNING ULGʻAYISHI VA KUCH-QUDRAT MANBAIDIR!

🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida "Pedagogika, psixologiya va taʼlim texnologiyalari" kafedrasi tomonidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov bilan hududiy markaz professor-oʻqituvchilari va tinglovchilar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi boʻlib, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tuygʻularini yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalari haqida soʻz yuritildi. 
Davra suhbatini viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori oʻrinbosari S.Murodov olib bordi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Nov, 13:11


#Maʼrifat_shuʼlasi

"Maʼrifat shuʼlasi" ko‘rsatuvning navbatdagi soni efirga uzatildi.
Navbatdagi ko‘rsatuv O‘zbekiston xalq shoiri - Jamol Kamolning hayoti va ijodiga bag‘ishlanib, Samarqand shahridagi 4-maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida tasvirga olindi.
Ko‘rsatuv Samarqand teleradiokompaniyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Ko‘rsatuvni taniqli jurnalist Umida Mamadaliyeva olib boradi.
Har hafta juma kunida
"Samarqand" telekanali orqali  tomosha qiling.

You Tube orqali tomosha qilish:
https://youtu.be/AKm5Q2mDbkQ?si=8x9A6RIYLsOvAWX6

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Nov, 10:01


Muzey va kutubxona tashabbuskor tomonidan o'z faoliyatini boshladi

Paxtachi tumani Toshkoʻpirik mahallasi S.Ayniy koʻchasi 25-xonadon  sohibasi Amanova Mavjuda Barnaqulovna tashabbusi bilan oʻz xonadonidan Muzey va 350 dan ortiq badiiy va tarixiy kitoblardan iborat kutubxonasini, kitobxon aholi va yoshlarga keng koʻlamda foydalanish uchun tashkil etildi.

Darhaqiqat, insonning pokiza tuyg‘ulari, dastlabki hayotiy tasavvurlari oila bag‘rida, ona allasi va milliy-ma’naviy muhit sharoitida shakllanadi.

Bir vaqtning o‘zida bir necha sohada samarali faoliyat yuritib, mamlakat rivoji, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, mehribon ona, talabchan va tashabbuskor Amanova Mavjuda Barnaqulovna ana shunday fidoyi ayollarimizdan.

Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi.


©Shavkat Mirziyoyev

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Nov, 08:30


#kun_hikmati

Dushman tanqidiga eng yaxshi javob tabassum va unutishdir.

©Vladimir Nabokov

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Nov, 07:00


"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 20-noyabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqi;

- Ijtimoiy himoya mehrning oʻrnini bosa oladimi?;

- Kompyuter oʻyinlari uchun pul topiladi, teatrga esa...;

- Oʻquvchilar jadidlar izidan boradi.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Nov, 05:55


#Idrok
#Teleloyiha

Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining "Idrok" teleintellektual oʻyini loyihasining navbatdagi sonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Nov, 04:00


#Milliy_kontent

Masalan dadangni olaylik. Senlarni boqaman deb har kuni dalada. Ertalabdan kechgacha tinmaydi. Dadangni ishida toʻsiqlar yoʻq deysanmi?

🎬 "Sehrli qalpoqcha-2" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Nov, 02:00


#Xayrli_tong

Hayotiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatlarga qobiliyatlardan ko‘ra ko‘proq tirishqoqlik bilan erishiladi...

O‘z ishiga jon-u jahdini berib ishlagan, albatta, g‘olib bo‘ladi.

©Tomas Fauell Bakston

Chorshanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Nov, 18:05


#OAV

KUN XABARLARI  | MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

19.11.2024-YIL
#samarqandmtrk

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Nov, 15:01


Kechki mutolaa
(eshitish uchun 5 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Biroz tanaffusdan keyin "Kechki mutolaa" loyihasini yana davom ettiradigan bo'ldik. Umid qilamanki, bu safar to'xtab qolmaydi.

