Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi @navoiybabm Channel on Telegram

Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi

@navoiybabm


Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy telegram kanali

Manzil 📫: Karmana tumani Farģona kóchasi 48-uy

Murojaat uchun tel ☎️: 79 532 21 73

https://t.me/navoiybabm

Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz ota-ona va talabalar! Sizga zamonaviy ta'lim bilan tanishishga chaqirdi Navoiy viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy telegram kanali! Kanalimizda sizga maktabning faoliyatiga doir eng so'nggi yangiliklar, tadbirlar, va maqolalar haqida xabardor bo'lishingiz mumkin. "Barkamol avlod" - bu Navoiy viloyatining eng yuqori malaka va sifatini olishga intilgan eng yaxshi o'quvchilarni tarbiyalovchi maktabdir. Maktabimizning manzili Karmana tumani, Farģona kóchasi 48-uy. Agar sizda savollar yoki takliflar bo'lsa, biz bilan quyidagi raqam orqali bog'lanishingiz mumkin: 79 532 21 73. Siz ham Navoiy viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabining telegram jamoasiga qo'shiling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Ta'lim bilan yangi yuksaklar ko'rishga! https://t.me/navoiybabm

Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi

27 Jan, 04:36


✏️🔠🔠🔠🔠🔠

©BUGUN - NAVOIY VILOYATI TASHKIL TOPGAN KUN

1992-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini qaytadan tiklash haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq Navoiy viloyati avvalgi chegaralarida qaytadan tiklanib, uning tarkibiga Buxoro viloyatining Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi, Uchquduq tumanlari, Samarqand viloyatining Nurota va Xatirchi tumanlarini kiritildi. Navoiy shahri viloyatning ma’muriy markazi etib belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, Navoiy viloyati 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda ma’muriy birlik sifatida tugatilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek 1992-yil boshida qayta tiklandi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanadi.


👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

©БУГУН - НАВОИЙ ВИЛОЯТИ ТАШКИЛ ТОПГАН КУН

1992 йил 27 январда Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаши Раёсатининг “Ўзбекистон Республикаси таркибида Навоий вилоятини қайтадан тиклаш ҳақида”ги қарори қабул қилинди. Унга мувофиқ Навоий вилояти аввалги чегараларида қайтадан тикланиб, унинг таркибига Бухоро вилоятининг Навоий, Зарафшон ва Учқудуқ шаҳарлари, Конимех, Қизилтепа, Навбаҳор, Навоий, Томди, Учқудуқ туманлари, Самарқанд вилоятининг Нурота ва Хатирчи туманларини киритилди. Навоий шаҳри вилоятнинг маъмурий маркази этиб белгиланди.

Маълумот ўрнида қайд этиш керакки, Навоий вилояти 1982 йил 20 апрелда Бухоро ва қисман Самарқанд вилоятлари ҳудудларидан ташкил этилган. 1988 йилда маъмурий бирлик сифатида тугатилган. Юқорида таъкидланганидек 1992 йил бошида қайта тикланди.
Мазкур ҳужжат Ўзбекистон Миллий архивида сақланади.


👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi

27 Jan, 04:34


SEMINAR TRENING O'TKAZILDI

Navoiy viloyati Konimex tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida o‘tkazilgan seminar-trening davomida

Quyidagi metodlardan samarali foydalanildi:

1. "Issiq quchoqlar" (Salomlashish)
2. "Oltin mikrofon" metodi
3. "Sehrli daraxt" metodi
4. "Kel, do‘stlashamiz" metodi
5. "Do‘stlik qanotlari" metodi
6. "Yashil makon" metodi
7.. "Qor bo‘ron" metodi
8. "Soyamni top" metodi
9. "Qo‘lqopli harflar" metodi
10. Krossvord yechish

Qo'llanilgan metodlar pedagoglarning zamonaviy usullardan foydalangan holda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirdi.

Trening davomida innovatsion yondashuvlar va interaktiv metodlar bilan tanishgan ishtirokchilar ta’limga yangicha yondashish va o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish uchun motivatsiya oldilar.

Bu tadbir nafaqat tajriba almashish, balki yangi g‘oyalar sari qadam bo‘ldi.

📥Bizni Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi

27 Jan, 04:14


#Iqtibos

O‘qish bo‘yicha kun hikmati

Yaxshi kitoblarni o‘qish/mutolaa qilish - bu o‘tmishning eng yaxshi insonlari bilan suhbatdir va bundan tashqari bunday suhbatlar orqali  ular bizga faqat eng yaxshi fikrlarni bildiradilar.

✍️ Rene Dekart

Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi

26 Jan, 11:53


«YIL TANLOVI - 2024»
(Jamoatchilik soʻrovnomasi)

«2024-YILNING ENG NAMUNALI "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI»

2024-yilda faol ishlagan, o‘quvchi-yoshlarning talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi boʻlgan «ENG NAMUNALI "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI»ni aniqlang!

Sizningcha, 2024-yil davomida qaysi “Barkamol avlod” bolalar maktabi eng FAOL va NAMUNALI bo'ldi?

OVOZ BERING!

Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayoni 2025-yil 31-YANVAR kuni soat 21:00 ga qadar davom etadi!

Diqqat! Turli botlar orqali sunʼiy ovoz berishni tashkil qilganlar soʻrovnomadan chetlashtiriladi.

Navoiy viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi

24 Jan, 13:59


FAOLIYATIMIZDAN

✔️ Navoiy viloyat Tomdi tuman 
"Barkamol avlod" bolalar maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazish, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash,
istedod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish,
o'quvchilarni turli kasblarga yo'naltirish maqsadida
"Hunarmandchilik va qo'l mehnati”  yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan
"Sartaroshlik san'ati" to'garagining amaliy  mashg‘ulotidan fotolavhalar.

To‘garak rahbari: А.Bolisova

1,092

subscribers

11,014

photos

593

videos