AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz @aziz_ruzimovich Channel on Telegram

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

@aziz_ruzimovich


— Dunyodagi Davlat va Nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar.

Murojaat:Nodavlat oliygohlar_uz

Tijoriy hamkorlik uchun:

28.12.2023

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz (Uzbek)

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz kanali Dunyodagi Davlat va Nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar bilan ta’minlaydi. Bu kanalda nodavlat oliygohlar uchun muhim va o‘ziga xos ma'lumotlar olib boriladi. Aziz Ruzimovich OTMlar.Uz kanaliga murojaat uchun Nodavlat oliygohlar_uzga murojaat qilishingiz mumkin. Kanalda sizga tegishli ma'lumotlar va yangiliklar taqdim etiladi. Tijoriy hamkorlik uchun 28.12.2023 kuni belgilangan. Bu kanal oliy ta’lim muassasalari sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz uchun yagona manzil. Sizga foydali va muhim ma'lumotlar bir joyda taqdim etiladi.

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

06 Nov, 17:39


O‘zbekistondagi 3 ta universitet "THE" top universitetlari ro‘yxatiga kiritildi, ulardan bittasi TOP-1000 da

Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti o‘zining World University Rankings-2025 TOP-1000 oliygohlari reytingini e'lon qildi.

Reytingdan O‘zbekistondagi uchta OTM o‘rin oldi. Bular:

🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (601-800-o‘rin);
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti (1001-1200-o‘rin);
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (1501-o‘rin).

Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro agentligi e’lon qilgan reytingda O‘zbekistonning ikkita universiteti ilk marta TOP-1000 ga kirgan edi.

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

06 Nov, 17:36


⚡️Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan (TOP-1000) oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

31 Oct, 17:59


Қулоғингизга чеснок тиқиб юринг натижадан шокка тушасиз. Бир кеча қўллаш етарли❗️

Шу гапни рахматли бувим қайта қайта такрорлайверар эдилар. Эсимни таниганимдан бери, бувим қулоқларига чеснок тиқиб юрганларини кўрар эдим. Нимага бувим унча мунчага касал бўлмаганликларини сабабини энди тушундим. Совет давридан мерос бўлиб келган бу усулни сири қуйидагича;

✔️Қулоқ оғриғида - чеснокни ўртача бўлакини олиб, қулоқларингизга тиқиб оласиз. Чеснок, антибактериал ва антивирус хусусиятга эга бўлганлиги учун, қулоқдаги яллиғланиш ва оғриқни бартараф этади. Бувимда ҳечам қулоқ оғриғиғи бўлмаган. Бувимга бу усул бувисидан қолган экан. Ҳақиқий мўжиза.

✔️ Рак касаллигида- Бундан ташқари, чеснок, ракни табий қотили хисобланади. Уни мунтазам истеъмол қилиш, ракка чалиниш хавфини камайтиради.

✔️Йўтал ва томоқ оғриб овоз чиқмай қолганда - Бир коса сутга ченок ва карам баргини майда қилиб аралаштирамиз ва устидан асал қўшиб яна аралаштириб истеъмол қилинса йўтал, овоз чиқмай қоладиган даражада томоқ оғриғини буткул йўқ қилади.

✔️ Иммунитетни кучайтиради: Чеснокдаги фитонцидлар бактериялар, вируслар ва замбуруғларни йўқ қилишга ёрдам беради, бу эса иммунитетни кучайтиради ва касалликлардан ҳимоя қилади.

✔️Юрак-қон томир тизимини яхшилайди: Чеснок қон босимини пасайтиради, қон томирларини кенгайтиради ва қон ивишини камайтиради, бу эса юрак хуружи ва инсульт хавфини камайтиради.

✔️ Холестерин миқдорини пасайтиради: Чеснокдаги аллицин моддаси холестерин миқдорини пасайтиришга ёрдам беради, бу эса юрак-қон томир касалликлари хавфини камайтиради.

✔️ Овқат ҳазм қилишни яхшилайди: Чеснок овқат ҳазм қилиш тизимини рағбатлантиради, метеоризмни камайтиради ва ич кетишини олдини олади.

✔️Салаоматликни сақлашга ёрдам беради: Чеснок антиоксидантлар билан бой бўлиб, организмни эркин радикаллардан ҳимоя қилади ва саратон хавфини камайтиради.

Чеснокдан тайёрланадиган рецептлар: табингизга кўра танлаб тайёрлашингиз мумкин.

* Чеснок қовурилган картошка: Картошкани кубикларга кесиб, ўсимлик ёғида қовуринг. 2-3 бош чеснокни майдалаб, картошкага қўшинг ва яна 5 дақиқа қовуринг. Туз, қалампир ва янги райҳон қўшинг.

* Чеснок соуси: 2-3 бош чеснокни майдаланг. 1 ош қошиқ ўсимлик ёғида қовуринг. 1/2 стакан сув, 1 чой қошиқ туз, 1/2 чой қошиқ қалампир қўшинг. 5 дақиқа қайнатинг. Блендердан ўтказинг.

* Чеснок супи: 2-3 бош чеснокни майдаланг. 1 пиёз майдалаб, ўсимлик ёғида қовуринг. 1 чой қошиқ зирк қўшиб, 1 дақиқа қовуринг. 1 литр сув қуйинг, туз, қалампир, лавр барги қўшинг. 15 дақиқа қайнатинг. Супни блендердан ўтказинг. Хизмат қилишдан олдин, туғралган янги райҳон ва қаймоқ қўшинг.

❗️Чеснокни ҳар куни истеъмол қилиш тавсия этилмайди, чунки у юракдаги муаммоларга олиб келиши мумкин.

Маълумотлар фойдали бўлган бўлса яқинларга юборишни унутманг!

🌷Яқинларизга ҳам улашинг

https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

08 Sep, 15:35


⚡️Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

04 Jul, 22:04


Perevodchilar diqqatiga!

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar xox xorijda o'qiyotgan bo'lsin, xox yurtimizdagi davlat yoki xususiy oliygohlarda tahsil olayotgan bo'lsin, ushbu post barcha toifaga tegishli.

15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Sizdan talab etiladigan asosiy hujjat transkript hisoblanadi. Siz ayni vaqtda o'qiyotgan semestrni to'liq yopolmasangiz yoki fanlardan qarzdorlik mavjud bo'lsa, yoxud semestr kechroq yakunlansa ham buning o'qishni ko'chirishga hech qanday ta'siri yo'q

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan 393-sonli qaroriga asosan talaba o'qishini ko'chirishi uchun "birinchi kursning birinchi semestrdan qarzdorlik bo'lmasligi kerak". Bu degani qolgan semestrlardagi qarzdorlik muhim emas degani. Ya'ni siz nechanchi kurs bo'lishingizdan qat'iy nazar oxirgi semestrdan qarzdor bo'lsangiz ham o'qishingiz ko'chira olasiz. Bu qonunchilikda aniq va tiniq ko'rsatib qo'yilgan.

Ayrim xususiy yoki davlat oliygohlarining mutasaddilari tomonidan sizga oxirgi semestrda fanlardan qarzdorlik borligi bahonasi bilan "senga transkript berish mumkin emas, bermaymiz, perevod qila olmaysan" deb transkript bermaslik holatlari mutlaqo noqonuniydir.

⚠️ Agarda sizda shunday holat kuzatilsa, o'sha shaxsdan transkript bermasligi haqida yozma javob talab qiling. Agar shunda ham ta'sir qilmasa, kechiktirmay o'sha kunning o'zidayoq Prokuraturaga murojaat qiling. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

☝️ Yana bir masala, bu holat asosan xususiy oliygohlarda kuzatilmoqda ekan. Ular buni o'zining ichki tartib-qoidasi bilan izohlashyapti emish. Shuni yodda tuting-ki, har qanday ichki tartib-qoida yuqori turuvchi qonun hujjatlaridan ustun bo'la olmaydi, aksincha o'sha qonunlarga asoslangan holatda joriy qilinadi. Xususiy OTMlarning ham transkript bermaslik bo'yicha talablari ham mutlaqo NOQONUNIYDIR!

✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

🇺🇿Bizni kuzating

https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Jun, 20:19


#Bilasizmi

diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.
___

Дипломы об окончании бакалавриата, магистратуры, лицея, техникума, профессиональной школы и колледжей в электронном виде можно скачать через платформу diplom.edu.uz.

На сегодняшний день информационная система, разработанная Центром развития технологий цифрового образования при Министерстве высшего образования, науки и инноваций, собрала информацию о дипломах около 2 миллионов выпускников.

Система включает в себя следующие процессы:

вносятся и подтверждаются данные о дипломах выпускников;

при отсутствии сведений о дипломе выпускники регистрируются и вносят сведения через Единую систему идентификации – OneID. Университет подтверждает достоверность сведений о дипломе.

Платформа интегрирована с информационными системами других государственных органов. При этом информация формируется автоматически и вводить данные о дипломе не требуется.

Bizni kuzating
https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Jun, 19:22


#Qabul2024

⚡️Rasman: Qabul boshlandi, lekin sayt ishlamadi, doimgidek!

Prezident farmoniga ko‘ra, bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, o'tgan yili ham kunning ikkinchi qismida ochilgan edi.

Yana bir yangilik, saytga xususiy OTMlarning ma'lumotlari ham yuklanyapti, bundan maqsad nima ekani hozircha noma’lum, lekin katta ehtimol kelgusida xususiy OTMlarga kirish ham faqat DTM (BMB) orqali amalga oshirilishi mumkin.

O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!
🇺🇿https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Jun, 19:12


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Qanday o'zgarish va qo'shimchalar bo'ldi?

Avvalgi ro'yxatda 979 ta ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar bo'lgan bo'lsa, bugungi tasdiqlangan ro'yxatda ularning soni 760 taga qisqargan.

Safimizga qo'shiling👇

🇺🇿 https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Jun, 19:05


#Qabul2024

⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)

💬 Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

➡️ Faqat test sinovida ishtirok etsa:

✔️fanlar majmuasi;
✔️taʼlim tili;
✔️test topshirish hududi.

➡️ Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa:

✔️taʼlim tili;
✔️test topshirish hududi;
✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM.

2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:

✔️oliy taʼlim muassasasi;
✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✔️taʼlim shakli;
✔️tanlov ustuvorligi.

📣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

🏛 Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

✔️kollej va (yoki) texnikum;
✔️kasb va mutaxassislik;
✔️taʼlim shakli.

Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

😀 Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

🚨 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

Safimizga qo'shiling👇

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Jun, 19:02


⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

🇺🇿 https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

08 Apr, 16:34


Hayit namozi vaqtlari:

1. Andijon viloyati   06:00
2. Namangan viloyati   06:00
3. Fargʻona viloyati   06:00
4. Toshkent viloyati   06:10
5. Toshkent shahri   06:10
6. Sirdaryo viloyati   06:10
7. Jizzax viloyati   06:15
8. Samarqand viloyati  06:20
9. Surxondaryo viloyati   06:25
10. Qashqadaryo viloyati   06:30
11. Navoiy viloyati   06:30
12. Buxoro viloyati   06:30
13. Xorazm viloyati   06:50
14. Qoraqalpogʻiston
      Respublikasi   06:50
 

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Feb, 17:07


Bugun 5 fevral, 2024 yil, dushanba


Uzbekiston AKSh Xitoy Rossiya
O‘zbekistonda 500 dan ziyod bozor xususiylashtiriladi
Bozorlar / Bilasizmi? / Yurtimizda
A A A
O‘zbekistonda 500 dan ziyod bozor xususiylashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev bugun davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Feb, 17:00


Янги ўқув йилидан бошлаб техникумларда ўқитиш “Академик” ва “Ишчи касб” таълим компонентларининг узвийлигини таъминлайдиган янги тизим асосида йўлга қўйилади.

Бунда:

коллеж-техникумнинг 1-2 курсидаги таълим дастурлари, дарсликлари, билимни баҳолаш мезонлари ва муаллимларга талаблар олийгоҳлар билан бир хил бўлади;

техникумларда ҳам “кредит тизими” жорий қилиниб, фанни ўзлаштириш бўйича тўпланган “кредитлар” олийгоҳларда тан олинадиган тизим бўлади.

