Zarvaraq @zarvaraqq Channel on Telegram

Zarvaraq

@zarvaraqq


Birlash ey xalqim, kelgandur chogʻi,
Bezansun endi Turkiston bogʻi!


@zarvaraq_kutubxonasi
@zarvaraqmurojat_bot

Zarvaraq (Uzbek)

Zarvaraq Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda tarix va kitoblarning oltin sahifalaridan so'zlashadi. Agar sizga kitoblar, tarix va adabiyotlar sevgisi yoqmasa, bu kanal siz uchun emas! Kanalda eng yangi kitoblar haqida ma'lumotlar, kitoblar ustidan muloqotlar, va boshqalar bilan kitoblar ustida munozaralar mavjud. Zarvaraq_kutubxonasi kanalidan eng sevimli kitoblarni tanlang va tadqiqot qilishga tayyor bo'ling. Agar sizda takliflar yoki so'zlar bo'lsa, @zarvaraqmurojat_bot bilan bog'laning. Zarvaraq kanali - bu kitoblar va tarix ustida so'zlash uchun joy! Siz ham qo'shiling va o'z fikrlaringizni izohlar orqali almashing!

Zarvaraq

22 Feb, 08:52


Tarix g'oyasi sharafli, foydasi bisyor, usuli esa o'ta ahamiyatli bo'lgan fandir. Chunki bu fan o'tmishdagi xalqlarning axloqi, payg'ambarlarning siyrati, hukmdorlarning davlati va siyosati bilan bog'liq holatlarni bizlarga tanishtiradi. Ma'naviy va dunyoviy masalalarda ibratga oshiquvchi kishilar uchun foydali natijalarni olish imkonini beradi.

📚Ibn Xaldun. "Muqaddima"

Zarvaraq

21 Feb, 08:33


Nega hozirgi kunda Samarqand va Buxoro atroflarida tojik-fors tilli aholi koʻp?

Buning asl sababi juda uzoqqa taqalmaydi. Ma’lumki 1740-yilda Buxoroga Eron hukmdori Nodirshoh bostirib keladi. Buxoroga kirmaydi, ammo Samarqandni juda katta harobazorga aylantirib, odam yashamaydigan holga keltirib qoʻyadi. Mangʻit urugʻi yetakchisi hisoblanmish Muhammad Hakimbiy bilan sulh tuzadi. Sulhga koʻra oliy xon Abdulfayz oʻzini vassal deb e’lon qiladi, shuningdek, ming botmon bugʻdoy va Hakimbiyning oʻgʻli Rahimbiy esa Nodirshoh bilan ketishi kerak boʻlgan. Muhammad Rahimbiy Eronga borgach Nodirshohga xizmat qila boshlaydi va unga oʻn minglik fors yoʻllanma qoʻshinlari beriladi. Buxoroda hokimyatini mustahkamlash uchun Nodirshoh, 1743- yili Muhammad Hakimbiy vafot etgach, 1745-yilgi Ibodullabiy boshchiligidagi xitoy-qipchoq urugʻi qoʻzgʻolonini bostirish maqsadida Muhammad Rahimbiyni va unga boʻysunuvchi 10 minglik fors qoʻshinini oilasi bilan Buxoroga joʻnatadi va shu yilning oʻzida Abulfayzxon uni qoʻshbegi-bosh vazir etib tayinlashga majbur boʻladi. Ammo oradan 2 yil oʻtgach, 1747-yili Nodirshoh vafot etadi va ushbu fors yoʻllanma qoʻshiniga tayangan Muhammad Rahimbiy oliy hokimyatni qoʻlga olish harakatini boshlaydi. Shu yilning oʻzidayoq Mir Arab madrasasi hujrasiga berkinib, u yerdan chiqa olmay qolgan Abulfayzxonni oʻldirib, oʻrniga oʻgʻli Abdulmoʻminni oʻziga kuyov qilgan holda xonlik taxtiga chiqaradi va koʻp oʻtmay uni ham oʻldiradi. Yana bir necha soxta xonlarni taxtga chiqargach, 1756-yili oʻzi taxtga chiqadi va Samarqandda Turoni zamin taxti hisonlanmish Koʻktosh taxtiga oʻtirib oʻz hukmronligini oʻrnatadi (koʻktosh taxtiga bundan avval Subhonqulixon oʻtirgan va undan soʻngra Rahimbiygacha hech kim oʻtirmagan).
Mavzuga qaytsak, Rahimbiy oʻz tayanchi hisoblangan fors qoʻshini uchun Buxoro atrofidan uylar qurib ularni mahalliylashtirdi va shu paytdan e’tiboran Buxoroda fors-tojik tilli aholi nufuzi keskin oshdi. Ularning Samarqandda koʻpayish tarixi esa, Amiri ma’sum Shohmurod bilan bogʻliq. Yuqorida zikr qilganimdek, Nodirshoh bosqini tufayli xarobaga aylangan Samarqand shahrini qayta tiklagan Shohmurod, Samarqandga qayta odamlarni koʻchirib keltirish maqsadida ushbu fors-tojik qoʻshinning Buxoroda koʻpayib keng ildiz otayotganini hisobga olib ularning yarmini Samarqandga koʻchiradi. Va bu yerda ham yillar oʻtib ularning nufuzi ortishni boshlaydi.
Bundan tashqari yana turfa hil omillar ham sababki, ularning soni ortishiga. Yana bir asosiy sabab, togʻli tojiklaring Samarqandu-Buxoro va boshqa koʻplab shaharlarga mavsumiy ish uchun kelishi va bu yerda qolib ketishi ham sabab boʻlgan. Bu jarayon XX asr boshlarigacha davom etgan.

@zarvaraqq

Zarvaraq

15 Feb, 10:15


🏰 TEMURIYLAR TARIXI – BUYUK SALTANATNING MEROSI! 🏹
📜 Amir Temur va Temuriylar davlati haqida unutilmas ma'lumotlar!
🔹 Sirli tarixiy faktlar
🔹 Temuriylar davridagi buyuk g‘alabalar va yutuqlar
🔹 Ilm-fan, madaniyat va siyosatning oltin asri
Agar siz buyuk ajdodlarimizning shonli tarixini o‘rganishni istasangiz, hoziroq bizga qo‘shiling!
📲 Obuna bo‘ling: @Temuriylartarixi
📢 Tarixni birga o‘rganamiz, ajdodlarimiz merosini asraymiz!

Zarvaraq

14 Feb, 15:32


Inqilob Buxoroni vayron qildi. Men bunda oʻzimni ayblayman. Endi millatni asrang, u vatanni qayta qura oladi.

Fayzulla Xoʻjayev

@zarvaraqq

Zarvaraq

13 Feb, 22:48


Jorj Oruelning “Molxona” asarida ozodlik va tenglik degan balandparvoz soʻzlarga aldangan hayvonlar fermada inson boshqaruviga barham berishadi. Oqibatda esa insonlardanda yomonroq, tuban choʻchqalar hukumronligi ostida qolishadi.
Oruelning mahorati shundaki u majoziy oʻxshatish orqali jamiyat qiyofasini, insonlar xarakterini ochib bergan.
Masalan, qoʻylar bu - tafakkur yuritmaydigan, shiorlarga aldanib yuradigan olomon.

Tovuq va sigir mazlum jamoa.
Ot- mavjud tuzum qachondir yaxshi boʻlishidan umid qilib oxirigacha ter toʻkib ishlovchi mehnatkash.
Eshshak barcha narsani tushunsada, ammo biror narsani oʻzgartirishga qodir boʻlmagan kimsa.

Voqeylikni anglash uchun albatta “Molxona” asarini topib oʻqish shart emas...

Tanatoz

@zarvaraqq

Zarvaraq

12 Feb, 08:31


Madaminbek haqida kun.uz dan yana bir yaxshi material. Madaminbekning jiyani tomonidan berilgan intervyu- ogʻzaki tarixning yaqqol misollaridan biri

Zarvaraq

10 Feb, 14:31


Ketishdan hammasidan ham koʻra koʻproq qoʻrqish kerak, agar biz oʻzimizni tutishning biror chegarasini belgilab olgan boʻlsak, unda ana shu kichik chegaraning ichida qolish, mana shu chegaraga xiyonat qilmaslik, bunga odamlarni dahldor qilmaslik, boshqacha aytganda, xotirjamlikni saqlash judayam muhim.

Frans Kafka

@zarvaraqq

Zarvaraq

10 Feb, 13:13


Hofiz bergan Samarqand-u Buxoroni bir xol uchun,
Tursunzoda atagandir Osiyo-yu Afriqoni bir yor uchun.
Xasis degil, mayli dashnominga rozidurman,
Oʻzbekiston! Berilmaydi na xol uchun na yor uchun.
Oʻzbekiston! Tojim mening, tojni pinhon etib boʻlmas,
Oʻzbekiston! Orim mening, orni ehson etib boʻlmas.
Har narsani istasang sen, topib beray mayli va lek,
Oʻzbekiston! Ona Vatan aslo in’om etib boʻlmas.

@zarvaraqq

Zarvaraq

09 Feb, 14:47


Olimning vafoti- olamning yoʻq boʻlishi!
Men Arslonzoda domlani tirik manba sifatida eslayman! Oramizda shunday tarixchilar borki, hozir mediada piardan boshqani bilmaydigan tarixchilardan ming chandon buyukroq bilim sohibi boʻlishadi, oʻzlarini faqat yozgan kitoblarida bildirashdi. Shunday tarixchi- manbashunoslardan biri edi domla. Yirik manba ketdi tarixdan.
Alloh rahmatiga burkasin! Sohibi boʻlgan ilmi kabi ajru savob ato etsin!

Zarvaraq

09 Feb, 14:43


Арслонзода Раҳматжон Арслонбоевич бугун 2025 йилнинг 8 феврал куни ҳаётдан кўз юмди.

Zarvaraq

09 Feb, 13:40


Gyote biror safarga otlangudek bo’lsa, o’zi bilan gul urug’larini olarkan. Yo’lida uchragan o’tloqlarga ularni socharkan. Aytishlaricha, bu urug’lardan Germaniyada ko’plab lolazor va gul bog’lari barpo bo’lgan ekan.

Zarvaraq

08 Feb, 14:28


Qoʻqondan minglar sulolasining Xudoyorxondan keyingi shajarasi

Zarvaraq

08 Feb, 13:48


Modarixon maqbarasi.
Modari-xon maqbarasi mashhur o‘zbek shoirasi Nodira bilan bog‘liq.Qo‘qon xoni, Nodira turmush o‘rtog‘i Umarxonning o‘limidan bir necha yildan keyin uning onasi olamdan o‘tdi. Shoira qaynonasi hurmatiga atab uning qabri ustidan maqbara qurishni buyurtiradi. Keyinchalik esa ushbu maqbara xon avlodi ayollarining maqbarasiga aylandi.
1825- yilda qurilgan.

Zarvaraq

08 Feb, 13:44


Dahmai-Shohon.
Qoʻqon xonlari sagʻanasi

Zarvaraq

08 Feb, 06:44


Shayx…..

Zarvaraq

06 Feb, 14:33


📢 HECH QANDAY IMTIHONSIZ TURKIYADA O‘QISHNI XOHLAYSIZMI? 🇹🇷🎓

ELITE CONSULTING bilan orzularingizni ro‘yobga chiqaring!
Hujjat topshirish va maslahat
Stipendiya va grant imkoniyatlari
Talabalik vizasi bo‘yicha to‘liq yordam
Eng nufuzli universitetlarda o‘qish

📞 Biz bilan bog‘laning:
📲 +998 94 447 87 47
📲 +998 90 829 08 38

🌍 Kelajagingizni biz bilan qurish uchun hoziroq yozing! 🚀

Zarvaraq

06 Feb, 06:35


Mana buni Turk adabiyotini kirib kelishi desa boʻladi!
Oʻrhan Pamukning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinishni boshlandi.
Endi ham Turk adabiyotini saviysiz deb koʻrsinlarchi))

Zarvaraq

04 Feb, 18:14


Fayzulla Xoʻjayev Oʻzbekistonni mavjud hududlarini qoʻlidan kelgan barcha imkomiyatlarni ishga solib saqlab qolgan milliy qahramon edi.

Qahramon Rajabov
Tarix fanlari doktori, professor

@zarvaraqq

Zarvaraq

03 Feb, 10:55


Ҳа, мен Ўрусияни ёмон кўраман. Сабабини тушунтириш учун гапни чўзиб ўтирмайман:

Кишанига муҳаббат қўйган қул эмасман!

@MubashshirAhmad

Zarvaraq

02 Feb, 20:49


Ibn Sino…. Turk yoki Fors, Oʻzbek yoki Tojik.
Yaqin vaqtda Britaniyaning nufuzli CNN nashri chiqargan maqolada Abu Ali ibn Sinoning Oʻzbek olimi deya e’tirof etilishi ortidan Tojikiston madaniyat vazirligining favqulodda (e’tibor bering favqulodda) yigʻilish oʻtkazishi ortidan goʻyoki Ibn Sinoga e’tibor kuchayib ketdi. Xoʻsh haqiqatdan ham maqsad Ibn Sinoni millatini oʻziniki qilishmi yoki uning nomini? Qoʻshnilarimizning mavjud davlatchilik nuqtai nazaridan kelib chiqsak, Abu Ali ibn Sinoni ham, uning ilmiy me’rosi ham zarracha ahamiyat kasb etmaydi. Tabiyki Ibn Sinoning nomi kerak, sabab esa Tojik xalqini nomini ulugʻlash. Mavjud davlatchilik shu qadar zaifki, butun bir xalqning nomini bir shaxs(yoki shaxslar bilan) ulugʻlamoqchi boʻlmoqda. Bundan tashqari mavjud diktator hokimyatni saqlab qolish maqsadida xalqni shonli tarix orqali manipulatsiya qilmoqda va bu oʻz kuchini ham koʻrsatmoqda. Agar biz yoki ular davo qilganimizchalik oʻrganganimizda edi Ibn Sinoni, xalq Hindiston yoki Gʻarbga borib davolanib kelmas edi.
Iltimos, yoʻlingizdan shunday da’vodagi qoʻshni millat vakili chiqsa siz ular bilan tortishmang, qoʻyib bering shu orqali mazza qilishsin zero bugungi kunda jahonga olib chiqadigan aytarlik narsasi yoʻq davlatgina shonli tarixi bilan maqtanadi! Siz esa faqatgina oʻqing shu orqaligina siz Ibn Sinoga, Beruniyga va kerak boʻlsa Nyutonga ham da’vo qila olasiz!

@zarvaraqq

Zarvaraq

01 Feb, 17:57


Oʻzbekiston uchun Oliy Kengashda muhokamaga qoʻyilgan bayroqlar. Negadir amaldagi bayroq koʻrinmayapti bu yerda. Lekin istardimki oʻng tomondagi bayroq eng munosibi boʻlgan….

(Foto Muhrim kanalidan)

Zarvaraq

31 Jan, 17:16


Me’rojnoma
Bu asar haqida uzoq vaqtdan beri (esingizda boʻlsa Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida uchratgan minyaturamdan beri) izlanish olib bordim. Asar tarixiga va kelib chiqishiga yuzlansak.
Me’rojnoma Temuriy sulton Shohruxning iltimosiga binoan, Mir Haydar ismli shaxs tarafidan yozilgan boʻlib, hozirda ham asl nusxasi mavjud va Parijda Luvr muzeyida ‘’Supplement turc 190’’ raqami ostida saqlanmoqda. Ushbu asarning noyobligi shundaki, unda hech qachon islomda boʻlmagan, Paygʻambar Muhammad alayhisalomning tasvirlanishi oʻzgacha bir jumboq kashf etadi. Bu asar haqida oʻzbek tilida juda kam ma’lumotlar uchraydi. Asosan Oxfordda bu asar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar doirasida maqolalar mavjud. Asarning oʻziga kelsak, asar turkiy tilda (chigʻatoy turkchasida) uygʻur yozuvida yozilgan. Uni yozgan shaxs Mir Haydar haqida ham ma’lumotlar juda kam boʻlib, manbalarda uning Uygʻur ekanligi koʻrsatilgan. Asar, 1430-1440 yillar oraligʻida yozilib, Faridudin Attorning ‘’Tazkirat ul Avliyo’’ asarining turkcha tarjimasi (bu asarni Shohrux devoni xizmatchisi Haru Malik turkchaga koʻchirgan) bilan bir jild ostiga tikilgan. Muqovasi qalin charmdan, qog`ozi yupqa, silliq, sarg`ish, o`rta asrlarda Sharqda dovrug` qozongan Hirot qog`ozi. Biror matn bitish mo`ljallangan chog`i, kitobning boshlanishida, orada ham bir-ikki o`rinda bo`sh varaqlar tashlab ketilgan.
“Me`rojnoma” asari hamdu na`t bilan boshlangan bo`lib, unda shunday so`zlarni o`qiymiz: “Shukr va hamd ul mangu qodir, o`n sakkiz ming olamni yaratgan, tartibga keltirgan va ularni ne`matlantirgan,biru bor hukumdor, Undan o`zga iloh bo`lmagan Tangri taologa (buyukligi yuksalsin va ismlari muqaddas bo`lsin), yana yuz ming salavot va tahiyyat Tangri taoloning habibi, yuz yigirma to`rt ming payg`ambarning sardori Muhammad rasulullohning ruhiga etsin. Ko`pdan-ko`p rahmat rasul alayhis-salomning avlodi bilan ahli baytiga etsin. Ularning barchasidan Olloh rozi bo`lsin”.
Hamdu na`tdan keyin kitob “Nahju-l-farodis” otli asardan tarjima qilinganligi to`g`risidagi ma`lumotlar berilgan. 68 betdan iborat kitobda payg`ambarimizning Jabroil (a.s.) bilan me`rojga chiqishi ko`tarilish bilan boshlanib, turli osomon tabaqalari, jannat va do`zaxdagi sayohatlari bilan davom ettirilgan.
Kitobni ilk oʻrgangan zamonaviy oʻzbek adabiyoti vakili Hamid Sulaymon hisoblanadi. Olim, sovet davridayoq Parijga safar uyishtirib, Luvrdan ushbu asardagi minyaturalardan nusxa olib, Toshkentga olib kelgan.
Umuman, mazkur asar turkiy til va adabiyotni chuqur tadqiq etishda ham juda katta ilmiy manba bo`lib hisoblanadi.

(p.s asarga oid rasmlarni post izohida koʻrishingiz mumkin!)

@zarvaraqq

Zarvaraq

27 Jan, 15:04


📣 "Usmonov Gurungi" ovozli chati!
📅 Ertaga, soat:19:00
📍 Telegram kanalimizda: t.me/bahriddin_tarix

🎙 Mavzu: "Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri tarixi"
👥 Taklif etilgan ekspertlar:
📖 Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori A. Nishonov
📖 Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori A. Musayev

🎤 Moderator: Professor B.Usmonov

Boshqa telegram guruh va kanallarda ham ulashing. Do‘stlaringizni ushbu qiziqarli suhbatga taklif qiling! 🌟

Bu ilmiy va qiziqarli suhbatni o‘tkazib yubormang! 😊
Hammangizni kutamiz! 📚

Zarvaraq

24 Jan, 15:50


Men millatim kuchli boʻlishi uchun yoshlarni Yevropaga oʻqishga joʻnatdim. Shunda ular Moskvaning quli boʻlib qolmaydi.

🖋Fayzulla Xoʻjayev

🔗zarvaraq

Zarvaraq

23 Jan, 16:51


Sultonning qamoqdagi qichqirig‘i: “Kimdir bu yerdan tirik chiqsa, gunohim yo‘qligini aytinglar!”

Olmon tilidan tashqari ingliz, fransuz tillarini mukammal bilgan, jahon siyosatida kechayotgan jarayonlarni nihoyatda chuqur tushungan Sulton O‘zbekiston hukumatining mustaqil tashqi siyosatini ishlab chiqishda muhim shaxslardan biri edi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3420

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Zarvaraq

22 Jan, 16:39


Yolgʻonga asoslangan jamiyatda, unversitetlarda qoʻyilayotgan teatrga(tomoshalarga) ilm deb qaraladi.

🖋Yugo Voglayd

Zarvaraq

20 Jan, 10:58


Magistaraturaga kirish haqida ikki og‘iz

Hozirgi tizim haqida bilasiz: gpa bali va chet tilidan kamida B1 sertifikatini olish kerak. Chet tili foydalidir, aslida bu gap ham istisno, ammo qaysi professor hamma fanni yuz foizda o'zlashtira oladi? Keraksiz fandan olingan past baho uchun kelajakdagi ilmiy ishlardan ayrilib qolish qanchalik adolatli? Masalan, bir institutda to'qson foizli baho bilan o‘qishga kira olmadi. Aytishicha o‘tish bali to'qson ikki bo'lganmush.

O‘sha yuz foizli baho olganlar fanlarni qanchalik o‘zlashtirgan deb o‘ylaysiz? Domlalarga yaltoqlik, tadbirlarga yugurishni gapirmayman. Asosiy mutaxassislik imtihonisiz, faqat baholar bilan keyingi bosqichga o‘tishni nazarda tutyapman. Bu ahvolda Magistr kirganlar qanday tugatib chiqishar ekan? Aytgancha, shu yerda yana bir narsani unutibman. O‘qishga kirgan hamma diplom oladi-ku!

Umuman tizim mukammal bo‘lmagan joyda qilingan bu o‘zgarishlar natijasi kelajakda seziladi.

Xullas, maslahat: agar O'zbekistonda o‘qisangiz yaxshi baho olavering. Davomatga va faollikka e‘tiborli bo‘ling. Magistraturaga kirish tizimi yaqin yillar ichida o‘zgarmaydi.
Bundoq olib qaraganda test degan narsa ham nisbiy. Agar bizda ham insho, motivatsiyon yoki erkin xat yozib o‘qishga kirilsa, hech bo‘lmasa og‘zaki imtihon bo‘lsa rostakamiga iste'dodli, bilimli kishilar o‘qishga kira oladi. Ammo bunga yaqin yuz yilda yetishib bo‘lmasa kerak. Jarayon to‘la shaffof bo‘lishiga ishonmayman.

Bu bilan o‘qishga bo‘lgan shashtingizni tushurishni istamasdim. Hozir biron kasbda faoliyat olib borish uchun diplom u qadar ahamiyat kasb etmayapti. Hammani eplagani deganday, qo‘lingizdan kelgan ishda yaxshiroq bo‘lishga intilavering. Vaqt, mehnat, tajriba yaxshi natijaga olib kelishiga ishonaman.

Zarvaraq

16 Jan, 15:26


📌Islom renesansi va unga qogʻozning taʼsiri.
751-yilda Talos vodiysida Abu Muslim qoʻmondonligi ostidagi Islom lashkari va Xitoy-Tan imperiyasi oʻrtasida jang boʻlib oʻtadi. Jang Islom lashkari gʻalabasi bilan yakunlandi. Ayrimlar jang odatiy kechgan deb hisoblaydi ammo ushbu jangda gʻalabadan ham buyukroq bir yutuq bor edi bu 3 nafar Xitoy qoʻshinidagi Qogʻoz yasovchi ustalarning asir olinganida edi. Ular dastlab Samarqandga olib kelinadi va shu yerda qogʻoz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishadi (bugungi kunda ham Samarqandning Konigil turistik qishlogʻida qoʻl mehnatida qogʻoz ishlab chiqariladi). Keyinchalik bu ustalar Bagʻdodga olib ketiladi u yerda Xalifa Mansur ular uchun ustaxona qurib beradi. Shu davrdan boshlab xalifalikda qogʻoz ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi va natijada kitoblar soni keskin oshib ketdi.Bu davrgacha yozilgan kitoblar teriga yozilgan boʻlib (misol uchun imom Molikning "Muvatto" asari) yaxshi saqlanib qolmas, kitob holida deyarli tarqalmas edi.Musulmonlar xitoyliklardan (ular buddaviylik dinida edi ) ilmni ajratmay, yaniki bu "kofirlar" texnologiyasi deya koʻrmay balki uni oʻzlashtirishdi va dunyodagi eng buyuk Renesansni shu orqali qurishdi. Qogʻoz bunga bir sababchi oʻlaroq xizmat qildi. Qogʻoz orqali millionlab nusxadagi noyob kitoblar yozildi.
1440-yil Yevropada Iogann Guttenberg Yozuv mashinkasini ixtiro qildi va bu mashinka 1-2 kunda oʻrta bir qalinlikdagi kitobni bosib chiqara boshladi. Bungacha kitob nusxasini koʻchirish uchun oʻrtacha 2-5 oy oraligʻida vaqt ketgan. Yevropada bu mashinka orqali butun islom olimlari Xorazmiy, Beruniy, Gardiziy, Roziy, Ibn Sino, Farobiy, Fargʻoniy va h.k larning asarlari bosib chiqarildi va xatto Qurʼoni Karim ham bosib chiqarildi. Yevropada 50-60 yil ichida 20 mlndan oshiq kitob bosib chiqarildi. Lekin musulmonlar uchun Boyazid II bu mashinkani harom deya amr berdi sabab sifatida esa u mashinka kofirlar tomonidan ishlab chiqarilgani boʻldi va bunga shayxulislom ham fatvo berdi. Xattoki undan foydalangan mamlakat hududiga olib kirganlar ham oʻlim jazosiga hukm qilinishi belgilab qoʻyildi. Bu faqatgina Johillik edi.
Bizni yaniki musulmonlarni dunyoda ustun qilgan Ilm edi dunyoda orqada qilgan esa Johillik boʻldi.....

ibnul_zohid

@zarvaraqq

Zarvaraq

15 Jan, 00:08


Раъно Абдуллаева ўлибди.
Мен уни қандай эслайман?
"Маънавият жаллоди" деб оти чиққан бу аёл:
1. Дин душмани эди:
— "Оллоҳ", "тангри", "худо" сўзларига қарши уруш эълон қилган, уларни ҳатто эски китоблардан (Алишер Навоий, Бобур ва бошқалар асарларидан) ҳам ўчиртирган;
— оналар айтадиган аллани ҳам "Оллоҳ" сўзини эслатади деб қатағон қилган;
— "Ялла" ансамблининг оти ҳам "оллоҳ"дан деб танқид қилган;
— диний маросимларни ҳаётдан сиқиб чиқариш сиёсатини юритган;
— ҳатто отаси ё онаси жанозасида қатнашган, дуо чоғи билмасдан қўлини очиб қўйган амалдорларни ишдан олдирган;
— Жаҳонгир Муҳаммаднинг бугунги жонли ёйинида эшитиб қолдим: отаси НКВДнинг зобити бўлган экан. Яъни отаси ўз даврида миллат гулларини қатағон қилган бўлса, қизи миллат маънавиятини қатағон қилди.
2. Миллийлик душмани эди:
— миллий кийимларга қарши мафкуравий кураш очган;
— эскилик сарқити деб аёл-қизларнинг иштонини ечтирган;
— наврўз байрамини диний деб бекор қилган, ўрнига "навбаҳор" номида ўзича янги "байрам" жорий этган, бунинг учун Абдулла Ориповга буюртма бериб, "Навбаҳор" деган шеър ёздирган;
— миллатни ўзлигидан чиқариш ва ўрислаштириш сиёсатини юритган.
3. Аҳмоқ эди:
— "қабристон" сўзини "оромгоҳ" деб ўзгартирган, ҳалигача айрим қабристонлар дарвозасида шу ёзув турибди...

Ҳозирча эслаганларим шулар. Балки бу каби маълумотларни аллақачон бошқалар айтгандир, ижт. тармоқлардан чиқиб кетганим учун мен кўрмагандирман, шундай бўлса ҳам ёзиб қўявердим.
Агар кечмишдаги гуноҳлари учун чин юракдан надомат чекиб тавба қилган бўлса, охиратини Оллоҳга ҳавола этамиз ва тўхтаймиз. Лекин тарих илми барибир ўтмишдаги қилмишларини борича қайд этишга мажбур.

Zarvaraq

13 Jan, 16:58


Kuni-kecha,Oʻzbeklar ichidan chiqib, shu biz oʻzbeklarning qadriyatini,dinini, qisqa qilib aytganda oʻzbekligimizni unuttirishga qattiq bel bogʻlagan odamlardan biri, uzoq yillar Oʻzbekiston SSR Komsomol raisi, ideologiya sekretari sifatida faoliyat yuritgan Ra’no Abdullayeva vafot etibdilar. Ul kishining davrida oʻzbek deb atalmish millatimizga juda katta kulfatlar kelgan. Ashaddiy, radikal ateistgina boʻlib qolmay, uning dushmanchiligi faqat din bilan bogʻliq boʻlmagan. Navroʻz bayrami-yu, milliylikka oid har qanday bayramni taqiqlagan. Koʻplab ziyolilarimiz uning davrida repressiyaga uchragan.
Fatvo bermoqchi emasman. Lek, uning janozasini oʻqiganlarning, fon Kaufman (rus bosqinchisi) vafot etganda uning eshigi ostida Taborak oʻqiganlardan farqi yoʻqdir!

Zarvaraq

13 Jan, 15:08


Kitob yutib olmoqchimisiz, unda tanlovimizga marhamat!

Shartlarimiz quyidagicha:

1. Agar hali a’zo bo’lmagan bo’lsangiz, Zamira O'zturk va Zarvaraq kanallariga obuna bo’lasiz.
2. E’lon tagidagi kommentariyaga "QATNASHAMAN" deb yozib qoldirasiz. (Bittadan ko'p yozmang. Iltimos, insofli bo'ling)

‼️Diqqat! Agar g'olib ishtirokchi yuqoridagi kanallarga obuna bo'lmagan bo'lsa, g'olib deya topilmaydi. Iltimos, e'tiborli bo'ling!

G’oliblar random yo'li orqali aniqlanadi. Omadli 10 kishiga suratdagi kitoblar nasib qiladi. Kimga qaysi kitob berilishini esa kanal egalari tanlashadi. Shoshiling va kitoblardan biriga ega bo'ling!

Tanlov boshlanish vaqti: 13-yanvar 20:00
Tanlov tugash vaqti: 18-yanvar 21:00

Zarvaraq

12 Jan, 06:06


Domladan ajoyib tahlil.
Amir Temurning saltanatining parchalanishining asosiy sababi ham shunda.
Qolganlari sabablar quyi oʻrinlarda.

Zarvaraq

12 Jan, 05:29


Toki men tirik ekanman, Fitrat va Choʻlpon hech qachon qatagʻonchilar qoʻliga tushmaydi.

🖋Fayzulla Xoʻjayev

🔗zarvaraq

Zarvaraq

11 Jan, 14:25


Бир ёқда суйгулинг кўзингдан ғойиб,
Бир ёқда ватанинг ғарларга талош.
Бир ёқда андуҳинг бормоқда бойиб,
Бир ёқда қароққа тўлқин урар ёш.

Бир ёқда шимолга сургун йигитлар,
Бир ёқда жувонлар жамиятга қул.
Бир ёқда ялоғи тиллодан итлар,
Бир ёқда танглайи тешилган булбул.

Бир ёқда Оролдай шўрлаган манглай,
Бир ёқда адашган йўлчидай авом.
Бир ёқда ёлғонни айтишар чиндай,
Бир ёқда алданиш этади давом.

Бир ёқда қулликни тусар кексалар,
Бир ёқда ёшанглар фарқи йўқ ҳар ёқ.
Бир ёқда келажак ҳиссиз ингранар,
Бир ёқда қабрлар ҳайқирар узоқ.

Бир ёқда бемалол қиш келаётир,
Бир ёқда кўчини тўплар тийрамоҳ.
Бир ёқда бемажол дил йиғлаётир,
Бир ёқда самога ўрлаётир оҳ.

Бир ёқда ҳаммаси ўткинчи гўё,
Бир ёқда ҳар бири жон беришга тенг.
Бир ёқда измидан қўймайди дунё,
Бир ёқда бир ёққа кетгинг келар сен.


🖋Najmiddin Ermatov

🔗zarvaraq

Zarvaraq

11 Jan, 10:49


Tavsiya, Muqaddima kitobini sotib olmang, agarda undan oldin falsafaga doir birorta kitob oʻqimagan boʻlsangiz.
Muqaddima kitobini sotib olmang, agarda siz politologiya, davlat va jamiyat asosi borasida birorta kitob oʻqimagan boʻlsangiz.
Baribir tushunmaysiz. Sizni bu sohaga aloqangiz boʻlmasa.
Qilingan hype larga uchmang. Sarflagan pulingiznga hozircha oʻzingiz tushungan, foydasi tegadigan kitob oling. (Muqaddimani sizga foydasi tegmaydi demoqchi emasman albatta, bu kitob ilmiy tilda yozilgani uchun omma tili tushunmaydi degan maqsadda yozdim)
Muqaddimani tushinish uchun yuqorida sanalgan yoʻnalishlarda oʻnlab kitoblar oʻqigan boʻlishingiz kerak qisqasi…
Va ayta olamanki hozir ushbu kitoblarni sotib olyotganlarning 90% dan ortigʻi ham bu kitobni oxrigacha oʻqib tugata olmaydi!

Zarvaraq

10 Jan, 10:33


Grenlandiya ham turk..)🤩
Yaxshi da’vo😒
Grenlandiyaning tub aholisi hisoblanmish inuitlar ning asl kelib chiqishi Goʻkturklarga borib taqaladi.
Inuitlarning ichida ham bu da’voni qoʻllab-quvvatlovchi hamda Turkiyaga hayrixohlar koʻplab topiladi.

Zarvaraq

09 Jan, 19:11


📌Inson oʻz bilmaganlarining dushmani.

🔗zarvaraq

Zarvaraq

09 Jan, 17:24


Oʻgʻlim, menga nima boʻlmasin, men haqimda nima deyishmasin , bilginki men doim halol komunist, bolshevik, leninchi boʻlganman!

🖋Akmal Ikromov
(Oʻzbekiston Kompartiyasi birinchi sekretari, Oʻzbekistonning birinchi rahbarlaridan bir Akmal Ikromovning soʻngi soʻzlaridan)

🔗zarvaraq

Zarvaraq

09 Jan, 12:30


📰Birorta ham osiyolik bosqinchi u kabi shon-shuhrat qozongan emas. Uning qismati - olamni qutqarish; uning uslubi- ana shu olamni portlatish, u hamma narsani qulatardi. U Xudoga ishonchni, podshoni, mamalaktni, qonunlarni va odamlarni agʻdardi, u kishilik jamiyati deb atalmish butun bir tarixiy tuzumni agʻdardi. Oxir - oqibatda , u oʻzini agʻdardi. Faqat birgina u Rossiyani botqoqlikdan olib chiqishi mumkin edi. Ruslarning eng buyuk baxtsizligi uning tugʻilgani edi, lekin ularning navbatdagi baxtsizligi uning oʻlimi boʻldi.

( Vladimir Ilich Ulyanov- Lenin haqida, rasmda uning vafotidan avval tushirilgan rasmi)

🖋Uinston Cherchill

📰Zoti aynigan, xudosizning shayton bilan aralashmasi.

🖋Grigoriy Klimov (ning Lenin haqida fikri)

🔗zarvaraq

Zarvaraq

08 Jan, 13:06


Эгил, ўзни пана қил,
Борлигингни билдирма.
Йўталганга ўн беш йил,
Аксирганга йигирма.
Кар бўл, кўр бўл, тишла тил,
Бошга бало келтирма.
Гапирганга ўн беш йил,
Эшитганга йигирма.
Қаламингни душман бил,
Қоғоз узра жилдирма,
Роман ёзсанг - ўн беш йил,
Достон ёзсанг - йигирма...

🖋Эркин Воҳидов

Zarvaraq

06 Jan, 18:31


Ҳаётдаги муваффақиятсизлигинг энг муҳим сабаби - барчанинг диққат марказидаман, ҳамма мен билан машғул деб ўйлашингдир. Ишон менга, сен ҳеч кимни қизиқтирмайсан.

Федор Достоевский

@MubashshirAhmad

Zarvaraq

03 Jan, 09:16


Zarvaraq pinned «Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir, Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq oʻchdir… Xalq kuch yoʻqdirkim, toʻxtatsin, Quvvat yoʻqkim, xalq istagin yoʻq etsin. Xalq isyoni saltanatni yoʻq qildi, Xalq istadi, toj -u taxtlar yiqildi… Xalq istagi - ozod…»

Zarvaraq

02 Jan, 15:45


Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq oʻchdir…
Xalq kuch yoʻqdirkim, toʻxtatsin,
Quvvat yoʻqkim, xalq istagin yoʻq etsin.
Xalq isyoni saltanatni yoʻq qildi,
Xalq istadi, toj -u taxtlar yiqildi…

Xalq istagi - ozod boʻlsin bu oʻlka,
Ketsin uning boshidagi koʻlanka.
Bir qoʻzgʻalur, bir koʻpirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir oʻynar.
Yoʻqlikni- da , ochlikni- da yoʻq etar,
Oʻz yurtini har narsaga toʻq etar.

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!

🖋Choʻlpon

🔗zarvaraq

Zarvaraq

02 Jan, 10:30


⭕️⭕️⭕️ 💻
MuarrixKutubxonasida
sotuvga qoʻyilgan barcha kitoblarning umumiy roʻyxati va narxlari jadvalda koʻrsatib oʻtilgan.


Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud.

Ushbu kitoblarni xarid qilishni istaganlar @Muarrix_kanali_admini ga murojaat qilishingiz mumkin
📞+998976362102

Zarvaraq

02 Jan, 05:21


Turfan shahridan (Xitoy) ikki kilometr narida Amin masjidi joylashgan bo‘lib, uning monumental minorasi Xitoydagi eng baland minora hisoblanadi.

Masjid 1779-yilda Amin hojaning o‘g‘li Sulaymon tomonidan otasining xotirasiga qurilgan. Amin hoja 1756–1759-yillar oralig‘ida Szinjanni (Turkistonni) Xitoyga qo‘shib olish uchun Yunchjen (1723-1736) va Tsianlun (1736-1796) imperatorlari bilan hamkorlik qilgan.

Masjidning peshtoqida ikki tilda yozuv mavjud:

1. Xitoy tilidagi yozuvlar tsin hukumatini maqtab, Aminning maqomi "Tsianlun imperatorining qaytgan qullari" sifatida ta'riflangan.
2. Uyg‘ur tilidagi yozuvlar esa Qur'on suralarini o‘z ichiga oladi va Tsin sulolasi haqida hech narsa aytilmagan.

Tsin sulolasi uyg’ur aristokratlarini o’zlariga bo’sundirilganlar deb bilardilar.
Biroq musulmon aholi ularni musulmon amirlari emas, balki Pekindagi hukmron dinastiya boshqarishini bilmas edilar.

Zarvaraq

01 Jan, 19:18


* Бизга ҳаво ҳам ҳаром!
«Ҳаммага ҳалол, мусулмонга ҳаром»
Аҳмад деган киши Бурсада чашма қурдирди ва “«Ҳаммага ҳалол, мусулмонга ҳаром», деб ëздириб қўйди.
Аҳмадни тутиб, қозининг ëнига олиб келишди.
– Нега фитна чиқараяпсан? Аҳолиси мусулмон бўлган давлатда сен савоб учун чашма қурдирибсан, лекин чашмадан сув ичишни мусулмонларга таъқиқлаб қўйибсан. Эсинг жойидами? Нега бундай қилдинг? Қатлинг вожибдир, – деди қози.
– Сабабини фақатгина Султонимга айтаман, – деди Аҳмад.
Воқеа Султонга етиб борибди. Аҳмадни саройга келтиришди. Султоннинг жаҳли чиқди, аммо Аҳмад қилган ишнинг сабабини билгиси келди.
– Бу нимаси, чашма қурдирасан, ҳам «Ҳаммага ҳалол, мусулмонга ҳаром», деб ëздирасан?
– Далилим бор, аммо исбот талаб қилади, – деди Аҳмад.
– Агар сен айтаëтган далил қувватли бўлмаса-чи?
– Агар ундай бўлса, бошимни олишсин!
– Хўш?
– Султоним, яҳудийларнинг исталган бир ибодатхонасидан дуч келган раввинни ҳеч қандай тушунтиришларсиз олиб келишсин! Бир ҳафта қамоқда сақланг. Нималар бўлишини кўринг!
Аҳмаднинг айтганини қилишди. Камчилик бўлган яҳудийлар бирлашиб, «Нима бўлаяпти? Бу қандай зулм? Раввин учун биз кафилмиз. Нима қилиш керак бўлса, айтинглар, қиламиз. Унинг айби йўқ. Керак бўлса, пул тўлаймиз», деб чиқишди. Ҳатто қўшни давлатлардан элчилар келди, мактуб устига мактуб.
Бир ҳафтадан кейин Аҳмад:
– Султоним, энди раввинни қўйиб юбораверинг, - деди.
Раввин қўйиб юборишди, яҳудийлар хурсанд. Султонга ҳар қаердан ташаккурномалар, совғалар.
– Айни шу ишни ҳар қандай черковдан битта роҳибни олиб келиб қилинг! – деди Аҳмад.
Бир роҳибни ушлаб келишди. Роҳиб билан ҳам шундай ҳолат: талаблар, норозиликлар, бу нима зулм, дейишлар.
Бир ҳафтадан кейин роҳиб қўйиб юборилди. Хурсандчилик, султонга ташаккурнома ва совғалар.
– Султоним, пойтахт аҳли энг яхши кўрадиган олимни минбардан олиб келишсин, – деди Аҳмад.
Аҳмаднинг айтганини қилишди. Энг катта марказий масжиднинг имомини айни Жума хутбасининг ўртасида олиб кетишди. Бирор киши чиқиб, «Нима бўлаяпти? Нима қилаяпсизлар? Ҳеч бўлмаса, хутбани тугатгунча кутиб турсангизлар бўлмайдими?» деган гапни айтмади.
Орадан бир ҳафта ўтди. Имом қаерда, аҳволи нима бўлди, деб ҳеч ким келмади. Ҳамма хурсанд. Бунинг устига одамлар орасида қўлга олинган имом ҳақида миш-мишлар тарқаб кетди:
– Биз унинг аслида кимлигини билмасдан, имом деб юрган эканмиз.
– Ким билсин, қандай гуноҳ қилди экан, бу имом?
– Э, воҳ, шунча пайт билмасдан, орқасида намоз ўқиб юрган эканмиз.
Бўлиб ўтган воқеалардан Султон ҳам хабардор. У Аҳмаддан сўради:
– Хўш, нима қиламиз энди?
– Имомни қўйиб юборамиз ва ундан узр сўраймиз.
– Тўғри айтасан, – деди султон.
Имом қўйиб юборилди. Аҳмад Султонга қараб деди:
– Эй, Султоним, ўзингиз айтинг, бундай мусулмонларга сув ҳалол бўладими?
Султон аччиқ табассум қилиб, деди:
– Буларга нафақат сен қурдирган чашманинг суви, ҳатто, ҳаво ҳам ҳаром!
***
– Султоним, бир кишини рост сўзни айтгани учун 15 сутка зиндонга ташласалар-у, бутун бошли миллатдан бир киши "Ҳой, нима қилаяпсанлар?!" демаса, у миллатнинг ҳукми нима бўлади? – деб сўради Аҳмад ривоят тамом бўлгандан сўнг.
– Унақа миллат ўлимга маҳкум! – деди Султон. – Ундай миллат кўп ўтмай ер юзидан миллат сифатида йўқ бўлиб кетади!
БИЗГА ҲАВО ҲАМ ҲАРОМ!
Ё шундай эмасми, сиз нима дейсиз?

Zarvaraq

28 Dec, 21:10


Англияда ўқиётган Ўзбекистонлик талабанинг таълим тизимимиз ҳақидаги фикрлари:

Мақтанчоқликни тўхтатайлик.

Лондон хақида қисқача:

Бу ерда тили бурро тадбир уйиштириб "Фаол" бўлганлар бир тийин экан.

Мен ҳиндлар ва хитой, корейс ва япон талабаларини кўриб мактабдаги олган билимларига тан беряпман.

Хуллас, мен шунчаки бўм-бўш мия билан магистратурага келиб қолибман. Масалан, гуруҳдаги ҳамма математикани чачворади. Сиз ўйлаган даражада эмас, яхши билади дегани ҳам эмас. Булар "чачворади". Шунақанги тенгламаларни улар мактабларидан ўрганиб келишганки, мен уларга ҳалиям ета олмаяпман.

Компютерни, офис дастурларини, ҳар хил программалар ва дастурлашни ўзимча яхши биламан десам. Бутун гуруҳ, ҳа ишонинг ҳар бири мендан яхши билади.

Дунёқараш жиҳатидан ҳам биз Марказий Осиё талабалари оқсоқ эканмиз. Улар шунақанги дунё таниган брендларни эгаларидан тортиб, улар нима ишлаб чиқарадию, қайси маҳсулоти яхши эканини билишади. Мен бўлса халиям кофе турларини фарқига бормайман.

Сиз ўзингизни Ўзбекистонда туриб "Келажак бизники, шу туришимда Ўзбекистонни дунёга танитаман" деманг. Мен шунақа деб хато қилганимни билдим. Биз ростан юртимизни юқорига олиб чиқмоқчи бўлсак, ростдан ўқишимиз керак.

Лондонга келиб билдим. Биз орқада эканмиз, кўп соҳада. Давлат сиёсати ёки Иқтисодий нуқтаи назардан эмас, оддий мактабдаги асосий фанлар кўникмаларидан уларни амалиётга татбиқигача.

Бизни яна энг катта айбимиз бу номзодларга катта рағбатлар беришимиз. Мисол учун: Бизнинг Навоий, Беруний ва Зулфияни олаётган болалар келиб Ню Йорк, Лондон, Токио ёки шунга ўхшаган шахарлардаги бизнес марказлардан юқори лавозим тугул қабулхонага ҳам ишга кира олмайди. Нега?

Чунки у ерда биздаги "фаол талаба"дан олдин ҳинд ёки хитойлик ишга топшириб бўлган. Ундан устун бўлиш учун "Компаниям фахрим" деган видео ясаб келсангиз ўтмайди.

Бу ерда, яъни Лондонда. Яхши офис ишига киришингиз осмонўпар бинода ишлашингиз учун ростакам юзма юз интервью бўлади. Улар сиздан ютуқларингизни умуман сўрамайди. Улар сиздан "Илм" сўрайди. Уларга сизнинг 2 та мақола орқали ҳар кимга бериладиган Қозоғистоннинг хусусий кўкрак нишонлари бир тийин. Улар илм сўрайди.

Хулоса: Бу фикрлар ҳеч кимга қаратилмаган лекин, кўзимизни очишимиз керак. Дунё миқёсида бизнинг талабалар анча ортда. Сиздан илтимос "Мен энг фаол, энг зўр талабаман" деманг. Англияда сиз тенги одамлар анча бунча сизнинг ва бизнинг келажакдаги иш жойларимизни эгаллаб, қўлимиздан олиб бўлишмоқда.

Ўқинг биродар...

Ўринов Аҳмаджон

Zarvaraq

25 Dec, 10:13


Ular xalqning sabri haqida gʻayrat bilan gapirishadi va xalqning sabr bardoshlarini bir din darajasiga koʻtarishadi.

📖 “ Oq nilufarlar yurtida”
🖋 Grigoriy Petrov

🔗zarvaraq

Zarvaraq

24 Dec, 13:33


Masjid al-Aqso va Qubbat us-Sahro

Zarvaraq

24 Dec, 08:54


Yozda amalga oshirgan ishlarimiz, ayni davrga kelib oʻz ahamiyatini yuqori boʻlganini koʻrsatib koʻplab kanallarda aylanmoqda)

Zarvaraq

24 Dec, 08:16


❗️Мадаминбек қўрбошининг қабри.

Ўзбекистонлик ёш тарихчилар Мадаминбек қабрини зиёрат қилишди.

Мадаминбекнинг асл исми Муҳаммад Аминбек бўлиб, у 1892 йилда Марғилон атрофидаги Сўкчилик (ҳозирги Тошлоқ туманининг “Садда” қишлоғи)да қашшоқланиб қолган бекзодалар оиласида таваллуд топган. Отасининг исми Аҳмадбек бўлиб, у инсоннинг ота-боболари Қўқон хонлиги даврида турли лавозимларда ишлаган. Аҳмадбекнинг Марғилонда ҳунармандчилик дўкони бўлган. Мадаминбекнинг онаси эса ўз даврининг оқила аёлларидан ҳисобланган. Айрим тарихий маълумотларга қараганда, у ўз ҳовлисида мактаб очиб, отинойи сифатида ёш қизларни ўқитган. Мадаминбекнинг Мақсудали ҳамда Мамадали исмли икки акаси ҳамда Меҳринисо ва Майрамнисо номли икки опаси бўлган.

Батафсил Gorizontда...

Zarvaraq

23 Dec, 13:48


AQSh bilan dushman bo‘lish xatarli, do‘st bo‘lish undan ham xatarli.

🖋Genri Kissenjer

🔗zarvaraq

Zarvaraq

21 Dec, 18:11


Бугунги йилнинг энг узун туни муборак бўлсин, азизлар!
Қадимги эроний халқларда бу Ялдо кечаси дейилган, туркий халқларда эса Нардўғон дейилган кеча.
Бу кечада ота-боболаримиз китобхонлик қилиб тонг орттиришган. Асосан, Фирдавсийнинг "Шоҳнамо"си ва Ҳофиз Шерозий девони ўқилган, шарҳлаб чиқилган.
Кечанинг узунлигида тарвуз ва анор ейиш одати бўлган.
Китобхонликни ривожлантириш учун азалдан шу китоблардан гўё фол очиш анъанаси бўлган. Масалан, кимдир китобни қўлга олганда, кўзни юмиб туриб, нимадир истаб гўё ният қилиб, китобни очиб кўрсаткич бармоқни бирор байтга босишган. Шу байт мазмуни гўё фол бўлиб чиққан. Унинг мағзини чақишган ва эзгу ният қилишган. Бу анъана ҳозиргача Эрон томонларда бор.

🖋Hamidulloh Beruniy

Zarvaraq

17 Dec, 17:43


📌Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek adabiyoti davlat muzeyi.

Zarvaraq

17 Dec, 17:38


Navoiyning vafoti…..

Zarvaraq

17 Dec, 17:20


جمگنع باردار کرسز قوینمدا
چرکن کوپکل‌‌‌‌عرنک‌ عللع قانچاس…

Jimgina boradur kirsiz qoʻynimda
Chirkin koʻpiklarning alla qanchasi

🖋 Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon

Zarvaraq

28 Nov, 19:31


Aql erkinlikdan boshlanadi. Ozodlik esa haqiqatni gapirishdan.

🖋Jorj Oruell

🔗zarvaraq

Zarvaraq

25 Nov, 10:45


♏️Anvar Poshoning Turkistondagi harbiy harakatlari

Zarvaraq

23 Nov, 11:29


🫰Ushbu kitobni yaxshi bir kitob sevar boʻlsa berib yuborish niyyatida edim.(Chunki koʻpchilik oʻqishini istardim) Alhamdulilah ziyodasi bilan topildi. Zamira Öztürk opamiz haqiqiy ilm odami. Yaqinda chop etilgan yirik Oʻzbekcha-Turkcha lugʻatining hammualifidir. Bir qancha oʻzbek asarlarini turkchaga tarjima etganlar. Sahifalariga obuna boʻling, faqatgina manfaat topasiz!

Zarvaraq

21 Nov, 20:42


Исроиллик депутат Айман Одех:
Ғазода 17 385 нафар гўдаклар ўлдирилди уларнинг 825 нафари чақалоқлар...35 055 нафар гўдаклар етим қолишди...Сизни уларнинг қони тутади..


Депутат парламент йиғилишида Биньямин Нетаньяхуни қотил деб атагани учун, унга нисбатан куч ишлатиб, трибунадан четлаштирилди.

Ҳақни айта оладиган тилингиз бўлмаса, ҳеч бўлмаса, бир бурчакда жимгина, ҳеч кимга билдирмай дуо қилишга журъат топинг.
Машҳаргоҳда "биродарларинг яҳуд танклари остида янчилаётганда нима қилдинг!!!" деб сўралганда "дуо қилдим" дея олиш имконидан ўзингизни маҳрум қилманг!!!

Manba: tanatoz

🔗zarvaraq

Zarvaraq

21 Nov, 20:24


Ogʻriqni his qilsang ,tiriksan, birovning ogʻrigʻini (dardini) his qilsang, odamsan.

🖋Tolstoy

🔗zarvaraq

Zarvaraq

21 Nov, 20:21


Menga koʻp dinni gapirmang. Lekin sizning harakatlaringizda dinni koʻraylik!

🖋Tolstoy

🔗zarvaraq

Zarvaraq

18 Nov, 16:02


Bu kanalga bunga o’xshash e’lonlarni deyarli umuman joylamayman. Bu yo’l bilan pul qiladigan qalloblar ham ko’paygan.

Ammo o’zim bilgan ishonchli insonlar bo’lgani uchun bu ishga kirishdim.

Kartada endi 200 ming so’m to’planibdi. To’g’ri 17mln katta pul lkn bir qizni ilm olish yo’lida birlashib harakat qilishga arziydigan holat. Qiz bolani o’qishi butun ummatni o’qishi hisoblanadiku axir.

Qizni o’zlari bilan gaplashib vaziyatni yaqindan o’rganishingiz mumkin.
+998932469006 - Maftuna

+998903031399 - Bu esa mas’ul va karta egasining tel raqami. Fayiza opa barcha ma’lumotlarni shu kishi bilan gaplashib olishingiz mumkin.

Zarvaraq

18 Nov, 16:02


Bir qiz bor edi, Yangi asr universitetiga o'qishga kirish arafasida ekan. Kontraktini oilasi to'lolmas eman, lekin qiz o'qimoqchi. Judayam ilmga havasmand. Onasi farrosh, otasi kunlik yollanma ishchi ekan. Bir xonada hamma yashar ekan, qishga tayyorgarliklari ham yo'q. Ya'ni oilaviy holati yaxshi emas.


Pul shu qizning tanishlari bo’lgan Fayiza opamizni kartalariga yeg’ilyapti. Umumiy summa 17 mln ekan.

8600140213404883

Sh.T

Pulni 2-3 hafta mobaynida to’plash kerak.

Imkoningizdan kelib chiqib yordam qilishingizni so’raymiz yoki yordam bera oladigan tanishingizga da’lolat qiling.

Zarvaraq

16 Nov, 18:23


Kafka va Dostoyevskiyni farqini aytaymi?)

Kafka : Yolgʻizman! Chunki dunyoning eng bechora odamiman.

Dostoyevskiy: Yolgʻizman! Chunki dunyodagi barcha odamlar bechoradir.

Qaysi biri sizga yaqin

🔗zarvaraq

Zarvaraq

16 Nov, 14:53


📖

Zarvaraq

16 Nov, 11:06


📌Gʻarb bu gʻarbdir, sharq, bu - sharq va ular hech qachon birga boʻla olmaydi. Chunki sharq doimo gʻarbdan fahmliroq boʻlgan.

📚Yapon zobiti
🖋 Leonid Chirgin, Ato Hamdam

🔗zarvaraq

Zarvaraq

15 Nov, 21:34


🇺🇿🇺🇿
🔥🙏

Zarvaraq

15 Nov, 10:52


Juma muborak!

Ushbu masjid Sulton Selim tarafidan insho etilgan boʻlib, hali hanuz namozlar ado etiladi (500 yildan beri ).Har namozlarda uning haqqiga duo qilinib oʻtiladi. Asli masjid bunyod etayotganlar ham shu maqsadda, unda har namoz oʻqigilganda menga ham savobi borsin deya qurishadi. Undan kelajak avlod konsert oʻtkazsin, faqatgina turistlar kelib koʻrsin deb emas(gap nima haqida ekanini tushungandirsiz) .Bu ularning, yaniki masjidni bunyod etganlar haqqiga rioya etilmasligidir. Biz buyuk tariximiz deb iddao qilishdan avval buyuk tariximizni oʻz joyiga, oʻz holatiga qaytarmoq darkordir. Va ushbu masjidni bunyod etganlar, jumladan Ulugʻbek ham, amir Yalangtoʻsh Bahodur ham bu holdan aslo rozi boʻlmasalar kerak!

Zarvaraq

14 Nov, 21:04


Саъдиё, Шерозиё, таълим мадеҳ бадзодро,
Бадзод агар доно шавад санге занад устодро.

©️Саъдии Шерозӣ

Таржимаси:

Саъдиё, Шерозиё, таълим берма зоти ёмонга,
Зотипаст донолашса тош отади устоз томонга...

⬅️Bobur Bobomurod tarjimasi

🔗zarvaraq

Zarvaraq

14 Nov, 19:41


Bu tangani bugun uchratib qoldim. Vizantiya imperiyasiga oid tanga. Unda Hilol-Oy va yulduz tasvirlangan. Oʻylashimcha, (balki hatodir) Mahmet sulton Fotih ushbu belgilarni, yaniki Hilol-yulduzni Vizantiyadan oʻzlashtirgan. Soʻngra Konistantinopol fathida ayni Vizantiyaning oʻziga qarshi qoʻllagan. Bugungi kunda Islom ramzi hisoblanadigan Hilol ayni Sulton Mehmeddan soʻngra ushbu maqomga erishgan. Yana izlanib koʻrish kerak buning ustida…..

🔗zarvaraq

Zarvaraq

14 Nov, 19:12


📌Çelebi cami
Oʻsha mashur tarixchi Evliya Chelebiy (Sayohatnoma muallifi) nomi berilgan(menimcha keyinchalik uning nomi bilan nomlangan, sababi Chelebiydan avval ham ushbu masjid bor edi). Evliya oʻzining biografiyasida ushbu masjidda bir kun uhlayotganida Paygʻambar alayhisalomni tushida koʻrganini yozadi, va paygʻambar alayhisalomdan shafoat va sayohatga chiqishga ruxsat soʻraydi. Undan soʻng uzoq davom etgan sayohatiga chiqib, sayohati yakunida oʻsha Sayohatnoma kitobini yozadi. Shu sabablar tufayli ham keyinchalik masjid uning nomi bilan atala boshlangan boʻlsa kerak

🔗zarvaraq

Zarvaraq

12 Nov, 05:31


🌍 X asr globuslari.

Zarvaraq

12 Nov, 05:28


Al - Fargʻoniy (makondoshim))) asarlarini tarjima qilgan shaxs Yakob Gollius

Zarvaraq

12 Nov, 05:26


📌Istanbul Islom bilimlari muzeyi
Ulugʻbek rasadxonasi

Zarvaraq

11 Nov, 20:48


Qachonlardir kanalga post sifatida yozganim al-Jazariyning oʻsha mashhur suv quyuvchi robot yashash sxemasi (X asrda). Bugun shu kitobni aslini (yoki asliga muvofiq shaklini) koʻrishga muvaffaq boʻldik 🤲

Zarvaraq

11 Nov, 09:57


Bismillah.
Loyihamiz boshlandi.
Loyihaga start beramiz.

Aziz kitobxonlar! Bugundan boshlab,
loyihamiz o'z faoliyatini boshlaydi.
Loyihamizga doimiy kitoblar qo'shilib boriladi.
Loyihamizda faol ishtirok eting va bizni kuzatishda davom eting!
@sahifalarimdan

Zarvaraq

11 Nov, 08:57


📝Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi birinchi Kotibi Sobir Kamolov tashabbusi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat bo‘limi mudiri o‘zbek yozuvining kirill negizini arab alifbosiga almashtirish masalasini yuqori partiya instansiyalariga kiritgan. Bunday „mahalliychilik“ hech qanday qoʻllab-quvvatlanmadi va Moskva vakili boʻlgan M. A. Suslova tomonidan qoralandi.

↗️Sobiq ittifoq paytida ham Oʻzbekiston rahbarlari orasida shunday fidoiy-milliyatchi rahbarlar ham chiqib turgan. Bunga yaqqol misol Sobir Kamolov va qisman Nuriddin Muhitdinov, Sharof Rashidovlardir.

🔗zarvaraq

Zarvaraq

10 Nov, 20:08


⚡️

🔗zarvaraq

Zarvaraq

09 Nov, 21:30


#yoshlarga
Maktabda 9,10,11 sinfsa (litseyda) öqiyotgan bölsangiz universitet kiraman deb 20 ta fandan test yechishga tayyorlanib umrni ötkazmang.

Chet elga ketish kerak. Chet elga o’qishga kirish uchun. Bitta matematikadan yaxshi bilsangiz böldi köp universitetlar uchun. SAT dan yaxshi ball olib qöying.

Til o’rganing. İnglizcha, Olmoncha, Fransuzcha. Qaysi yo’nalishda ketmoqchi bo’lsangiz shunga qarab.

Masalan tarix bölsa, forscha, lotincha ham kerak bo’ladi.

Köp köp roman o’qing. O’zbek klassikalarini, Rus klassikalarini, umuman yoshingizga mos dunyo klassikalarini.

Bironta musiqa asbob chalish kursiga boring. Qishloqda bo’lsangiz maktabdagi musiqa o’qituvchisidan o’rganing.

Agar intellektual inson yoki biron ijtimoiy sohada akademik bo’lmoqchi bo’lsangiz 1500 yilllargacha yozilgan asarlarni sekin sekin o’qib chiqing. İjtimoiy sohaning qaysi yo’nalishida o’qisangiz ham baribir shu asarlarni o’qishingiz kerak bo’ladi.

Xullas axmoq bo’lib, bir suruv fandan repititor borib, test uchun umrni o’tkazmang. Baribir universitetda noldan o’rgatadi sohangizni.

Universitetni chetda o’qishga harakat qiling. Hozir chet elga chiqishni millionlab yo’li bor. Bitta ingliz tilini o’zi bilan ketayotganlar qancha.

Ösha davrda qilmaganman. Yaniki maktab davrida. Chunki bilmaganman. Siz men qilgan xatoni qilmang demoqchiman. Yana o’zingiz bilasiz. Kech, ancha kech tushunib yetasiz keyin.

🖋Turkiyadagi oʻzbek talabadan

🔗zarvaraq

Zarvaraq

09 Nov, 19:36


📌Har huni bir odamning koʻz yoshlarining toʻkilishi bitta oʻtkinchi podshohdan va ketadigan sultondan koʻra azizroqdir. Borliqqa uning keragi yoʻqdir!

🖋Abul Hasan Nadaviy

🔗zarvaraq

Zarvaraq

09 Nov, 17:40


Geografiya taqdir(mi)

İbn Haldunning “Geografiya taqdirdir” degan gapi bor. Yani tuğilgan joying, jamiyating taqdiringni belgilaydi. Shunga qarab hayoting rivojlanadi. Kim bo’lishing, qanday hayot qurishing.

Bu fikr yuksak foizda to’g’ri. Masalan Enshteyn Afrikaning Henzo qabilasida, yo Amozon o’rmonlaridagi qabilada tuğilganda eng ko’pi bilan qabila raisi bo’lishi mumkin edi. Chunki boshqa boshqa hayotlar, boshqa boshqa insonlar, boshqa boshqa imkoniyatlar.

Masalan, Anqarada tug’ilgan bola bilan, Yozgatda tuğilgan bolani imkoniyatlari, atrof muhit yer bilan osmoncha farq bor. Va bu to’g’ridan uning hayotiga, ta’limiga ta’sir ko’rsatadi.

Yani tuğilgan joy, muhit sizni taqdiringizni belgilab beradigan eng muhim faktorlardan biri.

Siz rad qilasizmi, qilmaysizmi shunday.

Zarvaraq

09 Nov, 09:55


📌San Sebastyan ortadaksal cherkovi.

(Boshqa bir madaniyat bilan tanishtirish oʻlaroq bu rasmlar yuklandi, boshqa bir niyat qasd qilinmagan)

Zarvaraq

20 Oct, 22:14


📎 Shaxsan men uchun haqiqiy mustaqillik kuni 1989- yil 21- oktyabr hisoblanadi. Zero, haqiqiy ozodlik mafkuraviy ozodlikdir! xalq oʻz tilini, oʻz ozodligini talab qilgan kun ayni kundir! Shunday ekan nafaqat til ozodligi kuni, shu bilan birgan mafkuraviy ozod boʻlgan kunimiz muborak boʻlsin! Ozodligimiz abadiy, tilimiz esa to qiyomatgacha bardavom boʻlsin!

@zarvaraqq

Zarvaraq

15 Oct, 12:44


📌Shahzoda Mehmedning qabri
Sulton Sulaymonning ikkinchi (Hurram sultondan birinchi) oʻgʻli hisoblanmish Mehmed 1540-yil 20 yoshida kasallikdan vafot etadi. Sulton Sulaymon uni gʻoyatda ardoqlagan va oʻziga voris koʻrgan. Vafotidan soʻng 1543-48 yillar oraligʻida unga atab maqbara, masjid (Shahzoda jomesi) va madrasa barpo etirgan. Bosh me’mori Sinon(doimgidek;)) .Sulaymon Mehmedni oʻziga voris deb oʻylagan ammo oshkor etmagan biroq uning erta vafoti uning niyyatlari roʻyobini koʻrishga imkon bermaydi. Shu sababli ham uning qabri ustiga taxt oʻrnatishlatini buyurgan va hozirgacha shunday holatda. Mehmed bilan birgalikda uning maqbarasida ukasi Jahongir (1531-1551) , Humoshoh sulton ( Mehmed III ning qizi, Sulton Ahmed I ning opasi) va bir shaxsi noʻmalum inson qabrlari mavjud. Shuningdek maqbara atrofida Rustam posho (Sulaymonning pargalik Ibrohimdan keyingi bosh vaziri) va Sezai Karakoʻch (1931-2021) (mashhur turk adabiyotchi, siyosatchisi) kabi mashhur insonlar qabrlari mavjud.

@zarvaraqq

Zarvaraq

13 Oct, 23:36


Taqdir siylamadi bizni bor-yo'g'i,
Shunchaki bu dardlar qozondi zafar... 
Lek qalbda so'nmadi umidlar cho'g'i, 
Biz baxtga yetamiz kelasi safar! 
Bezabon biz emas,  Yurak tilsizdir!
Biz baxtsiz emasmiz  Baxtlar bizsizdir!!!

Zarvaraq

11 Oct, 19:01


📌Hilol-Nashr
Türkiye merkezi

Zarvaraq

11 Oct, 14:12


Oxir g’olib keladi taqdir,
Xoh nishon sen, xoh bo’lgin kamon.
Istasang ham o’zgarmas farqi:
Kimga dard sen, kimgadir darmon.

Bitirmadi armonimizni
To’rt tarafdan qayg’u dilda – o’q.
Chunki bizning darmonimizni
Dardimizdan daragi ham yo’q…

@zarvaraqq

Zarvaraq

09 Oct, 17:32


Vijdoni bor odam aybini tan olib azob chekadi. Bu uning jazosidir.

🪶Fyodor Dostoyevskiy

@zarvaraqq

Zarvaraq

04 Oct, 18:38


💌🕊⚡️
Aytgin barcha shaytonga ulfatlarni,
Yosh boshingga tushgan g`am-kulfatlarni.
O`laksalar izlagan kalxatlarni,
Hammasini Allohimga aytib ber.

@zarvaraqq

Zarvaraq

04 Oct, 18:12


Eski nashrdagi kitoblar bilan tanishish – bu o‘ziga xos ruhiy sayohat. O‘sha qog‘ozlar, kitob muqovalari va hatto sayqallanmagan shriftlari ham o‘tmishning ovozini eslatadi. Qachonlardir boshqa birov qo‘liga olgan, varaqlab o‘qigan kitobni ochish, o‘sha harflar orasidan turli zamon, joy va ruhiyatlar o‘tganini his qilish – bu o‘ziga xos hayajon.

Eski kitob topilganda paydo bo‘ladigan hislar... Bir tomondan quvonch, go‘yo unutilgan xazinaga duch kelgandek. Boshqa tomondan esa, bir oz achinish – o‘tmishdagi avlodlarning bilimlariga, dardlariga, umidlariga, va ehtimol, yengib o‘tolmagan qiyinchiliklariga nisbatan.

Boy kutubxona esa inson uchun hayotning turli davrlarini va rang-barangligini birlashtirib turuvchi ramzdir. Har bir kitob alohida bir olam, u orqali biz turli zamon va makonlarga sayohat qilamiz. Kutubxonaga qadam qo‘ygan odam, bir daqiqa ichida minglab hayot va tajribalarga tutashadi.

Aisha Hilal

Zarvaraq

04 Oct, 11:36


Tushimga kiradi Qodiriy bobom,
Bemador, bemajol, behol, beorom…


Eginda eski bir to‘n kiyib olgan,
(Shineldir balki u, kimdandir qolgan).
O‘sha to‘n egnida poxol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan qorday.
Yo‘q, yuzi somonga o‘xshaydi uning,
Charaqlab turguvchi ko‘zi to‘la mung…

Tushimga kiradi Qodiriy bobom:
“Tur deydi, muncha ko‘p uxlading, bolam.
Boq, bu dam aylanib jo‘xorizoring,
O‘rog‘in qayraydi onaizoring.
U o‘rib bo‘lguncha rizq-u zaringni,
O‘ynatib tur chiqib, ukalaringni.
Va mening salomim ayt, der ularga —
Bobosin sog‘ingan musichalarga…”

Tushimga kiradi Abdullo bobom.
Oh oltin bobom-a, voh tillo bobom.
Qaro yer qa’rida qon yig‘lab qolgan,
Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom!

📖 Muhammad Yusuf
“Qora quyosh” dostonidan.

4-oktyabr — Oʻzbekiston tarixidagi eng qaygʻuli va qonli kunlardan biri sifatida esga olinadi. Sababi bu kunda bir qancha millat oydinlari, oʻzbek oʻgʻlonlari qatl etilgan. Yuqoridagi she’r qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlanadi.

Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Zarvaraq

02 Oct, 12:34


"Ҳаётнинг маъноси нима?" деган саволга жавобни билиш учун киши диндор бўлиши керак.

Альберт Эйнштейн

📷Instagram 💬Telegram 🌐Facebook 🎞YouTube

Zarvaraq

30 Sep, 18:53


Ona tarafdan Buxorolik Mehmet Akif Ersoy- Turkiya milliy madhiyasi “Istiqlol marshi” muallifi.

@zarvaraqq