Umrni abadiy poyonsiz demang,
Tangrim kosamizga o‘lchab
solibdi.
So‘ngida pushaymon oshini
yemang,
Xayotni uyg‘oting mudrab
qolibdi !
Otani qadrlang, Onani seving,
Qondoshlik so‘zidan qonlar
tomibdi.
Yashagan umringiz xatosin
biling,
Mehrni uyg‘oting mudrab
qolibdi !
Ishqni saralamang, u tanxo
malak,
Xakkadek xar shoxga qo‘nib
tolibdi.
Yuzlari tilinib ko‘zlari
xalak,
Vafoni uyg‘oting mudrab
qolibdi !
Shukur deng bexisob, sanamang
aslo,
Qanoat qonmasdan o‘tda
yonibdi.
Gʻaflatning ko‘zlari uyquda
xatto,
Sabrni uyg‘oting mudrab
qolibdi !
Bir og‘iz shirin so‘z, qanchalar
qimmat,
Yovuzlik chayondek dilni
chaqibdi.
Har tildan yaralar chiroyli
xikmat,
Zabonni uyg‘oting mudrab
qolibdi !
Seving seviling, muxabbat
quching,
Samoda kabutar yolg‘iz qolibdi.
Yiqilmang yerlarga, ko‘klarda
uching,
Yurakni uyg‘oting mudrab
qolibdi !!!
https://t.me/ZukkoKitobxon