Яъни, коллеж-техникумда икки йил давомида етарли “кредит” тўплаган ўқувчилар “2+2” ёки “2+3” дастурлари асосида олийгоҳларнинг иккинчи ёки учинчи курсларида таълимни давом эттириш имкониятига эга бўлади.

Коллеж-техникумда ўқиб, фаолиятини ишлаб чиқаришда давом эттирмоқчи бўлганларни соҳадаги мавқеини ошириш бўйича ҳам янги тизим йўлга қўйилади. Энди, коллеж-техникумда “ишчи касб” йўналишида ўқиганлар икки ёки уч йил ишлаб, тажриба орттирганидан кейин, имтиҳон топшириб, “бакалавр”га тенг малака даражасини олиши мумкин.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Feb, 15:17


⚡️Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti – Eng yaxshi nodavlat oliygoh-2023 tanlovi g'olibi deb topildi!

🇺🇿 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar @talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi nodavlat oliygoh-2023" tanlovi doirasida 103 nafar nomzodlar ichida 16.571 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi.

TOP-10 kuchlilar ro'yxati:
1⃣ Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti
2⃣ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
3⃣ Namangan xalqaro universiteti
4⃣ Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
5⃣ Renaissance University
6⃣ Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
7⃣ Osiyo xalqaro universiteti
8⃣ Navoiy innovatsiyalar instituti
9⃣ Xalqaro Nordik universiteti
🔟 Oriental universiteti

Eslatib o'tamiz, 21-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin.

@talimuz
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!

Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Feb, 14:58


Xususiy universitetlarning diplomi O'zbekistonga o'tadimi?

Buni bilish uchun o'zingiz topshirayotgan xususiy universitetning litsenziyasini so'rang. Litsenziyadagi QR kodni telefoningiz kamerasi orqali skaner qiling.

Agar QR kod licence.gov.uz saytiga olib o'tsa va u yerda universitet haqidagi ma'lumotlar paydo bo'lsa ushbu universitet diplomi O'zbekistonda tan olinadi!

Ushbu postni xususiy universitetga topshirish niyatida yurgan yaqinlaringizga ulashing.

——-
Признается ли диплом частного ВУЗа в Узбекистане?

Чтобы быть уверенным, узнайте о лицензии частного университета, в который вы подаете заявление. Отсканируйте QR-код на лицензии с помощью камеры вашего телефона.

Если QR-код направит вас на сайт License.gov.uz и там появится информация о ВУЗе, диплом этого ВУЗа признается в Узбекистане!

Поделитесь этим постом со своими близкими, которые рассматривают возможность поступления в частный университет.

Ipak yo‘li innovatsiyalar unversiteti-Silk Road inovatsoons yuniversiti


Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Feb, 14:50


⚡️Asaka bankda ta'lim krediti berish boshlandi!

Asaka bankning Termiz filialida 2024-yil 1-fevral kunidan ta’lim kreditlari ajratilishi boshlandi. (Boshqa viloyat filiallarida ham kredit ajratilayotgan bo'lishi mumkin)

Kredit ish joyiga ega bo‘lmagan talabalarga ham beriladi.

Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Kredit muddati: o'qish davri + 7,5 yil o'qishni tugallangandan so’ng;
Kredit talaba nomiga rasmiylashtiriladi.


Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇

➡️https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

05 Feb, 14:49


Prezident Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi

Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi.

Professional taʼlim uchun masʼul idoralar koʻpayib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur.

❗️Oliy taʼlimda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli eʼtibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boʻyicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy taʼlimda keskin oʻzgarish qilish vazifasi qoʻyildi.

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich

AZIZ RUZIMOVICH OTMlar.Uz

03 Feb, 15:31


⚡️Nodavlat OTMlarning korrupsiyaviylik darajasi o'rganilmoqda

Aytishlaricha, DXX tomonidan nodavlat OTMlarda korrupsiya darajasini aniqlash maqsadida yopiq tadbir asosida reyting shakllantirilgan. Reyting maqsadi hozircha noma’lum bo'lsa ham uzun tashlangan arqon tortilishiga signal bermoqda.

Boshqa manbalarga ko'ra, ushbu reytingda Qashqadaryo viloyati eng yuqori (korrupsiya avj olgan) o'rinlarni egallagan.

👉https://t.me/Aziz_Ruzimovich