O'Genri. Diydor (hikoya)

Izoh
: Amerikalik yozuvchining ushbu hikoyasi ota-ona mehri farzandlar uchun qanchalik muhim ekanini eslatib, har birimizga oyna tutishi shubhasiz. Yozuvchining oddiy va samimiyatga yo‘g‘rilgan uslubi sizni o‘ziga rom etmay qolmaydi. Atigi 5 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Nov, 11:12


#Yashil_makon_2024

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni hududida manzarali daraxt koʻchatlarini ekish, hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida "Qrim sasna" va "Tuya" archalari ekildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

17 Nov, 17:47


#OAV

Jadidlar izidan | Samarqand viloyati Ishtixon tumani
#15nov #uzbekiston24

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

17 Nov, 16:10


Axborot 24 | 100 metrlik davlatimiz bayrog'i yo'lga chiqdi
#16nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Samarqand sadosi

17 Nov, 14:00


#OAV

Axborot 24 | 100 metrlik davlatimiz bayrogʻi yoʻlga chiqdi
#16nov #uzbekiston24

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

17 Nov, 11:05


#Ibrat

Donishmandlardan biri bo‘lmish Husayn Koshifiy "Kim bilan do‘stlashish kerak?" degan savolga quyidagicha munosabat bildirgan:

• do‘st aqlli bo‘lishi kerak, zero, aqlsizlik yaxshilik belgisi emas;
• do‘st xushfe’l bo‘lishi kerak, chunki badxoxlar bilan til topishish qiyin;
• do‘st badfe’l bo‘lmasligi lozim;
• u beg‘araz bo‘lmog‘i lozim;
• do‘st aldoqchi, riyokor, qallob bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, agar do‘st topsang, u holda ushbularga amal qilgin:
• do‘stingdan hech narsani ayama;
• uning sirlarini qalbingda saqla, hech kimga oshkor qilma;
• odamlardan uning nuqsonlarini yashir, kamchiliklarini faqat o‘ziga ayt, toki ularni tuzatsin;
• uning gaplariga quloq tut;
• undan achchiqlanma, uning gaplaridan nuqson izlama;
• do‘stinga hurmat bilan munosabatda bo‘l;
• uning xushfe’lligiga minnatdorchilik bildir;
• do‘stingni o‘zi yo‘qligida doim yaxshi so‘zlar bilan esla;
• agar do‘stinga biror narsani o‘rgatmoqchi bo‘lsang, buni ehtiyotkorlik va samimiylik bilan amalga oshir;
• uning ayblariga e’tibor berma, ularni kechir;
• do‘sting quvonsa - quvon, qayg‘ursa - qayg‘urgin;
• do‘stinga aytadigan birinchi so‘zing uning uchun sog‘liq tilamoq bo‘lsin ;
• do‘stingni gapirayotgan gapini bo‘lma;
• o‘zinga nimani ravo ko‘rsang, do‘stinga ham shuni ravo ko‘r;
• kerak bo‘lgan paytda do‘stingni himoya qil.

Shu ko‘rsatilgan amallarni bajarsang, sening do‘sting ishonchli va sadoqatli bo‘ladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

17 Nov, 08:30


#kun_hikmati

Biz oʻz qismatimizni bilamiz... agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt- saodati uchun qurbonlik sifatida kerak boʻlsa, biz oʻlimni ham xursandchilik bilan kutib olamiz...
   Mumkin qadar koʻproq yaxshi maktablar ochish, shuningdek maorif va xalq saodatini taʼminlash sohasida tinmay ishlash bizga eng yaxshi haykal boʻladi.


©Mahmudxoʻja Behbudiy
(qatl oldi vasiyatnomasidan)

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

17 Nov, 04:01


#Milliy_kontent

...Eng muhimi, oʻzining, faqat oʻzining kallasi va oʻzining yuragi boʻlsin.
Chunki bu narsalar, sheriklikka berilmaydi...

🎬 "Masqaraboz" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

17 Nov, 02:01


#Xayrli_tong

Ilm uch qarichdan iborat:
- Kim (ilmda) bir qarich ildamlasa, kibrlanadi;
- Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar bo‘ladi;
- Kim uch qarich ildamlasa, (hali hech narsani) bilmasligini tushunib yetadi.

