9.10.2023
Tabiiy fan
1-nazorat ishi
1. Kim dunyodagi eng buyuk mo’jiza?
a) kitob
b) inson
d) ixtiro
2. Akmalning singlisi kim?
a) Madina
b) Umida
d) Dono
3. Inson sezgi a’zolari?
a) ko’z, qo’l, oyoq, burun, soch
b) burun, til, o’pka, tirnoq, barmoq
d) ko’z, burun, quloq, til, teri
4. Qanday sezgilar bor?
a) ko’rish, yozish, eshitish, chizish, uxlash
b) ko’rish, eshitish, hid bilish, sezish, ta’m bilish
d) ovqatlanish, eshitish, gapirish, chizish, bo’yash
5. Til necha xil ta’mni sezadi?
a) 3 xil: shirin, achchiq, nordon
b) 4 xil: achchiq, nordon, sho’r, shirin
d) 5 xil: shirin, sho’r, nordon, achchiq, umami
6. Burun qanday xavf-xatardan ogohlantiradi?
a) avariyadan ogohlantiradi
b) achib qolgan ovqat va zaharli gazdan zaharlanishdan ogohlantiradi
d) chuqurlikdan ogohlantiradi
7. Yaponcha “ajoyib ta’m” ma’nosini anglatadigan ta’mning nomi?
a) nordon ta’m
b) shirin ta’m
d) umami ta’mi
8. Insonning og’riqni, issiq yoki sovuqni his qilish qobiliyati nima deb ataladi?
a) ko’z bilan ko’rish
b) teri bilan sezish
d) burun bilan hidlash
9. Qaysi birida eshitish qobiliyati yuqori rivojlangan?
a) delfin
b) toshbaqa
d) ilon
10. Jonli suhbat jarayonida biz qanday so’zlashamiz?
a) nutq, imo-ishora, mimika orqali so’zlashamiz
b) og’zaki va yozma nutq orqali so’zlashamiz
d) imo-ishora orqali suhbatlashamiz
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda