O‘zbekcha yoz! @ozbekchayoz Channel on Telegram

O‘zbekcha yoz!

@ozbekchayoz


Matn yozib tirikchilik qilayotgan bolaning kundaligi — fikrlar, mulohazalar, allambalo gaplar.

Xush kelibsiz.

Aloqa: @nazrillayev
Portfolio: https://saidnazrillayev.uz

O‘zbekcha yoz! (Uzbek)

O‘zbekcha yoz! kanalimizda matn yozib tirikchilik qilayotgan bolaning kundaligi o‘z fikrlarini, mulohazalarini va allambalo gaplarini izlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal orqali Siz o‘zbek tili ustida yozishni o‘rganib, ustozlaringizga savollar berib, fikrlaringizni boshqa insonlar bilan baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Kanalda o‘zbek tili, ro‘yhatdan o‘tish, jurnalistika, adabiyot va sadoqat mavzularida muhokama qilinadi. Jamiyatimizda matn yozishning ahamiyati juda baland. Matn yozib tirikchilik qilayotganlar uchun bu kanal ma’qul va yaratqiligha ega bo‘lgan. Kanalimizga qo‘shilish uchun @nazrillayev bilan aloqa qiling.

O‘zbekcha yoz!

14 Feb, 17:52


Imloni fanatiki emasman, bilasiz.

Lekin bunaqa kontekstda uyatda endi)

O‘zbekcha yoz!

11 Feb, 05:43


Ramazon oyi yaqinlashib qolganiga, xayolimga to‘satdan McDonald’s brendining mana shu keysi kelib qoldi, ilindim.

Reklama — insonlarga hurmat, qadriyatlarga muhabbat asosida qurilishi mumkin va kerak ham.

Hatto kaaaaatta brend bo‘lsangiz ham, oddiy odamlarni sevmasangiz, uzoqqa bormaysiz.

O‘zbekcha yoz!

07 Feb, 05:05


Har qanday insonga maqsad kerak. Ko‘pincha bu pul, katta lavozim, Gentra «мокрый асфальт» va hokazo bo‘lishi mumkin.

Lekin kreatorni maqsadi — Kann sherlari.

605 agentligi o‘z xodimlariga 3D-printerda chiqarilgan sherlarni sovg‘a qilibdi.

Kim bilsin, balki bu o‘ziga xos kichik motivatsiya yurtimizga haqiqiy Kann sherini ham olib kelar?

O‘zbekcha yoz!

05 Feb, 09:22


Reklama emas, tekin maslahat. Esingizda bo‘lsa, Cubic Podcast jamoasining podkastiga borgandim.

Bu loyihani mehmonlari orasida mendan x1000 marotaba kuchli insonlar ko‘p uchrab turadi. Har bir podkast — liq-liq foyda.

Loyihaning maqsadi o'zbek tilida korporativ rivojlanishni istagan marketing, biznesga doir mutaxassislarni tajriba almashish, netvorking imkoniyatini taqdim qilish va eng muhimi marketolog uchun diqqatlilik, qiziquvchanlik kabi ko'nikmalarini oshirishdan iborat.

Ishonaman, @cubicuzb nafaqat marketologlarga, balki kreatorlarga ham foydali bo‘ladi.

O‘zbekcha yoz!

04 Feb, 10:11


Agar sizda kichkina blog bo‘lsa-yu, obunachilar soni hech ko‘paymasa — siqilmang.

Sizlarni ham ko‘changizda bayram bo‘ladi. Chunki siz o‘xshamagan bloger emas, nanoinfluencer hisoblanasiz.

Biznesga bu juda foydali format. Nano-blogerlarda uzog‘i 10k auditoriya bo‘ladi, lekin shu 10k blogerga kuchli qiziqadi, faol bo‘ladi, arzonroqqa tushadi va «laser-focused reach», ya’ni, aniq auditoriyani «tochkasiga uradigan» postlar chiqaradi.

Xullas, nano-bloglaringizni asrab avaylang, biznes egasi yoki marketolog bo‘lsangiz, nano-blogerlardan reklama olib ko‘ring.

Natija sizni hayron qoldirishi mumkin.

O‘zbekcha yoz!

02 Feb, 08:53


Kopirayterga strategiya, biznes, marketing yo‘nalishida bilimlar nimaga kerak?

O‘zingni ishingni bilib, ko‘zingni qisib yursang bo‘ladi-ku, har xil sohalarga tiqilmasdan. Bo‘ladi, lekin bunda sen o‘ylab topgan zo‘r, kuchli g‘oyalar ko‘pincha shunchaki g‘oya bo‘lib qolaveradi.

Amalga oshirilmagan kreativni narxi bir tiyin. Uni amalga oshirish uchun esa kopirayter g‘oyani sota olishi kerak. Kimga?

Tadbirkorga, marketing direktoriga, strategga, TOP-menejerlarga.

Biznesni “B” harfiniyam bilmagan kopirayter 1) kuchli va ishlaydigan g‘oya topa olmaydi 2) mo‘jizaviy taqdir taqozosi bilan topsa ham uni brendga sotib kela olmaydi.

Shunaqa endi bolla, uzr, kopirayting “prosto” matn yozish va rolik olish deb yurganlarga repost qivorasila)

O‘zbekcha yoz!

23 Jan, 11:07


Sifatli avtomobil shinalarini qanday reklama qilsa bo‘ladi?

Birinchi keladigan g‘oyalar juda oddiy bo‘lishi mumkin — tez kelayotgan mashinani oldidan kutilmaganda shiringina mushukcha chiqib qoladi, haydovchi hayron, qo‘rquvda tormozga uradi. Mashina to‘xtashga ulguradi. Mushuk miyovlaydi. Pekshot — pismadonchi shinalarni oling.

Lekin shu kabi yuzaki g‘oyalarni rad etib, biroz chuqurroq borsangiz, tepadagi rolikka o‘xshagan narsalar chiqishi mumkin.

Brainstorm paytida shoshilmang. Yaxshi g‘oya bor. Aniq bor. Ungacha yetib borish kerak, xolos.

O‘zbekcha yoz!

15 Jan, 06:48


O'zbek kopiraytinggi

Eng kam o'rganilgan, deyarli statistikalar yuritilmaydigan soha. Bugun ayni shu mavzuda tadqiqot o'tkazmoqchimiz. Natijalar aniq bo'lishi uchun xolis javob berishingizni so'rab qolamiz.

Natijalar blogda e'lon qilinadi

*Kopirayter bo'lmaganlar ham to'ldirishi mumkin, 1-savolda "Kopirayter emasman" javobi bor

Boshladik: https://forms.gle/wDGFPxwpNmbLSoA88

O‘zbekcha yoz!

10 Jan, 09:47


«Kontr» o‘ynashni yaxshi ko‘raman.

Shu o‘yinda agar snayper miltig‘ini olib, mo‘ljalga olmasdan, bilmasdan dushmanni otib qo‘ysang, tepadagidek rasm chiqadi.

Lekin bunday «headshot»lar har doim aynan tasodifan bo‘ladi. Har doim.

Bu haqiqatni hayotga yoki ishga ag‘darib ko‘rsak juda oddiy, lekin ko‘pincha yodimizdan chiqadigan xulosaga kelamiz: nishonga urish ehtimoli yuqori bo‘lishi uchun, mo‘ljalga yaxshiroq olish kerak.

«Qanday qilish» dan avval har doim «Nima qilish» kelishi muhim. Undan avval esa «Nimaga qilish». Undan ham avval esa «Men o‘zi kimman».

Har bir savol xuddi snayper miltig‘idagi optikaning bir qatlamiga o‘xshaydi — qatlamlar qancha ko‘p bo‘lsa, nishon x2, x5, x10, x15 marotaga yiriklashib, aniqlashib boraveradi.

Xullas, ming kibersportchi bo‘lsangiz ham, otishdan avval nishonga olishni unutmang.

O‘zbekcha yoz!

07 Jan, 08:28


Reklama, kreativ va kommunikatsiya sohasiga, ayniqsa strategiyaga 0,1% qiziqishingiz bo‘lsa — shu master-klassga bormaslikka haqqingiz yo‘q.

Ishonavering.

O‘zbekcha yoz!

07 Jan, 08:28


2025-yil hisobidan "Marketing club" loyihasining birinchi spikerini qarshi oling!

Farxod Kuchkarov - Depot brending agency strategik direktori.

Mavzu: Brend strateg kim? Brend qanday quriladi?
Manzil: Yoshlar press klubi, Alisher navoiy ko'chasi 11A.
Sana: 11-yanvar shanba, soat 19:00
Loyihada ishtirok etish: Bepul

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/uPa47PWjHPPKe3C2A

@marketingclub_event

O‘zbekcha yoz!

06 Jan, 13:24


Bitta post bor joyda ikkinchisi ham bo‘lsin endi.

2025-yildagi #2 maslahatim — kopirayterman, kreatorman degan odam atrofda nimalar bo‘layotganini bilishi shart. Xususan, musiqada.

Mana, masalan bu yerda O‘zbekistonlik yosh va hali tanilmagan artistlarning yangi treklari yotibdi. Bekorchilikdan eshitib ko‘ring.

Trendsetter bo‘lish uchun trendwatcher bo‘lish kerak.

O‘zbekcha yoz!

06 Jan, 12:31


Yangi yil payti umuman Telegram’ga qaramadim.

Jim bo‘lib ketganim uchun, uzr. Bitta xulosam bilan bo‘lishish uchun bugun yana yozyapman.

Haqiqiy dam olish — faqat passiv bo‘ladi. Uxlash. Yotish. Kino ko‘rish. Yana uxlash.

Futbol tepish, «Kontr» o‘ynash, tog‘ma-tog‘ sakrab yurish dam emas. Ha, bu sizga taassurot beradi, dopamin gormoningiz oshadi, o‘zingizni tetik his qilasiz, sog‘liqqayam foydasi bordir. Lekin bu dam emas.

Shuning uchun, uyqudan juda vaqt ayamang. Hech nima qilmaslikdan uyalmang.

Nimadir qilish uchun, hech nima qilmaslikdan boshlash kerak.

P.S: Rasmni postga aloqasi yo‘q, shunchaki Yengil Retro brendining menga bergan yangi yil sovg‘asidagi yoshlik davrimdan qolgan rasmni ko‘rsatgim keldi.

O‘zbekcha yoz!

27 Dec, 14:22


Ertaga soat 20:00’da Sherzodning blogida ovozli suhbat qilyapmiz, shu havola orqali o‘tib, obuna bo‘lib, so‘nggi post tagiga savollar yozib ketsangiz bo‘ladi.

O‘zbekcha yoz!

24 Dec, 09:48


Keyingi yildan boshlab Space Academy bilan faol ishlashim haqida aytgandim. Aynan shu jamoani tanlashimga sabab — ular doimo tinib-tinchimasdan yangiliklar qilishlari.

Mana masalan, siz qish davomida istalgan kursda yaxshilab o‘qiganingiz uchun Space har xil sovg‘alar taqdim qilayotgan ekan: MacBook, iPhone, iPad kabilar shularga misol.

Pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, ham bilim, ham Apple texnikasi egasi bo‘lib oling.

📩 Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/Govzky52M7Q9LQyi8

O‘zbekcha yoz!

23 Dec, 09:57


Qisqa maslahat: agar kopirayter bo‘lsangiz, prompt-engineering kurslarini qidiring.

2-3 yildan keyin soqqani bosasiz.

O‘zbekcha yoz!

21 Dec, 07:03


Reyting rasman chiqdi: Sintez yana #1 — agentlik ushbu reytingda uch yildan beri peshqadamlikni bermayapti.

Lokals bu yil ikkinchi, TDI Group CA yurtimizda shov-shuv qilyapti.

Bu yilgi festivallar mavsumi O‘zbek agentliklari uchun ancha yaxshi keldi: White Square, AdBlackSea, E+, Red Jolbors, Golden Drum, Epica Awards kabi xalqaro festivallarda O‘zbekistonlik keyslar ko‘zga ko‘rindi.

Qozog‘iston hali ham ancha oldinda, lekin shu ketishda yetib olishimizga (va o‘tib ketishimizga) ishonch bor.

Alohida 605 agentligini e’tirof qilgim kelyapti — Onasini Emsin va texnomart To‘y keyslari juda kuchli va esda qolarli chiqdi.

TDI jamoasini ham kuzatib borish kerak, shekilli: xalqaro tajriba baribir natija ko‘rsatmay qo‘ymaydi.

O‘zbekcha yoz!

19 Dec, 04:58


Shanba kuni vaqtingizni biroz unumliroq o‘tkazish uchun Marketing Club’ga birrov kirib o‘ting.

Ham biznes, ham konsalting, ham strategiya va brending olamidagi mutaxassislar birga chiqishlari — yaxshi bo‘lishi aniq.

Tadbir bepul, faqat ro‘yxatdan o‘tish kerak.

O‘zbekcha yoz!

17 Dec, 08:41


Yakuniy reyting chiqquncha shu reytingda birinchi o‘rinda turgan «Sintez» agentligi kreativ direktori qatnashgan podkastni ulashmoqchiman.

Bizda kreativ, brending va biznes bilan marketingni birlashtirib turadigan mutaxassislar kam. Bu podkast — aynan shunday insonlar haqida.

O‘zbekcha yoz!

13 Dec, 12:37


Kreativ — faqat gemorroy reklamasi emas.

Mana fantastik kreativ. Shunaqa ishlar qilishga intilinglar.

P.S: Shahlo umuman another level, gap yo‘q.

O‘zbekcha yoz!

12 Dec, 11:27


Kreativ yetarli bo‘lsa, hatto juda g‘alati, nozik va zerikarli mavzular haqida ham noyob va ko‘zga tashlanadigan uslubda so‘zlash mumkin.

«Sintez» jamoasining navbatdagi kreativi — bunga yaxshi misol.

Sizga-chi, gemorroy yoqdimi?

O‘zbekcha yoz!

10 Dec, 05:56


Do‘stlar, sizga bitta juda muhim savolim bor — 2 daqiqa vaqtingizni ayamasdan javob bersangiz, juda minnatdorman.

https://forms.gle/mrv76uFwr97a8wWk9

O‘zbekcha yoz!

09 Dec, 20:04


Keyingi yil — fokus va e’tiborni bir joyda jamlashga bag‘ishlanadi.

Buni aynan sizlarga ham taaluqli joylari bor, shular haqida bir og‘iz aytib ketmoqchiman: meni blogimni kuzatib boradigan brendlarga ham, balki, kerak ma’lumot bo‘lib qolar.

2025-yilda brendlar bilan frilans ishlamayman. Faqat juda kichik startaplar, endi ishini boshlagan yosh bizneslar bilan qiziqish ustida hamkorlik qilishim mumkin, lekin, odatdagidek yirik loyihalar, kreativ, interfeys matnlari va shunga o‘xshash kattaroq ishlarda bir yil bo‘lmayman. Umuman.

Butun vaqtim Lokals agentligiga qaratiladi, maqsad strategiya sohasida tajriba orttirish, vertikal o‘sish va qiymatimni oshirish.

Ikkinchi fokus beriladigan soham — ta’lim. Ham o‘qish, ham o‘qitish. Space Academy bilan birgalikda infouslub va kreativ bo‘yicha o‘zbek tilida kurs chiqarish niyatim bor. Ham onlayn, ham oflayn. Amaliyotga boy, tajribamga va real keyslarga asoslangan.

Bu yerda kopirayting va kreativga qiziqqanlar ko‘p, bilaman. Qanday yo‘nalishda mualliflik kurs bo‘lishini xohlardingiz? Izohlarda yozib qo‘ysangiz, juda katta yordam bo‘lardi.

Nega shunday qilmoqchiman? Chunki ichki resursim kamayib borayotganini sezdim, biroz aqlim kirdi, har yoqqa chopib, o‘nta quyonni ortidan yugurmasdan, nuqtasiga urishga harakat qilmoqchiman.

Nima bo‘lishini keyingi yil oxirida ko‘ramiz. Hozircha, reja shunaqa.

O‘zbekcha yoz!

06 Dec, 14:51


Kopirayting kursi bepul boʻlishi kerakmi?

Oʻtgan yillar davomida kopiraytingni oʻrgandim, ishladim, oʻrgatdim. Lekin doimo bitta maqsadim boʻlgan: YouTube'ga bepul darsliklar joylab borish. Bu hozircha amalga oshmadi, ammo…

Ammo yaxshirogʻi amalga oshdi.
Hissiyot bilan yozishni yomon koʻraman. Chunki u sovuq aqlni toʻsadi. EdFix platformasi bilan hamkorlikda toʻliq bepul kopirayting kursini taqdim etamiz
Bu bizning xohishimiz emas, sizning xohishingiz

Bepul kurs: onlayn kopirayting kursi
*sotib olish tugmasidan hayron boʻlmang. Kurs bepul

Kimga istasangiz ulashing, ukangiz, yaqiningiz, tanishingiz. “Sen uchun bepul kurs topdim” deyishdan tortinmang. Ular meni emas, sizni, sizning harakatlaringizni qadrlashadi

@copirayt— sizning kopirayter doʻstingiz

O‘zbekcha yoz!

05 Dec, 05:50


Mening bir yaqin do‘stim bor. Unga har doim bitta narsani eslatib yurishga harakat qilaman. Bugun shu narsani sizga ham aytmoqchiman.

Siz — o‘zingizning eng muhim loyihangizsiz.

Har qanday boshqa imkoniyatlar, g‘alabalar, o‘sishlar va rivojlanishlar sizdan, sizning salomatligingiz, ruhiy va jismoniy holatingizdan boshlanadi.

Charchadingizmi? Dam oling. Maza yo‘qmi? Davolaning. Depressiyaga tushib qoldingizmi? Yordam izlang.

Avvalambor o‘zingizga e’tibor bering, chunki siz «buzilib» qolsangiz, qolgan hammasi qulaydi.

O‘zbekcha yoz!

02 Dec, 13:26


TBC/payme jamoasiga kopirayter kerak ekan.

Bu kompaniyalar bilan anchadan beri ishlayman — chin dildan maslahatim, urinib ko‘ring. Ajoyib qadriyatlarga ega ajoyib jamoa.

Aynan bu vakansiya qisqa formatli matnlarni yoza oladigan mutaxassislarga mos: SMS-xabarnomalar, push-xabarnomalar va direktdagi reklama matnlari yozish kerak.

O‘zbek va rus tillari talab qilinadi.

Rezyumeingizni https://t.me/Sayyora_TBCxPayme orqali yuborishingiz mumkin.

O‘zbekcha yoz!

30 Nov, 09:42


Bugun nima ko‘rishni bilmay yurgan bo‘lsangiz, Cubic Podcast ko‘ring — naqd 1,5 soat gapiribmiz. Qiziq chiqqan.

O‘zbekcha yoz!

29 Nov, 11:17


Bugun ozgina strategiya haqida gaplashamiz.

Brend arxetiplari degan narsa haqida eshitganmisiz? Eshitgan bo‘lsangiz, zo‘r, bo‘lmasa — Google qilib o‘qib oling. Men esa arxetiplar haqida qiziq narsa o‘rgandim. Ilinmoqchiman sizga.

Xullas, ayrim hollarda bitta brendga ikkita, yoki hattoki uchta arxetip to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, Apple — sehrgar va hukmdor, Gucci esa — isyonkor, sevgili va ijodkor.

Lekin arxetiplarni bir biriga mos ekanligini qayerdan bilamiz? Ularning hayot yo‘lidagi o‘rnidan.

Jozef Kempbellning (Amerikalik buyuk tadqiqotchi) talqiniga ko‘ra, har qanday personaj (arxetip) umri davomida hayot yo‘lini bosib o‘tadi. Ayrim arxetiplar bu sayohatning boshida, boshqalari o‘rtasida, kimdir esa yo‘lni allaqachon bosib o‘tib bo‘lgan hisoblanadi.

Arxetiplarni birgalikda ishlatish uchun, ular sayohatning biror bosqichida birga bo‘lishlari kerak.

Boshida: beg‘ubor, do‘st, qahramon va mehribon.

O‘rtasida: yaratuvchi, sevgili, isyonkor va tadqiqotchi.

Yo‘lni bosib o‘tgan: hukmdor, sehrgar, dono va masxaraboz.

Ayrim hollarda sayohat boshidagi va sayohat oxiridagi arxetiplarni ham birlashtirish mumkin. Lekin yo‘lni o‘rtasidagilar boshqa hech kim bilan birlasha olmas ekan.

Bilaman, murakkab mavzu. Lekin juda foydali. Mana bu yerdan batafsilroq o‘qib olishingiz mumkin.

O‘zbekcha yoz!

29 Nov, 06:11


Hammayoqda «qora» juma bo‘layotgan paytda Space Academy qadriyatlarimizga mos «oq» jumaga start beribdi.

Kommunikatsiya va kreativ nuqtai nazarida juda zo‘r yechim: hurmat bilan, aql bilan qilingan yurish.

Foydalanib qolishni maslahat beraman: sara kurslarga 70% gacha chegirma bilan o‘qish hammagayam nasib qilavermaydi.

Imkoniyatdan foydalanish uchun @spc_admin yoki +998 78 777 55 35 raqamiga aloqaga chiqaverasizlar.

O‘zbekcha yoz!

27 Nov, 21:25


Portfoliomni yangilab oldim. Oldindan aytaman, ha, u o‘zbek tilida emas, chunki xalqaro bo‘lish muhim.

Tirikchilik shunaqa, to‘g‘ri tushunasizlar.

Maqtanish bahona maslahat — sayt-portfolio yasab oling. Buni bepul qilsa ham bo‘ladi, readymag yoki tilda kabi platformalarda.

https://saidnazrillayev.uz

P.S: Kompyuter/noutbukda oching

O‘zbekcha yoz!

26 Nov, 14:00


Festivallar hali tugamadi.

Epica Awards’da ikkita shortlist olibmiz — nasib, 12-dekabr kuni mukofot bormi, yo‘qmi, aniq bo‘ladi.

Yaxshi niyat qilib turinglar.

O‘zbekcha yoz!

24 Nov, 10:42


Yomon emas, Akfa, yomon emas.

O‘zbekcha yoz!

23 Nov, 14:27


Uchrashuvga kelganlar bormi?

Qanday bo‘ldi, fikrlarni izohlarda qoldiring — gaplashamiz)

O‘zbekcha yoz!

20 Nov, 14:08


23-noyabr kuni “Najot Ta’lim”da hozircha karyeramdagi eng hissiyotga boy, haqiqatga to‘la va samimiy ma’ruza bilan chiqaman.

Hamkasblarim kreativ va kopirayting haqida nazariy bilimlar va yondashuvlar bilan ulashishadi, mendan esa nimaga aynan kopiraytingni hayotim kasbiga aylantirganim haqida eshitasiz.

Ma’ruzam mavzusi — “Men o‘zimni yomon ko‘raman”.

Shu havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, master-klassga keling. Qiziq bo‘ladi.

O‘zbekcha yoz!

19 Nov, 13:20


Sal teparoqdagi tizer rostan ham bizning agentlik tandiridan chiqqan kreativ.

TBC Bank uchun yangi kampaniyaga start berdik. Uning mohiyati — TBC shunchaki bank emas, balki sizning bank. U — xuddi sizdek.

Sizga kechasi pul yuborish kerakmi? TBC Bankingiz kechasi ham ishlaydi.

Siz pullaringizni sinchiklab nazorat qilishni yaxshi ko‘rasizmi? Zo‘r, TBC Bankingiz ham shunday.

Navbatlarni yomon ko‘rasizmi? Ajoyib, chunki TBC Bankingizda navbatlar bo‘lmaydi.

Bu kampaniyada meni qo‘lim yo‘q, shuning uchun tinch ko‘ngil bilan maqtasam bo‘ladi: yorqin, esda qolarli, noodatiy ish.

O‘zbekcha yoz!

18 Nov, 13:00


Sizlarga yaxshi vakansiya olib keldim.

Biroz avval yozganimdek, joy emas, odam tanlash kerak. Rosmana o‘sib, rivojlanib, yangi bosqichlarni zabt etish uchun vizioner jamoada ishlash muhim.

Xuddi shunday vizioner, mahalliy IT-kompaniyasi kopirayter izlayapti — kompaniya nomini oshkor qila olmayman, lekin, ishonavering, mehnatga arzigulik joy.

Agar fidbeklarga ochiq, ToV nimaligini bilib, unga moslasha oladigan va albatta O‘zbek tilini mukammal biladigan kopirayter bo‘lsangiz: mana shu Google Form’ni to‘ldiring.

Afsuski, onlayn ishlab bo‘lmaydi, Toshkentdagi ofisga kelish kerak bo‘ladi.

O‘zbekcha yoz!

14 Nov, 15:06




Manba: @fridaymark

O‘zbekcha yoz!

14 Nov, 05:59


Kompaniya tanlamang — odam tanlang.

Agar hozir yangi ish qidirib yurgan bo‘lsangiz, aynan sizga do‘stona tavsiyam bor: shunchaki ishxona qidirmang, odamlarni qidiring.

Har qanday kompaniyada o‘zingizni qanday his qilishingiz birinchi navbatda ofisdagi sharoitlar, kulerdagi suv yoki bepul pechenyega emas, atrofingizdagi insonlarga, ularning qadriyatlariga, dunyoqarashiga va muomalasiga bog‘liq.

HR-menejer quloqlaringizga bol quysa ham, va’da qilingan maosh judayam yoqsa ham, qaror qabul qilishdan avval: «Bo‘lajak hamkasblarim bilan birrov suhbatlashib olsam bo‘ladimi?» deb so‘rashdan uyalmang.

Kam bo‘lmaysiz.

O‘zbekcha yoz!

09 Nov, 12:00


Zapusk — yangi SMM.

Bundan bir necha yil avval SMM trendga chiqqan edi, esingizdami? Hozir uchtadan bittasi SMM-chi. Kurslar sotilyapti, bizneslar mutaxassis qidiryapti. Hammaga SMM kerak.

Zapusklar ham (o‘zbeklashtirmayapman ataylab, chunki professional leksikaga kirib bo‘ldi) hozir borgan sari trendga chiqib ketyapti. Chunki bu ishni orqasida yaxshigina pul bor.

Trenddagi narsani atrofida firibgarlar ko‘p bo‘ladi — lekin yaqinda o‘z tajribamdan kelib chiqib tavsiya qila oladigan «zapuskchi» mutaxassis topib oldim.

Husan aka Mamasaidov haqida eshitgandirsiz — katta tadbirkor, Deli uz, Mfaktor kabi ko‘zga ko‘ringan bizneslar egasi. Bu kishi bilan qadimda, loyihalar menejeri bo‘lgan davrimda ishlaganman. Kuchli inson judayam.

Shu insonga zapusk qiladigan boshqa bir kuchli inson bor — Hojiakbar. Nimaga kuchli? Chunki naqd $300 000 ga zapusk qilib, natija ko‘rsata olgan.

Ertaga shu mavzuda Hojiakbardan bepul marafon bo‘ladi, hozirni o‘zida kirib oling — kam bo‘lmaysiz.

O‘zbekcha yoz!

08 Nov, 11:43


Ustoz AI loyihasi haqida taxminan yarim yil oldin eshitganman.

Loyiha maqsadi — har xil sohalar bo‘yicha bepul videodarslar yaratib, ularni YouTube’ga joylab borish. Bu darslarni odamlar xohlab ko‘rishi uchun, kuchli ssenariylar kerak.

Shuning uchun Ustoz AI ssenarist izlayapti. Rus yoki ingliz tilini biladigan, internetdan dars mavzui bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot topib, montaj va vizual orqali darsni boyita oladigan, Subyektiv, TOPLES kabi qiziqarli uslubda fikrlarni yetkaza oladigan odam qidirishayotgan ekan.

Agar kamida reels uchun ssenariy yozib yurgan bo‘lsangiz, YouTube’da ko‘p o‘tirib, kuchli-kuchli videolar qilaman degan shijoatingiz bo‘lsa — Ustoz AI’ga ishga kirishga urinib ko‘ring.

Pul masalasi ham yomon emas — oyiga 6-10 milliondan 14-18 milliongacha.

Ishga kirish arizasini shu havola orqali topshirish mumkin.

O‘zbekcha yoz!

06 Nov, 15:32


Bugun Tramp yutdi. Hammayoqda shu mavzu “tema” bo‘libdi, xo‘p, meniyam e’tiborimni tortgan bir narsa bor.

AQSH saylovi ketayotganida eng oxirgi ovozlar juda muhim. Saylov vaqti tugasa ham, qo‘ng‘iroq orqali ovoz beraman deb onlayn navbatda turgan odamlar — baribir ovoz bera oladi. Sabr qilib navbatini kutsa, bas.

Shuning uchun Kamala ham, Donald ham “navbatdan chiqmang” degan kommunikatsiya qilgan. Lekin har xil uslubda.

Kamala shunchaki info bergan: tinch, professional, sokin. Donald esa: “Navbatda qoling, ovoz berish haqingizni birov tortib olishiga yo‘l qo‘ymang” demoqda.

Messej bir. Xarakter har xil.

Ovozingizda har doim xarakter bo‘lishi kerak. Shunda siz ham yutasiz.

O‘zbekcha yoz!

01 Nov, 16:06


Aviasales odatda zo’r marketing qiladi. Ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda. Lekin shunaqa brend ham mahalliylashtirishga kelganda qovun tushirishi mumkin ekan.

Mana bu reels videoni rus tilini bilmagan odam hech qachon tushunmaydi — chunki undagi “prikol” faqat ruschada ishlaydi.

«Вы сдали багаж? Нет, он меня сдал» bo‘lgan originalida. Bu yerda hazil ishlayapti, chunki «сдал» ham “yuk topshirish”, ham “kimgadir chaqib berish, sotish” ma’nosida keladi.

O‘zbekchaga shunchaki boricha tarjima qilish — mahalliylashtirish emas, baraka topgurlar.

O‘zbekcha yoz!

29 Oct, 05:50


Yaxshi kreativ = kutilmagan, lekin oddiy forma + kuchli, hissiyotga boy va tushunarli xabar.

O‘zbekcha yoz!

25 Oct, 07:11


Mabodo ko‘zingiz tushmagan bo‘lsa, hozir tushsin — 605 agentligi rebrending qildi.

Bu yil Otabek akaning jamoasi uchun unumli va samarali o‘tyapti — bir nechta rosmana zo‘r keyslar qilishdi, TAF!24 festivalida «Yil agentligi» bo‘lishdi, jamoalari kengaydi.

Xullas, agentlik ham sifat, ham dunyoqarash, ham qadriyatlar bo‘yicha oldinga kattagina qadam qo‘ydi. Men bundan juda xursandman, chunki, 605 jamoasining falsafasi qisman Lokals’ga o‘xshab ketadi — biz ham, ular ham O‘zbek kreativini rivojlantirish, mahalliy brendlar va bizneslarni o‘stirish va jaydari bolalar va qizlardan kuchli mutaxassislar tarbiyalashga intilib ishlaymiz.

Rebrendingni o‘ziga keladigan bo‘lsak, juda oddiy va kuchli g‘oya — baralla chiqayotgan ovoz — logotip va firma uslubi asosi sifatida xizmat qiladi. Minimalistik, chiroyli, tushunarli.

605, yangi liboslar omad keltirsin!

O‘zbekcha yoz!

23 Oct, 13:03


Kechqurun YouTube’da nima ko‘ray ekan deb yurgan bo‘lsangiz, Temur aka bilan bo‘lgan suhbatimizni ko‘ring.

Kreativ, reklama va keyslar haqida miriqib gaplashdik.

Hammayoqda shov-shuv bo‘lgan «Mosaicvertising» keysi haqida ham insaytlar bor, balki, sizga qiziq bo‘lar.

O‘zbekcha yoz!

21 Oct, 07:00


Kopirayting — bu ish. Ko‘pincha zerikarli, oddiy, hissiyotlarga unchalik boy emas.

Lekin gohida, kamdan-kam hollarda, rosmana o‘ziga xos, noyob, go‘zal va betakror keyslar yaratish imkoni paydo bo‘lib qoladi.

Tepadagi rolik — shunday imkonga misol. SAG o‘zimizning chin O‘zbek brendi, mahsuloti ham, qadriyatlari ham madaniyatimiz bilan chambarchas bog‘liq.

SAG = bu O‘zbekiston. Siz-u biz. Yaqinlarimiz. Tariximiz. O‘zbekiston esa (xuddi SAG gilamlari kabi) xilma-xil: zamonaviy, an’anaviy, yorqin, sokin, oddiy, o‘zgacha.

Bu men uchun juda shaxsiy loyiha. Faxrlanadigan ishlarimdan bittasi.

SAG haqida siz hali ko‘p eshitasiz, ishonavering. Bu brend hozir olamshumullik arafasida.

O‘zbekcha yoz!

18 Oct, 10:33


Yaxshi brend yomon kommunikatsiya chiqarsa — doim achinaman.

Yaqinda Korzinka’ning yangi rolikini Instagram’da ko‘rib qoldim: video sifati nuqtai nazaridan yomon emas. Lekin kreativ o‘ta achinarli.

Chunki Korzinka do‘konlarida har kuni yuzlab haqiqiy, insoniy, hayotiy hodisalar ro‘y beradi:

- erkaklar ayollaridan SMS kutib, rastalar oldida turishadi: chunki xato narsa olishsa, uyda gap eshitishadi;

- navbatda bittagina narsa bilan turgan odamni qolganlar o‘tkazib yuborishadi;

- «bunisi uncha emas, mana bunisini oling» deydigan mehribon sotuvchilar odamlarga yordam beradi.

Xullas, qidirgan odam insayt topadi. Faqat kuzatish kerak, izlash kerak. Juda yuzaki, siyqasi chiqib ketgan vaziyatlarni 100500-marta aylantirib ishlataverish — kreativ emas. Bu rolikda hissiyot yo‘q, hayot yo‘q.

Dialoglar alohida muammo: hech kim hayotda bunday gapirmaydi. Qahramonlar so‘zlashuvi — soxta, go‘yo kam byudjetli serialdagidek.

Bilaman, Korzinka agentliklar bilan ishlamaydi, lekin, menimcha, ishlash vaqti keldi.

Brendni isrof qilmanglar, iltimos.

O‘zbekcha yoz!

17 Oct, 13:05


Bilasiz, Space Academy’da dars beraman. Yaqinda ustozlar kuni munosabati bilan menga 10 000 000 so‘mlik vaucher sovg‘a qilishdi.

Vaucherni akademiyaning istalgan kursiga sarflash mumkin. Shu 10 million pulni birorta obunachimga sovg‘a qilmoqchiman.

Shu bahonada, auditoriyam hajmini ham oshirib olsam, zo‘r bo‘lardi.

Xullas, tanlov — @ozbekchayoz va @copirayt bloglariga obuna bo‘lib, «Qatnashaman» tugmasini bosing.

Keyingi shanba kuni bot o‘zi avtomatik tarzda g‘olibni aniqlaydi.

O‘zbekcha yoz!

14 Oct, 17:40


Ishingizdan faxrlanib yashashga intiling.

Har bir yozgan so‘zingizda shaxsingizning bir bo‘lagi yashasin.

Barmoqlaringiz ostidan chiqadigan har bir rolik ssenariysida buyuklikka da‘vo bo‘lsin.

Brifda yozilgan vazifani shunchaki bajarish uchun ishlamang. Yorivorish uchun ishlang. Odamlarni sochi tikka turishi uchun ishlang. Ko‘z yoshlar uchun ishlang. Tabassum uchun ishlang.

Biz onglar va yuraklar uchun mehnat qilamiz. Hissiyot — qilichimiz. Dovyurak bo‘ling. Hech kim qilmagan ishlarni qiling. Kamida shunga urinib ko‘ring.

Kimsiz, qayerdasiz, farqi yo‘q. Ichingizda olov bor. Uni toping.

Brendlar alangangizni sezsa, sizga ishonsa, olamshumul ishlar qila olasiz. Bosing.

Kopirayting bu ish emas. Bu hayot.

O‘zbekcha yoz!

13 Oct, 08:26


Kecha TAF!24 festivali bo‘lib o‘tgani haqida ko‘pchilikni xabari bo‘lsa kerak.

Shubhasiz, oqshom qahramonlari — @agency605

Yil agentligi unvonini ishonchli qo‘llarga topshirdik) Qadrdonlarni chin dildan tabriklayman.

Lokals ham quruq qo‘l bilan ketmadi — ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza jamoamiz kolleksiyasiga otlandi.

Meni alohida quvontirgan loyihalar SAG brendining «Long pLasting Solution» hamda «Yengil Retro» brendi keyslari bo‘ldi: mustaqil mutaxassis sifatida ushbu ishlarni festivalga topshirishda ko‘maklashgan edim. Natija ajoyib: «Yengil Retro» bittadan oltin, kumush va bronza olib ketdi, SAG keysi ham bronzaga sazovor bo‘ldi.

Xullas, men uchun TAF!24:

Lokals bilan:🥇🥇🥈🥉🥉
SAG va Yengil Retro bilan: 🥇🥈🥉🥉

Yomon emas. Ertaga dushanba — ishlash kerak.

O‘zbekcha yoz!

11 Oct, 15:51


1993-yilda ham bizda kopirayting bo‘lgan ekan. Messedj yemagan, aytgancha.

«Aynan sizga atalgan kompyuter yiroqda bo‘lsa, achinarli» — yoki shunga o‘xshash kopi kerak edi.

(c) LinkedIn’dan uxlatilgan.

O‘zbekcha yoz!

11 Oct, 09:06


Mashinani shinasida qancha emotsiya bor?

Oddiy rezina, hissiyoti umuman yo‘q matoh, hayotda biz hech qachon shinani sevmaymiz, u bizga qadrdon bo‘la olmaydi, bu shunchaki buyum, yerdagi changni to‘plab umri o‘tadigan narsa.

Lekin xohish bo‘lsa, yetarlicha fikr qilinsa, hatto shu narsadan ham kuchli, emotsional rolik yaratsa bo‘ladi.

Shunaqa gaplar.

O‘zbekcha yoz!

10 Oct, 09:49


Yaqinda @marketingbolimi juda qiziq keys haqida yozgandi.

Oson tomonidan juda aqlli yurish — brend yuridik ikir-chikirlardan qochgan holda, bozordagi juda standart, hamma ishlatib yurgan 0% haqidagi offerni kreativ uslubda qayta kashf qildi.

Keyinchalik bu kommunikatsiya qayerga qarab rivojlanishi noma’lum, lekin, xarakteri bor brendlar meni har doim quvontiradi.

O‘zbekcha yoz!

08 Oct, 05:13


TAF!24 manifestini e’lon qildi.

Yaxshi va haqqoniy insayt — menga ham ko‘p marta «bilganingni qil» deyishgan. Odatda, onang senga bu gapni aytsa, demak, aniq bilgan narsangni qila olmaysan. Sizda ham shunaqa bo‘lgan, katta ehtimol bilan.

Ajoyib xabar, yaxshi kreativ — umuman olganda O‘zbekistonda TAF! borligi meni judayam xursand qiladi. Ichki bozordagi kreativ rivojlanishi uchun, uni ko‘z-ko‘z qiladigan, raqobat uchun sahna bo‘ladigan tadbirlar judayam muhim. 10-15 yildan keyin TAF! xalqarolashib, yanayam nufuzli bo‘lib ketsa, hayron qolmayman.

Xullas, rolikni ko‘ring, TAF!’ga boring. Kelayotgan shanbani bundan-da foydaliroq o‘tkazib bo‘lmaydi.

— TAF!24 dasturi va spikerlari
— Chiptalar iticket.uz saytida

O‘zbekcha yoz!

07 Oct, 10:19


Bu yilgi AQSh prezidenti saylovi — kreatorlar uchun chiroyli keyslarga boy chiqyapti.

Trampning navbatdagi yurishi: «Kamala Xarris erishgan yutuqlari» nomli kitob chiqarish bo‘ldi. Eng qizig‘i — kitobning sahifalari bo‘m-bo‘sh.

Noyob, qiziqarli va e’tibor tortadigan faollik. Bu keysdan chiqariladigan asosiy xulosa: kopirayting va kreativ deganda oddiy rolik yoki tashqi reklama haqida o‘ylamang. Yangicha, boshqacha g‘oyalar izlang.

Atrofdagi buyumlardan foydalaning, nostandart kommunikatsion kanallarni topishga intiling. Shunchaki chiroyli roliklar davri o‘tdi — real dunyoda ishlaydigan kreativ endi yangi trend.

O‘zbekcha yoz!

07 Oct, 06:32


O‘zbek kreativi kuchayib borishiga sabab — odamlar.

Kreativga befarq bo‘lmagan, o‘zgalar bilan bilim ulashadigan, qo‘lidan kelganicha sohani o‘stirishga urinadigan oddiy — siz-u bizdek — odamlar.

Shunday jonkuyar insonlardan biri xalqaro kreativ keyslarni o‘zbek tilidagi izohlari bilan alohida blog doirasida ulashib borishni oldiga maqsad qilibdi. Menga format juda yoqdi: keys videosi, nima haqidaligi, qaysi festivalda qanday mukofot yutgani, hammasi ko‘rsatib ketilgan. Kelajakda, o‘zbek keyslarini ham ulashib borsalar, nur ustiga a’lo nur.

Reklama emas, chin dildan tavsiya — Young Creators.

P.S: Hamkasblardan ham repost qilishlarini iltimos qilaman.

O‘zbekcha yoz!

04 Oct, 08:40


UPD. Post o‘chirildi.

O‘zbekcha yoz!

03 Oct, 14:18


Reklamada bitta qoida bor: “Agar odamlar nimanidir noto‘g‘ri tushunishlari mumkin bo’lsa — aniq shunaqa bo‘ladi”.

Bilaman, texnomart ko‘p oilalikni emas, boshqa narsani nazarda tutgan (katta ehtimol bilan) lekin “tushungan tushundi”.

Bu — antikeys. Bunaqa qilmanglar.

O‘zbekcha yoz!

02 Oct, 10:34


Xushxabar.

Agentligimiz xalqaro Golden Drum festivali shortlistiga kirdi.

Adashmasam, bu O‘zbekistondagi yagona shortlist.

Nasib, yana mukofot kutamiz.

O‘zbekcha yoz!

02 Oct, 08:21


Les Ailes brendidan anchadan beri darak yo‘q edi. Yaqinda yangi kommunikatsiya bilan «eshikni tepib» kirib kelishdi.

Tan olish kerak, roliklar ajoyib ishlangan: art-direkshn, montaj, CG — barchasi o‘ta yuqori darajada.

Faqat meni ranjitgan bir narsa: g‘oya va mantiq.

Les Ailes — tovuq qanotchalarini pishirib, soqqa qiladigan brend. Yangi kommunikatsiya juda jiddiy, hayotiy, falsafaga doir muammolarni yuzaga chiqaradigan, o‘ylantiradigan ToV’da ishlangan. Lekin xabar… «Insonlarga qanot» (yaxshiyam «qanotchalar» emas).

Sezyapsizmi? Brend mahsuloti, uni xarakteri va hozir reklama orqali yetkazib bermoqchi bo‘layotgan g‘oyasi bir biriga zidroq.

Xullas, nimaga to‘satdan fast-fud brendi shunchalik osmono‘par mavzularni ko‘targani noma’lum — va brend tezroq bu jumboqqa aniq, tushunarli javob berishi shart.

Shu turishida bu roliklarni qaychi uslubida urilgan avtogolga qiyoslayman — nihoyatda go‘zal, lekin teskari.

O‘zbekcha yoz!

01 Oct, 14:06


Til — bu instrument. Xuddi sanchqi yoki ketmon kabi. Ayrim tillar traktordek baquvvat, kuchli. Boshqalari esa qoshiqdek kichik, zaif.

Hozir o‘zbek tili juda sust. Tan olish kerak, faqat o‘zbek tilini biladigan kreator bugungi kundagi O‘zbekiston bozoriga kerak emas. Undan naf yo‘q. Yaqin 40-50 yil davomida bo‘lmaydi ham.

Mijozlar rusiyzabon, jamoalar rusiyzabon, agentliklar rusiyzabon, bozorimizning eng kuchli mutaxassislari — rusiyzabon.

Sizga yoqadimi, yoqmaydimi, hayot shunaqa. Sizda ikkita yo‘l bor.

Birinchisi: o‘zbek tilini hurmat qilsin, menga nima, o‘qimayman, qaramayman, Davlat tilini bilmagan odam professional emas!

Ikkinchisi: o‘qish, o‘rganish, rus tilini ham kerak bo‘lsa egallab olish, zamondan ortda qolmaslik, chiranib, tiranib, o‘sish.

Tanlov har doim bor. O‘zbek tilini men ham sevaman. Lekin 20 yildan keyin o‘zbek mutaxassislari hozirgidek qoloq bo‘lishini xohlamayman. Bunday bo‘lmasligi uchun, bag‘rikeng bo‘lish kerak, ilm tanlamasdan, natsionalistik ruhdagi pozitsiyalardan uzoqlashib, rivojlanish kerak.

Rus tili = Rossiya emas. Ko‘zingizni oching, ahmoqona demagogiya hech qachon hech kimga foyda keltirmagan.

Traktordan voz kechib, qadrdon qoshiqchangiz bilan yer kovlamang.

O‘zbekcha yoz!

30 Sep, 15:53


Ko‘p gapirib o‘tirmayman — kreativ direktorim Shaxa Saliyevni aaanchadan beri blog ochishga ko‘ndiraman deb harakat qilayotgandim.

Nihoyat, blog ochdilar (rus tilida) — obuna bo‘ling, g‘ich-g‘ich foyda olasiz: https://t.me/amojetinet

O‘zbekcha yoz!

22 Sep, 20:01


Natija yomon emas.

x3 oltin. x3 bronza.

Ishlashda davom etamiz.

O‘zbekcha yoz!

21 Sep, 07:23


Festivallar haqida sizga bitta muhim narsa aytishim kerak.

Reklama va marketing sohasiga qiziqib, bloglarni kuzatib, mutaxassislarning ma’ruzalarini eshitib yursangiz, ularning har bir keysi qandaydir kreativ, mukofotlar yutadigan narsadek tuyuladi.

Xuddi ularning har kunlik ishi = yorvoradigan keyslar yaratish. Aslida, unday emas.

50 ta keysdan 1 donasi festivalga mos, zo‘r bo‘lsa, shuni o‘zi katta gap. Agentlik hajmi va statusi yuqorilab borgani sari, uning loyihalari ham bizneslashib boraveradi. Bu degani oddiy vazifalar, standart briflar, «dunyoni qutqaramiz» emas, «mahsulot sotamiz» va hokazo.

Bu normal holat. Hayot shunaqa. Kreativ kopirayting — bu ish. Ish har doim ham qiziq bo‘lavermaydi. Ko‘pincha yosh mutaxassislar qandaydir fantastik orzu-umidlar bilan reklama agentliklariga ishga kirishadi, mana-mana hozir festival yutadigan ish qilaman deb kutib yurishadi. Lekin bunday keys 1-2 yilda bir kelsa, keldi, bo‘lmasa yo‘q.

Biz faqat festival yutish uchun ishlamaymiz. Asosiy vazifamiz — mijozga, dunyoga, oddiy odamlarga foyda keltirish. Kimningdir hayotini sal yengilroq qilish. Kimnidir jilmayishga undash. Korzinka’dagi «poroshok»lar orasida aynan bizning mijozimizning «poroshoki» sotilishiga hissa qo‘shish.

Yulduzlarga qarar ekansiz, oyog‘ingiz yerdan uzilmasin.