Yakshanba kuningiz maroqli oʻtsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

16 Nov, 15:31


Kechki mutolaa
(eshitish uchun 16 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulhamid Choʻlpon. Qor qoʻynida lola (hikoya)

Izoh
: oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridan biri bo‘lgan ushbu hikoyada 17 yashar qiz otasi tomonidan keksa eshonga tortiq qilinadi. Oʻz davrining peshvosi sanalmish oqsoqol ham nevarasi tengi qizni nikohiga olishdan tap tortmaydi. Yozuvchi bu bilan oʻsha davrning manzarasini, odamlar tafakkuridagi inqiroz hamda oʻzbek jamiyatidagi muammolarni ochib bergan. Atigi 16 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

🎙Bugungi hikoya  audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

16 Nov, 10:02


#Ibrat

DONOLAR BISOTIDAN HIKMATLAR

1. Ishonch kuchingga kuch qo‘shadi.
2. O‘ziga ishonganni yengib bo‘lmaydi.
3. Nafrat joy olgan ko‘ngilda muhabbatga o‘rin qolmaydi.
4. Yaxshini yomondan ajratolmagan odam har qadamda pand yeydi.
5. Harakat kishini maqsadga yaqinlashtiradi.
6. Dard mardni yengolmaydi.
7. Vaqtni o‘zingga bo‘ysundirmoqchimisan, bir daqiqani ham behuda o‘tkazma.
8. Daqiqa ham umrning bir zarrasi.
9. O‘ch olishga ketgan vaqt eng bema’ni vaqtdir.
10. Ko‘nglida yomonligi bo‘lmagan kishi yomonni o‘ziga yaqin tutmaydi.
11. Havas bilan hasadning orasi bir qadam.
12. Ikkilangandan tavakkal qilgan yaxshi.
13. Yaxshining qadriga yetmaganning kuni yomonga qoladi.
14. Mehnatning rohati bo‘lmasa ham samarasi bo‘ladi.
15. Qo‘lidan ish keladigan kishi ko‘chada qolmaydi.
16. Kishining qaysarligi o‘ziga qimmatga tushadi.
17. Bir so‘z bilan qolgan ko‘ngilni ming so‘z bilan olib bo‘lmaydi.
18. Mardlik tilda emas, dilda bo‘ladi.
19. Birovni ahmoq qilgan aslida o‘zining ahmoqligini ko‘rsatgan bo‘ladi.
20. Birovni ayblash o‘zini oqlashdir.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

16 Nov, 07:15


#kun_hikmati

​​Islom azaldan ikki narsaga – ma’rifat va ibodatga tayanadi. Shuning uchun ham musulmonlar istiqomat qiladigan hamma joyda masjid va maktab bor.

©Ismoil Gaspirali

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

16 Nov, 05:30


"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 16-noyabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Muqaddas tug‘;

- Yangi avtoboshbekatlarning qurilishi qachon boshlanadi?

- "Biz "musorchi" emas, tozalovchi. Odamlarning munosabatidan dilimiz og‘riydi";

- Yangi baholash tizimi:
afzalliklar va muammolar.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

16 Nov, 04:00


#Milliy_kontent

- Nimagadir yoshlardan "Hamid" degani yoʻq qishlogʻimizda.
Bilmadim, irim qilishadimi?
- Nimaga?
- Eee yomon odam boʻlgan.

🎬 "Vatan" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

16 Nov, 02:01


#Xayrli_tong

TILAK

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo‘llariga aso — bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorug‘ yuz,
To‘ylar ko‘rib yelkasidan tog‘ tushsin.
Jismiga so‘nggi safar oldidan
O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin...

©️Muhammad YUSUF

🌥Shanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

15 Nov, 18:05


#Bayrogʻimizga_33_yil

Xorazmning Ichan qal’asi Buxoroning Arki uzra magʻrur hilpiragan bayrog‘imiz Samarqandning Registoniga ulug‘vorlik bilan yetib keldi.

Bayrog‘imizda o‘tmishimiz qudrati, bugunimiz sharafi, ertamiz umidi bor!

U doim Vatan uzra baland hilpirayversin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

15 Nov, 15:30


Kechki mutolaa
(eshitish uchun 5 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdugʻani Abduvaliyev. Gʻaroyib haykal (hajviya)

Izoh
: Muallif otasining davrida oshigʻi olchi boʻlgan kimsaning oqibatini hajv tilida bayon qilgan. Atigi 5 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

15 Nov, 14:31


🇺🇿MILLAT BAYROG‘I SAMARQANDDA

  Vatanparvar yurtdoshlarimiz, yoshlar va harbiylarimiz hamrohligida rekord darajadagi 100 metrlik davlatimiz ramzi Registon maydonidan olib o‘tildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

15 Nov, 13:07


🇺🇿MILLAT BAYROG‘I SAMARQANDDA

Bayroq yurtimiz bo‘ylab mag‘rur kezmoqda. Vatanparvar yurtdoshlarimiz, yoshlar va harbiylarimiz hamrohligida rekord darajadagi 100 metrlik davlatimiz ramzi Registon maydonidan olib o‘tildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 18:22


#seminar

Inspektor-psixologlar uchun oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati  bilan hamkorlikda Inspektor-psixologlarning maktablardagi xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 16:00


Kechki mutolaa
(eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdugʻani Abduvaliyev. “Matn”shunos (hajviya)

Izoh
: Xalqimizda “hazilning tagi zil” degan gap bor. Hikoyada olis qishloqda yashovchi filologning soʻzlarning maʼnosini gʻayritabiiy talqin qilishi ortidan yuz bergan hodisalar bayon qilinadi. Atigi 7 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 15:01


SAMARQANDLIK KITOBXONLAR, TAYYORLANING!

📚 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan kitobxonlar uchun "Kitoblararo 80 kun" marafoniga Samarqand viloyati boʻylab tez orada start beriladi.

🎁 Sizni ajoyib sovgʻalar va mukofotlar kutmoqda!

Kuzatib boring...

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 12:20


#Ibrat

UCH TANGA

Podshoh sayr qilib yurib, o‘z bog‘bonini uchratibdi.
— Aytingchi, odatda qilgan mehnatingizga qancha haq olasiz? — so‘rabdi undan.
Bog‘bon javob beribdi:
— Uch tilla tanga.
— Xo‘sh, so‘ng buncha pulni nima qilasiz?
— Bir tangani o‘zim uchun sarflayman. Bir tangani qarzimga to‘lab, yana bittasini qarz beraman.
— Tushunolmadim, — ajablanibdi podshoh. — Hammasini o‘zingizga sarflasangiz bo‘lmaydimi? Yaxshigina haq olarkansiz, sizga qarz berib, qarz to‘lash nimaga kerak?
— Nega bunday qilmayin ekan? Axir bu mening burchim.
— Ya’ni?
— Ya’ni, men bir tilla tangani otam uchun, bittasini esa bolam uchun ishlatishim shart!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 10:31


#Yashil_makon_2024

🌳 Daraxt ekish – ezgu amal

Bugun mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Shunday ezgu maqsadlar koʻzlangan holda mamlakatimiz boʻylab tashkil etilayotgan yashil makonlar orqali manzillar obod boʻlmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasidan koʻzlangan maqsad ham aslida ana shu. Bir soʻz bilan aytganda, yurt obod – koʻngil obod.

Shu munosabat bilan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi hamda 99850-harbiy qism harbiylari bilan birgalikda 50 tup turli xildagi tuman iqlimiga mos mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oqdaryo tuman boʻlinmasi tomonidan 30 dan ortiq manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 09:00


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev COP-29da: Iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini birgalikda yengib oʻtishga qaratilgan muhim tashabbuslar va samarali uchrashuvlar

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Samarqand sadosi

13 Nov, 07:45


#kun_hikmati

​​Moziy – Istiqbolning tarozisidir!

©Mahmudxoʻja Behbudiy

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 05:00


#Milliy_kontent

Oʻzingdan kattani hurmat qilish kerak, oʻzbekchilik.
Hammasi asta-sekin...

🎬 "Qochqin" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

13 Nov, 02:01


#Xayrli_tong

Bu hayotda insonga hech qachon do‘st bo‘lmaydigan to‘rtta narsa:
1. Pul — bugun menda, ertaga boshqalarda.
2. Mansab — bugun men o‘tiraman, ertaga birovlar.
3. Jazman — bugun men bilan, ertaga boshqasi bilan.
4. Tobut — bugun meni oborsa, ertaga birovni olib keladi.

Shunday ekan pulga ishonib do‘stdan, mansabga ishonib tanish - bilish birodarlardan, jazmanga ishonib halol juftingizdan aslo voz kechmang.

🌧Chorshanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

25 Oct, 10:01


#Ibrat

MUZLATKICHDAGI AYOL...

Go‘sht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugagandan so‘ng muzlatkichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib ayol muzlatkichni ichida qolib ketdi. Ayol ovozi boricha baqirib yordam so‘radi. Muzlatkich eshigini tepdi, yig‘ladi, ammo hech kim eshitib yordamga kelmadi.

Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib bo‘lishgan edi. Oradan bir ikki soat o‘tgandan keyin muzlatkich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi. Ayol hayron bo‘lib qorovuldan so‘radi:
- Siz meni muzlatkichga qamalib qolganimni qayerdan bildingiz? Axir, syex ichini tekshirish sizning vazifangizga kirmaydi-ku?
- Men o‘ttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman. Bu yerga qanchasi kelib ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib ularni kelib-ketishini kuzatishimni sezishmaydi. Go‘yoki men yuqdek odamman ularga. Ammo, siz har kuni ertalab men bilan salomlashib kechki mahal xayrlashib ketasiz.  Birgina sizni shu ko‘ngil uchun hol-ahvol so‘raganingiz uchun men o‘zim inson ekanimni his qilaman. Ertalab salom berib ishga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan so‘ng sizni xayrlashib chiqib ketishingizni ko‘rmaganim uchun ichkarida biror narsa bo‘lgandir, deb xabar olib kirgandim - dedi.

Hech qachon birovni kamsitmang. Oyoq ostingizdagi tosh biror kuni sizga haykal bo‘lishi mumkinligini unutmang!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

25 Oct, 08:30


#kun_hikmati

Munosib xulqli kishi so‘zlarni shoshilmasdan so‘ylagani ma’qul va ishlarni jadal ado etmog‘i afzal.

©Konfusiy

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

25 Oct, 07:00


#OAV

KUN XABARLARI  |   MA‘NAVIY – MA‘RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

24.10.2024-YIL
#samarqandmtrk

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

25 Oct, 06:00


#Ijtimoiy_rolik

Boshqa mamlakatlarda chiqindilarga munosabat qanday?

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

25 Oct, 04:30


#Milliy_kontent

- Siz meni taniysizmi?
- Albatta, sizni tanimay boʻladimi?

🎬 "Abdulla Avloniy" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

25 Oct, 03:00


HURMATLI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI!

🇺🇿 Jonajon Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash kabi sharafli, shu bilan birga masʼuliyatli vazifalarni ado etib kelayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlari hamda muhtaram faxriylarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

25-oktyabr - “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tizimda faoliyat olib borayotgan barcha fidoiy va sharafli kasb egalarini chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Hurmat bilan,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi jamoasi

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

25 Oct, 02:00


#Xayrli_tong

Baxt pulda yoki dang‘illama hayotda emas. Baxt bu ko‘ngil xotirjamligi! Agar boriga qanoat qilmas ekansan, dunyo boyliklari ham seni baxtli qila olmaydi!

🌙 Muborak Juma kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 17:31


#Ijtimoiy_rolik

AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BOʻLAYLIK!

Xulosa o‘zingizdan...

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 16:51


Kechki mutolaa
(eshitish uchun 14 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Aziz Nesin. Adabiyotsevar (hikoya)

Izoh: Aziz Nesinning ushbu hikoyasi juda ko‘plab “adabiyotsevar”lar yuziga oyna tutadi. Kitob o‘qish qanchalik foydali bo‘lsa, uni o‘qimasdan turib, faqatgina kitoblarni ko‘z-ko‘z qilish, shunchalik zararli ekanligi hikoyada mavzu qilib olingan.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 15:45


#OAV

KUN XABARLARI  |   MA‘NAVIY – MA‘RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

24.10.2024-YIL
#samarqandmtrk

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 14:00


#DIQQAT_TANLOV
#Shoshiling

🇺🇿 Mamlakatimizda nomoddiy madaniy meros, maqom va baxshichilik san’atini ilmiy jihatdan o‘rganish, targ‘ib qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yil 25-noyabr kuni Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi o‘tkaziladi.

👉BATAFSIL TANISHING👈

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 11:46


#Saylov_2024

FAROGʻAT SHOKIROVA
"Maʼnaviyat fidoyisi" koʻkrak nishoni sohibasi


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 11:11


#Ibrat

Yaxshi tomonga o‘zgarishni boshlashga yordam beradigan 15 maslahat:

1. O‘zingizga nisbatan rostgo‘y bo‘ling!
2. Muammolardan qo‘rqmang!
3. Kerakli odamlar bilan vaqt o‘tkazing!
4. Baxtingizni birinchi o‘ringa qo‘ying!
5. O‘zingiz halol va mag‘rur bo‘ling!
6. Hozirgi vaqtda sezishni va yashashni o‘rganing!
7. Xatolardan olinadigan saboqlarni qadrlashni boshlang!
8. O‘zingizga yaxshi munosabatda bo‘ling!
9. Sizda bor narsalardan zavqlaning.
10. Baxtni o‘zingiz topishni o‘rganing
11. O‘zingizning g‘oyalaringiz va orzularingizga imkoniyat bering!
12. Keyingi bosqichga tayyor ekanligingizga ishoning.
13. Yangi munosabatlar o‘rnatishni boshlang.
14. Siz uchrashgan insonlarga imkoniyat bering.
15. Faqat o‘zingizning oldingi holatingiz bilan raqobatlashing!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 09:20


#kun_hikmati

Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi.

©Jan Jak Russo

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

24 Oct, 06:05


"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 24-oktabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Soʻnggi sessiyada deputatlar rahbar hisobotini qabul qilmadi;

- Samarqand Qozog‘istonning Turkiston viloyati bilan hamkorlik qiladi;

- Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizimi takomillashadi;

- Har bir qoʻng‘iroq muhim.

Shuningdek, ushbu sonda siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot materiallari chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

23 Oct, 04:00


#Milliy_kontent

- Menga qarang Hojimurod aka, mana bu toʻrtta qoʻyingizni aktiga yana ikkitani qoʻshib qoʻysangiz, olam guliston.
- Yoʻq, men bunday qilolmayman...

🎬 "Chinor ostidagi duel" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

23 Oct, 02:00


#Xayrli_tong

Ikki narsa sening kimligingni anglatadi:

1. Hech narsang bo‘lmagandagi sabring;
2. Hamma narsang borligidagi xulqing.

🌤 Chorshanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 18:05


“Kitoblararo 80 kun” marafonining taqdirlash marosimini boshladik.
Kitobxon jamoalar juda ko’p yig’ilgan. Bugun kitob o’qigan har bir ishtirokchi taqdirlanadi.

@otabek_khasanov

Samarqand sadosi

22 Oct, 18:05


O’yin qizg’in davom etmoqda. Kitobxonlar davrasi doim ma’rifatga to’la.

@otabek_khasanov

Samarqand sadosi

22 Oct, 15:00


Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 39 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman (hikoya)

Izoh: Bozorda qandaydir maxluq paydo bo‘lganmish, savdogarlarning cho‘ntagini, tinkasini quritayotganmish. U haqida turli gaplar yuribdi, mavjudotni hamma har xil ta’riflaydi. Ichingda nima boʻlsa, atrofga boqqanda o‘shani ko‘rasan deganlari shumikin?

Falsafiy hikoya davomida shu kabi savollaringiz ko‘payib boraveradi.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 14:00


#Saylov_2024

FARHOD NABIYEV
"Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 12:31


#Idrok
#Teleloyiha

Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining "Idrok" teleintellektual oʻyini loyihasining navbatdagi sonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 11:02


#Ibrat

Benjamin Franklinning kun tartibi haqida

Benjamin Franklinni Amerika davlatining otasi deyishadi. Ismini bilmasangiz ham rasmini ko‘rgansiz – 100 dollarlik kupyuradagi sochi to‘kilgan inson o‘sha bo‘ladi. Ayrimlar uni AQSH prezidenti bo‘lgan deb yanglishadi. U prezident bo‘lmagan, ammo o‘ta yuksak martaba egasi bo‘lishdan tashqari mutafakkir olim, kashfiyotchi, yozuvchi va musiqachi bo‘lgan.

Benjamin ish kunini to‘g‘ri tashkil etish orqasidan katta muvaffaqiyatga erishgan. Keling, uning kun tartibi bilan tanishib chiqing va o‘zingizniki bilan solishtirib ko‘ring.

Benjamin Franklinning 10 o‘giti:
1. Lanj tulki uy parrandasini tutolmas;
2. Yo‘qotgan vaqtingni qaytarolmaysan;
3. Yalqovlikning sust odimi tufayli kambag‘allik uni tezda quvib yetadi;
4. Erta turib, erta yotish kishini sog‘lom, boy va dono qiladi;
5. Mashaqqatsiz muvaffaqiyat bo‘lmas;
6. Tirishqoqlik muvaffaqiyatning onasidir;
7. Bo‘sh vaqt va dangasalik boshqa-boshqa narsalar;
8. Vaqt – puldir;
9. Ishlatiladigan kalit zanglamaydi, doim yaraqlab turadi;
10. Ishni nazorat qilmaslik – ishchilarga hamyonni ochib qo‘yishday gap.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 09:25


“Oyina podkast“ining 2-soni: O‘ZBEK TILI – MILLIY G‘URURga aylandimi?

Mehmonlarimiz: Filologiya fanlari nomzodi, yozuvchi Olim Toshboyev va shoir Najmiddin Ermatov

Moderator: Sitora Barliboyeva

Toʻliq videoni koʻrish: https://youtu.be/65JmDqwIssM

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Samarqand sadosi

22 Oct, 09:00


#kun_hikmati

Agarda til va adabiyotimizni muhofaza qilmay, anga ajnabiy lug‘at va so‘zlarni qo‘sha bersak, bir oz zamonda til va milliyatimizni yo‘qoturmiz. Milliyatimizni yo‘qotganda diyonatimiz o‘z-o‘zi ila albatta, yo‘qolur.

Bas, bizg‘a tilimizni ajnabiy so‘zlardan muhofaza qilmoqlik eng birinchi muhim bir vazifadur!

©Mahmudxo‘ja Behbudiy

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 07:31


"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 22-oktabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Tilimiz rivoji eʼtiborga muhtoj;

- "Yangi Oʻzbekiston" massividagi qurilishlar ortda qolmoqda(mi?);

- Bandlikni taʼminlashda eʼtiborsiz yoʻnalish boʻlmaydi;

- Jamoat transporti qachon tartibga olinadi?

- Har bir yosh oilaning oqil ota-onasi boʻlsaydi.

Shuningdek, ushbu sonda siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot materiallari chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 05:25


#OAV

Axborot 24 | 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kuni

#21okt #uzbekiston24

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 04:01


#Milliy_kontent

Qani "hayvonlar", bir-birlaringni tilka-pora qilib tashlanglarchi...

🎬 "101 oʻzbek" filmidan parcha

Ikkinchi jahon urushida ogʻir sharoitlarda ham oʻzligini yoʻqotmagan 101 nafar oʻzbek oʻgʻlonlari haqida film.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

22 Oct, 02:00


#Xayrli_tong

Kim bilan yurganingga, kim bilan do‘st tutinganingga e’tibor ber. Chunki bulbul gulga, qarg‘a axlatga yetaklaydi.

©️Mavlono Rumiy

Seshanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 18:01


Kechki mutolaa
(eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Murod Muhammad Do‘st. Darvoza yonidagi it (hikoya)

Izoh: Olapar o‘z xo‘jayinini judayam yaxshi ko‘rar edi. Kunlardan bir kuni olapar sababli xo‘jayin va uning xotini o‘rtasida tortishuv yuzaga keladi. Birozdan so‘ng xo‘jayin olaparni doimgidek sayrga olib chiqadi. Bu safar avvalgidan farqli ravishda, uning bo‘yniga chilvir solingan edi.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 15:05


#Tilimizga_35_yil

⚡️ 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan Tillar fakulteti tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherali Temirov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Zarifa Moʻminova, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar oʻzbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi, uning keng miqyosda oʻrganilayotgani va tadqiq etilayotgani, kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 12:40


#Tilimizga_35_yil
#Tilimiz_oʻzligimiz

QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!

Samarqand shahridagi markaziy istirohat bogʻida hazrat Alisher Navoiy haykali poyida "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi" berilganiga 35 yil toʻlishi hamda "Oʻzbek tili bayrami" munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Batafsil videolavhada👆

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 09:30


#OAV

KUN XABARLARI  |  TEATR - TARBIYA MASKANI

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tashabbusi bilan viloyat Musiqali drama teatrida "Bahodir" spektakli namoyish etildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 08:20


#kun_hikmati

Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak - millatning ruhini yoʻqotmakdur.

©Abdulla Avloniy

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 07:25


#Tayinlov

Nasimboyev Zaynobiddin Sunnatillo o‘g‘li – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbarining tegishli buyrug‘iga asosan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi Targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Z.Nasimboyev Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi apparati matbuot kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Zaynobiddin Nasimboyevning ish faoliyatida zafarlar tilaymiz!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 07:22


#Tayinlov

Sobirov Alijon Samandar o‘g‘li – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbarining tegishli buyrug‘iga asosan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi Kadrlar va aholi murojaatlari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Sobirov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi Targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Alijon Sobirovning ish faoliyatida zafarlar tilaymiz!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

21 Oct, 06:40


#Tilimizga_35_yil

QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!

Samarqand shahridagi markaziy istirohat bogʻida, hazrat Alisher Navoiy haykali yonida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlishi hamda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda viloyat va shahar hokimligi masʼullari, yozuvchi va shoirlar, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchi va talabalari, harbiylar, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Oct, 08:30


#kun_hikmati

Hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmoq uchun ilm va ma’rifat bilan bir qatorda iqtisod, insof, tuganmas harakat, bitmas g‘ayrat lozimdur.


©Abdulla Avloniy


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Oct, 07:01


#Soʻrovnoma
#Tilimiz_oʻzligimiz

Oʻzbek tiliga "Davlat tili" maqomi qachon berilgan?

Biz shu savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik.
Batafsil videolavhada 👆


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Oct, 04:26


#Milliy_kontent

Juda boʻlmasa bolalarni kallasi nimada (kitobda) qoladi.

🎬 "Novda" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

20 Oct, 02:00


#Xayrli_tong

Onadan so‘radilar:
- Qaysi farzandingizni ko‘proq yaxshi ko‘rasiz?
Shunda ona javob berdi:
- Uyga kelgunicha ko‘chadagisini, sog‘ayib ketgunicha bemorini, katta bo‘lgunicha kichigini va o‘lgunimcha hammasini!

Ota-onalarni qadrlaylik!

🌤Yakshanba kuningiz maroqli oʻtsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Oct, 14:50


#Tilimiz_oʻzligimiz

"21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni" munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi hamda  Samarqand viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida "Ona tili - millat maʼnaviyatining mustahkam poydevori" mavzusida maʼnaviy-marifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va kitoblar sovgʻa qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Oct, 14:04


#OAV

DIYOR YANGILIKLARI  |   "MA'RIFAT  ULASHIB"  LOYIHASI  DOIRASIDAGI  TADBIRLAR  DAVOM  ETMOQDA

18.10.2024-YIL
#samarqandmtrk

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Oct, 10:31


#Ibrat

Ota o‘limidan oldin farzandini chaqirib, qo‘liga bir soat tutqazdi. 
- Bu soat 200 yil oldin yasalgan. Bizga bobongning bobolaridan meros qolgan. Sen buni mahalla boshidagi soatsozga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt va uning javobini menga keltir, - dedi. O‘g‘il borib, soatsozdan:
- Buning eski ekan, besh dollar beraman, degan javobni olib keldi. 
- Endi buni antikvar-noyob narsalar sotiladigan do‘konga olib borgin, - dedi ota. 
U yerga borgan o‘g‘il do‘kondorning "besh ming dollar beraman" degan javobi bilan qaytdi. Ota yana o‘g‘lini yubora turib:
- Endi buni davlat muzeyiga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt, - dedi. Muzeyga borib, otasi yoniga juda hayratlangan holda qaytgan o‘g‘il:
- Muzeydagilar bir mutaxassisni chaqirtirib, uni yaxshilab tekshirganlaridan so‘ng shu bir parchagina temirni bir million dollar deb baholashdi-ya, - dedi. 
Shunda ota:
- Bolam, senga o‘rgatmoqchi bo‘lganim, sening joying qadringni to‘g‘ri bilishadigan joyda. O‘zingni noto‘g‘ri yerga qo‘yib, qadringga yetmasalar, xafa bo‘lib yurma.  Qadringni bilgan qadringga ham yetadi. O‘zingga noloyiq bo‘lgan yerda hargiz qolma! deya nasihat qilgan bo‘ldi.

Doimo sizni qadrlaydiganlar davrasida bo‘ling. Aks holda, o‘z qadringizni topmaysiz!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Oct, 09:00


#Tilimiz_oʻzligimiz

ZUBAYDULLA IBRAGIMOV
"Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Samarqand sadosi

19 Oct, 08:00


#kun_hikmati

Bizning farzandlarimiz — bizning qariligimizdir. Toʻgʻri tarbiya — xayrli oqibat, yaʼni saodatli qarilik. Yomon tarbiya — gʻam-alamga, xorlikka qorishgan qarilikdir.

©Tohir Malik

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube